logo

JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI. IJTIMOIY SHERIKCHILIK.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33.65625 KB
JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI
FAOLIYATINING OCHIQLIGI. IJTIMOIY SHERIKCHILIK.
         
1. Jamoatchilik nazorati   tushunchasining mohiyati
2. Jamoatchilik nazorati tizimi, sub’yektlari va shakllari
3. Ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning talqinlari.
4. O`zbekistonda   ijtimoiy   shyeriklik   nazariyasining   boyitilishi   va
amaliyotining rivojlantirilishi 1. Jamoatchilik nazorati   tushunchasining mohiyati
Jamoatchilik   nazorati   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirishning   muhim   sharti
hisoblanadi.   Jamoatchilik   nazorati   bo’lmagan   yoki   jamoatchilik   nazorati   yetarli
darajada kuchga ega bo’lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham
tasavvvur qilish qiyin. Shuning uchun mamlakatimiz Konstitusiyasida jamoatchilik
nazoratining   mamlakatimiz   fuqarolari   davlat   boshqaruvida   ishtirok   etishlarining
muhim   vositasi   ekani   e’tirof   etilmoqda.   Mamlakatimiz   Birinchi   Prezidenti   Islom
Karimovning   2010   yil   12   noyabrda   e’lon   qilgan   “Mamlakatimizda   demokratik
islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish
konsyepsiyasi”da jamoatchilik nazorati to’g’risidagi qonunni qabul qilish zarurligi
alohida ta’kidlandi: “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun
hujjatlarining   ijro   etilishi   ustidan   jamiyat,   fuqarolik   institutlari   nazoratini   amalga
oshirishning   tizimli   va   samarali   huquqiy   myexanizmini   yaratishga   qaratilgan
« O`zbekiston   Respublikasida   jamoatchilik   nazorati   to’g’risida»gi   Qonunni
qabul qilish fursati yyetdi.” 
Jamoatchilik   nazoratini   tashkil   qilish   masalalarini   tahlil   qilishdan   avval
“jamoatchilik   nazorati”   tushunchasining   turdosh   tushunchalar   bilan   umumiy
jihatlari   va   tafovutlarini   aniqlab   olish   lozim.   Hozirgi   kunda   matbuotda   va   ilmiy
adabiyotlarda “jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi
atamalar   ishlatilmoqda.   Tahlil   shuni   ko’rsatmoqdaki,   mazkur   atamalar   ko’pincha
sinonim sifatida va ba’zan noo’rin qo’llanilmoqda.
  “Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari bir-biriga juda
yaqinday   tuyuladi.   Aslida   ular   o’rtasida   umumiyliklar   bilan   bir   qatorda   jiddiy
tafovutlar ham mavjud. Ular o’rtasidagi  tafovutlar avvalo shundan iboratki,harbiy
yuristlarning   fikriga   ko’ra,   fuqarolik   nazorati   armiya   faoliyati   ustidan   jamoat
tashkilotlari   olib   borayotgan   nazoratni   anglatadi.   Masalan,   bizning
mamlakatimizda   Mudofaa   vazirligi   qoshida   tuzilgan   Jamoatchilik   kyengashi   ana
shunday   nazoratni   amalga   oshiradi.   Shu   ma’noda   fuqarolik   nazorati   noharbiy
tashkilotlar   tomonidan   Qurolli   kuchlar   faoliyatining   mamlakatimiz   qonunlariga
mosligi   va   maqsadga   muvofiqligini   nazorat   qilishni   bildiradi.   Ikkinchidan, fuqarolik   nazorati   alohida   shaxslar   tomonidan   Qurolli   kuchlar   faoliyatining
Konstitusiyaga,   xalqaro   shartnomalarga   mosligi,   shuningdyek,   Qurolli   kuchlar
tizimidagi   ijtimoiy   masalalarning   huquqiy   mye’yorlarga   mosligi   ustidan
o’tkaziladigan   nazoratni   ham   bildiradi.“Jamoatchilik   nazorati”   va   “fuqarolik
nazorati”   tushunchalari   o’rtasidagi   tafovut   xuddi   mana   shu   o’rinda   ko’rinadi.
Fuqarolik   nazoratini   hyech   bir   jamoat   birlashmasiga   a’zo   bo’lmagan   fuqaro   ham
amalga   oshirishi   mumkin.   Jamoatchilik   nazoratini   esa   alohida   fuqarolar   emas,
jamoat birlashmalari va ularning vakillari amalga oshiradi.
“Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o’rtasidagi tafovut
avvalo,   shundaki,   “ijtimoiy   nazorat”   tushunchasi   mazmun   doirasiga   ko’ra
“jamoatchilik   nazorati”   tushunchasidan   kyengroq.   Bu   tushuncha   tarkibiga
“jamoatchilik   nazorati”   tushunchasidan   tashqari   davlat   nazorati   va   fuqarolik
nazorati   ham   kiradi.   CHunki   ular   ham   mohiyatan   ijtimoiy   nazoratning
ko’rinishlaridir. 
Jamoatchilik   nazoratiga   turli-tumanta’riflar   byerilgan.   Jamoatchilik
nazoratining   asosiy   xususiyatlarini   qamrab   oladigan   quyidagicha   ta’rifdan
foydalanish   o’rinliroq   bo’ladi:   “Jamoatchilik   nazorati   ―   jamoat   birlashmalari
tomonidan   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   amaldagi
qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo’yicha yuritadigan faoliyat”. 
O`zbekiston   Respublikasi   yuridik   ensiklopyediyasida   qayd   etilishicha,
jamoatchilik   nazorati   –   bu   davlat   hokimiyati   va   boshqaruv   organlari   hamda
nodavlat   tashkilotlar   faoliyati   ustidan   fuqarolar,   ularning   birlashmalari   va   o’zini-
o’zi   boshqarish   organlari,   fuqarolik   jamiyatining   boshqa   tuzilmalari   (institutlari),
shuningdyek davlat va nodavlat organlari tarkibida tuzilgan jamoatchilik organlari
tomonidan qonun doirasida olib boriladigan nazorat.
Hozircha   mamlakatimizda   “Jamoatchilik   nazorati   to’g’risida”gi   qonun   qabul
qilinmagan   bo’lsa   ham,   shunday   qonun   loyihasi   kyeng   jamoatchilik
muhokamasiga   taqdim   qilindi.   Muhokama   qilinayotgan   Qonun   loyihasida
jamoatchiliknazoratining   maqsadlari   quyidagicha   ta’riflanadi:   “Jamoatchilik
nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat: – fuqarolarning   huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy   manfaatlariga   rioya
etilishini ta’minlash;
– davlat   organlari   va   ularning   mansabdor   shaxslari   faoliyatida   qonuniylikni
ta’minlash;
– jamiyat manfaatlarini himoya qilish”.
Qonun   loyihasida   jamoatchilik   nazoratiningvazifalari   quyidagicha
tavsiflanadi: “Jamoatchilik nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
– davlat   organlari   va   jamiyatning   o’zaro   tiyib   turish   va   manfaatlar
muvozanati tizimini ta’minlash;
– davlat   organlari   va   ularning   mansabdor   shaxslari   tomonidan   qonunlarga,
fuqarolarning   huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy   manfaatlariga   rioya   etilishi   va
ularning ta’minlanishi ahvoli to’g’risida fuqarolarni xabardor qilish;
– davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya
qilmaslik   holatlarini   aniqlash   va   kyeng   jamoatchilikni   xabardor   qilish,   ularni
jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo’llab-
quvvatlash va rag’batlantirish;
– fuqarolarning   huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy   manfaatlarini   ta’minlash
sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligi”.
Fuqarolik jamiyati institutlari o’z tashabbuslari bilan shakllanadigan va o’zini
o’zi   boshqaradigan   institutlar   hisoblanadi.   Lyekin   ana   shuo’zini   o’zi
boshqaradigan   institutlar   o’ziga   o’xshash   boshqainstitutlar   bilan   mutanosib
ravishda  faoliyat   yuritishlari  uchun  ular  muayyan  darajada  rivojlangan  bo’lishlari
kyerak.   SHuning   uchun   ham,   fuqarolik   jamiyati   institutlari   o’sha   muayyan
darajaga yetgunlaricha ularga davlatning madadi zarur bo’ladi. 
XX   asr   oxiriga   kyelib   bir   qator   muammolarni   hal   qilishda,   xususan,   inson
huquqlarini   himoya   qilishda   NNTlarning   ishtirokini   ta’minlash   xalqaro-huquqiy
jarayonning uzviy tarkibiy qismiga aylandi. BMT doirasida inson huquqlariga oid
asosiy hujjatlarni tayyorlashni NNTlarning ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin. 
Jamoatchilik nazorati quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega:
-   u   jamiyat   va   uning   alohida   institutlarini   boshqarish,   jamiyatning   barcha a’zolari   ehtiyojlari   va   manfaatlarini   uyg’unlashtirish   shakli   sifatida   namoyon
bo’ladi;
- mamlakatdagi turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini uyg’unlashtirishda va
bu   manfaatlar   o’rtasida   nizolar   kyelib   chiqishining   oldini   olishda   muhim   vosita
hisoblanadi.
-   jamiyatdagi   tyezkor   hal   qilinishi   lozim   bo’lgan   vazifalarni   bajarishda
jamiyatning kuch-g’ayratini birlashtirish va muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi.
-   jamiyatda   mavjud   bo’lgan   ijtimoiy   mye’yorlarning   bajarilishini
kafolatlaydigan vosita hisoblanadi. 
Davlat   hokimiyati   organlari   faoliyati   ustidan   jamoatchilik   nazoratini   olib
boruvchi institutlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-   mamlakatdagi   turli   ijtimoiy-madaniy   hamda   kasbiy   guruhlarning
manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy partiyalar. Saylovchilar saylov jarayonida u
yoki bu partiyaga ovoz byerar ekan,ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini bavosita
nazorat   qiladi.   Ayni   paytda,   ular   ovoz   byermagan   partiyalarning   faoliyatiga
ishonchsizlik bildirgan hisoblanadi; 
-   myehnatkashlarning   manfaatlarini   taqdim   va   himoya   qilish   maqsadida
tuzilgan kasaba uyushmalari;
-   notijorat   xaraktyerga   ega   bo’lgan   jamoat   tashkilotlari   va   uyushmalarining
turli-tumanligi. Mazkur uyushma va tashkilotlar davlat hokimiyati organlari oldida
fuqarolarninghuquq   va   manfaatlarini   taqdim   qilish   va   himoya   qilish   maqsadida
tuziladi;
-   mamlakatda   jamoat-davlat   tuzilmalarining   mavjudligi.   Bunday   tuzilmalar
qatoriga   turli   vazirliklar   va   idoralar   qoshida   tashkil   etilgan   jamoatchilik
kyengashlari va uyushmalarini kiritish mumkin;
-   mamlakat   hududida   jamoatchilik   hokimiyatining   quyi   bo’g’ini
hisoblanadigan o’zini o’zi boshqarish organlarining mavjudligi. O`zbekistonda ana
shunday organlardan hisoblanadigan mahalla institutining faoliyati aholini o’zining
ehtiyoj   va   manfaatlarini   qondirish   va   himoya   qilish   maqsadida   uyushtirishga
yo’naltirilgan bo’ladi; 2.  Jamoatchilik nazorati tizimi, sub’yektlari va shakllari
Jamoatchilik   nazorati   juda   qadim   zamonlardan   buyon   mavjud.   Masalan,
ibtidoiy   jamoada   shaxs   xulqini   jamoa   nazorat   qilgan.   Agar   shaxs   xulq-atvorida
jamoa tomonidan qabul qilingan mye’yorlardan og’ish bo’lsa, jamoa a’zolari turli
sanksiyalar yordamida uning xulqini tyegishli tomonga o’zgartirgan.
O`zbekistonda   qadimdan   o’zini   o’zi   boshqarish   organi   bo’lgan   mahalla
nazoratchilik   funksiyalarini   ham   bajargan.   Bunday   funksiyani   mahalla   jamoasi
yuqoridan   tushirilgan   farmonlar,   buyruqlar   va   boshqa   huquqiy   mye’yorlarga
munosabat bildirish shaklida ifodalagan.
Jamoatchilik   nazorati   uzoq   tarixga   ega   bo’lsa   ham,   uni   ilmiy   tushuncha
sifatida   fanga   ijtimoiy   psixologiyaning   asoschilaridan   bo’lgan   T.Tard   olib   kirdi.
Uning talqinida mazkur tushuncha jinoyatchining xulq-atvorini mye’yoriy qoidalar
doirasiga qaytarish uchun qo’llaniladigan usullar majmuini ifodalagan. Kyeyinroq,
bu   tushunchaning   mazmuni   ancha   kyengaydi.   Bunday   kyengayish   amyerikalik
sosiologlar   E.Ross   va   rivojlanishPark   tadqiqotlari   tufayli   yuz   byerdi.   Ularning
talqinida jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy mye’yorlarga
mos kyeltirish maqsadida o’tkaziladigan ta’sirni anglatadi.
Amyerikalik   sosiolog   T.Parsons   tavsifida   jamoatchilik   nazorati   sanksiyalar
yordamida   dyeviant   xulq-atvorga   ta’sir   o’tkazish   orqali   uni   mye’yoriy   holatga
kyeltiradi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. 
YUqoridagilardan   xulosa   qilib   aytish   mumkinki,   jamoatchilik   nazorati
ijtimoiy   tizimning   o’zini   o’zi   tartibga   solish   usulidir.   Mazkur   usul   huquqiy
mye’yorlar   yordamida   hamda   mazkur   tizimning   tarkibiy   qismlari   orqali   tartib   va
barqarorlikni   ta’minlash   maqsadida   o’tkaziladi.   Jamoatchilik   nazoratining
xaraktyeri,   mazmuni,   yo’naltirilganligi   mazkur   ijtimoiy   tizimning   xaraktyeri,
mohiyati   va   tipi   bilan   byelgilanadi.   Jamoatchilik   nazorati   ibtidoiy,   arxaik
jamiyatlarda   hozirgi   rivojlangan   industrial   jamiyatlardagiga   nisbatan   mutlaqo
o’zgacha   xususiyatga   ega   bo’ladi.   Arxaik   jamiyatlarda   u   sodda   tuzilmaga   ega
bo’lsa, industrial jamiyatlarda murakkab tizim sifatida namoyon bo’ladi. 
Sanksiyalar   ―   jamoatchilik   nazoratining   elyemyenti.   Alohida   shaxslar   va ijtimoiy   guruhlarning   xatti-harakatiga   tyezkor   munosabat   bildirish   maqsadida
jamiyat   ijtimoiy   sanksiyalar   tizimini   yaratgan.   Sanksiyalar   o’z   mohiyatiga   ko’ra,
alohida   shaxs   va   ijtimoiy   guruhlar,   muassasa   va   tashkilotlarning   xatti-harakatiga
munosabatdir. Ijtimoiy sanksiyalar tizimining vujudga kyelishi tasodifiy hol emas.
Mye’yorlar   jamiyat   qadriyatlarini   himoya   qilish   maqsadida   yaratilgan   bo’lsa,
sanksiyalar   ijtimoiy   mye’yorlar   tizimini   himoya   qilish   va   mustahkamlash   uchun
xizmat qiladi. Mye’yor sanksiya yordamida himoya qilinmasa, unga odamlar amal
qilmay qo’yadi. 
Nodavlat   notijorat   tashkilotlarning   davlat   hokimiyati   organlari   faoliyati
qonunlarga   mosligini   nazorat   qilish   huquqi   ularning   davlat   boshqaruvidagi   faqat
yakuniy-nazorat   bosqichida   ishtirok   etishi   bilangina   chyeklanmaydi.   Ular
o’zlarining   mazkur   huquqini   davlat   boshqaruvining   avvalgi   bosqichlari,   ya’ni
ryejalashtirish   va tashkillashtirish   bosqichlarida ham   namoyon  qilishlari   mumkin.
SHuning   uchun   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   davlat   hokimiyati   organlari
faoliyatining   qonunlarga   mosligini   nazorat   qilish   huquqini   faqat   nazorat
bosqichigabog’lab qo’yish unchalik to’g’ri bo’lmaydi. 
Mazkur   tashkilotlar   davlat   boshqaruvining   ryejalashtirish   bosqichlaridayoq
ishtirok   etish   huquqi   ular   davlat   hokimiyati   organlari,   jumladan,   mahalliy   davlat
boshqaruvi   organlarining   ijtimoiy   ahamiyatga   molik   tadbirlar   va   dasturlarini
ryejalashtirish   bosqichidayoq   nazoratqilishida   namoyon   bo’ladi.   Bundan   tashqari,
har   qanday   nazorat,   jumladan,   jamoatchilik   nazoratining   samaradorligi   davlat
hokimiyati   organlari,   jumladan,mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   muayyan
tadbir   va   dasturlarni   amalga   oshirib   bo’lgandan   kyeyin   ularning   qonunlarga   mos
yoki mos emasligini nazorat qilishi mumkin va ba’zi hollarda zarur bo’ladi. Lyekin
bunday yo’l tutish samarali emas. 
O`zbekiston   Respublikasining   2018   yil   29   martda   e’lon   qilingan   “Jamoat
birlashmalari   to’g’risida”gi   Qonunini   15-moddasi.   Jamoatchilik 	nazorati
sub’yektlarining	
 huquq	 va	 majburiyatlari	 dyeb	 nomlanadi.
Jamoatchilik nazorati sub’yektlari:
jamoatchilik   nazoratini   amalga   oshirayotganda   tadbirlar   o’tkazish tashabbusi   bilan   chiqishga,   ularni   tashkil   etishga,   shuningdyek   ularda   ishtirok
etishga;
jamoatchilik   nazoratini   amalga   oshirish   uchun   zarur   bo’lgan   axborotni
qonun hujjatlariga muvofiq davlat organlaridan so’rab olishga;
jamoatchilik nazorati  natijalariga ko’ra takliflar  va tavsiyalar  tayyorlashga
hamda ularni tyegishli davlat organlariga ko’rib chiqish uchun yuborishga; 
fuqarolarning,   yuridik   shaxslarning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlari,
jamiyat   manfaatlari   buzilganligi   faktlari   aniqlangan   taqdirda,   matyeriallarni
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishga;
davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining
xatti-harakatlari   (harakatsizligi)   ustidan   bo’ysunuv   tartibida   yuqori   turuvchi
organga   yoki   mansabdor   shaxsga   yoxud   qonunda   byelgilangan   tartibda   sudga
shikoyat qilishga; jamoatchilik nazorati natijalarini e’lon qilishga haqlidir.
Fuqarolik   jamiyati   institutlari   jumlasiga   jamoat   birlashmalari,   siyosiy
partiyalar,   yoshlar,   xotin-qizlar   harakatlari,   ekologik   harakat,   turli   jamg’armalar,
uyushmalar   kiradi.   Bu   institutlar   tom   ma’noda   jamoat   birlashmalaridir.
Konstitusiyamizning   XIII   bobida   jamoat   birlashmalariga   quyidagicha   ta’rif
byeriladi:   “O`zbekiston  Respublikasida  qonunda  byelgilangan tartibda  ro’yxatdan
o’tkazilgan kasaba  uyushmalari, siyosiy  partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-
qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va
fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.” 10
 
Ta’rifdan   ko’rinib   turibdiki,   barcha   fuqarolik   jamiyati   institutlarini   jamoat
birlashmalari   tashkil   qiladi.   Dyemak,   fuqarolik   jamiyati   institutlari   jamoat
birlashmalari sifatida jamoatchilik nazoratining sub’yektlari hisoblanadi. Mana shu
jumlaning o’zida fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini tashkil
qilishdagi o’rni va roli o’z ifodasini topgan.
Jamoatchilik nazoratining shakllari
Fuqarolik   jamiyati   shakllanishida   fuqarolik   jamiyati   barcha   institutlarining
o’zaro   aloqadorlikda   ishlashi   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Jamoatchilik
nazoratining   maqsadi   davlat   hokimiyati   organlarining   aholi   oldidagi   barcha majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat. Mamlakatni
modyernizasiyalash,   korrupsiyaga   qarshi   kurash   kuchaytirilayotgan   hozirgi
sharoitdajamoatchilik   nazoratining   roli   byeqiyos   darajada   ortadi.   Jamoatchilik
nazoratini   kuchaytirish   mamlakatda   qonunchilikni   ta’minlashning   kafolati
vazifasini   bajaradi.   Davlat   hokimiyati   organlari   faoliyati   ustidan   jamoatchilik
nazorati   turli   ko’rinish,   shakl   va   usullar   yordamida   o’tkaziladi.   Jamoatchilik
nazorati   turlari   va   shakllarini   to’la   va   chuqur   anglash   uchun   quyidagi   holat   va
hodisalar haqida aniq tasavvurlar hosil qilish lozim:
-   davlat   hokimiyat   organlari   faoliyati   ustidan   jamoatchilik   nazorati
tushunchasining mazmun va mohiyatini tahlil qilish:
- jamoatchilik nazoratini tartibga solib turuvchi hujjatlarni tahlil qilish: 
-   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   jamoatchilik   nazorati   olib   borishdagi
amaliy faoliyatlarini tahlil qilish.
Jamoatchilik nazorati muayyan shakllarda olib boriladi. Jamoatchilik nazorati
shakllari xilma xil bo’lib ularning asosiylari quyidagilar:
- jamoatchilik ekspyertizasi;
- jamoatchilik monitoringi;
- jamoatchilik tinglovi;
- jamoatchilik surishtiruvi;
- jamoatchilik muhokamasi;
- jamoatchilik kuzatuvi.
Jamoatchilik nazoratining hozirgi sharoitda bizning mamlakatimizda eng ko’p
qo’llanayotgan   shakllaridan   biri   jamoatchilik   tinglovidir.   Mazkur   shakl   ijtimoiy
ahamiyatga   molik   bo’lgan   u   yoki   bu   muammoni   hal   qilishda   turli   ijtimoiy
guruhlarning   manfaatlarini   o’zaro   kyelishtirishga   xizmat   qiladi.   Jamoatchilik
tinglovi quyidagi maqsadlarni ko’zlab o’tkaziladi:
- ijtimoiy   ahamiyatga   molik   bo’lgan   muammolarni   aniqlash   va   muhokama
qilish;
- mazkur muammoni hal qilishdan manfaatdor bo’lgan tomonlarni aniqlash; - manfaatdor tomonlarning mazkur muammo bo’yicha mavqyeini qayd qilish
va barcha tomonlar uchun maqbul bo’ladigan qaror variantini ishlab chiqish.
Jamoatchilik   tinglovi   ishtirok   etayotgan   barcha   tomonlarning   o’z   fikr   va
dalillarini   bayon   qilishini   ko’zda   tutadi.   Bunda   ular   muhokama   qilinayotgan
masalaga aloqador bo’lgan hujjatlar bilan tanishib chiqadi. 
Jamoatchilik tinglovining ishtirokchilari quyidagilar bo’lishi mumkin: 
- mazkur   muammoni   kun   tartibiga   qo’yishda   tashabbus   ko’rsatgan   tomon
(invyestor, tayyorlangan loyiha mualliflari);
- mahalliy   o’zini   o’zi   boshqarish   organlarining,   ma’muriyat,   davlat   nazorat
idoralarining vakillari;
- muhokama   qilinayotgan   masaladan   manfaatdor   bo’lgan   jamoatchilik,   shu
jumladan, jamoat tashkilotlarining vakillari.
Jamoatchilik   tinglovini   tashkil   etish   va   o’tkazishga   mahalliy   o’zini   o’zi
boshqarish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va
birlashmalarining vakillari jalb etilishi lozim. 
3. Ijtimoiy shyeriklik tushunchasi va uning talqinlari.
Respublikamiz   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov   o’zining   2010   yil   12
noyabrida   Oliy   Majlis   Syenati   va   Qonunchilik   Palatasining   qo’shma   majlisida
bayon qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsyepsiyasi”da davlat hokimiyat organlari va
nodavlat   notijorat   tashkilotlari   o’rtasida   ijtimoiy   shyeriklik   munosabatlarini
o’rnatish   zarurligini   ko’rsatib   o’tdi.   Bu   ko’rsatma   mazmun   e’tibori   bilan   juda
dolzarb va syermazmundir. 
Ijtimoiy shyeriklik g’oyasi ijtimoiy va siyosiy sohada insoniyat kashf qilgan
eng buyuk ixtirolardan biridir. Insoniyat ijtimoiy shyeriklikning zururligini anglab
yetishi   uchun   ko’p   asrlar   kyerak   bo’ldi.   Bu   jarayonda   uzoq   davom   etgan
konfrontasiyani,   murosasiz   kurashlarni,   kyeskin   ijtimoiy   nizolarni   boshdan
kyechirishga to’g’ri kyeldi.
  “Ijtimoiy   shyeriklik”   tushunchasi   ijtimoiy   fanlarga   kirib   kyelganiga   ko’p
vaqt   bo’lgani   yo’q.   Bu   tushuncha   dastavval   myehnat   munosabatlari   doirasida   va ularni tartibga solish maqsadida yaratildi. Kapital bilan myehnat, ish byeruvchilar
bilan   yollanma   ishchilar   o’rtasidagi   munosabatlar   asrlar   davomida   rivojlanib
kyelayotgan bo’lsa ham, ularni tartibga soladigan ijtimoiy shyeriklikning zarurligi
va   mumkinligini   XIX   asrning   oxirlari-   XX   asr   boshlariga   kyelibgina     anglay
boshlandi.   Bu   davrgacha     ijtimoiy   myehnat     jarayonlaridagi   ziddiyatlar   goh
pasayib, goh kuchayib davom etavyerdi. Bu ziddiyatlar ijtimoiy munosabatlarning
nyegizini   tashkil   etuvchi   munosabatlar,   ya’ni   ish   byeruvchilar   bilan   yollanma
ishchilar manfaatlarining mos kyelmasligi natijasida vujudga kyelgan edi. 
Ijtimoiy   shyeriklikning   XX   asrgacha   jamiyatda   mavjud   bo’lgan
shyeriklikdan   asosiy   farqi   shundaki,   avvallari   shyeriklik   alohida   shaxslar,   nari
borsa,   kichik   guruhlar   o’rtasidagi   shyeriklikdan   iborat   edi.   Masalan,   bir   jamoada
myehnat   qilayotganlar,   bir   kasb   egalari,   qo’ni-qo’shnilar,   qarindosh-urug’lar,
tanish-bilishlar   biror   yumushni   bajarishda   bir-birlari   bilan   shyeriklik   qilar   edi.
SHyeriklikning bu ko’rinishi hozir ham davom etib kyelmoqda. Ijtimoiy shyeriklik
shyeriklikning   rivojlanishidagi   yangi   yuksak   bosqichni   ifodalaydi.   Ijtimoiy
shyeriklik   alohida   shaxslar   yoki   kichik   guruhlar   emas,   katta   ijtimoiy   guruhlar
o’rtasidagi shyeriklikni bildiradi. 
Ibtidoiy   jamoa   tuzumi   davrida   hali   katta   ijtimoiy   guruhlar   vujudga
kyelmagan   edi.   Jamiyat   kichik   guruhlar   (oila   va   ibtidoiy   gala)dan   tashkil   topgan
bo’lib   ularning   orasida   tyez-tyez   ziddiyatlar   paydo   bo’lar   edi.   Bu   ziddiyatlar
asosan hudud va tirikchilik manbalarini talashish oqibatida yuz byerar edi. 
Jamiyatning manfaatlari bir-biriga zid bo’lgan katta ijtimoiy guruhlar: qullar
va   quldorlar   sinfiga   bo’linishi   manfaatlar   zidligini   kyeskinlashtirib   yubordi.
Manfaatlar o’rtasidagi ziddiyatning kyeskinlashuvi manfaatlari poymol etilayotgan
sinf-qullarning   stixiyali   chiqishlari   isyon   va   qo’zolonlarga   olib   kyeldi.   Bunday
isyonlarni   bostirish   uchun   quldorlar   mirshablar   va   armiya   singari   tuzilmalarni
tashkil   qildi.   Quldorlar   mafkurasi   quldorlarning   oliy   tabaqa   ekanini   asoslashga,
odamlar   o’rtasidagi   mulkiy   va   huquqiy   tyengsizlikni   ilohiy   kuchlar   irodasi   bilan
ifodalashga harakat qilar edi. 
XX asrgacha mavjud bo’lgan shyeriklik alohida shaxslar va kichik guruhlar o’rtasidagi   munosabatlarni   tartibga   solib   kyelgan   bo’lsa,   ijtimoiy   shyeriklik   katta
ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga sola boshladi. 
Ijtimoiy   shyeriklik   g’oyasi   marksizmning   muqobili   sifatida   maydonga
chiqdi. Uning vujudga kyelishiga kuchli  turtki  byergan hodisalardan biri  Oktyabr
to’ntarishi   bo’ldi.   O’tgan   asrning   20-   yillari   oxiri   va   30-   yillarida   sobiq   ittifoqda
yuz byergan qatag’onlar  prolyetariat  diktaturasi  qanday dahshatli  oqibatlarga  olib
kyelishini   ko’rsatdi.   Kyeyinchalik   prolyetariat   diktaturasining   qanday   oqibatlarga
olib   kyelishi   mumkinligi   boshqa   bir   qator   mamlakatlarda   ham   namoyon   bo’ldi.
Endi   G’arb   mamlakatlaridagi   siyosatchilar   va   jamiyatshunos   olimlar   sosialistik
ryeolyusiya   va   prolyetariat   diktaturasiga   muqobil   bo’lgan   g’oyalarni   zudlik   bilan
izlashga   tushdi.   Ana   shunday   g’oyani   topish   uchun   ularga   mulkdorlar   va   davlat
hokimiyati organlari buyurtma byerishdi.Bu yo’nalishda G’arb sosial-demokratlari
bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi.
XX asrning o’rtalarida T.Parsons va YU.Xabyermaslar tomonidan yaratilgan
konsyensus   nazariyasi   ijtimoiy   shyeriklikning   kyeng   miqyosda   yoyilishiga   katta
turtki   byerdi.   Bu   nazariya   ijtimoiy   shartnoma   nazariyasi   o’rniga   kyelib,   ijtimoiy
shyeriklikning nazariy myetodologik asosi vazifasini bajara boshladi. 
Ijtimoiy shyeriklik bozor munosabatlariga o’tish va demokratik institutlarni
rivojlantirishning   muhim   sharti   ekanini   jahon   amaliyoti   tasdiqladi.   Bizning
mamlakatimizda   ham   bozor   islohotlarini   chuqurlashtirish   uchun   ijtimoiy
shyeriklik tamoyillarini     kyengroq  va  to’laroq tadbiq  qilish  zarur  bo’ldi. Ana  shu
zarurat   Prezident   Islom   Karimovning   “Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni
yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsyepsiyasi”da
aniq   va   yaqqol   ko’rsatib   byerildi.   Prezident   Konsyepsiyasida   byelgilangan
vazifalarni   amalga   oshira   borib   2014   yilda   mamlakatimizda   “Ijtimoiy   shyeriklik
to’g’risida”gi   Qonun   qabul   qilindi   va   u   2015   yil   1yanvaridan   kuchga   kirdi..   Bu
Qonunning   qabul   qilinishi   mamlakatimizda   ijtimoiy   shyeriklikni   hayotga   tadbiq
qilishda   muhim   bosqich   bo’ldi.   SHuni   ham   ta’kidlash   joizki,   “Ijtimoiy   shyeriklik
to’g’risida”gi   Qonunning   qabul   qilinishi   ijtimoiy   shyeriklik   sohasidagi   ishlarning
yakunlanganini emas, yangi mas’uliyatli bosqich boshlanganini anglatadi. Ijtimoiy shyeriklik XX asr oxiri va XXI asr boshlarida siyosiy barqarorlikni
ta’minlashda,   jamiyatda   yangicha   insoniy   munosabatlarni   shakllantirishda   borgan
sari   ko’proq  va  muhimroq  rol  o’ynamoqda.  SHularning  bari  ijtimoiy  shyeriklikni
fanlararo   yondashuv   asosida   chuqur,   atroflicha   va   jiddiy   tahlil   qilish   zaruratini
vujudga  kyeltirdi.  Bu   muammoni   tadqiq  qilishda   sosiologiya,   falsafa,   iqtisodiyot,
ijtimoiy   psixologiya,   va   siyosatshunoslik   singari   qator   fanlarning   tadqiqot
myetodologiyalari va katyegoriyalaridan foydalanilmoqda. 
Ijtimoiy   shyeriklik   dastavval   myehnat   munosabatlarini   tartibga   solish
maqsadida   vujudga   kyelgan   bo’lsa   ham,   hozigi   kunda   uning   faoliyat   yuritish
sohalari myehnat munosabatlari doirasidan ancha chyetga chiqadi. 
XX   asr   oxiri   va   XXI   asr   boshlarida   “syektorlararo   ijtimoiy   shyeriklik”
konsyepsiyasi   ko’p   mamlakatlarda,   shu   jumladan   MDHga   a’zo   mamlakatlarda
kyeng   tarqala   boshladi.   Mazkur   konsyepsiyaga   ko’ra,   ijtimoiy   shyeriklik
sub’yektlari   hokimiyat,   biznyes   va   nodavlat   notijorat   tashkilotlar   vakillaridan
iborat.   “Syektorlararo   ijtimoiy   shyeriklik”   ikki   yoki   uch   syektor:   davlat,   biznyes,
notijorat   syektor   ijtimoiy   muammolarini   hal   qilishda   o’zaro   kyelishilgan
konstruktiv   harakatlarni   amalga   oshirishni   ifodalaydi.   Respublikamizning
“Ijtimoiy shyeriklik to’g’risida” Qonunida ijtimoiy shyeriklik sub’yektlari haqidagi
3-bobida   shunday   dyeyiladi:   “Ijtimoiy   shyeriklik   davlat   organlarining   nodavlat
notijorat   tashkilotlari   va   fuqarolik   jamiyatining   boshqa   institutlari   bilan
mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   dasturlarini,   shu   jumladan   tarmoq,
hududiy   dasturlarni,   shuningdyek   normativ-huquqiy   hujjatlarni   hamda
fuqarolarning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlariga   daxldor   bo’lgan   boshqa
qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir” 1
. 
Nazariy   asoslari .   Ijtimoiy   myehnat   munosabatlari   tizimini   birinchilardan
bo’lib   angliyalik   Frensis   Bekon   nazariy   tahlil   qildi.   U   ijtimoiy   tabaqalarning
fikrlarini   myensimaslik,   boshqaruv   jarayonidagi   xatoliklar,   mish-mishlar   va
g’iybatlarning   tarqalishi   jamiyatdagi   nizolarning   paydo   bo’lishiga   olib   kyelishini
dalillar bilan ko’rsatib byerdi.
1
 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 39-сон, 488-модда Odamlar   o’rtasida   ijtimoiy   shartnoma   tuzish   zarurligi   g’oyasi   Tomas
Gobbsning   asarlarida   bayon   qilindi.   Mazkur   shartnoma   jamiyatning   o’zini   o’zi
himoya   qilishi   hamda   xususiy   mulkning   abadiy   bo’lishiga   xizmat   qiladi.   Uning
“Lyeviafan”,   “Fuqarolar   haqidagi   ta’limotning   falsafiy   elyemyentlari”   asarlarida
ijtimoiy   shartnomaga   erishish   zarurligi   asoslab   byerilgan.   Bunday   shartnoma
umumiy   kyelishuv   hamda   xususiy   mulkning   xavfsizligini   ta’minlashga   xizmat
qiladi.
YAngi   davrga   kyelib   ma’rifatparvar   faylasuf   Jan-Jak   Russoning   ijtimoiy
shartnoma   to’g’risidagi   g’oyalari   kyeng   tarqaldi.   Uning   asarlarida   ijtimoiy
shartnoma   odamlar   o’rtasida   yo’qotilgan   ijtimoiy   munosabatlarning   uyg’unligini,
o’zaro kyelishuv va tinchlikka intilishni qayta tiklaydi.
Ijtimoiy   harakat   nazariyasi   amyerikalik   sosiolog   Parsons   tomonidan   tadqiq
etildi.   U   sub’yektlarning   o’zaro   ta’siri   myexanizmlarini   tadqiq   qildi.   Bunda   u
ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan mye’yorlar, xulq-atvor andozalari faoliyatning
ichki   motivlariga   aylanishi   jarayoniga   alohida   ahamiyat   byerdi.   Muvozanat,
konsyensus, ijtimoiy tizimning mye’yoriy holatidagi eng muhim byelgilar ekaniga
e’tibor   qaratar   ekan   T.Parsons   ana   shu   holatni   nazorat   qilish   va   tartibga   solish
jarayonlariga   katta   e’tibor   byerdi.   Uning   fikricha,   aynan   ana   shu   jaryonlar
jamiyatni   ko’ngilsiz   nizolardan   himoya   qiladi.   Uning   tadqiqotlarida   konsyensus
muammosi   o’zaro   kyelishilgan   harakat   yo’llarini   izlash   bilan   byevosita   bog’liq
tarzda   tadqiq   etiladi.   Bunday   o’zaro   ta’sir   shyeriklarning   o’zaro
ekspyektasiyalariga,   ya’ni   bir-birlaridan   kutayotgan   harakatlar   va   natijalarga
asoslanadi. 
Ijtimoiy   shyeriklikning   nazariy   va   tashkiliy   asoslaridan   biri   bo’lgan
konsyensusni nyemis sosiologi YU.Xabyermas demokratiyaning muqobili sifatida
talqin   qiladi.   Uning   talqinida   demokratik   usul   jamoa   va   jamiyatni   ikkiga:
ko’pchilik   va   ozchilikka   bo’lib   qo’yadi.   Konsyensus   esa   bo’lingan   jamoa   va
jamiyatni   birlashtiradi.   Bunga   u   hal   qilinayogan   muammoga   nisbatan
ko’pchilikning fikrini aniqlash yo’li bilan emas, barcha tomonlar qarshi bo’lmagan
yechimni topish yo’li bilan erishadi. Konsyensusga  erishish  uchun manfaatlari  va yondashuvlari   bir-biriga   unchalik   mos   kyelmayotgan   tomonlar   hyech   bir   tomon
qarshi bo’lmagan yechimni topishga harakat qilishlari va topishlari kyerak.
4. O`zbekistonda   ijtimoiy   shyeriklik   nazariyasining   boyitilishi   va
amaliyotining rivojlantirilishi.
Insoniyat   tarixida   buyuk   rol   o’ynagan   ijtimoiy   shyeriklik   nazariyasi
Mustaqil   O`zbekistonda   hayotga   kyeng   tadbiq   etila   boshladi.   U   hayotga   nafaqat
tadbiq etildi, balki uning nazariy asoslari boyitildi va amaliy jihatlari rivojlantirildi.
O`zbekistonda   mustaqillikning  dastlabki   yillaridan   boshlab   Prezident   Islom
Karimov   tomonidan   “Kuchli   davlatdan   kuchli   jamiyat   sari”   shiori   o’rtaga
tashlandi. Kuchli jamiyat esa fuqarolik jamiyatidir. Ba’zan, “Nima uchun bira to’la
“Kuchli   davlatdan   fuqarolik   jamiyati   sari”   shiori   olg’a   surilmadi?”   dyegan   savol
o’rtaga tashlanadi. Dastavval “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o’rtaga
tashlanishining sababi shundaki, sobiq sho’rolar tuzumi davrida Fuqarolik jamiyat.
O`zbekistonda   demokratik   jamiyat   qurish   nazariyasi   va   amaliyoti     tushunchasi
umuman   ishlatilmasdi.   SHuning   uchun   mustaqillikning   dastlabki   yillarida   bu
tushuncha   mamlakatdagi   ko’pchilikka   tanish   emasdi.   Agar   o’sha   davrda   “Kuchli
davlatdan   fuqarolik   jamiyati   sari”   shiori   o’rtaga   tashlansa,   u   ko’pchilik   uchun
tushunarli bo’lmay qolardi.
Prezident Konsyepsiyasida “Ijtimoiy shyeriklik to’g’risida”gi Qonunni qabul
qilish   zarurati   haqida   gapirilar   ekan,   asosiy   e’tibor   fuqarolik   jamiyatini
rivojlantirishga   qaratiladi.   Fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   va   rivojlantirish
masalalariga   bag’ishlangan   falsafa,   sosiologiya,   siyosatshunoslik   va   boshqa
fanlarga   oid   adabiyotlarda   asosiy   e’tibor   fuqarolik   jamiyati   institutlarining
mohiyati,   miqdori,   funksiyalari   kabi   masalalarga   qaratilgan.   Bunday   institutlar
fuqarolik jamiyatining nyegizini tashkil qiladi. 
Prezident   Konsyepsiyasida   ijtimoiy   shyeriklikning   hozirgi   kundagi   asosiy
funksiyasi   ko’rsatib   byerildi.   Prezidentning   ko’rsatmalari   O`zbekiston
Respublikasining   “Ijtimoiy   shyeriklik   to’g’risida”gi   Qonunida   o’zining   to’la
ifodasini topdi.  Ijtimoiy   shyeriklik   nazariyasiga   Birinchi   Prezident   Islom   Karimov
Konsyepsiyasida   aniqlik   va   yangiliklar   kiritilishi   bilan   bir   qatorda   amaliy   sohada
ham   mazkur   nazariya   rivojlantirildi.   Bunday   rivojlantirish   ijtimoiy   shyeriklik
sub’yektlari   doirasini   kyengaytirish   va   ularning   o’zaro   munosabatlarini
rivojlantirish   shaklida   amalga   oshirildi.   Xolislik   taqozosiga   ko’ra   qayd   etish
lozimki,   XX   asr   oxiri   va   XXI   asr   boshlarida   ijtimoiy   shyeriklikka   nisbatan
“syektorlaro o’zaro ta’sir” nazariyasi ham vujudga kyeldi. Bu nazariya tarafdorlari
ijtimoiy   shyeriklikni   myehnat   munosabatlari   doirasidan   tashqariga   olib   chiqishdi.
Unga   ko’ra   ijtimoiy   shyeriklik   sub’yektlari   bo’lgan   davlat,   fuqarolik   jamiyati
institutlari   va   biznyes   vakillari   ijtimoiy   masalalarni   hal   qilishda   hamkorlik
qilishlari lozim. Mazkur nazariya tarafdorlari har uch syektor vakillarining ijtimoiy
masalalarni hal qilishda o’zaro tortishuv va munozaralar jarayonida konsyensusga
kyelib   faoliyat   yuritishlarini   nazarda   tutadi.   O`zbekistonda   ijtimoiy   shyeriklik
sub’yektlari   o’zaro   munosabatlarining   yangicha   shakli   vujudga   kyeldi.   Bu   shakl
tomonlarning o’zaro raqobatiga emas, o’zaro yordam va hamkorligiga asoslanadi.
Tomonlarning   mana   shunday   munosabati   ijtimoiy   shyeriklikning   sinyergiya
effyektini vujudga kyeltirishiga olib kyeldi.
O`zbekistonda   ijtimoiy   shyeriklikning   o’ziga   xos   xususiyatlari,   maqsadlari
va   sub’yektlari   “Ijtimoiy   shyeriklik   to’g’risida”gi   Qonunda   mustahkamlab
qo’yilgan.   Mazkur   Qonunning   3-bandida   bu   haqda   shunday   dyeyiladi:   “Ijtimoiy
shyeriklik   davlat   organlarining   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   va   fuqarolik
jamiyatining   boshqa   institutlari   bilan   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish
dasturlarini,   shu   jumladan   tarmoq,   hududiy   dasturlarni,   shuningdyek   normativ-
huquqiy   hujjatlarni   hamda   fuqarolarning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlariga
daxldor bo’lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi
hamkorligidir”
Davlatning NNTlarga ko’rsatadigan ko’magi barqaror va salmoqli bo’lishini
ta’minlashda   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi   va
Syenati   Kyengashlarining   «Nodavlat   notijorat   tashkilotlarini,   fuqarolik
jamiyatining   boshqa   institutlarini   qo’llab-quvvatlashni   kuchaytirish   chora- tadbirlari   to’g’risida»gi   qo’shma   qarori   ham   alohida   ahamiyatga   ega   bo’ldi.   SHu
qaror  asosida  NNTlarga mo’ljallangan grantlar miqdori  va ajratilayotgan mablag’
hajmining   ortib   borishi   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   tyezroq   oyoqqa   turib
olishlari va faolligining ortishida syezilarli rol o’ynamoqda.
5-modda. Ijtimoiy shyeriklik sohalari
Ijtimoiy shyeriklik quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin:
aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish,   qo’llab-quvvatlash   va   uning   ijtimoiy
faolligini oshirish;
aholining   bandligini   ta’minlash,   kichik   biznyes   va   xususiy   tadbirkorlikni,
fyermyerlikni rivojlantirish;
atrof   muhitni,   aholining   sog’lig’ini   muhofaza   qilish   va   sog’lom   turmush
tarzini qaror toptirish;
har tomonlama barkamol va sog’lom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga
bilim byerish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yo’naltirish;
onalik va bolalikni, shuningdyek xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish,
ularning   mamlakat   ijtimoiy-siyosiy,   sosial-iqtisodiy,   madaniy   hayotida   to’laqonli
ishtirok etishini ta’minlash, sog’lom oilani shakllantirish;
fan, ta’lim, axborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish;
aholining   huquqiy   bilimlari,   huquqiy   ongi   va   huquqiy   madaniyatini
yuksaltirish,   fuqarolik   jamiyati   va   demokratik   huquqiy   davlat   asoslarini
mustahkamlash;
millatlararo,   madaniyatlararo   totuvlik   va   fuqarolar   totuvligi   g’oyalarini
mustahkamlash,   ko’p   asrlik,   an’anaviy   ma’naviy-axloqiy   hamda   tarixiy-madaniy
qadriyatlarni tiklash va saqlash;
istye’molchilarning huquqlarini himoya qilish.
Ijtimoiy   shyeriklik   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa   sohalarda   ham
amalga oshirilishi mumkin.
6-modda. Ijtimoiy shyeriklikning asosiy shakllari
Ijtimoiy shyeriklikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
nodavlat   notijorat   tashkilotlarining   va   fuqarolik   jamiyati   boshqa institutlarining   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   dasturlarini   ishlab   chiqish   hamda
amalga oshirishda ishtirok etishi;
nodavlat   notijorat   tashkilotlarining   va   fuqarolik   jamiyati   boshqa
institutlarining   normativ-huquqiy   hujjatlarni   ishlab   chiqish   hamda   amalga
oshirishda ishtirok etishi;
Davlat-xususiy   sherikchilik   (DXSh)   –   biror   mamlakatga   yoki   ushbu
mamlakat   tomonidan   berilgan   ko’rsatmalar   asosida   xizmat   ko’rsatuvchi   xususiy
sektor   uchun     uzoq   muddatli   shartnoma.     Xususiy   sektor   o’zining   moliyaviy,
texnik va boshqaruv resurstlaridan foydalanish orqali loyihani ilgari suruvchi kuch
hisoblanadi.   Davlat   sektori   esa   asosiy   loyiha   aktivlari   (misol   uchun,   er
uchastkalari)   ni   taqdim   etadi   va   yuridik  hamda   shartnoma   asosida   uzoq  muddatli
o’zaro   munosabatlarni   o’rnatadi,   hamda   loyihaga   tayyorgarchilikni
moliyalashtiradi.   Xususiy   sektor   va   davlat   investitsion   maburiyatlar,   risklar,
mas’uliyat va tushumlarni ajratgan holda birgalikda faoliyat yuritishadi .  
Davlat-xususiy   sherikligi   –   bu   kooperativ   kelishuvning   bir   ko rinishiʻ
bo lib,   ikki   yoki   undan   ortiq   davlat   va   xususiy   sektor   vakillarining   investitsiya,	
ʻ
infratuzilma, innovatsiya loyihalarida hamda ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy, shuningdek,
davlat   ahamiyatiga   molik   dasturlardagi   sheriklik   munosabatlari   tushuniladi.
«Davlatxususiy   sektor   sherikligi»   atamasi   infratuzilma   va   boshqa   xizmatlar
doirasida   davlat   va   xususiy   korxona   va  tashkilotlar   o rtasidagi   bir   qator   iqtisodiy	
ʻ
munosabatlarni   tavsiflaydi.   Bunday   iqtisodiy   munosabatlar   jarayonida
foydalaniladigan   boshqa   tushunchalar   orasida   xususiy   sektor   ishtiroki   (Private
Sector   Participation)   va   xususiylashtirish   (Privatization)   kabi   tushunchalar   ham
mavjud bo lsa-da, ushbu tushunchalar orasida ma‘lum bir farqlar mavjud.	
ʻ
Chet   davlatlar   tajribasida   davlat   bilan   xususiy   tarmoq   o rtasidagi   sheriklik	
ʻ
deganda turli yo nalishlardagi biznes va iqtisodiy munosabatlar tushuniladi. Ya‘ni,	
ʻ
bu   munosabatlar   xususiy   sektor   resurslaridan   umum   jamiyat   ehtiyojlarini
qondirishda   foydalanishni   nazarda   tutadi.   Davlat   bilan   xususiy   biznes   hamkorligi
umummilliy   va   iqtisodiy   ahamiyatga   molik   yirik   loyihalarni   amalga   oshirishga
yirik   xususiy   investitsiyalarni   jalb   qilishda   asosiy   omil   sifatida   katta   ahamiyatga ega bo lgan. jarayondir. ʻ
Mamlakatimizda   ham   davlat-xususiy   sherikligi   munosabatlarini
shakllantirishga   ham   alohida  e‘tibor   qaratila  boshlangani,   xususan,   O zbekistonni	
ʻ
2017-2021-yillarda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   bo yicha   Harakatlar	
ʻ
strategiyasining   3.4.bandining   oxirgi   xatboshida   ustuvor   vazifalardan   biri   sifatida
davlat-xususiy   sherikligini   kengaytirish   deb   alohida   keltirib   o tilganligi   ham   bu
ʻ
munosabatlarni o rganishning ahamiyatini o zida ifodalaydi.	
ʻ ʻ A dabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 2018. 
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami, 1-23 jildlar. – T.: O’zbekiston, 1996-2016. 
3. Karimov I.A. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, 
4. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda   barpo   etamiz.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining
qo’shma   majlisidagi   nutq   /Sh.M.   Mirziyoyev.   -   Toshkent:   ―O’zbekiston ,‖
2016. -56 b. 
5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
6. Sharifxo’jayev M. O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi.
–T.: Sharq, 2003. 
7. Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. –
T.: O’zbekiston, 2010. 
8.  Jalilov A boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. – T.: Baktria press, 2015. 
9.   Fuqarolik   jamiyati.   Darslik   loyihasi–   T.:   2016.   Ziyonet.uz.   Mualliflar
jamoasi. 
10.   O’tamurodov   A.   va   boshqalar.   Fuqarolik   jamiyati   fanidan   tushuncha   va
atamalar lug’ati.  Lotin yozuvida. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.

JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI. IJTIMOIY SHERIKCHILIK. 1. Jamoatchilik nazorati tushunchasining mohiyati 2. Jamoatchilik nazorati tizimi, sub’yektlari va shakllari 3. Ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning talqinlari. 4. O`zbekistonda ijtimoiy shyeriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishi

1. Jamoatchilik nazorati tushunchasining mohiyati Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati bo’lmagan yoki jamoatchilik nazorati yetarli darajada kuchga ega bo’lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavvvur qilish qiyin. Shuning uchun mamlakatimiz Konstitusiyasida jamoatchilik nazoratining mamlakatimiz fuqarolari davlat boshqaruvida ishtirok etishlarining muhim vositasi ekani e’tirof etilmoqda. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsyepsiyasi”da jamoatchilik nazorati to’g’risidagi qonunni qabul qilish zarurligi alohida ta’kidlandi: “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy myexanizmini yaratishga qaratilgan « O`zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’risida»gi Qonunni qabul qilish fursati yyetdi.” Jamoatchilik nazoratini tashkil qilish masalalarini tahlil qilishdan avval “jamoatchilik nazorati” tushunchasining turdosh tushunchalar bilan umumiy jihatlari va tafovutlarini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda matbuotda va ilmiy adabiyotlarda “jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni ko’rsatmoqdaki, mazkur atamalar ko’pincha sinonim sifatida va ba’zan noo’rin qo’llanilmoqda. “Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari bir-biriga juda yaqinday tuyuladi. Aslida ular o’rtasida umumiyliklar bilan bir qatorda jiddiy tafovutlar ham mavjud. Ular o’rtasidagi tafovutlar avvalo shundan iboratki,harbiy yuristlarning fikriga ko’ra, fuqarolik nazorati armiya faoliyati ustidan jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazoratni anglatadi. Masalan, bizning mamlakatimizda Mudofaa vazirligi qoshida tuzilgan Jamoatchilik kyengashi ana shunday nazoratni amalga oshiradi. Shu ma’noda fuqarolik nazorati noharbiy tashkilotlar tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining mamlakatimiz qonunlariga mosligi va maqsadga muvofiqligini nazorat qilishni bildiradi. Ikkinchidan,

fuqarolik nazorati alohida shaxslar tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining Konstitusiyaga, xalqaro shartnomalarga mosligi, shuningdyek, Qurolli kuchlar tizimidagi ijtimoiy masalalarning huquqiy mye’yorlarga mosligi ustidan o’tkaziladigan nazoratni ham bildiradi.“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari o’rtasidagi tafovut xuddi mana shu o’rinda ko’rinadi. Fuqarolik nazoratini hyech bir jamoat birlashmasiga a’zo bo’lmagan fuqaro ham amalga oshirishi mumkin. Jamoatchilik nazoratini esa alohida fuqarolar emas, jamoat birlashmalari va ularning vakillari amalga oshiradi. “Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o’rtasidagi tafovut avvalo, shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko’ra “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan kyengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. CHunki ular ham mohiyatan ijtimoiy nazoratning ko’rinishlaridir. Jamoatchilik nazoratiga turli-tumanta’riflar byerilgan. Jamoatchilik nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o’rinliroq bo’ladi: “Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo’yicha yuritadigan faoliyat”. O`zbekiston Respublikasi yuridik ensiklopyediyasida qayd etilishicha, jamoatchilik nazorati – bu davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda nodavlat tashkilotlar faoliyati ustidan fuqarolar, ularning birlashmalari va o’zini- o’zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa tuzilmalari (institutlari), shuningdyek davlat va nodavlat organlari tarkibida tuzilgan jamoatchilik organlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan nazorat. Hozircha mamlakatimizda “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonun qabul qilinmagan bo’lsa ham, shunday qonun loyihasi kyeng jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilindi. Muhokama qilinayotgan Qonun loyihasida jamoatchiliknazoratining maqsadlari quyidagicha ta’riflanadi: “Jamoatchilik nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:

– fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; – davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash; – jamiyat manfaatlarini himoya qilish”. Qonun loyihasida jamoatchilik nazoratiningvazifalari quyidagicha tavsiflanadi: “Jamoatchilik nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat: – davlat organlari va jamiyatning o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash; – davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning ta’minlanishi ahvoli to’g’risida fuqarolarni xabardor qilish; – davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va kyeng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo’llab- quvvatlash va rag’batlantirish; – fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligi”. Fuqarolik jamiyati institutlari o’z tashabbuslari bilan shakllanadigan va o’zini o’zi boshqaradigan institutlar hisoblanadi. Lyekin ana shuo’zini o’zi boshqaradigan institutlar o’ziga o’xshash boshqainstitutlar bilan mutanosib ravishda faoliyat yuritishlari uchun ular muayyan darajada rivojlangan bo’lishlari kyerak. SHuning uchun ham, fuqarolik jamiyati institutlari o’sha muayyan darajaga yetgunlaricha ularga davlatning madadi zarur bo’ladi. XX asr oxiriga kyelib bir qator muammolarni hal qilishda, xususan, inson huquqlarini himoya qilishda NNTlarning ishtirokini ta’minlash xalqaro-huquqiy jarayonning uzviy tarkibiy qismiga aylandi. BMT doirasida inson huquqlariga oid asosiy hujjatlarni tayyorlashni NNTlarning ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin. Jamoatchilik nazorati quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega: - u jamiyat va uning alohida institutlarini boshqarish, jamiyatning barcha

a’zolari ehtiyojlari va manfaatlarini uyg’unlashtirish shakli sifatida namoyon bo’ladi; - mamlakatdagi turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini uyg’unlashtirishda va bu manfaatlar o’rtasida nizolar kyelib chiqishining oldini olishda muhim vosita hisoblanadi. - jamiyatdagi tyezkor hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalarni bajarishda jamiyatning kuch-g’ayratini birlashtirish va muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. - jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy mye’yorlarning bajarilishini kafolatlaydigan vosita hisoblanadi. Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: - mamlakatdagi turli ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy guruhlarning manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy partiyalar. Saylovchilar saylov jarayonida u yoki bu partiyaga ovoz byerar ekan,ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini bavosita nazorat qiladi. Ayni paytda, ular ovoz byermagan partiyalarning faoliyatiga ishonchsizlik bildirgan hisoblanadi; - myehnatkashlarning manfaatlarini taqdim va himoya qilish maqsadida tuzilgan kasaba uyushmalari; - notijorat xaraktyerga ega bo’lgan jamoat tashkilotlari va uyushmalarining turli-tumanligi. Mazkur uyushma va tashkilotlar davlat hokimiyati organlari oldida fuqarolarninghuquq va manfaatlarini taqdim qilish va himoya qilish maqsadida tuziladi; - mamlakatda jamoat-davlat tuzilmalarining mavjudligi. Bunday tuzilmalar qatoriga turli vazirliklar va idoralar qoshida tashkil etilgan jamoatchilik kyengashlari va uyushmalarini kiritish mumkin; - mamlakat hududida jamoatchilik hokimiyatining quyi bo’g’ini hisoblanadigan o’zini o’zi boshqarish organlarining mavjudligi. O`zbekistonda ana shunday organlardan hisoblanadigan mahalla institutining faoliyati aholini o’zining ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va himoya qilish maqsadida uyushtirishga yo’naltirilgan bo’ladi;