Nazorat borasidagi ijtimoiy sheriklikning nazoratga doir bilimga bog‘liqligi
Nazorat borasidagi ijtimoiy sheriklikning nazoratga doir bilimga bog‘liqligi Reja 1.Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi ijtimoiy sherkilikka bog‘liqligi. 2. Nazorat borasida ijtimoiy sheriklikni nazoratga doir bilimga bog‘liqligi. 3.Nazorat borasidagi ijtimoiy sherikilikning ma’naviyatga bog‘liqligi.
1.Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi ijtimoiy sherkilikka bog‘liqligi. Bugungi kunda insoniyat jamiyatidagi ijtimoiy muammolarni hal qilishning eng samarali yo‘li ijtimoiy munosabatlarning madaniylashgan shakli bo‘lgan ijtimoiy sheriklikdir. Ijtimoiy tartib muammosining yechimi ham ijtimoiy sheriklikka bog‘liq bo‘lmoqda. “K uchli davlatdan – kuchli fuqaorlik jamiyati sari ” tamoyili fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni taqozo etadi. Boshqacha qilib aytganda, davlat ham, fuqarolik jamiyati institutlari ham kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish maqsadlariga xizmat qilishlari lozim. Fuqarolik jamiyatining asosiy maqsadi va vazifasi mamlakatda ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan huquq va axloq normalariga rioya etishni nazorat qilishdan iborat. Shuning uchun davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlik va sheriklik ham aynan ana shu nazorat borasida bo‘lishi lozim. Chunki bugungi kunga qadar ijtimoiy tartibni o‘rnatishga davlat nazorati mas’ul bo‘lib keldi. Lekin tarix shundan guvohlik bermoqdaki, faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazoratining o‘zi ijtimoiy tartibning barqarorligini ta’minlash uchun yetarli emas. Buning uchun nazorat borasida davlat bilan jamiyatning hamkorligi va sherikligi taqozo etilmoqda. Ijtimoiy sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida gapirishdan oldin uning mazmun-mohiyatini anglab olish lozim. Ijtimoiy sheriklik va hamkorlik deganda jamiyat hayotidagi muhim jarayonlarda ijtimoiy munosabatlarning sivilizatsiyalashgan tizimini tushunish lozim. Aniqroq qilib aytganda, ijtimoiy sheriklik va hamkorlik – jamiyat hayotini ijtimoiy - siyosiy va sotsial- iqtisodiy sohalardagi dolzarb muammolari bo‘yicha xodimlar, ish beruvchilar, tadbirkorlar, davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini kelishtirish, murosaga solish va himoya qilishga asoslangan ijtimoiy mehnat sohasidagi munosabatlarning sivilizatsiyalashgan, ya’ni madaniylashgan tizimidir. Sivilizatsiyalashgan munosabat deganda bir tomon ikkinchi tomonning manfaatini o‘ylashi , e’tiborga olish i va o‘z ehtiyojlarini qondirishda ma’lum bir me’yorlarni buzmasdan harakat qilish i yoki chegaradan chiqmasligi tushunilishi
lozim. Bundan tashqari, o‘zaro munosabatda bag‘rikenglik, o‘zaro tushunish, etikaga rioya qilish va ularga asoslangan holda harakat qilish kerak hamda har bir inson o‘z manfaatini to‘g‘ri ifodalashi lozim. Manfaatni to‘g‘ri ifodalash deganda insonning jamiyatdagi ahamiyati bilan mavqei o‘rtasidagi munosiblik tushuniladi , ya’ni inson jamiyatda bajarayotgan funksiyalaridan kelib chiqib o‘zini ng manfaatini ifodalashi lozim. Hozirgi kunda ijtimoiy sheriklik va hamkorlik nafaqat ijtimoiy mehnat sohasidagi , balki ancha kengroq tushunilmoqda, ya’ni sotsial davlatni shakllantirish jarayoni munosabatlaridagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik sifatida tushunilmoqda. Ijtimoiy sheri k lik va hamkorlikda asosiy e’tibor jamiyatda tartib o‘rnatadigan huquq va ahloqqa rioya qilishni nazorat qilishga qaratilishi lozim. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2010 yilning 2 7 yanvarida Parlamentning qo‘shma majlisida ma’ruza qilib, nazorat masalasiga alohida e’tibor qaratdi va: “Boshqaruv idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda mahallaning vazifalarini kengaytirib borish, davlat ijtimoiy dasturlarining hayotga tatbiq etilishi bo‘yicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlardan jamoatchilikni keng xabardor qilish maqsadida davlat organlarining fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari bilan mustahkam hamkorligini ta’minlash bundan buyon ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi kerak”, deb ta’kidladilar. Nazorat to‘g‘risidagi fikrlarni davom ettirib , Birinchi P rezidentimiz 2010 yil 12 noyabrda Parlamentning qo‘shma majlisidagi ma’ruzalarida nazorat borasida hamkorlik to‘g‘risidagi g‘oyalarini davom ettirib , davlat va jamiyat o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni o‘rnatish kerakligi to‘g‘risidagi fikr larni ilgari surdilar. Ushbu maqsadda “ O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati to‘g‘risida ” va “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish to‘g‘risida takliflar berildi. Bu gungi kunda bu qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ular davlat va jamiyat o‘rtasid a nazorat borasidagi ijtimoiy sheriklikning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qil moqda . Davlat va fuqarolik jamiyati inst it utlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilishi uchun har ikkala tomon ham hamkorlikdan manfaatdor bo‘lishlari lozim. Buning
uchun har ikkala tomonning umumiy maqsadi bo‘lishi va shu maqsadga erishish yo‘lida hamkorlikka ehtiyoj sezishi lozim. Umumiy maqsadimiz bo‘lgan ozod, obod va farovon jamiyat qurishning asosiy sharti bu jamiyatda ijtimoiy tartib o‘rnatilishidir. Jamiyatdagi tartib, yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir oiladagi tartibdan tashkil topadi. Jamiyatda tartib o‘rnatilishi uchun esa , ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan huquq va axloqqa rioya qilishni ta’minlaydigan nazorat tizimi shakllangan bo‘lishi lozim. Davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining nazorati u shbu nazorat tizimining asosiy elementlari hisoblanadi. Ana shu nazorat tizimining samarali ishlashi ularning elementlari o‘rtasida , ya’ni davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni taqozo etadi. Mahalliy hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi bo‘yicha taklif-tavsiya ishlab chiqish maqsadida Samarqand viloyatida fuqarolik jamiyati shakllanishi monitoringi mustaqil instituti (FJ ShMMI )da 2010 yilning 9 aprelida “ Siyosiy partiya va deputatlar korpusining nazorat tizimidagi o‘rni ”, 2010 yil 13 mayda “K uchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni ” , 2010 yil 1 iyunda “ Vakillik hokimiyati mahalliy organlari tomonidan amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlanishi ” , 2010 yil 19 iyulda “ Barcha darajadagi deputatlarning fuqarolik pozitsiyasi hamda shaxsiy javobgarligini oshirish ” , 2010 yil 8 sentyabrda “ Mahalliy va boshlang‘ich partiya tashkilotlarining samarali ish i ni shakllantirish va tashkil etish masalalari ” mavzu s ida seminarlar va suxbatlar, shu yil 24 sentyabrdan STVda “ Nazorat tizimini takomillashtirishda nazoratga doir bilimni ng o‘rni ” mavzu s ida tok - shou dav r a suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar muntazam ravishda FJShMMI Samarqand hududiy bo‘linmasi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. 2013 yil 11 yanvarda saylov jarayonida nazoratni kuchaytirishga qaratilgan “O‘zbekistonda fuqarolarning saylov huquqi erkinligini ta’minlash masalalari” mavzu s ida seminar o‘tkazildi.O‘tkazilgan tadbirlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, davlat va fuqarolik
jamiyati o‘rtasidagi xamkorlik hali yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan, u endigina shakllanmoqda. 2. Nazorat borasida ijtimoiy sheriklikni nazoratga doir bilimga bog‘liqligi. Ijtimoiy sheriklik va hamkorlikning samarali bo‘lishi uchun har ikkala tomon teng bo‘lishi lozim. Aks holda tomonlardan biri ikkinchi tomonga tobe bo‘lib qolishi mumkin. Huquqiy jihatdan har ikkala tomon teng bo‘lsa ham, amalda davlat institutlaring mavqei ancha yuqori va kuchlidir. U lar o‘rtasida teng huquqli hamkorlikni shakllantirish fuqarolik jamiyati institutlarining kuchli bo‘lishini talab etadi. Shuning uchun Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Parlamentning 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisida asosiy e’tiborni parlament rolini oshirishga qaratgan edilar. Lekin bugungi kunda ham ushbu muammo o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yilning 22 dekabrida va 2018 yilning 28 dekabrida parlamentga qilgan murojaatnomalarida asosiy e’tiborni fuqarolik jamiyatini kuchli qilishga qaratdilar. Chunki hozirgi kunda qonun va ijro hokimiyati o‘rtasidagi munosabatda ijroiya hokimiyatining mavqei ancha yuqori. Fuqarolik jamiyati institutlarining kuchliligi esa kuchli fuqaro bo‘lishiga bog‘liq. Kuchli fuqaroning shakllanishi jamiyat siyosiy madaniyati o‘sishi orqali evolyusion yo‘l bilan ta’minlanishi mumkin. Shuning uchun jamiyat rivojlan i shining hozirgi bosqich ida ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtas ida mustahkamlash, ya’ni siyosiy partiyalar bilan nodavlat- notijorat tashkilotlar o‘rtasida yoki fuqarolik jamiyati institutlari bilan ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish lozim. Ijtimoiy sheriklik va hamkorlik teng huquqli sub’ektlarning munosabat tizimi sifatida qabul qilingan majburiyatlarga rioya qilishda huquqiy va ahloqiy tamoyillarga asoslanadi. Ijtimoiy sheriklik va hamkorlik munosabatining mazmuni ijtimoiy adolat va ijtimoiy birdamlik muammolariga bo‘lgan munosabatdir. Boshqacha qilib aytganda, jamiyatda ijtimoiy adolat va ijtimoiy birdamlikni