logo

DEHQONCHILIK FANINING MAQSADI, VAZIFASI, ILMIY ASOSLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

57.9765625 KB
DEHQONCHILIK  FAN I NING MAQSADI, VAZIFASI, ILMIY
ASOSLARI VA RIVOJLANISH ISTI Q BOLLARI
Reja
1. Dehqonchilik fanining maqsad va vazifalari
2. Dehqonchilik fanining rivojlanish tarixi
3. Dehqonchilikni rivojlanishida xorij va O‘zbekiton olimlarinig qo‘shgan 
hissalari.   1. Dehqonchilik fanining maqsad va vazifalari
Bugungi   kunda   qishloq   xo‘jaligi   nafaqat   ishlab   chiqarishga   yo‘naltirilgan,
balki ekinlar plantatsiyalaridan biznes sifatida foydalanish, ulardan iqtisodiy foyda
olishga keng qaratilgan. Hozirgi kunda dehqonchilikning rivojlanish asosi sifatida
gidrologik,   mexanik,   kimyoviy,   genetik   va   texnologik   jihatlari   keng
rivojlantirilmoqda.
Hukumatlar   milliy   byudjetining   katta   ulushini   qishloq   xo‘jaligini
rivojlantirish   uchun   taqsimlamoqdalar.   Kichik   va   kam   daromadli   fyermyerlarni
qo‘llab   quvatlash   va   rivojlantirish   uchun   subsidiya   bilan   ta’min   etilmoqda.
Dehqonchilikni   saqlash   va   rivojlantirish,   qayta   ishlash,   baholash,   marketing,
mahsulotlarni   tarqatish,   iste’mol   qilish,   eksport   va   import   siyosati   rivojlanmoqda
va mustahkamlanmoqda.
Dehqonchilikka   asoslangan   kichik   ishlab   chiqarish   va   hunarmandchilik   tez
rivojlanib   bormoqda.   Dehqonchilikni   rivojlantirishda   qishloq   xo‘jaligini
rejalashtirish, dasturiy ta’minot va ijrosini ta’minlash lozim.
Global dehqonchilik. Taraqqiyot  (sivilizatsiya)  ning darajasi  aholini iste’mol
darajasini   qondirish   uchun   oziq-ovqat   ishlab   chiqarish   orqali   dehqonchilik   bilan
bevosita   bog‘liqdir.   Hozirgi   kunda   oziq-ovqatga   bo‘lgan   talabni   qondirish   uchun
uni oziq-ovqat, ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirish kyerak. Biroq, qariyib bir
milliard   odam   qashshoqlik   va   taraqqayoti   past,   oziq-ovqat   bilan   ta’minlanishi
kyerak bo‘lgan jamiyatda yashamoqda. Ba’zi, rivojlangan davlatlar daromadlarini
oshirish   natijasida,   iste’mol   darajasidan   ko‘p   mahsulot   ishlab   chiqarib,   boshqa
davlatlarga   etkazib   byerish   va   iste’molini   qondirishni   amalga   oshirish   lozim.
SHuning   uchun,   oziq-ovqat   ishlab   chiqarishni   rejalashtirishda   keyingi   avlodlarni
ham oziq-ovqat bilan ta’minlay oladigan ishlab chiqarishga maqsad qilish kyerak. 1
Yyer   resurslari.   Qishloq   xo‘jalik   ekinlarni   etishtirish   uchun   asosan   y yer
resurlaridan   foydalaniladi.   Yyer   sharida   qishloq   xo‘jalik   ekinlari   ekiladigan   15,2
milliard   gektar   maydon   mavjud   bulib   u   kishi   boshiga   o‘rtacha   3,8   ga   (Kanadada
50,   Avstraliya   50,   Janubiy   Amyerikada   10,   AQSHda   4,   Fransiyada  
1
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010.15 бет. 1,2,   Hindistonda   0,8   va   Yaponiyada   0,4)   ga   to‘g‘ri   keladi.   Butun   dunyoda
aholining o‘sish darajasi bilan bu ko‘rsatkich ham kamayib bormoqda, 1980 yilda
0,3   ga   dan   2050   yilga   0,17   ga,   rivojlangan   davlatlarda   esa   jon   boshiga   0,11   ga
kamayishiga   olib   keladi.   Eng   unumdor   tuproqda   yeroziya   jarayoni   tufayli
tuproqdan organik moddalar bilan o‘rtacha 4 kg N, 1 kg P
2 O
5 , 20 kg K
2 O va 2 kg
CaO   oziq   moddalari   yo‘qotiladi.   Ekin   ekiladigan   maydonlarning   deyarli   10-11%
qishloq   xo‘jalik   ekinlarini   etishtirishga   qulay   hisoblanadi.   FAOning   ekinlar
hosildorligini   oshirish   bo‘yicha   tahliliy   ma’lumotlariga   ko‘ra,   93   rivojlanayotgan
mamlakatlarning 63 % da hosildorlikni intensiv ravishda 15 % ga oshirishi lozim,
faqat 22% zaxira yerlar hisobidan oshirishi kutilmoqda. 
Umumiy  6444   mm   yomg‘irlarining   faqat   30   %   foydali   (yaroqli),  10   %   kam
foydali,   60%   turli   malakatlardagi   foydalanilmaydigan   yerlarga   to‘g‘ri   keladi.
Yarim   arid   tropiklar   dunyoning   besh   qit’asida   (Markaziy   Amyerika,   Janubiy
g‘arbiy   Osiyo,   Afrika,   Janubiy   Amyerika   va   Janubiy   SHarqiy   Osiyo)dagi   50
mamlakatda   700   million   odam   doimiy   qurg‘oqchilik   va   vaqti-vaqti   bilan   ro‘y
byeradigan ochlik tahdid ostida yashashadi. Haydaladigan yerlarning taxminan 65
% donli, dukakkli va moyli ekinlar uchun noqo‘lay (nepochatnыy) hisoblanib, oziq
ovqat etishtirishni yaxshilash uchun qishloq xo‘jaligini tubdan yaxshilashni taqozo
etadi. Hindistonni 10 % maydoni Yarimarid tropik mintaqaga to‘g‘ri keladi.
Atrof-muhit   ifloslanishi,   tuproq   unumdorligining   pasayishi,   degradatsiyasi
natijasida   qishloq   hududlarida   xalq   farovonligini   pasayish   sur’atlari   ortib
bormoqda.   Tuproq   degradatsiyasi   Global   baholash   tashkilotning   ta’kidlashicha
tuproq   degradatsiyasi,   inson   hayotini   qo‘llab-quvvatlash   yoki   kelajakda   hayot
darajasini   pasayishini   belgilaydigan   hodisalardan   hisoblanadi   deb   ta’riflaydi.
Tuproq degradatsiyasi uchun quyidagilar sabab bo‘ladi: 
 Dehqonchilikda   tuproqlarni   tozalashda   ustki   o‘simlik   qoplamini
yo‘qotilishi
 o‘rmonlarni kesilishi, yoqilishi va boshqalar natijasida tuproq qoplamining
emirilishi.   chorvachilik,   yaylov   etaklarida   me’yoridan   ortiq   ravishda   mol   boqish,
mollarning tuyoqlar ostida yerlarni ochilib qolishi. 
 arid hududlarda, noto‘g‘ri sug‘orish va og‘ir mashinasozlik foydalanish, tik
yonbag‘irlarda   yeroziyaga   qarshi   tadbirlarni   qo‘llamaslik   kabi   dehqonchilik
natijasida. 
 tuproqlarni turli kimyoviy o‘g‘itlarni tuproq xossalarini hisobga olmasdan,
ko‘p miqdorda qo‘llashlik natijasida ifloslanishi. 
Zamonaviy   qishloq   xo‘jaligi   texnologiyalari   kam   unumdor,   yomon
tuproqlarga   nisbatan   yaxshi   tuproqlarda   yanada   samarali   bo‘ladi.   Texnologiya
hosilni oshirib, vaqtincha tuproq degradatsiyasini ta’sirini kamaytirib hosildorlikni
saqlash mumkin. Hosildorlik oshishi bilan texnologiyani ham rivojlantirib, oshirib
borish orqali tuproq yeroziyasini oldini olish.
Respublika   hukumati   rivojlanib   borayotgan   sanoatni   va   aholini   qishloq-
xo‘jalik   mahsulotlariga   talabini   qondirishni   nazarda   tutib   endilikda   ularni
etishtirish   bo‘yicha   aniq   dastur   ishlab   chiqdi.   Bu   dasturda   sanoatni   muntazam
ishlab   turishi   va   aholini   jon   boshiga   qancha   dehqonchilik   mahsuloti   kyerakligi
tahlil   qilinib   borilmoqda.   Ana   shu   talabdan   kelib   chiqib   har   yili   Respublikada
dehqonchilik   mahsulotlari   ishlab   chiqarilmoqda.   Respublikada   etishtirilayotgan
mahsulotning bir qismi xorijga ekport qilinmoqda. Hukumatimiz sanoatni va o‘sib
kelayotgan   aholini   tub   manfaatlarini   tahlil   qilib,   hamda   uzoqni   ko‘zlab   strategik
maqsadlarni   nazarda   tutib,   Respublikada   etishtiriladigan   dehqonchilik
mahsulotlaridan ikki turiga – paxta va g‘allaga davlat shartnomasini qoldirdi. 
Dehqonchilik   qishloq   xo‘jaligining   asosiy   tarmog‘i   bo‘lib,   uning   vazifasi
qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishini   yanada   o‘stirish   va   uni   barqarorligini
ta’minlash, o‘sib borayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoatni xom-
ashyoga   bo‘lgan   ehtiyojini   to‘liqroq   ta’minlashdan   iboratdir.   O‘simliklarning
o‘sish va rivojlanishi, ularning hayoti tashqi muhit omillariga bevosita bog‘liqdir.
Ilmiy dehqonchilikning vazifasi o‘simliklarning tashqi muhit sharoitlariga bo‘lgan
talablarini   o‘rganish   va   shuning   asosida   ularni   qondirish   usullarini   ishlab chiqishdir.   Ekinlardan   sifatli   va   yuqori   hosil   olish   maqsadida   ularni   parvarish
qilish usullari, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari bilan shug‘ullanadi.
Yyer ning   asosiy   xususiyatlaridan   biri   uning   eskirmasligidir.   Yyer dan   to‘g‘ri
foydalanish   qishloq   xo‘jaligi   xodimlarining   eng   muhim   vazifasidir.   Aholini   o‘sib
borayotgan   ehtiyojini   qondirish   uchun   yerlardan   oqilona   foydalanish,   ekinlar
hosildorligini   oshirish   talab   etiladi.   Respublikada   yerdan   to‘g‘ri   va   unumli
foydalanish avvalo qishloq xo‘jalik xodimlarining eng muhim vazifasidir.
Respublika   dehqonchiligida   yerdan   foydalanish   va   yer   fondi   masalasi
bugungi   kunda   birinchi   masalalardan   bo‘lib   bormoqda.   Endilikda   aholini   tobora
o‘sib   kelishi   bilan   dehqonchilik   qilinadigan   yer   maydonlarining   kengaytirish
imkoniyati cheklangan. Respublika hukumati mavjud yerlardan to‘g‘ri va samarali
foydalanish   masalasidek   muhim   masalani   fyermyerlar   oldiga   qo‘yib   to‘g‘ri   yo‘l
tutgan.  Ana  shu   o‘rinda  dehqonchilikning  jadallashtirilgan  tizimiga  o‘tish   muhim
ahamiyat kasb etadi.
Respublikaning   umumiy   yer   maydoni   447,4   ming   kvadrat   kilometr   bo‘lib,
sug‘oriladigan   yyer   maydoni   4,280,8   ming   gektar,   333,7   ming   gektar   ko‘p   yillik
ko‘chatlar,   96,5   ming   gektar   bo‘z   yerlarni   tashkil   qiladi.   Mavjud   sug‘oriladigan
ushbu yer maydonlari umumiy yer maydonining atiga 9,5- 10% ini tashkil etadi.
O‘zbekistonda 1 km 2
  y yerga 51,4 kishi, Qozog‘istonda - 6,1 Qirg‘izistonda -
22,7,   Turkmanistonda   esa   9,4   kishi   to‘g‘ri   keladi.   O‘zbekistonda   har   bir   kishiga
0,17   gektar,   Qozog‘istonda   -   1,54,   Qirg‘izistonda   -   0,26,   Ukrainada   -
0,59, Rossiyada   0,67 gektar ekin maydoni to‘g‘ri keladi. So‘ngi yillar mobaynida
sug‘oriladigan yerlar maydonlari 2,46 mln. gektardan 4,3 mln gektarga etkazildi. 
Hozirgi   kunda   mamlakatimizda   dehqonchilik   qilayotgan   fyermyer
xo‘jaliklari   soni   73.000   dan   ortiq.   Jami   haydaladigan   yerlarning   85%   fyermyer
xo‘jaliklariga uzoq muddatli  ijaraga byerilgan bo‘lib, ular hissasiga  Respublikada
etishtirilayotgan paxta xom ashyosining 99,5 %, pillaning qariyib 98 %, boshoqli
donning  85   %,   meva   sabzovot   va  poliz   mahsulotlarining  65   %   to‘g‘ri   keladi.   Bu
sohada O‘zbekiston Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478 sonli Farmoni
asosida   O‘zbekiston   Fyermyerlari   Kengashini   tarkib   topishi   muhim   ahamiyatga ega   bo‘ldi.
2008-2013   yillarda   dehqonchilikdagi   ekin   maydonlari   paxtachilik   bo‘yicha
15.0 % qisqargani holda g‘alla ekinlari aksincha 5,1 % ko‘paydi. SHu davrda paxta
hosildorligi 28,8ss/ga.dan 31,3ssent-nyerga yoki 10,9 % ga, g‘alla hosildorligi esa
60,2ss/ga   dan   63.5ssentyerga   yoki   3.3   %   ga   ko‘tarildi.   Oxirgi
5   yilda   iqtisodiy   samaradorlikning   asosiy   yakunlovchi   ko‘rsatgichi   bo‘lgan
rentabellik   paxtachilikda   2,4   marta   oshdi,   g‘allachilikda   esa   3,4   %   ga   ko‘paydi.
Fyermyer   xo‘jaliklarida   paxta   va   g‘alla   etishtirish   rentabelligi   hali   optimal
darajadan ancha past  bo‘lib, uni mos holda kamida tegishlicha 30-35 va 45-50 %
ga ko‘tarish dehqonchiligimiz oldida turgan muhim masalalardan hisoblanadi .
Bu   o‘rinda   dehqonchilikka   xorijning   ilg‘or   texnologiyalarini   jalb   etish
masalasi   muhimdir.   Bugungi   kunda   xorijning   ilg‘or   texnika   va   texnologiyalarini
respublika   hududiga   kirib   kelishi   hamda   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlari
etishtirishning to‘g‘ri ilmiy asoslangan uslublaridan samarali foydalanish hisobiga
paxta,   g‘alla,   sabzovot   mahsulotlari,   kartoshka,   bog‘dorchilik   mahsulotlari
etishtirishda   misli   ko‘rilmagan   yutuqlarga   yerishmoqdamiz.   Birgina   ichki
imkoniyatlarimizni   hisobga   olib   aytadigan   bo‘lsak   respublikaning   hozirgi
aholisidan  bir   necha  marta  ko‘p  aholini   oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  ta’minlash
va   xorijga   ko‘p   miqdorda,   yuqori   sifatga   ega   bo‘lgan   qishloq   xo‘jalik
mahsulotlarini ekport qilish imkoniyatimiz mavjud.
Hozirgi vaqtda yer yuzida aholi soni 7 milliard kishidan oshgan bo‘lib, aholi
jon   boshiga   o‘rta   hisobda   1   gektar   yer   to‘g‘ri   keladi.   Agar   har   bir   gektar
haydaladigan   yerdan   o‘rta   hisobda   30ss   mahsulot   (don   hisobida)   etishtirilganda,
yer yuzida 13,6 milliard kishini boqish mumkin bo‘lar edi.
Umumiy   dehqonchilik   fanining   asosiy   vazifasi-talabalarni   dehqonchilikning
nazariy   asoslari   bilan   tanishtirish,   xorijiy   davlatlarinng   ilg‘or   texnologiyalarini
o‘rganish,   va   ularni   ishlab-chiqarish   jarayonlarida   qo‘llay   olish   ko‘nikma   va
malakalarini yaratishdan iboratdir.
2. Dehqonchilikning rivojlanish tarixi Xorijlik   tadqiqotchilar,   jumladan   Macy   “oziq   moddalarning   o‘simlik   uchun
kritik miqdori (foizi)” konsepsiyasini taklif etdi. U oziq moddalarining etarliligi va
o‘simlik   hosildorligi   hamda   oziq   moddalar   konsentratsiyasi   va   o‘simlik   tanasi
o‘rtasidagi   munosabatni  bog‘liqligini  aniqladi.  Macy  har   bir  o‘simlik  turi   uchun,
har bir oziq moddaning kritik miqdorini ishlab chiqdi. O‘simlik talabi darajasidagi
minimal diapozonda, qo‘shimcha oziq moddalarni qo‘llash hosilni oshiradi, lekin
oziq   moddalar   ulushi   (%)   ni   emas.   Oziq   moddalar   etishmasligini   boshqarish
diapozonida,   oziq   moddalarni   qo‘shimcha   qo‘llash,   oziq   moddalar   ulushi   (%)   ni
oshiradi, biroq ularni o‘simlikka o‘tishini (yoki tuproqdan olib chiqilishini) emas.
Oziq  moddalar   etarli   bo‘lganda   qo‘shimcha   oziq   moddalar   qo‘llash   hosildorlikni
kam ta’sir ko‘rsatadi. Lekin oziq moddalar % miqdorini oshiradi. 
Oziq   moddalar   etishmaslik   diapozoni   va   iste’mol   qilish   diapozoni
oraliqlarida   «kritik   foiz»   nuqtasi   mavjuddir.   Masu   Libix   qonunini   davom   ettirib,
o‘simliklarni   o‘sishi   uchun   oziq   moddalar   etishmasligining   mini mal   ulushi
diapozonini taklif qildi. 
YUqori ta’minlangan oziqlanishda xam Libix qonuni yaxshi samara byeradi.
SHuning uchun oziq moddalarning katta zaxirasi mavjud bo‘lgan holda, boshqa bir
nechta   oziq   moddalarning   etishmasligi   o‘simlik   o‘sishini   susaytirishi   yoki
to‘xtatishi   mumkin.   Mitschyerlich   qonuniga   ko‘ra   daromad   (hosildorlik)   ning
kamayib   borishi   bilan   oziq   moddalarining   etishmaslik   diapozoni   bilan   bog‘liq
bo‘ladi,   bunda   bog‘liqlik   chiziqli   ravishda,   daromadning   kamayishi   bilan
qadamba-qadam o‘zgarib boradi.
Arxeologik   qazishmalar,   afsonalari   va   uzoq   davrlardagi   kuzatish   va
tekshirishlar   dehqonchilikni   10000   yoshda   ekanligini   tasdiqlaydi.   Insoniyat   ichki
tuyg‘ulari   tomonidan   birinchi   marta   o‘simliklar   urug‘lardan   unib   chiqishini
aniqlaganlar. Bu davrda (paleolit va neolit davrlarida) yerkaklar ovchilik va oziq-
ovqat   yig‘ish   bilan   mashg‘ul   bo‘lganlar.   Ayollar   yovvoyi   floradan   foydali
o‘simliklarni   etishtirish   bo‘yicha   kashfiyotchi   (inovator)   lari   bo‘lishganlar.   Ular
ildiz   va   ildiz   poyalilarni   kovlab   olib   yiriklarini   is’temol   uchun,   maydalarini   esa keyingi   yil   ekish   uchun   saqlab   qo‘yganlar.   Quyidagi   1.1-jadvalda   dehqonchilikni
rivojlanish bosqichlari (taxminiy fikr, tasavvur) keltirilgan .
Dehqonchilik   qishloq   xo‘jaligining   eng   qadimiy   tarmoqlaridan   biri   bo‘lib,   u
hali   xususiy   mulkchilik   bo‘lmagan   bir   paytda   paydo   bo‘lgan   va   shakllangan.
Qadimiy   dunyo   dehqonchiligida   odamlar   kichik-kichik   yerlarda   o‘z   ehtiyojlarini
qondirish maqsadida tariq, suli, arpa, bug‘doy va boshqa ekinlar ekib o‘z ehtiyoj-
larini   qondirganlar.   Keyinchalik,   ehtiyojlarini   oshib   borishi   bilan   katta
maydonlarda   dehqonchilik   qila   boshlaganlar.   Dastlab   oddiy   toshdan   ishlangan
dehqonchilik qurollaridan foydalangan bo‘lsada, keyinchalik tosh qurollari o‘rniga
bir oz taraqqiy etgan dehqonchilik qurollari kirib kelgan.
1.1-jadval . 
Dehqonchilikning rivojlanish bosqichlari
Qishloq xo‘jaligi
tizimi Madaniyat
bosqichi yoki
davr O‘rtacha don
hosildorligi
(t/g a) Jahon
aholisi
(million) Aholi jon boshiga
to‘g‘ri keladigan
yerning miqdori
(ga)
Ov   va   yig‘ish Paleolit - 7 -
D ehqonchilik
rivojlanishi
(o‘zgarishi) neolit (taxminan
miloddan 7. 000
yil avval) 1 35 40. 00
O‘rta asrlar
dehqonchiligi 500–1450 yillar 1 900 01. 50
CHorvachilik 18-asrda 2 1800 0 . 70
D ehqonchilikda
o‘g‘itlar/ pestitsidlar
qo‘llanilishi 20- asrda 4 4200 0. 30
А.Тэер XIX асрда "Қишлоқ 
хўжалигининг рационал асослари" 
китобини икки қисмга ажратади.  Qishloq   xo‘jaligini   rivojlanishi   davomida   boshqa   fanlar   ham   ajralib   chiqdi.
Dehqonchilik   fanida   yerlardan   ratsional   foydalanish,   tuproqning   effektiv
unumdorligini oshirish, begona o‘tlar va ularga qarshi kurash kabi masalalar qoldi.
Qishloq xo‘jaligini jadallashtirish asosida-kompleks mexanizatsiyalash-tirish,
kimyolashtirish,   sohani   avtomatik  boshqarish   va   keng   ko‘lamda   melioratsiyalash,
fan, texnika yutuqlaridan, ilg‘orlar tajribasidan foydalanish kabi tadbirlar natijasida
rivojlanishni ta’minlash umum davlat vazifasi hisoblanadi.
Xozirgi   vaqtda   respublikamizda   dexqonchilik   fani   boshqa   fanlar   bilan
hamkorlikda   shu   kungacha   to‘plangan   katta   ilmiy   myerosga   tayanib
rivojlanmoqda.
Mustaqillik   yillarida   dehqonchilikda   ham   xalq   xo‘jaligini   boshqa   sohalari
kabi   o‘zgarishlar-islohatlar   amalga   oshirildi,   dunyo   dehqonchiligining   ilg‘or
texnologiyalari   kirib   keldi,   yerga   ishlov   byerishdan   tortib   qishloq   xo‘jalik
mahsulotlarini   yig‘ishtirib   olishgacha   bo‘lgan   xorij   texnikalari   olib   kelindi.
Umuman   olganda   dehqonchilikda   tub   o‘zgarishlar   amalga   oshirildi   desak
yanglishmaymiz. Ammo hali izlanish talab etadigan, bahsli, munozarali, echimini
ko‘p yillardan byeri kutib yotgan dehqonchilikning muommoli tomonlari juda ham
ko‘p.   SHunday   masalalardan   biri   yerga   ishlov   byerish   jarayoni   bo‘lib,   ko‘pchilik
ilm-fan   xodimlarini,   yerni   ko‘z   qarochig‘iday   sevadigan   dehqon-fyermyerlarni
fikrini bir nuqtaga jam etishni talab etmoqda.
Bozor   munosabatlariga   o‘tishi   bilan,   mahsulot   tannarxini   oshib   borishi,
yoqilg‘i-moylash   mahsulotlarining   narxini   keskin   ko‘tarilib   ketishi,   yer   haydash
texnikalarini   bir   oz   jihatidan   eskirib   qolishi,   hamda   fyermyer   xo‘jaliklarini 1 - қисми Умумий масалаларга. 2 -
қ исмини  Ўсимликларни тарифлашга 
ажратади
Кейинчалик 1 - қисми умумий 
деҳқончилик, 2 - қисми 
ўсимликшунослик деб юритилади.   iqtisodiy   jihatidan   oqsayotganligi   yerni   haydashda   yangi   texnologiyalarni   tajriba
tariqasida sinab ko‘rish va qishloq xo‘jaligiga joriy etish vaqti kelganligidan darak
byeradi.
3. Dehqonchilikni rivojlanishida xorij va O‘zbekiston olimlarinig
qo‘shgan hissalari
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi jarayonida «dehqonchilik» tushunchasi ham
o‘zgargan,   ya’ni   ilk   tarixiy   davrda   uni   qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishi   deb
tushunilgan.   Qeyinchalik,   chorvachilik   aloxida   ajralib   chiqqandan   so‘ng,
dehqonchilikda o‘simlikshunoslik keng ma’noda tushuniladigan bo‘lindi.
Dehqonchilik   ikki   qismga   bo‘linishini   dastlab   A.Teyer   XIX   asrda   yozilgan
«Qishloq   xujaligining   ratsional   asoslari»   kitobida   bayon   etdi.   Uning   birinchi
qismida umumiy masalalar, ikkinchi qismida esa o‘simliklarni ta’riflash va ularni
etishtirish   usullari   bayon   qilingan.   Keyinchalik   birinchi   qismi   umumiy
dehqonchilik,   ikkinchisi   esa   o‘simlikshunoslik   (xususiy   dehqonchilik)   deb
nomlanadi.
Keyinroq   borib,   umumiy   dexqonchilikdan   qishloq   xo‘jalik   qurollari   va
mashinalari,   o‘simliklarni   zararkunanda   va   kasalliklardan   himoya   qilish,
melioratsiya   va   o‘g‘itlar   to‘g‘risida   ta’limot   kabilar   alohida   fan   sifatida   ajralib
chiqdi.   Dexkonchi-likda   esa   yerlardan   ratsional   foydalanish,   tuproqning   effektiv
unumdorligini oshirish, begona o‘tlar va ularga qarshi kurash kabi masalalar qoldi.
Ma’lumki,   yer   va   suvdan   foydalanish   to‘g‘ri   tashkil   etilganda,   ekinlar
strukturasi   ilmiy   asosda   joylashtirilganda,   almashlab   ekishlar   joriy   etilganda   va
o‘zlashtirilgandagina   undan   ratsional   foydalanish   mumkin.   Tuproq  unumdorligini
oshirish   uchun   asosan   fizik   va   biologik   metodlardan   foydalaniladi.   Tuproqqa
agroximiya   metodlarining   ta’siri   agroximiya   fanida   o‘rganiladi   va   uning   turli
usullari ishlab chiqiladi.
Hozirgi   paytda   dehkonchilik   fani   har   bir   gektar   yer   hisobiga   ekinlardan
yuqori  va sifatli  hosil  olish uchun yerlardan foyda-lanishning ratsional  usullarini
va   tuproqning   effektiv   unumdorligini   oshirish   tadbirlarini   amalga   oshirmoqda. Dehqonchilik   tuproqshunoslik,   o‘simliklar   fiziologiyasi,   agroximiya,   fizika,
meteorologiya,   mikrobiologiya   va   boshqa   fanlar   bilan   uzviy   hamkorlikda
rivojlanadi.   SHu   bilan   bir   qatorda   dexqonchilik   o‘simlikshunoslik   va   ayrim
iqtisodiy predmetlar uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.
Dehqonchilikda   dialektik-matyerialistik   metoddan,   ishlab   chiqarish
ilg‘orlarining   tajribasidan   foydalaniladi.   Bir-biriga   yaqin   fanlarning   xolatini
xisobga   olib,   nazariy   mulohazalar   orqali   ekspyerimentga,   ilmiy
umumlashmalardan   so‘ng   tekshirish   uchun   ishlab   chiqarishga,   keyinchalik   esa
o‘rganilgan usullarni keng ishlab chiqarishga tatbiq etiladi.
Dehqonchilik masalalari asosan dalaga tajriba qo‘yish yo‘li bilan o‘rganiladi.
SHu   bilan   bir   qatorda   boshqa   kuzatish   (vegetatsion,   dala-laboratoriya   va
laboratoriya) metodlaridan ham foydalaniladi.
Dehqonchilik   fanining   rivojlanishida   M.V . Lomonosov
(1711   -1765)   ning   xizmatlari   katta,   u   dastlab   tabiat   hodisalariga   matyerialistlik
dunyoqarash   bilan   asos   soldi.   U   uzinnng   «O   sloyax   zemn ы x»   (1763)   («Yer
qatlamlari xaqida») nomli klassik asarida qora tuproq va torflarning hosil bo‘lish
protsessini birinchi bo‘lib to‘g‘ri ifodalab byerdi. Lomonosov «xayvon va o‘simlik
jismlarining chirishi, vaqtning o‘tishi natijasida qora tuproqlar hosil bo‘lgan» deb
yozgan edi.
Agronomiyani   rivojlantirishda   A.   T.   Bolotov   va   I.   M.   Komovlarning   roli
katta.   Bolotov   XVIII   asrning   ikkinchi   yarmida   yer   tuzilishi,   almashlab   ekish,
begona   o‘tlarga   qarishi   kurashish,   dalalarni   o‘g‘itlash   yerni   ishlash   kabi
masalalarga   oid   maqolalari   bilan   ratsional   dehqonchilikning   asosiy   prinsiplarini
bayon   etdi.   U   1771   yilda   nashr   etilgan   «Dalalarning   bo‘linishi   haqida»   kitobida
ko‘p   dalali   almashlab   ekish   deqxonchilik   sistemasini,   ya’ni   etti   dalali   almashlab
ekishning uch dalasi qo‘riq dala bo‘lishni bayon etadi. Bolotovning ta’kidlashicha,
qo‘riqning   bir   yillik   ekinlar   bilan   navbatlanishi   dexqonchilik   bilan
chorvachilikning   bir   yo‘la   yaxshi   rivojlanishiga   imkon   byeradi.   Bolotov   nemis
olimi   IO.Libix   va   fransuz   olimi   J.B.Bussengodan   70   yil   oldin   o‘simliklarning
minyeral va «havodan» oziqlanish nazariyasini ishlab chiqdi. Bolotovning   zamondoshi,   ko‘zga   ko‘ringan   rus   agronomi   professor   I.   M.
Komovning   ilmiy   ishlari   dehqonchilikda   katta   qiziqish   uyg‘otdi.   «Dehqonchilik
haqida»   asarida   (1788   y.)   yerga   dam   byerib,   partovga   ekin   ekish   sistemasiga
mtlaqo qarshi chiqib, o‘t ekishni va o‘g‘itlash zarurligini ta’kidlaydi hamda chorva
mollari   uchun   bryukva,   kartoshka,   tuproq   unumdorligini   oshirish   uchun   esa
dukkakli ekinlar ekishni tavsiya qiladi.
Komov   asarlarida,   ko‘p   dalali   va   ekinlar   navbatlab   ekiladigan   almashlab
ekishni joriy etishni tavsiya qiladi. Uning yozishicha «dehqonning asosiy vazifasi
unumsiz   yerlarni   o‘g‘itlashdan,   o‘g‘itlangandan   keyin   esa   tuproqning   yaxshi
sifatlarini saqlash choralarini ko‘rishdan iborat. Birinchi maqsadga sabzavot, paxta
va   o‘tlarni   navbatlab   ekish   yo‘li   bilan   yerishiladi.   Ularni   shu   taxlidda   ekish
kyerakki, yer mo‘l-ko‘l hosil byersin, ammo unumdorligi pasaymasin, dehqonning
asosiy   mahorati   -   turli   o‘simliklarni   navbatlab   ekish   tartibini   yerning   kuchi
kyo‘qolmaydigan   va   ayni   vaqtda   iloji   boricha   mo‘l-ko‘l   unum   byeradigan   qilib
belgilashdir. Bunga navbat bilan goh sabzavot, goh g‘alla, goh o‘t ekish yo‘li bilan
yerishiladi». Dexkonchilikning bundan keyingi rivojlanishi qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishini   intensivlash-tirishga   bog‘liq   deb   tushundi.   U   dehqonchilikda   shablon
va tayyor retseptlarni qo‘llashga qarshi chiqib, avval ekspyerimental tekshirishdan
o‘tgan konkret tabiiy-iqtisodiy ishlab chiqarish sharoitida yaxshi natijalar byergan
agrotexnik   uslublarni   keng   qo‘llashni   tavsiya   etadi.   Komov   ishlab   chikarish
sharoitida dala tajriba ishlarini rivojlantirishga da’vat etadi.
D.I.Mendeleev   elementlar   davriy   sistemasini   yaratib,   anorganik   ximiya
fanining rivojlanishiga katta xissa ko‘shdi. SHu bilan bir qatorda u yerni haydash
chuqurligi,   daraxt   ekish   va   o‘simliklarning   oziqlanishi   hamda   hosildorligini
oshirishda   minyeral   o‘g‘itlarni   qo‘llashni   tekshirib,   dehqonchilikni
intensifikatsiyalashga da’vat etdi.
Qishloq xo‘jaligi, minyeralogiya va fizika soxasida ko‘zga ko‘ringan olim M.
G. Pavlov  (1793-1840)  dehqonchilikda  ekinlarni   navbatlab  ekish  tarafdori  bo‘lib,
uni   keng   tashviqot   qildi.   Uning   besh   tomli   «Qishloq   xo‘jalik   kursi»   kitobi   uzoq vaqt   o‘quv   qo‘llanmasi,   agronom   va   dehqonlarning   esa   kundalik   xayotida   eng
kyerakli kitob bo‘lib xizmat etdi.
B.B.   Dokuchaev   (1846-1909)   genetik   tuproqshunoslikning   asoschisidir.   U
tuproq   xaqidagi   tushunchani   ilmiy   asosda   o‘rgandi   va   tuproqning   paydo   bo‘lishi
bir   kancha   tabiiy   sharoitga,   ya’ni   iqlimga,   joyning   rel ь efiga,   ona   jinsga,
o‘simliklarga  va   xayvonot   olamiga  bog‘liqligini   isbotlab,  har   xil   tabiiy  zonalarda
o‘sha   yerning   o‘ziga   xos   tuproq   paydo   bo‘lishini   aniqladi.   U   1892   yilda   nashr
etilgan   «Dashtlarimizning   o‘tmishi   va   xozirgi   ahvoli»   (Nasha   step ь   prejde   i
tepyer ь )   kitobida   o‘sha   davrda   Rossiya   qishloq   xo‘jaligiga   katta   ofat   keltiruvchi
qurgoqchilikning   sabablari   va   unga   qarshi   kurash   tadbirlarini   to‘g‘ri   akiqlab
byerdi.
P.A.Kostichev   (1845-1895)   tuproqshunoslikka   agronomik   nuqtai   nazardan
yondashgan,   ya’ni   agrotuproqshunoslikka   asos   solgan   olimdir.   U   tuproqni   ishlab
chiqarishning asosiy omili deb qarab, tuproq bilan o‘simlik orasidagi bog‘liqlikni
aniqladi.   U   tuproq   unumdorligini   oshirishda   tuproqning   mustahkam   strukturali
bo‘lishi va uni saqlash uchun almashlab ekish tadbirlarini kullashni tavsiya etdi.
Kostichev   ma’lumotiga   qaraganda,   tuproqda   struktura   hosil   bo‘lishida   ko‘p
yillik   o‘tlar   muhim   rol ь   o‘ynaydi.   Keyinchalik   bu   fikr   V.V.Vil ь yams   tomonidan
rivojlantirildi.   Kostichevning   begona   o‘tlarga   qarshi   kurashish,   kuzgi   shudgorni
chuqur o‘tkazish, ko‘kat o‘g‘it va fosfor unini qo‘llashdagi ishlari dexqonchilikda
katta ahamiyatga ega edi.
Dokuchaev va Kostichevning ta’limoti Vil ь yamsning shu sohadagi ishi uchun
asos bo‘ldi. Natijada u shu ta’limot asosida dehqonchilikning o‘t-dalali sistemasini
rivojlantirdi.
Vil ь yams   (1863-1939)   tuproqshunoslik   fanini   rivojlantirishda   va   tuproq
paydo   bo‘lish   qonunlarini   hal   etishda   xizmat   kildi,   u   tuproqshunoslikda   biologik
nazariya   asoschisi   hisoblanadi.   SHuningdek,   tuproq   hosil   bo‘lish   protsessining
yagona ta’limotini yaratdi.
Vil ь yams tabiatda moddalarning kichik biologik aylanish ta’limotini yaratib,
birinchi   bo‘lib   tuproq   unumdorligiga   agronomik   izoh   byerdi,   tuproqning   eng muhim   xossasi   va   agronomik   sifati   hisoblangan   unumdorlik   tuproqdagi   biologik
protsesslarga uzviy bog‘liq ekanligini aniqladi.
Hozirgi   zamon   dehqonchiligining   rivojlanishida   K.A.Timiryazevning   (1843-
1920)   xizmatlari   katta.   U   enyergiyaning   saqlanish   qonuniga   asoslangan
o‘simliklarning fotosintezi  ta’limotining asoschisidir. U o‘simliklarnikg fiziologik
funksiyalari   va   hayoti   uchun   zarur   talablarni   tekshirib,   o‘simliklar   fiziologiyasini
rivojlantirdi.   Biologiya   va   o‘simliklar   fiziologiyasini   ijodiy   rivojlantirib,   fandagi
hamma   qimmatbaho   yangiliklarni   qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishiga   tatbiq
etishga harakat etdi.
K.A.Timiryazev,   D.N.Pryanishnikov,   A.G.Doyarenko,   K.K.Gedroys   va
boshqa   olimlarning   nomi   agronomiya   fanida   ekspyerimental   kuzatishni
rivojlantirish,   tuproq   xususiyatlarining,   o‘g‘itlarning   madaniy   o‘simliklarga   va
hosiliga ta’sirini o‘rganish bilan bevosita bog‘liqdir.
Doyarenko   doimo   ishlab   chiqarishda   muhim   agronomik   hamda
dehqonchilikning   yerga   ishlov   byerish,   almashlab   ekish,   shudgorlash   kabi
masalalari   bilan   shugullandi.   Uning   ishlab   chiqarishdagi   tavsiyalari   konstruktiv
xaraktyerda   bo‘lib,   dala   tajribasida   kuzatilgan   ekspyerimental   natijalarga
asoslangandir.   Doyarenko   tuproqning   fizik   xossalarini,   suv,   havo   rejimini
tekshirish usularini ishlab, amaliyotga tatbiq qildi.
D.  N.   Pryanishnikov   (1865-1948)   sovet   agroximiklar   maktabining   asoschisi,
dehqonchilikning   rivojlanishida   xizmati   katta.   U   dehqonchilik   sistemasida
ekinlarni   navbatlab   ekish,   keng   ko‘lamda   minyeral   va   organik   o‘g‘itlar   qo‘llash,
qator oralari ishlanadigan va dukkakli madaniy o‘simliklarni ko‘paytirish tarafdori
bo‘lib, Vil ь yamsning o‘t-dalali sistemasini hamma yerda ham joriy etishni tanqid
qilib qarshi chiqqan olimdir.
S.N.Rijov,   M.V.Muhammadjonov,   A.H.Qashqarov,   3.S.Tursunxo‘jaev,
V.P.Kondratyuk,   N.A.Malitskiy,   A.F.Sokolov,   O‘zbekistonda   dexqonchilik
fanining   rivojlanishiga   ilmiy       tadkiqoti   va   amaliy   faoliyatlari   bilan   katta   hissa
qo‘shdilar.   S.N.Rijov   (1903-1981)   O‘zbeki st on   paxtachilik   zonalarida   g‘o‘ zani
sug‘orish,   tuproqning   fizik   xossalarini   o‘rganib,   ularga   oid   metodik   masalalar   va hokazolar   ustida   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borib,   dehqonchilik   fanini   rivojlanishiga
katta hissa qo‘shdi.
M.V.Muhammadjonov   qadimdan   sug‘orib   dehqonchilik   qilinayotgan
zonalarda   g‘o‘za,   em-xashak   ekinlari   ekiladigan   yerlarni   chuqur   haydash   va
haydalma   qatlam   qalinligini   ikki   marta   va   tuproqning   unumdorligini   tubdan
oshirishga undovchi  dehqoichilikning yangi  sistemasini  ishlab chiqdi  va  hozirgi
kunda u ishlab chiqarishga joriy etilmoqda.
O‘zbekistonda   xizmat   ko‘rsatgan   fan   arbobi,   professor   A.Q.Qashqarov
dehqonchilik   fanini   rivojlantirish   va   dexqonchilik   madaniyatini   oshirish,   asosiy
haydov chuqurligini  tabaqalashtirish,  bedapoyalarga asosan paxta ekish va yerga
ishlov byerish sonini kamaytirishga oid bir qancha asarlar muallifidir.
Dehqonchilikni   intensivlashtirish   darajasi   ekinlardan   yuqori   hosil   etishtirish,
yangi yerlar o‘zlashtirilib har gektar yer hisobiga qo‘shimcha mexnat va mablag‘
sarflash bilan belgilanadi. U tuproq unumdorligini oshirishi va mahsulot tannarxini
kamaytirib, ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlashi lozim.
Dehqonchilikni   intensivlashtirish   dehqonchilik   sistemasining   tarkibiy
qismlarini   rivojlantirish   va   takomillashtirish   asosida   ham   amalga   oshiriladi.
Masalan,  ishlab chiqarishda  xo‘jalik fan yutuqlari va ilg‘orlar tajribasini  qo‘llash,
ekinlarni   har   xil   zararkunanda,   kasallik   hamda   begona   o‘tlardan   himoya   qilish,
qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishini   boshqarish   va   tashkil   etish   va   hokazolar.
Dehkonchilikni intensivlashtirish qishloq xo‘jaligini malakali kadrlar, ayniqsa oliy
ma’lumotli mo‘taxassis kadrlar bilan ta’minlashni taqozo etadi, chunki ular qishloq
xo‘jalik fani va ishlab chiqarish samaradorligiga aktiv ta’sir etadi.
Hozirgi   paytda   intensivlashtirish   jarayoni   yana   ham   keng   ko‘lamda   amalga
oshirilmoqda.   Ixtisoslashgan   va   markazlashtirilgan   qishloq   xo‘jaligi   ishlab
chiqarishi   hamda   ishlab   chiqarish   agrar   sanoati   birlashmalari   jadal   sur’atda
rivojlanmoqda.
Qishloq   xo‘jaligini   intensivlashtirish   asosida-   kompleks   mexanizatsiya,
ximiyalashtirish   va   keng   ko‘lamda   melioratsiyalash,   fan,   texnika   yutuqlaridan, ilg‘orlar  tajribasidan   foydalanish   kabi  tadbirlar  natijasida   rivojlanishni   ta’minlash
umum-davlat vazifasi hisoblanadi.
Xozirgi   vaqtda   respublikamizda   dexqonchilik   fani   boshka   fanlar   bilan
hamkorlikda shu kungacha tuplangan katta ilmiy myerosga tayanib rivojlanmoqda.
Nazariy   masalalar,   har   xil   yangi   ilmiy   problemalar   moxirona   ishlanib,   ishlab
chiqarishda   sinalib,   keyin   xo‘jaliklarda   joriy   etilmoqda.   Dehqonchilik   xazinasida
bundan   tashqari,   ilgari   hal   qilingan   ko‘plab   ilmiy   tavsiyalar   ham   borki,   ularni
ishlab chiqarishga joriy etish talab etiladi.
Almashlab   ekish   bo‘yicha   katta   tadqiqot   ishlari   olib   borilmokda.
Xo‘jaliklarning   tabiiy-iqtisodiy   xususiyatlari   hisobga   olingan   holda   uning   har   xil
sxemalarini ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.  
YAngi   yo‘nalish,   ya’ni   seyalka   va   yerga   ishlov   byeruvchi   qurollarning
harakatini   tezlatish   hamda   yerga   ishlov   byerish   sonini   kamaytirish   bo‘yicha   olib
borilayotgan ishlar muvaffaqiyat bilan hal qilinmoqda.
Begona o‘tlarga qarshi kurashda ximiyaviy va boshqa tadbirlar ishlab chiqilib,
amalda keng qo‘llanilmoqda.
Qishloq   xo‘jalik   fani   ishlab   chiqarishda   ta’sirchan   kuch   bulishi   bilan   birga
ilmiy-texnika   progressini   tezlatib,   hosilni   oshirish   va   mahsulot   sifatini
yaxshilashda bevosita faol qatnashadi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

DEHQONCHILIK FAN I NING MAQSADI, VAZIFASI, ILMIY ASOSLARI VA RIVOJLANISH ISTI Q BOLLARI Reja 1. Dehqonchilik fanining maqsad va vazifalari 2. Dehqonchilik fanining rivojlanish tarixi 3. Dehqonchilikni rivojlanishida xorij va O‘zbekiton olimlarinig qo‘shgan hissalari.

1. Dehqonchilik fanining maqsad va vazifalari Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi nafaqat ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, balki ekinlar plantatsiyalaridan biznes sifatida foydalanish, ulardan iqtisodiy foyda olishga keng qaratilgan. Hozirgi kunda dehqonchilikning rivojlanish asosi sifatida gidrologik, mexanik, kimyoviy, genetik va texnologik jihatlari keng rivojlantirilmoqda. Hukumatlar milliy byudjetining katta ulushini qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun taqsimlamoqdalar. Kichik va kam daromadli fyermyerlarni qo‘llab quvatlash va rivojlantirish uchun subsidiya bilan ta’min etilmoqda. Dehqonchilikni saqlash va rivojlantirish, qayta ishlash, baholash, marketing, mahsulotlarni tarqatish, iste’mol qilish, eksport va import siyosati rivojlanmoqda va mustahkamlanmoqda. Dehqonchilikka asoslangan kichik ishlab chiqarish va hunarmandchilik tez rivojlanib bormoqda. Dehqonchilikni rivojlantirishda qishloq xo‘jaligini rejalashtirish, dasturiy ta’minot va ijrosini ta’minlash lozim. Global dehqonchilik. Taraqqiyot (sivilizatsiya) ning darajasi aholini iste’mol darajasini qondirish uchun oziq-ovqat ishlab chiqarish orqali dehqonchilik bilan bevosita bog‘liqdir. Hozirgi kunda oziq-ovqatga bo‘lgan talabni qondirish uchun uni oziq-ovqat, ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirish kyerak. Biroq, qariyib bir milliard odam qashshoqlik va taraqqayoti past, oziq-ovqat bilan ta’minlanishi kyerak bo‘lgan jamiyatda yashamoqda. Ba’zi, rivojlangan davlatlar daromadlarini oshirish natijasida, iste’mol darajasidan ko‘p mahsulot ishlab chiqarib, boshqa davlatlarga etkazib byerish va iste’molini qondirishni amalga oshirish lozim. SHuning uchun, oziq-ovqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda keyingi avlodlarni ham oziq-ovqat bilan ta’minlay oladigan ishlab chiqarishga maqsad qilish kyerak. 1 Yyer resurslari. Qishloq xo‘jalik ekinlarni etishtirish uchun asosan y yer resurlaridan foydalaniladi. Yyer sharida qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan 15,2 milliard gektar maydon mavjud bulib u kishi boshiga o‘rtacha 3,8 ga (Kanadada 50, Avstraliya 50, Janubiy Amyerikada 10, AQSHda 4, Fransiyada 1 Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010.15 бет.

1,2, Hindistonda 0,8 va Yaponiyada 0,4) ga to‘g‘ri keladi. Butun dunyoda aholining o‘sish darajasi bilan bu ko‘rsatkich ham kamayib bormoqda, 1980 yilda 0,3 ga dan 2050 yilga 0,17 ga, rivojlangan davlatlarda esa jon boshiga 0,11 ga kamayishiga olib keladi. Eng unumdor tuproqda yeroziya jarayoni tufayli tuproqdan organik moddalar bilan o‘rtacha 4 kg N, 1 kg P 2 O 5 , 20 kg K 2 O va 2 kg CaO oziq moddalari yo‘qotiladi. Ekin ekiladigan maydonlarning deyarli 10-11% qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirishga qulay hisoblanadi. FAOning ekinlar hosildorligini oshirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, 93 rivojlanayotgan mamlakatlarning 63 % da hosildorlikni intensiv ravishda 15 % ga oshirishi lozim, faqat 22% zaxira yerlar hisobidan oshirishi kutilmoqda. Umumiy 6444 mm yomg‘irlarining faqat 30 % foydali (yaroqli), 10 % kam foydali, 60% turli malakatlardagi foydalanilmaydigan yerlarga to‘g‘ri keladi. Yarim arid tropiklar dunyoning besh qit’asida (Markaziy Amyerika, Janubiy g‘arbiy Osiyo, Afrika, Janubiy Amyerika va Janubiy SHarqiy Osiyo)dagi 50 mamlakatda 700 million odam doimiy qurg‘oqchilik va vaqti-vaqti bilan ro‘y byeradigan ochlik tahdid ostida yashashadi. Haydaladigan yerlarning taxminan 65 % donli, dukakkli va moyli ekinlar uchun noqo‘lay (nepochatnыy) hisoblanib, oziq ovqat etishtirishni yaxshilash uchun qishloq xo‘jaligini tubdan yaxshilashni taqozo etadi. Hindistonni 10 % maydoni Yarimarid tropik mintaqaga to‘g‘ri keladi. Atrof-muhit ifloslanishi, tuproq unumdorligining pasayishi, degradatsiyasi natijasida qishloq hududlarida xalq farovonligini pasayish sur’atlari ortib bormoqda. Tuproq degradatsiyasi Global baholash tashkilotning ta’kidlashicha tuproq degradatsiyasi, inson hayotini qo‘llab-quvvatlash yoki kelajakda hayot darajasini pasayishini belgilaydigan hodisalardan hisoblanadi deb ta’riflaydi. Tuproq degradatsiyasi uchun quyidagilar sabab bo‘ladi:  Dehqonchilikda tuproqlarni tozalashda ustki o‘simlik qoplamini yo‘qotilishi  o‘rmonlarni kesilishi, yoqilishi va boshqalar natijasida tuproq qoplamining emirilishi.

 chorvachilik, yaylov etaklarida me’yoridan ortiq ravishda mol boqish, mollarning tuyoqlar ostida yerlarni ochilib qolishi.  arid hududlarda, noto‘g‘ri sug‘orish va og‘ir mashinasozlik foydalanish, tik yonbag‘irlarda yeroziyaga qarshi tadbirlarni qo‘llamaslik kabi dehqonchilik natijasida.  tuproqlarni turli kimyoviy o‘g‘itlarni tuproq xossalarini hisobga olmasdan, ko‘p miqdorda qo‘llashlik natijasida ifloslanishi. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari kam unumdor, yomon tuproqlarga nisbatan yaxshi tuproqlarda yanada samarali bo‘ladi. Texnologiya hosilni oshirib, vaqtincha tuproq degradatsiyasini ta’sirini kamaytirib hosildorlikni saqlash mumkin. Hosildorlik oshishi bilan texnologiyani ham rivojlantirib, oshirib borish orqali tuproq yeroziyasini oldini olish. Respublika hukumati rivojlanib borayotgan sanoatni va aholini qishloq- xo‘jalik mahsulotlariga talabini qondirishni nazarda tutib endilikda ularni etishtirish bo‘yicha aniq dastur ishlab chiqdi. Bu dasturda sanoatni muntazam ishlab turishi va aholini jon boshiga qancha dehqonchilik mahsuloti kyerakligi tahlil qilinib borilmoqda. Ana shu talabdan kelib chiqib har yili Respublikada dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Respublikada etishtirilayotgan mahsulotning bir qismi xorijga ekport qilinmoqda. Hukumatimiz sanoatni va o‘sib kelayotgan aholini tub manfaatlarini tahlil qilib, hamda uzoqni ko‘zlab strategik maqsadlarni nazarda tutib, Respublikada etishtiriladigan dehqonchilik mahsulotlaridan ikki turiga – paxta va g‘allaga davlat shartnomasini qoldirdi. Dehqonchilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib, uning vazifasi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yanada o‘stirish va uni barqarorligini ta’minlash, o‘sib borayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoatni xom- ashyoga bo‘lgan ehtiyojini to‘liqroq ta’minlashdan iboratdir. O‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi, ularning hayoti tashqi muhit omillariga bevosita bog‘liqdir. Ilmiy dehqonchilikning vazifasi o‘simliklarning tashqi muhit sharoitlariga bo‘lgan talablarini o‘rganish va shuning asosida ularni qondirish usullarini ishlab

chiqishdir. Ekinlardan sifatli va yuqori hosil olish maqsadida ularni parvarish qilish usullari, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari bilan shug‘ullanadi. Yyer ning asosiy xususiyatlaridan biri uning eskirmasligidir. Yyer dan to‘g‘ri foydalanish qishloq xo‘jaligi xodimlarining eng muhim vazifasidir. Aholini o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish talab etiladi. Respublikada yerdan to‘g‘ri va unumli foydalanish avvalo qishloq xo‘jalik xodimlarining eng muhim vazifasidir. Respublika dehqonchiligida yerdan foydalanish va yer fondi masalasi bugungi kunda birinchi masalalardan bo‘lib bormoqda. Endilikda aholini tobora o‘sib kelishi bilan dehqonchilik qilinadigan yer maydonlarining kengaytirish imkoniyati cheklangan. Respublika hukumati mavjud yerlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish masalasidek muhim masalani fyermyerlar oldiga qo‘yib to‘g‘ri yo‘l tutgan. Ana shu o‘rinda dehqonchilikning jadallashtirilgan tizimiga o‘tish muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikaning umumiy yer maydoni 447,4 ming kvadrat kilometr bo‘lib, sug‘oriladigan yyer maydoni 4,280,8 ming gektar, 333,7 ming gektar ko‘p yillik ko‘chatlar, 96,5 ming gektar bo‘z yerlarni tashkil qiladi. Mavjud sug‘oriladigan ushbu yer maydonlari umumiy yer maydonining atiga 9,5- 10% ini tashkil etadi. O‘zbekistonda 1 km 2 y yerga 51,4 kishi, Qozog‘istonda - 6,1 Qirg‘izistonda - 22,7, Turkmanistonda esa 9,4 kishi to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda har bir kishiga 0,17 gektar, Qozog‘istonda - 1,54, Qirg‘izistonda - 0,26, Ukrainada - 0,59, Rossiyada 0,67 gektar ekin maydoni to‘g‘ri keladi. So‘ngi yillar mobaynida sug‘oriladigan yerlar maydonlari 2,46 mln. gektardan 4,3 mln gektarga etkazildi. Hozirgi kunda mamlakatimizda dehqonchilik qilayotgan fyermyer xo‘jaliklari soni 73.000 dan ortiq. Jami haydaladigan yerlarning 85% fyermyer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga byerilgan bo‘lib, ular hissasiga Respublikada etishtirilayotgan paxta xom ashyosining 99,5 %, pillaning qariyib 98 %, boshoqli donning 85 %, meva sabzovot va poliz mahsulotlarining 65 % to‘g‘ri keladi. Bu sohada O‘zbekiston Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478 sonli Farmoni asosida O‘zbekiston Fyermyerlari Kengashini tarkib topishi muhim ahamiyatga