logo

DEHQONCHILIK TIZIMI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

41.5283203125 KB
MAVZU.  DEHQONCHILIK TIZIMI VA UNING RIVOJLANISH
TARIXI
Reja:
1. Dehqonchilik tizimi haqida tushuncha. 
2. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimi.
3. Dehqonchilikning ekstensiv tizimi.
4. Dehqonchilikning intensiv tizimi. 
  1. Dehqonchilik tizimi to‘g‘risida tushuncha
Dehqonchilik tizimi – bu tuproq unumdorligini  tiklash va oshirishga, yerdan
jadal   foydalanishga   qaratilgan   o‘zaro   bog‘liq   bo‘lgan   agrotexnik,   meliorativ   va
tashkiliy   chora-tadbirlar   majmuidir.   Boshqacha   aytganda   dehqonchilik   tizimi
yerdan samarali foydalanishga, tuproq unumdorligini va samaradorligini oshirishga
qaratilgan   barcha   agrotexnika   va   melioratsiya   tadbirlari   majmuidir.   Bular
almashlab ekish, yerni ishlash, o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish, mahalliy sharoitga
moslashgan,   zararkunanda   va   kasalliklarga   chidamli   syerhosil   navlarni   ekish,
ekinlarni takomillashgan usullarda parvarish qilish, begona o‘tlar, zararkunanda va
kasalliklarga   qarshi   kurash,   kompleks   mexanizatsiyadan   foydalanish,   tuproqning
shurlanishi   va   botqoqlanishiga   qarshi   irrigatsiya   va   melioratsiya   tadbirlarini
amalga oshirish va ihota daraxtzorlari barpo etish va hokazolardan iborat.
Dehqonchilik tizimi bilan qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimi aynan bir xil,
deb qaramaslik kyerak. CHunki  qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimi  xo‘jalikning
ixtisoslashuvi   (ya’ni   uning   yunalishi),   agrotexnika   tadbirlari   kompleksi,
chorvachilik tadbirlari tizimi, mashinalar tizimi, tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar tizimi
va   boshqalardan   tashkil   topgan   bo‘lib,   dehqonchilik   tizimi   ilmiy   asoslangan
tadbirlarining   muhim   bug‘ini   hisoblanadi.   Qishloq   xo‘jalik   tizimi   deganda,
zamonaviy fan va texnika yutuqlariga asoslangan holda har gektar yerga eng kam
mehnat   va   mablag‘   sarflab,   eng   ko‘p   mahsulot   etishtirishga   qaratilgan,   ma’lum
tabiiy va iqtisodiy sharoitdagi ishlab chiqarishni boshqarish tushuniladi.
Dehqonchilik   tizimi   xo‘jalikni   boshqarish   tizimining   tarkibiy   va   ajralmas
qismi   bo‘lib,   u   doimiy   bo‘lmaydi.   Binobarin,   kishilik   jamiyatining   rivojlanishi
asosida   tuzumlarning   o‘zgarishi,   fan   va   texnikaning   rivojlanishi   bilan   u   ham
o‘zgaradi.
Hozirgi  vaqtda tuproq unumdorligini  oshirish va tiklash usullarini, yerlardan
foydalanish intensivligini ifodalaydigan, o‘zaro aloqador agrotexnika, melioratsiya
va   tashkiliy   tadbirlar   kompleksa,   dehqonchilik   shakllari   dehqonchilik   tizimi   deb
tushuniladi. Xozirgi   zamon   dehqonchilik   tizimi   yerlardan   iloji   boricha   samarali
foydalanishni   va   uning   unumdorligini   oshirishni,   konkret   va   iqtisodiy   sharoitda
eng kam mehnat va mablag‘ sarflangan holda har gektar yerdan eng ko‘p va yuqori
xosil etishtirishni ta’minlashi kyerak.
Dexkonchilikning ilmiy asoslangan tizimi qishloq xo‘jaligini tabiiy ofatlardan
saqlashda,   tuproq   unumdorligini   oshirishda,   ilg‘or   agrotexnika   tadbirlarini
o‘zlashtirishda,   yerlarni   sug‘orishda,   ximikatlardan   foydalanishda,   ratsional
almashlab ekishda, yaxshi nav ekinlarni ekishda mexanizatsiyadan keng ko‘lamda
foydalanishga yordamlashishi zarur. SHular asosida hosildorlikni oshirish va yana
ham ko‘paytirishga yerishiladi.
Barcha   dehqonchilik   tizimlari   umumiy   tarkibiy   qismga   ega.   Bunga
quyidagilar:   xo‘jalik   tyerritoriyasining   agrotexnikasini   tuzish   va   almashlab   ekish
tizimi;   yerni   ishlash   tizimi;   o‘g‘itlash   tizimi;   begona   o‘tlarga,   kasallik   va
zararkunandalarga   qarshi   kurash   tizimi;   urug‘chilik;   tuproqni   suv   va   shamol
yeroziyasidan   himoya   qilish   tadbirlari   va   hokazolar   kiradi.   Har   xil   tuproq-iklim
zonasi   dehqonchilik   tizimining   umumiy   tarkibiy   qismiga   yuqoridagilar   bilan   bir
qatorda:   ihota-o‘rmon   polosalari   barpo   etish;   sug‘orish;   botqoqliklarni   quritish;
ximiyaviy melioratsiya (ohaklash, gipslash va boshqalar) ham qo‘shiladi.
O‘zbekiston   sharoitida   tuproq   unumdorligini   oshirishda   sug‘orish,   nam
to‘plash   va  saqlashga  qaratilgan  yerga  ishlov   byerish   tizimi  boshqalar   eng  asosiy
omil hisoblanadi. 
Dehqonchilik   tizimining   rivojlanish   tarixi   dehqonchilikning   turli
jadallashtirish   fazalarida   o‘z   aksini   topadi,   bu   yerdan   foydalanish   va   tuproq
unumdorligini oshirish usullarida namoyon bo‘ladi. Dehqonchilik rivojlangani sari
tuproq   unumdorligini   tiklash   va   oshirish   xususiyatlari   ham   o‘zgarib   boradi.
Dehqonchilik   jadallashuvi,   o‘sib   borishi   bilan   tuproq   unumdorligining   tabiiy
tiklanish   jarayonlari   tuproqqa   insoniyatning   faol   ta’siri   bilan   almashinadi.
Dehqonchilik tizimi uzoq rivojlanish, ya’ni ibtidoiy jamoa, feodalizm, kapitalistik
va boshqa davrlarini bosib o‘tdi. Hayot sharoiti o‘zgarishi bilan u yoki bu sotsial- iqtisodiy   vaziyatga   bog‘liq   ravishda   ishlab-chiqarish   va   dehqonchilik   tizimi   ham
o‘zgarishi kuzatilgan.
Dehqonchilik   tizimi   haqidagi   ilk   ishlar   yeramizdan   oldingi
IV-I     asrlarda   paydo   bo‘lgan.   Katon   va   Kolumellalarning   ishlarida
dehqonchilikning amaliy tajribalari umumlashtirilgan va qishloq xo‘jalik ekinlarini
etishtirish   uchun   yaroqliligiga   ko‘ra   tuproqlarni   klassifikatsiyalashtirish,   tuproq
unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar majmui hamda o‘sha davrga tegishli
dehqonchilik   tizimining   boshqa   elementlari   to‘g‘risida   ma’lumotlar   keltirilgan.
Dehqonchilik   tizimining   fan   sifatida   avj   olib   rivojlanishi   g‘arbiy   Evropada
kapitalistik munosabatlar vujudga kelishi bilan bog‘liqdir. Dehqonchilik tizimining
mamlakatimizda   rivojlanishiga   M.Muxammadjonov,   Z.Tursunxo‘jaev,
A.K.Qashqarov,   I.Madraimov,   A.K.Yermatov   va   boshqa   olimlar   o‘z   hissalarini
qo‘shganlar.   Hurmatli   birinchi   Prezidentimiz   tomonidan   qabul   qilingan   2003
yildagi   “Qishloq   xo‘jalik   islohotlarini   chuqurlashtirishning   muhim   yo‘nalishlari”
to‘g‘risidagi   va   “2004-2006   yillarda   fyermyer   xo‘jaliklarini   rivojlantirish
konsepsiyasi”   to‘g‘-risidagi   farmonlarda   ham   kelajakdagi   qishloq   xo‘jaligida  olib
boriladigan   islohotlar   ko‘zda   tutilgan.   Qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishni
yuritishning   turli   shakllariga   bog‘liq   ravishda   dehqon-chilik   shakllarida   katta
o‘zgarishlar   ruy   byerishi   kuzatiladi.   SHu   bois,   yangi   dehqonchilik   tizimlarini
ishlab chiqish va tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dehqonchilik   tizimi   samaradorlik   darajasiga   ko‘ra   uch   turga   ibtidoiy,
ekstensiv va intensivga bo‘linadi.
2. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimi
Birinchi  dehqonchilik tizimi  u rivojlangan davrning boshiga, ya’ni  faqatgina
tuproqning tabiiy unumdorligidan foydalanilgan davr uchun xaraktyerlidir. Bunday
dehqonchilik   tizimi   ibtidoiy   dehqonchilik   tizimi   (primitiv)   deyiladi.   Bu   tizimda
ekinlarni   etishtirish   uchun   yaroqli   bo‘lgan   yerlar   va   foydalaniladigan   yerlar   4/1
qismdan   oshmagan.   Bu   yerlarning   unumdorligi   pasayib   borishi   bilan   ularning
tabiiy   tiklanishi   uchun   qoldirilgan.   Agar   ekinlar   10-15   yil   davomida
etishtirilmaydigan   bo‘lsa,   bunday   tizim   partov   (qo‘riq)   yer,   30-40   yil   davomida foydalanilmasa   u   tashlandiq   yer   deyiladi.   Hozirgi   vaqtda   O‘zbekistonda   bunday
dehqonchilik   tizimlaridan   foydalanilmaydi.   Qayd   etilganlardan   tashqari,
o‘rmonlarni   yoqib   dehqonchilik   qilish   va   o‘rmonlarni   kesib   dehqonchilik   qilish
tizimlari   ham   mavjud   bo‘lgan.   Birinchi   holatda   o‘rmonlar   kesilgan   yoki   yoqib
yuborilgan   va   bo‘shagan   maydonlarga   2-3   yil   davomida,   asosan   boshoqli   ekinlar
ekilgan,   so‘ngra   tuproq   unumdorligi   pasayib   ketganligi   tufayli   tashlab   ketil-gan.
Yerga   shaxsiy   mulkchilik   paydo   bo‘lganidan   keyin   va   bo‘sh   yerlar   maydoni
kamayib   ketganidan   so‘ng   o‘rmonlarni   yoqib   dehqonchilik   qilish   tizimi
o‘rmonlarni   kesish   tizimi   bilan   almashingan.   Bu   tizimda   o‘rmonlar   yoqilmaydi,
balki   undan   qurilish   matyeriali   sifatida   foydalaniladi,   faqatgina   mayda   shox-
shabbalar, butalar va boshqa daraxt qoldiqlari yoqiladi.
Dehqonchilikning qo‘riq yoki bo‘z yer tizimi. Dehqonchilikning bu tizimi eng
qadimiy   tizimlardan   hisoblanib,   ibtidoiy   jamoa   tuzumi   davrida,   ya’ni   xususiy
mulkchilik   bo‘lmagan   davrda   paydo   bo‘lgan.   Bu   vaqtda   yerlar   oddiy   usulda
ishlangan, dehqonlar ixtiyoridagi qo‘riq yerlar maydoni cheklanmagan. Dehqonlar
yerlarni   eng   oddiy   qurollar   bilan   ishlaganlar   va   3   –   4   yil   mut-tasil   asosan   don
ekinlarini   (bug‘doy,   tariq,   arpa   va   hakozo)   ekkanlar.   Bir   maydonga   hadeb   bir   xil
ekin ekavyerish va sodda agrotexnika tadbirlarni qo‘llayvyerish natijasida begona
o‘tlar   ko‘payib,   tuproqda   ba’zi   oziq   elimentlari   kamayib,   unumdorligi   pasayib
ketgan,   bular   ekinlar   hosilining   kamayishiga   sabab   bo‘lgan.   Tuproqning
unumdorligi   va   ekinlarning   hosili   kamayganligini   sezgan   dehqonlar   ishlanib
kelinayotgan   yerlarni   tashlab   (ekin   ekmay)   qo‘yib,   uning   o‘rniga   tabiy   xossalari
yaxshi   va   unumdorligi   yuqori   bo‘lgan   yangi   qo‘riq   yerlarga   ekin   ekkan,   tashlab
qo‘yilgan   yerlar   esa   dastlabki   yillari   ayniqsa   bir   yillik   begona   o‘tlar   bilan
ifloslangan,   keyinchalik   bir   yillik   begona   o‘tlarni   ko‘p   yillik   begona   o‘tlar   siqib
chiqaradi. Yerlar taxminan 15-20 yil qo‘riq qilib tashlab qo‘yilganda, tuproq ekin
ekish davrida yo‘qotgan unumdorligini va tabiiy xossalarini begona o‘tlar hisobiga
qayta   tiklagan   va   bunday   yerlarning   hosildorligi   tipik   qo‘riq   yerlarnikidan   farq
qilmagan.   Tuproq   unumdorligi   va   xossalarining   shu   usulda   tiklanishi
dehqonchilikning qo‘riq yoki bo‘z yer tizimi deb nomlanadi. Dehqonchilikning   qo‘riq   yoki   bo‘z   yer   tizimida   dehqon   tuproqning   faqat
tabiiy   unumdorligidan   foydalanib,   uni   oshirish   yoki   xossalarini   yaxshilash
to‘g‘risida   mutlaqo   qayg‘urmagan.   Natijada   tuproq   unumdorligining   pasayishiga
yer   asosan   qo‘l   kuchi   bilan   ishlanganligi,   begona   o‘tlar   ko‘payib,   tuproq
unumdorligini   qayta   tiklash   uchun   kishilarning   bilimi   yo‘qligi   sabab   bo‘ladi.
Quldorlik   davrida   yerga   nisbatan   xususiy   mulkchilik   vujudga   keldi.   Aholining
oziq-ovqat   mahsulotlarga   bo‘lgan   talabi,   aholini   ko‘payishi,   ishlab   chiqarish
vositalari   hamda   savdo-sotiqning   rivojlanishi   yerlardan   samarali   foydalanishni
taqozo   etadi.   Natijada   kishilar   ilgari   foydalanilmay   tashlab   qo‘yilgan   yerlarga
qaytib kelib ekin ekishga majbur bo‘lgan. SHunday qilib dehqonchilikning qo‘riq
yer   tizimi   partov   yer   tizimi   bilan   almashingan.   CHunki   dehqonchilikning   qo‘riq
yer tizimidan faqat  qo‘riq yerlar ko‘p va aholi  ozroq davrda foydalanish mumkin
edi.
Dehqonchilikning   portov   yer   tizimi.   Bu   tizim   ekinlardan   yanada   ko‘p   hosil
olish maqsadida qo‘riq yer tizimi bilan ongli ravishda almashtiriladi. Bu masalani
u   vaqtda   hali   ishlanadigan   yerlar   maydonini   kengaytirish   hisobiga   hal   etish
mumkin   edi   xolos,   ammo   qo‘riq   yerlar   etishmasdi.   Natijada   qo‘riq   yerlar   partov
yerlarga   almashtiriladi.   Partov   yer   deganda,   ilgari   ishlanib   bir   necha   yil   ekin
ekilgan,  unumdorligi   pasaygandan   keyin,  taxminan   8-15  yil   ekin   ekilmay   tashlab
qo‘yilgan   yer   maydonlari   tushuniladi.   SHu   vaqt   ichida   tabiiy   o‘simliklar   begona
o‘tlarni siqib chiqaradi, tuproqning unumdorligi qayta tiklanadi va qayta ishlanib,
ekin ekishga imkoniyat tug‘iladi.
Dehqonchilikning   qo‘riq   yer   tizimining   partov   tizimidan   farqi   shundaki,
qo‘riq yer tizimida tuproqning unumdorligini va xossalarini  tiklash uchun tashlab
qo‘yilgan yerlarga dehqon qayta ekin ekmagan. Bu ikkala sisitemada  ham tuproq
unumdorligi odamlar ishtirokisiz, ya’ni tabiiy jarayonlar ta’sirida tiklangan.
Qo‘riq yer tizimi bilan partov yer tizimi keskin tarixi chegara yo‘qligi uchun
ayrim   vaqtda   umuman   dehqonchilikning   qo‘riq   yer   yoki     partov   yer   tizimi   deb
yuritiladi. Dehqonchilikning   partov   yer   tizimida   qishloq   xo‘jalik   qurollarida   ma’lum
o‘zgarishlar   yuz   byeradi.   Masalan,   ancha   takomillashgan   motiga   va   belkuraklar
paydo   bo‘ldi.   Yog‘och   mola   temir   lemixli   va   ag‘dargichli   bir   korpusli   puluglar
bilan   almashtiriladi.   Yerlarni   ag‘darmasdan   va   yuza   haydash   usuli   qo‘llanildi.
Partov yer tizimi janubiy rayonlarida va O‘rta Osiyoda   19 asrgacha qo‘llanildi.
Dehqonchilikning   partov   yer   tizimida   o‘ziga   xos   almashlab   ekish,   ya’ni
madaniy o‘simliklarni qisqa muddatli qo‘riqlar bilan navbatlash usuli qo‘llanilgan.
Partov yer tizimida yerlardan quydagicha foydalanilgan, yani dalaning bir qismiga
g‘alla ekinlari ekilgan, qolgan qismi esa partov qilib tashlab qo‘yilgan. Belgilangan
muddat o‘tgach u yer yana ekin ekish uchun foydalanilgan.
Partov   yerlarning   unumdorligi   qo‘riq   yerlarga   nisbatan   tez   pasaygan   va
xossalari   yomonlashgan.   CHunki   qisqa   vaqt   ichida   tuproq   unumdorligini   tiklay
olmagan,   natijada   ekinlarning   hosili   keskin   kamaygan   va   shularga   bog‘liq   salbiy
haraktyerdagi   boshqa   hodisalar   namoyon   bo‘lgan.   Bularni   bartaraf   etish   uchun
yerlarni qayta partov qilib tashlab qo‘yishga to‘g‘ri kelgan.
Dehqonchilikning   partov   yer   tizimi   davrining   oxirlarida   partovdagi   yerlar
maydoni   va   partovga   qoldirish   mudati   keskin   qisqargan.   Natijada   yerlarning
unumdorligi   pasaydi,   tabiiy   xossalari   yomonlashdi,   begona   o‘tlar   bilan   kuchli
ifloslandi,   bular   esa   har   xil   kasalliklar   va   zararkunandalarning   ko‘payishiga   va
hosildorlikni   pasayishiga   sabab   bo‘ldi.   Partovdagi   begona   o‘tlarni   bir   yil   ichida
yo‘qotish   zaruryati   tug‘ildi,   natijada   bunday   yerlar   shudgor,   dehqonchilik   tizimi
esa shudgorlash tizimi deb ataldi.
Dehqonchilikning   sidyeratsiyalash   tizimi.   Bu   tizim   bundan   ikki   ming   yillar
oldin   SHarq   mamlakatlarida,   qadimgi   Gretsiyada,   Rim   impyeriyasida   va   boshqa
yerlarda qo‘llanilgan. Tarixiy malumotlarga ko‘ra, bu tizim partov yer tizimi bilan
bir   vaqtda   paydo   bo‘lgan.   Bu   tizimning   mohiyati   ekinlarning   hosili   yig‘ib
olingandan keyin har yili yoki 2-3 yilda bir marta kuzgi jav-dar yoki rang o‘t ekib,
keyinchalik kuzgi javdarni nay o‘rash fazasida, rang o‘ti esa gullash davrida (kech
kuzda)   yerga   qo‘shib   haydaladi.   Deh-qonchilikning   sidyeratsiyalash   tizi-mida
tuproq unumdorligini ortishi va saqlanishi ko‘kat o‘g‘itlar hisobiga asoslangan edi. SHuning uchun ham ayrim vaqtda bu tizim dehqonchilikning ko‘kat o‘g‘itli tizimi
deb ham ataladi va hozirgi vaqtda keng qo‘llaniladi.
Dehqonlarga   o‘sha   davrda   tuproqning   unumdorligini   oshirishda   dukkaksiz
o‘simliklarga qaraganda dukkakdosh ekinlarning ahamiyati katta ekanligi ma’lum
bo‘lgan.   SHuning   uchun   qadimgi   misirliklar   sidyerat   uchun   javdar   va   rang   o‘tini
Aleksandriya   bedasiga,   hozirgi   O‘rta   Osiyo   mintaqasidagilar   moshga,
Tojikistonliklar esa xashaki oq burchoq ekiniga almashlab ekishgan.
Dastlabki   davrda   dehqonchilikning   sidyeratsiyalash   tizimi   hamma   tuproq
tiplarida qo‘llanildi, keyinchalik esa asosan mexanik tarkibli engil qumloq yerlarda
joriy   etilgan.   Qumoq   va   qumloq   yerlarga   sidyerat   ekin   sifatida   dukkakdoshlar
ekilganda   unumsiz   yerlar   unumdor   tuproqqa   aylandi   va   tuproqda   gumus
miqdorining   va   o‘simliklarni   zarur   oziq   moddalarning   ortishiga   hamda   tuproq
hossalarning yaxshilanishiga imkoniyat yaratildi.
Dehqonchilikning o‘rmonlarni kesish va kuydirish tizimi. Mamlakatimizning
shimoliy   mintaqalarida   yerni   chakalakzor   o‘rmonlardan   tozalash,   yangi   yerlarni
o‘zlashtirishda   inson   o‘tdan   foydalanilgan.   Odamlar   yangi   yerlarni
o‘zlashtirishning   bu   usullarini   bir   vaqtlari   o‘rmon   yong‘inlari   bo‘lgan   yerlarda
tabiiy o‘tlarni o‘sishini kuzatganlaridan keyin qo‘llay boshladilar. Bunday yerlarda
o‘tlar   juda   avj   olib   o‘sgan,   eng   sodda   usulda   yuza   ishlov   byerib   don,   zig‘ir
ekilganda   esa   yaxshi   hosil   olingan.   Natijada   tabiy   o‘rmon   o‘tlari   kuydirilib
tozalangan   yerlar   madaniy   ekin   ekish   uchun   foydalanilgan.   Bu   usul
dehqonchilikning   o‘rmonlarini   kesish   va   kuydirish   tizimi   deb   nomlangan.   Yerda
ko‘plab kul qolishi natijasida tuproq oziq elementlariga boyigan. Bundan tashqari
kul   kislota   muhitli   tuproqlarning   neytrallanishiga   ijobiy   ta’sir   etgan.   Tuproqda
o‘tlar   qoldig‘i   ham   havodagi   azotni   o‘zlashtiruvchi   mikroorganizmlar   faoliyati
natijasida   va   tuproqning   azot   bilan   boyituvchi   mavjudotlarni   nobud   bo‘lishi,
chirishi   va   parchalanishi   natijasida   ham   azot   to‘plangan.   Bularning   hammasi
dastlabki   2-5   yil   atrofida   g‘alla   ekinlaridan   yuqori   hosil   olishni   ta’minlagan.
Keyinchalik   esa   tuproqning   unumdorligi   pasaygan   tabiiy   xossalari   yomonlashgan
mikrobiologik   xossalari   so‘ngan.   CHunki   bu   tizimda   daraxtlar   bilan   o‘rmon, o‘simliklar   to‘plagan   organik   moddalar,   mavjudodlar   va   mikroorganizimlar   ham
kuyib   ketgan.   O‘rmonni   o‘zlashtirib   ochilgan   yerlardan   foydalanish   muddatini
uzaytirish maqsadida yer 1-2 yil ekin ekmasdan tashlab qo‘yilgan. Ayrim hollarda
unchalik   rivojlanmagan   chorvachilik   imkoniyatidan   foydalanib   yerlarga   go‘ng
solinadi.   Ammo   bu   tadbirlar   etishtirilayotgan   ekinlar   hosilning   kamayishi   oldini
ololmaydi. Natijada dehqon mehnatiga yarasha  hosil  ololmagandan  keyin u yerni
tashlab, yangi yer o‘zlashtirgan, tashlab ketilgan yerni esa yana daraxtlar va tabiiy
o‘tlar egallagan.
Yerlarga   xususiy   mulkchilikni   paydo   bo‘lishi,   haydaladigan   may-donlarni
kengaytirish   ilgari   ekin   ekilib,   keyinchalik   tashlab   ketilganda   yana   daraxtlar
o‘sayotgan maydonlarga kelib qayta ekin ekilishini taqozo etadi. Oldingi yerlarga
qaytib   kelib   ekin   etishtirish   qimmatli   o‘rmon   yoki   daraxt   matyeriallaridan
xo‘jalikda   oqilona   foydalanishga   intilish   daraxtlarni   kesish   va   kuydirish   tizimini
o‘rmon-dala tizimi bilan almashinishni taqozo etadi.
3. Dehqonchilikni ekstensiv yoki o‘tuvchi tizimi
Dehqonchilikni   ekstensiv   yoki   o‘tuvchi   tizimi.   Feodalizim   jamiyatida   aholi
sonining   o‘sishi   va   iqtisodiy   munosabatlarni   o‘zgarishi   haydaladigan   yerlar
maydoning ko‘proq bo‘lishini taqozo etdi. Bunda yerlarni partovga tashlab qo‘yish
muddati   bir   yilgacha   qisqardi.   Yerlarga   ishlov   byerish   begona   o‘tlarga   qarshi
kurash   zaruriyati   tug‘ildi,   chunki   yerlar   surunkasiga   bir   necha   yil   g‘alla   ekinlari
ekilavyerib kuchsizlanib begona o‘tlar bilan kuchli ifloslangan edi. SHuning uchun
dala   bir   yil   ekin   ekilmasdan,   faqat   begona   o‘tlarga   qarshi   ishlanadi,   natijada
dehqonchilikning shudgorlash tizimi vujudga keladi. Dastlabki bu tizim ikki dalali
bo‘lib, birinchi dalaga bir yil  kuzgi  don ekinlari  (arpa, suli) ikkinchi  yili  esa  dala
toza   shudgor   uchun   qoldirilgan.   Keyinchalik   bu   tizim   ikki   dalalidan   uch   dalaliga
aylantirilgan.   Bunda   har   dalaga   ikki   yil   g‘alla   (birinchi   yili   kuzgi,   ikkinchi   yili
bahorgi   g‘alla)   ekinlari   ekilib   uchinchi   yili   esa   ekilmay   shudgor   qoldirilgan   edi.
Keyinchalik   bu   tizimning   uch   dalali   almashlab   ekish   dalalariga   kartoshka,   zig‘ir,
tariq, grichixa va boshqa ekinlar ekilar edi. Dehqonchilikning   shudgorlash   tizimida   dastlab   haydaladigan   yerlardan
tashqari,   o‘tloq-yaylov   yerlar   ham   bo‘lgan.   Keyinchalik   o‘tloq-yaylovlar   ham
haydalib,   dehqonchilikning   shudgorlash   tizimiga   kiritilgan.   Bu   tizim   tuproq
unumdorligini oshirishdagi dastlabki urinish desa ham bo‘ladi. CHunki bu tizimda
ekinlarni   navbatlab   ekish   tartibi,   yerni   ishlash   (asosiy   qurol   omoch,   bir   korpusli
plug va yog‘och mola bilan) va o‘g‘itlash mavjud edi.
Dehqonchilikni   shudgorlash   tizimi   ko‘plab   don   etishtirishni   ta’minlaydi.   Bu
tizim   dehqonchilikning   ibtidoiy   tizimidan   farq   qilar   hamda   portov   yer   tizimiga
ko‘ra   ilg‘or   edi.   CHunki   bunda   tuproqning   unumdorligi   yerlarga   ishlov   byerish
hisobiga   ortadi   hamda   o‘simliklarning   solingan   o‘g‘itdan   oziq   elimintlaridan
foydalanishi bir muncha yaxshilanadi.
Don ekinlarining hosilini oshirishda asosan bir yil maboynida ishlab kelingan
shudgorga   ekin   ekilar   edi.   Haqiqatdan   shudgorlash   tizimi   dastlab   g‘alla   ekinlari
hosilini birmuncha oshiradi. 
Dehqonchilikda   partov   yer   tizimining   shudgorlash   tizimi   bilan   almashinishi
qishloq xo‘jaligida katta siljish edi. CHunki eng sodda almashlab ekish qo‘llanildi,
mehnat   unumdorligi   ortdi   va   kuzgi   g‘alla   etishtirish   ko‘paydi.   Ammo   bu   tizim
ayrim   kamchiliklardan   holi   emas   edi,   ya’ni   quyosh   nuri   kuchli   isitgan   sharoitda
ayrim   baktiriyalar   faoliyatini   faollashishi   natijasida   organik   moddalar   tez
minyerallasha   boshlagan.   Tuproqda   organik   moddalarni   kamayishi   uning   tabiiy
xossalarini yomonlashishiga va don ekinlarining hosilini kamayishiga sabab bo‘ldi.
Bundan   tashqari   yerni   soddaroq   ishlash   tuproq   strukturasining   buzilishiga
yerlarning  begona o‘tlar  bilan  ifloslanishiga   sabab  bo‘ladi.  Dehqonchilikning  uch
dalali   shudgorlash   tizimi   Rossiyada   16   asrda   paydo   bo‘lib,   to   1930   yillargacha
hukumronlik qilgan.
Dehqonchilikning   ko‘p   dalali-o‘t   almashlab   ekish   tizimi.   Bunday   yerlarning
yarmi   yoki   undan   ham   ko‘prog‘i   oldin   tabiiy   keyinchalik   esa,   ko‘p   yillik   o‘tlar
bilan band bo‘ldi. Ularning hosilini oshirish uchun qo‘shimcha o‘t ekilib ulardan 4-
6   yilgacha   pichanzor   va   yaylovzor   sifatida   foydalanilgan.   Yerning   ikkinchi
yarmiga   yoki  qolgan   ozroq  qismiga   don  ekinlari  va   boshqa  dala  ekinlari  ekilgan. Ko‘p   yillik   dala   ekinlari   bitta   ko‘p   dalali   almashlab   ekish   dalasida   navbatlangan,
ya’ni  quyida-gi shaklda joylashtirilgan:  1-6 dala- ko‘p yillik o‘tlar, 7- dala zig‘ir,
8-dala   shudgor,   9-dala   javdar,   10-dala   bahorgi   ekinlar,   11-dala   shudgor,   12-dala
javdar, 13-dala bahorgi ekinlar, 14-dala toza shudgor, 15-dala javdar. Bu tizim sof
holda, ya’ni ko‘p dalali-o‘t almashlab ekish sifatida keng ko‘lamda qo‘llanil-masa
ham, ammo uning ayrim elementlari tuproqni suv va shamol yeroziyasidan himoya
qiladigan   em-hashak   almashlab   ekish   va   boshqa   almashlab   ekishlar   bilan
birgalikda muvaffaqyat bilan qo‘llanilmoqda.
Dehqonchilikning   shudgor   va   ko‘p   dalali-o‘t   almashlab   ekish   tizimi
jadalligiga   ko‘ra   ibtidoiy   formalardan   ancha   yuqori   turadi.   Haydashga   yaroqli
yerlarning ko‘pchilik qismi haydalib, ekinzorga aylantirilgan. Ammo yerlarning bir
qismi toza shudgor bilan band bo‘lgan. Ekinlar orasida g‘alla ekinlari, em-xashak
va texnik ekinlari bo‘lmagan yoki bo‘lsada, ularga kichik maydonlar ajratilgan. Bu
tizimda tuproq unumdorligi tabiiy omillar ta’sirida saqlangan va ma’lum miqdorda
ekish,   shudgorga   ishlov   byerish,   ishlab   chiqarish   omillari   va   boshqalar   orqali
insonlar ham boshqargan.
Dehqonchilikning   yaxshilangan   g‘allachilik   tizimi.   Dehqonchilikning   bu
tizimi   Rossiyada   18   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   sut   chorvachiligi
rivojlangan   yoki   texnik   ekinlari   etishtirish   bilan   band   bo‘lgan   xo‘jaliklarda   joriy
etilgan.   Bu   dehqonchilikning   har   xil   jadalroq   ko‘rinishlari   o‘t   ekinlarini   ekish
hisobiga   hosil   bo‘ldi.   Masalan,   shudgorlash   tizimini   yaxshilash,   don-shudgor
almashlab ekishga ko‘p yillik o‘tlarni kiritish usuli bilan hosil bo‘lgan. Natijada 4
dalali almashlab ekishda quyidagicha navbatlandi:   1-dalali shudgor, 2-dalali kuzgi
ekinlarga sebarga qo‘shib ekish, 3-dala sebarga va 4-dala bahorgi don ekinlari.
Dehqonchilikning   ko‘p   dalali-o‘t   almashlab   ekish   tizimi   ham   asta-sekin
yaxshilangan   g‘allachilik   tizimiga   o‘ta   boshladi.   Bunda   ko‘p   yillik   o‘tlar
maydonini qisqartirish hisobiga don ekinlari maydoni kengaytirilgan.
Respublikamiz   mintaqalarida   dehqonchilikning   yaxshilangan   g‘alla-chilik
tizimiga o‘tlar kiritilib bu tizim keng maydonlarda qo‘llanildi. Bu tizimdagi g‘alla-
o‘t   almashlab   ekishda   haydaladigan   yerning   2/3   qismi   don   ekinlari,   15-20%   toza shudgor   va   20-30   %   ko‘p   yillik   o‘tlar   bilan   band   bo‘lgan.   Qator   oralari
ishlanadigan   va   dukkakli-don   ekin-lari   umuman   yo‘q   edi.   Tuproq   unumdorligi
ko‘p yillik o‘tlar shudgorga ishlov byerish, yerni o‘g‘itlash, asosan go‘ng qo‘llash
hisobiga saqlangan. Toza shudgor maydonlarini qisqartirish va band shudgorlarga
almashtirish hamda almashlab ekishga qator oralari ishlanadigan ekinlarni kiritish
hisobiga rivojlantirib borilgan. 
Masalan: 4 dalali almashlab ekish dalasida ekinlar quyidagicha navbatlanadi:
1-dalada   kuzgi   shudgor,   2-dalada   kuzgi   bug‘doy,   3-dalada   qand   lavlagi,   4-dala
bahori   bug‘doy   yoki   arpa   bo‘lgan.   Don   ekinlariga   qa-raganda   qator   oralari
ishlanadigan   ekinlar   yuqori   agrotexnikasi   yerlar-ni   ma’lum   darajada
maydalanishlarini ham ta’minlaydi.
Bunday almashlab ekishda haydaladigan yerning 50-70 % don ekinlar uchun,
15-20  %  qator  oralari   ishlanadigan,  dukkakli   don va  yorma  uchun,  10-25  %  toza
shudgor   uchun   ajratiladi.   Tuproq   unumdorligini   saqlash   va   oshirish   shudgor   va
qator oralari ishlanadigan ekinlar dalasini jadal ishlash, yerga o‘g‘it solish, namni
saqlash   va   to‘plash   tadbirlarini   qo‘llash   hisobiga   amalga   oshiriladi.   Begona
o‘tlarga   qarshi   kurash   shudgor   va   qator   oralari   ishlanadigan   ekinlar   dalasiga
yuklatilgan.
Dehqonchilikning   plodosmen   tizimi.   G‘arbiy   Evropa   mamlakatlarida
kapitalizimni   jadal   rivojlanishi,   shahar   aholisini   o‘sishi,   chorvachilik
mahsulotlariga   talabning   ortishi,   dehqonchilikda   portov   yer   va   shudgor   tizimidan
yana ham intensivroq tizimlarga tezroq o‘tishni taqozo etadi. Natijada plodosmen
tizimi   paydo   bo‘ldi.   Bu   tizimda   tuproq   unumdorligini   tiklash,   asosan   texnika,
o‘g‘it,   yerlarni   ancha   takomillashgan   usullardan   ishlash   va   almashlab   ekishda
ekinlarni   to‘g‘ri   navbatlashtirish   va   boshqalar   asosida   amalga   oshirish   ko‘zda
tutiladi.   Uni   joriy   etish   qator   oralarini   ishlanadigan   va   dukkakli   ekinlarni   ekish
hamda   har   gektar   yerga   sarflanadigan   mehnat   va   mablag‘ni   ko‘paytirish   bilan
amalga   oshiriladi.   Bu   tizim   shudgorlash   tizimiga   qaraganda   ancha   jadalroq   edi.
CHunki   ekin   maydonlarida   boshqa   ekinlar   strukturasini,   tuproq   unumdorligini
saqlashda va oshirishda esa ancha samarali usullarni qo‘llash nazarda tutiladi. Ekin maydonlari strukturasida don ekinlari taxminan 50%, qator oralariga ishlanadigan
ekinlar 25%, dukkakdosh ekinlar 25% ni tashkil etadi.
Almashlab   ekishda   shudgor   qo‘llanmasdan   yoki   nihoyatda   oz   maydonlarga
qo‘llanilib don ekinlarini qator oralarga ishlanadigan va dukkakdosh ekinlar bilan
navbatlab   ekish   plodosmen   deyiladi.   Bu   tizimda   3-4   dalali   va   boshqa   almashlab
ekishlar   qator   oralari   ishlanadigan   shudgorlash   tizimi   bilan   almashinadi.
Makkajo‘xori,   kungaboqar   va   boshqa   ekinlarning   kelib   chiqishi   ham   bu   tizimni
joriy etilishiga turtki bo‘ldi.
Plodosmen   tizimda   donli   ekinlar   strukturasiga   1-2   yildan   ortiq   ekilmaydi,
qator   oralari   ishlanadigan   yoki   em-xashak   ekinlari,   ya’ni   makkajo‘xori,   xashaki
lavlagi,   kartoshka   va   beda   bilan   almashtirilgan.   Natijada   bu   almashlab   ekishda
shudgorlab   qo‘yiladigan   dalalar   maydoni   keskin   qisqaradi   yoki   umuman
bo‘lmaydi, qator oralari ishlanadigan ekinlarda yer yaxshi ishlanadi va yerga go‘ng
solish   imkoniyati   yaratiladi.   Bu   tizim   shudgorlashga   qaraganda   bir   qancha
afzalliklarga   ega   bo‘lsa   ham,   yerlardan   foydalanish   uslubiga   ko‘ra   ekstensiv
tizimiga taaluqlidir.
Dehqonchilik   plodosmen   tizimi   dastlab   Belgiyada   joriy   etilgan,   keyinchalik
Gollandiyada,   Angliya,   Fransiya   va   boshqa   mamlakatlarga   tarqalgan.   XVIII
asrning   30-yillarida   Angliyaning   Norfolk   grafligida   plodosmen   tizimida   4   dalali
almashlab   ekishda   ekinlar   quyidagicha   navbatlanadi:   1-dala   qashqarbeda,   2-dala
kuzgi   bug‘doy,   3-dala   xashaki   sholg‘om,   4-dala   arpa   bilan   qashqarbeda   bo‘lgan.
Gyermaniyada   esa:   1-dala   qashqarbeda,   2-dala   kuzgi   javdar,   3-dala   xashaki
lavlagi, 4-dala suli yoki arpa bo‘lgan.
O‘sha   vaqtdayoq  tuproqni   oriqlantiradigan   ekinlar   unumdorlikni   oshiradigan
ekinlar   bilan   navbatlab   ekilsa,   mo‘l   va   barqaror   hosil   olish   mumkin,   degan
xulosaga   kelgandi.   Almashlab   ekishga   kiritilgan   qand   lavlagi,   xashaki   ildiz
mevalar, kartoshka va boshqa ekinlar haydalma qatlam qalin bo‘lishiga talabchan
ekinlar   edi,   bu   holat   esa   yerlarni   chuqurroq   haydashga   undadi.   Qator   oralari
ishlanadigan   ekinlarga   go‘ng   solindi   chunki   u   almashlab   ekishdan   keyin
navbatlanadigan ekinlarga ijobiy ta’sir etadi.  XVIII   asr   G‘arbiy   Evropa   mamlakatlarida   dehqonchilikning   uch   dalali
almashlab ekishdan plodosmen tizimiga o‘tish va yerga go‘ng solish bilan bir yo‘la
chuqur ishlov byerish bug‘doyning o‘rtacha hosildorligini gektaridan 7-8ss dan 16-
17ss   gacha   oshirishga   imkon   byeradi.   Bu   tizimning   minyeral   o‘g‘it   ishlatilgan
dalalarda 1900-1930 yillarda bug‘doy hosildorligini gektariga 25-30ss ni, ikkinchi
jahon urushidan keyin esa 40ss va undan ortiqni tashkil etgan.
Dehqonchilikning   plodosmen   tizimini   M.G.Pavlov,   A.V.Savetov,   K.A
Timiryazev, D.N.Pryanishnikov va boshqalar keng targ‘ib etdi.
Dehqonchilikning o‘t almashlab ekish tizimi. Dehqonchilikning yaxshilangan
g‘allachilik   va   ko‘p   dalali   o‘t   almashlab   ekish   tizimini   bitta   o‘t-dalali   almashlab
ekish  tizimiga birlashtirib, asosan  ikkita, ya’ni   dala va  o‘t  almashlab  ekishga   ega
edi.   O‘t   va   dala   almashlab   ekishni   birlashtirish,   ayniqsa   yi-rik   jamoa   va   dala
xo‘jalikari   tashkil   etish   davrida   muhim   ahmiyatga   ega.   Almashlab   ekishda   bir
yillik   va   ko‘p   yillik   o‘simliklarni   ekish   tabiiy   em-xashakni   samaradorligini   bir
necha   marta   oshiradi.   CHorvachilikni   bu   asosida   rivojlantirish   go‘ngning
ko‘payishini va almashlab ekish dalalarida ekinlar hosilini oshirishni ta’minlaydi.
V.R.Vil ь yams   unumdor   tuproqning   asosiy   ko‘rsatgichi   uning   strukturasidir
deb, strukturani yuqori baholadi va u ko‘p yillik dukkakdosh   hamda boshoqdosh
o‘tlar   aralashmasini   ekish   bilan   hosil   qilinadi   deb   izohladi.   Natijada   bu   tizimda
o‘tlar va em-xashak ekinlari asosiy zveno bo‘lib qoladi.
Bu   zvenoning   asosiy   xususiyatlaridan   biri   hamma   tuproqlarda   mayda
kesakchali  mustahkam  struktura hosil qilishdir. SHuning uchun hamma narsa shu
masalani hal qilishga qaratilgan edi. CHunki faqat shunday tuproqlargina madaniy
o‘simliklarni yerdagi hayot omillarni birinchi navbatda suv va oziq moddalar bilan
yaxshi   ta’minlashi,   bunday   struktura   esa   ko‘p   yillik   o‘t   aralashmalari,   ya’ni
qashqarbeda   bilan   ajriqbosh   qo‘shib   ekilganda   hosil   bo‘ladi   deb   hisoblaydi.   SHu
maqsadda hamma almashlab ekishlarga ko‘p yillik o‘tlar kiritilgan. Dala almashlab
ekishda mustahkam struktura hosil qilish uchun o‘tlarni 2 yil, em-xashak uchun esa
ko‘proq vaqt etishtirish tavsiya etiladi. Ekin maydonlarning joylashtirish strukturasiga ko‘ra, bu tizim ham ekstensiv
tizimdir.   CHunki   almashlab   ekishda   toza   shudgor   o‘rin   oladi.   Sakkiz   dalali
almashlab ekishda 50 % maydon don, 12,5 % maydon chopiq qilinadigan va texnik
ekinlari bilan band bo‘ladi. Ko‘p yillik o‘simliklar 25 % ni, toza shudgor 12,5 % ni
band etadi. Dehqonchilikning o‘t almashlab ekish tizimi quyidagi zvenolarni: yerni
asosiy   va   ekin   ekishdan   oldin   ishlashning   to‘g‘ri   tizimini:   ekinlarga   organik   va
minyeral   o‘g‘it   solishning   to‘g‘ri   tizimini   ixota   daraxtzor-larini   barpo   etish,
almashlab   ekish   tizimiga   kiritilgan   va   har   qaysi   sharoitga   moslashgan   ekinlarni
navdor va yaxshilangan mahalliy urug‘larni ekish, sug‘orish tizimini rivojlantirish
va suv omborlari qurish bilan mahalliy suv manbalarini ko‘paytirish va boshqalarni
o‘z   ichiga   oladi.   Qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishda   o‘t-dalali   almashlab   ekish
tizimi   mukammal,   tugallangan,   uyg‘unlashgan   holda   joriy   etilmadi.   Ammo   bu
tizimning ayrim zvenolari, agar etarli sharoit hisobga olinsa, hatto bugungi kunda
ham katta aham i yatga ega. O‘sha vaqtda qishloq xo‘jaligining texnik bazasi etarli
rivojlanmagan   edi,   shuning   uchun   dehqonchilik   tizimi   yoki   uning   ayrim
elementlari   ma’lum   sharoitdagina   ekinlar   hosilining   va   tuproq   unumdorligining
oshishini ta’minlay oladi, xolos.
4. Dehqonchilikning intensiv tizimi
Intensiv   (jadallashgan)   dehqonchilik   tizimi.   XVIII   asr   o‘rtalarida   G‘arbiy
Evropa   mamlakatlari   jadallashgan   dehqonchilik   tizimiga   o‘ta   boshladi.   Bu
tizimning farqli   belgilari   bo‘lib  tabiiy em-xashak  maydonlarini  haydash   va ularni
shudgorga aylantirish, toza shudgordan foydalanmaslik, ekin maydonlari tarkibida
dukkakli va chopiq qilinadigan ekinlarni mavjudligi va ularni navbatlanishi, yuqori
me’yorda   minyeral   va   organik   o‘g‘itlardan   foydalanilishi,   tuproqqa   juda   yaxshi
ishlov byerish, begona o‘tlar bilan samarali kurashish va boshqalar hisoblanadi. 
Dehqonchilikning   intensiv   tizimiga   qator   oralari   ishlanadigan   sanoat-zavod,
o‘t   qator   oralari   ishlanadigan   ekinlari,   don   qator   oralari   ishlanadigan   ekinlari
tizimlari kiradi. Bu tizimlarda yerlar ekinlar bilan to‘liq band bo‘ladi. Agrotexnik, agrokimyoviy,   agromeliorativ   tadbirlar   fan   va   texnikaning   hozirgi   zamon
yutuqlaridan foydalanilgan holda dehqonchilik olib boriladi.
Bu   tizimda   har   bir   mintaqaning   tuproq-iqlim   sharoitini,   o‘simliklarning
biologik   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   samarali   dehqonchilik   tizimlarini
loyihalashtirish, joriy etish hamda dehqonchilik tizimlarining har bir bo‘g‘inida fan
va texnikaning eng samarali yutuqlaridan foydalanishni taqozo etadi. SHuningdek,
turli tuproq-iqlim sharoitida samarali dehqonchilik tizimlarini tashkil etish va olib
borish,   ularning   samaradorligini   aniqlash,   tahlil   etish   natijasiga   ko‘ra   ularning
tarkibiy qismlarini takomillashtirib borish zarur.
Atrof-muhit   muhofazasiga   oid   chora-tadbirlar   tizimi.   Bu   chor-tadbirlar
tizimiga   qishloq   xo‘jaligi   va   u   bog‘liq   bo‘lgan   tabiiy   muhitda   barqaror,   sifatli
biologik   toza   mahsulot   ishlab   chiqarishda   agroekosistemalarning   tabiiy
bioenyergetik potensialidan foydalanish, agrar sektorning tabiiy boyliklar bazasini
muhofaza qilish, uni tiklash, ko‘paytirish, ekologik toza mahsulot olish choralarini
yoritish va atrof-muhit sofligini saqlash, uning ifloslanishini oldini olishdan iborat.
Tuproqning   biologik   faoliyatiga   kimyoviy   o‘g‘itlar   va   pestitsidlarning
intensiv ishlatilishi g‘oyat katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularning tuproq faunasi va
florasiga   qisman,   xatto   butunlay   degradatsiyalanib   tuproqdagi   chirindi   kamayib
ketdi.   Bundan   tashqari,   ko‘pgina   pestidsidlar   tabiiy   muvozanatni   buzadi.   Buning
oqibatida   tuproqning   unumdorligi   pasayib   ketdi.   Fan   texnika   yutuqlarini   xalq
xo‘jaligida   qo‘llash     jarayonida   tabiiy   boyliklardan   tejamkorlik   bilan   foydalanish
va muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Dehqonchilik   tizimining   barcha   tarkibiy   qismlari   yangi   ilmiy   va   amaliy
bilimlar to‘plangani sari doimo takomillashtirib borilishi va rivojlantirilishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU. DEHQONCHILIK TIZIMI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI Reja: 1. Dehqonchilik tizimi haqida tushuncha. 2. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimi. 3. Dehqonchilikning ekstensiv tizimi. 4. Dehqonchilikning intensiv tizimi.

1. Dehqonchilik tizimi to‘g‘risida tushuncha Dehqonchilik tizimi – bu tuproq unumdorligini tiklash va oshirishga, yerdan jadal foydalanishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan agrotexnik, meliorativ va tashkiliy chora-tadbirlar majmuidir. Boshqacha aytganda dehqonchilik tizimi yerdan samarali foydalanishga, tuproq unumdorligini va samaradorligini oshirishga qaratilgan barcha agrotexnika va melioratsiya tadbirlari majmuidir. Bular almashlab ekish, yerni ishlash, o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish, mahalliy sharoitga moslashgan, zararkunanda va kasalliklarga chidamli syerhosil navlarni ekish, ekinlarni takomillashgan usullarda parvarish qilish, begona o‘tlar, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash, kompleks mexanizatsiyadan foydalanish, tuproqning shurlanishi va botqoqlanishiga qarshi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish va ihota daraxtzorlari barpo etish va hokazolardan iborat. Dehqonchilik tizimi bilan qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimi aynan bir xil, deb qaramaslik kyerak. CHunki qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimi xo‘jalikning ixtisoslashuvi (ya’ni uning yunalishi), agrotexnika tadbirlari kompleksi, chorvachilik tadbirlari tizimi, mashinalar tizimi, tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar tizimi va boshqalardan tashkil topgan bo‘lib, dehqonchilik tizimi ilmiy asoslangan tadbirlarining muhim bug‘ini hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik tizimi deganda, zamonaviy fan va texnika yutuqlariga asoslangan holda har gektar yerga eng kam mehnat va mablag‘ sarflab, eng ko‘p mahsulot etishtirishga qaratilgan, ma’lum tabiiy va iqtisodiy sharoitdagi ishlab chiqarishni boshqarish tushuniladi. Dehqonchilik tizimi xo‘jalikni boshqarish tizimining tarkibiy va ajralmas qismi bo‘lib, u doimiy bo‘lmaydi. Binobarin, kishilik jamiyatining rivojlanishi asosida tuzumlarning o‘zgarishi, fan va texnikaning rivojlanishi bilan u ham o‘zgaradi. Hozirgi vaqtda tuproq unumdorligini oshirish va tiklash usullarini, yerlardan foydalanish intensivligini ifodalaydigan, o‘zaro aloqador agrotexnika, melioratsiya va tashkiliy tadbirlar kompleksa, dehqonchilik shakllari dehqonchilik tizimi deb tushuniladi.

Xozirgi zamon dehqonchilik tizimi yerlardan iloji boricha samarali foydalanishni va uning unumdorligini oshirishni, konkret va iqtisodiy sharoitda eng kam mehnat va mablag‘ sarflangan holda har gektar yerdan eng ko‘p va yuqori xosil etishtirishni ta’minlashi kyerak. Dexkonchilikning ilmiy asoslangan tizimi qishloq xo‘jaligini tabiiy ofatlardan saqlashda, tuproq unumdorligini oshirishda, ilg‘or agrotexnika tadbirlarini o‘zlashtirishda, yerlarni sug‘orishda, ximikatlardan foydalanishda, ratsional almashlab ekishda, yaxshi nav ekinlarni ekishda mexanizatsiyadan keng ko‘lamda foydalanishga yordamlashishi zarur. SHular asosida hosildorlikni oshirish va yana ham ko‘paytirishga yerishiladi. Barcha dehqonchilik tizimlari umumiy tarkibiy qismga ega. Bunga quyidagilar: xo‘jalik tyerritoriyasining agrotexnikasini tuzish va almashlab ekish tizimi; yerni ishlash tizimi; o‘g‘itlash tizimi; begona o‘tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash tizimi; urug‘chilik; tuproqni suv va shamol yeroziyasidan himoya qilish tadbirlari va hokazolar kiradi. Har xil tuproq-iklim zonasi dehqonchilik tizimining umumiy tarkibiy qismiga yuqoridagilar bilan bir qatorda: ihota-o‘rmon polosalari barpo etish; sug‘orish; botqoqliklarni quritish; ximiyaviy melioratsiya (ohaklash, gipslash va boshqalar) ham qo‘shiladi. O‘zbekiston sharoitida tuproq unumdorligini oshirishda sug‘orish, nam to‘plash va saqlashga qaratilgan yerga ishlov byerish tizimi boshqalar eng asosiy omil hisoblanadi. Dehqonchilik tizimining rivojlanish tarixi dehqonchilikning turli jadallashtirish fazalarida o‘z aksini topadi, bu yerdan foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish usullarida namoyon bo‘ladi. Dehqonchilik rivojlangani sari tuproq unumdorligini tiklash va oshirish xususiyatlari ham o‘zgarib boradi. Dehqonchilik jadallashuvi, o‘sib borishi bilan tuproq unumdorligining tabiiy tiklanish jarayonlari tuproqqa insoniyatning faol ta’siri bilan almashinadi. Dehqonchilik tizimi uzoq rivojlanish, ya’ni ibtidoiy jamoa, feodalizm, kapitalistik va boshqa davrlarini bosib o‘tdi. Hayot sharoiti o‘zgarishi bilan u yoki bu sotsial-

iqtisodiy vaziyatga bog‘liq ravishda ishlab-chiqarish va dehqonchilik tizimi ham o‘zgarishi kuzatilgan. Dehqonchilik tizimi haqidagi ilk ishlar yeramizdan oldingi IV-I asrlarda paydo bo‘lgan. Katon va Kolumellalarning ishlarida dehqonchilikning amaliy tajribalari umumlashtirilgan va qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirish uchun yaroqliligiga ko‘ra tuproqlarni klassifikatsiyalashtirish, tuproq unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar majmui hamda o‘sha davrga tegishli dehqonchilik tizimining boshqa elementlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Dehqonchilik tizimining fan sifatida avj olib rivojlanishi g‘arbiy Evropada kapitalistik munosabatlar vujudga kelishi bilan bog‘liqdir. Dehqonchilik tizimining mamlakatimizda rivojlanishiga M.Muxammadjonov, Z.Tursunxo‘jaev, A.K.Qashqarov, I.Madraimov, A.K.Yermatov va boshqa olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Hurmatli birinchi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 2003 yildagi “Qishloq xo‘jalik islohotlarini chuqurlashtirishning muhim yo‘nalishlari” to‘g‘risidagi va “2004-2006 yillarda fyermyer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘-risidagi farmonlarda ham kelajakdagi qishloq xo‘jaligida olib boriladigan islohotlar ko‘zda tutilgan. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni yuritishning turli shakllariga bog‘liq ravishda dehqon-chilik shakllarida katta o‘zgarishlar ruy byerishi kuzatiladi. SHu bois, yangi dehqonchilik tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Dehqonchilik tizimi samaradorlik darajasiga ko‘ra uch turga ibtidoiy, ekstensiv va intensivga bo‘linadi. 2. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimi Birinchi dehqonchilik tizimi u rivojlangan davrning boshiga, ya’ni faqatgina tuproqning tabiiy unumdorligidan foydalanilgan davr uchun xaraktyerlidir. Bunday dehqonchilik tizimi ibtidoiy dehqonchilik tizimi (primitiv) deyiladi. Bu tizimda ekinlarni etishtirish uchun yaroqli bo‘lgan yerlar va foydalaniladigan yerlar 4/1 qismdan oshmagan. Bu yerlarning unumdorligi pasayib borishi bilan ularning tabiiy tiklanishi uchun qoldirilgan. Agar ekinlar 10-15 yil davomida etishtirilmaydigan bo‘lsa, bunday tizim partov (qo‘riq) yer, 30-40 yil davomida

foydalanilmasa u tashlandiq yer deyiladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda bunday dehqonchilik tizimlaridan foydalanilmaydi. Qayd etilganlardan tashqari, o‘rmonlarni yoqib dehqonchilik qilish va o‘rmonlarni kesib dehqonchilik qilish tizimlari ham mavjud bo‘lgan. Birinchi holatda o‘rmonlar kesilgan yoki yoqib yuborilgan va bo‘shagan maydonlarga 2-3 yil davomida, asosan boshoqli ekinlar ekilgan, so‘ngra tuproq unumdorligi pasayib ketganligi tufayli tashlab ketil-gan. Yerga shaxsiy mulkchilik paydo bo‘lganidan keyin va bo‘sh yerlar maydoni kamayib ketganidan so‘ng o‘rmonlarni yoqib dehqonchilik qilish tizimi o‘rmonlarni kesish tizimi bilan almashingan. Bu tizimda o‘rmonlar yoqilmaydi, balki undan qurilish matyeriali sifatida foydalaniladi, faqatgina mayda shox- shabbalar, butalar va boshqa daraxt qoldiqlari yoqiladi. Dehqonchilikning qo‘riq yoki bo‘z yer tizimi. Dehqonchilikning bu tizimi eng qadimiy tizimlardan hisoblanib, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida, ya’ni xususiy mulkchilik bo‘lmagan davrda paydo bo‘lgan. Bu vaqtda yerlar oddiy usulda ishlangan, dehqonlar ixtiyoridagi qo‘riq yerlar maydoni cheklanmagan. Dehqonlar yerlarni eng oddiy qurollar bilan ishlaganlar va 3 – 4 yil mut-tasil asosan don ekinlarini (bug‘doy, tariq, arpa va hakozo) ekkanlar. Bir maydonga hadeb bir xil ekin ekavyerish va sodda agrotexnika tadbirlarni qo‘llayvyerish natijasida begona o‘tlar ko‘payib, tuproqda ba’zi oziq elimentlari kamayib, unumdorligi pasayib ketgan, bular ekinlar hosilining kamayishiga sabab bo‘lgan. Tuproqning unumdorligi va ekinlarning hosili kamayganligini sezgan dehqonlar ishlanib kelinayotgan yerlarni tashlab (ekin ekmay) qo‘yib, uning o‘rniga tabiy xossalari yaxshi va unumdorligi yuqori bo‘lgan yangi qo‘riq yerlarga ekin ekkan, tashlab qo‘yilgan yerlar esa dastlabki yillari ayniqsa bir yillik begona o‘tlar bilan ifloslangan, keyinchalik bir yillik begona o‘tlarni ko‘p yillik begona o‘tlar siqib chiqaradi. Yerlar taxminan 15-20 yil qo‘riq qilib tashlab qo‘yilganda, tuproq ekin ekish davrida yo‘qotgan unumdorligini va tabiiy xossalarini begona o‘tlar hisobiga qayta tiklagan va bunday yerlarning hosildorligi tipik qo‘riq yerlarnikidan farq qilmagan. Tuproq unumdorligi va xossalarining shu usulda tiklanishi dehqonchilikning qo‘riq yoki bo‘z yer tizimi deb nomlanadi.