logo

Deviant xulq-atvorning kelib chiqish sabablari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.4892578125 KB
Mavzu:  Deviant xulq-atvorning kelib chiqish sabablari.
REJA:
1.   Deviatsiya va uning turlari.
2.  O’smirlarning deviant xulq-atvori sabablari
3.  Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik  amaliyot yuritish.
           4.Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korrektsiya 
masalalari.
  Odatda   deviatsiyalar   o’spirinlik   davrida   yuzaga   keladi.   O’spirinlik   davri   yoshlik
davrlari   ichida   eng   murakkabidir.   Uni   o’tish   davri   ham   deb   atashadi,   chunki   bu
davr   mobaynida   bolalikdan   yigitlikka   o’tish   ro’y   beradi   va   bu   jarayon   o’smir
rivojlanishining   barcha   jihatlari-anotomik-fiziologik   tuzilishi,   aqliy,   axloqiy
rivojlanishida o’z ta’sirini ko’rsatadi.
O’smirlik davrida o’smir hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi,
bu   esa   o’z   navbatida   ruhiyatning   qayta   shakllanishiga,   tengdoshlari   bilan
munosabatlarning yangi shakllari paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirning ijtimoiy
maqomi   o’zgaradi.   Unga   nisbatan   kattalar   tomonidan   yanada   jiddiyroq   talablar
qo’yila boshlaydi.
Deviatsiya turlari
Jamiyatda   qabul   qilingan   qoidalar,   xulq-atvor   normalaridanchetga   chiqqan
o’smirlarni   qiyin   o’smir   yoki   qiyin   tarbiyalanadigan   o’smir   deyishadi.   Qiyin
tarbiyalanish   deganda   pedagogik   ta’sirga   qarshilik   ko’rsatish   tushuniladi.
O’smirning qiyin tarbiyalanishi, u tomonidan qabul qilingan norma va qoidalarga
amal qilinmasligini fanda deviatsiya hodisasi orqali o’rganiladi.
Deviatsiya   (og’ish)   ham   insonga,   ham   uni   o’rab   turgan   olamga   xos   bo’lgan
o’zgaruvchanlik   hodisasining   jihatlaridan   biri   hisoblanadi.     ijtimoiy   sohada
o’zgaruvchanlik   hodisasining   jihatlaridan   biri   hisoblanadi.     ijtimoiy   sohada
o’zgaruvchanlik   faoliyatga   bog’liq   va   insonning   atrofdagilar   bilan   o’zaro
munosabatini   aks   etadigan   xulq-atvorida   o’z   ifodasini   topadi.   Avval   aytib
o’tganimizdek, xulq-atvor norma va chetga chiqqan bo’ladi.
O’smirning   normal   xulq-atvori   uning   bilan   ijtimoiylashuvi   rivojlanishi
ehtiyojlariga   mos   tushuvchi   mikrosotsium   o’zaro   munosabati.   Agar   bolani
atrofdagilari   o’smirning   u   yoki   bu   xususiyatlariga   o’z   vaqtida   e’tibor   qaratishsa
uning xulq-atvori doimo normal bo’ladi.
Bundan   kelib   chiqadiki,   me’yordan   chetga   chiqqan   xulq-atvorni   jamiyat
rivoji   va   svilizatsiyasini   bola   shaxsiyatining   xususiyatlarini   inobatga   olmaslik
oqibatida   buzilishiga     olib   keluvchi   bolaning   jamiyat   bilan   munosabati   sifatida
tushunsak bo’ladi.  Aftida   chetga   chiquvchi   xulq-atvor     ijtimoiy   dezadaptatsiya   ko’rinishlaridan
biri   hisoblanadi.   Bolalar   va   o’smirlar   dezadaptatsiyasi   haqida   gapirganda   bu
jarayonga giriftor bo’lgan bolalar toifalarini aniqlab olish lozim:
-maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar,
-etim bolalar,
-   ijtimoiy   yetimlar,   bolalar   uylarida   joylar   yetishmasligi   sababli   ular   oylab   o’z
navbatlarini ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalari bilan yashagan holda
kutishadi.   SHu   bilan   birga   ular   tuzuk   ovqatlanishmaydi,   jismoniy,   ruhiy,   jinsiy
qiynoqlarga duchor bo’lishadi.
-giyohvand va toksin moddalar iste’mol qiluvchi bolalar,
-jinsiy intizomsiz bolalar,
-g’ayrihuquqiy   hatti-harakatlar   sodir   etgan   bolalar.   Rasmiy   ma’lumotlarga   ko’ra
ularning soni kattalarga qaraganda ikki hissa tez oshmoqda.
Deviatsiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan iborat.
Deviant   xulq-atvor-mikro   ijtimoiy   munosabatlar   (oilaviy,   maktabdagi
munosabatlar)   va   kichik     ijtimoiy   guruhlarga   xos   bo’lgan     ijtimoiy   normalar   va
xulq-atvor   qoidalarini   buzish   bilan   bog’liq   me’yordan   og’uvchi   xulq-atvor
turlaridan biridir. Bu xulq-atvorni g’ayriintizomiy deb atasak ham bo’ladi. Deviant
xulq-atvorning   yorqin   namoyon   bo’lishiga   namoyish,   agressiya,   chaqiruv,
o’qishdan   qochish   va   daydilik,   boalar   va   o’smirlarning   aroqxo’rlik,   giyohvandlik
va u bilan bog’liq g’ayriijtimoiy harakatlar, jinsiy xarakterdagi g’ayriijtimoiy hatti-
harakatlar, o’zigo’ suiqasd qilishga urinishlarni misol qilib keltirsak bo’ladi. 
Delinkvent   xulq-atvor   deviantdan   farqli   ravishda   bolalar   va   o’smirlarning
takrorlanib   turuvchi   g’ayriijtimoiy   hatti-harakatlar   sifatida   xarakterlanadi.   Bu
harakatlar huquqiy normalarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko’ra jinoiy
javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan muayyan harakatlar majmuasiga aylanadi.
Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud:
-agressiv   xulq-atvor,   bunga   haqoratlash,   sadistik   harakatlar,   o’t   qo’yish   kabilar
kiradi; - g’arazli xulq-atvor: kichk o’g’riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib qochish va
moddiy daromad olish maqsadidagi boshqa mulkiy tajovuzlar;
-giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish. 
Delikvent xulq-atvor nafaqat tashqi jihatdan, balki ichki-shaxsiy xulq-atvorda
ham namoyon bo’ladi. YA’ni bunda o’smirda ichki tartibga solish tizimini nazorat
qilishni susayishiga olib keluvchi qadriyatlarning o’zgarishi ro’y beradi.
Jinoiy   hatti-harakat   jinoiy   javobgarlikka   tortishga,   ma’lum   yoshga   yetganda
jinoiy   ish   qo’zg’ashga   sabab   bo’luvchi   va   jinoyat   kodeksining   muayyan
moddalarida nazarda tutilgan g’ayrihuquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi.
Deviatsiyaning   salbiy   turlari     ijtimoiy   potologiya   hisoblanadi.   Bularga
aroqxo’rlik,   toksikomaniya,   giyohvandlik,   fohishabozlik,   o’z   joniga   qasd   qilish,
huquqbuzarlik   va   jinoyatchilikni   kiritsak   bo’ladi.   Ular   tizimni   barbod   etishadi,
uning asoslariga putur yetkazishadi va anchagina zarar keltirishadi.
O’smirlarning deviant xulq-atvori sabablari
Me’yordan  chetga  chiquvchi  xulq-atvor   murakkab  tabiatga   ega  bo’lib,  turli
xil omillar bilan izohlanadi. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib
chiqaruvchi omillar quyidagilardir:
1.   Biologik   omillar   bola   organizmida   uning   ijtimoiy   adaptatsiyasini
qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o’z ifodasini
topadi. Ularga quyidagilar kiradi:
-irsiy xsusiyatlar;
-aqliy   rivojlanishning   buzilishi,   eshitish   va   ko’rishning   susayishi,   asab   tizimining
zararlanishi va boshqalar;
-organizmga psixofiziologik zo’r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy
tarkibi,   turli   somatik,   allergik,   toksik   kasallanishlarga   olib  keluvchi,   ya’ni   quvvat
manbalari bilan bog’liq bo’lgan psixofiziologik xususiyatlar.
2.   Psixologik   omillar.   Bularga   bolada   psixopatalogiya   yoki   xarakterining
aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari,
psixopatiya,   nevrosteniya   va   bolada   g’ayriadekvant   reaksiyalarni   paydo   qiluvchi
boshqa omillarda namoyon bo’ladi. YOrqin   namoyon   bo’lgan   psixopatiyaga   (tentaklik)   ega   bolalar   psixiatrlar
yordamiga muhtojlar.
Ruhiy   me’yorning   eng   keskin   varianti   hisoblanmish   aksentuatsiyaga   ega
bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiytibbiy
reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar.
Bola   rivojlanishining   har   bir   davrida   shaxsiyat   va   xarakterning   ba’zi   ruhiy
hislatlari   shakllanadi.     O’smirda   ruhiyat   rivojlanishining   ikki   bosqichi   kuzatiladi:
yoki   u   yashaydigan   ijtimoiy   muhitdan   bezib   qoladi,   yoki   ko’nikib   ketadi.   Agar
oilada   bola   ota-onasi   tomonidan   yetarli   mehr   his   qilmasa   unda   bu   holatda   uning
himoya   vositasi   vazifasini   begonalashuv   bajaradi.   Bu   begonalashuv   asabiy
reaksiyalar,   atrofdagilar   bilna   munosabatlarning   buzilishi,   emotsional   sovuqlik,
psixik rivojlanishning to’xtab qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon bo’ladi.
O’smirlarga   xos   bo’lga   rad   etish,   qarshi   chiqish   kabi   hislatlar   odatda   bir-
biriga emotsional bog’liq bo’lgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi. 
O’smir   axloqiy   qadriyatlari   tizimining   shakllanmaganligi   holatida   uning
qiziqishlari   g’arazli   xarakter   kasb   eta   boshlaydi.   Bunaqa   o’smirlarga   infantilizm,
ko’ngilochar hikoyalar xosdir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar  maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida
namoyon bo’lib, uning asosida  yoshlik chog’ida salbiy tajriba to’planishligi  bilan
bolaning   erta   ijtimoiylashuvidagi   og’ishlarga   olib   keluvchi   yosh,   jinsiy   va
individual   hususiyatlar   yotadi.   Bunaqa   bolalar   avvalambor   maktabda   yomon
tayyorlanishgan   bo’lishadi,   uy   vazifalariga   mas’uliyatsizlik   bilan   qarashadi,
maktab   baholariga   befarqliklarini   bildirishadi.   Bu   esa   ularning   o’quv
dezadaptatsiyasidan dalolat beradi.
Maktab   o’qo’vchisining   dezadaptatsiyasi   o’z   rivojlanishida   quyidagi
bosqichlardan o’tadi:
-o’quv   dekompensatsiyasi-bola   bir   yoki   bir   nechta   fanlarni   o’zlashtirishida
qayinchiliklra paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan holat; -maktab   dezadaptatsiyasi   –o’qish   jarayonidagi   qiyinchiliklar   bilan   bir   qatorda
o’qituvchilar,   sinfdoshlar   bilan   nizolashishda   namoyon   bo’ladigan,   xulq-atvor
buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati;
-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o’qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom
so’nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;
-bo’sh vaqtni o’tkazish muhitining kriminallashuvi.
Bolaning   psixo   ijtimoiy   rivojidagi   me’yordan   chiqishning   yana   bir   muhim
omili   noxush   oila   hisoblanadi.   Voyaga   yetmagan   bolalarda   g’ayriijtimoiy   xulq-
atvorni   shakllanishiga   olib   keladigan   oilaviy   munosabatlar   turlarini   ajratib
ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular:
-o’zida   bir   tomondan   bola   xohishlariga   erk   berish,   boshqa   tomondan   esa   bolani
nizoli   vaziyatlarga   undashni   yoki   oilada   ikki   axloq-oila   uchun   yurish-turish
qoidalari,   jamiyat   uchun   umuman   boshqa   qoidalarni   mujassam   etgan   tariyaviy
munosabatlar turi;
-to’liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida
tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;
-spirtli   ichmliklar,   giyohvand   moddalar   iste’moli,   g’ayriaxloqiy   hayot   tarzi,   ota-
onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog’liq a ijtimoiy munosabatlar turi.
SHavqatsiz   muomula   (haqorat)   deb   bolaga   g’amxo’rlik   qiluvchi   yoki   unga
vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi. 
Bolaning   ruhiy-ijtimoiy   rivojlanishiga   oila   va   uning   ta’sirini   tahlil   qilish
shuni   ko’rsatadiki,   aksariyat   bolalarda   ijtimoiylashuv   shartlari   buziladi.   Ularning
bir   qismi   deviatsiya   holatiga   olib   boruvchi   turli   jismoniy   va   ruhiy   xavflar   ostida
yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.
4.   Ijtimoiy-iqtisodiy   omillar     ijtimoiy   tengsizlik,   jamiyatning   boylar   va
kambag’allarga   sinflashishi,   axoli   ko’p   qismining   kambag’allashib   ketishi,
ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo’yilishidan iborat. 
5.   Axloqiy   omillar   bir   tomondan   zamonaviy   jamiyatning   past   axloqiy
darajasida,   qadriyatlarning   yo’qolib   ketishida   namoyon   bo’lsa,   boshqa   tomondan esa   jamiyatning   deviant   xulq-atvorning   namoyon   bo’lishiga   befarq   qarashida   o’z
aksini topadi.
Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik   amaliyot yuritish.
   O’smirlar   deviant   xulq-atvorining   profilaktikasi.   O’smirlik   yoshida
deviatsiya namoyon bo’lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu
o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq
etish   vazifasini   qo’yadi.   Ilmiy   nazariy   va   amaliyotda   ikki   asosiy   texnologiya-
profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan.
Profilaktika-o’smirlar   xulq-atvorida   ijtimoiy   normalardan   og’ishning   turli
shakllarini   keltirib   chiqaruvchi   asosiy   sabab   va   sharoitlarni   bartaraf   etishga
qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir.
U asosan bolani o’rab turuvchi muhitga bog’liq bo’ladi. 
Profilaktika   chora-tadbirlarini   amalga   oshirayotganda   ijtimoiy   pelagog
quyidagi qoidalarga suyanadi:
1.   Ijtimoiy   madaniy   normani   o’zlashtirish   shaxs   ijtimoiylashuvi   jarayonida
amalga   oshadi.   Qadriyatlar,   g’oyalar   va   boshqa   ramqiy   tizimlar   majmuasini
o’zlashtirmay inson jamiyatning to’la qonli a’zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2.   Ijtimoiy   madaniy   normaning   muxolifi   bolalarning   ijtimoiy   madaniy   va
pedagogik qarovsizligi bo’lib, u nafaqat bola rivojining g’ayrinormal alomati balki
uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi.
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy
normadan   balki   muayyan   sharoitda   yashashga   majbur   bo’lgan   boladan   kelib
chiqishi lozim.
4.     Bola   reabilitatsiyasi   faoliyat   sub’ekti,   ijtimoiy   sub’ekt   va   shaxs   darajasida
amalga oshirilishi kerak.
“Profilaktikasi”   atamasi   o’zi   noxush   oqibatlarni   keltirib   chiqaruvchi
sabablarni bartaraf etish ma’nosini bildiradi. 
Ijmimoiy og’ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olsak,
profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ajratsa bo’ladi:
-neytrallashtiruvchi, -o’rnini to’ldiruvchi,
-   ijtimoiy   og’ishlarga   sabab   bo’luvchi   holatlarni   yuzaga   kelishidan
ogohlantiruvchi,  
-bu holatlarni bartaraf etuvchi,
-o’tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi.
Ijtimoiy   pedagogning   o’smirlar   bilan   profilaktika   ishlari   olib   borishiga   bir
nechta yondashuvlar mavjud:
 Informatsion yondashuv-voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va jamiyat
tomonidan   axloqiy   normalarni   bajarishga   taqdim   etilgan   huquq   va
majburiyatlardan xabardor qilinadilar.
  Ijtimoiy   profilaktik   yondashuv.   Bunda   asosiy   maqsad   negativ   hodisalarni
aniqlash,   bartaraf   etish   va   neytrallashtirishdir.   Bu   yondashuning   mohiyati   davlat,
jamiyat,   muayyan   ijtimoiy   pedagogik   muassasa,   ijtimoiy   pedagog   tomonidan
deviant   xulq-atvorni   keltirib   chiqaruvchi   sabablarni   bartaraf   etishga   qaratilgan
ijtimoiy-iqtisodiy,   ijtimoiy-siyosiy,   tashkiliy,   huquqiy   va   tarbiyaviy   chora
tadbirlarni o’tkazishdan iborat.
Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy normalardan ehtimoliy
og’ishlarni   turli   ruhiy   anomaliyalar   bilan   aziyat   chekuvchi   shaxslarga   nisbatan
davlat profilaktik xarakterdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi.
  Ijtimoiy   pedagogik   yondashuv   deviant   xulq-atvorga   ega   o’smirning   ijobiy
hislatlarini tiklashda namoyon bo’ladi.  
Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi
Ijtimoiy   pedagogning   dezadaptatsiya   bo’lgan   o’smirlar   bilan   ishlashining   boshqa
bir   texnologiyasi   ularning   reabilitatsiyasi   hisoblanadi.   Reabilitatsiya   keng   turdagi
vazifalar,   elementar   ko’nikmalardan   tortib   insonning   jamiyatda   to’liq
integratsiyalashuvigacha bo’lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar
tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar.   Tavakkal guruhidagi bolalarning eng tarqalgan toifasi bo’lib, ularning qiyin
tarbiyalanishi   ruhiy   pedagogik   sabablar   bilan   izohlanadi.   Qarovsizlikning   asosiy
belgilari   deb   yetakchilik   faoliyatidagi   kamchiliklar,   xulq-atvorda   chetga   og’ish,
ijtimoiy   adaptatsiya   qiyinchiliklarini   aytsak   bo’ladi.   Bu   bolalar   va   o’smirlar
faoliyatning   to’la   qonli   sub’ekti   bo’lmaganliklar   uchun   ularga   asosiy   yordamni
pedagog, psixolog va ota-onalar ko’rsatishlari mumkin.
2.   Voyaga   yetmagan   huquqbuzarlar,   yetim   bolalar,   xulq-atvorida   chetga
og’ish bo’lgan o’smirlar.
Bu   toifaga   avvlambor   ijtimoiy   adaptatsiyada,   ijtimoiy   rollarni   egallashda
yordam ko’rsatish lozim.
Reabilitatsiyaning asosiy sub’ekti ijtimoiy pedagog bo’lib, u yuqorida sanab
o’tilga   funksiyalarni   bajara   olishi,   o’smirlar   va   bolalarga   psixologik   yordam
ko’rsata olishi lozim.
3.   Psixosomatik   va   nerv-psixologik   sog’ligi   buzilgan   va   funksional
og’ishlarga ega bolalar.
a) surunkali somatik kasalliklar,
b) funksional buzilishlar,
v) asab-ruhiy hastaliklar,
g) aqliy qoloqlik,
d) nogironlik.
Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar.
Uning   sub’ektlari   shifokorlar   va   psixologlar   bo’lib,   ular   shuningdek   pedagog   va
ijtimoiy   ishchilar   bilan   hamkorlikda   kompleks   reabilitatsiyani   ham   o’tkazishlari
mumkin.
Reabilitatsion yordam xarakteri:
-kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o’tish,
-jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o’tish,
-tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o’tish,
-anonim yordamdan shaxsiy yordamga o’tish. Adaptatsiyadan   farqli   o’laroq   reabilitatsiya   tiklanish,   faollashtirish   sifatida
tushuniladi.   Reabilitatsiya   jarayonida   o’rnini   to’ldiruvchi   mexanizm   mavjud
nuqsonni   yengib   o’tish   uchun   qo’llanadi,   adaptatsiya   jarayonida   esa   u   mavjud
nuqsonga ko’nikish maqsadida qo’llanadi.
Demak, reabilitatsiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali
mehnatga qaytarish maqsadidagi chora-tadbirlar tizimidir.
Reabilitatsiyaning  bir  qancha  turlari  mavjud:  tibbiy, psixologik, pedagogik,
ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo’qotilgan funksiyasini
o’rnini to’ldirish yoki to’liq va qisman tiklashga qaratilgan bo’ladi.
Ruhiy   reabilitatsiya   o’smirning   ruhiy   sohasiga   qaratilgan   bo’lib,   uning
maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi
tasavvurni yengib o’tishdir.
Kasbiy   reabilitatsiya   o’smirni   biror-bir   kasbga   o’rgatish,   u   uchun
yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan
iborat.
Maishiy reabilitatsiya o’smir uchun normal  yashash  sharoitlarini  yaratishga
qaratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy   reabilitatsiya   deganda   esa   o’smir   huquq   va   manfaatlarini
himoya qilish, unga tegishli bo’lgan moddiy mulklar, to’lovlar bilan ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik   reabilitatsiya-bola   hayotiy   faoliyatida   muhim
ahamiyatga  ega   shaxsiy   hislatlarni,  uning  jamiyat   integratsiyasiga  yordamyordam
beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-
turish   qoidalarini   o’zlashtirishi,   kerakli   ma’lumot   olishga   qaratilgan   tarbiyaviy
xarakterdagi chora-tadbirlardir.
Ijtimoiy-pedagogik   reabilitatsiya   muassasalarining     asosiy   va   vazifalariga
quyidagilar kiradi: 
-bolalar va o’smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish, -voyaga   yetmaganlarning   ijtimoiy   dezadaptatsiyasilarining   sabablari   va
manbalarini aniqlash,
-kasbiy,   o’quv,   ijtimoiy-madaniy,   sog’lomlashtirish   va   boshqa   komponentlardan
tashkil   topgan   bolalar   va   reabilitatsiyasining   individual   dasturlarini   amalga
oshishini ta’minlash,
-uy   sharoitlarida   reabilitatsion   chora-tadbirlarni   uzluksizligini   ta’minlash   uchun
dezadaptatsiya   bo’lgan   bolalar   oilalari   bilan   hamkorlik   qilish   va   tavsiyalar
tayyorlash,
-nazoratsiz   bolalar   va   o’smirlarning   (18   yoshgacha)   normal   maishiy   sharoitlarda
vaqtinchalik   yashashini   ta’minlash   (shu   jumladan,   ularga   bepul   ovqat   tarqatish,
tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko’rsatish va b.),
-oilada   inqirozli   vaziyatni   bartaraf   etish   va   bolaning   o’z   oilasiga   qaytib   kelishi
uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko’rsatish,
-voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish,
-boshqa   muassasalar   bilan   hamkorlikda   bolalarning   keyingi   tarbiyasining   yanada
optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bu   vazifalar   ko’lami   muassasalar   faoliyatini   kadrlar   bilan   ta’minlanishi   va
muayyan sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib turishi mumkin.
Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko’rsatiladi:
-ijtimoiy reabilitatsiya,  shoshilinch    ijtimoiy psixokorreksion  va tibbiy-psixologik
yordamga muhtojlarga,
-ota-onalari,   tengdoshlari,   pedagoglar   va   boshqalar   bilan   muloqotda
qiyinchiliklarga duchor bo’layotganlarga,
-turli sabablarga ko’ra deprivatsiyaga mayli borlarga,
-noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga,
-etim   bolalar   va   ota-onasi   qaramog’isiz   qolgan   bolalar   uchun   (muassasada
yashashga rozi bo’lmaganlarga).
Deviant   xulq-atvorli   o’smirlarning   ijtimoiy   pedagogik   reabilitatsiyasi
reabilitatsion   markaz   deb   nomlanuvchi   ixtisoslashgan   muassasalarda   amalga
oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari: -nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi,
-ota-onasi   aybi   bilan   yoki   ekstrimal   vaziyat   tufayli   qiyin   hayotiy   holatga   tushib
qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam,
-ijobiy   ijtimoiy   xulq-atvor,   atrofdagilar   bilan   muomula   qilish   ko’nikmalarini
shakllantirish,
-ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish,
-shaxsning   inqirozli   ruhiy   holatlarini   bartaraf   etishga   yordam   beruvchi   ruhiy   va
pedagogik qo’llab-quvvatlanish,
-oilaga qaytib kelishga ruxsat,
-normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash,
-ishga jolashtirilishiga g’amxo’rlik qilishdan iborat.
Bu   muassasalarda   ijtimoiy   pedagogik   reabilitatsiya   uch   asosiy   bosqichdan
iborat:   tashxis   qilish   reabilitatsion   dasturni   yaratish   va   amalga   oshirish,   bolaning
reabilitatsiyadan keyingi himoyasi.
Tashxis   qilish   voyaga   yetmagan   shaxsga   emotsional   sohasi   rivojlanishi,
shaxsiy   xislatlar,   ijtimoiy   rollar,   kasbiy   qiziqishlarning   shakllanganlik   darajasini
aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar o’tkazishni ko’zda tutadi.
Reabilitatsion   dastur   har   bir   bola   uchun   individual   tuzilib,   faoliyatning
asosiy   elementlari-maqsadi,   vazifasi,   shakllari,   vositalari,   bosqichlarini   o’zida
mujassam   etadi.   Reabilitatsiya   dasturining     asosiy   maqsadi   shaxsning   axloqiy
qadriyatlarini   shakllantirish   va   to’g’rilash,   bolalarga   muomala   ko’nikmalarini
shakllantirishga yordam ko’rsatish.
Reabilitatsiyadan   keyingi   himoya   bolalarga   reabilitatsiya   markazidan
chiqqanidan   so’ng   oila,   do’stlar,   maktab   jamoasi   bilan   uyg’un   munosabatlarni
tiklashga yordam beradi.
Qiyin   tarbiyalanadigan   bolalarni   reabilitatsiya   jarayonida   tarbiya
muassasalari katta ahamiyatga ega. 
Ta’lim   muassasining   reabilitatsion   xizmati   umumiy   yondashuv   asosida
funksional   majburiyatlar   va   kasbiy   vakolatlar   doirasiga   o’zaro   munosabatga
kirishuvchi   va   bola   hamda   uning   munosabatlarini   uyg’unlashtirishga   qaratilgan o’zaro bog’liq chora-tadbirlar  tizimini  amalga oshiruvchi  mutaxassislar  guruhi  va
pedagogik   jamoadir.   Maktab   reabilitatsiyasi   (tibbiy-psixologik-pedagogik)
reabilitatsiya xizmati modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi.
Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar:
-bolalar va o’smirlar rivojlanishidagi o’zgarishlar sabablarini aniqlash;
-ularni bartaraf etish vositalarini qidirish;
-ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish;
-normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil qilish;
-tavakkal guruhi bolalari va o’smirlarini o’z vaqtida aniqlash;
-o’smirlarning ruhiy inqirozini yengib o’tish;
-maxsus   reabilitatsion   dasturlarni   amalga   oshirish   orqali   muhtojlarga   har
tomonlama yordam ko’rsatish.
Reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari:
-mintaqaviy   xususiyatlarni,   mintaqadagi   ijtimoiy-madaniy   va   iqtisodiy   holatni
inobatga olish;
-sheriklik; 
reabilitatsion chora-tadbirlarning keng qamrovliligi;
-ketma-ketlik;
-individual, insoniy yondashuv.
Mintaqaviy   ijtimoiy-madaniy   va   iqtisodiy   vaziyatni   bilish   tamoyili   bolalar
kontingentlari, muassasalar strukturasini bilishni taqozo etadi.
SHeriklik   tamoyili   (   ijtimoiy   pedagog,   shifokor,   psixolog-bola)   barcha
psixologik-pedagogik va reabilitatsion chora-tadbirlarni bola shaxsi  orqali amalga
oshirilishidan iborat. 
Keng  qamrovlilik tamoyili    reabilitatsion  dasturni  amalga  oshirishdagi  turli
chora-tadbirlar   komelksini   ko’zda   tutadi.   Reabilitatsiyaning   quyidagi   bosqichlari
mavjud: oilaviy, ijtimoiy va ta’lim va b.
Ketma-ketlik   tamoyili   bir   reabilitatsion   chora-tadbirdan   boshqasiga   asta-
sekin o’tishni ko’zda tutadi. Individual-insoniy   yondashuv   bola   rivojlanishining   nafaqat   aktual
balkishunga yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini ko’zda tutadi. 
Ta’lim   muassasasining   reabilitatsion   tizimi   asosan   psixologik-pedagogik
xarakterga   ega,   ya’ni   uning   mazmuni   va   shakllari   asosiy   maktab   xodimlarining
zimmasida   bo’ladi.   Avvalambor   u   bolalarni   o’z   maqomlarida   (muomalaning
to’laqonli   a’zosi   sifatida)   va   muomala   layoqatiga   ega   (etakchi   o’quv   faoliyatinig
sub’ekti)   sifatida   tiklanishlariga   qaratilgan.   U   bolalar,   o’smirlar   va   ularning
ijtimoiy   atrof-muhiti   bilan  ish   olib   borishiga   bog’liq.  Pedagoglar   shug’ullanuvchi
nuqsonlar   va   me’yordan   chetga   og’ishlar   sabablari   asoson   psixologik-pedagogik
xarakterga ega bo’lib, kerakli vositalar yordamida to’g’ri yo’lga solinadilar.
Ta’lim   muassasalarida  ijtimoiy  pedagogik  reabilitatsiya  qarovsiz   bolalar   va
o’smirlarga   nisbatan   oilaviy   va   maktab   repressiyalarini   oldini   olishga,   nizoli
vaziyatlarni hal qilishga shuningdek  esa ularni o’quv faoliyatining sub’kti sifatida
tiklashga qaratiladi. Adabiyotlar
1. Egamberdiyeva H.M. «Ijtimoiy pedagogika» (darslik) - T., 2009 y.
2.     Mavlonova   R.   va   boshkalar   “Ijtimoiy     pedagogika”   (O’kuv     kullanma)   -   T.,
2009 y.
3.  Galaguzova  M.  A.  Sotsialnaya  pedagogika  (Uchebnoye  posobiya)  - M.,
4.   Xarlamov   I.F.   Pedagogika   v   voprosax   i   otvetax   (Uchebnoye   posobiya)     -1.
Munavvarov A.K. Pedagogika (O’quv qullanma). - T.,  1996 u.
5. Munavvarov A.K. Pedagogika(o`quv qo`llanma). - T.,  1996 u.
6 .Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi (o`quv qo`llanma a). - T.,  1994 u.
7. Yo‘ldoshev J.  Ta’lim yangilanish yo‘lida (o`quv qo`llanma). - T., 2000 u.
8 . Podlasыy I L .Pedagogika. V 2x kn. (o`quv qo`llanma). - M., 2003 g.
9.Yu.Asadov,   R.Musurmanov.O’smirlar   deviant   hatti-harakatning   ijtimoiy
psixologik xususiyatlari T;-Sano-standart-2011

Mavzu: Deviant xulq-atvorning kelib chiqish sabablari. REJA: 1. Deviatsiya va uning turlari. 2. O’smirlarning deviant xulq-atvori sabablari 3. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish. 4.Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korrektsiya masalalari.

Odatda deviatsiyalar o’spirinlik davrida yuzaga keladi. O’spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o’tish davri ham deb atashadi, chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o’tish ro’y beradi va bu jarayon o’smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o’z ta’sirini ko’rsatadi. O’smirlik davrida o’smir hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi, bu esa o’z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirning ijtimoiy maqomi o’zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo’yila boshlaydi. Deviatsiya turlari Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor normalaridanchetga chiqqan o’smirlarni qiyin o’smir yoki qiyin tarbiyalanadigan o’smir deyishadi. Qiyin tarbiyalanish deganda pedagogik ta’sirga qarshilik ko’rsatish tushuniladi. O’smirning qiyin tarbiyalanishi, u tomonidan qabul qilingan norma va qoidalarga amal qilinmasligini fanda deviatsiya hodisasi orqali o’rganiladi. Deviatsiya (og’ish) ham insonga, ham uni o’rab turgan olamga xos bo’lgan o’zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. ijtimoiy sohada o’zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. ijtimoiy sohada o’zgaruvchanlik faoliyatga bog’liq va insonning atrofdagilar bilan o’zaro munosabatini aks etadigan xulq-atvorida o’z ifodasini topadi. Avval aytib o’tganimizdek, xulq-atvor norma va chetga chiqqan bo’ladi. O’smirning normal xulq-atvori uning bilan ijtimoiylashuvi rivojlanishi ehtiyojlariga mos tushuvchi mikrosotsium o’zaro munosabati. Agar bolani atrofdagilari o’smirning u yoki bu xususiyatlariga o’z vaqtida e’tibor qaratishsa uning xulq-atvori doimo normal bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, me’yordan chetga chiqqan xulq-atvorni jamiyat rivoji va svilizatsiyasini bola shaxsiyatining xususiyatlarini inobatga olmaslik oqibatida buzilishiga olib keluvchi bolaning jamiyat bilan munosabati sifatida tushunsak bo’ladi.

Aftida chetga chiquvchi xulq-atvor ijtimoiy dezadaptatsiya ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalar va o’smirlar dezadaptatsiyasi haqida gapirganda bu jarayonga giriftor bo’lgan bolalar toifalarini aniqlab olish lozim: -maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar, -etim bolalar, - ijtimoiy yetimlar, bolalar uylarida joylar yetishmasligi sababli ular oylab o’z navbatlarini ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalari bilan yashagan holda kutishadi. SHu bilan birga ular tuzuk ovqatlanishmaydi, jismoniy, ruhiy, jinsiy qiynoqlarga duchor bo’lishadi. -giyohvand va toksin moddalar iste’mol qiluvchi bolalar, -jinsiy intizomsiz bolalar, -g’ayrihuquqiy hatti-harakatlar sodir etgan bolalar. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra ularning soni kattalarga qaraganda ikki hissa tez oshmoqda. Deviatsiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan iborat. Deviant xulq-atvor-mikro ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo’lgan ijtimoiy normalar va xulq-atvor qoidalarini buzish bilan bog’liq me’yordan og’uvchi xulq-atvor turlaridan biridir. Bu xulq-atvorni g’ayriintizomiy deb atasak ham bo’ladi. Deviant xulq-atvorning yorqin namoyon bo’lishiga namoyish, agressiya, chaqiruv, o’qishdan qochish va daydilik, boalar va o’smirlarning aroqxo’rlik, giyohvandlik va u bilan bog’liq g’ayriijtimoiy harakatlar, jinsiy xarakterdagi g’ayriijtimoiy hatti- harakatlar, o’zigo’ suiqasd qilishga urinishlarni misol qilib keltirsak bo’ladi. Delinkvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o’smirlarning takrorlanib turuvchi g’ayriijtimoiy hatti-harakatlar sifatida xarakterlanadi. Bu harakatlar huquqiy normalarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko’ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan muayyan harakatlar majmuasiga aylanadi. Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud: -agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o’t qo’yish kabilar kiradi;

- g’arazli xulq-atvor: kichk o’g’riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib qochish va moddiy daromad olish maqsadidagi boshqa mulkiy tajovuzlar; -giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish. Delikvent xulq-atvor nafaqat tashqi jihatdan, balki ichki-shaxsiy xulq-atvorda ham namoyon bo’ladi. YA’ni bunda o’smirda ichki tartibga solish tizimini nazorat qilishni susayishiga olib keluvchi qadriyatlarning o’zgarishi ro’y beradi. Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga yetganda jinoiy ish qo’zg’ashga sabab bo’luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g’ayrihuquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo’rlik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o’z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritsak bo’ladi. Ular tizimni barbod etishadi, uning asoslariga putur yetkazishadi va anchagina zarar keltirishadi. O’smirlarning deviant xulq-atvori sabablari Me’yordan chetga chiquvchi xulq-atvor murakkab tabiatga ega bo’lib, turli xil omillar bilan izohlanadi. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilardir: 1. Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o’z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar kiradi: -irsiy xsusiyatlar; -aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko’rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi va boshqalar; -organizmga psixofiziologik zo’r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog’liq bo’lgan psixofiziologik xususiyatlar. 2. Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g’ayriadekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo’ladi.

YOrqin namoyon bo’lgan psixopatiyaga (tentaklik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlar. Ruhiy me’yorning eng keskin varianti hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiytibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va xarakterning ba’zi ruhiy hislatlari shakllanadi. O’smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: yoki u yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki ko’nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda uning himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaksiyalar, atrofdagilar bilna munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik, psixik rivojlanishning to’xtab qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon bo’ladi. O’smirlarga xos bo’lga rad etish, qarshi chiqish kabi hislatlar odatda bir- biriga emotsional bog’liq bo’lgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi. O’smir axloqiy qadriyatlari tizimining shakllanmaganligi holatida uning qiziqishlari g’arazli xarakter kasb eta boshlaydi. Bunaqa o’smirlarga infantilizm, ko’ngilochar hikoyalar xosdir. 3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’lib, uning asosida yoshlik chog’ida salbiy tajriba to’planishligi bilan bolaning erta ijtimoiylashuvidagi og’ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual hususiyatlar yotadi. Bunaqa bolalar avvalambor maktabda yomon tayyorlanishgan bo’lishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o’quv dezadaptatsiyasidan dalolat beradi. Maktab o’qo’vchisining dezadaptatsiyasi o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o’tadi: -o’quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o’zlashtirishida qayinchiliklra paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan holat;