logo

DEVIANT HULQ-ATVOR SOTSIOLOGIYASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.9716796875 KB
MAVZU   DEVIANT HULQ-ATVOR SOTSIOLOGIYASI
Reja:
1. Deviant hulq – atvorning sotsiologik nazariyalari
2. Deviant hulq – atvor shakllari 
3. Deviant hulq – atvor turlari.
4. Sotsial nazorat.  1. Deviant   so’zi   -   lotincha   “ deviatio ”   so’zidan   olingan   bo’lib,   chekinish,
buzilish   degan   ma`noni   anglatadi.   Deviant   xulq-atvor   -   mavjud   jamiyatda
o’rnatilgan   axloq   me`yorlariga   mos   kelmaydigan   insoniy   faoliyat   yoki   xatti-
harakat , ijtimoiy xodisadir. 
Madaniy   me`yorlarni   buzuvchi   har   qanday   hulq-atvor   deviantlikdir.
Deviantlik   odatda   ikki   turga   ajraladi.   Birinchidan,   jinoyat   rasmiy   qabul   qilingan
qonunlarni   buzish   bo’lib,   u   formal   deviantlik   deb   ataladi.   Bunga   misol   sifatida
qaroqchilik,   o’g’rilik,   zo’rlash,   qotillik,   taxdid   qilish   va   hokazolarni   keltirish
mumkin. 
Ikkinchi   turdagi   deviantlik   qonunlarda   rasman   ko’zda   tutlmagan   noformal
sotsial   me`yorlarni   buzish   bo’lib,   u   norasmiy   deviantlik   deb   ataladi.   Masalan,
jamoat   joylarida   burnini   kovlash,   qattiq   tovushda   o’qchish   va   kekirish,
begonalarga   besabab   keskin   tarzda   yaqin   turishga   harakat   qilish   (to’g’ri   ayrim
madaniyatlarda)ni misol tariqasida ilgari surish mumkin.  1
Ma`lumki,   zamonaviy   G’arb   sotsiologiyasida   deviant   xulq-atvorga   turlicha
qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko’p tarqalgan va jamiyatda yaqqol
namoyon   bo’lish   turi   jinoyatchilik   bo’lib,   ijtimoiy   me`yorning   buzilishi   sifatida
ushbu xodisa fanda juda qadimdan o’rganilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib. pozitivistik maktab shakllanishi bilan.,
jinoyatchilikni   ham   sababiylikda   o’rganuvchi   ta`limotlar   paydo   bo’la   boshladi.
Jumladan,   italiyalik   psixiatr   CH.Lombrozo   Italiya   qamoqxonalaridagi   14   ming
maxbus   ustida   tekshirish   olib   borib,   “jinoyatchilar   tug’ma   bo’lishadi”   degan
xulosaga   kelishadi.   Uning   shogirdi   e .Ferri   jinoyatchilik   sotsiologiyasi   asarida
ushbu   omilga   qo’shimcha   ravishda   ijtimoiy,   iqtisodiy,   siyosiy   omillarni   ham
ko’rsatadi.   Keyinchalik   ushbu   ta`limotlar   turli   tanqidlarga   uchragan   bo’lsada,
hozirgi   kungacha   ham   G’arb   sotsiologiyasining   ba`zi   namoyondalari   ushbu
ta`limotning   u   yoki   bu   yo’nalishlarini   rivojlantirib   kelishmoqda.   Ularning
ta`limotlariga   ko’ra   ichki   sekretsiya   bezlari,   aqliy   rivojlanganlik   darajasi,
1
Introduction to Sociology . Р.99 xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug’ma
yoki biologik omillarni shakllanishiga ta`sir qiladi
Ushbu   ta`limotlarga   qarama-qarshi   o’laroq,   sotsiologiyada   ijtimoiy   me`yor
buzish   jarayonlarini   to’la   ijtimoiylikda   tushuntiruvchi   dastlabki   ta`limot
e .Dyurkgeymning anomiya g’oyasi  edi. Bunga ko’ra eski me`yorlar va qadriyatlar
mavjud munosabatlarga mos  kelmay qolishi  va yangiliklarining o’rnatilmaganligi
natijasida   individlar   xulq-atvorini   tartibga   soluvchi   qat`iy   axloqning   mavjud
emasligi tushuniladi. 
R.Feris,   Tiriak’yan,   T.SHibutani   va   boshqalarning   fikricha,   deviant   xulq-
atvor   sotsial   buzilishilar   natijasidir.   Ijtimoiy   ziddiyatlar   ta`limotiga   ko’ra,   sotsial
tizimda   begona   madaniyatga   asoslangan   madaniy   xulq-atvor   namunalari   me`yor
buzuvchi xulq-atvordir.
Amerika   sotsiologiyasida   e .Saterlendning   differentsial,   katta   o’rin   tutuvchi
ta`limotlardan biri aloqalar ta`limotidir. Bunga ko’ra, har qanday xulq-atvorga, shu
jumladan   me`yor   buzuvchi   xulq-atvorga   ham   u   ham   o’rganiladi,   ya`ni   mavjud
jamiyat a`zolari tomonidan mazkur xulq-atvor me`yorlari boshqalarga o’rgatiladi.
Fenomenologik   sotsiologiya   namoyondalarining   e`tirof   etishlaricha,
sotsiologik   taxlil   “   yorliq   yopishtirishga”   asoslanishi   kerak.   Ularning   fikricha,
me`yor buzish sotsial baho va sanktsiya qo’llash natijasidir.
Interaktsionizm nazariyasiga ko’ra, (vakillari  Bekker G, D.Kitsus, K.Erikson
va   boshqalar )   xodisani   salbiy   va   ijtimoiy   xavfli   deb   baxolash   nisbiy   bo’lib,   buni
jamiyatdagi   xukmron   guruhlar   belgilaydi.   SHafqatsiz   jamiyat   himoyasiz   insonni
jinoyatchi qilib qo’yib, ezaveradi.
Z.Freydning   fikricha,   inson   xulq-atvorining   asosida   atrof-muhitni   ongli
baholash   bilan   ongsiz   ishtiyoq   orasida   ziddiyat   yotadi.   Ongsizlik   asosida   esa
insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va
istaklarini   belgilaydigan   jinsiy   rag’bat- libido   yotadi.   Barcha   atrofimizdagi   voqea-
hodisalarni   jinsiy   rag’bat   belgilaydi.   Inson   ruhiyatidagi   barcha   jarayonlar   hayot
instinkti   eros   va   o’lim   instinkti-tanatos   o’rtasidagi   kurash   natijasi   bo’lib,   har qanday   xulq-atvor,   jumladan   noto’g’ri   xulq-atvor   ham,   jinsiy   rag’bat   va   yashash
uchun kurash natijasidir.
Deviant   xulq-atvorga   R.Merton   ishlab   chiqqan   ta`limot   zamonaviy
sotsiologiyada   etakchi   o’rin   tutadi .   e .Dyurkgeymning   anomiyasini   rivojlantirib,
Merton   deviant   xulq-atvorga   quyidagicha   ta`rif   beradi;   “ Deviant   xulq-atvor
jamiyatda e`lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi
xulq-atvori   motivlari   va   mavjud   imkoniyatlarning   bir-biriga   mos   kelmay   qolishi
natijasidir ”.   Jamiyatning   rasmiy   tuzilmalari   tomonidan   maqsadga   erishishning
turli   guruhlar   uchun   turlicha   imkoniyatlar   yaratib   berishi   natijasi   bo’lmish
funktsional   kamchiliklar   maqsadga   erishishga   xizmat   qiluvchi   norasmiy
tuzilmalarning   tashkil   bo’lishiga   olib   keladi.   Maqsad   va   vositalarga   turlicha
munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.
Deviantlik   muammosiga   sotsiologik   jihatda   qiziqish   o’zida   formal
deviatsiyani   o’lchash   (jinoiy   hulq-atvor   statistikasi),   shuningdek,   jamiyatda
deviantlikni   vujudga   kelishi   va   uni   rolini   tushuntirishga   intiladigan   turli   xil
nazariyalarni mujassamlashtiradi. 2
Strukturaviy-funktsional yondashuvga muvofiq, deviant hulq-atvor bir qator
sabablari tufayli jamiyatda muhim rol o’ynaydi.
Birinchidan,   deviantlik   nima   ma`qul   keladigan,   nima   esa   noma`qul
keladigan hulq-atvorni farq qilishga yordam beradi. 
Ma`lum   bir   ma`noda   deviantlik   odamlar   nimani   qilishlari   mumkin,   nimani
esa qilishlari mumkin emasligini  bilishlari  uchun talab etiladi. Bu hodisa ma`lum
bir ma`noda chegaralarni chizib beradi. Bu muhim funktsiya bo’lib, u kishilar amal
qiladigan   madaniy   qadriyatlar,   axloqiy   me`yorlar   vositachiligida   namoyon
bo’ladi. 3
Jamiyat a`zolarining hulq–atvorlar shu jamiyatda qabul qilingan axloqiy va
huquqiy   m`yorlarga   muvofiq   kelishi   kishilarning   farovon   turmushlarini   tashkil
etishning   muhim   omillaridan   bo’lib   xizmat   qiladi.   SHuning   uchun   har   qanday
jamiyatda   insonlarning   nomaqbul   hulq–atvorini   pasaytirishga   harakat   qilinib
2
Introduction to Sociology . Р.100
3
Introduction to Sociology . Р.101 kelinadi. CHunki, bu holat ijtimoiy hayotning barcha sohalariga jiddiy salbiy ta`sir
ko’rsatishi muqarrardir. 
Sotsiologik adabiyotlarda d eviant hulq – atvor (lotin tilida  Deviatio  – og’ish)
tushunchasi orqali quyidagi holatlar tushiniladi:
1. Insonning   mavjud   jamiyatdagi   rasmiy   jihatdan   qabul   qilingan   yoki
qaror   topgan   me`yorlari,   ya`ni   «ruhiy   sog’lomlik,   huquqiy,   madaniy   yoki   ahloq
me`yorlari»ga mos kelmaydigan xatti – harakatlari, qilmishlari.
2. Mavjud   jamiyatdagi   rasmiy   jihatdan   qabul   qilingan   yoki   qaror   topgan
me`yorlariga   (standart   va   shablonlar)   mos   kelmaydigan   tarzdagi   inson   xatti   –
harakatlarining ommaviy shaklda ifodalanishi, ijtimoiy hodisa. 
Birinchi   holatda   deviant   hulq   –   atvor   bevosita   umumiy   va   yoshga   oid
psixologiya   (ruhiyatshunoslik),   pedagogika   va   psixiatriya   predmeti   sifatida   o’rin
tutadi.   Ikkinchi   holatda   esa   deviant   hulq   –   atvor   tushunchasi   –   sotsiologik   va
ijtimoiy psixologiya predmeti hisoblanadi. 
Demak,   deviantlik  madaniy   me`yrlar   buzilishi   deb   tan  olinayapti.   SHuning
uchun   deviantlik   juda   keng   ma`noda   iste`mol   qilinadi.   Deviantlikning   bir
kategoriyasi   bo’lib,  u jinoyat  shaklida   mavjud bo’ladi. Lekin, jinoyatni   o’zi   keng
spektrni   qamrab   oladi,   ya`ni   yo’l   harakati   qoidalarini   buzishdek   kichik
qoidabuzarlikdan tortib, fxishalik, jinsiy zurlash va xatto qotillikni ham ifodalaydi. 4
Deviant   hulq–atvor   ko’plab   salbiy   jihatlarni   o’z   ichiga   qamrab   olishi   bilan
tavsiflanib,   diniy   nuqtai   nazardan   bu   holatlar   «yovuzlik»   ko’rinishida,   tibbiyot
nuqtai   nazaridan   «kasallik»   simptomlari   sifatida,   huquqiy   me`yorlar   nuqtai
nazaridan «noqonuniy» ko’rinishda va hatto ushbu hulq–atvor shaklini «me`yoriy
bo’lmagan» ko’rinishda baholash kuzatiladi
Hulq–atvordagi   me`yordan   og’ishlarni   o’rganish   jarayoni   o’zining   tarixiga
egadir.   Platon   o’z   davrida   insonlarning   turli   xil   hulq   –   atvorlarini   izohlashga
harakat qilgan.
Rossiyalik   olim   YA.I.Gilinskiy   tomonidan   deviant   hulq   –   atvorning
madaniylashtirilgan   jihati   o’rganilib,   « deviant   hulq–atvor »   tushunchasini   fanga
4
Sociology / John J.Macionis. Р.194 kiritgan va hozirgi  kunda bu atama  «og’uvchi  hulq – atvor» atamasi  bilan  bir  xil
ma`noda qo’llaniladi. 
Horijiy   tadqiqotchilar   –   Dyurkgeym,   Klages,   Merton,   Smelzer,   SHibutani,
SHuessler   va   boshqalar   tomonidan   deviant   hulq–atvor   ijtimoiy   me`yorlar   va
kutilayotgan   holatlar   bilan   mutanosiblik   yoki   nomutanosiblik   asosida   aniqlanishi
ta`kidlanadi. O’z navbatida, ushbu jamiyat uchun kutilgan holatni qonitirmaydigan
hulq – atvor bevosita deviant sifatida baholanadi.
2.   Deviant,   ya`ni   me`yordan   og’uvchi   hulq–atvor   insonning   keng
ko’lamdagi   qilmishlarini   o’z   ichiga   qamrab   oladi.   Og’ish   holati   va   me`yorning
buzilish   xususiyatlaridan   kelib   chiqib   uning   uchta   darajasini   ajratib   ko’rsatish
mumkin: 
1.   Ahloq   va   odob   me`yorlaridan   sezilarsiz   darajadagi   og’ishlar;   xususiy
deviant hulq atvor ;
2.   Huquqiy   me`yorlarning   buzilishi,   biroq   bu   holatda   hulq   –   atvorning
me`yoridan   og’ish   unchalik   sezilarli   darajada   bo’lmasdan,   jinoiy   javobagarlikka
tortish   darajasida   bo’lmagan   holatda   aks   etadi,   sotsiologiyada   bu   ko’rinish
delikvent  (no`maqul) hulq – atvor tushunchasi orqali ifodalanadi.
3.   Huquqiy   me`yorlarning   jiddiy   tarzda   buzilishi   jinoyatchilikka   oid   yoki
kriminal  hulq – atvor xisoblanadi. 
Ushbu ko’rinishda, jamiyatda omma tomonidan ma`qullanmaydigan barcha
hulq   –   atvor   me`yorlaridan   og’ish   holatlari   deviant   hulq   –   atvor   sifatida
belgilanadi.   Deviant   hulq   –   atvorning   asosiy   shakllari   keng   ma`noda
YA.I.Gilinskiy va V.S.Afanas’ev tomonidan quyidagicha ko’rsatilgan:
1. Alkogolizm va mastlik;
2. Giyovhvandlikka ruju qo’yish;
3. Jinoyatchilik;
4. O’z joniga qasd qilish;
5. Fohishabozlik; 6. Besaqolbozlik 5
.
Ayrim   holatlarda   deviant   hulq   –   avtorga   qimor   o’yinlari,   ruhiy   buzilishlar,
shuningdek jinoiy ishlar ham kiritiladi. 
Deviant   hulq   –   atvorning   barcha   turdagi   shakllarini   umumiy   ko’rinishda
uchta   guruhga   ajratib   chiqish   mumkin:   xususiy   deviant,   delikvent   v a
kriminal (jinoiy) hulq – atvor. 
Hozirgi   kunda   tadqiqotchilar   orasida   deviant   hulq   –   atvor   masalasiga
qiziqishning   ortishi   kuzatilmoqda.   Deviant   hulq-atvorning   ilmiy   jihatdan
o’rganilishi kriminologiya, psixopatologiya, sotsiologiya, ijtimoiy ish, pedagogika
sohalarida amalga oshiriladi 6
. 
Deviant   hulq–atvorni   me`yorlar   haqida   tushunchaga   ega   bo’lmasdan   turib
aniqlash   mumkin   emas.   Tibbiyotda   me`yor   –   bu   butunlay   sog’lom   insonni
anglatadi;   pedagogikada   –   barcha   fan   predmetlarini   o’zlashtirishga   ulguruvchi
o’quvchini;   ijtimoiy   hayotda   esa   –   jinoyatchilikning   mavjud   emasligini   ifodalab
beradi. Ushbu o’rinda psixologik jihatdan me`yorni  ko’pchilik insonlarda mavjud
bo’lgan, bir qator xususiyatlar yig’indisi sifatida, ya`ni hulq–atvor etaloni  sifatida
belgilash masalasi qiyin hisoblanadi.
Ijtimoiy me`yor quyidagi holatlarni o’z ichiga oladi:
1.O’rtacha, barqaror va massadan chiqib ketmaslik holati;
2. Atrof – muhitga ko’proq moslashuvchanlik xususiyati.
Ijtimoiy   me`yor   ma`lum   bir   aniq   jamiyatning   tarixiy   rivojlanish   jarayoni
davomida   qaror   topgan   choralar,   chegaralar,   ruxsat   etilish   intervali   (erkin   va
majburiy)   hulq   –   avtor   asosidagi   insonlar   va   ijtimoiy   guruhlar   va   ijtimoiy
tashkilotlarning faoliyatini ifodalab baradi. Biologik va fizik jarayonlarning tabiiy
me`yorlari   ijtimoiy   me`yorlarlardan   farq   qilib,   jamiyat   faoliyati   davomida
insonlarning   ob`ektiv   xatti–harakatlari   va   bu   holatlarning   ongda   adekvat   va
siqilgan tarzda aks etishi qonuniyatlari sifatida tarkib topadi.
5
  Гилинский   Я.И.,   Афанасьев   В.С.   Социология   девиантного   поведения   (отклоняющегося)
поведения: Учебное пособие. -СПб: Филиал института социогии РАН, 1993.
6
  Ланцова   Л.А.,   Шурупова   М.Ф.   Социологическая   теория   девиантного   поведения   //   Социально-
политический журнал. – 1993. - № 4. « Delinkvent   hulq–atvor »   tushunchasi   huquqiy   va   ijtimoiy   me`yorlarning
etarlicha   darajada   keng   spektrda   buzilishlarini   ifodalab   beradi.   Delinkvent   hulq–
atvor huquqiy me`yorlarni buzish nuqtai nazaridan jinoyat kodeksi bo’yicha jazoga
tortilmaydigan   holat   bo’lib,   kichik   bezorilik,   magazindan   oziq–ovqat
mahsulotlarini   kam   miqdorda   o’g’irlash,   og’ir   tan   jarohatlari   etkazmagan   holatda
janjallashish,   aldash   va   hakozolardan   tashkil   topadi.   Kriminalogiyada   bu   holat
yoshlar ommasiga  tegishli (o’smirlik davrida)  huquqbuzarlik sifatida tavsiflanadi,
bu holat yoshlar orasida ayniqsa 12 yoshdan 20 yoshgacha oraliqda (ko’proq erkak
jinsida) yoshlarning qonunbuzarlik darajasi yuqoriligi va sud, ma`muriy jazolashda
yuqori darajada o’rin tutishini belgilab beradi. 
BMT tomonidan keltirilgan ma`lumotlarga ko’ra, barcha yoshlarning 30%ga
yaqin qismi qandaydir qonunga hilof hisoblangan xatti– harakatlarda ishtirok etishi
kuzatiladi, shuningdek 5% qismi jiddiy tarzdagi qonunbuzarlikka yo’l qo’yiladi 7
. 
Jinoyatchilikni   qonun   qanday   tasniflaydi?   Odatda   jinoyat   jinoiy
qonunbuzarchilik   va   nojo’ya   harakatlar   bo’linadi.   Ular   orasidagi   farq   jinoyatning
jiddiyligiga   qarab   belgilanadi.   Jinsiy   zurlash,   qotillik   kabilar   o’ta   jiddiy   jtnoyat
hisoblanishsa,   nojo’ya   harakatlar   jiddiy   bo’lmagan   qonunbuzarchildik   deb   tan
olingan   va   unga   beriladigan   jazo   ham   ancha   engil   hisoblanadi.   Bunda   jarimalar
keng o’rin oladi. Og’ir jinoyatchilik darajalari turli davlatlarda turlicha belgilanadi.
Jazoni o’tash maskanlarida maxbuslar ustidan texnik nazoratni keng joriy qilinishi
ularning hulq-atvorini tashqi sotsial nazoratini ta`minladi. 8
A.I.Kravchenko tomonidan xususiy   deviant   va   delinkvent   hulq – atvorning
o’zaro   farqlanishi   quyidagicha   ifodalanadi:   Deviant   va delikvent   hulq–atvor –   bu
me`yoriy   hulq-atvordan   og’ishning   ikki   shaklidir.   Bunda   birinchi   shakl   nisbatan
kam   ahamiyatga   ega   bo’lib,   ikkinchisi   absolyut   va   sezilarlidir.   Masalan   bu
ko’rinishdagi   guruhlashga   ko’chada   bezorilik   bilan   shug’ullanuvchi   o’smirlar
to’dasi   navbatdagi   qilmishni   amalga   oshirish   davomida   to’daning   qandaydir   bir
a`zosini   deviatsiya   sifatida   ishtirok   etishdan   mahrum   qilishi   mumkin.   Bu
7
  Добреньков в.И. , Кравченко А.И. социология: В 3 т. Т.3: Социальные институты и процессы. –
М.: ИНФРА-М, 2000 г. – С. 462.
8
DianaKendall . SociologyinOurTimes: TheEssentials ,TenthEdition . Р.177 qilmishning   o’zi   militsiya   va   ushbu   ko’chada   yashovchi   aholi   tomonidan   deviant
hulq   –   atvor   sifatida   baholanadi.   SHuni   qayd   qilib   o’tish   kerakki,   Kravchenko
tomonidan   yozilgan   me`yorlarga   qarshi   hisoblangan   va   shu   sababli   qonun   orqali
ta`qib qilinuvchi   barcha   qilmishlar, jumladan biz kriminal deb baholovchi  xatti –
harakatlar ham delikvent hulq – atvor guruhiga kiritiladi. 
Delinkvent   hulq – atvor qilshmishlari ular bevosita qonun yo’li bilan ta`qib
qilinishiga   qaraganda   keng   ko’lamdagi   spektrini   o’z   ichiga   qamrab   oladi.   Ushbu
ko’rinishda,   hulq   –   atvorning   ko’plab   turli   xil   shakllari,   xatto   agar   hulq   –   atvor
o’ziga   xos   tarzdagi   huquqiy   me`yorlarga   qarshi   xususiyatlarga   ega   bo’lmasada,
ijtimoiy jazoga mahkum qilinishi yoki tahqirlanishi mumkin, bu ko’rinishdagi hulq
–   atvor   shakllariga   misol   sifatida   so’kish   va   haqoratlar,   «ahmoqona   to’da»ga
qo’shilish,   odatga aylanmagan  tarzdagi   mastlik  holatlari   kabilarni   ko’rsatib  o’tish
mumkin.
Deviant   hulq   –   atvor   bo’yicha   tadqiqotlarda   ko’pgina   holatlarda   guruh
tarkibiga turli xildagi ko’plab hulq – atvor shakllari – giyohvand moddalarni qabul
qilishga   ruju   qo’yishdan   futbol   musobaqasida   bezorilik   qilishgacha   va   xatto
sehrgarlik,   jodugarlik   bilan   shug’ullanish   kabilar   ham   kiritilib,   bu   hulq–atvor
shakllariga   deviantlik   yoki   delinkventlik   yorlig’i   yopishtiriladi.   Deviant
sotsiologiyasi   ushbu   ko’rinishda,   hulq   –   atvorning   an`anaviy   kriminologiyada
qonun yo’li  bilan ta`qib qilinishga  qaraganda nisbatan  keng ko’lamdagi, bir  jinsli
bo’lmagan kategoriyalarini tadqiqot ob`ekti sifatida qabul qiladi. 
SHuningdek,   kriminal   hulq–atvorga   nisbatan   alohida   to’xtalib   o’tish   talab
qilinadi.   Jinoyatchilikka   nisbatan   munosabatda   umumiy   qabul   qilingan
qarashlardan   biri   sifatida   –   bu   shunchaki   yomon   insonlardan   iboratligi,   ularga
nisbatan yagona munosabat – bu ularni jazolashdan iborat deb bilish bilan bog’liq
hisoblanadi.   Insonlar   ayrim   holatlarda   bir   parcha   non   o’g’irlaganlik   uchun
aybdorni   osgan,   boshqa   holatlarda   jazo   tariqasida   esa   o’g’ri   tamg’asi   kuydirib
bosilgan   yoki   qulog’i   kesib   olingan.   Biroq,   bu   ko’rinishdagi   qat`iy   qattiqo’l
tartibdagi   jazolashlar   ish   bermagan:   jazo   usullaridan   majruhlik   ortganiga qaramasdan   jinoyachilik   yuzlab   yillar   davomida   avj   olgan   va   yuqori   darajada
saqlanishi kuzatiladi. 
Saudiya   Arabistoni   va   boshqa   ayrim   musulmon   mamlakatlarida   o’g’irlik
jinoyati   hozirgi   kunda   ham   aybdorning   qo’lini   kesish   orqali   jazolanadi,   ayrim
boshqa   turdagi   qonunbuzarlik   holatlari   esa   o’lim   jazosi   bilan   jazolanadi.   Bunda
o’lim   jazosi   ommaviy   tarzda   amalga   oshiriladi,   ko’pincha   holatlarda   jazo   ijro
etilayotganda   jamiyatning   barcha   a`zolari   ishtirok   etishi   ta`minlanadi.   Biroq   bu
ko’rinishdagi   amaliyotning   natijalari   ham   huddi   o’rta   asarlar   Evropasida
kuzatilgani   kabi   qayd   qilinadi.   Bu   ko’rinishdagi   qishloq   hayoti   asosidagi
musulmon   jamiyatlarida,   masalan   qotillik   darajasi   juda   yuqori   ko’rsatkichlarga
egaligi bilan tavsiflanadi. 
SHuningdek,   bu   turdagi   jamiyatlarda   xatto   ko’pgina   qotilliklar   statistik
ma`lumotlar ro’yxatiga tushirilmaydi va ular shunchaki umumqabul qilingan urf –
odatlar   asosida   izohlanadi.   Jabr   chekuvchilarning   ko’pchiligi   ayollardan   iborat
bo’lib,   ular   ko’pgina   holatlarda   o’z   erlari,   aka   –   ukalari   yoki   otalari   tomonidan
«bevafo»   sifatida   an`anaviy   urf   –   odatlarga   ko’ra   o’ldirilishi   qayd   qilinadi,   xatto
ayrim holatlarda oiladan tashqarida begona erkak bilan suhbatlashish holatlari ham
qattiq   jazolanadi.   Bunday   ko’rinishdagi   jamiyatlarda   jinoyat   uchun   zo’ravonlik
asosidagi jazo qo’llanilishi avtoritar ijtimoiy struktura me`yorlariga mos keladi va
shuningdek   jamiyat   ichidagi   guruhlar   o’rtasidagi   urf   –   odatlarga   binoan   to’siqlar
mavjudligi bilan ham izohlanadi. 
3.   Deviant   (og’uvchanlik)   hulq–atvor   asosiy   shakllarining   namoyon
bo’lishida mastlik va alkogolizm alohida o’rin tutadi, shuningdek fohishabozik, o’z
joniga   qasd   qilishga   olib   keluvchi   hulq   –   atvor,   jinsiy   kasalliklar   zaminida
shakllanuvchi   deviant   hulq–atvor,   qonunbuzarlik   va   giyohvandlik   keng   tarqalishi
kuzatiladi. Quyida ularga batafsil to’xtalib o’tamiz.
Alkogolizm – spirtli  ichimliklarga patologik holatda ruju qo’yishdan iborat
bo’lib,   o’z   navbatida   bu   holat   shaxsning   ijtimoiy   –   axloqiy   jihatdan
degradatsiyasiga   olib   keladi.   Mastlik   –   bu   alkagolni   me`yoridan   ortiq   iste`mol
qilish   bilan   bog’liq   holat   hisoblanib,   o’z   navbatida   bu   holat   shaxsning salomatligiga jiddiy havf tug’diradi, uning ijtimoiy moslashuvchanlik xususiyatini
izdan   chiqaradi.   Rossiyalik   sotsiologlar   tomonidan   amalga   oshirilgan   tanlama
tadqiqotlar   natijalari   ko’rsatishicha,   yirik   ishlab   chiqarish   korxonalarida   99%
erkaklar va 97% ayollar alkagol iste`mol qilishi qayd qilingan. Ko’pgina holatlarda
alkagol   iste`mol   qilish   motivlari   sifatida:   shunchaki   ko’ngilhushlik,   yaqin
muhitning   ta`siri,   an`analarga   sodiq   qolish,   sanalarni   bayram   sifatida   nishonlash,
er–xotinlik va oilaviy munosabatlardagi  kelishmovchiliklar, ishdagi  omadsizliklar
ko’rsatib o’tiladi 9
.
Fohishabozlik   (lotincha   prostitution   –   bo’lg’amoq,   tahqirlanmoq).   Olimlar
tomonidan fohishabozlikka tegishli quyidagi asosiy belgilar ajratib ko’rsatiladi: 
1. Mashg’ulot turi – mijozlarning jinsiy mayllarini qondirish;
2. Mashg’ulot   tavsifi   –   turli   xildagi   shaxslar   bilan   jinsiy   aloqa   shakllarida
tizimli   tarzdagi   fikrlashlar,   hissiyotlarsiz   ko’ngilhushlik   va   mijozlarning   jinsiy
ehtiyojlarini xohlagan yo’l bilan qondirishga yo’nalitirilgan xatti – harakatlar;
3. Mashg’ulot   motivi   –   pul   yoki   moddiy   qimmataho   buyumlar   bilan
taqdirlash   ko’rinishida   oldindan   rag’batlantirish,   rozilik,   bu   holat
fohishabozlikning mavjudligida asosiy yoki qo’shimcha manbalar hisoblanadi.
Fohishabozlikning sabablari sifatida boshqa ko’plab ijtimoiy hulq- atvordagi
og’ishlar   singari   ijtimoiy–iqtisodiy   va   ma`naviy–ahloqiy   omillar   ajratib
ko’rsatiladi.   Biroq,   o’ziga   xos   sabablar   ham   mavjud   hisoblanadi.   Maslan,
fohishabozikning yana bir boshqa sababi  sifatida atrof muhitda fohishabozlikning
rivojlanganligi   ko’rsatiladi.   Bu   holatda   qo’shmachilar,   «tungi   kapalaklar»ni
saqlovchi   muassasa   egalari   va   boshqalar   fohishalar   bilan   munosabalarda
o’zlarining   muloqot   me`yorlarini   o’rnatadi   va   ularni   o’zlarining   «qonun,
ko’rsatmalar»iga bo’ysinishga majbur qiladi. 
Ko’pgina   ekspertlar   tomonidan   qayd   qilinishicha,   fohishabozlik
muammosidan qochib qutilishning iloji yo’q, bu holat ko’payishga bo’lgan intilish
kuchli   namoyon   bo’luvchi   fiziologik   ehtiyoj   hisoblanadi.   Fohishabozlik   –   bu
9
 Социальные отклонения – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Юрид. лит. 1989, - С. 65.. shunday ijtimoiy muammoki, uni jinoyachilik, alkogolizm va boshqa deviant hulq–
atvor turlari bilan bir qatorda hisoblash mumkin.
O’z   joniga   qasd   qilishga   olib   keluvchi   hulq–atvor.O’z   joniga   qasd   qilish   –
bu   ongli   ravishdao’zini   yashashdan   mahrum   qilish   yoki   o’z   joniga   qasd   qilishga
urinishdan   iborat   hisoblanadi.   O’z   joniga   qasd   qilish   bu   o’z–o’zini   yo’q   qilishga
qaratilgan   hulq–atvor   bo’lib,   bundan   tashqari   uni   alkogolizm,   giyohvand
moddalarni   qabul   qilishga   ruju   qo’yish,   davolanishni   rad   etish,   mast   holatda
transport   vositasini   boshqarish,   ongli   ravishda   urush   va   janjallarda   ishtirok   etish
ko’rinishidagi deviant hulq–atvor guruhi tarkibiga kiritiladi.
O’z   joniga   qasd   qilishga   olib   keluvchi   hulq–atvor   o’smirlarda   ko’pgina
holatlarda   hayot   tajribasiga   ega   bo’lmaslik   va   kelajak   hayotini   aniqlay   olmaslik
bilan izohlanadi. Aftidan bu sabablar bilan birgalikda alohida o’ziga xos sabablar
ham mavjudligi ko’rsatiladi. Quyidagi sabablar keng tarqalgan:
 Atrofida yaqin kishini yo’qotish yoki muhabbat hissining yuqori darajada
his qilinishi;
 O’zining munosibligiga bo’lgan ishonchsizlik hissi;
 CHegaraga etish darajasida adashish (yo’ldan ozish);
 Alkogolizm   ta`sirida   mastlik   va   psixotrop   moddalar   qabul   qilish
oqibatida shaxsning himoya mexanizmlarining buzilishi;
 Toksikomaniya  va giyohvandlik;
 O’z joniga qasd qilgan yuqori nufuzli shaxsga taqlid qilish;
 O’tkir tajovuz, qo’rqinch shaklidagi affekt yoki frustratsiya holati, bunda
odam o’z hulq – atvori ustidan nazorat qilish hissini yo’qotadi.
O’z   joniga   qasd   qilishga   olib   keluvchi   hulq–atvor   sabablarini   aniqlashda
uning   motivlari   va   unga   olib   keluvchi   aniq   shart–sharoitlar   holatlarini
oydinlashtirish   muhim   ahamiyatga   ega   hisoblanadi.   Motiv   va   sabablarni   aniqlash
ma`lumotlarning kamligi sababli har doim ham samarali amalga oshirilmaydi. 
Ijtimoiy muhit oiladagi, mehnat joyidagi yoki o’quv jamoasidagi mikroiqlim
bilan   tavsiflanib,   shuningdek   ijtimoiy   muhit,   ijtimoiy   haqiqatning   qayd   qilinishi,
moddiy ta`minot va boshqa ob`ektiv holatlar inson tomonidan uni ko’p holatlarda o’zgartirishning   iloji   bo’lmagan–   inson   hulq–atvoriga   ta`sir   ko’rsatuvchi   jihatlar
bilan belgilanadi 10
. 
Giyohvandlik   –bu   kasallik   hisoblanib,   giyohvand   moddalarga   bog’liq
holatda jismoniy yoki ruhiy qaramlik bilan namoyon bo’ladi, unga rad etib bo’lmas
darajada   bog’lanish   va   oqibatda   organizmning   jismoniy   va   ruhiy   inqiroziga   olib
keladi. 
Giyohvandlik ijtimoiy oqibatlarga ega hisoblanadi. Jinoiy elementlar sifatida
–   giyohvandlikda   pulga   oson   erishish   ko’rsatib   o’tiladi.   Giyohvandlikka   ruju
qo’yish o’lim darajasining, ayniqsa yoshlar orasida darajasi ortishiga olib keladi va
shuningdek   bir   butun   somatik   va   ruhiy   kasalliklar   «guldastasi»   yuzaga   kelishiga
sabab bo’ladi. 
Giyohvandlik zamirida jinoyatlarga qo’l uriladi, ushbu ko’rinishda «tobelik,
qumsash»   holatidagi   giyohvand   giyohvandlik   moddasini   qumsagan   holatda   har
qanday   jinoyatga   qo’l   urishga   tayyor   turadi.   Giyohvandlikka   ruju   qo’yish
shaxsning bir qator jinoyatlarga – o’g’irlik, talonchilik, bosqinchilik kabilarga qo’l
urishi   fonida   namoyon   bo’ladi.   Giyohvandlik   avlodga   salbiy   ta`sir   ko’rsatadi.
Bunda bolalar jiddiy jismoniy va ruhiy nuqsonlar bilan tug’iladi, o’z navbatida bu
holat   oilaning   barbod   bo’lishiga   olib   keladi.   Giyohvand   shaxs   sifatida   inqirozga
yuz   tutadi,   shuningdek   giyohvand   moddalarga   tobelik   oqibatida   uning   ma`naviy
me`yorlarga zid bo’lgan xatti – harakatlarga moyilligi ortadi. 
Giyohvandlikning   ruhiy   jihatdan   sub`ektiv   sabablaridan   biri   –   turli   xil
sharoitlarga   bog’liq   holatda   hayotdan   qoniqmaslik   hisoblanadi,   jumladan   shaxs
hayotidagi   qiyinchiliklar,   ijtimoiy–madaniy   muhitning   etishmovchiligi,   bo’sh
vaqtni   ko’ngilli   o’tkazishning   tashkil   qilinmaganligi,   ijtimoiy   nohaqlik,   turmush
sharoitlari   qoniqtirilmaganligi,   o’qish   yoki   ishdagi   omadsizliklar,   odamlardan
ko’ngli qolish kabilar ko’rsatib o’tiladi.
Giyohvandlik  –   yoshlar   kasalligi   sifatida   qayd   qilinadi.  U   ijtimoiy   hayotda
me`yoriy holatda eng kuchsiz,  irodasiz yoshlarni  o’z domiga tortib ketadi.  Uning
mamlakat   kelajagidagi   havfi   ham   aynan   ushbu   holat   bilan   belgilanadi.   Butun
10
 П.Д. Павленок.  Ижтимоий иш асослари . – М.,1998. – С. 274. dunyoda   giyohvand   moddalar   iste`mol   qiluvchilar   orasida   30   yoshgacha   bo’lgan
yoshlar etakchilik qilishi qayd qilingan. Bu muhit orasida giyohvandlikning o’sishi
jadalligi eng yuqori darajada namoyon bo’ladi. Hozirgi kunda giyohvandlikka ruju
qo’yuvchilar   orasida   o’rtacha   yosh   13   yoshni   tashkil   qilishi   uning   jiddiy
muammoligini anglatadi. 
Giyohvandlikning   turlari   orasida   toksikomaniya   rivojlanishi   qayd   qilinadi.
Keng tarqalgan giyohvandlik moddalari ro’yxati tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
1. Morfiy va geroin – opium alkaloidlari;
2. Barbituratlar deb nomlanuvchi uxlatuvchi moddalar guruhi;
3. Gashish (nasha, marixuana);
4. Asab tizimini qo’zg’atuvchi ta`sirga ega stimullovchi moddalar;
5. Kokain – koka o’simligi alkaloidi;
4.   «Ijtimoiy nazorat» atamasi  ilmiy sohaga  Frantsiyalik sotsiolog va sotsial
psixolog Gabriel Tard tomonidan kiritilgan. U bu atamani kriminal hulq – atvorni
tuzatishda   muhim   vosita   sifatida   ta`kidlaydi   va   uning   yordamida   jinoyatchilarni
«me`yoriy»   jamiyat   hayotiga   qaytarish   mumkinligini   ta`kidlaydi.   Navbatdagi
tadqiqotlarida   Tard   tomonidan   ijtimoiy   nazorat   tushunchasi   ijtimoiylashuv
jarayonida   muhim   omil   sifatida   ko’rsatib   o’tiladi.   Qayd   qilib   o’tish   kerakki,   bir
qator   G’arb   sotsiologlari   tomonidan   ijtimoiy   nazorat   masalasi   deviant   hulq–atvor
ustida ishlash va uning ayniqsa tajavuzkor shakllari namoyon bo’lishi sharoitida bu
masalani hal qilishga katta e`tibor qaratilgan. 
Ijtimoiy nazorat nazariyasining kengaytirilgan shakli amerikalik sotsiologlar
–   e.Ross   va   R.Park   tomonidan   ishlab   chiqilgan.   Ross   tomonidan   bir   tomondan
ijtimoiy   barqarorlikni   ta`minlashga   erishish   usullarini   qidirish   va   o’rganishga
qaratilgan   tadqiqotlar   olib   borilgan   bo’lsa,   ikkinchi   tomondan   esa   u   individual
erkinlik   masalasini   ilgari   suradi.   U   eng   avvalo   ijtimoiy   qadriyatlarning
internalizatsiyasi   sharoitida   ichki   ma`naviy   va   ijtimoiy   nazorat   talab   qilinishini
ta`kidlaydi.   Biroq,   bir   vaqtning   o’zida   barcha   tashqi   siyosiy   nazoratning   ortib
boruvchi   ahamiyatini   ham   tan   oladi   va   maqsadga   yo’naltirilgan   tarbiya,   din, jamoatchilik   fikri,   ijtimoiy   va   huquqiy   cheklashlar   ko’rinishidagi   holatlarga
tayanishni yoritib beradi. 
E.Ross   bo’yicha   ijtimoiy   tartib   uzoq   tarixiy   rivojlanish   jarayoni   mahsuloti
sifatida yuzaga kelib, faqatgina xususiylikka (eng avvalo – shaxsiy) bo’lgan umum
hurmat asosidagina ushbu holatga erishish mumkinligi ta`kidlanadi.
Robert   Park   « CHikago   maktabi»   asoschilaridan   biri   hisoblanib,   «mumtoz»
ijtimoiy–ekologik   nazariya   muallifi   sifatida   tanilgan,   u   jamiyat   «nazorat   va
kelishuvlar»   asosida   mavjud   deb   hisoblagan.   U   ijtimoiy   nazoratni   juda   muhim
vosita   sifatida,   inson   tabiati   va   ijtimoiy   kuchlar   o’rtasidagi   munosabatlarni
aniqlashni   ta`minlovchi   o’rnida   tavsiflagan.   Bunda   Park   tomonidan   ijtimoiy
nazoratning uchta shakli ajratib ko’rsatiladi:
1. Elementar, asosan majburiy choralar;
2. Jamoatchilik fikri;
3. Ijtimoiy institu t lar faoliyati.
Tolkott   Parsons   o’zining   «Ijtimoiy   tizim»   asarida   ijtimoiy   nazoratni
tavsiflab, uning yordamida deviant hulq–atvorni neytrallovchi sanktsiyalarni qabul
qilish   mumkinligini   qayd   qiladi,   ushbu   asosda   ijtimoy   barqarorlikka   erishish
mumkinligini ko’rsatib o’tadi. U ijtimoiy nazoratni amalga oshirishda uchta asosiy
usulni ajratib ko’rsatadi:
1. Alohidalash,   bu   usulning   mohiyati   shundaki,   deviant   hulq–atvor   egasi
bilan jamiyatning boshqa a`zolari o’rtasida to’siq qo’yish, uni qayta tarbiyalash va
tuzatishga hech qanday urinishlarni amalga oshirimaslik ko’zda tutiladi.
2. Ajratish   –   deviantning   boshqa   jamiyat   a`zolari   bilan   munosabatlarini
chegaralash,   lekin   to’liq   xolatda   emas,   bu   ko’rinishdagi   yondashuv   deviantning
qayta  tarbiyalanishi  va  uning  tuzalishidan   keyin  jamiyatga  qaytarilishi  masalasini
qarab   chiqadi,   ya`ni   deviant   jamiyatda   mavjud   me`yorlarga   amal   qilishga   tayyor
bo’lgan holatda u jamiyatga qaytariladi.
3. Reabilitatsiya   –   bunda   deviant   me`yoriy   hayotga   qaytarilishga
tayyorlanadi va jamiyatda o’zining rolini to’g’ri holatda bajarishga moslashtirilishi
jarayoni ko’zda tutiladi. Sotsial   nazorat   o’zi   nima?   Jamiyat   hayoti   faqat   hulq-atvorni
muvofiqlashtiruvchi   me`yorlar   va   qonunlardan   tashkil   topmaydi.Bundan   tashqari
jamiyat   kishilar   hulq-atvorini   nazorat   qiluvchi   turli   xil   mexanizmlariga   egadir.
Jumladan, sotsial nazorat tizimli amaliyot hisoblanib, u sotsial guruhlar tomonidan
deviatsiyani vujudga kelishi to’siq sifatida ishlab chiqiladi. 
Sotsial   nazorat   mexanizmlar   ichki   va   tashqi   bo’lishi   mumkin.   Ichki   sotsial
nazorat sotsializatsiya jarayoni asosida amalga oshiriladi: kishilar sotsial me`yorlar
va qadriyatlarni o’zlashtirib boradilar, ularda esa kishilar o’zlarini qanday tutishlari
lozimligi aks etadi va keyin kiishilar o’z kundalik hayotlarida ularga tayanadilar.
Bundan   farqli   o’laroq,   tashqi   sotsial   nazorat   o’zida   negativ   sanktsiyalarni
qo’llashlikni   namoyon   qiladi   va   ayrim   hulq-atvor   turlarini   ta`qiqlashni   kuzda
tutadi.   Zamonaviy   jamiyatda   janoyatga   qarshi   kurashuvchi   adolatli   sud,   politsiya
va turmalar tashqi sotsial nazoratning asosiy mexanizmi bo’lib gavdalanishadi. 11
Ijtimoiy nazorat turi tarkibiga asosiy sakkizta komponent kiritiladi:
1.   Individual ta`sir , bu holat individning atrof – muhit, ijtimoiy muhit bilan
faol   munosabatlari   davomida   shakllanadi   –   bu   ishlab   chiqarish,   anglash   va
moslashish ko’rinishidagi xohlagan aktlardan tashkil topgan. 
2.   Baholashlarning   ijtimoiy   shkalasi ,   bu   holat   ob`ektiv   mavjudlikdan   kelib
chiqqan   holatda   belgilanib,   jamiyatda   bu   holat   atrofdagi   ijtimoiy   muhit   ta`siri
reaktsiyalarida aks etadi. 
3.   Kategoriyalashtirish ,   bu   holat   ijtimoiy   baholash   shkalasining   funktsiya
bajarishi   davomida   qaror   topadi   va   ma`lum   bir   aniqlikdagi   baholash
kategoriyalarida   u   yoki   bu   individual   xatti   –   harakatlarga   tegishli   hisoblanadi
(nisbatan ko’proq umumiy ko’rinishda – ijtimoiy muvofiqlik yoki rad etilish).
4.   Ommaviy   o’zlikni   anglash   tavsifi ,   aynan   ushbu   holatdan   o’z   navbatida
xohlagan   individual   harakatlarning   kategoriyalanishi   kelib   chiqadi,   jumladan
jamoatchilik   tomonidan   o’z   –   o’zini   baholash   va   ijtimoiy   guruh   tomonidan
vaziyatning baholanishi ta`sir ko’rsatadi (ijtimoiy pertseptsiya).
11
Diana Kendall  Sociology in Our Times: The Essentials , Tenth Edition.  Р .166-167 5.   Ijtimoiy   harakatlar   tarkibi   va   tavsifi,   bu   ijobiy   yoki   salbiy   sanktsiyalar
funktsiyasini   bajaradi,   bevosita   jamoatchilikning   o’zligini   anglash   holati   bilan
bog’liq hisoblanadi.
6.   Baholashlarning   individual   shkalasi ,   bu   holat   ichki   qadriyatlar,   ideallar,
hayotiy   manfaatlar   va   individning   intilishlari   tizimi   xosilasi   sifatida   namoyon
bo’ladi.
7.   Individning   o’z-o’zini   kategoriyalashi   doirasida   harakatlarning   ijtimoiy
natijalari   kelib   chiqadi   (rolni   qabul   qilish,   o’z   –   o’zini   identifikatsiyalash,   ya`ni
o’zini ma`lum bir shaxslar guruhiga mansubligini aniqlash), bu individual baholash
shkalasining funktsiyasidan kelib chiqadi.
8.   Indiviual   ong   tavsifi ,   bu   holat   individning   o’z-o’zini   kategoriyalashidan
kelib chiqadi, bu holat asosida individning navbatdagi faoliyati, ijtimoiy baholash
harakatlari reaktsiyalari amalga oshadi. 
Ushbu   ko’rinishda,   ijtimoiy   nazoratning   mavjudligi   muhim   vositasi   tezkor
tarzda amalga oshirilish vositasi sifatida  ijtimoiy sanktsiyalar , ijtimoiy rol talablari
yuzaga   chiqadi.   Jamiyatda   mavjud   bo’lgan   ijtimoiy   sanktsiyalar   jamiyat
a`zolarining   ularning   ijtimoiy   roliga   bog’liq   holatda   qayd   qilingan   holatlarni
bajarishini ta`minlashiga yo’naltiriladi. U yoki bu jamiyat hayoti sohalarini nazorat
qiluvchi   qoidalar   va   me`yorlar,   tamoyillarga   asoslanuvchi   xohlagan   institutlar
odatda   o’z   tarkibiga   ushbu   institutlar   qamrab   oluvchi   individlarning   qoida   va
tartiblarga rioya qilishi yoki bajarmasligi bo’yicha tegishli sanktsiyalarni o’z ichiga
oladi.   Ayrim   sotsiologlar   ta`kidlashicha,   jamiyat   internalizatsiya   orqali   ijtimoiy
omillar   sanktsiyalarining   xususiy   hulq   –   atvorni   nazorat   qilish   natijasida,
rag’batlantirish   yoki   jazolashlar   ko’rinishidagi   funktsiyasi   sababli   mavjud
hisoblanadi. 
Sanktsiyalarning   tipologiyasi   tanlangan   tizim   xosil   qiluvchi   belgilarga
bog’liq   hisoblanadi.   eng   avvalo   bunda   ijobiy   sanktsiyalar   –   jamiyat   va   guruhlar
uchun   ma`qul   topilgan   xatti   –   harakatlarning   qo’llab   -   quvatlanishi,
kengaytirilishini  rag’batlantirish va   salbiy   sanktsiyalar  – institutsional  bo’lmagan,
maqsadga muvofiq topilmagan xatti – harakatlarning, turli xil deviant hulq – atvor holatlarining   jazolanishi   yoki   cheklanishi   qayd   qilinadi.   Bundan   tashqari,
santsiyalarni   rasmiy   –   rasmiy   shaxslar   yoki   organlar   tomonidan   amalga
oshiriluvchi,   buning   uchun   ma`xsus   jamiyatlar   tashkl   qilingan   va   yozma
manbalarda   qayd   qilingan   sanktsiyalar,   shuningdek   rasmiy   bo’lmagan   –   qo’llab–
quvatlash   yoki   rag’batlantiriluvchi,   og’zaki   (yoki   og’zaki   bo’lmagan   shakllarda)
norasmiy   shaxslar,   odatda   atrof   muhitdagilar   tomonidan   qayd   qilinishi   amalga
oshiriluvchi sanktsiyalar ajratib ko’rsatiladi.
Ushbu   ko’rinishda,   ijtimoiy   nazoratning   mohiyati   shundaki,   jamiyat   va
uning   turli   xil   ommaviy   strukturasi   o’z   a`zolarining   konformizm   ko’rinishida
mustaxkamlanishini ko’zda tutib, «ijtimoiy ma`qullangan» hulq – atvor shakllarini
madaniylashtirish,   shuningdek   ijtimoiy   me`yorlar   oqimida   deviant   turdagi   hulq   –
atvorni kuzatish amalga oshiriladi Adabiyotlar ro’yxati
1. Richard T.Shatfer. Sosiology in modules.New York.  2013
2. Margaret Andersen., Hovard F. Taylor.  Sosiology.New York.  2013
3. Diana   Kendall,  Sociology   in  Our   Times:   The   Essentials,   Tenth   Edition.  Cengage
Learning 2016.  USA.
4. Joan   FerranteSociology:   A   Global   Perspective,   Ninth   Edition .   Cengage   Learning
201 5 .  USA.
5. Frolov S.S. Obshaya sotsiologiya.  // Uchebni k. Moskva.:  «Prospekt». 2012
6. Toshenko J.T.  Sotsiologiya .  // Uchebni k. Moskva.:  «YUNITI».  2012

MAVZU DEVIANT HULQ-ATVOR SOTSIOLOGIYASI Reja: 1. Deviant hulq – atvorning sotsiologik nazariyalari 2. Deviant hulq – atvor shakllari 3. Deviant hulq – atvor turlari. 4. Sotsial nazorat.

1. Deviant so’zi - lotincha “ deviatio ” so’zidan olingan bo’lib, chekinish, buzilish degan ma`noni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o’rnatilgan axloq me`yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti- harakat , ijtimoiy xodisadir. Madaniy me`yorlarni buzuvchi har qanday hulq-atvor deviantlikdir. Deviantlik odatda ikki turga ajraladi. Birinchidan, jinoyat rasmiy qabul qilingan qonunlarni buzish bo’lib, u formal deviantlik deb ataladi. Bunga misol sifatida qaroqchilik, o’g’rilik, zo’rlash, qotillik, taxdid qilish va hokazolarni keltirish mumkin. Ikkinchi turdagi deviantlik qonunlarda rasman ko’zda tutlmagan noformal sotsial me`yorlarni buzish bo’lib, u norasmiy deviantlik deb ataladi. Masalan, jamoat joylarida burnini kovlash, qattiq tovushda o’qchish va kekirish, begonalarga besabab keskin tarzda yaqin turishga harakat qilish (to’g’ri ayrim madaniyatlarda)ni misol tariqasida ilgari surish mumkin. 1 Ma`lumki, zamonaviy G’arb sotsiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko’p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo’lish turi jinoyatchilik bo’lib, ijtimoiy me`yorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o’rganilgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib. pozitivistik maktab shakllanishi bilan., jinoyatchilikni ham sababiylikda o’rganuvchi ta`limotlar paydo bo’la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr CH.Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, “jinoyatchilar tug’ma bo’lishadi” degan xulosaga kelishadi. Uning shogirdi e .Ferri jinoyatchilik sotsiologiyasi asarida ushbu omilga qo’shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko’rsatadi. Keyinchalik ushbu ta`limotlar turli tanqidlarga uchragan bo’lsada, hozirgi kungacha ham G’arb sotsiologiyasining ba`zi namoyondalari ushbu ta`limotning u yoki bu yo’nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda. Ularning ta`limotlariga ko’ra ichki sekretsiya bezlari, aqliy rivojlanganlik darajasi, 1 Introduction to Sociology . Р.99

xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug’ma yoki biologik omillarni shakllanishiga ta`sir qiladi Ushbu ta`limotlarga qarama-qarshi o’laroq, sotsiologiyada ijtimoiy me`yor buzish jarayonlarini to’la ijtimoiylikda tushuntiruvchi dastlabki ta`limot e .Dyurkgeymning anomiya g’oyasi edi. Bunga ko’ra eski me`yorlar va qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarining o’rnatilmaganligi natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qat`iy axloqning mavjud emasligi tushuniladi. R.Feris, Tiriak’yan, T.SHibutani va boshqalarning fikricha, deviant xulq- atvor sotsial buzilishilar natijasidir. Ijtimoiy ziddiyatlar ta`limotiga ko’ra, sotsial tizimda begona madaniyatga asoslangan madaniy xulq-atvor namunalari me`yor buzuvchi xulq-atvordir. Amerika sotsiologiyasida e .Saterlendning differentsial, katta o’rin tutuvchi ta`limotlardan biri aloqalar ta`limotidir. Bunga ko’ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan me`yor buzuvchi xulq-atvorga ham u ham o’rganiladi, ya`ni mavjud jamiyat a`zolari tomonidan mazkur xulq-atvor me`yorlari boshqalarga o’rgatiladi. Fenomenologik sotsiologiya namoyondalarining e`tirof etishlaricha, sotsiologik taxlil “ yorliq yopishtirishga” asoslanishi kerak. Ularning fikricha, me`yor buzish sotsial baho va sanktsiya qo’llash natijasidir. Interaktsionizm nazariyasiga ko’ra, (vakillari Bekker G, D.Kitsus, K.Erikson va boshqalar ) xodisani salbiy va ijtimoiy xavfli deb baxolash nisbiy bo’lib, buni jamiyatdagi xukmron guruhlar belgilaydi. SHafqatsiz jamiyat himoyasiz insonni jinoyatchi qilib qo’yib, ezaveradi. Z.Freydning fikricha, inson xulq-atvorining asosida atrof-muhitni ongli baholash bilan ongsiz ishtiyoq orasida ziddiyat yotadi. Ongsizlik asosida esa insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va istaklarini belgilaydigan jinsiy rag’bat- libido yotadi. Barcha atrofimizdagi voqea- hodisalarni jinsiy rag’bat belgilaydi. Inson ruhiyatidagi barcha jarayonlar hayot instinkti eros va o’lim instinkti-tanatos o’rtasidagi kurash natijasi bo’lib, har

qanday xulq-atvor, jumladan noto’g’ri xulq-atvor ham, jinsiy rag’bat va yashash uchun kurash natijasidir. Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta`limot zamonaviy sotsiologiyada etakchi o’rin tutadi . e .Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta`rif beradi; “ Deviant xulq-atvor jamiyatda e`lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir ”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo’lmish funktsional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo’lishiga olib keladi. Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin. Deviantlik muammosiga sotsiologik jihatda qiziqish o’zida formal deviatsiyani o’lchash (jinoiy hulq-atvor statistikasi), shuningdek, jamiyatda deviantlikni vujudga kelishi va uni rolini tushuntirishga intiladigan turli xil nazariyalarni mujassamlashtiradi. 2 Strukturaviy-funktsional yondashuvga muvofiq, deviant hulq-atvor bir qator sabablari tufayli jamiyatda muhim rol o’ynaydi. Birinchidan, deviantlik nima ma`qul keladigan, nima esa noma`qul keladigan hulq-atvorni farq qilishga yordam beradi. Ma`lum bir ma`noda deviantlik odamlar nimani qilishlari mumkin, nimani esa qilishlari mumkin emasligini bilishlari uchun talab etiladi. Bu hodisa ma`lum bir ma`noda chegaralarni chizib beradi. Bu muhim funktsiya bo’lib, u kishilar amal qiladigan madaniy qadriyatlar, axloqiy me`yorlar vositachiligida namoyon bo’ladi. 3 Jamiyat a`zolarining hulq–atvorlar shu jamiyatda qabul qilingan axloqiy va huquqiy m`yorlarga muvofiq kelishi kishilarning farovon turmushlarini tashkil etishning muhim omillaridan bo’lib xizmat qiladi. SHuning uchun har qanday jamiyatda insonlarning nomaqbul hulq–atvorini pasaytirishga harakat qilinib 2 Introduction to Sociology . Р.100 3 Introduction to Sociology . Р.101

kelinadi. CHunki, bu holat ijtimoiy hayotning barcha sohalariga jiddiy salbiy ta`sir ko’rsatishi muqarrardir. Sotsiologik adabiyotlarda d eviant hulq – atvor (lotin tilida Deviatio – og’ish) tushunchasi orqali quyidagi holatlar tushiniladi: 1. Insonning mavjud jamiyatdagi rasmiy jihatdan qabul qilingan yoki qaror topgan me`yorlari, ya`ni «ruhiy sog’lomlik, huquqiy, madaniy yoki ahloq me`yorlari»ga mos kelmaydigan xatti – harakatlari, qilmishlari. 2. Mavjud jamiyatdagi rasmiy jihatdan qabul qilingan yoki qaror topgan me`yorlariga (standart va shablonlar) mos kelmaydigan tarzdagi inson xatti – harakatlarining ommaviy shaklda ifodalanishi, ijtimoiy hodisa. Birinchi holatda deviant hulq – atvor bevosita umumiy va yoshga oid psixologiya (ruhiyatshunoslik), pedagogika va psixiatriya predmeti sifatida o’rin tutadi. Ikkinchi holatda esa deviant hulq – atvor tushunchasi – sotsiologik va ijtimoiy psixologiya predmeti hisoblanadi. Demak, deviantlik madaniy me`yrlar buzilishi deb tan olinayapti. SHuning uchun deviantlik juda keng ma`noda iste`mol qilinadi. Deviantlikning bir kategoriyasi bo’lib, u jinoyat shaklida mavjud bo’ladi. Lekin, jinoyatni o’zi keng spektrni qamrab oladi, ya`ni yo’l harakati qoidalarini buzishdek kichik qoidabuzarlikdan tortib, fxishalik, jinsiy zurlash va xatto qotillikni ham ifodalaydi. 4 Deviant hulq–atvor ko’plab salbiy jihatlarni o’z ichiga qamrab olishi bilan tavsiflanib, diniy nuqtai nazardan bu holatlar «yovuzlik» ko’rinishida, tibbiyot nuqtai nazaridan «kasallik» simptomlari sifatida, huquqiy me`yorlar nuqtai nazaridan «noqonuniy» ko’rinishda va hatto ushbu hulq–atvor shaklini «me`yoriy bo’lmagan» ko’rinishda baholash kuzatiladi Hulq–atvordagi me`yordan og’ishlarni o’rganish jarayoni o’zining tarixiga egadir. Platon o’z davrida insonlarning turli xil hulq – atvorlarini izohlashga harakat qilgan. Rossiyalik olim YA.I.Gilinskiy tomonidan deviant hulq – atvorning madaniylashtirilgan jihati o’rganilib, « deviant hulq–atvor » tushunchasini fanga 4 Sociology / John J.Macionis. Р.194