BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MILLIY XULQ-ATVOR TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH
“ BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MILLIY XULQ-ATVOR TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH ” MAVZUSIDAGI SAMAR Q AND – 2021 1
MUNDARIJA KIRISH ASOSIY QISM 1. Inson shaxsining shakllanishida milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirishning nazariy asoslari. 2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirishning mazmun mohiyati. 3. Dars jarayonida o’quvchilarda milliy xulq-atvor tushunchalarini tarkib toptirish 4. Sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar orqali o’quvchilarda milliy xulq-atvor tushunchalarini tarkib toptirish XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI 2
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, odamzodga ato etilgan eng oliy ne’mat hisoblangan farzan bu millat boyligi. Chaqaloqning tashrifi ila xonadonimizga nur, oilamizga baxt, kelajagimizga umid va ishonch kirib keladi. Darhaqiqat, farzand ila olam munavvar. Zero, u naslimiz davomchisidir. Ko’zimizning oqu qarosi bo’lgan dilbandlarimiz har doim ardog’imizda ekan, biz olamga ular nigohi bilan qarashga intilamiz. Har bir harakati va imo-ishoralari orqali ularni anglashga urinamiz va albatta, buning uddasidan chiqamiz. Lekin bolalik dunyosidan uzoqlashgan kattalarning bu olamga qayta kirib kelishlari qiyin kechadi. Bolalar bilan muloqot paytidagina bu olam mo’jizalaridan bahramand bo’lish mumkin. Lekin biz kattalar o’zimiz bilmagan holda bu mo’jizalarni ko’rish va ulardan bahramand bo’lishdek baxtdan qochamiz va bu ishni begonalarga topshiramiz. Shunday daryolar borki, ularni tezoqar va o’zgaruvchan deya ta’riflashadi. Bu qiyos farzand tarbiyasi borasida ham ifodalanishi mumkin. O’g’il-qizlarning rivojlanish davri xuddi tezoqar va o’zgaruvchan daryolarga o’xshatiladi. Gohida ular oldinga intilib o’zanlaridan chiqib ketguday bo’lsalar, gohida tinch va osudalik kasb etadilar. Istiqloldan keyingi yillarda farzand tarbiyasiga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu boradagi o’zgarishlar bola tarbiyasi mavzusining asrlarga tatigulik vazifa ekanini isbotlab berayotir. Negizi tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga tutash bo’lgan farzand tarbiyasiga taalluqli kitoblar nashr bu borada amalga oshiralayotgan eng muhim ishlardan biri hisoblanadi. Mustaqilligimiz sharofati bilan nashr qilingan Imom Buxoriyning 4 jildlik «Hadis» lar to’plami, Amir Temur hayoti va bunyodkorlik ishlari mavzui bilan bog’liq o’nlab kitoblar so’zimiz isbotidir. Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Boburdan avlodlarga meros bo’lib qolgan bebaho boylik o’zbek millatining durdonalaridir. Forobiy, Beruniy, al-Xorazmiy, at-Termiziy, Moturudiy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Mahmud az- Zamaxshariy, Ulug’bek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Ch’lpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon kabi o’zbek millatining buyuk siymolari, atoqli olimlari va adiblari 3
bilan har qancha faxrlansak arziydi. Kengroq mushohada yuritadigan bo’lsak, millat barkamolligi, Vatan taraqqiyoti farzand tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu o’z navbatida elning kitobxonlik darajasiga, ya’ni o’qimishligiga tutashdir. O’z millatini sevadigan har bir inson, uning yutuqlari, obro’-e’tibori bilan faxrlanadi, zavqlanadi, uning muammolariga befarq qarab tura olmaydi. Yuksak ma’naviyatli inson, o’z eliga millatiga jonkuyar bo’ladi, uning muvaffaqiyatlaridan ich-ichidan faxrlanadi, quvonadi. Milliy xulq-atvor tushunchalari har bir kishida o’z millatining moddiy, ma’naviy merosilarini o’zlashtirish, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini va tarixini mukammal bilish hamda uni o’zga millatlarniki bilan qiyoslash natijasida shakllanadi. Buning natijasida unda o’z millatiga mehr-muhabbati osib boradi. Har bir o’quvchi Vatan muvafaqqiyatida o’zining ham shaxsiy burch va mas’uliyati vazifalari borligini to’la idrok etsin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan kundalik ishlarimizni shunday tashkil etishimiz zarurki, natija o’quvchilar Respublikamizning hozirgi mustaqilligi sharoitida uning muammolarini o’zinikidek qabul qiladigan bo’lsin. Ularning og’irligini o’z yelkasiga oladigan, mumkin qadar Vatanga foyda keltirishdan g’ururlanadigan shaxs bo’lib ulg’aysin. Yuqorida qayd etilganlardan ma’lumki bizning kurs ishimizning «Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirish» nomli mavzusi Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimi hamda ilmiy tadqiqotlar oldida turgan vazifalar qatorida hal qilinishi lozim bo’lgan dolzarbligiga ega. Kurs ishining nazariy asoslari: Ma’lumki har bir tadqiqot uchun tanlangan mavzu bo’yicha olib boriladigan ishlarda uning maqsadi, vazifasi, dolzarbligini nazariy jihatdan asoslab o’tishni taqazo qiladi. Shu talabni hisobga olib, bizning izlanishimiz ham ilmiy nazariy jihatdan o’zining tayanch manbalariga ega bo’lgan holda yuritiladi. Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirishning nazariy, ilmiy va pedagogik 4
asoslarini tahlil qilish, o’rganish. Kurs ishining obyekti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida milliy xulq- atvor tushunchalarini shakllantirish jarayoni. Kurs ishining predmeti: Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan ma’naviy-tarbiyaviy tadbirlar va dars jarayonida milliy xulq-atvor tushunchalarni shakllantirish mazmuni. Kurs ishining vazifalari: Yuqorida qayd etilgan maqsadlarimizdan kelib chiqib: 1. Kurs ishi uchun tanlangan mavzu bo’yicha pedagogik – psixologik, ilmiy va o’quv adabiyot materiallarni o’rganib chiqish va umumlashtirish. 2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirish bo’yicha hozirgi zamon pedagogika va yosh psixologiyasiga oid adabiyotlardagi materiallarni o’rganish, ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish. 3. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ruhiy taraqqiyoti va jismoniy rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berish. 4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarning ongi va xarakteriga xos bo’lgan xususiyatlarni pedagogik nuqtai nazardan ilmiy asosda tushuntirib berish. 5. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olib tarbiyalashning amaliy ahamiyatini o’rganish. Sanab o’tilgan vazifalarni amalga oshirish uchun pedagogika va yosh psixologiyasi fani sohasida qo’llanib kelinayotgan bir qator metodlardan foydalandik. Kurs ishining mazmuni: U kirish, asosiy qism, to’rt reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 5