logo

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish (1-4 sinf tarbiya darsi)

Загружено в:

27.01.2024

Скачано:

0

Размер:

55.7392578125 KB
Mavzu:  Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni
shakllantirish  (1-4 sinf tarbiya darsi)
Reja:
1. O‘quvchilarni o‘rganish, kuzatish va ta’sir ko‘rsatish . 
2. O‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish. 
3. Tarbiya jarayonida diagnostika va korreksion faoliyat mazmuni.
4. Pedagogik diagnostika metodlari. Tayanch so’zlar.   Pedagogika, kompetensiya, korreksiya, pedagogik faoliyat,
korreksion
faoliyat,   diognostika,   anomal   bola,   anomaliya,   suhbat   metodi,   kuzatish
metodi,
rasmlarni   o‘rganish   metodi,   tajriba-psixologik   tadqiqotlar   metodi,   testlar
metodi
Kompetensiya   (lot.competo-erishyapman,   munosibman,   loyiqman)   –u   yoki
bu   sohadagi   bilimlar,   tajriba.   O‘qituvchi   -   muallimlarning   shaxsiy   ijtimoiy
sifatlariga azaldan e’tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib,
pedagogga qo‘yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan.
3. Boshlang’ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi
vazirligi   va   o‘rta   maxsus   kasb-hunar   ta’limi   markazining   2013   yil   22-avgustdagi
“Umumta’lim   maktablari   fanlari   bo‘yicha   uzluksiz   ta’limning   Davlat   ta’lim
standartlari   va   o‘quv   dasturlarini   ishlab   chiqish   to‘g‘risida”gi   qo‘shma   qaroriga
asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan
fanlar   bo‘yicha   amaliyotchi   o‘qituvchilar,   metodistlar   va   yetakchi   olimlar
tomonidan   o‘quvchilarda   kompetensiyalarni   shakllantirishga   yo‘naltirilgan   Davlat
ta’lim standarti va o‘quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi. 
Qo‘shma   yig‘ilishining   qaroriga   asosan,   bitta   sinfda   bir   paytda   bir   necha
fanlar   bo‘yicha   DTS   va   o‘quv   dasturlari   loyihalarini   tajriba-sinovdan   o‘tkazish
belgilandi. Unga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2014 yil 15-avgustdagi  “Umumiy o‘rta va
o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limining   umumta’lim   fanlari   bo‘yicha   o‘quvchilarda
kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturlarini   loyihalari   tajriba-sinovdan   o‘tkazish   to‘g‘risida”gi   qo‘shma   buyrug‘i
qabul   qilindi.   2014-2015-o‘quv   yilidan   Qoraqolpog‘iston   Respublikasi   va   barcha
viloyatlarda   tashkil   etilgan   respublika   miqyosida   70   ta   umumiy     o‘rta   ta’lim
muassasasida,   shuningdek,   Xalq   ta’limi   vazirligi   tasarrufidagi   6   ta   aniq   fanlarga, filologiya   fanlariga,   profilli   mehnat   ta’limiga,   tabiiy   fanlarga,   xorijiy   tillarga
ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori   bilan   bugungi   kunda   amalda   foydalanilayotgan   “Umumiy   o‘rta   ta’limning
davlat   ta’lim   standarti   va   o‘quv   dasturi   (boshlang’ich   ta`lim:ona   tili,   o`qish,
matematika,   tabiiyot   (1-4-sinf)”     2017   yil   6-aprelda   187-son   qaror   bilan   ijroga
kiritildi.   Unga   ko’ra   davlat   ta’lim   standartining   maqsadi   va   vazifalari   sifatida
quyidagilar belgilangan: Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim
tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan
xorijiy   mamlakatlarning   ilg‘or   tajribalari   hamda   ilm-fan   va   zamonaviy   axborot-
kommunikatsiya   texnologiyalariga   asoslangan   holda   tashkil   etish,   ma’naviy
barkamol   va   intellektual   rivojlangan   shaxsni   tarbiyalashdan   iborat.   Ko’rinadiki,
ushbu   maqsad   va   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   tayanch   kompetensiyalarni
shakllantirishimiz   zarur.     Kompetensiya   nima?   Kompetensiyaviy   yondoshuv
deganda   nimani   tushunamiz?   Dastlab   shu   savollarga   javob   berishimiz   maqsadga
muvofiqdir.   Kompetensiya (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman)
– 1) muayyan davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor
shaxsning  qonun,  ustav  yoki  boshqa   hujjat   bilan belgilangan  vakolatlari, huquq  va
burchlari   doirasi;   2)   u   yoki   bu   sohadagi   bilimlar,   tajriba.     Biz   bu   ta’riflarning
ikkinchisiga   to’xtalamiz   va   kompetensiya   tushunchasining   avvaldan   bizga   ma’lum
bo’lgan   bilim,   ko’nikma   va   malakaga   yaqin   tushuncha   ekanligini   anglaymiz.
Ta’limda  kompetensiyaviy   yondoshuv  deyilganda,  o’quvchilarning  shaxsiy,   kasbiy
va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini
samarali   ravishda   qo’llashga   o’rgatish   tusuniladi.   Inson   o’z   hayotida   shaxsiy,
ijtimoiy,     iqtisodiy   va   kasbiy   munosabatlarga   kirishishi,   jamiyatda   o’z   o’rnini
egallashi,   duch   keladigan   muammolarning   yechimini   hal   etishi,eng   muhimi   o’z
sohasi,   kasbi   bo’yicha   raqobatbardosh   kadr   bo’lishi   uchun   zarur   bo’lgan   tayanch
kompetensiyalarga   ega   bo’lishi   lozim.   Tayanch   kompetensiyalarga   esa   axborotlar
bilan ishlash kompetensiyasi, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik   kompetensiyasi,   milliy   va   umummadaniy   kompetensiyasi,   matematik
savodxonlik,   fan   va   texnika   yangiliklaridan   xabardor   bo‘lish   hamda   foydalanish
kompetensiyalari kiradi. 
Kommunikativ   kompetensiyani   boshlang’ich   sinf   o’quvchilarida
shakllantirish   juda   muhimdir.   Ma’lumki,   mafkuraviy   tarbiyaning   eng   ta’sirchan
vositalaridan   biri   muloqot   hisoblanadi.   Chunki   inson   qalbida   va   ongida
shakllanadigan   dunyoqarash,   e’tiqod,   iymon,   vijdon,   mas’uliyat   kabi   fazilatlar
tarbiyasida   radio-televideniya,   gazeta-jurnallar,   badiiy   hamda   ilmiy   adabiyotning
o’rnini   e’tirof   etgan   holda   shuni   aytish   mumkinki,   yuzma-yuz   kechadigan
fikralmashuv,   insonning   yuzi   va   ko’ziga   qarab   turib   aytiladigan   bama’ni   so’z   va
hissiyotlarning   o’rni   beqiyos.   Shuning   uchun   ham   ota-ona   bir   gapni   aytishi   lozim
bo’lsa,   bolasining   yuzini   o’ziga   qaratib   olib,   zarur   yuz   qiyofasi   va   ko’zidagi
samimiyat   bilan   fikrini   uqtira   boshlaydi.   Va   bunday   muloqot,   albatta,   samarali
bo’ladi.   Shu   bois   o’qituvchi-o’quvchi,     o’quvchi-o’quvchi   va   ota-ona   –   o’quvchi
o’rtasidagi   muloqot   ta’lim-tarbiya   jarayonida   katta   ahamiyatga   egadir.   Bolalar
nutqining   rivojlanishi   ularning   faoliyati,   muloqoti   bilan   uzviy   bog’liqdir.   Bola
jumlalarining   mazmuni   va   shaklidagi   o'zgarish   uning   muloqot   shakllari   o'zgarishi
bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan
nosituativ   bilishga   yo'naltirilgan   va   nosituativ-shaxsiy   muloqot   shakliga   o'tilishi
bolalar nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi
tomonlarini,   turli   kommunikativ   masalalarni   hal   qilishi   uchun   zarur   bo'lgan
xususiyatlarni   tarkib   toptiradi.   Bolaning   nutqi   sotsial   kontaktlarni   o'rnatish
funktsiyasini   bajara   boshlaydi.   Buning   uchun   esa   bolada   ichki   nutq   tarkib   topishi,
monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi. Bola nutqining rivojlanishidagi
muhim   xususiyat     -   nutq   tafakkur   quroliga   aylanishidan   iborat.     Bola   so'z-lug'at
boyligining o'sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug'at
boyligining   miqdoriy   o'sishi   D.B.   Elkoninning   ko'rsatishicha,   bevosita   bolaning
hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu
yoshdagi   bolalar   nutqining   lug'at   tarkibini   o'rganishga   bag'ishlangan   tadqiqotlarda
avvalgi   tadqiqotlarga   nisbatan   yuqoriroq   miqdoriy   ko'rsatkichlar   aniqlandi. Kommunikativ   kompetensiyada   o’quvchining   muloqotda   muomala   madaniyatiga
amal qilishni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish
ham   o’z   o’rniga   ega.   Umuman   maktab   o’quvchisining   asosiy   natijalari   bu   ish
qanchalik   muvaffaqiyatli   o’tishiga   bog’liq   bo’ladi.   Ulg’ayayotgan   kishining
hayotdagi mavqeyini shakllantirishda, uning hayot yo’lini belgilashda, o’z vazifasini
anglatishda o’qituvchining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boriladigan
faol   va   qat’iy   faoliyati   zarur   hisoblanadi.   Demak,   bola   kommunikativ
kompetensiyani egallashi orqali uning nutqi, muomala-munosabat va bilish darajasi
oshib boradi. 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ta’lim samaradorligini oshirishda
zamonaviy   axborot   texnologiyalari,   kompyuter   va   kompyuter   tarmoqlari   negizida
ta’lim   jarayonini   axborotlar   bilan   ta’minlashni   rivojlantirish   uchun   texnika   va
texnologiyani bilish va ulardan foydalana olish, funksiyalari va strukturasini bilishi,
texnologiyalarini   joriy   eta   olishi   talab   qilinadi.   Zamonaviy   sharoitda   shaxs
tomonidan   ozlashtiriladigan   axborotlarning   asosiy   manbalari   -   davriy   matbuot
(gazeta, jurnal va b.), audiovisual ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya),
ovozli   va   video   yozuvlar,   axborot-kommunikatsion   vositalar   (kompyuter   tizimi,
internet),   reklama   va   hokazolar   sanaladi.   Ushbu   axborot   manbalari   bilan   to’g’ri
ishlashni   o’rganish   uchun   ham   axborotlar   bilan   ishlash   kompetensiyasini
shakllantirishimiz   lozim.   Zero,   bugungi   taraqqiyot   asrida   bolalarni   bu   kabi
vositalardan   cheklashning   imkoni   yo’q.   Shuni   ham   unutmaslik   kerakki,   global
axborotlashuv   sharoitida   haddan   tashqari   katta   hajmdagi   axborotga   egalik   shaxsga
ta’lim   berish   jarayonini   qiyinlashtiradi.   Bu   qiyinchilik   shu   bilan   bog‘likki,
birinchidan,   yosh   avlod   katta   hajmdagi   “axborot   maydoni”   -   rang-barang
ma’lumotlarga   duch   keladi.   Yоsh   xususiyatiga   ko‘ra   esa   voyaga   etgunga,   ma’lum
darajada   dunyoqarashga   ega   bo‘lgunga   qadar   shaxs   uchun   mavjud   axborotlarning
barchasi   qiziqarli   hisoblanadi.  Biroq shuni  alohida  qayd  etib o‘tish  zarurki, barcha
qiziqarli   axborotlarning   hammasi   ham   foydali,   shaxs   kamolotini   ta’minlashga
xizmat qiluvchi ma’lumotlar bo‘lavermaydi. Ikkinchidan, axborotlashgan jamiyatda
to‘plangan   ma’lumotlar   yosh,   psixologik   xususiyatiga   ko‘ra   qiziquvchan,   har qanday holat, voqelik, hodisa, jarayonning mohiyatini anglashga  intiluvchi  yoshlar
tomonidan tinimsiz ravishda o‘zlashtiriladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra tizimsiz ravishda
o‘zlashtirilgan   ma’lumotlar   shunchaki   axborot   bo‘lib,   ular   bilim   sanalmaydi.
Uchinchidan,   yoshlarning   hali   xayotiy   tajribaga,   barqaror   ma’naviy-axloqiy
tamoyillarga   ega   bo‘lmay   turib,   haddan   tashqari   katta   hajmdagi   “axborot
maydoni”dan   uzluksiz   ravishda   ma’lumotlarni   o‘zlashtirishlari   ortiqcha
yuklamalarga   ega   bo‘lishlariga   olib   keladi.   Katta   miqdordagi   yuklama   esa   o‘z-
o‘zidan inson miya faoliyatida ma’lumotlarni qabul qilish, ularni o‘zlashtirish, qayta
ishlashda   zo‘riqishni   yuzaga   keltiradi.   Ruhiy   zo‘riqish   o‘z   navbatida   tushkunlikni
keltirib   chiqaradi.   Tushkunlikning   doimiy   rivojlanishi   esa   asab   tizimi
kasalliklarining   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘ladi   1   .   O‘zini   o‘zi   rivojlantirish
kompetensiyasini   egallash   ham   boshlang’ich   sinflarda   muhim   ahamiyatga   ega.
O'zini-o'zi   anglashning   rivojlanishi   har   bir   bolada   o'ziga   xos   tarzda   kechadi.
Dunyoning   rivojlangan   davlatlaridan   biri   bo‘lgan   AQSH   pedagogikasidagi
ta’limotda ham quyidagilarni ko‘rish mumkin: 
-bolani o‘z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash; 
-o‘quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun
kurash; 
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g‘ururini erga urmaslik; 
-o‘quvchining   ilk   davridanoq     kasb-korga   yo‘naltirish,   Vataniga   faxr   va
iftixor ruhida tarbiyalash. 
  Shuningdek,   o‘qituvchi   yo‘naltiruvchi   rol   o‘ynaydi   va   asosiy   maqsad
intellektni mashq qildirish va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir. 
Ma’lumki,   bola   bilimga   qiziqmasdan   turib,   o’qishga   intilmaydi,
muvaffaqiyatli   o’qiy   olmaydi.   Bolada   o’z   kuchiga   va   qobiliyatiga   ishonch   hosil
etish, o’qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag’batlantirish, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Boladagi   o’qishga   qiziquvchanlik   qiyinchiliklarni   yengishga,   faolligini   oshirishga,
ishonch uyg’otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi. Sinf rahbarlarining
madaniyat   darajasining   kengligi,   pedagogik   odob   talablariga   rioya   qilishi,   har   bir
bola   shaxsini   inson   sifatida   hurmat   qilishi   bilan   unga   nisbatan   talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lishi, o’z malakasini tinimsiz oshirib
borish   bilan   ishga   ijodiy   yondashish   talab   qilinadi.   O'zini-o'zi   anglashning
rivojlanishi  bolaning bilish va motivatsion sohalari shakllanishi  bilan uzviy bog'liq
bo'ladi. Mana shu sohalarning rivojlanib borishi natijasida bola ham o'zini, ham o'zi
egallab   turgan   vaziyatni   anglashga   qodir   bo'la   boshlaydi,   ya'ni   unda   o'zining
ijtimoiy "men"ini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga
o'tishida   muhim   rol   o'ynaydi.   Bu   davrda   bolalarda   ixtiyoriy   harakatlar   rivojlanishi
bilan   birga   irodaviy   jarayonlar   ham   ko'rina   boshlaydi   (maqsad   qo'yish,   yo'1-yo'riq
hamda   vositalarni   belgilash,   qarorga   kelish   va   qarorni   ijro   etish).   Bolalar   irodaviy
harakatlarini   o'stirish   va   mustahkamlashda   ularni   mehnat   mashg'ulotlariga   jalb
qilishning   ham   ahamiyati   kattadir.   Bolalarga   biron   mehnat   topshirig'i   berilsa,   ular
ayni   chog'dagi   o'zlarining   mayl-xohishlarini   yengib,   mehnat   topshiriqlarini   o'z
vaqtida   bajarishga   intiladilar.   Bolalardagi   irodaviy   harakatlami   rivojlantirish
maqsadida   ularni   o'z-o'ziga   xizmat   qilish,   sinfda   navbatchilik   qilish,   gullarni
parvarish qilish va tabiat burchaklarida navbatchilik qilish kabi mehnat turlariga jalb
qilish   zarur.   Bunda   faqat   mehnat   topshiriqlari   berish   bilangina   cheklanib   qolmay,
balki bolalarning bu topshiriqlarni qanday bajarayotganliklarini ham tizimli ravishda
tekshirib,   nazorat   qilib   turish   lozim.   Ana   shunday   qilgandagina   bolalarda
javobgarlik   hissi   yuzaga   keladi.   Bundan   tashqari   bolalarda   ijtimoiy   motivlarning
ta'siri   bilan   bir   qator   irodaviy   sifatlar,   ya'ni   qat'iylik,   mustaqillik,   tashabbuskorlik,
dadillik kabi sifatlar tarkib topa boshlaydi. Lekin bolalar irodasining bunday sifatlari
katta odamlarnikidek mustahkam, ya'ni xarakter xislatlariga aylanib ketgan darajada
bo'lmaydi.   Bolalarda   ko'rinadigan   ba'zi   iroda   sifatlari   (qat'iylik,   mustaqillik   kabi)
ko'pincha epizodik xarakter  kasb  etadi. Bu yoshdagi  bolalar  bajarayotgan  ishlarida
biron   to'sqinlik   uchrab   qolsa,   o'zlari   mustaqil   ravishda   bartaraf   qilishga   urinadilar.
Ijtimoiy   faol   fuqarolik   kompetensiyasi   Jamoa   rivojlanish   darajasidan   dalolat
beradigan   muhim   belgilaridan   biri   –   o’quvchilarning   birgalikdagi   faoliyatiga
ishtiyoqi   hisoblanadi.   Kechaga   tayyorgarlik   ko’rish,   shanbaliklarda   ishtirok   etish
kabi   maktab   tajribasida   muntazam   uchrab   turadigan   ishlarda   ko’zga   tashlanadi.
Ijtimoiy   faol   fuqarolik   kompetensiyasini   rivojlantirishda   o’quvchilarning   faqat sinfdan   tashqari   faoliyatida   namoyon   bo’ladigan   munosabatilarni   tahlil   etish
bilangina cheklanib bo’lmaydi. Sinf rahbari ishining o’ziga xos xususiyati shundan
iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o’quvchilar jamoasini shakllantiradi.
O’quvchilarning   asosiy   vazifasi   o’qishdan   iborat.   Shuning   uchun   sinf   rahbari
dastavval   bolalarning   o’qishda   o’quvchilarning   o’zaro   ga   qanday   munosabatda
ekanliklarini,   o’zlarini   darsda   qanday   tutishlarini,   bir-biriga   sidqidildan   yordam
berish   yoki   bermasligini   kuzatadi   va   kerakli   tadbirlarni   qo’llaydi.   Maktab
o’quvchilarining bilimga qiziqishi ularning hayotiy ehtiyojlariga bevosita bog’liqdir.
Maktab   hovlisidagi   bog’,   tokzor,   issiqxonada   o’tkaziladigan   amaliy   jarayon   –
daraxtlarni   butash,   ularga   payvand   solish,   tok   kesish,   daraxt   o’tqazish,
issiqxonalarda   pomidor,   sabzavotlar   yetishtirish   qoidalari   o’quvchilarda   katta
qiziqish uyg’otadi. Bilimga bo’lgan qiziqishni shakllantirish va o’stirishda sinflarni,
o’quv   xonalarini   va   maktab   binosini   jihozlash   ham   katta   ahamiyat   kasb   etadi.
O’quvchilarda  bu jarayon  turli   qarashlar,  did,  dunyoqarashni  shakllantiradi,  estetik
zavq   uyg’otadi,   tegishli   ma’lum   sohalarga   havas   uyg’otadi.   Shuningdek,   tadbirlar
yoki sayohatlar  orqali ham ijtimoiy faol fuqarolikni tarbiyalash mumkin. Milliy va
umummadaniy   kompetensiyani   shakllantirishda   boshlang’ich   sinf   o’qituvchisining
axloqiy   obro’si   g’oyat   darajada   yuqori   bo’lishi   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
O’qituvchi ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi. O’qituvchining
shaxsiy   fazilatlari,   ma’naviy   qiyofasi   o’quvchilar   ongining   va   xulqining
shakllanishiga   katta   ta’sir   ko’rsatadi.   O’qituvchi   uchun   malaka   va   ko’nikmalarga
ega   bo’lishning   o’zi   yetarli   emas.   U   o’z   tarbiyaviy   faoliyatida   yuksak   darajadagi
insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari
bilan   ham   ta’sir   kuchiga   ega.   Chunki,   o’qituvchilik   qobilyati   juda   ko’p   sifatlarni:
chuqur   bilim,   keng   fikrlilik,   ishga   jon   dildan   ko’ngil   qo’yish,   bolalarga   bo’lgan
cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil
va   adolatlilik   namunasi,   alohida   nazokat,   sipolik   va   vazminlik   kabi   fazilatlarning
bo’lishini   taqozo   qiladi.   Matematik   savodxonlik,   fan   va   texnika   yangiliklaridan
xabardor   bo‘lish   hamda   foydalanish   kompetensiyasida   o’quv   mehnatiga   ongli
munosabatda   bo’lishlik   ta’limning   ijtimoiy,   o’qishning   shaxsiy   ahamiyatini tushunish demakdir. Odatda muammoli vaziyat vujudga kelganda odam favqulodda
hech   kutilmagan,   notanish,   tushunilishi   murakkab   bo’lgan,   noma’lum   narsa   va
hodisalar bilan uchrashadi. Aqliy zo’r berish natijasida iroda sifatlarini ishga solish
orqali   munozarali   vaziyat   anglashilgan   masalaga   aylanadi.   O’zlashtirishning   past
bo’lishi,   aksariyat   hollarda,   o’quvni   tizimli   va   rejali   olib   borish   iqtidori   va
ko’nikmasining   bolalarda   shakllanmaganligidan   kelib   chiqadi.   Sinf   rahbarining   va
fan   o’qituvchilarining   asosiy   vazifasi   har   bir   o’quvchining   faoliyatini   quyidagi
shartlar asosiga qurish bilan bog’liq: 
1. Faoliyatni reja asosiga qurish. 
2. Qunt bilan ishlash. 
3. Pala-partishlikka yo’l qo’ymaslik, saranjomlikka o’rganish. 
4. Bilim sifatini oshirish. 
5. Qiyinchiliklarni yengish. 
6.   O’quv   mehnatida   muayyan   rejimga   itoat   etish.   Bu   o’quv   mehnatini
o’quvchining dam olishi bilan to’g’ri almashtirib borilishidir. 
    7.   O’qishda   o’rtoqlarcha   o’zaro   yordam   uyushtirish.   O’rtoqlarcha   o’zaro
yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik
ruhining   shakllanishiga   olib   keladi.   8.   Sinf   o’qituvchilari   bilan   hamkorlik.   Sinf
rahbari   ta’lim-tarbiyaviy   ishlarni   yakka   o’zi   emas,   balki   shu   sinfda   dars   beruvchi
boshqa o’qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi. 
Sinf  o’qituvchisining asosiy  vazifasi  har  bir  o’quvchini  mantiqiy fikrlashga
o’rgatishdan iboratdir. Ayniqsa, bolalarda o’qish qiyinchiliklarini yengish, tushunib
o’qish va kitob bilan mustaqil ishlash, uy vazifalarini bajarishda rioya qilishi lozim
bo’lgan intizom, olgan bilimlarini amalda qo’llash kabi zarur sifatlarni shakllantirish
katta   ahamiyatga   egadir.   O’quvchilarni   o’quv   mehnatida   muayyan   rejaga   itoat
etishga o’rgatish orqali ham boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirish sifatini
oshirish mumkin.  Zamonaviy jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida ro'y berayotgan
o'zgarishlar o'qituvchiga yangi talablarni keltirib chiqardi. Bu keng ko'lamli
umumiy   madaniy,   professional   va   maxsus   vakolatlarga   ega,   yangi   kasbiy
talablar
va   mehnat   sharoitlariga   munosib   javob   bera   oladigan   mutaxassis   bo'lishi
kerak.
Shiddat   bilan   o'zgarib   borayotgan   jamiyatda   yashash   va   ishlashga   tayyor
bo'lgan
professional o'qituvchini tayyorlash - bu kasbiy pedagogik ta'lim tizimi oldida
turgan   strategik   vazifadir.   Shuning   uchun   bugungi   kunda   ta'limning
kompetensiya
paradigmasiga o'tish dolzarblashmoqda[1].
Bo lajak mutaxassisning bilim, ko nikma va malakalarini aniq amaliy‟ ‟
vaziyatda   amalga   oshirish   qobiliyatiga   ega   bo lishi   kompetensiyaviy	
‟
yondashuvga
asoslangan ta'limning ustuvor maqsadidir. Shuning uchun ham bolajak
o qituvchining mutaxassis sifatida shakllanishida pedagogik amaliyot muhim	
‟
sanaladi.   Ushbu   davrda   talabaning   tajriba   to„plashi,   yangi   bilim   va
ko„nikmalarni
egallashi,   kasbiy   vaziyatlarga   moslashuvi   ortib   boradi.   Kasbiy
kompetensiyani
shakllantirish bosqichma-bosqich va doimiy tarzda amalga oshiriladigan
jarayondir[2].
Bo’lajak o qituvchilar amaliyot davrida turli vazifalarni bajarar ekan, Davlat	
‟
Ta lim Standartida belgilangan ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini	
‟
shakllantirishga alohida ahamiyat berishlari kerak. Ijtimoiy faol fuqarolik
kompetensiyasi   jamiyatda   bo„layotgan   voqea,   hodisa   va   jarayonlarga
daxldorlikni
his etish va ularda faol ishtirok etish, o„zining fuqarolik burch va huquqlarini
bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy   madaniyatga   ega   bo„lish   layoqatlarini   shakllantirishni   nazarda
tutadi[3].
Kichik yoshdagi o quvchining ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirishda bir‟
qator ichki va tashqi omillarni hisobga olish kerak. Tashqi omillarga ijtimoiy
rivojlanishning   hozirgi   bosqichi,   bolaning   ijtimoiy   hayoti,   sharoitlari   va
ijtimoiy
muhit kiradi. Ichki omillar - bu bolaning aqliy rivojlanish xususiyatlari, uning
yoshiga xos rivojlanishi va individual individual xususiyatlari. Agar bir qator
shartlar bajarilsa, boshlang'ich maktab o'quvchilarida ijtimoiy qobiliyatlarni
samarali   shakllantirish   mumkin:   Jamoada   tegishli   rivojlanish   muhitini
yaratish
(o'qituvchi sinfda ishonch va xayrixohlik muhitini yaratishi kerak). Kichik
yoshdagi o quvchi o'zini xavfsiz his qilishi, shu bilan birga bosimni his etishi	
‟
kerak, o'qituvchi o'zining shaxsiy xususiyatlariga hurmat ko'rsatishi kerak.
Ijtimoiy moslashuvning asosiy maqsadi - bolalarga turli xil faoliyat turlari
bilan   shug'ullanish   orqali   hayotiy   tajriba   orttirishga   yordam   berish,
o'quvchilarda
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
kundalik   muammoli   vaziyatlardan   chiqib   ketish   uchun   ijtimoiy   maqbul
yo'llarning
mustaqilligini yetarli darajada rivojlantirish.
Ertak terapiyasi boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar bilan muloqot
qilishning samarali  usuli  sifatida bir  qator  muammo va vazifalarni  hal  qilish
uchun
uzoq   vaqtdan   beri   taniqli   o'qituvchilar,   psixologlar   va   bolalar   bilan   ishlash
bo'yicha
boshqa   mutaxassislar   tomonidan   keng   qo llanib   kelinadi.   Odatda   bu	
‟
maqsadlar
uchun tarbiyaviy va terapevtik ta sirga ega kichik xalq ertaklari yoki badiiy	
‟
ertaklar ishlatiladi. Oila bilan ishlash bo'yicha mutaxassis, ijtimoiy amaliyotchi I.V.Naumovning
“Binafsha   o rmon   sirlari”mualliflik   ertagi   boshlang'ich   sinf   o'quvchilarida‟
ijtimoiy
kompetensiyalarni   shakllantirish   jarayoniga,   ularning   jamiyatda
muvaffaqiyatli
moslashuviga hizmat qiladi. Ushbu texnologiyadan foydalanish maqsadga
muvofiqligi   shundaki,   boshlang'ich   maktab   o'quvchilarida   ertaklar   katta
qiziqish
uyg otadi. Ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda ertak terapiyasining	
‟
vositalari o'ziga xos xususiyatlari:
 o'z-o'zini bilish va o'zini anglashga qaratilganligi;
 ertaklarning samaradorligi didaktik, axloqiy ko rsatmalarning yo qligi;	
‟ ‟
 aniq personifikatsiyalarning yo qligi;	
‟
 obrazli va majoziy til;
 psixologik xavfsizlik;
 sir va sehrning mavjudligi[4].
Zamonaviy mualliflik ertagining jozibadorligi – uning dolzarbligida,
zamonaviy bola uchun yaqin va tushunarli bo'lgan narsalar haqida so z	
‟
ketayotganligidadir.
Bolalarda ijtimoiy kompetensiya shakllanishning boshlang'ich darajasini
aniqlash turli xil texnikalardan foydalangan holda amalga oshiriladi: bolaning
o'zini   o'zi   qadrlashi,   shaxsning   ijtimoiylshuvini   o'rganish   usullari,
hissiyotlarni
aniqlash, sotsiometriya usullari, bolalar jamoasidagi psixologik munosabatlar
va
undagi har bi bola mavqeini aniqlash.
Mualliflik ertagidan ertak terapiyasi usuli sifatida foydalaniladigan darslar:
 bolalarning faolligi va mustaqilligini sezilarli darajada oshirishga;
 xulq-atvorni ixtiyoriy tartibga solish, yuqoriga ko'tarish;
 bilimni oshirishga faol qiziqish, faol pozitsiyani rivojlantirishga qobiliyat;  muloqotning kommunikativ tomoni bilan bog'liq ko'rsatkichlarini
yaxshilash;
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
 belgilangan o'z-o'zini anglashning o'sishi va ijobiy tomon o'zgarishlar
o'sishi,   "rad   etilgan"   va   "qabul   qilinmagan"   toifasidagi   bolalarda   o'z-o'zini
hurmat
qilishi;
 vaziyatli muammolarni hal qilish usullarini tanlashga imkon beradi[4].
Mualliflik   ertagidan   foydalanish   psixologik   muhitning   yaxshilanishiga,
bolalarning
holati tenglashuviga xizmat qiladi va munosabatlarni mustahkamlash uchun
doimiy   moyillik   kuzatildi.   Ijtimoiy   kompetensiyalar   shakllanishi   sezilarli
darajada
oshadi: bolalar bir-birlariga ko'proq e'tibor berishadi, tez-tez yordam berishni
boshlaydilar, turli muammolarni hal qilishda, munosabatlarda bag'rikenglik
kuzatiladi, haqoratli so'zlar va iboralar kundalik hayotni tark eta boshlaydi.
3-
 Pedagogik lug‘atda “korreksiya” tushunchasi (yunoncha “correctiio” —
tuzatish)   pedagogik   uslub   va   tadbirlardan   iborat   maxsus   tizimi   yordamida
anomal
bolalarning   psixik   va   jismoniy   rivojlanish   kamchiliklarini   tuzatish   (qisman
yoki
to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi.
 Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion profilaktik
faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o‘qitish, psixokorreksion
faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi.
 Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim das turiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va
rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit jarayon.
 Korreksiya-hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o'smirlar bilan olib
boriladigan aniq faoliyatdir. Bir qator olimlar: R.S. Nemov, D. V. Olshanskiy,
G.
Broyer, G. Matteslar: “Pedagogik korreksiya-tarbiya jarayonida yoshlarning
ma’naviy-ma'rifiy   sohalardagi   oldindan   yo'l   qo'yilgan   nuqsonlarni   bartaraf
etish
jarayonidir”   -   deb   hisoblaydilar.   N.   V.   Kuzmina   bu   jarayonni:
«Korreksiyalash
jarayoni-o'quvchilarning ongiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etuvchi va turli ijobiy
qobiliyatlarini   shakllantiruvchi   faoliyat   turidir»   -deb   tavsiflaydi.
Korreksiyalash
ta’sirida o'quvchi-yoshlarning g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari
shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy
kuch-quvvatlari mustahkamlanadi va shu bilan birgalikda tarbiya masalalari
amalga oshiriladi. Korrektsiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga
qo'yadigan   axloqiy   talablariga   muvofiq   keladigan   xulqiy   malaka   va   odatlari
hosil
qilinadi.   Bunga   erishish   uchun   o'quvchining   ongiga   (ta'lim   jarayonida),
hissiyotiga
(darsda va sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni
idora
qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi.
Demak, pedagogik diagnostika va korreksiya jarayonida bulardan birortasi
(tafakkuri,   ongi,   hissiyoti,   irodasi,   qarashlari)   e'tiboridan   chetda   qolsa,
maqsadga
erishish qiyinlashadi.
Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik   va   psixologik   o‘rganish   tashkil   etib,   uning   vazifalari   sirasiga
quyidagilar
kiradi:
1) rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va
korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
2) differensatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida
anomal bolalarning muammolarini hal etish;
3) anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy
jihatdan ishlab chiqish;
5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish
bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
6) anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora tadbirlar
tizimini ishlab chiqish;
7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining
samaradorligini oshirish.
 Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi
vo‘nalishlarda olib boriladi:
1.Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini
aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish.
2.   Rivojlanishi   va   xulqida   nuqsonlar   bo’lgan   bolalar   bilan
korreksionpedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o‘rganish.
3. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat
qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi
etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
4. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga
korreksion-pedagogik   ta’sir   ko'rsatish   texnologiyasi,   shakl,   metod   va
vositalarini
ishlab chiqish.
5. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini
tahlil
qilish.
6. Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus
muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
7. Anomal bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi
o‘qituvchilarni tayyorlashda zarur o ‘quv-metodik bazasini yaratish.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil
etiladi:
1. Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o‘rnatish vositasi bo‘lib, anomal
bolaning   shaxsi,   emotsional-irodaviy   sifatlari,   xulqi,   shuningdek,
rivojlanishidagi
chetlanishlarning   sabablari   haqidagi   ma’lumotni   to‘plashga   imkon   beradi.
Agarda
bolaning   nutqida,   eshitish   qobiliyatida   nuqsonlari   bo‘lsa,   yoki   munosabatga
qiyin
kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani
qiziqtiradigan ko‘rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval
boshlanadi   va   yaxlit   tekshirishlarni   o‘tkazish   jarayonida   davom   ettiriladi.
Kuzatish
har   doim   aniq   maqsad   asosida   o‘tkaziladi.   Bolani   o‘yin   faoliyatini   tashkil
etish
jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o ‘rnatishga
imkon beradi. Ayrim hollarda o ‘yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o
‘tkaziladi.
3. Rasmlarini o‘rganish metodi. Rasmlar bolani o‘rganishda muhim
differensial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya
etilgan   rasmlar   xavotir   uyg‘otsa,   bolaga   erkin   rasm   chizishni   taklif   etish
maqsadga muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish
jarayoni   yakuniy   tashhis   uchun   qimmatli   ma’lumot   hisoblanadi.   Aqli   zaif
bolalar
odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular sujetlar yaratmay, alohida odatiy
predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar.
4. Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o‘rganilishi kerak
bo’lgan psixik jarayonni qo‘zg‘atuvchi ma’lum vaziyatlarni yaratishni ko‘zda
tutadi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va
mexanizmlarini ochib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
5. Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda
tekshirishda   qo‘llaniladi.   D.Veksler   tomonidan   asoslangan   moslashtirilgan
test
ommaviylashgandir. Undan foydalanish individualpsixologik tekshirishlarni
o‘tkazishda   bola   haqida   zarur   qo‘shimcha   ma’lumotlarni   olishga   imkon
beradi.
O‘smirlik davrida o’quv fanlarini turli o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish
munosabati yuzaga keladi. Bu orqali ularda kattalar shaxsi va faoliyatini
baholashning   yangi   mezonlari   shakllana   boshlaydi.   Masalan,   bilimli,
talabchan,
haqqoniy, o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladigan
o‘qituvchilami ajratmaydilar, balki ularni ko‘proq hurmat qiladilar, yaxshi
ko‘radilar   va   ular   bilan   bo‘ladigan   munosabatlariga   ham   katta   e’tibor
beradilar.   10-15   yoshli   bolalaming   faoliyat   motivlarida   ham   o‘zgarishlar   amalga
oshadi.
Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik yoshlar o‘zlariga shaxsiy xarakteristika
beradilar. Katta bo‘lgan sari ularning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial
xarakterda   (xulq-atvor,   ijtimoiy   vaziyatlarda   o‘zini   tutishi   va   ayrim
xattiharakatlar) namoyon bo‘la boshlaydi. Pedagogika oliy o‘quv yurtida bo’lajak
o‘qituvchilami psixologik-pedagogik jihatdan tayyorlashni takomillashtirish talabalardagi   o‘z   kasbiga   boigan   psixologik   qarashni   qayta   qurish   hamda
“ideal
o‘qituvchi”   obraziga   tayangan   holda   olib   borilishi   zarur.   Kasbiy   faoliyat
bo’lajak
o‘qituvchi   shaxsini   rivojlantirishning   asosiy   vositasi   ekanligi   sababli
talabalarning
uzluksiz   amaliyotda   qatnashish   jarayonini   sifat   va   miqdor   jihatdan
kuchaytirish
lozim.
Talabalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ayrim hollarda ichki va tashqi vositalar,
omillar ta’siri ostida uning ruhiy dunyosiga umidsizlik, ruhiy parokandalik
kayfiyati,   istiqbolga   ishonmaslik,   ikkilanish,   hadiksirash   kabi   salbiy   his-
tuyg‘ular
namoyon   bo‘ladi.   О‘z   shaxsiyatiga   nisbatan   ichki   ishonmaslik,   o‘qishga
nisbatan
esa salbiy munosabatning kelib chiqishi talaba ruhiyatida keskin tushkunlikni
keltirib   chiqarishi   mumkin.   Buning   oqibatida   ayrim   yoshlar   o‘ta   zararli
oqimlarga
–   aqidaparastlik,   terrorchilik   illatlariga   qo‘shilib   qolishi,   giyohvandlik,
ichkilik,
qimorbozlik,   turli   jinoyat   ishlari   kabi   jirkanch   yo’llarga   kirib   qolishlari
mumkin.
Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya
ishlari   metodik   jihatdan   to'g'ri   yo'naltirilganda   jamiyatning   har   bir   a’zosi
ongiga
milliy istiqlol g'oyalarini singdirishda, mafkuraviy immunitet hosil qilishda,
o'quvchilarning   o'zligini   anglashlarida,   vatanparvarlikni,   millatlararo
totuvlikni,
diniy bag'rikenglikni, tolerantlikni shakllantirishda hamda komil insonga xos bo'lgan   fazilatlarni:   sofdillik,   to'g'riso'zlik,   adolatparvarlik,   sahovatlilik,
ornomuslik, tantilik va boshqa sifatlarni tarkib toptirishda ijobiy samara beradi.
Pedagogik tashxislash va yoshlarning xulqidagi nuqsonlarni korreksiyalash
masalalari bugungi kunda salmoqli ahamiyatga ega bo'lib borishi mustaqil
O'zbekistonning   har   tomonlama   rivojlanishidan,   jamiyat   a'zolarining
ma'naviyma'rifiy   hayotida   paydo   bo'lgan   muammolarini   hal   etilayotganidan
dalolatdir.
 Foydalanish uchun adabiyotlar:
Usanova O.N. Psixik rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar. – М.:
Pedagogika, 1995.
Rahmonova V.S. Defektologiya va logopediya asoslari. – T., 1990.
Babanskiy   Y.K.   Metodi   obucheniya   v   sovremennoy   obsheobrazovatelnoy
shkole. –
M.: Prosvesheniye, 1985.
Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003.
4 -reja   Har   qanday   faoliyat   zamirida   ham   amalga   oshirilgan   ishlarning
pirovard   maqsadi,   vazifalari   va   kutilgan   natijalari   bo’ladi.   Faoliyat   natijalarini
sarhisob   qilish,   amaliy   xulosalar   yasash,   bo’sh   yoki   muvaffaqiyatli   o’rinlarni
belgilabolish   –   faoliyatning   keyingi   bosqichlarida   uni   hisobga   olish   pedagogic
diagnostika deyiladi.
Pedagogik   diagnostika   ta’lim   samaradorligi,   ish   mazmuni   olib   borilgan
pedagogic   faoliyatni   tahlil   qilihda   katta   ahamiyatga   ega   bo’lib,   ilg’or   ta’lim
muasasalarida bu ish uslubi  muvaffaqiyatli tarzda amalgam  oshirilmoqda, yutuqlar
mustahkamlanib, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida yosh
strategic   yo’nalishlar   belgilab   olinmoqda   va   yuqori   darajadagi   pirovard   natijalar
qo’lga kiritilmoqda. Savol tug’iladi: bola   qobiliyati,   imkoniyat,   bilimi,   egallangan   ko’nikmalarining   o’lchovi
bormi?
bolaning   bilish   va   ko’nikmalarini   belgilashga   o’qituvchu   aralashgani
ma’qulmi, yoki o’ziga-o’zi baho bergani afzalroqmi?
Mana   shu   savollarga   eng   maqbul   asoslarda   javob   berish,   pedagogik
diagnostikaning predmetidir. Mana shu maqsadni ro’yibga chiqarish yo’l-yo’riqlari,
metodik   mexanizmlarini   ishlab   chiqish,   joriy   etish   muhim   vazifadir.   Pedagogik
diagnostikaning   tarixi   pedagogic   faoliyat   tarixi   bilan   deyarli   tengdosh,   boshqacha
qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan beri mavjud bo’lsa bu faoliyatning
me’yoralari   va   natijalarini   belgilash   ham   shunchalik   qadimiydir.   Demoqchimizki,
o’quvchi bilimiga baho qo’yish, uni sinov va imtixon qilish pirovard ish natijalarini
belgilab   olish   boshlangan   yerda   pedagogic   diagnostika   ham   mavjud.   Faqat   farq
shundaki,   ibtidoiy   va   o’rta   asr   pedagogikasida   bola   bilimi   va   iqtidorini   diagnostic
tahlil   qilishning   ilmiy   asosi   yo’q   edi.   Pedagogik   diagnostikani   ilmiy   asosda   tahlil
etish   va   yo’lga   qo’yish   20   asr   boshlarida   amalgam   oshirilgan.   Shu   boisdan,   bu
pedagogic jarayonning nomlanishi ham turlicha bo’lgan.
Ayrimlar  pedagogik diagnostikani  taklif  etilgan bilimlarni  o’zlashtirish  asosi
deyiladi.   Boshqalar   diagnostika   o’qitishni   jadalashtiruvchi   axborotdir   deb
hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostic egallagan bilim sifatini nazorat etishdir,
degan fikrn ilgari suradilar.
Taniqli   pedago   olim   Matserman   pedagogik   diagnostikani   “O’quvchi
o’zlashtirishi   bilan   o’quv   materialini   to’g’ri   tanlash   maqsadni   to’g’ri   yo’naltirish
mezonidir” deb hisoblaydi.
Aslida   pedagogik   diagnostika   o’quv   materialini   bilish   jarayonining   asosini
tashkil etib, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi.
Shu boisdan ham, pedagogik diagnostika:
birinchidan, o’quvchiga individual ta’lim berishni jadallashtiriladi; ikkinchidan, davlat va jamiyatning ta’limga qo’ygan talablaridan kelib chiqib,
oquvchi bilimin to’g’ri, adolatli baholashni ta’minlaydi;
uchinchidan, ishlab chiqilgan ta’limiy mezon, kriteriyalar orqali o’quvhcining
sinfdan   singdan   o’tishida,   mutaxassislikkka   qabul   qilinishida   minimal   talablarga
javob berishini belgilaydi. Pedagogik diagnostika yordamida ta’lim-tarbiya jarayoni
to’g’ri   tahlil   etiladi   va   uning   samaradorligi   to’g’ri   baholanadi,   boshqacha   qilib
aytganda,   pedagogik   diagnostika   orqali   ta’lim   obyekti,   ta’limiy   tushunchalar   qay
darajada   o’zlashtirilganligi   tahlil   etiladi.   Butun   o’quv   kursini,   o’quv   dasturlaini
o’zlashtirish   darajasi   baholanadi.   Pedagogi   diagnostika   muhim   ahamiyatga   ega.   U
o’quv-tarbiya   jarayonini   yaxshilahsga   xizmat   qiladi.   Ta’limiy   faoliyat   natijasida
erishilgan   samaralarni   xolislik   bilan   belgilab   beradi,   yo’l   qo’yilgan   kamchilik   va
nuqsonlarni bartaraf etishga yo’l ochadi, pirovard natijada ta’limning takomillashib
borishiga ijobiy ta’sir qiladi. Pedagogic diagnostika tarixiga nazar tashlasak, o’tgan
asrlarda u faqat o’quvchi bilimini baholash orqali amalgam oshirilganini kuzatamiz.
Unga   1864   yilda   AQSh   olimlari   D.Fisher   va   R.Reslar   asos   solganlar,   1908   yildan
boshlab esa, olim T.Stoun arifmetikadan test orqali o’quvchi bilimini sinash tizimini
tadbiq etgan. Egallangan malakani aniqlashga kiritilgan pedagogik diagnostika yoki
diagnostik faoliyatning ayrim jihatlari:
taqqoshlash;
pedagogik tahlil;
avvaldan ayta bilish (prognoz);
interpretatsiya ;
pedagogik diagnostika natijalarini o’quvchilarga etkazish;
amalga oshirilgan turli diagnostik metodlarni o’quvchilarga yetkazish; pedagogik diagnostika metodlarini to’g’ri belgilashdan iborat bo’lgan.
Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa:
haqqoniylik (ob’ektivnost);
ishonchlilik (nadyojnost);
puxtalik (vidnost) asoslanadi
Diagnostik tahlillar qachon ob’yektiv boladi.
- agar sinov natijalari turli tekshiruvlarda bir xil natijalar ko’rsatilib,
ko’rsatkichlar o’zaro bir-biriga yaqin bo’lsa;
agar:   sinov   mezonlari,   o’lchovlari   birligi   hamda   uning   natijalari   sinovni
amalga   oshiruvchi,   aniqlovchining   shaxsi   hislati   va   munosabatlariga   bo’liq
bo’lmasa;
agar:   sinov   bir   xil   talab,   bir   xil   munosabat,   psixologik   kayfiyatda   amalgam
oshirilsa haqiqiy ahvolni aniqlashda ob’yektiv natijalar olinishi mumkin. Modomiki
maqsad   haqiqiy   ta’limiy   ahvolni   aniqlash   ekan,   unga   to’g’ri,   halollik,   haqqoniylik
bilan   yondohish   zarur.   Aks   holda,   diagnostikadan   ko’zlangan   natijaga   erishish,
to’g’ri tashxis belgilash mumkin emas. Bundan tashqari, ayrim sinf ishlarini, ba’zan
yozma   ishlarni,   ko’pincha   esa   og’zaki   berilgan   javoblarni   baholashda   har   xil
yondashuvlar qayd etilishi mumkin. Bu sinovchi ya’ni, diagnostic tahlil o’tkazuvchi
qilinayotgan   ishlarning   tub   maqsadiga   tushunib   yetishga,   mas’ulitaiga,   ishiga
bo’lgan   yondashuvga   va   nihoyat   uning   savoyasiga   bo’g’liq.   Bundan   kelib chiqadigan  amaliy xulosa  shuki,  pedagogik  diagnostikani   amalga  oshirishda  rioya-
andisha,   oshna-og’aynigarchilik,   tanish-bilishchilik,   boshqa   noxushliklar   aralashsa,
haqiqiy   ahvol   aniqlanmaydi,   umumiy   ishga   putur   yetadi,   kamchilik   va   nuqsonlar
ochilmay   haspo’shlanadi,   ta’limni   takomillashtirishdan   ko’zda   tutilgan   maqsadlar
ochilmay qoladi.
Pedagogik   diagnostikaning   ishonchliligi   bir   necha   marta   qilingan   tahliliy
xulosalar   natijasining   bir   xilligi   qayd   etilgan   xollardagina   ta’minlanadi.   Agar   buni
muayyan   maktab,   sinfning   hayotiy   faoliyati   bilan   bog’lasak,   mabodo   o’qituvchi
ilgarigi   ishini   oradan   bir   necha   vaqt   o’tib,   aynan   o’shnday   baholasa,   ishonchlilik
paydo   bo’ladi,   lekin   bunday   hol   afsuski   amaliyotda   kam   uchramoqda.   Pedagogik
diagnostika   natijalari   qachon   uzil-kesil   tasdiqlanadi.   Tajribalar,   tahlillar   shuni
ko’rsatadiki,   pedagogik   diagnostika   test   usullari   vositasida   amalga   oshirilsa,
natijalar   haqqoniy   bo’ladi.   Chunki   bunda   to’rt   xil   xulosa,   bir   xil   natija   bilan
baholanadi bular:
mazmunning tasdig’i;
har xil usul bilan olingan natilalarning bir xilligi;
natijalarga ko’ra amalga oshirilgan tahlillarning isbotlanishi;
loyihalashning   tasdiqlanishi   (ya’ni,   loyihalashtirishdagi   natijalarning   olingan
xulosalarga uyg’unligi).
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA – KUZATUV METODI
Pedagogik   diagnostika   kuzatuv   uslubi   o’quvchining   o’qishga   munosabatini,
mas’uliyatini,   bilimga   intilishini   aniqlaydi.   Tabiiyki,   o’quvchidagi   bunday
hislatlarni belgilahda uning xarakteri, xulqi, butun ijtimoiy jihatlariga katta ahamiyat
beriladi. Chunki, o’quvchining bilim va ko’nikmalarini attestatsiya qilishda shaxsiy,
oilaviy, axloqiy ko’rsatkichlar muhim rol o’ynaydi. Shuning   uchun   ham   maktab   o’quvchilarining   koeffitsiyenti   bola   olgan
bilimlari bilan belgilanadi. Past ko’rsatkich olgan o’quvchiga ko’proq e’tibor berish
lozim. Lekin, asosiy e’tibor yaxshi va a’lochi o’quvchiga qaratiladi.
Ustiga ustak o’quvchi13-15 yoshida o’ziga katalardek muomala qalishni talab
etadi.   Lekin,   o’qituvchilarning   ayrimlari   boladagi   bunday   psixologik   kaffiyatlarni
hisobga   olmay,   unga   bola   sub’yekt   sifatida   qaraydilar.   Aynan   mana   shu   sababli
o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ixtilof kelib chiqadi.
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKADA SO’ROQLASH METODI
Mazkur uslub pedagogik diagnostikada qadim-qadimdan qo’llanib kelinadi. U
deyarli   o’qish   o’qitish   jarayoni   boshlangandan   bo’yon   mavjud.   Agar
diagnostikaning   kuzatish   usulida   bolaning   axloqiy-ma’naviy   tamoyillari,   qiziqishi,
munosabati, fikrlash doirasi o’rganilgan bo’lsa, suhbat. Savol-javob ko’proq axborot
to’plash   imkoniyatini   beradi.   Bunda   u   yoki   bu   shaxs   to’g’risida   ob’yektiv   yoki
sub’yektiv ma’lumot olish imkoniyati mavjud.
Axborot   –   og’zaki,   yozma,   standartlashtirilgan,   yakka,   guruhlarga   bo’lingan
hoilda bir yoki bir necha bor so’rash asosida to’planadi.
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING TEST METODI
Odatda   tekshiruvchi   tomonidan   amalga   oshirilgan   barcha   nazorat   shakl   va
uslublari ham testga kiradi.
Nazoratning   test   uslubi   ilmiy   asoslarga   qurilgan   bo’lib,   u   ma’lum   talab,
qonun-qoidalar zaminida olib boriladi.
Test   asosan   psixolog   olimlar   tomonidan   ishlab   chiqilgan   va   amaliyotga
tavsiya   etilgandir.   Test   pedagogik   diagnostika   metodlari   orasida   eng   qulay
hisoblanib, u bir jihatdan sifatli ma’lumot berishi bilan ajralib turadi. Test   sinova   mutzam   takomillashib   boradi.   Unga   turlibosqichlarda   turlicha
ta’rif berib kelingan. Masalan, nemis oilimi Liner “Test  shaxsning turli xolatlarini,
shaxsiy   xususiyat,   imkoniya   va   qobiliyatini   aniqlovchi   ilmiy   metoddir”   deb
ta’riflaydi.
Test   usuli   chinakamiga   pedagogik   diagnostika   metodi   bo’lib,   u   o’quv
jarayonining   pirovard   natijasini   ob’yektiv   aniqlab   berishga   qodir   mezondir.   U
doimo   tahlil   asosiga   qurilib,   aynan   shu   xususiyatiga   ko’ra   pedagogik   jarayon
natijalarinig   takomillashib   borishiga   yordam   beradi.   Ayni   paytda   testlar   ta’limiy
xulosalar   bilan   birga   texnologik   vaziyatni,   istiqbolni,   harakat   yo’nalaishina   ham
belgilab beradi. Shunga ko’ra testlar qutidagilarga bo’linadi:
ta’limiy muvaffaqiyatlarni aniqlaydigan test;
shaxs taraqqiyotni va uning imkoniyatlarini belgilaydigan test;
intellektni aniqlaydigan test;
umumiy natijani aniqlaydigan test;
muayyan   hududda,   maktabda   u   yoki   bu   fanni   o’qitish   samaradaorligini
ko’rsatuvchi test;
professional kasbga moyillik layoqatini, shaxsning funksional imkoniyatlarini
aniqlovchi test;
shaxs psixologiyasini ochib beruvchi test;
shaxsning yo’naltirilganligini belgilovchi test; shaxsning   qiziqishi,   moyilligini   aniqlab,   shu   sohani   takomillashtirishga
yordan beruvchi test;
klinik test va h.k
Yuqorida   bayon   etilganidek,   test   ham   baholash,   pedagogik   diagnostika
hisoblanadi. O’quvchilar bilimini bu usulda baholash 1930 yilda boshlangan. Lekin,
keyingi   paytlarda   u   keng   joriy   qilinmoqda.   Istiqbolda   o’quvchilar   bilimini
baholashda   test,   reytin   tizimi   ustuvor   bo’lib   qoladi.   Besh   ballik   baholash   tizimi
o’quvchini   har   tomonlama   baholashga   noqulayligi   uchun   undan   voz   kechish
fikridamiz. Test imkonoyatlarini bayon etishni davom ettiramiz.
Amaliyotda   o’zlashtirishga   qaratilgan   testlar   tobora   ko’proq   o’rin   olib
bormoqda. O’zlashtirishga qaratilgan testlar:
muyyan predmetni o’zlashtirishga qaratilgan testlar;
o’zbek tilini o’zlashtirishga qaratilga testlar;
chiroyli yozuvni belgilashga yo’naltirilgan testlar;
o’qish tezligi va texnikasi baholovchi testlar;
so’z boyligini aniqlovchi testlar;
bolaning rivojlanishini va maktabga tayyorligini aniqlovchi testlar;
bolaning intellectual faoliyatini aniqlashga qaratilgan testlar;
bolaning didatik ko’nikma va malakasini belgilovchi testlar va h.k. O’zlashtirish nima va u qanday aspektlarda namoyon bo’ladi?
O’zlashtirish bu – o’quvchining fanni o’qib, o’rganishda eishgan natijalari;
O’zlashtirish bu – o’quvchiga maktab, demakki, davlat va jamiyat tomonidan
qo’yilgan talabga erishish;
O’zlashtirish o’quvchining muayyan davrda qilgan mehnatining yakunidir.
Ma’lumki, ta’lim markazida unon, shaxs turadi va barcha ta’limiy jarayonlar
uning   qobiliyati,   imkoniyati,   ehtiyojiga   qaratiladi.   Pedagogik   diagnostika   esa,   ana
shu   intilish,   mehnat,   faoliyat   samarasini   ham   ijobiy,   ham   salbiy   jihatdan   belgilab
beradi.
Test   asosida   o’quvchi   o’zlashtirishini   aniqlash   pedagogik   diagnostikaning
metodi ekanligini yuqorida bayon etgan edik.
Oli   Kyuforker   maktabda   amalgam   oshiriladigan   testlarni   3   ko’rinishga
bo’ladi. Ular quyidagilar:
o’zlashtirishni   muayyan   ir   davr   ichida   aniqlovchi   test   (masalan,   urli
sertifikatlar olish uchun tipshirilgan test);
o’quv qo’llanmasining ma’lum bir qismi, bo’limi, bobda olingan axborotlarni
qay darajada o’zlashtirilganligini aniqlovchi test;
o’quv dasturi yoki darslikdagi bir qism mashg’ulotlar o’tkazoilgandan keyingi
o’quvchi o’zalshtirishidagi yutuq va nuqson tamoyillarini aniqlsh testi.
Pedagogik diagnostikaning o’lchovi, ishonchlilik koeffisiyenti mukammal va
ishonchli bo’lmog’i uchun: qayta testdan o’tkazish metodi;
ikkiga   bo’lingan   holda   parallelli   testni   amalgam   oshirish,   shu   orqali   olingan
ma’lumotning ishonchliligini tekshirish mumkin.
Aniqlik, ishonchlilikni tekshirish maqsadida 4 xil usul qo’llaniladi. Ular:
mazmun tasdig’i;
har xil usullar bilan olingn natijalarni bir xil ko’rsatkichga olib kelish tasdig’i;
tahlillar natijalarining mos kelishi tasdig’i;
loyihalashning tasdig’idan iboratdir.
Pedagogik diagnostikada amal qilayotgan test sinovlari hududiy diagnostikani
yo’lga qo’yishda ham katta imkoniyat va qulayliklarga ega.
Pedagogik   diagnostikani   ta’lim   sohasining   istalgan   sohasini   tahlil   qilishda
ham   joriy   etish   mumkin.   Masalan,   Xalq   ta’limi   vazirligi   xalq   ta’limining   xududiy
boshqarma va bo’limlari  faoliyatini  uzoq yillardan beri  15 yo’nalish bo’yicha aniq
tahlil   etib   bormoqda.   Tahlil   natijalari   esa   har   qanday   baxs   va   munozaralardan
holidir.
Maqsad   esa   bitta   –   kamchilik   va   nuqsonlardan   to’g’ri   amaliy   xulosalar
chiqarish,   faoliyatning   asosiy   va   to’g’ri   yo’nalaishini   belgilab   olish   va   ularni
bartaraf qilishda sabot bilan islashdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar:
a) asosiy adabiyotlar Mixaylichev   Ye.   A.   Norov   Sh.   K.   Didakticheskiye   testы   v   sisteme
mnogoetapnogo kontrolya znaniy studentov. Bux.ILPP, 1995. - 24 s.
Usmonova   M.   N.   Pedagogicheskiye   testirovaniye:   istoriya   razvitiya   i
sovremennoye sostoyaniye. T.: Adolat. 1995. - 160 s.
Farberman B. L. Ta’limda eng muhim yangilik. // Ma’rifat. 1995 y. 24 may.
www.ziyonet.uz
www.pedagog.uz

Mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish (1-4 sinf tarbiya darsi) Reja: 1. O‘quvchilarni o‘rganish, kuzatish va ta’sir ko‘rsatish . 2. O‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish. 3. Tarbiya jarayonida diagnostika va korreksion faoliyat mazmuni. 4. Pedagogik diagnostika metodlari.

Tayanch so’zlar. Pedagogika, kompetensiya, korreksiya, pedagogik faoliyat, korreksion faoliyat, diognostika, anomal bola, anomaliya, suhbat metodi, kuzatish metodi, rasmlarni o‘rganish metodi, tajriba-psixologik tadqiqotlar metodi, testlar metodi Kompetensiya (lot.competo-erishyapman, munosibman, loyiqman) –u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. O‘qituvchi - muallimlarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azaldan e’tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qo‘yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan. 3. Boshlang’ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2013 yil 22-avgustdagi “Umumta’lim maktablari fanlari bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va yetakchi olimlar tomonidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi. Qo‘shma yig‘ilishining qaroriga asosan, bitta sinfda bir paytda bir necha fanlar bo‘yicha DTS va o‘quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish belgilandi. Unga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2014 yil 15-avgustdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini loyihalari tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma buyrug‘i qabul qilindi. 2014-2015-o‘quv yilidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda tashkil etilgan respublika miqyosida 70 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi 6 ta aniq fanlarga,

filologiya fanlariga, profilli mehnat ta’limiga, tabiiy fanlarga, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlari olib borildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan bugungi kunda amalda foydalanilayotgan “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi (boshlang’ich ta`lim:ona tili, o`qish, matematika, tabiiyot (1-4-sinf)” 2017 yil 6-aprelda 187-son qaror bilan ijroga kiritildi. Unga ko’ra davlat ta’lim standartining maqsadi va vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Ko’rinadiki, ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tayanch kompetensiyalarni shakllantirishimiz zarur. Kompetensiya nima? Kompetensiyaviy yondoshuv deganda nimani tushunamiz? Dastlab shu savollarga javob berishimiz maqsadga muvofiqdir. Kompetensiya (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. Biz bu ta’riflarning ikkinchisiga to’xtalamiz va kompetensiya tushunchasining avvaldan bizga ma’lum bo’lgan bilim, ko’nikma va malakaga yaqin tushuncha ekanligini anglaymiz. Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, o’quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish tusuniladi. Inson o’z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim. Tayanch kompetensiyalarga esa axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol

fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiyasi, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari kiradi. Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish juda muhimdir. Ma’lumki, mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri muloqot hisoblanadi. Chunki inson qalbida va ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning o’rnini e’tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikralmashuv, insonning yuzi va ko’ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so’z va hissiyotlarning o’rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-ona bir gapni aytishi lozim bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga qaratib olib, zarur yuz qiyofasi va ko’zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot, albatta, samarali bo’ladi. Shu bois o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi va ota-ona – o’quvchi o’rtasidagi muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida katta ahamiyatga egadir. Bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog’liqdir. Bola jumlalarining mazmuni va shaklidagi o'zgarish uning muloqot shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi bolalar nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o'rnatish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi. Bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat - nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at boyligining o'sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug'at boyligining miqdoriy o'sishi D.B. Elkoninning ko'rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko'rsatkichlar aniqlandi.

Kommunikativ kompetensiyada o’quvchining muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish ham o’z o’rniga ega. Umuman maktab o’quvchisining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli o’tishiga bog’liq bo’ladi. Ulg’ayayotgan kishining hayotdagi mavqeyini shakllantirishda, uning hayot yo’lini belgilashda, o’z vazifasini anglatishda o’qituvchining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boriladigan faol va qat’iy faoliyati zarur hisoblanadi. Demak, bola kommunikativ kompetensiyani egallashi orqali uning nutqi, muomala-munosabat va bilish darajasi oshib boradi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborotlar bilan ta’minlashni rivojlantirish uchun texnika va texnologiyani bilish va ulardan foydalana olish, funksiyalari va strukturasini bilishi, texnologiyalarini joriy eta olishi talab qilinadi. Zamonaviy sharoitda shaxs tomonidan ozlashtiriladigan axborotlarning asosiy manbalari - davriy matbuot (gazeta, jurnal va b.), audiovisual ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya), ovozli va video yozuvlar, axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter tizimi, internet), reklama va hokazolar sanaladi. Ushbu axborot manbalari bilan to’g’ri ishlashni o’rganish uchun ham axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz lozim. Zero, bugungi taraqqiyot asrida bolalarni bu kabi vositalardan cheklashning imkoni yo’q. Shuni ham unutmaslik kerakki, global axborotlashuv sharoitida haddan tashqari katta hajmdagi axborotga egalik shaxsga ta’lim berish jarayonini qiyinlashtiradi. Bu qiyinchilik shu bilan bog‘likki, birinchidan, yosh avlod katta hajmdagi “axborot maydoni” - rang-barang ma’lumotlarga duch keladi. Yоsh xususiyatiga ko‘ra esa voyaga etgunga, ma’lum darajada dunyoqarashga ega bo‘lgunga qadar shaxs uchun mavjud axborotlarning barchasi qiziqarli hisoblanadi. Biroq shuni alohida qayd etib o‘tish zarurki, barcha qiziqarli axborotlarning hammasi ham foydali, shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’lumotlar bo‘lavermaydi. Ikkinchidan, axborotlashgan jamiyatda to‘plangan ma’lumotlar yosh, psixologik xususiyatiga ko‘ra qiziquvchan, har