Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muvaffaqiyatga erishishga intilish motivi shaxsning ustuvor xususiyati sifatida(1-4 sinf tarbiya darsi).
![Mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muvaffaqiyatga erishishga intilish
motivi shaxsning ustuvor xususiyati sifatida (1-4 sinf tarbiya darsi) .
Reja:
1. Bolaning o‘z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish va o‘z-o‘zini
baholashga qo‘yayotgan talablar.
2. O‘z qobiliyatlarini bilishga va mehnatsevarlikka o‘rgatish.
3. Ijtimoiy motivlarning paydo bo‘lishi.
4. O‘z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning
namoyon bo‘lishi .](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_1.png)
![Tayanch so’zlar: Muvaffaqiyat, motiv, motivatsiya, qiziqish, orzu, ijtimoiy motiv.
Mamlakatning ta’lim tizimi, ya’ni maktab, oliy ta’lim muassasalari nafaqat
ilmiy jihatdan intellektual rivojlangan, jismonan sog’lom, balki ma’naviy pok,
axloqan tarbiyalangan bitiruvchilarni yetishtirib chiqarishi davr talabidir.
Mamlakatimizda axloqiy tarbiya mazmuni Malla Ochilov,Ulfat Mahkamov,To’ychi
Xasanov kabi yirik pedagog olimlar tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Uning yaxshilik qilish, sabr-qanoatli bo’lish, rostgo’ylik, adolatlilik, mehr-oqibat,
saxiylik, poklik, kabi insoniy-axloqiy fazilatlar to’g’risidagi qarashlari yoshlar
tarbiyasida ahamiyatlidir. O’quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda
o’tmish axloqiy merosini, ayniqsa ulug’ mutafakkirlarning fikrlarini o’rganish
muhim ahamiyatga ega. Chunki ularning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi
fikrlari, axloqiy qarashlari bugungi taraqqiyot uchun ham o’z ahamiyatini
yo’qotgani yo’q. Ularning hayot yo’li, axloq haqidagi fikrlari har bir o’quvchini
axloqiy madaniyatini shakllantirishda muhim o’rin egallaydi. Sharq allomalarining
axloqiy qarashlari o’quvchilar qalbida insoniylikni shakllanishiga yordam beradi.
Butun dunyoda, jamiyatda axloqiy tarbiyaning ahamiyati ortib borayotganini, lekin
shu bilan birga ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik, turli soha
mutaxassislari hayotning turli sohalarida axloqiy normalarni pasayishi
kuzatilayotganligi haqida fikr bildirilayotganini kuzatishimiz mumkin. Nima uchun
aynan yoshlar, bolalar orasida axloqiy me’yorlarni buzilish holatlari kuzatilmoqda?
Ushbu savolning javobi axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.Axloqning vujudga
kelishi va mohiyati, odamlarni axloqiy ongi va xulqi to’g’risidagi muammolarni
etika fani o’rganadi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy
munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat
tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat,
muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sanaladi. Axloq tarixiy,
o’zgaruvchan xarakterga ega bo’lib, axloqiy qoidalar odamlar hayotining ijtimoiy
sharoitlarida aniqlanadi va jamiyatning turli qatlamlarida turlicha bo’ladi. Axloqiy
me’yor jamiyat tomonidan tan olingan bo’lib, uning a’zolari tomonidan bajarilishi
majburiy-ixtiyoriy bo’lgan qoida hisoblanadi. Axloqiy odat – axloqiy xatti-](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_2.png)
![harakatlarning mukammallashtirishga bo’lgan ehtiyoj bo’lib, u o’quvchilarda qulay
vaziyatlarda ijobiy mazmunga ega xattiharakatlarning izchil, doimiy, tizimli
takrorlanishi hisobiga hosil bo’ladi. Axloqiy ong – ijtimoiy ong shakllaridan biri
bo’lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor
qoidalari, mezonlari, milliy istiqlol g’oyasining o’quvchilar ongida aks etishi.
Axloqiy xulq motivlari va nazorat joyiga ko’ra, axloqiy rivojlanish darajasi amerika
olimi Ya.Kolbergning ta’kidlashicha, uchta guruhga bo’linadi.
1. Axloqgacha (bola axloq talablarini jazodan, ya’ni tashqi nazoratdan qo’rqib
bajaradi).
2. Konventional (axloq talablariga yaxshi yashash uchun amal qiladi).
3. Avtonom (hayot qoidasiga aylanib bo’lgan, o’z ixtiyori bo’yicha amal qiladi).
Axloqiy tarbiya bu tarbiyalanuvchilarda axloqiy bilimlar, axloqiy histuyg’u, axloqiy
xulqni shakllantirish bilan bog’liq pedagogik faoliyatdir. Axloqiy tarbiyaning
ijtimoiy aspekti bu jamiyatda qabul qilingan axloq me’yorlari va prinsiplaridir.
Axloqiy tarbiya o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga muayyan jamiyat
tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro
munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarni singdirish jarayoni.
Axloqiy tarbiyani maqsadi o’quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan
xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish,
ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida
axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish hisoblanadi.
Axloqiy tarbiyani vazifalari:
1. O’quvchilarni odob-axloq qoidalari va ijtimoiy axloq me’yorlari bilantanishtirish.
2. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish.
3. O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ularini tarbiyalash va rivojlantirish.
4. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifat (ota-onani, kattalarni hurmat qilish,
kichiklarga izzat ko’rsatish, mehnatsevarlik, bilim olishga intilish, kamtarlik,
halollik, rostgo’ylik, olijanoblik, muruvvatlilik, rahmdillik, moddiy va ma’naviy
ne’matlarni asrash, kelajakka ishonch bilan qarash va h)larni tarbiyalash.
5. O’quvchilarda axloqiy xulq-atvor ko’nikma, malaka va odatlarini tarkib toptirish.](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_3.png)
![Hozirda zamonaviy dunyo insoniylik prinsiplariga asoslangan, axloq normalariga va
insoniylik axloqiga tayangan qadriyatlarga muhtojlik sezmoqda.Ularga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Insoniylik insonni axloqiy fazilati hisoblanib, insonni insonga hurmatini, insonni
oliy qadriyat sifatida qarashni, uni tushunishni, unga yordam berishni ifodalaydi.
1.Insonga, uning qarashlari, qadriyatlariga ishonish, ushbu ideallarga xizmat qilish.
2.O’z ma’suliyatini bajarishda erkinlik, maqsadga erishishni bilish, o’z
3.o’ziga talabchan bo’lish va jamiyat talablarini bajarish hamda intizomli bo’lish.
4.O’z xatti-harakati uchun javob berish, o’z xatolarini tan olish va tuzatish.
5.Yer yuzidagi barcha jonzotlarga, tabiatga nisbatan hurmatda bo’lish.
6.Halollik, adolatlilik, prinsipiallik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchan hamda
sabrli bo’la olish.Yuqoridagilar O’zbekiston xalqini axloq kodeksi emas, balki
oiladagi, maktabdagi, jamiyatdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun asos bo’la
oladigan axloqiy normalardir.Axloqiy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu
umumta’lim maktablarimizda adabiyot, tarix, jamiyatshunoslik darslaridir. Bundan
tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari axloqiy mavzularda tashkil etilgan tadbirlar,
uchrashuvlar ham o’quvchilarda axloqiy sifat va fazilatlarni shakllantirilishida
muhim o’rin tutadi. Shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliqqa, o’ziga hamda
atrofdagilarga ijobiy munosabatini, shaxslararo munosabatda axloqiy me’yorlarga
qat’iy amal qilishini ifodalovchi sifatlar ma’naviy-axloqiy sifatlar deb
yuritiladi.Shaxsning axloqiy sifatlariga xushmuomalalik, axloqlilik, mehnatsevarlik,
kamtarlik, mehribonlik. rahmdillik, saxovatlilik, oqko’ngillilik, bag’rikenglik,
vatanparvarlik, baynalminallik, sabrlilik, bilimlilik, e’tiqodlilik,
adolatparvarlik,haqiqatgo’ylik, o’zgalarni tushuna olish, muhtojlarga yordam
ko’rsatish kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko’rsatish, intizomlilik v.b.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari. Abdulla Avloniy «Turkiy
guliston yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi,
yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy
ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon
xulqlarga to’xtalib o’tadi1](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_4.png)
![Allomaning nuqtai nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql),
diyonat (e’tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g’ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat,
shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon, vatanni
suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va
adabiyot), iqtisod, viqor (g’urur), muhabbat, avf (kechirimli bo’lish). Bu xislatlar
ma’naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida vatanga muhabbat va
sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o’z atrofdagilarga axloqiy yondashuv,
shuningdek, har bir o’quvchining o’zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror
toptiriladi. Abdulla Avloniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi:
g’azab,aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish),
hamoqat (o’zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat
(ta’mahirs), rahovat (g’ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman),
adovat(kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g’iybat, haqorat, jibonat (qo’rqoqlik),
hasad, kizb (yolg’on), nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar.O’quvchilarda ijobiy
sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi
bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va
qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga
oshiriladi.
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilm va spektakllarni
tomosha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda
suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulqodatlar paydo bo’la
boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xattiharakatlarini baholay
boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan
suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish,o’ylashga yo’naltirish muhim
ahamiyatga ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qanday
qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani
tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va
munozaralar o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy
xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari
tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_5.png)
![intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi.Demak, munozara va suhbatlar
ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga bag’ishlanishi zarur.
Bunda o’quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash
muhimdir.O’quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish
metodlaridan mashqlantirish, o’rgatish, pedagogik talab qo’yish jamoa fikrini
hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa
metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin. Lekin o’quvchilarni
faol, maqsadga yo’naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan turib, axloqning biror turiga
mos tarbiyalab bo’lmaydi. Bunda mashqlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mashqlantirish asosida shaxsning u yoki bu axloqiy xislati shakllanadi va amaliy
faoliyatga aylanadi. Rag’batlantirish metodlariga mukofotlash va ma’qullash
kiritiladi. Bugungi kunda shartnomalar tuzish, o’z-o’zini shakllantirishga doir
shaxsiy dasturlarni loyihalash, o’quvchilarni qiziqishlariga ko’ra tabaqalashtirish
monitoringi, testlar, jarimalar (ball hisobida) kabi tarbiyaning zamonaviy
texnologiyalaridan foydalanish ham ijobiy natijalarga olib kelmoqda. Hozirgi
davrda yoshlar o’rtasida tobora ommaviylashib borayotgan «Zakovat», «Intellektual
ring», «Qizlar davrasi», «O’yla, izla, top!» kabi o’yinlar ham mazmun, ham
mohiyati, ham metodik jihatdan o’quvchilarning ma’naviyaxloqiy tarbiyasida
muhim ahamiyat kasb etmoqda.O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan
shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy
madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga
asoslanadi. Bu borada tarbiya jarayonida o’quvchining axloqiy, ijodiy, ma’naviy,
jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali natijalar
beradi. Bunday tarbiya o’quvchilarda voqealar rivojini oldindan ko’ra bilish, o’zini
real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo’lini to’g’ri belgilash, axloq, e’tiqod,
ishonch, axloqiy qadriyatlarni to’g’ri anglash, ijtimoiy hayotda turli vaziyatlarda
to’g’ri qaror qabul qilishga yo’llaydi. Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida
o’quvchi-yoshlarning faolligi, liderlik sifatlari, jamoada ishlash ko’nikmalari
shakllanadi. O’zgalar fikrini hurmat qilish, ishontirish, o’z fikrini asoslash,
munozarada qatnashish mahorati paydo bo’ladi. Shuningdek, muloqot madaniyati,](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_6.png)
![his-tuyg’ularini jilovlay olish, fikr yuritish mahorati shakllanadi. O’z ishiga
ma’suliyat hissini shakllantirib, ijodiy tasavvurini rivojlantiradi, ma’naviy-axloqiy
tadbirlarni loyihalashtirish,ko’ngilochar, tashxisli, ishchan va harakatli o’yinlar,
ziddiyatlarni hal etishning turli uslublari (tanqid usullari – ruhlantiruvchi, ta’nali,
umidli, qiyosiy), rag’batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh
beruvchi tanqid) - bularning barchasini insonparvarlik g’oyalari asosida olib borish
ijobiy natijalar beradi.
Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni. Oilada axloqiy
tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yilgandagina shaxsga xos quyidagi salbiy axloqsizlik,
odobsizlik, manmanlik, kibrlilik, dangasalik, maqtanchoqlik, ko’ngli qoralik,
xasislik, vatanfurushlik, sabrsizlik, bilimsizlik, e’tiqodsizlik, adolatsizlik,
yolg’onchilik, qahri qattiqlik, berahmlik, kattalarni hurmat qilmaslik, kichiklarga
izzat ko’rsatmaslik, intizomsizlik kabi axloqiy sifatlarni shakllanishining oldini
olinishiga erishiladi. Oila tarbiyasi, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, ota-onalar yoki
shaxs kamoloti uchun ma’sul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda
farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom etib tarbiyalashga yo’naltirilgan
pedagogik jarayon. Ota-onalar o’zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar,
farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat
tuyg’usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foyda mehnatga tayyorlash, turli
ko’rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartibintizomga amal qilish,
ijtimoiy me’yorlarga og’ishmay rioya etish, sog’lom turmush tarzini yaratish, o’z
shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so’z va faoliyat birligini
ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko’rsatadi. Shaxs
shakllanishiga ta’sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas
bo’lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o’ziga xos xususiyatlarni
ham akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda xarakterlar
to’qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmining
ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mo’tadil iqlimni hosil qila
oladi. Bu tuyg’u xalqimiz ruhiyatidagi o’ziga xos xususiyatlardan biridir. Oila
tarbiyasida ob’ektiv va sub’ektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta’minoti](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_7.png)
![va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan
oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog’lom ruhiy muhitning barqarorligi va
hokazolar ob’ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni,
oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma’lumot
darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o’rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni
tartibga solish borasidagi o’zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish
kabilar sub’ektiv omillar sirasiga kiradi.
Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan intilish, ijtimoiy
faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi
omil bo’lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarurshartlaridan
biri. Oila tarbiyasida bolalar hayotini to’g’ri yuritish ularni vaqtdan to’g’ri va
unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o’yin,
mehnat va o’qish faoliyatlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila
jismoniy va psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy
hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining
mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo’nalishlari – axloqiy, aqliy,
estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy hamda jinsiy ta’lim
berish, ularda faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
O’quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash. Ijtimoiy jamiyat hayotining
tartibli kechishini ta’minlash maqsadida axloqiy hamda huquqiy me’yorlar qabul
qilingan. Jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o’rin tutuvchi ijtimoiy-huquqiy
me’yorlar esa davlat tomonidan qabul qilinib, tegishli qonun aktlari asosida tartibga
solinadi. Intizom ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlarga nisbatan ongli
yondashuv, ularga to’la amal qilish demakdir. Ongli intizom tushunchasi shaxs
faoliyatining ijtimoiy-axloqiy hamda ijtimoiy-huquqiy me’yorlar talablari asosida
aqliy quvvatga tayangan holda tashkil etilish ko’rsatkichidir. Ongli intizom tarbiyasi
o’quvchilar tomonidan intizomning mohiyati, uning ijtimoiy jamiyat hamda shaxs
hayotida tutgan o’rnini to’g’ri baholash, shuningdek, ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-
huquqiy me’yorlar talablariga ongli munosabatni shakllantirishga yo’naltirilgan](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_8.png)
![pedagogik jarayondir. Talabalar o’rtasida ongli intizom tarbiyasini tashkil etish
jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1. Ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatin o’quvchilar ongiga
singdirish, ongli intizom tushunchasini qaror toptirish.
2. O’quvchilar tomonidan ijtimoiy burch mohiyatining o’zlashtirilishiga erishish.
3. O’quvchilarda ijtimoiy burchni ado etish jarayonida ongli va ixtiyoriy faoliyatini
tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
4. O’quvchilarda kundalik hayotiy rejim asosida faoliyatni tashkil etishko’nikmasini
hosil qilish.
5. O’quvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (mehnat va dam olish faoliyati,
aqliy va jismoniy mehnat faoliyati o’rtasida o’zaro mutanosiblikning qaror topishiga
erishish) ko’nikma va malakalarini hosil qilishga erishish.
6. O’quvchilarda ta’lim muassasasi ichki tartibi qoidalariga bo’ysunish hissini
shakllantirish.
7. Intizomsizlikning oldini olgan holda intizomsizlikka qarshi kurashishga
yo’naltirilgan faoliyatini yo’lga qo’yish va boshqalar.
Ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri yosh avlodni ongli intizom
ruhida tarbiyalashdir. Ta’lim muassasalarida o’rnatilgan intizom ta’lim muassasalari
jamoasini jipslashtirish, ta’lim muassasasi ichki hayoti va faoliyatining mo’tadil
kechishini ta’minlaydi. Intizom o’quvchilardan hamjihatlik asosida faoliyat olib
borish, o’quv yurti manfaati uchun birgalikda kurashish, rahbariyat hamda vakolatli
o’quvchilar organlari, uning a’zolari talablarini to’g’ri talqin etish va ularning
bajarilishini talab etadi.
Ongli intizom o’quvchilarning o’qish va mehnat faoliyatiga ongli
munosabatda bo’lish, o’quv yurti ichki tartib intizomiga bo’ysunish, jamoa
tomonidan topshirilgan topshiriqni bajarishga vijdonan yondashgan holda xulqatvor
me’yorlariga qat’iy rioya etish zarurligini tushunib olishlari va ularga o’z ixtiyorlari
bilan itoat etish ko’nikmalarining hosil bo’lishiga sharoit yaratadi. Ta’lim
muassasalari o’quvchilarida intizomlilik xislatining hosil bo’lishi uchun ta’lim-
tarbiya ishlarining sifatini yaxshilash, ularning samaradorligini oshirishga imkon](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_9.png)
![beradi. Ongli intizom jamoa yordamida olib borilgan tarbiyaviy ishlarning
natijasigina bo’lib qolmay, ayni vaqtda, tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi.
Intizom ko’rsatkichi qanchalik yuksak darajaga ko’tarilsa, uning tarbiya vositasi
sifatidagi ta’siri shuncha ortib boradi. Intizomli jamoa o’z a’zolarini ichki tartibga
rioya qilishga, muayyan xulq me’yorlariga amal qilishga, o’qituvchilar
topshiriqlarini bajarishga, o’z tengdoshlariga namuna ko’rsatishga, ijtimoiy burchni
anglashga o’rgatadi. Bunday jamoa o’quvchi noto’g’ri harakat qilsa, uning xatosi
ko’rsatiladi, natijada o’quvchi tomonidan o’z xatosini anglashi, to’g’rilashga
bo’lgan urinish yuzaga keladi. O’quvchi va jamoa o’rtasida ongli intizomni qaror
toptirish ikki tomonlama ta’sir kuchiga egadir. Talaba jamoa doirasida jamoaning
salbiy xususiyatlarini yo’qotish uchun kurashadi, jamoa esa o’quvchidagi mavjud
nuqsonlarni bartaraf etishga o’z ulushini qo’shadi. Intizom o’quv ishlariga g’oyat
katta ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchilarning topshiriqlarini, jamoa qarorlarini bajarish,
mashg’ulotlarga kechikmasdan yetib kelish hamda sababsiz bironta ham darsni
qoldirmaslik, darsda tartib saqlash, uy vazifalarini o’z vaqtida bajarish kabi holatlar
ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini, shuningdek, o’quvchilarning chuqur bilim
olishlari uchun imkon yaratadi. Shunday ekan, qaysiki o’quv yurtida o’qituvchi va
o’quvchilar jamoasi intizom qoidalariga qattiq rioya qilsa, o’sha o’quv yurtida
o’zlashtirish yuqori darajada bo’ladi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda yuksak
natijalar qo’lga kiritiladi. O’quvchilarning ongli intizomini qaror toptirishda
kundalik hayotiy rejim hamda unga qat’iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qat’iy dars jadvali, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirish
va ularni o’tkazish, kundalik faoliyatni aniq rejalashtirish o’quvchining shaxsiy
hayotini
muayyan tartibga solishga xizmat qiladi.Ongli intizom tuyg’usini o’quvchilarda
shakllantirish quyidagi mazmundagi faoliyatni tashkil etish asosida kechadi:
a) maqsadga muvofiq talablarning qo’yilishi hamda ularning o’quvchilar tomonidan
bajarilishini uzluksiz, doimiy nazorat qilib borish;
b) ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini tushuntirish;](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_10.png)
![v) ongli intizom mezonlaridan biri bo’lgan intizomli xulq, xarakter va iroda
sifatlarini hosil qilish maqsadida mashq qildirish va o’rgatish;
g) rag’batlantirish va jazolash.
Rag’batlantirish – o’quvchining namunali xulqi uchun boshqalarga ibrat qilib
ko’rsatish, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, devoriy gazetada ushbu o’quvchi
to’g’risida kichik ma’lumotnoma berish, uning suratini maxsus doskaga qo’yish,
ota-onasining nomiga tashakkurnoma yuborish va boshqalar. Jazolash – o’quvchi
(talaba)ning xatti-harakati va faoliyatini jamoa muhokamasiga qo’yish kabi
holatasosida tashkil etiladi. Mamlakatimizda mehnat tarbiyasining mazmuni va
bolalarni mehnatga tayyorlash muammolari Rahima Mavlonova, Mamat
Haydarovlar tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Rahima Mavlonovaning
fikricha, bolalarni mehnatga tayyorlash – bu ularda mehnatga nisbatan ularning
yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, ularda
amaliy ko’nikma va malakalarini egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir.
O’qituvchining vazifasi o’quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat – bu har bir
insonni vijdoni va burchi ekanligini, inson o’z mehnati bilan sharaflanishini, faqat
vatan farovonligi yo’lida qilingan mehnatdagina insonning eng yaxshi fazilatlari
rivojlanishi hamda takomillashishi mumkinligi anglashlariga yordam berishdir.
Oilada, maktabda, jamiyatda mehnat tarbiyasi — bu mehnat ko’nikmalarini va
axloqiy sifatlarni shakllantirish, tanlagan mutaxassislik bo’yicha ishlashni bilish,
mehnatni va o’zgalar mehnati natijasini hurmat qilish, mehnat qilishga ehtiyojni
tushunadigan, his eta oladigan insonni shakllantirish tizimidir. Mehnat tarbiyasi
shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnat va mehnat
faoliyatiga ongli munosabatni, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki
kasbiy ko’nikma, malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shaxsda mehnat va mehnat faoliyatiga ijobiy
munosabatni shakllantirish maqsadini amalga oshirishga yo’naltiriladi.
Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini tashkil etishda mehnatning quyidagi
turlaridan foydalaniladi:
1) o’quv mehnati;](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_11.png)
![2) ijtimoiy-foydali mehnat;
3) o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish;
4) ishlab chiqarish mehnati.
O’quv mehnati – o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlar, o’quv fanlari asoslarini
o’zlashtirish orqali ularni amaliyotga tatbiq etishga doir ko’nikma va malakalarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy faoliyati. Ijtimoiy-foydali mehnat o’quvchilar
guruhi (jamoasi) tomonidan tashkil etilib, ijtimoiy ahamiyat kasb etgani holda
bevosita shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning muayyan ijtimoiy ehtiyojini
qondirishga yo’naltirilgan mehnat faoliyatining alohida turi sanaladi. O’quvchilar
ijtimoiy-foydali mehnatini tashkil etishda sinf xonasi yoki oshxonada navbatchilikni
tashkil qilish, hasharlar, mehnat bayrami, ko’kalamzorlashtirish, maktab binosini
ta’mirlash, fermer hamda jamoa xo’jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini yig’ib olishda dehqonlarga ko’maklashish kabi shakllardan samarali
foydalanish mumkin. O’zo’ziga xizmat – o’quvchilar tomonidan oilada, ta’lim
muassasasida, omma uchun xizmat ko’rsatiladigan muassasalarda o’z ehtiyojlarini
qondirish, shuningdek, zimmalaridagi vazifalarni ado etish maqsadida tashkil
etiladigan mehnat faoliyatidir. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatishning eng oddiy
ko’rinishlari umumiy ovqatlanish muassasalarida xodimlar xizmatidan
foydalanmaslik, oilada yotoqxonani tartibga keltirish, kiyim-kechaklarni ozoda,
o’quv qurollarini esa tartibli saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish yo’lida
muayyan harakatlarni bajarish kabilar sanaladi. O’quvchilarning ishlab chiqarish
mehnati ta’lim muassasalarida o’quvchilarni muayyan yo’nalishlar bo’yicha kasb
yoki hunar asoslaridan xabardor qilish, ularda amaliy ko’nikma va malakalarni
shakllantirish yo’lida olib borilayotgan pedagogik faoliyat ko’rinishlaridan biri
hisoblanadi. Mehnat tarbiyasining asosiy qismi kasbga yo’naltirish hisoblanadi.
Kasbga yo’naltirish — bu o’quvchiga mehnat bozoriga va imkoniyat va
ehtiyojlariga mos keluvchi kasbni tanlashlariga yordam berish jarayoni hisoblanadi.
O’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirish ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan
pedagogik faoliyat hamda o’quvchilar ishlab chiqarish mehnatining asosiy](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_12.png)
![yo’nalishlaridan biri bo’lib, unga ko’ra o’quvchilar muayyan kasb yoki hunar
borasidagi bilim, ko’nikma, malakalar bilan qurollantiriladilar.
Kasbga yo’naltirish tizimi quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi:
– kasbiy ta’lim —o’quvchilarni mehnat, kasblar dunyosi, kasb tanlash muammolari
bilan tanishtirish;
– kasbiy tashxis—o’quvchilarni kasb tanlashga tavsiyalar berish uchun o’rganish.
Tashxis tibbiy, psixologik, pedagogik bo’lishi mumkin;
– kasbiy maslahat — kasb tanlash bo’yicha maslahat va tavsiyalar berish;
– kasbiy tanlov —biror bir kasbga nomzodlarni tanlash;
– kasbiy moslashuv — ishlab chiqarish sharoitlariga va kasb talablarigayoshlarni
moslashish jarayoni.O’quvchilarni kasblar dunyosi bilan tanishtirish suhbat,
ekskursiya,uchrashuvlar, anjumanlar, konkurslar shaklida tashkil etiladi.
O’quvchilarni kasblarga bo’lgan qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishda
to’garaklarni, klublar faoliyatini, bolalar markazlarini o’rni beqiyosdir.
O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorgarligi ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat.
Kasb va uning shaxsga nisbatan talablari to’g’risidagi bilimlari, o’zining individual
xususiyatlarini bilishi, tanlagan mutaxassislik bo’yicha o’quv va amaliy ishlar,
umumiy mehnat ko’nikmalari ko’lami.
Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari . Mehnat tarbiyasini tashkil
etish jarayonida o’quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari
bilan tanishadilar. Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil etiladi.
Mehnat ta’limi sinf xonalari, o’quv-tajriba maydoni, mashina-traktor saroyi,
o’quvtarbiyaviy tadbirlar jarayoni, ishlab chiqarish korxonalari va xo’jaliklarning
dalalarda olib boriladi. Natijada ma’lum qiymatga ega bo’lgan ijtimoiy-foydali
mahsulotlar yaratiladi hamda ilg’or kasb sohiblariga xos bo’lgan shaxslik fazilatlari
shakllanadi. Shu jihatdan olib qaraganda bugungi kunda mehnat ta’limining
mazmuni, maqsad va vazifalari o’zgardi, texnologik ta’lim ustuvorlik kasb etdi,
o’quvchilarni kasbga yo’naltirish tizimi yangilandi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning
birinchi darsini ham o’quvchi ta’lim jarayonida oladi. Mehnat tarbiyasi bilan mehnat
ta’limi bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Mehnat faoliyati ma’lum bilimga ega](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_13.png)
![bo’lishni talab etadi. Zero, bilim va ko’nikmalar o’quvchini mehnat faoliyatiga
tayyorlaydi. Ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko’radilar,
Umumiy mehnat jarayonida o’quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer
xo’jaliklari, korxona, zavod va fabrikalarda texnik va texnologik bilimlari
mustahkamlanadi, shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo’ladilar.
Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb
etadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning turli shakllari o’quvchining texnik
ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo’lgan qiziqishini
shakllantiradi. To’garaklarda o’quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon
bo’ladi. O’quvchilarning to’garaklardagi faoliyati ma’lum pedagogik talablarga
rioya qilganda samarali bo’ladi. Chunonchi:
- to’garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi lozim, ya’ni, o’quvchilar
tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo’lishi zarur;
- texnik ijodkorlik o’quv muassasasidagi o’quv-mehnat jarayoni bilan uzviy
aloqada bo’lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqalar);
- ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o’quvchining texnik
ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka aylantirish
kerak bo’ladi.
Mehnat tarbiyasi oilada tabaqalashtirilgan holda olib boriladi: bolalar
o’zo’ziga xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarishlaydilar, ro’zg’or texnikalarini
ta’mirlash bilan shug’ullanadilar. Oila byudjeti va uni yuritish bilan bog’liq
topshiriqlarni bajaradilar, Oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil
etishning imkoniyatlari cheksiz So’nggi yillarda o’quvchilar mehnat tarbiyasiga
jamoatchilik katta e’tibor bermoqda. Yirik fermer xo’jaliklari, qo’shma
korxonalarning jamoalari maktablarni otaliqqa olmoqda, ularning moddiy bazasini
yaratish, o’quvchilarning bilim olishlari, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda
yordam bermoqdalar.Xususan, mehnatga muhim ijtimoiy burch sifatida qarash,
ma’lum faoliyatni bajarishda ma’suliyatni his etish, mehnatga va uning natijasi,
shuningdek, mehnat jamoasiga hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda
tashabbuskorlik, faollik ko’rsatish, o’z aqliy va jismoniy qobiliyatini to’liq namoyon](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_14.png)
![etishga bo’lgan ichki ehtiyoj, mehnatni ilmiy tashkil etish yo’lida amaliy harakatni
olib borish shular jumlasidandir. Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo’lish esa
tarbiyaviy ishlar tizimida amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal
etishga yordam beradi:
- o’quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil etish
hayotiy zaruriyat ekanligining anglab yetilishiga erishish;
- ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag’bat uyg’otish;
- o’quvchilarda mehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirish va hokazolar.
Mehnat faoliyatining turidan qat’iy nazar mehnat madaniyatinishakllantirish, kasbiy
faoliyatni rejalashtirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o’zjoyini tartibli saqlash
hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatdabo’lish.
Mehnat tarbiyasi- mehnat bayrami, o’quvchilar yasagan buyumlar ko’rgazmasi;
- xasharlar uyushtirish;
- qarovchisi yo’q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi insonparvarlik
yordami;
- ko’kalamzorlashtirish;
- ta’mirlash (maktab binosini);
- «Moxir qo’llar» to’garagining faoliyati
.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Jismoniy tarbiya—bu sog’lom turmush tarzini va gigienik ko’nikmalarni
shakllantirishga, salomatlik va jismoniy kuchlarni rivojlantirishga
yo’naltirilgan,
sog’lomlashtirish va bilish faoliyatlarini tashkil etish jarayoni. Jismoniy
madaniyat—jamiyat qadriyati bo’lib, insonni garmonik rivojlanishi, tana va
ruh
to’g’risidagi bilimlar hamda salomatlikni saqlash bo’yicha faoliyat tizimi,
ma’naviy va jismoniy rivojlanish kuchlari to’g’risidagi tasavvurlar
yig’indisidir.](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_15.png)
![Buyuk mutafakkir Ibn Sino birinchilardan bo’lib, jismoniy tarbiyani bir butun
tizimini (jismoniy mashqlar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish,
kun
tartibi) yaratgan edi. To’g’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya shaxsning
me’yoriy,
jismoniy taraqqiyotini ta’minlaydi, salomatligini mustahkamlaydi, yoshlarni
mehnatga, turmushga tayyorlaydi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik
yillarida yosh avlodni jismonan sog’lom bo’lishini ta’minlovchi uch bosqichli
tizim ishlab chiqildi.
Ya’ni:
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilar o’rtasida «Umid nihollari»
sport musobaqasi tashkil etiladi.
2. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari o’rtasida
«Barkamol avlod» sport musobaqasi tashkil etiladi.
3. Oliy o’quv yurtlarining talabalari o’rtasida «Universiada» sport
musobaqasi tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy-irodaviy sifatlarni shakllantirish,
ularni aqliy, jismoniy jihatdan mehnat va vatan mudofaasiga tayyorlashga
yo’naltirilgan jarayon sanaladi.
7.4. Jismoniy tarbiya vositalari.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishda o’quvchilarning o’z sog’liqlarini saqlash
va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to’g’ri
rivojlanish,
uning ishchanlik qobiliyatini oshirish to’g’risida g’amxo’rlik qilish
tuyg’ularini
tarbiyalash, ularda yangi harakat turlari borasida ko’nikma, malakalarni hosil
qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o’quvchilarning yoshi,
jinsiga
muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat,](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_16.png)
![chidam, iroda, harakterni qaror toptirish kabi) jismoniy sifatlarni
rivojlantirish,
shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash
maqsadi
ko’zlanadi.
Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
– o’quvchilar sog’lig’ini mustahkamlash, ularni jismonan rivojlantirish;
– o’quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish;
71
– o’quvchilarda tabiiy harakatchanlikni rivojlantirish va mustahkamlash;
– o’quvchilarni harakatning yangi turlariga o’rgatish;
– o’quvchilarda irodaviy sifatlar (kuch, chaqqonlik, dadillik, chidamlilik,
qat’iyatlik va b.)ni rivojlantirish;
– o’quvchilarda axloqiy sifatlar (intizomlilik, ma’suliyatlik, jamoa bilan
bo’lish kabilar)ni tarbiyalash;
– o’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy, muntazam
shug’ullanish ehtiyojini shakllantirish;
– o’quvchining jismonan sog’lom bo’lishini ta’minlash, shaxsiy gigiena
qoidalariga amal qilishga odatlantirish, o’z sog’ligiga ongli munosabatni
tarbiyalash.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan
jismoniy tarbiya uning chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik bilan
bog’liqligiga ko’ra o’ziga xos harakter kasb etadi.
O’quvchilarning jismoniy madaniyat (kamolot)ga erishganlik darajasini
quyidagi mezonlar asosida belgilash mumkin:
1) jismoniy harakat ko’nikmalariga egalik;
2) jismoniy mehnat qilish qobiliyatining rivojlanganligi;
3) jismoniy kamolotning aks etishi;
4) o’quvchilar tomonidan jismonan rivojlangan idealning tanlanganligi va
undan namuna olish yo’lida amaliy harakatlarning tashkil etilayotganligi.](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_17.png)
![Chaqqonlik, epchillik, chopqirlik, egiluvchanlik, kuchlilik, chidamlilik,
sabrlilik, irodalilik, kuchli harakterga egalik kabi sifatlar shaxsning jismonan
kamolotga yetganligini ifodalaydi.
Jismoniy tarbiya vositalariga gimnastika, o’yin, turizm, sport, tabiat shu
bilan birga tabiiy kuchlar(quyosh, havo, suv), bundan tashqari gigienik
omillar
(kun tartibi va dam olish, ovqatlanish) tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya
metodlariga
jismoniy mashqlar, trenirovka, tushuntirish, namuna hamda musabaqa kiradi.
Jismoniy tarbiya metodlari yordamida o’quvchilarda jismonan to’g’ri
rivojlanishlari uchun zarur bo’lgan bilim, ehtiyoj va shaxsiy sifatlar
shakllanadi.
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu jismoniy tarbiya
darslari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli, xalq va sport
o’yinlaridan keng foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish bilan
uzviy bog’liq. Bolalar va o’smirlar orasida chekish, spirtli ichimliklarni
iste’mol
qilish, narkotik moddalarni qabul qilish kabi salbiy odatlarni shakllanishini
oldini
olishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta.
7.5. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Estetik qadriyatlar, ideallar, ommaviy madaniyat kabi masalalar keng
jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar tomonidan muhokama qilinayotganligini
guvohi bo’lmoqda.
72
Jamiyat a’zolarining estetik madaniyati masalalari barcha davrlarda o’z
dolzarbligini yo’qotmagan. Demak, bugungi kunda ham yoshlarni estetik
jihatdan
tarbiyalash o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_18.png)
![Estetik tarbiya – shaxsni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai
nazardan idrok etishga o’rgatadi. Estetik tarbiya – o’quvchilarda estetik bilim,
ko’nikma, malakalarni shakllantirishni, hamda estetik his-tuyg’u, qiziqish,
ehtiyoj,
baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalalarini o’z ichiga oladi. Estetik
tarbiya
mohiyati asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– tabiat va voqelikdagi go’zalliklarni idrok etish va zavqlanish;
– san’at asarlarini to’g’ri tushuna bilish va baholash;
– o’zining qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishga intilish;
– hamma narsada, ya’ni tabiatda, munosabatda, mehnatda, go’zallik uchun
kurashish;
-xunuklik va tartibsizlikka murosasiz bo’lish.
Shunday qilib, estetik tarbiya —bu san’at va hayotdagi go’zalliklarni
tushunish va his eta olish qobiliyatlarini shakllantirish, san’at sohasidagi
qobiliyatlarni rivojlantirish, estetik bilim va his-tuyg’uni shakllantirish
jarayonidir.
Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsda estetik madaniyatni shakllantirish
hisoblanadi.
Estetik tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
– o’quvchilarga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush
go’zalliklari, ularni anglash to’g’risidagi bilimlarni berish;
– o’quvchilarni badiiy-estetik madaniyatini boyitish;
– o’quvchilarda musiqiy, badiiy ziyraklikni, ijodiy tafakkurni rivojlantirish;
– o’quvchilarda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush
go’zalligini anglash, his qilish qobiliyatini tarbiyalash;
– o’quvchilarda mavjud go’zalliklarni qadrlash hissi, estetik didni
shakllantirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish;
– o’quvchilarda go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, estetik
qobiliyat va madaniyatni shakllantirish.](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_19.png)
![Estetik madaniyat elementlari quyidagi komponentlardan iborat.
Estetik qarash – estetik ongning g’oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at
mohiyati haqidagi estetik fikr-mulohazalar va g’oyalar tizimi. Estetik idrok –
ijtimoiy voqelik, buyum, hodisalarning go’zalligini ongda yaxlit aks etishi
bo’lib, u
go’zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo’naltiriladi. Estetik
ong –
shaxsga nazariy tushunchalar berish asosida predmet, buyum, voqelik va
hodisalar
mohiyatini estetik baholay olish imkonini yaratadigan his-tuyg’ular, sezgilar,
tasavvur va qarashlar shakli. Estetik ong – estetik his-tuyg’u, estetik idrok,
estetik
bilim, estetik mulohaza, estetik baho, estetik did, estetik ideal kabilardan
tarkib
topadi.
Estetik faoliyat ko’nikmalari deb estetik ehtiyojlarni qondirish yo’lida
muayyan xatti-harakatni amalga oshirishga imkon beradigan ko’nikmalarga
aytiladi.
73
Estetik madaniyat – go’zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud
go’zalliklarni asrash va boyitish yo’lida o’zlashtirilgan bilim, amalga
oshiriladigan
estetik faoliyat sifat darajasini belgilovchi ko’rsatkich.
O’quvchilarni estetik madaniyatliligini quyidagi mezonlarga ko’ra aniqlash
mumkin:
-estetik bilimlarning tarkib topganligi;
-estetik madaniyatning tarbiyalanganligi;
-estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo’lish;
-estetik tuyg’uning rivojlanganligi;
-ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etish;](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_20.png)
![-go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi;
-estetik idealning shakllanganligi;
-fikrlash, faoliyat, xatti-harakat va tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga
intilish.
7.6. Estetik tarbiya vositalari.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalarini tabiat, mehnat, madaniy-maishiy
turmush shart-sharoitlari, insoniy munosabatlar va madaniyat (shu jumladan,
san’at) tashkil etadi. Estetik tarbiya umumta’lim maktablarida ta’lim
jarayonida,
ya’ni adabiyot, rasm, musiqa darslarida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni
tashkil etish orqali ham estetik tarbiya ishlari olib borildi. Bularga konkurslar,
konsertlar, festivallar tashkil etish, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish,
tabiatga,
tarixiy va badiiy yodgorliklarga sayohatlar tashkil etish orqali amalga
oshiriladi.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari mehnat, o’yin, tabiat, san’at, muloqot
kabilar
hisoblanadi. Estetik tarbiya asosan tushuntirish, suhbat, ma’ruza, namuna,
mashq,
rag’batlantirish metodlari orqali amalga oshiriladi.
Nazorat savollari:
1. Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini tashkil etishda mehnatning
qaysi turlaridan foydalaniladi?
2. Estetik tarbiyani tashkil etishda qaysi vazifalar hal qilinadi?
3. Jismoniy tarbiya vositalariga nimalar kiradi?
4. O’quvchilarning jismoniy madaniyat (kamolot)ga erishganlik darajasini
qanday mezonlar asosida belgilash mumkin](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_21.png)
![Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karerasi shuni ko‘rsatmoqdaki,
muvaffaqiyatning asosiy kaliti — bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.
Nima uchun ba'zi odamlar jahonga mashhur ishbilarmon va dunyoni
o‘zgartirishga qodir yetakchiga aylanadi-yu, boshqalar esa shuncha mehnat qilishiga
qaramay, bir nuqtadan siljiy olmaydi? Buning sababi ko‘pincha e'tibordan chetda
qoladi, deyiladiWorld Economic Forum'da.
Muvaffaqiyatga erishgan ishbilarmonlar o‘z vaqtlarini kelgusida ularni yangi
bilimlar, ijodiy qarorlar va kuch-quvvat bilan ta'minlaydigan narsalarga sarmoya
qilishadi. Dastlab ularning muvaffaqiyati sezilmasligi mumkin, biroq oxir-oqibat,
uzoq muddatli sarmoyalar samarasi o‘laroq, ular misli ko‘rilmagan cho‘qqilarni zabt
etishadi.
Natijada to‘g‘ri taqsimlangan vaqt ajoyib daromad keltiradi, shuning uchun
uni serdaromad deb atash mumkin. Grafikda vaqtimizni qanday sarflashimizga
qarab ishda qanday natijalarga erishishimiz yaqqol ko‘rsatib berilgan.
Masalan, Uorren Baffet yuz minglab xodimga ega kompaniyalarga egalik
qilsa-da, o‘z vaqtini to‘liq ishga bag‘ishlamagan. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, u
ish vaqtining 80 foizini kitob mutolaasi va fikr yuritishga sarflaydi. Bunga
sarflangan vaqt to‘g‘ri qarorlar va biznesni muvaffaqiyatli yuritish uchun zarur
bo‘lgan bilimlar bilan ta'minlaydi.
"Eng yaxshi daromad bilimga kiritilgan sarmoyadir".
Benjamin Franklin, siyosiy arbob, ixtirochi, yozuvchi
Muvaffaqiyatli kishilarning o‘rnak olsa arzigulik foydali odatlari bo‘ladi.
Quyida uzoq muddatli istiqbolda foyda keltirishda yordam beruvchi bir necha
samarali maslahat bilan bo‘lishamiz.
1. Kundalik tuting
Ko‘p muvaffaqiyatli kishilar odatda shaxsiy kundaliklarini yuritishadi.
Masalan, Benjamin Franklin har tongda o‘ziga o‘zi savol bergan: "Bugun
qanday yaxshi ish qilishim kerak?" Har kuni kechqurun esa o‘z kunini "Bugun
qanday yaxshi ish qildim?" degan savol bilan tugallagan. Stiv Jobs ko‘zgu oldida](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_22.png)
![turib, "Agar bugungi kun hayotimdagi oxirgi kunim bo‘lganida bajarishni
rejalashtirgan ishlarimni qilarmidim?" deya qiziqqan.
Menejment masalalari bo‘yicha iqtisodchi va maslahatchi Piter Druker qaror
qabul qilayotib, bundan nimalar kutayotganini yozib borgan, bir necha oydan keyin
esa ularni amaldagi natijalar bilan taqqoslagan. Opra Uinfri esa o‘zining har kunini
minnatdorchilik kundaligini yuritish bilan boshlaydi - bunda u nima uchun hayotdan
minnatdor ekaniga doir besh sababni qog‘ozga tushiradi.
Albert Eynshteyn o‘zidan keyin 80 mingdan ortiq sahifali turli qo‘lyozmalarni
qoldirgan. AQShning ikkinchi prezidenti Jon Adams butun hayoti davomida
kundalik tutgan, umri oxiriga borib ularning soni 50 taga yetgan.
O‘z fikrlaringiz, rejalaringiz va hayotingizdagi voqealarni yozib borib, siz
yanada e'tiborli va ziyrak bo‘lib borasiz, fikrlash xususiyatingizni rivojlantirasiz va
to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganasiz.
2. Tanaffus qiling
"Mizg‘ib olish uchun bir yoki bir yarim soatlik uyqu ma'lumotni o‘zlashtirish
xususiyatiga xuddi sakkiz soatlik uyqu kabi ta'sir ko‘rsatadi", - deya ta'kidlaydi
uyquni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis Sara Mednik. Olimlarning
so‘zlariga ko‘ra, ertalab o‘quvchi odamlar kun davomida bir soatlik tanaffus qilib,
uxlab olsa, kechki payt nazorat testlarini 30 foizga yaxshi bajarishadi.
Bu odat Albert Eynshteyn, Tomas Edison, Uinston Cherchill, Jon Kennedi,
Ronald Reygan, Jon Rokfeller va boshqa ko‘plab yetuk shaxslarga xos bo‘lgan.
Masalan, Leonardo da Vinchi uyquni ko‘plab 10 daqiqalarga "maydalab", yarim
fazali uyqu rejimini tajriba qilgan. Napoleon har bir jang oldidan uxlab olishni
ma'qul ko‘rgan. Mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger har kuni tushlikdan keyin
uxlab oladi.
Zamonaviy ilm-fan bu odatning foydasini tasdiqlaydi. Kun davomidagi
tanaffuslar nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki ijodiy fikrlash salohiyatini ham
rivojlantiradi.
Ehtimol, shuning uchun ham Salvador Dali va Edgar Allan Po bu usuldan
foydalangandir.](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_23.png)
![3. Kuniga kamida 15 daqiqa piyoda yuring
Muvaffaqiyatli odamlar o‘z kun tartibida albatta sport bilan shug‘ullanishga
vaqt ajratishadi. Piyoda sayr ham ajoyib mashq bo‘lishi mumkin.
Charlz Darvin kuniga ikki mahal sayr qilgan: peshinga yaqin va soat 16:00da.
Betxoven tushlikdan so‘ng uzoq sayrga chiqqan va ilhom kelib qolsa, qog‘ozga
muhrlash maqsadida o‘zi bilan birga qalam hamda qog‘oz olib yurgan. Charlz
Dikkens kuniga 10 kilometrdan ortiq piyoda yurgan, bu unga ishga ko‘milib, toliqib
qolmaslikka yordam bergan. Stiv Jobs muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish
jarayonida piyoda sayr qilishni odat qilgan.
"Faqat sayr vaqtida kelgan g‘oyalargina qadrli bo‘ladi".
Fridrix Nitsshe, mashhur faylasuf.
Uzoq sayrlarning foydasini yaxshi bilgan shaxslar orasida Aristotel, Maxatma
Gandi, Jyek Dorsi, Tori Byorch, Hovard Shults, Oliver Saks va Uinston Cherchill
nomlarini keltirish mumkin.
Bu odatni o‘zlashtirish kerak. Olimlar sayrning tetiklashtirishi, miyani
tozalashi, ijodiy salohiyatni oshirishi va hatto umrni uzaytirishini tasdiqlashdi. 12 yil
davom etgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 15 daqiqadan piyoda yurgan 65 yoshdan katta
kishilarda o‘lim ko‘rsatkichi 22 foizdan past bo‘lgan.
4. Ko‘proq kitob o‘qing
Hayotiy shart-sharoitlarga qaramay, har birimiz dunyoning eng badavlat
kishilaridan biri bo‘lgan Bill Geytsning sevimli resursi bo‘lgan kitoblarni o‘qish
imkoniga egamiz. Bu o‘z bilim darajamizni oshirishning tejamkor va juda samarali
usulidir.
Uinston Cherchill kuniga bir necha soat biografik, tarixiy, iqtisodiy va
falasafaga oid kitoblarni mutolaa qilgan. Teodor Ruzvelt band kunlari 1tadan va
ishdan bo‘sh kunlari 2-3 tadan kitob o‘qigan.
Mark Kyuban kuniga 3 soatdan ortiq kitob o‘qiydi. Milliarder Devid
Rubenshteyn haftasiga 6tadan kitob o‘qiydi. Ilon Mask yoshligida haftasiga 2tadan
kitob o‘qigan. Disney bosh direktori Bob Ayger esa har kuni tonggi 4:30da kitob
o‘qish uchun uyg‘onadi. Bu ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin.](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_24.png)
![O‘qish xotirani yaxshilaydi, empatiya darajasini oshiradi va stress darajasini
kamaytiradi, shu tariqa oldimizga qo‘yilgan maqsadlarimizga erishishga yordam
beradi.
5. Qiziqishlaringiz bo‘yicha suhbatdosh toping
Yozuvchi Joshua Shenkaning fikricha, ijodiy salohiyat boshqa odamlar bilan
muloqot qilish natijasida rivojlanadi. U o‘zining Powers Of Two kitobida
birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida katta cho‘qqilarni zabt etgan duetlar haqida
so‘zlab bergan. Masalan, Jon Lennon va Pol Makkartni, Mariya va Per Kyuri, Stiv
Jobs va Stiv Voznyak.
Psixologlar Daniel Kaneman va Amos Tverski birgalikdagi uzoq sayrlaridan
birida axloqiy iqtisodiyotning yangi nazariyasini ishlab chiqishgan va bu
Kanemanga Nobel mukofotini olib kelgan.
Tolkin va Lyuis o‘zlarining yozgan qoralamalarini bir-birlariga o‘qishga
berishgan, har dushanba kechqurun pabda ko‘rishishgan. Olimlar Frensis Krik va
Jyeyms Uotson ko‘p muloqot qilishgan va birga tushlik qilishgan, keyin esa Moris
Uilkinson bilan birga DNK tuzilmasini aniqlashgan.
Teodor Ruzveltning esa tennis xonasi bo‘lgan, uning a'zolari birga tennis
o‘ynashgan va siyosiy masalalarni muhokama qilishgan.
Qator yetuk shaxslarning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, boshqalar bilan
muloqot vaziyatga boshqa tomondan qarash va hatto mutlaqo yangi narsa yaratishda
yordam beradi.
6. Tajriba qilishdan qo‘rqmang
Qanday muhim fazilatlar egasi bo‘lishimizga qaramay, har birimiz xatoga
yo‘l qo‘yamiz. Ularni kelgusida sizga foydasi tegishi mumkin bo‘lgan tajriba deb
hisoblang.
Muvaffaqiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri siz tomoningizdan o‘tkazilgan tajribalar
soniga bog‘liq. Bir yutuq barcha muvaffaqiyatsiz urinishlaringizni "yuvib ketadi".
Tomas Edison gidroksidli akkumulyatorni ixtiro qilgunga qadar uning 50
mingdan ortiq tajribasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Mukammal lampani yaratish](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_25.png)
![uchun esa 9 ming muvaffaqiyatsiz urinish ortda qolgan. Shunday bo‘lsa-da,
umrining oxiriga borib Edison 1100 patentga egalik qilgan.
Tajribalarni faqat amalda o‘tkazish shart emas. Masalan, Eynshteyn ularni
aqlida o‘tkazgan va bu unga o‘zining bebaho ilmiy nazariyalarini rivojlantirishda
yordam bergan. Tomas Edison va Leonardo da Vinchilarning kundaligida
yozishmalardan tashqari, mental kartalar va turli chizmalar ham bor.
Tajribalar foydali ko‘nikmalarni ishlab chiqishda yordam beradi. Prodyuser
va ssenariynavis Shonda Rayms haddan ziyod mehnatkashligi va yaqqol namoyon
bo‘luvchi introvertligidan xalos bo‘lishga qaror qildi va avval qo‘rqqan narsalariga
rozilik bera boshlagan. Bu tajriba "Hammasiga "ha" deydigan yil" nomini olgan.
Faylasuf va shoir Ralf Uoldo Emerson ushbu ajoyib iboraning muallifi
hisoblanadi: "Hayot - boshidan oxirigacha tajriba. Tajriba qancha ko‘p bo‘lsa,
shuncha yaxshi".
Ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash kerak. Agar
uni kelgusida o‘zingizga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan ishlarga sarflasangiz,
muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqori bo‘ladi.](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_26.png)
![FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-
standart. 2017-yil
2. Abdullaeva Sh. Umumiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2021-yil
3. Ismatova Nargiza va boshalar. Tarbiya 1, 2, 3, 4. Darslik. G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.: Toshkent – 2020
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
5. Dexkanova M.U. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. Мирзиёев Ш . М . Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан
бирга қурамиз . – Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 488 б .
7. Мирзиёев Ш . М . Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом
эттириб , янги босқичга кўтарамиз . 1- жилд . – Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 592 б .
8. Мирзиёев Ш . М . Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган
энг олий баҳодир . 2- жилд . Т .: “ Ўзбекистон ”, 2018. – 507 б .
9. Мирзиёев Ш . М . Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ , ҳаёти ёруғ ва
келажаги фаровон бўлади . 3-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2019. – 400 б.
10. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари.
4-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2020. – 400 б.
11. Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрда қабул қилинган
“Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сонли Қонуни.
12.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28 январь 2022 йилдаги “2022
— 2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида”ги 60-сонли Фармони.](/data/documents/9644d084-57f6-4f2b-a171-3c305957520f/page_27.png)
Mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muvaffaqiyatga erishishga intilish motivi shaxsning ustuvor xususiyati sifatida (1-4 sinf tarbiya darsi) . Reja: 1. Bolaning o‘z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish va o‘z-o‘zini baholashga qo‘yayotgan talablar. 2. O‘z qobiliyatlarini bilishga va mehnatsevarlikka o‘rgatish. 3. Ijtimoiy motivlarning paydo bo‘lishi. 4. O‘z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo‘lishi .
Tayanch so’zlar: Muvaffaqiyat, motiv, motivatsiya, qiziqish, orzu, ijtimoiy motiv. Mamlakatning ta’lim tizimi, ya’ni maktab, oliy ta’lim muassasalari nafaqat ilmiy jihatdan intellektual rivojlangan, jismonan sog’lom, balki ma’naviy pok, axloqan tarbiyalangan bitiruvchilarni yetishtirib chiqarishi davr talabidir. Mamlakatimizda axloqiy tarbiya mazmuni Malla Ochilov,Ulfat Mahkamov,To’ychi Xasanov kabi yirik pedagog olimlar tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Uning yaxshilik qilish, sabr-qanoatli bo’lish, rostgo’ylik, adolatlilik, mehr-oqibat, saxiylik, poklik, kabi insoniy-axloqiy fazilatlar to’g’risidagi qarashlari yoshlar tarbiyasida ahamiyatlidir. O’quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda o’tmish axloqiy merosini, ayniqsa ulug’ mutafakkirlarning fikrlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki ularning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlari, axloqiy qarashlari bugungi taraqqiyot uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ularning hayot yo’li, axloq haqidagi fikrlari har bir o’quvchini axloqiy madaniyatini shakllantirishda muhim o’rin egallaydi. Sharq allomalarining axloqiy qarashlari o’quvchilar qalbida insoniylikni shakllanishiga yordam beradi. Butun dunyoda, jamiyatda axloqiy tarbiyaning ahamiyati ortib borayotganini, lekin shu bilan birga ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik, turli soha mutaxassislari hayotning turli sohalarida axloqiy normalarni pasayishi kuzatilayotganligi haqida fikr bildirilayotganini kuzatishimiz mumkin. Nima uchun aynan yoshlar, bolalar orasida axloqiy me’yorlarni buzilish holatlari kuzatilmoqda? Ushbu savolning javobi axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.Axloqning vujudga kelishi va mohiyati, odamlarni axloqiy ongi va xulqi to’g’risidagi muammolarni etika fani o’rganadi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sanaladi. Axloq tarixiy, o’zgaruvchan xarakterga ega bo’lib, axloqiy qoidalar odamlar hayotining ijtimoiy sharoitlarida aniqlanadi va jamiyatning turli qatlamlarida turlicha bo’ladi. Axloqiy me’yor jamiyat tomonidan tan olingan bo’lib, uning a’zolari tomonidan bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo’lgan qoida hisoblanadi. Axloqiy odat – axloqiy xatti-
harakatlarning mukammallashtirishga bo’lgan ehtiyoj bo’lib, u o’quvchilarda qulay vaziyatlarda ijobiy mazmunga ega xattiharakatlarning izchil, doimiy, tizimli takrorlanishi hisobiga hosil bo’ladi. Axloqiy ong – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, milliy istiqlol g’oyasining o’quvchilar ongida aks etishi. Axloqiy xulq motivlari va nazorat joyiga ko’ra, axloqiy rivojlanish darajasi amerika olimi Ya.Kolbergning ta’kidlashicha, uchta guruhga bo’linadi. 1. Axloqgacha (bola axloq talablarini jazodan, ya’ni tashqi nazoratdan qo’rqib bajaradi). 2. Konventional (axloq talablariga yaxshi yashash uchun amal qiladi). 3. Avtonom (hayot qoidasiga aylanib bo’lgan, o’z ixtiyori bo’yicha amal qiladi). Axloqiy tarbiya bu tarbiyalanuvchilarda axloqiy bilimlar, axloqiy histuyg’u, axloqiy xulqni shakllantirish bilan bog’liq pedagogik faoliyatdir. Axloqiy tarbiyaning ijtimoiy aspekti bu jamiyatda qabul qilingan axloq me’yorlari va prinsiplaridir. Axloqiy tarbiya o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarni singdirish jarayoni. Axloqiy tarbiyani maqsadi o’quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish hisoblanadi. Axloqiy tarbiyani vazifalari: 1. O’quvchilarni odob-axloq qoidalari va ijtimoiy axloq me’yorlari bilantanishtirish. 2. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish. 3. O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ularini tarbiyalash va rivojlantirish. 4. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifat (ota-onani, kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehnatsevarlik, bilim olishga intilish, kamtarlik, halollik, rostgo’ylik, olijanoblik, muruvvatlilik, rahmdillik, moddiy va ma’naviy ne’matlarni asrash, kelajakka ishonch bilan qarash va h)larni tarbiyalash. 5. O’quvchilarda axloqiy xulq-atvor ko’nikma, malaka va odatlarini tarkib toptirish.
Hozirda zamonaviy dunyo insoniylik prinsiplariga asoslangan, axloq normalariga va insoniylik axloqiga tayangan qadriyatlarga muhtojlik sezmoqda.Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Insoniylik insonni axloqiy fazilati hisoblanib, insonni insonga hurmatini, insonni oliy qadriyat sifatida qarashni, uni tushunishni, unga yordam berishni ifodalaydi. 1.Insonga, uning qarashlari, qadriyatlariga ishonish, ushbu ideallarga xizmat qilish. 2.O’z ma’suliyatini bajarishda erkinlik, maqsadga erishishni bilish, o’z 3.o’ziga talabchan bo’lish va jamiyat talablarini bajarish hamda intizomli bo’lish. 4.O’z xatti-harakati uchun javob berish, o’z xatolarini tan olish va tuzatish. 5.Yer yuzidagi barcha jonzotlarga, tabiatga nisbatan hurmatda bo’lish. 6.Halollik, adolatlilik, prinsipiallik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchan hamda sabrli bo’la olish.Yuqoridagilar O’zbekiston xalqini axloq kodeksi emas, balki oiladagi, maktabdagi, jamiyatdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun asos bo’la oladigan axloqiy normalardir.Axloqiy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu umumta’lim maktablarimizda adabiyot, tarix, jamiyatshunoslik darslaridir. Bundan tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari axloqiy mavzularda tashkil etilgan tadbirlar, uchrashuvlar ham o’quvchilarda axloqiy sifat va fazilatlarni shakllantirilishida muhim o’rin tutadi. Shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliqqa, o’ziga hamda atrofdagilarga ijobiy munosabatini, shaxslararo munosabatda axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishini ifodalovchi sifatlar ma’naviy-axloqiy sifatlar deb yuritiladi.Shaxsning axloqiy sifatlariga xushmuomalalik, axloqlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mehribonlik. rahmdillik, saxovatlilik, oqko’ngillilik, bag’rikenglik, vatanparvarlik, baynalminallik, sabrlilik, bilimlilik, e’tiqodlilik, adolatparvarlik,haqiqatgo’ylik, o’zgalarni tushuna olish, muhtojlarga yordam ko’rsatish kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko’rsatish, intizomlilik v.b. Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to’xtalib o’tadi1
Allomaning nuqtai nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e’tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g’ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor (g’urur), muhabbat, avf (kechirimli bo’lish). Bu xislatlar ma’naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o’z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o’quvchining o’zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi. Abdulla Avloniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g’azab,aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat (o’zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta’mahirs), rahovat (g’ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat(kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g’iybat, haqorat, jibonat (qo’rqoqlik), hasad, kizb (yolg’on), nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar.O’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi. Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilm va spektakllarni tomosha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulqodatlar paydo bo’la boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xattiharakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish,o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qanday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan