SINF JAMOASINI PSIXOLOGIK O’RGANISH
« SINF JAMOASINI PSIXOLOGIK O’RGANISH » mavzusidagi SAMAR Q AND – 2022 1
MUNDARIJA: KIRISH ………………………………………………………………………. 4 I BOB SINF JAMOASI NI PIXOLOGIK O’RGANISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI ............…………………………………… 7 1.1 O’quvchilar jamoasin ing tuzilishi va boshlang’ich jamoa strukturasi ……………………………………………………… 7 1.2 Sinf jamoasida psixologik muhitni o’rganishning ahamiyati …..…. 16 II OB SINF JAMOASINI PSIXOLOGIK JIHATDAN O’RGANISH METODLARI …..………………………………………………… 21 2.1 Sinf jamoasi psixologik o’rganishga doir metodik vositalar……… 21 2.2 Sinf jamoasidagi psixologik muhitni o’rganishda sotsiometrik metodidan foydalanish …………………………………………… 30 XULOSA…………………………………………………………………… 36 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAT RO’YXATI..................................... 38 2
KIRISH Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotining muhim yo’nalishlaridan biri xalqimizning boy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida barkamol avlodni tarbiyalashdir. Chunki, shaxsning har tomonlama kamol topishi va farovon yashashini ta’minlash, uning manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini yaratish, va yangi sharoitga moslashtirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilinishi, uzluksiz ta’lim jarayonida yetakchi ijrochi bo’lgan o’qituvchi faoliyatini tubdan o’zgartirishga olib kelmoqda. Shuning bilan bir qatorda ijtimoiy jarayonning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim-tarbiya tizimiga, uning maqsadi va mazmuniga, qituvchining pedagogik faoliyati va mahoratiga yangicha talablar qo’yilmoqda. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlisning 1X sessiyasida (1997 yil 29 avgust) “Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida so’zlagan nutqida shunday degan edi: ”O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak” Chunki, uzluksiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o’zgarishlar, yangilanishlar, o’quv-tarbiya jarayonining an’anaviy va noan’anaviy shakllari, mazmuni, amalga oshirish yo’llari, vositalari, usullari va shart-sharoitlarini tashkil etish o’qituvchidan yuksak darajadagi kasbiy bilim va mahoratga ega bo’lishni talab etadi. Ma’lumki, o’qituvchilik kasbi boshqa kasblardan farqli ravishda ko’p tomonlama ma’suliyatni o’zida mujassamlantiradi, birinchidan, u shaxsni shakllantirish, ya’ni inson ruhiyatini chuqur bilishi, ikkinchidan, ta’lim-tarbiyaning barcha vositasi, uslubi va yo’llaridan samarali foydalanib, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishi ya’ni o’qitishning samaradorligiga erishmog’i lozim; uchunchidan, њ zining fazilatlarini ham jamiyat va tabiat taraqqiyoti jarayonida shakllantirib borishi lozim. O’qituvchi o’z mehnatining natijalari bilan bog’liq holda yosh avlod shaxsini jamiyat talablariga binoan har tomonlama shakllantirishdan iborat. 3
Yosh avlodni mustaqil davlat fuqarosi sifatida shakllantirishda ularni hayotga, mehnatga va biror kasbga tayyorlashda barcha o’qituvchilar zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Shu o’rinda o’qituvchilarning o’quvchi shaxsini psixologik jihatdan o’rganish, uning bilish jarayonlarini, individual xususiyatlarini aniqlab talim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, hamda sinf jamoasidagi norasmiy liderni, simpatiyaga ega o’quvchilarni, j amoada norasmiy “yetakchilar”ning mavjudligi, ularning sinfga ta’sir ko’rsatish xususiyati, uning sabablari, sinf faollarining “yetakchilar”ga munosabati;”ezilganlar”ning mavjudligi, o’rtoqlarining ularga bo’lgan munosabatini o’zgartirishning mumkin bo’lgan yo’llari; Jamoa ichida o’zaro munosabatlar, jipslilik darajasi, guruhlarga ajralishning mavjudligi yoki yo’qligi, ularning ichki negizi va sinf ishlaridan manfaatdorlik darajasi, o’zaro talabchanlik, mehribonlik, do’stona g’amxo’rlik, o’zaro yordam va hurmat-ehtirom ko’rsatish; jamoada tanqid va o’z-o’zini tanqid o’g’il bolalar bilan qiz bolalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari; jamoaning ayrim a’zolari o’rtasidagi o’rtoqlik va do’stlikning namoyon bo’lishi, uning ichki negizi; jamoadagi ayrim azolarning hissiy jihatdan “yaxshiligi”va “yomonligi” kabilarni aniqlash ham talim- tarbiya jarayoni natijasining samarali bo’lishini taminlashga xizmat qiladi. Yangi kishini shakllantirish vazifalarining xilma-xilligi va murakkabligi bo’lajak pedagoglar tayyorlash masalasini dolzarb qilib qo’ymoqda. Maktabga moxir pedagoglar kerak. Pedagoglik maxorati esa o’quv-tarbiyaviy faoliyatning barcha turlarini qulaylashtirishni moxirlik bilan udallashdan iborat. Pedagogika va Psixologiya fanlari turkumida juda katta bilim xazinasi, tavsiyalar jamlanganki, bo’lajak o’qituvchilar ularni egallab olishlari lozim bo’ladi. Mazkur « Sinf jamoasini psixologik o’rganish » mavzusidagi kurs ishida ham, sinf jamoasini psixologik o’rganishga doir ko’plab topshiriqlar va ko’rsatmalar sistemasini o’z ichiga olgan bo’lib ular maktabga psixologik xizmat ko’rsatish maqsadida bajarilgan va o’qituvchiga metodik yordam sifatida,sinf jamoasini, sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar,o’quvchi shaxsini, o’quvchilarning 4
individual xususiyatini amaliy jixatdan bilishga, darsni psixologik jixatdan taxlil qilishni bilib olishga xizmat qiladi deb o’ylaymiz. Kurs ishi asosiy maqsadi : Sinf jamoasini psixologik o’rganish, sinf jamoasida shaxslararo munosabatlarni aniqlash va jamoani to’g’ri tashkil etish metodikalarini o’rganish. Kurs ishining obyekti : Sinf jamoasida psixologik muhit va shaxslararo munosabatlarni o’rganish jarayoni. Kurs ishining vazifalari: 1. Mavzuga oid adabiyot, manbalarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish. 2. Sinf jamoasida shaxslararo munosabatlarni o’rganishga oid tadqiqotlarni o’rganish va ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish. 3. O’quvchilar jamoasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganishga qaratilgan metodikalarni chuqur tahlil etish va ular asosida tadbiqiy tizim ishlab chiqish. 4. O’quvchilar jamoasini o’rganishning aniq metod va vositalarini ishlab chiqish. Biz oldinga qo’yilgan maqsad va vazifalarni hal etish uchun pedagogika va psixologiya sohasida qo’llanilib kelayotgan bir qator metodlardan foydalandik . Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikki bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Hajmi 38 bet. 5