VOLLEYBOLNING PSIXOLOGIK TAYYORGANLIGI
VOLLEYBOLNING PSIXOLOGIK TAYYORGANLIGI REJA: I.Kirish II.Asosiy qism 2.1 Volleyboll o`yinida psixologik tayyorgarlik 2.2 Sportchilarni psixologik tayyorlashning turi va sportchi ruhiyatining ma ' lum jihatlar 2.3 Tayyorlik darajasiga ta'sir qiluvchi asosiy omillar III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. 1
KIRISH Sport amaliyotida dastlabki o'rgatish jarayoni ko'p yillik sport trenirovkasining fundamental bosqichi bo'lib, ushbu bosqichda o'rgatish uslublari va vositalaridan to'g'ri foydalanish keyingi bosqichlarda sport mahoratini samarali shakllanishiga imkon yaratadi. Dastlabki o'rgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda bolaning ontogenetik hamda biopsixologik xususiyatlari e'tiborga olinishi zarur. Boshqacha qilib aytganda, dastlabki o'rgatish jarayonida o'tkaziladigan mashg'ulotlar yuklamalari shug'ullanuvchi bolalaming jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab me'yorlanishi va qo'llanilishi lozim. Hozirgi kunda voleybol ommaviy sport turiga aylandi. Dastlab voleybol dam olish va sog'lom turmush tarzini saqlash uchun o'yin edi. 20-asrda voleybol oddiy o'yindan Olimpiya sport turiga aylandi. Shundan kelib chiqqan holda shuni tushunish kerakki, o'yinchilarga qo'yiladigan talablar doimiy ravishda o'zgarib turadi va ulardan ko'proq sport, texnik va psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Shuningdek, ular ko'proq chidamli, jismonan tez, stressga chidamli va hokazo bo'lishi kerak. Bu borada psixologik tayyorgarlikni rivojlantirish jamoa uchun ham, murabbiy uchun ham ustuvor vazifa hisoblanadi. Psixologik tayyorgarlik - mashg'ulotlarni muvaffaqiyatli bajarish, musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish va ularda ishonchli ishlash uchun zarur bo'lgan sportchilarning shaxsiyati va psixologik fazilatlarini shakllantirish uchun qo'llaniladigan psixologik-pedagogik ta'sirlar tizimi. Bunday mashg'ulotlar sportchiga jismoniy va texnik tayyorgarlikdan maksimal darajada foydalanishga hissa qo'shadigan psixologik holatni yaratishga yordam beradi, shuningdek, unga raqobatdan oldingi va raqobatbardosh taqillatish omillariga qarshi turishga imkon beradi. 2
2. 1 Volleyboll o`yinida psixologik tayyorgarlik Zamonaviy voleybol musobaqalarida yuksak sport natijalariga erishish keskin raqobat ostida kechayotganligi isbot talab qilmaydi. O'yinlarning har bir lahzasi o'ta shiddatli va tezkor o'zgaruvchan vaziyatlar ustunligi bilan farqlanadi. Mashg'ulot va musobaqalarga xos yuklamalar hajmi, shiddati va o'yin mazmuni mukammal shakllangan jismoniy hamda funksional imkoniyatlami talab qiladi. Faqat shunday imkoniyatlarga asoslanilsa yuksak texnik-taktik mahorat musobaqa taqdirini belgilaydi. Shu bilan bir qatorda bugungi voleybolning yana bir ustuvor xususiyatlari shundan iboratki, har bir o'yinchi vajamoa jismoniy hamda texnik-taktik jihatlardan yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lsa-yu, lekin ulaming psixologik imkoniyatlari zaif bo'lsa, musobaqa davomida foydali natijaga erishish mushkul bo'lishi ehtimoldan holi emas. Binobarin, ko'p yillik sport trenirovkasijarayonida psixologik sifatlar va qobiliyatlarni shakllantirish masalasi boshqa tayyorgarlik turlari kabi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Psixologik tayyorgarlikning bosh maqsadi muhim psixik sifatlar -xotira, diqqat, hissiyot, tafakkur, ong, iroda, ko'rish kengligi va chuqurligi kabi xislatlarni mustaqil mashq qildirishdan iborat bo'lishi lozim. Bu borada shug'ullanuvchilarda matonat, shijoat, qat'iyatlik, zukkolik, «makkorlik» va ixtirochilik fazilatlarini sayqal toptirish darkor. Psixologik tayyorgarlik uzoq muddatli pedagogik jarayon bo'lib, bunda psixik sifatlar nafaqat mashg'ulot va musobaqa jarayonlarida o'z holicha shakllanishi lozim, balki ular maxsus uslub va vositalar (mashqlar) yordamida alohida takomillashtirilishi zarur. Voleybolchilarni tayyorlash amaliyotida psixologik tayyorgarlik quyidagi ikki yo'nalishda olib borilishi odat tusiga kirgan: umumiy psixologik tayyorgarlik; 3
muayyan musobaqaga maxsus psixologik tayyorgarlik. Umumiy psixologik tayyorgarlik. Voleybol maydonchasi gandbol, basketbol va tennis maydonlaridan nisbatan kichik bo'lgani va unda har bir jamoada 6 o'yinchining o'zaro tezkor va o'zgaruvchan vaziyatlarda harakat qilishi hamjihatlik, oraliq-vaqtni his qiiish, tezkor fikrlash, o'z jamoadoshi va raqib harakatlarini tezkor payqash hamda idrok qiiish va boshqa psixologik xislat (xotira, diqqat, tafakkur va h.k.)larning shakllangan bo'lishini talab qiladi. Voleybolchiga xos ushbu psixologik xislatlar mashg'ulotlar davomida o'z holicha ham shakllanishi mumkin. Masalan, shug'ulla nuvchilarda jismoniy va funksional imkoniyatlar hamda texnik-taktik mahorat shakllangan sari, jamoa tarkibida mashg'ulot va musobaqalarda o'yin tajribasi ortgan sari ularda iroda, oraliq-vaqtni his qiiish, ko'rish doirasi, to'pni yo'nalishi, tezligi, baland- pastligini oldindan bashorat qiiish, vaziyatga mos va raqib taktikasi qarama- qarshi foydali taktikani tanlash xislatlari sayqal topib boradi. Agar bunday psixologik xislatlarning shakllanish mexanizmi va qonuniyatlari nazariy- uslubiy mashg'ulotlarda tushuntirilsa, amaliy mashg'ulotlarda ularni maxsus yo'naltirilgan mashqlar (farazlar, ishontirish, mo'ljal, ehtimollar va bashorat qiiish mashqlari) yordamida shakllantirilib borilsa, foydali natija yanada salmoqliroq bo'lishi mumkin. O'yin taktikasi va taktik fikrlash o'yinchining psixologik imkoniyatlari bilan bevosita bog'liqdir. Agar texnika (usullar-harakatlar texnikasi) o'yinchi organizmining markaziy (nerv sistemasi) va periferik-ijrochi organlari mahsuli bo'lsa, taktika (usul-harakat taktikasi, taktik kombinatsiyalar, taktik fikrlash, oldindan bashorat qiiish va h.k.) oliy nerv faoliyati - intellectual va harakat birligining mahsulidir. Demak, psixologik-jismoniy, psixologik- funksional, psixologik-texnik va psixologik-taktik tayyorgarlik integral mazmunli mashg'ulotlarda shakllantirilishi maqsadga muvofiqdir. 4
Psixologik tayyorgarlikka yo'naltirilgan mashg'ulotlarda qator vazifalarni hal etish tavsiya etiiadi. Jumladan: Sport trenirovkasi nazariyasi va uslubiyatida «sport razvedkasi» deb nomlangan tushuncha mavjud. Uning asosiy «burchi» turli bo'lajak raqib o'yinchilar va raqib jamoalar jismoniy, texnik-taktik va psixologik imkoniyatlarini o'rganish, ushbu jamoalarning o'yin modeli haqida ma'lumotlar to'plash va to'plangan barcha ma'lumotlarni nazariy-uslubiy mashg'ulotlarda tahlil qiiish va sinab ko'rish. O'z jamoasi imkoniyatlarini o'zga jamoalar imkoniyatlari bilan taqqoslash, kamchilik va ustunliklarni aniqlash, modellashtirilgan mashg'ulotlar davomida raqib modeliga qarshi o'yin modelini shakllan tirish, kamchiliklarni bartaraf etish. Har bir joriy mashg'ulot, muayyan musobaqaga tayyorlovchi mashg'ulotlar va musobaqalar bo'yicha vazifalar belgilash hamda ularni maxsus yo'naltirilgan mashqlar majmualari yordamida hal etish. Ushbu mashg'ulotlarda raqibning kamchiliklari, zaif jihatlari va ustunliklarini e'tiborga olgan texnik-taktik va psixologik mashqlarni modellashtirilgan mazmunda qo'llash zarur. Bunday mashqlarni takrorlash davomida, ularni mukammal o'zlashtirilganligi e'tiborga olinishi lozim. 4. Shug'ullanuvchilar tomonidan raqib texnik-taktik modellari va o'zlarining o'yin uslublari (texnikasi va taktikasi)ni shu modellarga qarshi yo'nalishlarda o'zlashtirishda xotirjamlikka, prtiqcha ishonchga, «manmanlikka» berilmaslik kerak. O'yinchilarda kuchli motivatsiyani shakllantirish darkor. O'zgaruvchan vaziyatlarga nisbatan psixologik turg'unlik xislatini shakllantirish kerak. Ularda emotsional faollik hissini uyg'otish muhimligi diqqat markazida bo'lishi zarur. 5