Tarbiyaviy ishlar jarayonida Mirzo Ulug'bek ma'naviy merosining tutgan o'rni. 33v
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI “TARBIYAVIY SIHLAR METODIKASI” FANIDAN “TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONIDA MIRZO ULUG'BEK MA'NAVIY MEROSINING TUTGAN O'RNI” MAVZUSIDAGI KURS ISHI
Mavzu: Tarbiyaviy ishlar jarayonida Mirzo Ulug'bek ma'naviy merosining tutgan o'rni. Reja: Kirish I-bob. Mirzo Ulug'bek Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug'bek Ko'ragon- Temuriylar davlatining hukmdori, buyuk o'zbek munajjimi va matematigi. 1.1. Mirzo Ulug'bekning hokimiyatga kelishi va boshqaruv usuli 1.2. Mirzo Ulug'bekning pedagogik g'oyalari va ma'rifatparvarlik xizmatlari II-bob. Mirzo Ulug'bekning ilmiy maktabi. 2.1. Ulug'bek davrida maktab islohoti. 2.2. Mirzo Ulug'bekning qomusiy olim sifatida ilm-fan rivojiga qo'shgan bebaho hissasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, odamzodga ato etilgan eng oliy ne’mat hisoblangan farzan bu millat boyligi. Chaqaloqning tashrifi ila xonadonimizga nur, oilamizga baxt, kelajagimizga umid va ishonch kirib keladi. Darhaqiqat, farzand ila olam munavvar. Zero, u naslimiz davomchisidir. Ko’zimizning oqu qarosi bo’lgan dilbandlarimiz har doim ardog’imizda ekan, biz olamga ular nigohi bilan qarashga intilamiz. Har bir harakati va imo- ishoralari orqali ularni anglashga urinamiz va albatta, buning uddasidan chiqamiz. Lekin bolalik dunyosidan uzoqlashgan kattalarning bu olamga qayta kirib kelishlari qiyin kechadi. Bolalar bilan muloqot paytidagina bu olam mo’jizalaridan bahramand bo’lish mumkin. Lekin biz kattalar o’zimiz bilmagan holda bu mo’jizalarni ko’rish va ulardan bahramand bo’lishdek baxtdan qochamiz va bu ishni begonalarga topshiramiz. Shunday daryolar borki, ularni tezoqar va o’zgaruvchan deya ta’riflashadi. Bu qiyos farzand tarbiyasi borasida ham ifodalanishi mumkin. O’g’il-qizlarning rivojlanish davri xuddi tezoqar va o’zgaruvchan daryolarga o’xshatiladi. Gohida ular oldinga intilib o’zanlaridan chiqib ketguday bo’lsalar, gohida tinch va osudalik kasb etadilar. Istiqloldan keyingi yillarda farzand tarbiyasiga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu boradagi o’zgarishlar bola tarbiyasi mavzusining asrlarga tatigulik vazifa ekanini isbotlab berayotir. Negizi tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga tutash bo’lgan farzand tarbiyasiga taalluqli kitoblar nashr bu borada amalga oshiralayotgan eng muhim ishlardan biri hisoblanadi. Mustaqilligimiz sharofati bilan nashr qilingan Imom Buxoriyning 4 jildlik «Hadis» lar to’plami, Amir Temur hayoti va bunyodkorlik ishlari mavzui bilan bog’liq o’nlab kitoblar so’zimiz isbotidir. Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Boburdan avlodlarga meros bo’lib qolgan bebaho boylik
o’zbek millatining durdonalaridir. Forobiy, Beruniy, al-Xorazmiy, at-Termiziy, Moturudiy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Mahmud az- Zamaxshariy, Ulug’bek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Ch’lpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon kabi o’zbek millatining buyuk siymolari, atoqli olimlari va adiblari bilan har qancha faxrlansak arziydi. Kengroq mushohada yuritadigan bo’lsak, millat barkamolligi, Vatan taraqqiyoti farzand tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu o’z navbatida elning kitobxonlik darajasiga, ya’ni o’qimishligiga tutashdir. O’z millatini sevadigan har bir inson, uning yutuqlari, obro’-e’tibori bilan faxrlanadi, zavqlanadi, uning muammolariga befarq qarab tura olmaydi. Yuksak ma’naviyatli inson, o’z eliga millatiga jonkuyar bo’ladi, uning muvaffaqiyatlaridan ich-ichidan faxrlanadi, quvonadi. Milliy xulq-atvor tushunchalari har bir kishida o’z millatining moddiy, ma’naviy merosilarini o’zlashtirish, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini va tarixini mukammal bilish hamda uni o’zga millatlarniki bilan qiyoslash natijasida shakllanadi. Buning natijasida unda o’z millatiga mehr-muhabbati osib boradi. Har bir o’quvchi Vatan muvafaqqiyatida o’zining ham shaxsiy burch va mas’uliyati vazifalari borligini to’la idrok etsin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan kundalik ishlarimizni shunday tashkil etishimiz zarurki, natija o’quvchilar Respublikamizning hozirgi mustaqilligi sharoitida uning muammolarini o’zinikidek qabul qiladigan bo’lsin. Ularning og’irligini o’z yelkasiga oladigan, mumkin qadar Vatanga foyda keltirishdan g’ururlanadigan shaxs bo’lib ulg’aysin. Yuqorida qayd etilganlardan ma’lumki bizning kurs ishimizning «Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy xulq-atvor tushunchalarini shakllantirish» nomli mavzusi Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimi hamda ilmiy tadqiqotlar oldida turgan vazifalar qatorida hal qilinishi lozim bo’lgan dolzarbligiga ega.Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli
allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi. Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan. 1405 yil, Markaziy Osiyodan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi, O‘rtayer dengizidan Shimoiy Hindistongacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan buyuk sohibqironning o‘limidan so‘ng, butun merosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Temuriylar saltanatining tepasiga Hirot qarorgohida saylangan Temurning o‘g‘li - Shohruh o‘tiradi. Mavaraunnahr boshqaruvi Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi Ulug‘bekka topshiriladi. 1409 yil Ulug‘bek Samarqand hokimi etib e’lon qilinadi, otasi Shohruhning o‘limidan so‘ng, 1447 yil Temuriylar sulolasiga bosh bo‘ladi. Yoshligida Ulug‘bek fan va san’at turlariga, ayniqsa, matematik va astronomiyaga katta qiziqish bildiradi. Uning aqliy dunyoqarashi kengayishida otasi va bobosi to‘plagan boy kutubxona zamin bo‘ldi, u yerda ko‘p vaqtini o‘tkazardi. Ulug‘bek u vaqtlar o‘lchovi bilan qaraganda, juda zo‘r ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham she’rlar yozgan. Ulug‘bekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘lgan. U to‘qqiz yasharli Ulug‘bekka Marog‘adagi mashhur rasadxona xarobalarini ko‘rsatgan. Yoshlikdagi aynan shu xotiralari bo‘lajak astronom kelajagini belgilagan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bek davrida Samarqand o‘rta asrlar davridagi ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangan. Samarqandda, XV asrning birinchi yarmida Ulug‘bekning atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirgan butun bir ilmiy maktab vujudga keldi. U vaqtlar Samarqandda O‘rta Osiyo tarixi haqida ajoyib asar yozgan tarixshunos Hofiziy Abru, taniqli shifokor Mavlono Nefis, shoirlar