logo

DIQQAT VA XOTIRA

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

93.453125 KB
DI QQ AT  VA XOTIRA
Reja
1. Di qq at  h a q ida tushuncha
2. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari
3. Diqqat turlari  va xususiyatlari
4. Xotira haqqida tushuncha
5. Xotira jarayonlari  va  turlari Di qq at  h a q ida tushuncha
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir etib
turadi.   Lekin   odamga   ta'sir   etayotgan   bu   narsa   va   hodisalarning   hammasi   bir   xil
aniqlikda   aks   ettirilmaydi.   Ulardan   ayrimlari   aniq   yaqqol   aks   ettirilsa,   boshqa
birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana
shu   odamga   ta'sir   etayotgan   narsalarga   diqqatning   qay   darajada   qaratilishiga
bog’liqdir.   Demak,   diqqatimiz   qaratilgan   narsa   va   hodisalar   aniq   va   to’la   aks
ettiriladi. 
Diqqat   tushunchasiga   olimlar   tomonidan   bir   qator   ta'riflar   keltirilganligini
ta'idlash   mumkin.   P.I.Ivanov   tomonidan   diqqat   deb-   ongni   bir   nuqtaga   to’plab
muayyan   bir   ob'ektga   aktiv   qaratilishga   aytiladi.     F.N.Dobrinin,   N.V.Kuzmina,
I.V.Straxov,   M.V.Gamezo,   N.F.Gonobolin   va   boshqalarning   fikricha,   diqqatning
vujudga   kelishi   ongning   bir   nuqtaga   to’planishi   ong   doirasining   torayishini
bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi.
E.B.Pirogovaning   ta'kidlashicha,   tomonidan   diqqat   individning   hissiy,   aqliy
yoki   harakatlantiruvchi   faolligi   darajasining   oshirilishini   taqazo   etadigan   tarzda
ongning   yo’naltirilganligi   va   biror   narsaga   qaratilganligidir.   Diqqat   shunday
muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng
sodda   faoliyatdan   tortib   eng   murakkab   faoliyatni   ham   diqqatning   ishtirokisiz
bajarish   mutlaqo   mumkin   emas.   Shuning   uchun   diqqatning   inson   hayotidagi   roli
benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb
ta'riflashi,   Nyutonning   kashfiyot   fikrni   doimo   shu   masalaga   qaratilish   jarayoni,
deyishi,   K.D.Ushinskiyning "diqqat   ruhiy   hayotimizning   shunday   yagona
eshigidirki,   ongimizga   kiradigan   narsalarning   barchasi   shu   eshik   orqali   o’tib
kiradi"  degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan
tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega
bo’lgan ob'ekt ustida to’planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo’naltirish deganda
psixik   faoliyatning   tanlovchanlik   tabiati,   ob'ektni   ixtiyoriy   va   beixtiyoriy   tanlash
tushuniladi.   O’quvchi   maktabda   o’qituvchi   gapirayotgan   gaplarni   eshitib o’tirganda mana shu eshitib o’tirish faoliyatini  ongli  ravishda tanlab olgan, uning
diqqati   ongli   ravishda   qo’zg’algan   shu   maqsadga   bo’ysundirilgan   bo’ladi.
O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan o’quv materialining mazmuniga
zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi. 
Psixik   faoliyatning   yo’naltirilishi   deganda   ana   shu   tanlashgina   tushunilib
qolmay,   balki   ana   shu   tanlanganni   saqlash   va   qo’llab-quvvatlash   tushuniladi.
Diqqatning   bilish   jarayoni   uchun   ahamiyatini   alohida   ta'kidlab   o’tish   lozimdir.
Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har
doim   ishtirok   etadi.   Diqqat   barcha   aks   ettirish   jarayonlarimizning   doimiy
yo’ldoshidir.   Diqqat   barcha   psixik   jarayonlarimizda   qatnashsa   ham,   lekin
diqqatning o’zi hech narsani aks ettirmaydi. 
Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida
ayrim   o’zgarishlar   ko’zga   tashlanadi.   Demak,   diqqat   odatda   o’zining   sirtqi   ya'ni
tashqi alomatlariga egadir. 
Birinchidan ,   diqqat   qaratilgan   narsani   yaxshi   idrok   qilish   uchun   unga
muvofiqlashishga   urinishdan   iborat   harakatlar   (tikilib   qarash,   quloq   solish)
qilinadi.
Ikkinchidan,   ortiqcha   harakatlar   to’xtaydi.   Jiddiy   diqqatning   xususiyatlaridan
biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat
vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo’lib, bu jimlik odamlar ma'ruzachini yoki artistni
zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan,   kuchli   diqqat   paytida   kishining   nafas   olishi   sekinlashib   va
pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda bo’ladi. Ammo
bu   holat   diqqatning   faqat   tashqi   ifodasi   bo’libgina   qolmay,   balki   uning   ma'lum
yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning uchun
ko’pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga moslab muayyan
bir holatda tutib olamiz.
Diqqatning   tashqi   ifodalanishiga   rassomlarning   rasmlari,   turli   jurnallardan
olingan suratlar eng yaxshi illyustrativ material hisoblanadi. Ular yordamida kishi diqqatining   tashqi   ifodasiga   xos   bo’lgan   mimika   va   pantomimikani   ko’rsatish
mumkin.
Diqqatning nerv-fiziologik asoslari
Odamga   har   bir   daqiqada   ta'sir   qilib   turadigan   qo’zg’atuvchilar   turlicha
reflekslarga   sabab   bo’ladi.   Chunki   har   qanday   refleks   organizmning   tashqi
ta'sirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir. 
Diqqatning   nerv-fiziologik   asosida   orientirovka   yoki   tekshirish   deb   ataladigan
maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik   I.P.Pavlov   maxsus ibora bilan
"bu   nima   gap   refleksi"   deb   ham   ataydi.   Ana   shu   refleks   odatda   organizmga
to’satdan  birorta yangi  narsaning ta'siri yoki haddan tashqari  kuchli  ta'sirot  orqali
hosil   bo’ladi.   Orientirovka   yoki   tekshirish   refleksi   diqqatning   fiziologik   asosi
hisoblanadi,   chunki   bu   refleks   bosh   miya   yarim   sharlarining   po’stida   kuchli
qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada
organizmga   turli   narsalarning   ta'siridan   hosil   bo’lgan   qo’zg’alishlarga   nisbatan
orientirovka   yoki   tekshirish   refleksi   ayni   chog’da   nisbatan   kuchli   (ya'ni   optimal)
qo’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi.
Bosh   miya   yarim   sharlarining   po’stida   paydo   bo’ladigan   kuchli   qo’zg’alish
manbai   nisbatan   uzoqroq   saqlanib   turadigan  mustahkam   qo’zg’alish   bo’ladi.   Ana
shu nuqtai- nazardan akademik I.P.Pavlov "diqqatning fiziologik asosini bosh miya
po’sti  qismidagi  optimal qo’zg’alish manbai tashkil  qiladi", deb ta'kidlagan. Buni
biz   akademik   I.P.Pavlovning   quyidagi   so’zlaridan   ochiq   oydin   ko’rishimiz
mumkin.
"Miya   yarim   sharlarining   optimal   qo’zg’alishga   ega   bo’lgan   qismida   -deydi
I.P.Pavlov,   -   yangi   shartli   reflekslar   yengillik   bilan   hosil   bo’ladi   va
differensirovkalar   muvaffaqiyatli   ravishda   paydo   bo’ladi.   Shunday   qilib,   optimal
qo’zg’alishga   ega   bo’lgan   joy   ayni   chog’da   bosh   miya   yarim   sharlarining   ijodga
layoqatli   qismi   desa   bo’ladi.   Miya   yarim   sharlarining   sust   qo’zg’algan   boshqa
qismlari   bunday   xususiyatga   qobil   emas.   Ularning   ayni   chog’da   funksiyasi   juda
nari   borganda   tegishli   qo’zg’ovchilar   asosida   ilgaridan   hosil   qilingan   reflekslarni
qayta tiklashdan iboratdir".  I.P.Pavlov   tomonidan   kashf   etilgan   nerv   jarayonlarining   induksiya   qonuni
diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu
qonunga   muvofiq,   bosh   miya   po’stining   bir   joyida   maydonga   kelgan   qo’zg’alish
jarayonlari   bosh   miya   po’stining   boshqa   joylarida   tormozlanish   jarayonlarini
yuzaga   keltiradi.   Bosh   miya   po’stining   ayrim   bir   joyida   yuzaga   kelgan
tormozlanish   jarayoni   bosh   miya   po’stining   boshqa   joylarida   kuchli   qo’zg’alish
jarayonlarini   paydo   bo’lishiga   olib   keladi.   Ayni   shu   paytda   har   bir   onida   miya
po’stida   qo’zg’alish   jarayoni   uchun   optimal,   ya'ni   nihoyatda   qulaylik   bilan
harakatlanuvchi   biror   bir   kuchli   qo’zg’alish   manbai   mavjud   bo’ladi.   "Agar   bosh
suyagiga   qarash   imkoni   bo’lganda,   degan   edi   I.P.Pavlov,   uning   ichidagi   miya
ko’rinadigan bo’lsa, agar  miya yarim sharlarida optimal kuchli qo’zg’alish uchun
eng   yaxshi   sharoit   tug’ilgan   nuqtasi   miltillab   ko’rinadigan   bo’lsa,   yangi   sog’lom
bir   narsani   o’ylab   turgan   odamning   miyasiga   qaraganimizda   uni   miyasini   katta
yarim   sharlarida   juda   halati   jimjimador   shakli,   surati   va   hajmi   har   damda   bir
o’zgarib,   turlanib,   jimir-jimir   qilib   turgan   yoruq   narsani   u   yoqdan   bu   yoqqa
yugurib   qimirlab   turganini   va   miya   yarim   sharining   bu   yorug’   narsa   atrofidagi
boshqa yerlarni bir muncha xira tortib turganini ko’rardik".
A.A.Uxtomskiy  tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning
fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega.  Dominantlik tamoyiliga
muvofiq   miyada   qo’zg’alishning   har   doim   ustun   turadigan   hukmron   o’chog’i
mavjud bo’ladi, bu hukmron qo’zg’alish o’chog’i aynan shu damda miyaga ta'sir
qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo’zg’alishlarni qandaydir ravishda o’ziga
tortib   oladi   va   buning   natijasida   boshqa   qo’zg’alishlarga   nisbatan   uning
hukmronligi yanada oshib boradi.  Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo’zg’alishning
hukmron bo’lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu   hol   psixologik   jihatdan   biror   qo’zg’atuvchilarga   diqqatning   qaratilishi   va
ayni chog’da ta'sir qilib turgan boshqa qo’zg’atuvchilardan diqqatning chalqishida
ifodalanadi. 
Jiddiy   diqqat,   odatda   o’ziga   xarakterli   bo’lgan   tashqi   ifodalari   bilan   bog’liq
bo’ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to’xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat
uchun xos bo’lgan yuz harakatlari bilan bog’liq bo’ladi.
Diqqat turlari
Odam ayrim narsalarga o’z diqqatini ongli ravishda o’zi hohlab qaratsa, boshqa
bir   narsalar   diqqatni   beixtiyor   ya'ni   bizning   hohishimizdan   tashqari   jalb   qiladi.
Odam   psixik   faoliyatining   muayyan   ob'ektga   yo’naltirilishi   va   to’planishida
ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi.
 Diqqatning   aktivligiga   qarab   -   ixtiyorsiz,   ixtiyoriy   va   ixtiyoriydan   so’nggi
diqqat.
 Diqqatning ob'ektiga qarab  - tashqi va ichki diqqat.
 Diqqatning faoliyat turlariga qarab  - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat
Ayrim  adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida  uchta deb ko’rsatiladi.
Ular   ixtiyorsiz   diqqat,   ixtiyoriy   diqqat   va   ixtiyoriydan   so’nggi   diqqat   turlaridan
iboratdir. 
Diqqat   turlarida   insonda   yuzaga   keladigan   holatlar   quyidagi   jadvalda   aks
ettirilgan.Ixtiyorsiz	
Ixtiyoriy	
Ixtiyoriydan 	
so'nggi	Tashqi	
Ichki	
Индивидуал	
Гуруҳли	
Жамоа
Diqqat turlari
Aktivligiga
qarab Ob'ektiga
qarab Faoliyat
formasiga qarab Ixtiyorsiz   diqqat   deb   to’satdan   ta'sir   qilgan   biror   sabab   tufayli   bizning
hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. 
Odamning ko’z  o’ngida  paydo bo’ladigan  juda yorqin rangli  narsalar,  o’zining
tashqi   ko’rinishi   jihatidan   odatdagi   narsalardan   keskin   farq   qiluvchi   predmetlar,
to’satdan   paydo   bo’lgan   qattiq   tovush,   biror   narsaning   keskin   harakati   va   shu
kabilar  ixtiyorsiz diqqatni  yuzaga  keltiruvchi  sabablar  bo’lishi  mumkin. Masalan,
hikoya   o’qish   mashg’uloti   paytida   to’satdan   uchib   o’tgan   reaktiv   samolyotning
qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o’ziga jalb qiladi. 
Ixtiyorsiz   diqqat   odamning   har   turli   ehtiyojlari   va   qiziqishi   bilan   bevosita
bog’liq   bo’lgan   diqqatdir.   Shuning   uchun   ham   ayni   chog’dagi   ehtiyojlarimiz,
qiziqishlarimiz bilan  bog’liq  bo’lgan  narsalarning ta'siri  ixtiyorsiz   diqqatga  sabab
bo’ladi.   Masalan,   erkin   o’yin   paytida   zaldan   eshitib   qolgan   bolani   qiziqtirgan
musiqa ovozi uning diqqatini o’yindan darhol o’ziga jalb qilib oladi.
Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki bu nima? refleksi
tashkil   qiladi.   Chunki   tevarak-atrofimizdagi   narsalarning   salgina   o’zgarishi   bizda
darhol   orientirovka   refleksini   yuzaga   keltiradi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   "nima
gap?" degan ma'noda atrofimizga razm sola boshlaymiz.
Ixtiyoriy   diqqat   deb -oldindan   belgilangan   qat'iy   bir   maqsad   asosida   va   ongli
ravishda diqqatimizni ma'lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi. 
Odamning   ko’pchilik   faoliyatlari   asosan   ixtiyoriy   diqqatning   ishtiroki   bilan
amalga   oshiriladi.   Shuning   uchun   barcha   faoliyat   turlarida,   ya'ni   o’qish,   o’yin   va
mehnat   faoliyatlarida   ixtiyoriy   diqqatning   roli   juda   kattadir.   Ixtiyoriy   diqqat
ixtiyorsiz   diqqatga   nisbatan   uzoq   vaqt   mobaynida   davom   etadigan   diqqat   turi
bo’lib, u zo’r berishlikni, ya'ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi. 
Ixtiyoriy   diqqatning   nerv   fiziologik   asosida   miya   yarim   sharlarining   po’stida
vujudga   keladigan   optimal   qo’zg’alish   manbai   bilan   ikkinchi   signallar
sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli
g’oyat   kattadir.   Chunki   ko’pchilik   hollarda   hoh   ta'lim   jarayonida   bo’lsin,   hoh
mehnat jarayonida bo’lsin nutq orqali turli vazifalar qo’yish bilan ixtiyoriy diqqat
ishga solinadi.  Shuni   aytish   lozimki,   ixtiyoriy   diqqat   har   doim   ixtiyorsiz   diqqat   bilan
almashinib   turadi.   Ixtiyoriy   diqqat   vaqtida   odam   tez   charchaydi,   chunki   ixtiyoriy
diqqat   odamdan   hamma   vaqt   iroda   kuchini   sarflashni   talab   etadi.   Iroda   kuchini
sarflash   orqali,   ya'ni   odam   o’zini   majbur   qilish   orqali   diqqatni   safarbar   qilishi
odamni   charchatadi.   Ixtiyorsiz   diqqatda   esa   hech   qanday   iroda   kuchini   ishga
solish talab etilmaydi. 
Shuning   uchun   ixtiyorsiz   diqqatda   odam   charchamaydi.   Ana   shu   jihatdan
olganda   ta'lim   va   mehnat   jarayonida   ixtiyoriy   diqqatning   vaqti-vaqti   bilan
ixtiyorsiz diqqatga o’tib turishi yaxshi bo’ladi. 
Ixtiyoriy   va   ixtiyorsiz   diqqatdan   tashqari   uning   yana   bir   alohida   turini
ixtiyoriydan   so’nggi   diqqatni   ko’rsatib   o’tish   mumkin.   Bu   tushuncha
psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Agar   maqsadga   qaratilgan   faoliyatda   shaxs   uchun   diqqatning   ixtiyoriy
to’planganidagi   kabi   faqat     faoliyat   natijasi   emas,   balki   uning   mazmuni   va
jarayonning   o’zi   qiziqarli   va   ahamiyatli   bo’lsa   ixtiyoriydan   so’nggi   diqqat   deb
tushunish   mumkin.   Bu   holda   faoliyat   kishini   shu   qadar   qiziqtirib   yuboradiki,   u
diqqatni   ob'ektga   qaratish   uchun   sezilarli   irodaviy   kuch-g’ayrat   sarflamasa   ham
bo’laveradi.   Shunday   qilib,   ixtiyoriydan   so’nggi   diqqat   ixtiyoriy   diqqatdan   keyin
namoyon   bo’lgan   holda   shuning   o’zidangina   iborat   deb   hisoblash   mumkin   emas.
Masalan, yuqori sinf o’quvchisi imtihonga tayyorlanayotib qiyin kitobni qisqacha
mazmunini   yozib   chiqar   ekan,   oldiniga   o’zini   diqqat-e'tiborli   bo’lishga,
chalg’imaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki,
oqibatda uni kitobdan chalg’itish qiyin bo’ladi. Dastavval irodaviy kuch-g’ayratlar
madadiga   tayangan   diqqat   ixtiyoriydan   so’nggi   diqqatga   aylanadi.   Ixtiyoriydan
so’nggi   diqqat   biror   narsaga   uzoq   vaqt   davomida   juda   ham   barqaror   qaratilishi
bilan   belgilanadi,   ko’proq   yuqori   darajadagi   jadal   va   unumli   aqliy   faoliyatning
barcha   turdagi   mehnatning   yuksak   unumdorligini   asosli   ravishda   ana   shunday
diqqat turi bilan bog’liq deb hisoblaydilar.
Diqqat xususiyatlari Odamning   diqqati   bir   qancha   xususiyatlarga   ega   bo’lib,   ulardan   asosiylari   -
diqqatning kuchi  va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi
va   diqqatning   ko’chuvchanligidan   iboratdir.   Diqqatning   mazkur   xususiyatlari
quyidagi jadvalda to’liq aks ettirilgan va shunga muvofiq har biriga qisqacha ta'rif
berib o’tamiz.
 
Diqqatning kuchi va barqarorligiga ko’ra odamlarning diqqatlari o’zining kuchi
va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli
va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror bo’ladi. 
Diqqatning   kuchi   va   barqarorligi   deb ,   odam   o’z   diqqatini   biror   narsa   yoki
hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning
kuchi   va   barqarorligi   inson   hayotida   juda   katta   ahamiyatga   ega.   Chunki   diqqatni
ma'lum  muddat   biror   narsaga   muttasil,  ya'ni  uzluksiz     tarzda qaratib  odam  ishlay
ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va hatto o’ynay ham olmaydi.
Diqqatning   kuchli   va   barqaror   bo’lishi   bir   qancha   sabablarga   bog’liqdir.
Birinchidan,   diqqatimiz   qaratilgan   narsaning   xususiyatlari,   biz   uchun   bo’lgan
ahamiyatiga,   ikkinchidan   diqqatimiz   qaratilgan   narsa   bilan   amalga   oshiriladigan YO'NALISH MURAKKABLIK
BARQARORTASHQI	
ICHKI	
YUQRI	
QUYI	
HAJM	
TAQSIMLANGAN	
MAHSULDOR	
BEMAHSULDORDIQQAT SIFATLARI
FAOLLIK KENGLIK JADALLIGI	
OSON	
QIYIN	
BARQAROR	
BEQAROR faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining  ayrim  xususiyatlariga bog’lidir.
Bularning   hammasi   ob'ektiv,   ya'ni   bizning   irodamiz   bilan   bog’liq   bo’lmagan
sabablardir.   Diqqatning   kuchi   va   barqarorligi   albatta   sub'ektiv,   ya'ni   odamning
ayni   chog’dagi   holati   bilan   ham   bog’liq.   Masalan,   ayni   chog’da   betobroq   bo’lib
turgan odamning yoki boshiga bir og’ir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli
va barqaror bo’la olmaydi. 
Odamlar   o’z   diqqatlarining   ko’lami   jihatidan   ham   bir-birlaridan   farq   qiladilar.
Ayrim   odamlar   diqqatining   ko’lami   keng   bo’lsa,   boshqa   bir   odamlar   diqqatining
ko’lami   torroq   bo’ladi.   Diqqatning   ko’lami   ayni   bir   vaqtda   odamning   idrokiga
sig’ishi   mumkin   bo’lgan   narsalar   miqdori   bilan   belgilanadi.   Boshqacharoq   qilib
aytganda,   idrok   qilish   jarayonida   diqqatimiz   qaratilgan   narsalardan   qanchasini
ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi. 
Diqqat   ko’lamini   tajriba   yo’li   bilan   aniqlash   qiyin   emas.   Buning   uchun
diqqatning   ko’lamini   aniqlayotgan   odamga   ayni   bir   vaqtning   o’zida   bir   necha
o’zaro bog’lanmagan harflarni, raqamlarni va turli geometrik shakllarni ko’rsatish
yo’li bilan aniqlash mumkin. Bunda odam ko’rsatilayotgan narsalardan ayni vaqtda
qanchalik ko’pini birdaniga idrok eta olsa, uning diqqati shunchalik keng bo’ladi. 
Diqqatning   ko’lami   odatda   taxistoskop   degan   maxsus   asbob   bilan   aniqlanadi.
Bu asbob yordamida ayni bir  vaqtning o’zida idrok ettiriladigan narsalar  juda tez
ko’rsatiladi.   Bunda   odam   o’z   diqqati   doirasiga   qancha   narsa   sig’dira   olsa,   ana
shunga   qarab   diqqatning   keng   yoki   torligi   aniqlanadi.   O’tkazilgan   tajribalarning
ko’rsatishicha,   katta   yoshli   odamlarda   o’z   diqqat   doiralariga   ayni   bir   vaqtda   3
tadan 6 tagacha bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan narsalarni sig’dira oladilar. 
Diqqat   ko’lamining   keng   bo’lishi   odam   idrok   qilayotgan   narsalarini   atroflicha
va chuqur aks ettirishi, binobarin bilish jarayonning sifatli bo’lishi uchun juda katta
ahamiyatga egadir.
Odamning   diqqati   bir   vaqtda   faqat   bitta   narsagagina   emas,   balki   ikkita   yoki
uchta   narsaga   ham   birdaniga   qaratilishi   mumkin.   Ana   shunday   paytlarda
diqqatning   bo’linishi   talab   qilinadi.   Demak,   diqqatning   bo’linishi   deganda   biz
ayni   bir   vaqtda   diqqatimizni   ikki   yoki   uch   narsaga   qaratishimizga   aytamiz.   Agar diqqatimiz   bitta   narsaga   qaratilgan   bo’lsa,   ya'ni   diqqatimiz   bitta   narsa   ustida
to’plangan   bo’lsa,   uni   konsentra-siyalashgan   (to’plangan)   diqqat   deb   yuritiladi.
Buning   aksincha   agar   diqqatimiz   ayni   bir   vaqtda   bir   necha   narsaga   qaratilgan
bo’lsa, buni bo’lingan, diqqat deb yuritiladi.
Shuni   ta'kidlash   lozimki,   aslini   olganda   diqqatning   ayni   bir   chog’da   ikki   yoki
undan ortiq narsaga qaratilishi, ya'ni bir necha narsalarga bo’linishi amaliy jihatdan
mumkin emas. Shuning uchun diqqatning bo’linishi, ya'ni ayni bir vaqtda ikki yoki
uch   narsaga   birdaniga   qaratilishi   o’z   mohiyati   jihatidan   diqqatning   bir   narsadan
boshqa   bir   narsaga   nihoyatda   tezlik   bilan   bo’linishini   talab   qilgan   vaqtda
diqqatimiz    bir   narsadan   ikkinchi   narsaga   shu   qadar   tezlik  bilan   ko’chadiki,   buni
biz   payqay   olmaymiz.   Natijada   diqqatimiz   ayni   bir   vaqtning   o’zida   bir   necha
narsalarga birdaniga qaratilayotgandek bo’lib ko’rinadi.
Diqqatning   ana   shunday   bo’linuvchanlik   xususiyati   hayotda   juda   katta
ahamiyatga   ega.   Chunki   bir   qancha   mehnat   turlari   diqqatning   bo’linuvchanlik
xususiyatiga ega bo’lishlikni talab qiladi. Bunday xususiyat pedagoglar uchun juda
zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, tarbiyachi bolalar bilan biror mashg’ulot yoki
suhbat   o’tkazayotgan   paytida   diqqatni   bir   necha   narsalarga,   ya'ni   gapirayotgan
gapiga,   bolalarni   quloq   solib   o’tirishlariga   va   bundan   so’ng   nimalar   haqida
gapirishga qarata olishi lozim. Ana shundagina tarbiyachi suhbat yoki mashg’ulot
paytida guruhni boshqara oladi.
Di qq atning   bo’linishi   h ar   kimda   h ar   xil   bo’ladi.   Buning   sababi   shundaki
diqqatning   yengillik   bilan   bo’linishi   diqqatimiz   qaratilgan   narsalarning   ilgaridan
bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir. Agar diqqatimiz qaratilgan narsalarning
ayrimlari bizga yaxshi tanish bo’lsa ya'ni biz ularni ilgaridan yaxshi bilsak faoliyat
jarayonida bir necha ishlarni birdaniga ya'ni birga qo’shib bajara olamiz. Masalan,
yozish   harakati   ilgaridan   bizga   yaxshi   tanish   bo’lgani   uchun   darsda   ham   eshitib,
ham   yozib   o’tira   olamiz.   Shunday   qilib,   diqqatning   bo’linuvchanligi   juda   ko’p
faoliyatlarimiz uchun zarur bo’lgan xususiyatdir.
Diqqatning ko’chuvchanligi   odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi
bir   narsaga,   bir   faoliyatdan   ikkinchi   faoliyatga   ko’chib   turadi.   Diqqatning   ana shunday   xususiyatini   diqqatning   ko’chuvchanligi   deb   yuritiladi.   Diqqatning
ko’chuvchanligi diqqatning bo’lunuvchanligi bilan bog’liq xususiyatdir. Yuqorida
aytib   o’tganimizdek,   diqqatning   ayni   bir   vaqtda   birdaniga   bir   necha   narsaga
qaratilishi,   ya'ni   diqqatning   bo’linishi   o’z     mohiyati   jihatidan   diqqatning   bir
narsadan   ikkinchi   narsaga   juda   tez   ko’chishidan   iboratdir.   Ana   shu   jihatdan
olganda   diqqatning   ko’chuvchanlik   xususiyati   juda   ko’p   faoliyat   va   uning   turlari
uchun   zarur   bo’lgan   xususiyatdir.   Masalan,   hikoya   o’qib   berish   mashg’ulotida
bolalar   o’z   diqqatlarini   hikoya   eshitishdan   surat   ko’rishga,   undan   so’ng   yana
eshitishga   bemalol   ko’chira   olishlari   kerak.   Agar   maktab   o’quvchilariga   nisbatan
oladigan bo’lsak, o’quvchilar o’z diqqatlarini bir dars predmetidan boshqa bir dars
predmetiga   bemalol   ko’chira   olishlari   kerak.   Aks   holda   o’quvchilar   o’tgan   dars
ta'sirida o’tirib, yangi darsning mazmunini sifatli o’zlashtira olmaydilar. 
Diqqat   hamma   vaqt   ham   bir   narsadan   ikkinchi   narsaga,   bir   faoliyat   turidan
boshqa   bir   faoliyat   turiga   osonlik   bilan   ko’cha   bermaydi.   Ba'zan   qiyinchiliklarga
to’g’ri   kelib   qoladi.   Albatta   buning   o’z   sabablari   bordir.   Masalan,   bunday
sabablardan   biri   -   diqqatimiz   ko’chirilishi   lozim   bo’lgan   narsalar   yoki   harakatlar
o’rtasida   bog’lanish   bor   yoki   yo’qligiga   bog’liq.   Agarda   diqqatimiz   ko’chirilishi
lozim   bo’lgan   narsalar   o’rtasida   ma'lum   jihatdan   mazmuniy   bog’liqlik   bo’lsa,
diqqatimiz   osonlik   bilan   ko’chadi.   Odamning   qiziqishlari   va   ehtiyojlari   bilan
bog’liq bo’lgan narsalarga ham diqqat yengillik bilan ko’chadi.
Shunday   qilib,   diqqatning   ana   shu   yug’orida   ko’rib   o’tgan   asosiy
xususiyatlari   odamning   barcha   turdagi   faoliyatlari   uchun   juda   kerakli
xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga,
undagi   turli   tuman   o’zgarishlarga   tez   moslasha   oladi.   Diqqatning   bu   asosiy
xususiyatlari   odamga   tug’ma   ravishda,   ya'ni   irsiy   yo’l   bilan   berilmaydi.   Bu
xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar o’yin, o’qish va
mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi. 
Diqqatning buzilishi
Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir.  Parishonxotirlik  diqqatni
uzoq   vaqt   davomida   biron   ishga   layoqatsizlikda   diqqatning   osongina   va   tez-   tez bo’linib   turishida   namoyon   bo’lishi   mumkin.   Parishonxotirlikning   bu   ko’rinishi
ko’pincha ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlikning
sabablaridan biri hisoblanadi. 
Parishonxotirlikning   sabablari   har   xildir.   Parishonxotirlik   shaxsning   barqaror
xislati   sifatida   ixtiyoriy   diqqatning   sustligi   ko’rsatkichi   hisoblanadi   va   noto’g’ri
tarbiya   natijasi(bolaning   erkalatib   yuborilishi,   jazolanmasdan   qolishi,
taassurotlarning har xilligiga odatlanish va boshqalar) bo’lishi mumkin. Bu xildagi
parishonxotirlikka   qarshi   avvalo   shaxsda   irodaviy     sifatlarni   shakllantirish   yo’li
bilan   kurash   olib   borish   kerak.   Parishonxotirlikni   bola   salomatligining   yaxshi
emasligi,   nerv   tizimining   umuman   buzilganligi   bilan   izohlash   mumkin.
Parishonxotirlik   haddan   tashqari   hissiy   hayajonlanish,   yoxud   charchash   oqibati
sifatida qisqa muddatli bo’lishi ham mumkin. So’nggi holatda u ko’pincha o’qish
kuni   va   qaftasining   oxirida   namoyon   bo’ladi.   Pedagogik   ish   tajribasida   diqqatni
tarbiyalash   maqsadida   parishonxotirlikning   barcha   sabablari   va   xususiyatlari
inobatga olinishi shart.
Qachonki,   kishi   ishga   berilib   ketib   o’z   xayollari,   kechinmalari   bilan   bo’lib,
mashg’ul   bo’lgan   ishidan   boshqa   hech   narsani   ko’rmayotgan   va   eshitmayotgan
hollarda   ham   "parishonxotirlik"   haqida   so’z   yuritiladi.   U   masalan   tevarak-
atrofdagilarga   e'tibor   bermaydi,   o’ziga   qaratilgan   savollarga   parvo   qilmaydi.
Bunday "parishonxotirlik" diqqatning yorqin ifodalagan holdagi  tanlanganligidan,
uning   behad   jamlanganligi   va   jadalligidan   hosil   bo’ladi.   Diqqatni   eng   ko’p
darajada   jamlanganligi   yuqorida   qayd   qilib   o’tilganidek,   faoliyatda   muvaffaqiyat
qozonishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Lekin diqqatning faqat bir ob'ektga
qaratilganligi   uning   taqsimlanishi   va   ko’chirilishida   qiyinchiliklar   tug’dirishi
mumkin. Bu xildagi parishonxotirlik kundalik hayotda amaliy faoliyatda kishining
tevarak-atrofdagi   olam   bilan   munosabatini   mushkullashtirib   qo’yadi   va   shuning
uchun ham unga diqqatning nuqsoni sifatida qaraladi. 
Maktab   hayotidagi   parishonxotirlik   "qoidaga   sig’maydigan"   deb   atalmish
xatolarda   dars   paytida   o’quvchida   tegishli   maktab   anjomlari   yo’qligining   ma'lum
bo’lishida,   o’quvchining   dars   jarayoniga   yetarlicha   jalb   etilmaganligida   va   shu kabi   boshqa   hollarda   namoyon   bo’ladi.   Bolalarda,   ayniqsa,   kichik   yoshdagi
bolalarda parishonxotirlik juda ko’p uchraydi. 
Diqqatning parishonxotirlikdan tashqari  boshqa xildagi  buzilishlari  ham  borligi
e'tirof etiladi. Diqqatning haddan tashqari harakatchanligi bir ob'ektdan va faoliyat
turidan   boshqalariga   doimiy   ravishda   o’tib   turishi,   yoki   aksincha   harakatsizligi,
diqqatning   sust   harakat   qilishi,   uning   tor   doiradagi   tasavvurlar   va   fikrlarga
patologik   tarzda   qayd   etilishi   shular   jumlasiga   kiradi.   Diqqatning   bu   xildagi
buzilishlari   miyaning   ba'zi   bir   organik   kasalliklari   eng   avvalo   uning   peshona
qismidagi kasalliklari yuz bergan paytlarda kuzatiladi.
Diqqatning   fazilatlari   bilan   bir   qatorda   uning   buzilishi   va   nuqsonlari   bo’lishi
mumkinligini  psixologik  jihatdan   asoslangan   tarzda  hisobga   olish   diqqatni   o’zida
aks ettiradigan bilish jarayonlarini tadqiq etishning zarur shartidir. 
Ayrim   ruhiy   kasallik   holatlarida   diqqatning   inertligi   (sustligi)   yoki   mutlaqo
harakatsizligi,   qandaydir   biron   ob'ekt   ustida   to’xtab   qolish   holatlarini   kuzatish
mumkin. Bola hayotining bir  oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat
xos bo’ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo’zg’atuvchilardan, ularning keskin
o’zgarishlaridan     ta'sirlanadi.   Masalan,   to’satdan   paydo   bo’ladigan   qattiq
ovozlardan harakatning o’zgarishidan va boshqa narsalardan ta'sirlanadi. Ixtiyoriy
diqqatning   alomatlari   odatda   bola   yoshiga   to’lgandan   so’ng   yoki   ikki   yoshga
qadam  qo’ygan davrda paydo bo’la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida
yuzaga   keladi,   bolaning   atrofidagi   odamlar   nima   qilish   lozimligini   asta-sekin
o’rgatadilar.   Bolalar   o’z   diqqatlarini   rivojlantirishda   ulardan   talab   qilinayotgan
harakatlarni   bajarishga   o’zlarining   bevosita   mayllaridan   voz   kechishlariga   to’g’ri
keladi.   Bolada,   albatta   juda   sodda   go’daklik   shakli   bo’lsa   ham   onglilik   namoyon
bo’ladi. Bolani ozodalikka, tartiblilikka, ma'lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga
rioya   hilishga   o’rgatar   ekanmiz,   buning   bilan   biz   bolada   ixtiyoriy   diqqatni
rivojlantiramiz.   Bog’cha   yoshidagi   davrda   bolaning   ixtiyoriy   diqqatini
rivojlantirish   uchun   o’yin   katta   ahamiyatga   egadir.   Bog’cha   yoshidagi   bolalar
diqqati   juda   barqaror   bo’ladi.   Mashq   qilish   usuli   bilan   o’z   diqqatini   to’plash
qobiliyati asta-sekin rivojlanadi. O’quv   jarayonida   ixtiyoriy   diqqatni   tarbiyalash   alohida   ahamiyatga   egadir.
Maktab mashg’ulotlarini intizomlashtiruvchi ta'siri, dars davomida sinfda o’tirish,
o’quvchilarning   so’zlarini   eshitish   zaruriyati,   chalg’imaslik   bularning   hammasi
ixtiyoriy   diqqatni   tarbiyalashda   katta   rol   o’ynaydi.   har   turli   ta'lim   ishlari
maktabdagi   o’quv   mashg’uloti   ustida   ongning   yo’nalganligi   va   to’planganligini
saqlab   turishni   talab   qiladi.   Bolalarning   hissiyotlari   ko’pincha   kuchli   bo’ladi.
Shuning   uchun   ularning   diqqatlari   qisqa   vaqt   ichida   davom   etsa   ham   kuchli
bo’ladi.
Maktab   yoshidagi   bolalarning   hissiyotlari   ancha   barqaror   bo’la   boshlaydi.
Shuning   uchun   pedagog   o’qish   materialini   hissiy   momentlar   bilan   boyitar   ekan,
buning   bilan   diqqatning   barqarorligi   va   kuchini   saqlab   turilishiga   yordam   beradi.
Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o’quvchi uzoq vaqt diqqatli bo’lishi
mumkin.  Ammo  kattalarning   nazorati   pasayib   qolsa,   u   zarur   vazifani   bajarishdan
chalg’ib   boshqa   narsaga   kirishib   ketishi   mumkin.   Masalan:   adabiyotni
o’rganayotgan   o’quvchi   kino   yoki   biror   o’qigan   asari   haqida   xayol   surib   ketishi
mumkin.   Ayrim   bolalar   jismoniy   mehnat   darslarida   diqqat   bilan   o’tirsalar
boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o’tiradilar. O’zi yoqtirgan darslarda
kuchli   diqqat   bilan   o’tirgan   o’quvchilar   boshqa   darslarda   o’qituvchilarni   ancha
tashvishga solib qo’yishlari mumkin.
O’quvchilarning   o’quv   predmetiga   munosabati,   unga   diqqat   bilan   qarash   ko’p
jihatdan   darsda   o’quvchining   o’quv   materialini   jonli,   emosional,   qiziqarli,
tushunarli,   shu   bilan   birga   to’liq   va   chuqur   o’qita   bilishga   bog’liq.   Bu   talablarga
rioya   qilmaslik   darsda   o’quvchilarning   parishonligiga   yoki   ikkinchi   darajali
qiziqishlarning   paydo   bo’lishiga   olib   keladi.   O’smirlarda   chuqur,   barqaror
qiziqishni   tarbiyalash,   o’qitishning   mazmunini   jiddiy   o’ylab   ko’rilganligi   ularda
diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu   shart-sharoitlarga   rioya   qilinsa,   o’smir   diqqatini   boshqarishga   halal
beradigan ba'zi  impulsiv (ixtiyorsiz)  harakatlarga qaramay, o’z diqqatini ixtiyoriy
ravishda   boshqarish   va   to’xtab   turish   mumkinligini   tezda   egallab   oladi.   U   o’zi
uchun qiziqarsiz  va  qiyin ishni  diqqat   bilan  bajarish  zarur   bo’lsa,   o’zini   bu ishga majbur eta oladi. Masalan, hamma predmetlardan beriladigan vazifalarga nisbatan
o’smirlarda   kichik   maktab   yoshidagi   bolaga   qaraganda   diqqatning   tashqi   ifodasi
ham   o’zgaradi.   Agar   kichik   yoshdagi   maktab   o’quvchining   yuz   ifodasi   va   gavda
holati   uning   qanchalik   diqqatliligini   aniq   belgilab   bersa,   o’smir   esa   o’zining
diqqatsizligini   yashira   oladi.   Faqat   o’qituvchining   kuzatuvchanligi   orqali   buni
aniqlashi mumkin.
Xotira haqqida tushuncha
Xotira  biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda
saqlash,   keyinchalik   ularni   eslash   yoki   xotirlash   jarayonidir.   Biz   har   kuni   yangi
narsalarni   bilamiz,   kun   sayin   bilimlarimiz   boyib   boradi.   Xotira   faoliyatida
shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini
hayot   sharoiti   ta'sirida   shakllantiradi.   Kishi   o’zining   shu   faoliyati   uchun   muhim
bo’lgan   voqea,   hodisalarni   yaxshi   eslab   qoladi.   Aksincha,   kishi   uchun   kam
ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi.
Shu   o’rinda   xotira   borasidagi   ta'riflarga   qaytsak,   ko’pgina   adabiyotlarda   xotira
tushunchasi  quyidagicha ta'riflanadi. "Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi,
esda   saqlashi   va   keyinchalik   uni   yana   esga   tushirishi   xotira   deb   ataladi".   Lekin
mazkur   ta'riflarni   tahlil   qilgan   professor   E.G’.G’oziev   tomonidan   xotira
tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni
bevosita   va   bilvosita,   ixtiyoriy   va   ixtiyorsiz   ravishda,   passiv   va   faol   holda,
reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik
yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish
hamda   tanish   hissidan   iborat   psixik   jarayon.   Alohida   va   umumiylik   namoyon
qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan
mnemik faoliyatdir".
Shuni   ta'kidlash   joizki,   keltirilgan   mazkur   ta'rif   xotiraning   murakkab,   keng
qamrovli jihatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega. 
Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga
aniq   va   kuchli   ta'sir   ko’rsatadi,   ya'ni   yaxshi   esda   olib   qolishni   ta'minlaydi.   Biz
ko’pincha   u   yoki   bu   narsa   va   hodisalarni   yomon   esda   qoldiramiz.   Bu   xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar
hamma   fanlarni   bir   xil   o’zlashtira   olmaydilar.   Bu   ularning   har   xil   xotiraga   ega
ekanliklar   bilan   emas,   balki   o’qitilayotgan   fanga   qiziqishning   har   xilligi   bilan
tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta'sir
ko’rsatadi.   Kishi   uchun   yaqqol   hayajonli   reaksiya   vujudga   keltiruvchi   narsalar
ongda   chuqur   iz   qoldirib,   puxta   va   uzoq   yodda   saqlanadi.   Biz   bir   narsadan
ta'sirlansak,   o’sha   uzoq   vaqt   esda   saqlanadi.   Samarali   xotira   kishining   iroda
sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki,
yomon   xotirlaydilar.   Aksincha,   irodali,   materialni   o’zlashtirishga   astoydil
kirishadigan   kishilar   puxta   va   chuqur   eslab   qoladilar.   Samarali   xotira   kishining
umumiy   madaniyatiga,   uning   aqliy   saviyasiga,   bilimiga,   uquviga   fikrlash
qobiliyatiga,   ko’nikmaa   va   odatlariga   ham   bog’liqdir.   Shunday   qilib,   xotiraning
tabiati   va   uning   samaraliligi   shaxsning     xususiyatlari   bilan   bog’liqdir.   Shaxs   o’z
oldiga   qo’yilgan   maqsad   va   vazifalari   asosida   o’zining   xotirlash   jarayonini   ongli
ravishda tartibga soladi va boshqaradi. 
Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga
tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi
va   belgilanadi.   Ma'lum   materialni   esda   olib   qolish   hayot   faoliyati   davomida
individual, ya'ni  shaxsiy  tajribani  to’plash bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan
keyingi   faoliyatda   foydalanish   qayta   esga   tushirishni   talab   qiladi.   Ma'lum
materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. 
Xotiraning nerv-fiziologik asoslari
Esda   olib   qolish   nerv   tizimining   egiluvchan,   ya'ni   o’zgaruvchanlik,
qo’zqatuvchilar   ta'sirida   o’zida   go’yo   bir   iz   qoldirish,   saqlash   imkoniyati   tufayli
yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib,
uning   darajasi   har   xil   bo’ladi.   Shaxs   xotirasining   sifati   miyaning   faolligi   va   turli
faoliyatga   to’g’ridan-to’g’ri   bog’liq   ravishda   rivojlanadi.   Atrofni   o’rab   olgan
borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan
birga   uning   egiluvchanlik   darajasini   oshiradi.   Miya   egiluvchanligi   vaqtincha
pasayishi,   xotira   samarasining   susayishi,   ba'zi   paytda   odamning  toliqishiga   sabab bo’ladi.   Dam   olgandan   keyin   yana   tiklanadi.   Odatda   miya   egiluvchanligi   yosh
o’tishi   bilan   susayadi.   Masalan,   keksa   kishilar   gaplaridan   adashib   ketadi,   ilgari
gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining
ko’rsatkichi   bosh   miya   po’stlog’ida   muvaqqat   nerv   aloqalarini   tezlikda   vujudga
kelishi,   davomli   saqlanishi   va   ularning   tez,   oson   jonlantirilishi   hisoblanadi.
Muvaqqat   nerv   aloqalari   assosiasiyalarni   hosil   qiluvchi   fiziologik   mexanizmdir.
Assosiasiya   bizning   xotiramizda   mustahkamlangan   va   ongimizda   qayd   qilingan
ayrim  voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni  esda olib qolish,
boshqa   buyumlar   bilan   bog’lash   orqali   amalga   oshiriladi.   Bu   o’rinda   akademik
I.P.Pavlovning   quyidagi   so’zlari   juda   xarakterlidir.   "Muvaqqat   nerv
bog’lanishlari   -   deb   yozadi   I.P.   Pavlov   hayvonot   olamida   va   bizning   o’zimizda
ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa
hamdir,   turli-tuman   harakat,   taassurot   bo’lmasa   harflar,   so’zlar   va   fikrlar
o’rtasida   paydo   bo’ladigan   bog’lanishlar-ki,   bu   bog’lanishlarni   psixologlar
assosiasiyalar deb ataydilar".
Xotira,   ya'ni   esda   olib   qolish,   idrok   qilinayotgan   narsalardan   hosil   bo’lgan
obrazlar   o’rtasida   assosiasiyalarning   yuzaga   kelishidan   iboratdir.   Shu   bois   inson
xotirasidagi   assosiasiyalar   3   turga   ajratiladi.   Bular   yondoshlik   assosiasiyasi,
o’xshashlik   assosiasiyasi   va   qarama-qarshilik   assosiasiyalaridan   iboratdir.
Yondoshlik   assosiasiyasining   asosida   vaqt   va   fazoviy   munosabatlar   yotadi.
Boshqacha   qilib   aytganda,   yondoshlik   assosiasiyasi   bir   necha   narsa   yoki
hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi. Masalan,
bog’chada bolasi har kuni o’zining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini
idrok   qiladi.   Keyinchalik,   ya'ni   katta   bo’lgandan   so’ng   bog’chasini   eslasa
tarbiyachi   opasi   va   aksincha,   tarbiyachi   opasini   eslasa,   bog’cha   guruhi   ko’z
o’ngida gavdalanadi.
Hozirgi   paytda   idrok   qilinayotgan   narsa   bilan   ilgari   idrok   qilingan   narsa
o’rtasida ma'lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi
hosil   bo’ladi.   Masalan,   bola   dastavval   bog’chaga   kelgan   paytida   bog’cha
mudirasining   tashqi   ko’rinishi,   ovozi   va   munosabatlarini   o’z   onasiga   o’xshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira
opasini   ko’rganda   onasini   eslaydigan   bo’lib   qoladi.   Bu   ikkala   odamning   bola
tasavvuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi. 
Ho   zirgi   idrok   qilinayotgan   narsalar   bilan   ilgari   idrok   qilinayotgan   narsalar
o’rtasida   qarama-qarshi   belgilar   va   xususiyatlar   bo’lsa,   bunday   narsalar   o’rtasida
qarama-qarshilik   assosiasiyasi   yuz   beradi.   Masalan   yoz-qish,   issiq-sovuq   kabi
narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi.
Shunday   qilib,   xotiraning   nerv-fiziologik   asosida   bosh   miya   po’stida   hosil
bo’ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda
olib   qolish   paytida   assosiasiyalar   hosil   bo’lganligini   mutlaqo   sezmaydi.   Har   xil
assosiasiyalarning   hosil   bo’lganini   odam   keyinchalik   biror   narsani   esga   tushirish
paytida bo’ladi.
Xotiraning   nerv-fiziologik   mexanizmlari   xususida   to’xtalar   ekanmiz,   so’nggi
yillarda   texnikaning   g’oyat   tez   rivojlanishi   natijasida   turli   esda   olib   qoluvchi
apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta'kidlash joiz. Bu o’z
navbatida   xotiraning   nerv-fiziologik   mexanizmlarini   psixolog   va   fiziologlardan
tashqari   injenerlar,   bioximiklar,   genetiklar   hamda   kibernetiklar   tomonidan
o’rganilishiga   olib   keldi.   Natijada   xotiraning   nerv   fiziologik   mexanizmlarini
tushuntiruvchi   bir   qancha   yangi   nazariyalar   maydonga   keldi.   Ana   shunday
nazariyalardan   eng   muhimi   molekulalarning   o’zgarishi   bilan   bog’liq   bo’lgan
bioximik   nazariyadir.   Bu   nazariyaga   ko’ra   biror   narsani   esda   olib   qolish   va   esda
saqlab   turish   maxsus   tuzilishni   o’zgarishi   bilan   bog’liqdir.   O’tkazilgan
tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining
(neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir
boshqacharoq   tuzilishga   kirib   oladilar.   Dendritlar   tuzilishidagi   hosil   bo’lgan
o’zgarish   darrov   o’tib   ketadigan   bo’lmay,   ancha   mustahkam   bo’ladi.   Shu   sababli
esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.
Xotira turlari
Xotira   insonning   holati   va   faoliyatining   barcha   sohalarida   qatnashishi   tufayli
uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko’rinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos
qilib   uning   tavsifnomasi   sifatida   esda   olib   qolish,   esda   saqlash,   esga   tushirish,
unutish   singari   jarayonlarni   amalga   oshiruvchi   faoliyatining   xususiyatlariga
bog’liqligi   olinadi.   Shu   o’rinda   ta'kidlash   joizki,   ayrim   darsliklarda   xotira   turlari
turlicha   klassifikasiya   qilinadi.   Jumladan,   A.V.Petrovskiy   tahriri   ostida   chiqqan
"Umumiy psixologiya" darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi:
 Faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab:
harakat, emosional, obrazli va so’z mantiq xotira.
 Faoliyatning maqsadlariga ko’ra:  ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.
 Materialni  qancha vaqt  esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra:
qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.
M.G.Davletshin   tahriri   ostida   chiqqan   "Umumiy   psixologiya"   o’quv
qo’llanmasida quyidagi xotira klassifikasiyasi qayd qilinadi:
 Psixik faolligiga ko’ra:  ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira.
 Faoliyat maqsadiga ko’ra:  harakat, emosional, obraz va so’z-mantiq xotirasi.
 Muddatiga ko’ra:  uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira.
E.G’.G’oziev   tahriri   ostida   chiqqan   "Umumiy   psixologiya"   o’quv
qo’llanmasida xotira turlari quyidagicha klassifikasiya qilingan.
1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra: 
a)   harakat   yoki   motor   harakat   xotirasi;   b)   obrazli   xotira;   v)   his-tuyg’u   yoki
hissiyot xotirasi;
g) so’z-mantiq xotira.
2. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan :
a) ixtiyorsiz; b) ixtiyoriy; v) mexanik.
3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra:
a) qisqa muddatli xotira; b) uzoq muddatli xotira; v) operativ (tezkor) xotira.
4. Ruhiy faoliyat qo’zqatuvchisining sifatiga ko’ra:
a) musiqiy;  b) eshitish xotirasi;
5. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:
a) fenomenal;  b) kasbiy. Keltirilgan xotira turlarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:
      
  Harakat  xotirasi   - inson faoliyatining har  bir turida ruhiy faollikning u yoki bu
ko’rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-
zakovat   kabi   ruhiy   faoliyatning   ko’rinishlari   mavjuddir.   Ana   shu   ruhiy   faollik
turlarining   har   biri   tegishli   harakatlarda   va   ularning   mahsulotlarida   o’z   ifodasini
topib  harakatlarda,hissiy   kechinmalarda,   tuyg’ularda,   obrazlarda,   timsollarda,   fikr
va mulohazalarda aks etadi.
Turli   harakatlar   va   ularning   bajarilishi   tartibi,   tezligi,   sur'ati,   izchilligi   va
boshqalarni   esda   qoldirish,   mustahamlash,   esga   tushirishdan   iborat   xotira   turi
harakat xotirasi deb ataladi.
Xotiraning   bosh   qa   turlariga   qaraganda,   harakat   xotirasi   ba'zi   odamlarda   aniq
ravshan ustunlik qilishi  uchrab  turadi. Psixologiya fanida klassik  misolga  aylanib
qolgan   ushbu   holatni   keltirib   o’tish   maqsadga   muvofiqdir:   bir   musiqa   ishqibozi
musiqalarni   xotirasida   mutlaqo   qayta   tiklay   olmas   ekan,   lekin   u   yaqindagina
eshitgan   operani   faqat   pantomimika   tarzidagina   qayta   tiklash   imkoniyatiga   ega
bo’lgan.   Turmushda   shunday   odamlar   uchraydiki,   ular   o’zlarida   harakat
xotirasining   borligini   umuman   payqamaydilar.   Mazkur   xotira   turining   g’oyat Psixik aktivlik 
faoliyatiga ko'ra Materialning 
davomiyligiga ko'ra
Faoliyat maqsadiga  
ko'raHarakat
Obraz
Emotsional
So'z ma'no Qisqa muddatli
Uzoq muddatli
Operativ
Ixtiyorsiz IxtiyoriyXotira turlari ahamiyati   shundan   iboratki,   u   yurish,   yozish,   ifodali   harakat   malakalari   bilan   bir
qatorda   har   xil   amaliy   mehnat   malakalarini   tarkib   toptirishning   asosini   tashkil
qiladi.   Agar   insonda   harakat   xotirasi   bo’lmaganda   edi,   o’zini   har   gal   "boshdan
boshlab"   o’rganar   edi.  Figurali   uchish,   langar   bilan   sakrash,   gimnastika,   chopish,
xatti-harakatlar,   badiiy   gimnastika   bilan   shug’ullanish   harakat   xotirasini   taqozo
etadi.   Jismoniy   chaqqonlik,   mehnat   mahorati,   "oltin   qo’llar",   ziyrak   ko’zlar,
egiluvchanlik   va   kuzatuvchanlikka   ega   bo’lish   yuksak,   barqaror   harakat   xotirasi
mavjudligining alomati bo’lib hisoblanadi.
His-tuyg’u   yoki   hissiyot   xotirasi.   Bu   xotira   his-tuyg’ular,   ruhiy   kechinmalar,
hissiyotlar,   ehtiyojlarimiz   va   qiziqishlarimiz   qanday   qondirilayotganligidan,
atrofimizdagi   narsa   va   hodisalarning   xususiyatiga   nisbatan   munosabatimiz   qay
tarzda   amalga   oshirilayotganligidan   doimo   xabar   berib   turish   imkoniyatiga   ega.
Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta
ahamiyat kasb etadi.
Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o’z-o’zimizga bo’lgan munosabatlarimizdan
kelib   chiqadigan   yoqimli   hamda   yoqimsiz   kechinmalarni   esda   qoldirish,   esda
saqlash,   esga   tushirishdan   iborat   xotira   turi   hissiy   xotira   turi   deb   ataladi.
Boshimizdan   kechirgan   va   xotiramizda   saqlanib   qolgan   hissiyotlar   harakatga
undovchi   va   o’tmishda   salbiy   kechinmalarga   ega   bo’lgan   harakatlardan   saqlanib
qoluvchi signal tarzida namoyon bo’ladi.
Hissiy xotira o’zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi
bilan  xotiraning  boshqa   turlaridan  ma'lum  ma'noda   ajralib  turadi.  har   bir  odamga
o’z   turmush   tajribasidan   ma'lumki,   ko’pincha,   qachonlardir   o’qigan   kitoblar,
tomosha qilgan kinofilmlar faqat "taassurotlar", bog’lanishlar zanjirini yechishning
dastlabki   tuguni   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Shuning   uchun   hissiy   xotira   ijtimoiy
ahamiyat   kasb   etib,   umumiylik   alohida   olingan   odamlar   kayfiyatlari   bir-birlariga
o’xshashligi,   iliq   ruhiy   muhitni   vujudga   keltirish   yoki   noxush   kechinmalar
to’lqinini   barpo   etish   ehtimoli   to’g’risida   mulohaza   yuritilayotgan   alomati   ostida
ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi. Obrazli   xotira   -   tasavvurlar   va   turmush   manzaralari,   shuning   bilan   birga,
tovushlar,   ta'mlar,   ranglar   shakllar,   bilan   bog’liq   bo’lgan   xotira   turidir.   Obraz
xotirasi   deb   yaqqol   mazmunni,   binobarin,   narsa,   hodisalarning   aniq   obrazlarini,
ularning   xususiyatlari   va   bog’lanishlarini   esda   qoldirish,   ongda   mustahkamlash
hamda zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. 
So’z-mantiq xotirasi  mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa
chiqarishlar   tashkil   etadi.   Insonda   fikr   va   mulohaza   turli   xil   shakllar   yordamida
ifodalanganligi   tufayli   ularni   ifodalash   faqat   o’zlashtirilayotgan   materiallarning
asosiy ma'nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma-so’z ifodalanishini
aynan  aytib  berishga  qaratilgan  bo’lishi  mumkin.  Agar   ma'lumot,  axborot,  xabar,
material   ma'no   jihatidan   qayta   ishlanmasa,   u   holda   materialni   so’zma-so’z
o’zlashtirish,   mantiqiy   o’rganish   bo’lmasdan,   balki   aksincha   mexanik   esda   olib
qolishga aylanib qoladi.
So’z-mantiq   xotirasining   vujudga   kelishida   birinchi   signal   bilan   bir   qatorda
ikkinchi   signallar   tizimi   asosiy   hisoblanadi.   Chunki   so’z   mantiq   xotirasi   faqat
insongagina xos bo’lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o’zining
sodda   shakllari   bilan   hayvonlarga   ham   taalluqli   bo’lgan   harakat,   his-tuyg’u   va
obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan
so’z-mantiq   xotirasi   bir   tomondan   xotiraning   boshqa   turlari   taraqqiyotiga
asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa
turlarning rivojlanishi so’z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog’liqdir.
So’z-mantiq   xotirasining   o’sishi   qolgan   xotira   turlarining   barqarorlashuvini
belgilaydi.
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi. Shu
bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy bog’liq
ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga ko’ra xotira ixtiyorsiz va
ixtiyoriy turlarga bo’linadi. 
Ixtiyoriy xotira   deganda ma'lum maqsadni ro’yobga chiqarish uchun muayyan
davrlarda   aqliy   harakatlarga   suyangan   holda   amalga   oshirilishidan   iborat   xotira
jarayoni   tushuniladi.   Bu   faoliyatni   odam   ongi   bevosita   boshqaradi.   Ko’pincha psixologiya   fanida   ixtiyoriy   xotiraga   ixtiyorsiz   esda   olib   qolish   qarshi   qo’yiladi.
Bu   jarayon   ma'lum   kerakli   topshiriq   yoki   vazifa   qo’yilsa,   esda   olib   qolishga
etaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan taqdirda
yuzaga   keladi.   Biz   matematik   topshiriqlarini   yechayotganimizda   masaladagi
sonlarni esda olib qolishni  o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaymiz. Mazkur so’z
mantiq   xotirada   asosiy   maqsad   faqat   masala   yechishga   qaratiladi.   Buning
natijasida   sonlarni   esda   saqlashga,   hech   qanday   o’rin   ham   qolmaydi.   Shunga
qaramay,   biz   ularni   qisqa   muddat   bo’lsa-da,   esda   saqlashga   intilamiz.   Bu   holat
faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-ket
bosqichlarini   tashkil   etadi.   Ixtiyorsiz   xotiraning   turmushda   va   faoliyatda   katta
o’rin   egallashini   har   kim   o’z   shaxsiy   tajribasidan   biladi.   Ixtiyorsiz   xotiraning
muhim   xususiyatlaridan   biri   ma'lum   maqsadsiz   aqliy,   asabiy,   irodaviy   zo’r
berishsiz   hayotiy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   keng   ko’lamdagi   ma'lumot,   xabar,
axborot,   ta'surotlarning   ko’pchilik   qismini   aks   ettirishdir.   Shunga   qaramasdan
inson   faoliyatining   turli   jabhalarida   o’z   xotirasini   boshqarish   zarurati   tug’ilib
qolishi   mumkin.   Xuddi   mana   shunday   sharoitlar,   holatlar,   vaziyatlarda   esda
saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi
katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
So’nggi   paytlarda   rus   va   xorij   psixologiyasida   xotira   borasidagi
tadqiqotchilarning   e'tiborini   esda   olib   qolishning   dastlabki,   boshlang’ich
daqiqalarida   vujudga   keladigan   holatlar,   jumladan   tashqi   taassurot   izlarining
mustahkamlanishigacha   bo’lgan   jarayonlar,   holatlar,   mexanizmlar,   shuningdek,
ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o’ziga jalb qilib kelmoqda.
Masalan,   biror   material   xotirada   mustahkam   joy   olish   uchun   uni   sub'ekt
tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab
chiqish   uchun   ma'lum   darajada   muddat   talab   etish   tabiiydir.   Ana   shu   muddat
xotirada   qayta   tiklanilayotgan  izlarni   mustahkamlash   deb   qabul   qilingan.   Mazkur
jarayon   inson   tomonidan   yaqindagina   bo’lib   o’tgan   hodisalarning   aks   sadosi
sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda   bevosita   idrok   qilinayotgan   narsalarni   go’yo   ko’rishda,   eshitishda   davom
etayotgandek   tuyuladi.   Ushbu   jarayon   kelib   chiqishi   jihatidan   beqaror,   hatto
o’zgaruvchan,   lekin   ular   shu   qadar   maxsus   tajriba   orttirish   mexanizmlarining
faoliyatida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Shu   boisdan   ularning   roli   shu   qadar
ahamiyatli-ki,   bu   jarayonlarda   esda   olib   qolish,   esda   saqlash,   axborotlar,
malumotlar,   xabarlarni   qayta   esga   tushirishning   alohida   turi   sifatida   qaraladi.
Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida  qisqa muddatli xotira  deb ataladi.
Juda   ko’p   qaytarishlar   va   qayta   tiklashlar   natijasida   materialni   uzoq   muddat
davomida   esda   saqlanib   qolishi   xarakterli   bo’lgan   uzoq   muddatli   xotiradan   farq
qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oraliqida idrok
qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so’ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan
xarakterlanadi.
Hozir   ilmiy   adabiyotlarda   qisqa   muddatli   xotirani   quyidagi   atamalar   bilan
nomlash uchraydi: "bir lahzalik", "dastlabki", "qisqa muddatli" va boshqalar.
Operativ   xotira   inson   tomonidan   bevosita   amalga   oshirilayotgan   faol   tezkor
harakatlar,   usullar   uchun   xizmat   qiluvchi   jarayonni   anglatuvchi   mnemik   holat
operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon
qilish   uchun   quyidagi   misol   keltiriladi.   Matematik   amalni   bajarishga   kirishar
ekanmiz, biz uni muayyan bo’laklarga ajratib hal qilishni  maqsad qilib qo’yamiz.
Shu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan
sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.
Mazkur   holat   matnni   talaba   yoki   o’quvchi   tomonidan   o’qishda,   uni   ko’chirib
yozishda,   ijodiy   fikr   yuritishda,   aqliy   faoliyatni   amalga   oshirishda   yaqqol   ko’zga
tashlanadi.
Xotira jarayonlari
Xotira   faoliyati   esda   qoldirishdan   boshlanadi.   Esda   qoldirish   idrok   qilingan
narsa   va   hodisalarni   miya   po’stida   iz   hosil   qilishdir.   Uning   fiziologik   asosi   miya
po’stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o’zining
faolligi jihatidan ikkiga bo’linadi:
a) ixtiyoriy esda qoldirish; b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va
iroda   kuchi   sarflanmaydi.   O’zining   go’zalligi,   hissiy   ta'sirchanligi,   hajmi,
harakatchanligi,   tezligi,   shakli   va   boshqa   xossalari   bilan   farq   qiladigan   narsa   va
hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi
ixtiyorsiz esda qoladi.
Ixtiyoriy   esda   qoldirishda   esa   oldindan   maqsad   qo’yib   mavzu   belgilanadi.
Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar.
Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
 maqsad qo’yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
 o’quv materiallarini tushunib esda qoldirish; 
 esda   qoldirishning   rasional   usullaridan   foydalanish,   masalan,   esga   tushirish
yo’li bilan esda qoldirish.
Beixtiyor   esda   qoldirishda   qiziqish   katta   rol   o’ynaydi.   Bizning   oldingi
tajribamiz bilan bog’liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba'zi bir
faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo’lsa, shu faktlarga tegishli bo’lgan
hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz   esda   qoldirish   inson   hayotida   katta   ahamiyatga   ega   bo’lib,   undan
ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi.
Biroq   ixtiyorsiz   esda   qoldirish   tez   bo’lsa   ham   ko’pincha   noaniq   bo’ladi,   bunday
esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy   esda   qoldirish   ko’zda   tutilgan   maqsadga   muvofiq   tanlangan
materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning
maxsus   usullarini   saqlagan   holda   materialni   puxta   esda   qoldirish   uchun   o’zining
kerakli kuchini sarf  qiladi. Ammo mexanik esda  saqlanishni  ma'noli  esda  saqlash
bilan qo’llanilishi foydalidir.
Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:
o Ma'lumot,   xabar,   taassurot,   axborot   va   materiallarni   eshitish   orqali   idrok
qilish hamda esda olib qolish.  o Egallash   yoki   o’zlashtirish   zarur   bo’lgan   materiallarni   ko’rib   idrok   qilish
yordamida esda olib qolish. 
o Materiallarni   harakat   yordamida   va   eshitish   orqali   idrok   qilish   hamda   esda
olib qolish.
o Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko’rish, harakat kabilar orqali idrok
qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta'sir etuvchilar yordamida aks ettirish.
Mana   shu   yo’llar   orqali   eshitish,   ko’rish,   eshitish   harakat,
kombinotorlashtirilgan   (aralash)   turlari   yordamida   xotiraning   qaysi   turi   ustunroq
yoki qaysi biri bo’sh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda   olib   qolishda   assosiasiyalarning   ahamiyati   muhimdir.   Buning   uchun
esda   olib   qolish   jarayonining   bog’lanishlari   paydo   bo’lish   sur'atini   aniqlash
maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi: 
 Sabab oqibat bog’lanish.
 Bo’lak va yaxlit munosabati.
 Qarama-qarshilik munosabati.
 Inkor etish holati.
 Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi.
Esda   olib   qolish   inson   faoliyatining   xususiyatiga   bevosita   bog’liqdir.
A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko  tajribalari shuni ko’rsatadiki, esda olib qolish u yoki
bu   faoliyatdagina   samarali   bo’lishi   mumkin.   A.A.Smirnovning   tajribalarida
tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma'noli
matnni   esda   olib   qolish   nazarda   tutiladi.   Sinaluvchilar   matnni   yodlar   ekanlar,
materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda
olib   qolish   vazifasi   qo’yilmaydi-yu,   lekin   matn   ustida   muayyan   ish   olib   borish
unda   uchraydigan   ma'noviy   xatolarni   aniqlash   taklif   etiladi.   Ikkinchi   holda   esda
olib qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan.
Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo’llash orqali esda olib qolish sohasidagi
yondashishdan   iborat   tashkiliy   faoliyat   alohida   ahamiyatga   ega.   A.A.Smirnov
o’tkazgan   tajribasida   shuni   ko’rsatadiki,   matnni   maxsus   tuzib   chiqilgan   rejaga
asoslangan   holda   yodlash   rejasi,   pala-partish   esda   olib   qolishdan   ikki   barobar samaraliroq   ekan,   psixolog   olimlarning   tavsiyasiga   binoan   yodlash   jarayonida
materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o’zaro almashtirib turish yuqori
natijalar   beradi.   Kuzatishlar   va   tajribalar   shuni   ko’rsatadiki,   o’quvchilar   va
talabalar   bu   usullarni   mustaqil   ravishda   egallay   olmaydilar,   odatda   ularni
muallimning   rahbarligida   egallashadi.   Aks   holda   o’quv   faoliyati   ishtirokchilari
materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bos?ichida qotib qolishi mumkin, bu
hol aqliy o’sishga qarama-qarshidir.
Shu   narsani   alohida   ta'kidlab   o’tish   kerakki,   o’quv   materiallarining   ma'nosiga
tushunib   esda   olib   qolish   yo’li   oqilona   yo’l   bo’lib   qolmasdan,   balki   u   mexanik
esda   olib   qolish   jarayonidan   o’zining   samaradorligi   bilan   keskin   darajada   ajralib
turadi.
Esda   olib   qolish   jarayoni   deganda   sezgi,   idrok,   tafakkur,   ichki   kechinmalarni
xotirada   saqlanish   xususiyati   tushuniladi.   Kundalik   hayotimizda   kitob,   jurnal,
gazeta   o’qiyotganimizda   materialni   esda   olib   qolish   uchun   shu   materialning
ma'nosiga tushunib olishga harakat  qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada
tushunarli bo’lmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi.
O’rganilayotgan   materialning   mazmuni   va   ma'nosiga   tushunib   olish   uchun   odam
uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta'kidlaganidek,
materialni   o’zlashtirib   olish   xuddi   shu   jarayonga   yaqqol   misoldir.   Mualliflarning
shaxsiy   fikriga   ko’ra   o’zlashtirayotgan   materiallarni   esda   olib   qolish   qiyinligi
sababli   ularni   tushuna   olmaslikdir.   Tushunib   olishning   esda   olib   holishdagi
ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi.
Jahon   psixologiya   fani   to’plagan   ma'lumotlarga   qaraganda   o’zlashtirilayotgan
materialni   mexanik   tarzda   egallashga   nisbatan   uning   ma'nosini   tushunib
o’zlashtirish bir necha marta mahsuldordir.
Esda   olib   qolish   jarayonida   o’zlashtirilayotgan   materialning   ma'noga   ega
bo’lishi   yoki   bo’lmasligi   muhimdir.   Assosiativ   psixologiya   maktabining   vakili,
taniqli   psixolog   G.Ebbingauz   jahon   psixologiyasida   birinchi   bo’lib   1885   yilda
oliy   ruhiy   jarayon   bo’lgan   xotirani,   1888   yilda   intellektni   ilmiy   tajriba   metodi
negizida   tekshirdi   va   keng   ko’lamda   turmushga   tatbiq   etdi.   U   xotira   jarayonini tajriba   orqali   tekshirishning   asosiy   yo’nalishini   ishlab   chiqdi.   Xotirani   "sof"
ko’rinishda   o’rganishga   harakat   qilib   ma'no   kasb   etmaydigan   bo’g’inlardan
foydalandi.   Uning   bu   tadqiqoti   kishining   mantiqiy   xotirasi   emas,   balki   mexanik
xotirasiga nisbatan qo’llanishiga xos to’g’ri yo’nalishdir.
G.Ebbingauzning   bu   tadqiqoti   psixologiyada   introspektiv   (o’z-o’zini   kuzatish
yoki   ichki   kuzatish)   metodiga   qarama-qarshi   qo’yilgan   ilmiy   tajribaviy   metod
yutuqi   sifatida   ilmiy-amaliy   ahamiyatga   egadir.   U   xotira   jarayonini   tekshirishda
o’z oldiga 38 ta ma'no anglatmaydigan bo’g’inlardan tuzilgan materialni esda olib
qolishni   maqsad   qilib   qo’ygan.   Bu   materialni   o’zlashtirish   o’rtacha   55   marta
takrorlashni  talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so’zdan, 11 ta so’z o’zaro
bog’liq   bo’lmagan   so’zlardan   foydalangan.   Bu   materialni   o’zlashtirish   6-7
marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9 1 nisbatga to’g’ri keladi.
Rus   psixologlari   tadqiqotlarining   natijalari   ma'noga   ega   bo’lgan   materialni
o’zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo’nalish, ko’rsatma berish muhim
ahamiyat   kasb   etadi,   degan   fikrni   tasdiqlaydi.   A.N.Leontev,   S.L.Rubinshteyn ,
P.A.Ribnikov   va   boshqalar   bolalarning   xotira   faoliyatini   o’rganganlar.
Shuningdek,   ular   o’qish   faoliyatiga   asoslangan   holda   maktab   o’quvchilarida
tekshirish ishlarini olib borganlar.
I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar  tadqiqot ishlarining aksariyati
shunga   bag’ishlangan   bo’lib,   turli   materialni   esda   olib   qolishda   tushinishning
ahamiyati   muhimligini   tasdiqlashga   intilgan.   Bu   materialni   esda   olib   qolishga
to’g’ri yo’nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda
esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to’liqligi ta'minlanadi.
A.A.Smirnovning   ta'kidlashicha,   shu   davrgacha   hech   kim   hech   bir   ilmiy
adabiyotlarda  bolalarga  va  quyi   sinf   o’quvchilariga  ahamiyatli  bo’lgan  materialni
mexanik tarzda esda  olib qolishlari ko’rsatilmagan.
Nemis   psixologi   Vilyam   Shtern   (1871-1938)   fikricha,   bolalarda   ham   katta
yoshdagi   odamlarda   ham   ma'nosiga   tushunib   o’zlashtirishga   nisbatan   mexanik
egallash   kam   miqdordir.   Bu   mulohaza   haqiqatdan   ham   to’g’ri,   Meymon   fikriga
ko’ra,  inson  ulg’ayishi  bilan  ma'nosiz  materialni  esda  olib  qolish  kamayib boradi va kam  samara beradi, lekin ma'noga ega bo’lgan bilimlarni esda olib qolishi  esa
sezilarli   darajada   rivojlanib   boradi.   Shunga   o’xshash   omillar   boshqa   psixologlar
tomonidan   ham   to’plangan   bo’lib,   bu   haqda   boy   materiallar   umumiy   psixologiya
xrestomatiyalarida o’z aksini topgan.
A.A.Smirnov   ma'no   anglatmaydigan   bo’g’inlarda   va   ma'no   kasb   etuvchi
so’zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o’tkazgan. Katta va kichik yoshdagi
ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish har ikkala yosh davrida
mazmunli   va   mazmunsiz   materiallarni   esda   olib   qolishning   munosabatini
tekshirish maqsad qilib qo’yilgan.
Ma'no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda
ustunligi   lekin,   ma'nosiz   materialni   esda   olib   qolish   kichik   yoshdagi   bolalarga
qaraganda kam  samara  bermasligi  aniqlangan. Ma'nosiz  bo’g’inlar  nafaqat  kichik
yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi o’zlashtiriladi.
A.N.Leontev   tadqiqot   ishlarida   katta   yoshdagilarning   ma'nosiz   bo’g’inlardan
tuzilgan   materialni   yaxshi,   puxta   esda   saqlab   qolishi   ta'kidlangan.   Katta
yoshdagilar   ma'nosiz   bo’g’inlarni   qandaydir   mazmun   bilan   tez   va   oson   bog’lay
oladilar.   Shuning   uchun   ularda   bolalarga   nisbatan   kuchliroq   ma'no   kasb   etadi.
Shuningdek, ma'no anglatmaydigan materialni  o’zlashtirish jarayoni tez ko’chadi,
mahsuldorroq bo’ladi. Ma'nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy
sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Esda   olib   qolishga   hech   qanday   yo’nalish   berilmay,   materialni   yaxshi   olib
qolinishi   kishining   jadal   faoliyati   bilan   bog’liq.   Ixtiyorsiz   esda   olib   qolish   faol
irodaviy   kuch   sarflash   hisobiga   amalga   oshadi.   A.A.Smirnov   ma'noli   materialni
esda olib qolishning bolalar uchun yengil  ko’chishi  ularning yosh xususiyatlariga
bog’liq   narsa   emasligini   ta'kidlab   o’tadi.   Chunki   bolalar   hali   tushunib   olmagan
materialni   go’yo   ma'nosi   yashirinib   yotgandek   qabul   qiladilar.   Matn   ma'nosining
noma'lumligi   unga   nisbatan   qiziqish,   bilishga   intilish   mazmunini   izlashga
talabchanlikni   uyg’otadi.   Odatda   ma'nosiz   so’zlarni   laboratoriya   sharoitiga
qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi. Qator   psixolog   olimlarning   mulohazalariga   binoan:   1)   materialni   esda   olib
qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy
xususiyatlariga bog’liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi
ham   yosh   davrlarining  xususiyati   emasdir;   3)   so’zlarni   esda   olib  qolish,   mexanik
esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir. 
Esga tushirish va uning turlari.
O’tmishda   idrok   qilingan   narsalar,   his-tuyg’u,   fikr   va   ish-harakatlarning
ongimizda   qaytadan   tiklanishi   esga   tushirish   deyiladi.   Esga   tushirishning   nerv-
fiziologik   asoslari   bosh   miya   po’stida   ilgari   hosil   bo’lgan   nerv   bog’lanishlarning
qo’zg’alishidir. Esga tushirishning   tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma'lum
vaqt o’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari  mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u
yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo’lishi mumkin. Noaniq
tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam
ko’zimizga issiq ko’rinadi, lekin uni qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz. To’liq,
aniq tanishda  esa idrok qilinayotgan narsaning nomi  katta rol  o’ynaydi. Masalan,
biz  bir   kishini   ko’rib,   uni   taniy   olmasak,   uning  familiyasini   yoki   ismini   eshitsak,
darrov kim ekanligini bilamiz.
Eslash   narsa   va   hodisalarni,   uni   ayni   paytda   idrok   qilmay   esga   tushirishdir.
Masalan, bo’lib o’tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga
tushirishimiz   mumkin.   Eslash   ham   aniq   va   noaniq   bo’ladi.   Masalan,   biz   she'rni
yoddan   aytib   bersak   ham   uni   qaerda   va   qachon   o’qiganimizni   eslay   olmaymiz.
Esga   tushirish   avval   tanishdan   boshlanadi.   Masalan,   imtihonga   kirganda   biletni
ko’rib, uning savolini o’qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol
o’ynar   ekan.   Bevosita   esga   tushirish   materialni   idrok   qilish   ketidanoq   esga
tushirishdan   iborat.   Masalan,   she'rni   yod   olganimizda   bir   necha   satrni   o’qigan
kitobga   qaramasdan   takrorlaymiz,   ya'ni   bevosita   esga   tushiramiz.   Bir   karra
ko’zdan   kechirilgan   materialni   bevosita   esga   tushirilgan   miqdoriga   qarab,
xotiraning ko’lami aniqlanadi. Materialning   ko’p   qismini   bevosita   esga   tushira   oladigan   kishining   xotira
ko’lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so’z va iboralarni esda tutib qolish
xotirasining   ko’lami   keng   bo’ladi.   Hisob-kitob   ishlarini   yuritadigan   xodimlarda
sonlarni esda tushirish xotirasining ko’lami keng bo’ladi.
Vaqt  o’tkazib  esga  tushirish  esda  olib qolingan  narsani  oradan  bir  qancha  vaqt
o’tkazib   esga   tushirishdirki,   bunda   shu   orada   ongimizda   boshqa   jarayonlar
o’tgandek   bo’ladi.   Masalan,   yoshligimizdagi   voqea   va   hodisalarni   shu   tariqa
eslaymiz.
Idrok   qilingan   narsalar   miyamizda   o’rnashib   qolishi,   esimizda   turishi   tufayli
turli usulda esimizga tushishi mumkin.
Esda   saqlash   deganda   ilgari   tug’ilgan   taassurot,   fikr,   his-tuyg’u   va   ish-
harakatlarning   takrorlanishiga   moyillik   paydo   qilishi   va   mustahkamlanishi
tushuniladi.   Bunga   sabab   asab   tizimining   egiluvchanligidir.   Shuning   uchun   asab
tizimi   ilgari   bo’lib   o’tgan   taassurotlarni   takrorlashga   tayyor   turadi.   Faqat   esga
tushirish uchun qulay sharoit bo’lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo’lmaganda
zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Shunday   qilib,   esga   tushirishda   ana   shu   tariqa   qiynalib   qolib,   zarur   bo’lgan
narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi   reminissensiya   hodisasi
(xira esga keltirish)  deyiladi. Bu hodisaning sababi  shuki, uzoq vaqt  bir  ish bilan
mashg’ul   bo’lganda   miya   charchashi   yuz   beradi.   Charchash   haddan   tashqari
oshishi   natijasida   nerv   xujayralarida   tormozlanish   yuz   beradi.   Materialni   esda
qoldirilgandan   keyin   12   soat   ichida   esga   tushirilsa,   materialning   ko’p   qismi
unutiladi. Materialni o’qib o’rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay,
ammo oradan bir necha vaqt o’tgandan keyin uni to’la xotirlay olishlikning sababi
materialni o’qib, o’rganib olishda ro’y beradigan charchashdir.
Materialni   eslash   uchun   bo’lgan   kuchli   xohish   natijasida   tormozlanish   yuzaga
keladi,   bu   esa   materialni   qayta   esga   tushirishdagi   qiyinchilikni   kuchaytirib
yuborishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan ishga chalqib ketgan insonlarda tormozlanish
tarqab ketadi. Shunda esga tushirish lozim bo’lgan narsa xotiraga kiradi. Materialni mustahkamlashga bo’lgan qiziqishning bo’lishi materialni uzoqroq esda saqlashga
olib keladi. Unutish vaqtga bog’liq bo’ladi. Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan
bo’lib,   unutish   materialni   yod   olingandan   keyin   darhol   ayniqsa   tez   ro’y   beradi,
undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.
G.Ebbingauz   unutishning   vaqtga   bog’liqligini   tajriba   orqali   aniqlagan.
To’plangan   natijalarning   ko’rsatishicha,   materialni   yod   olgandan   so’ng   unutish
sur'ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma'nosiz ayrim
bo’g’inlarni   unutish   ustida   olib   borilgan   ishlarida   tasdiqlangan.   Tajribalarning
ko’rsatishiga   qaraganda,   o’rganilgan   narsalar   bir   soatdan   keyin   unutiladi.
Materialni o’zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib
boradi.   Muvaqqat   asab   bog’lanishlari   susayishi   natijasida   qachonlardir   sodir
bo’lgan narsa va hodisalarning o’zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi.
Vaqtning o’tishi bilan birmuncha unutilib ketilayotgan vaqtli  bog’lanishlarni, ya'ni
assosiasiyalarni   qaytadan   tiklash   jarayoni   kuch-quvvat,   xatti-harakatlarni   talab
qiladi. G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o’tkazilgan juda
ko’p   tadqiqotlarning   ko’rsatishicha,   unutish   sur'ati   materialning   ma'noli   yoki
ma'nosizligiga,   uning   qanchalik   anglanilganligiga   bog’liqdir.   Material   qanchalik
mazmundor anglanilgan tushunib olingan bo’lsa, u holda unutish ham shunchalik
sekin   kechadi.   Lekin   ma'noli   materialga   nisbatan   ham   unutish   avval   tez   sur'atda
bo’lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni o’zlashtirish yoki esda
olib   qolish   insonning   ehtiyojlari,   qiziqishi,   faoliyatning   maqsadi   bilan   bog’liq
bo’lsa, bu material sekin unutiladi.
Unutishning   tezligi   esda   olib   qolingan   materialning   mustahkamligiga   teskari
proporsional   xususiyat   kasb   etadi.   Demak,   esda   olib   qolishning   mustahkamligiga
o’zlashtirilayotgan   materialning   ma'noga   ega   yoki   ega   emasligiga   bog’liqlikdan
tashqari   yana   bir   nechta   omillar   o’z   ta'sirini   ko’rsatadi   va   uning   faoliyat
mazmuniga   aylanishiga   ham   bog’liq.   Shuningdek,   ular   shaxsning   shaxsiy,
individual xususiyatlariga ham bevosita bog’liqdir.
Xotiradagi individual farqlar Xotira jarayonlaridagi individual farqlar esda qoldirishning tezligida, aniqligida,
mustahkamligida   va   qayta   esga   tushirishga   tayyorligida   ifodalanadi.   Bu   farqlar
malum   darajada   nerv   faoliyati   tiplarining   xususiyatlari   bilan,   qo’zg’alish   va
tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligi  bilan bog’liqdir. Individual
farqlar   yana   shunday   hollarda   namoyon   bo’ladiki,   ba'zi   odamlar   obrazli
materiallarni,   rang,   tasvir,   narsa,   tovushlarni   samarali   va   mustahkam   esda   olib
qoladilar.
Boshqa   bir   odamlar   so’zlarni   yaxshi   eslab   qoladilar.   Uchinchi   bir   toifa
odamlarda esa malum bir materialni esda olib qolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi.
Shunga muvofiq psixologiyada xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko’rgazmali
obrazli  xotira, so’z mantiqiy xotira va oraliq tipdagi xotira. Masalan, ko’rgazmali
obrazli   xotira   tipi   ko’proq   rassomlarda,   so’z   mantiqiy   tipi   nazariyotchi   olimlarda
uchraydi.   Bundan   tashqari   xotirlash   va   esda   qoldirish   jarayonlarida
analizatorlarning qatnashishiga qarab, xotira quyidagi tiplarga ajraladi:
a) ko’rish; b) eshitish; v) harakat; g) aralash xotira.
Bir   xil   kishilar   ko’rish   orqali,   ikkinchi   xillari   eshitish   orqali,   uchinchi   xillari
harakat   yordamida,   to’rtinchi   xillari   esda   qoldirishning   birga   qo’shilgan   usulida
yaxshi esda qoldiradilar. 
Xotiraning aralash tiplari eng ko’p tarqalgan. 
Xotiraning   individual   farqlari   kishi   faoliyatining   xususiyatiga   bog’liqdir.   Esda
olib qolish va unutish tezligiga ko’ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud:
1) tez esda qoldirib, sekin unutish;
2) tez esda qoldirib, tez unutish;
3) sekin esda qoldirib, sekin unutish;
4) sekin esda qoldirib, tez unutish.
Xotira tasavvurlari
Ilgari   idrok   qilingan   narsa   va   hodisalar   obrazlarining   ongimizda   qaytadan
gavdalanishiga  xotira tasavvurlari  deyiladi. Esda   olib   qolish   va   qayta   esga   tushirish   tasavvur   obrazlari   orqali   amalga
oshiriladi.  Xotira  va   xayol   tasavvurlari   bir-biridan  farq  qiladi.  Xotira   tasavvurlari
ilgari   idrok   qilingan,   ammo   hozir   ko’z   o’ngimizda   bo’lmagan   narsalarning
obrazlarini ongimizda gavdalanishdan iborat. 
Masalan,   yoshlik   vaqtimizdagi   hodisalarni   eslashimiz,   ongimizda   qayta
tiklashimiz   xotira   tasavvurlari   bo’ladi.   Xayoliy   tasavvur   xotira   tasavvuriga
qaraganda   murakkab   bo’lib,   ongimizdagi   bilimlar   tajribalarimiz   asosida   ilgari
idrok qilinmagan, shu paytgacha uchramagan narsalarning obrazlarini yaratishdan
iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish bilan bog’liq.
Masalan :   ertaklar,   romanlar   umuman   biror   asarni   o’qiyotganimizda   undagi
qahramonlarning ko’z o’ngimizda gavdalanishi xayoliy tasavvurdir. 
Tasavvurlar paydo qilishda so’zning ahamiyati katta. So’z bilan nomlash tegishli
obrazning   yaratilishiga   yordam   beradi.   Masalan,   "ildiz",   "o’t"   so’zlarini   to’rt
kishiga   berib,   qanday   tasavvur   qilishlarini   so’rasak,   ularning   tasavvurlari   bir-
biridan farq qilishini ko’ramiz, chunki, har bir kishi tajribasiga ko’ra, kasbiga ko’ra
tushunadi. Masalan, matematik ildizni sonning ildizi deb, botanik o’simlik qismini,
uning   ildizini,   tish   doktori   esa   tish   ildizini   tushunadi.   Tasavvur   qilishning
fiziologik   asosi   shartli   reflekslarning   hosil   bo’lishi,   bosh   miya   po’stida   paydo
bo’lgan izlarning jonlanishidir.
Tasavvur   birorta   turtki   tasirida   jonlanadi,   masalan,   biror   odam   haqida
tasavvurlarning   tug’ilishi   uchun   birorta   so’z   yoki   hodisa   turtki   bo’ladi.   Asosan,
maxsus qo’zg’ovchi so’zdir, shuning uchun so’z bilan tasvirlash orqali tasavvurlar
tug’iladi.                  Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy
qadriyatlar tarbiya manbai.  Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar   uchun   psixologiyasidan   topshiriqlar.     L.P.Xoxlova.   -T.,   O’qit.   -
1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

DI QQ AT VA XOTIRA Reja 1. Di qq at h a q ida tushuncha 2. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari 3. Diqqat turlari va xususiyatlari 4. Xotira haqqida tushuncha 5. Xotira jarayonlari va turlari

Di qq at h a q ida tushuncha Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir etib turadi. Lekin odamga ta'sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la aks ettiriladi. Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilganligini ta'idlash mumkin. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi. E.B.Pirogovaning ta'kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning "diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi. Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega bo’lgan ob'ekt ustida to’planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo’naltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob'ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O’quvchi maktabda o’qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib

o’tirganda mana shu eshitib o’tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo’zg’algan shu maqsadga bo’ysundirilgan bo’ladi. O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi. Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo’llab-quvvatlash tushuniladi. Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta'kidlab o’tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o’zi hech narsani aks ettirmaydi. Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o’zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir. Birinchidan , diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi. Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to’xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo’lib, bu jimlik odamlar ma'ruzachini yoki artistni zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi. Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi. Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda bo’ladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo’libgina qolmay, balki uning ma'lum yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning uchun ko’pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga moslab muayyan bir holatda tutib olamiz. Diqqatning tashqi ifodalanishiga rassomlarning rasmlari, turli jurnallardan olingan suratlar eng yaxshi illyustrativ material hisoblanadi. Ular yordamida kishi

diqqatining tashqi ifodasiga xos bo’lgan mimika va pantomimikani ko’rsatish mumkin. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari Odamga har bir daqiqada ta'sir qilib turadigan qo’zg’atuvchilar turlicha reflekslarga sabab bo’ladi. Chunki har qanday refleks organizmning tashqi ta'sirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir. Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan "bu nima gap refleksi" deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan birorta yangi narsaning ta'siri yoki haddan tashqari kuchli ta'sirot orqali hosil bo’ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta'siridan hosil bo’lgan qo’zg’alishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chog’da nisbatan kuchli (ya'ni optimal) qo’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi. Bosh miya yarim sharlarining po’stida paydo bo’ladigan kuchli qo’zg’alish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qo’zg’alish bo’ladi. Ana shu nuqtai- nazardan akademik I.P.Pavlov "diqqatning fiziologik asosini bosh miya po’sti qismidagi optimal qo’zg’alish manbai tashkil qiladi", deb ta'kidlagan. Buni biz akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlaridan ochiq oydin ko’rishimiz mumkin. "Miya yarim sharlarining optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan qismida -deydi I.P.Pavlov, - yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo’ladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo’ladi. Shunday qilib, optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan joy ayni chog’da bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo’ladi. Miya yarim sharlarining sust qo’zg’algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog’da funksiyasi juda nari borganda tegishli qo’zg’ovchilar asosida ilgaridan hosil qilingan reflekslarni qayta tiklashdan iboratdir".

I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induksiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po’stining bir joyida maydonga kelgan qo’zg’alish jarayonlari bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po’stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya po’stining boshqa joylarida kuchli qo’zg’alish jarayonlarini paydo bo’lishiga olib keladi. Ayni shu paytda har bir onida miya po’stida qo’zg’alish jarayoni uchun optimal, ya'ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo’zg’alish manbai mavjud bo’ladi. "Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo’lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko’rinadigan bo’lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo’zg’alish uchun eng yaxshi sharoit tug’ilgan nuqtasi miltillab ko’rinadigan bo’lsa, yangi sog’lom bir narsani o’ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda halati jimjimador shakli, surati va hajmi har damda bir o’zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turgan yoruq narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug’ narsa atrofidagi boshqa yerlarni bir muncha xira tortib turganini ko’rardik". A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo’zg’alishning har doim ustun turadigan hukmron o’chog’i mavjud bo’ladi, bu hukmron qo’zg’alish o’chog’i aynan shu damda miyaga ta'sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo’zg’alishlarni qandaydir ravishda o’ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo’zg’alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo’zg’alishning hukmron bo’lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi. Bu hol psixologik jihatdan biror qo’zg’atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog’da ta'sir qilib turgan boshqa qo’zg’atuvchilardan diqqatning chalqishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o’ziga xarakterli bo’lgan tashqi ifodalari bilan bog’liq bo’ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash