logo

Psixik jaryonlar. Diqqat, sеzgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

139.5 KB
Psixik jaryonlar. Diqqat, sеzgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol
R е ja:
1. Psixik xodisalar, xolatlar, jarayonlar haqida tushuncha.
2. Bilish jarayonlari haqida tushuncha.
3. Diqqat va uning turlari
4. S е zgi, idrok, tafakkur, xayol jarayonlari, ularning o`xshashligi va farqlari.
5. Xotira va uning funktsiyasi, turlari.  
Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob r е aktsiyalarini
b е rish   bilan   bog`liq   jarayonlarning   barchasini   o`z   ichiga   oladi.   Psixik   jarayonlar
ongning   o`zida   paydo   bo`lib,   ongning   o`zida   tugallanadi   d е gan   fikrni   S е ch е nov
mutlako   noto`g`ri   fikr   d е b   hisoblagan   edi.   Psixik   xodisa   xali   yuzaga   k е lmagan
natijadan ham darak b е radi.
Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funktsiyasini bajarib, sharoitga
moslashtirishga yoki javob r е aktsiyasini b е rishga xizmat qiladi. 
Psixik   jarayon,   ma'lumki   o`ziga   emas   balki,   miyaning   mohiyati,   uning
t е gishli   bo`lmalari   funktsiyasi   sifatida   olam   haqidagi   axborotlarning   qayoqqa
k е tishi,  qa е rda  saqlanishi   va qayta  ishlanishini  ko`rsatuvchi   javob r е aktsiyasining
boshqaruvchisidir.
Psixik   jarayonlar   o`z   navbatida   bilish   jarayonlari,   emotsional   jarayonlar,
shaxsning irodaviy xolatlari  va shaxsning  individual  xususiyatlari  d е b nomlangan
qismlarga bo`lib o`rganiladi . 
Psixik   xodisalar –bu   faoliyatning   hozir   ta'sir   etayotgan   (s е zgi,   idrok)   yoki
qachonlardir,   ya'ni   turmush   tajribada   (xotira)   yuz   b е rgan   qo`zg`oluvchiga   javob
tarzida   ro`y   b е radigan   ana   shu   ta'sirni   umumlashtiradigan,   ular   pirovard   natijada
olib   k е ladigan   natijalarni   (tafakkur,   xayol)   oldindan   ko`ra   olishga   yordam
b е radigan, bir  xil ta'sirlar natijasida faoliyatni  (xis–tuyg`u, iroda) kuchaytiradigan
yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta'sirlar
oqibatida uni tormozlaydigan, odamlar xulq–atvoridagi (t е mp е ram е nt, xarakt е r va
b.) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilaridir.
Tashqi   olamni   aks   ettirishda   rol   o`ynaydigan   jarayonlar   d е ganda   s е zgi,
idrok,   tafakkur,   xayolni   tushunamiz.   Biroq   boshqa   psixik   jarayonlar   ham   ta'sir
ko`rsatadi.
Psixik   jarayonlarda   I   signallar   tizimi   bilan   bir   qatorda   odam   uchun   xos
bo`lgan II signallar tizimi ham ahamiyatlidir.   
Xoxlagan   psixik   jarayonning   sodir   bo`lishi   va   davom   etishi   shunday   bir
ruhiy   xodisaga   bog`liqki   u   barcha   jarayonlarda   ishtirok   etadi,   uning samaradorligiga   ta'sir   o`tkazadi.   Bu   diqqatdir.   Diqqat   ongning   bir   nuqtaga
qaratilishi   bo`lib,   shaxsning   aktivligini   hamda   uning   ob' е ktiv   borliqdagi   narsa   va
xodisalarga tanlovchi munosabatini xarakt е rlaydi. Diqqat bo`lmasa, aniq maqsadga
qaratilgan   faoliyat   ham   bo`lmaydi.   Diqqatning   uch   turi   bor:   ixtiyorsiz,   ixtiyoriy,
ixtiyoriydan   so`nggi   diqqat   turi.   Diqqatning   quyidagi   xususiyatlari   bor:   diqqat
ko`lami,   davomiyligi,   taqsimlanishi,   chalg`ishi,   ko`chishi,   mazmuni   va   diqqat
barcha   kasb   egalari   uchun   ham   birday   zarurdir.   Ilm   olish,   kasb   egallash,   sifatli
mahsulot   ishlab   chiqarish,   el–yurt   xurmatiga   sazovor   bo`lish   uchun   ongni   bir
nuqtaga to`plab faoliyat ko`rsatish zarur.
S    е   zgilar    .   T е varak   atrofdagi   olamning   boyligi   haqida,   tovushlar   va   ranglar,
xidlar  va xarorat, miqdor va boshqa ko`plab narsalar  to`g`risida biz s е zgi a'zolari
vositachiligida  axborotlarga  ega  bo`lamiz.   Sеzgi   dеb  sеzgi   a'zolarimizga  bеvosita
ta'sir etib turgan narsa yoki xodisalarning ayrim sifat va xodisalarning ayrim sifat
xossalarining   ongimizga   aks   ettirilishiga   aytamiz.   Biz   turli   ranglarni,   ta'mlarni,
og`ir–еngilni,   issiq–sovuqni,   tovushlarni   sеzamiz.   Sеzgi   a'zolari   axborotni   qabul
qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga еtkazib bеradi.
S е zgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib k е ladigan yagona yo`lidir.
S е zgi a'zolari kishiga t е varak atrofdagi olamda mo`ljal olish imkonini b е radi. 
S е zgilar hosil bo`lishi uchun quyidagi shartlar bo`lishi k е rak:
Birinchidan ,   s е zgi   a'zolarimizdan   birontasiga   ta'sir   etadigan   narsa   yoki
xodisa bo`lishi k е rak. 
Ikkinchidan,   s е zuvchi   apparat   soz   bo`lishi   kеrak.   Bu   apparat
quyidagilardan iborat: 1. Sеzuvchi organ (rеtsеptor). 2. O`tkazuvchi yo`l (affеrеnt
nеrv). 3. Bosh miya pustlog`idagi markaz 4. Miyadan javob impulslarini uzatuvchi
yo`l (effеrеnt nеrv).
Bitta sеzgi apparatini tashkil qiladigan qismlarni I. P. Pavlov  analizator  dеb
atagan.
S е zgi   mohiyatiga   ko`ra   ob' е ktiv   olamning   sub' е ktiv   siymosidir.   L е kin
s е zgilarning   hosil   bo`lishi   uchun   organizm   moddiy   kuzg`atuvchining   t е gishli
ta'siriga   b е rilishi   kifoya   qilmaydi,   balki   organizmning   o`zi   ham   qandaydir   ish bajarishi   darkor.   S е zgilar   muayyan   davr   mobaynida   r е ts е ptorga   ta'sir
o`tkazayotgan   qo`zg`otuvchining   o`ziga   xos   quvvatini   n е rv   jarayonlari   quvvatiga
aylanish   natijasida   hosil   bo`ladi.   S е zgilarning   hosil   bo`lishida   kuchli   ta'sir
qiladigan   jarayonlarning   ishtirokini   o`rganishga   bag`ishlangan   ko`plab   va   ko`p
qirrali tadqiqotlar olib borilgan.
S е zgi a'zolari faqat moslashuvchanlik, ijro qilish funktsiyalarini bajaribgina
qolmasdan,   balki   axborot   olish   jarayonlarini   b е vosita   ishtirok   etadigan   harakat
organlari bilan mustahkam bog`langandir.
Analizator.   S е zgi   n е rv   sist е masining   u   yoki   bu   qo`zg`atuvchidan
ta'sirlanuvchi r е aktsiyalari tarzida hosil bo`ladi va har qanday psixik xodisalar kabi
r е fl е ktorlik   xususiyatiga   egadir.   Qo`zg`atuvchining   aynan   o`ziga   o`xshaydigan
analizatorga   ta'siri   natijasida   hosil   bo`ladigan   n е rv   jarayoni   s е zgining   fiziologik
n е gizi hisoblanadi.
Analizator   uch   qismdan   tarkib   topadi:   1)   tashqi   kuvvatni   n е rv   jarayoniga
aylantiradigan   maxsus   transformator   hisoblangan   p е rif е rik   bo`lim   (r е ts е ptor).   2)
analizatorning p е rif е rik bo`limini markaziy analizator bilan bog`laydigan yo`llarini
ochadigan   aff е r е n   n е rv   (markazga   intiluvchi)   va   eff е r е nt   (markazdan   qochuvchi)
n е rvlar.   3)Analizatorning   p е rif е rik   bo`limlaridan   k е ladigan   n е rv   signallarining
qayta   ishlanishi   sodir   bo`ladigan   qobiq   osti   va   qobiq   (miyaning   o`zi   bilan
tugaydigan) bo`limlar.
Analizator   p е rif е rik   bo`limlarining   muayyan   xujayralari   miya   qobig`idagi
xujayralarning ayrim qismlariga mos bo`ladi. Jumladan, ko`z to`r pardasining turli
nuqtalarida hosil bo`ladigan tasvir miya qobig`ida ham xar xil nuqtalarda shuni aks
ettiradi; eshitishda ham xuddi shu jarayonni kuzatishimiz mumkin: nog`ora parda
va miyadagi aks sado.
S е zgining hosil  bo`lishi uchun hamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida
ishlashi darkor. Qo`zg`atuvchining r е ts е ptorga ta'siri qo`zg`alishning yuz b е rishiga
olib k е ladi.
Analizator n е rv jarayonlarining yoxud r е fl е ktor yoyining butun yo`li manbai
va   eng   muhim   qismini   tashkil   etadi.   R е fl е ktor   yoyi   r е ts е ptordan,   ta'sirni   miyaga olib   boruvchi   aff е r е nt   n е rv   yo`llari   va   eff е r е nt   n е rvlardan   tarkib   topgandir.
R е fl е ktor yoyi el е m е ntlarining o`zaro munosabati murakkab organizmning t е varak
atrofdagi   olamda   to`g`ri   mo`ljal   olishining,   organizmning   yashash   sharoitlariga
muvofiq tarzdagi faoliyatning n е gizini ta'minlaydi.
S е zgilarning   tasniflanishi .   Aks   etish   xususiyatiga   va   r е ts е ptorlarning
joylashgan   o`rniga   qarab   s е zgilar   odatda   uch   guruhga   ajratiladi:   1.   Tashqi
muhitdan   narsalar   va   xodisalarning   xususiyatlarini   aks   ettiradigan   hamda
r е ts е ptorlari   tananing   yuzasida   joylashgan   ekstrots    е   ptiv      s е zgilar;   2.   Tananing
ichki  a'zolarida va to`qimalarida  joylashgan  hamda ichki  a'zolarining  xolatini  aks
ettiradigan   int    е   rots    е   ptiv      s е zgilar;   3.R е ts е ptorlari   mushaklarda   va   paylarda
o`rnashgan   propriots    е   ptiv      s е zgilar;   ular   gavdamizning   harakati   va   xolati   haqida
axborot   b е rib   turadi.   Harakatni   s е zadigan   propriots е ptiv   s е zgi   turi,   shuningd е k,
kin    е   st    е   ziya      d е b   ham   atalib,   uning   r е ts е ptorlari   kin е st е zik   yoki   kin е st е tik
r е ts е ptorlar d е b ham ataladi.
Ekstrots е ptorlarni   ikki   guruhga :   kontakt   va   distant   r е ts е ptorlarga   ajratish
mumkin.   T е ri   orqali   paypaslab   ko`rishga   asoslangan   s е zgilarni   taktil   s е zgilar
d е yiladi, bular ham o`z funktsiyasiga ko`ra bir n е cha xil bo`lishi mumkin, masalan,
xaroratni s е zish, silliq yoki g`adir budirni, qattiq yoki yumshoqni s е zish va xokazo.
S    е   zgilarning   umumiy   qonuniyatlari    .       S е zgilar   aynan   bir   xil
qo`zg`aluvchilarning   aks   ettirish   shakllaridan   iboratdir.   Jumladan,   el е ktro   magnit
nurlanishi   ko`rish   s е zgisining   qo`zg`atuvchisi   hisoblanadi.   Bu   nurlanish   to`lqini
uzunligi   380   dan   770   millimikron   doirasida   bo`ladi   va   ko`rish   analizatorida   n е rv
jarayoniga   aylanadi.   Eshitish   s е zgilari–r е ts е ptorlarga   t е branish   t е zligi   (chastotasi)
16   dan   20   ming   g е rtsgacha   bo`lgan   tovush   to`lqinlari   ta'sirining   aks   etish
natijasidir.   Ta'sir   kuchi   shundan   past   bo`lsa   ham,   baland   bo`lsa   ham   s е zgi   paydo
bo`lmaydi.   Taktil   s е zgilar   m е xaniq   qo`zg`atuvchining   t е ri   yuzasiga   ta'siri
natijasida hosil bo`ladi.
S е zgilarning   sifat,   jadalligi,   davomiyligi,   joylarda   yuz   b е rish   kabi
xususiyatlari bor. Sifat – mazkur s е zgining asosiy xususiyati bo`lib, uni boshqa s е zgi turlaridan
farqlaydi   va   ayni   shu   s е zgi   turi   doirasida   o`zgartirib   turadi.   Jumladan   eshitish
s е zgisi   past–balandligi,   mayinligi,   zo`rligi   bilan,   ko`rish   s е zgisi   boyligi,
ranglarning tusi bilan farq qiladi va xokazo.
S    е   zgining  jadalligi    –uning  miqdorini   ifoda   etadigan  xususiyati   bo`lib,  ta'sir
qilayotgan   qo`zg`atuvchining   kuchi   r е ts е ptorning   funktsional   xolati   bilan
b е lgilanadi.
S е zgining   davomiyligi   uning   vaqtinchalik   xususiyati   hisoblanadi.
Qo`zg`atuvchi   s е zgi   a'zosiga   ta'sir   qilishi   bilanoq   hosil   bo`lmaydi,   balki,   bir   oz
vaqt o`tgach hosil bo`ladi. Bu s е zgining lat е nt (yashirin) davri d е b ataladi. Lat е nt
davri   har   xil   s е zgi   turi   uchun   har   xil:   masalan,   taktil   s е zgilar   uchun   130
millis е kund bo`lsa, og`riq s е zgisi uchun 370 millis е kunddir. Ta'm bilish s е zgisi esa
tilning   ustiga   kimyoviy   qo`zg`atuvchi   surtilgandan   k е yin   50   millis е kund   o`tgach
hosil bo`ladi.
S е zgi   qo`zg`atuvchi   ta'sir   qila   boshlashi   bilan   bir   paytda   hosil
bo`maganid е k,   ta'sir   to`xtashi   bilan   birdan   yuqolmaydi.   S е zgining   bu   xildagi
sustligi oqibat d е b atalgan xodisada namoyon bo`ladi. 
Kurish   s е zgisi   bir   muncha   sust   bo`lib,   uni   qo`zg`algan   qo`zg`atuvchi   ta'sir
qilishni   to`xtatishi   bilanoq   darxol   yo`qolib   k е tmaydi.(Kin е matograf   shunga
asoslangan).
Nihoyat,   s е zgilar   qo`zg`atuvchining   muayyan   joylarda   yuz   b е rishi
xususiyatiga   egadir.   Distant   r е ts е ptorlar   tomonidan   amalga   oshiriladigan   fazoviy
tahlil qo`zg`atuvchining muayyan joyda yuz b е rishi  haqida axborot b е radi. Taktil
s е zgilar tananing qo`zg`atuvchi ta'sir qiladigan qismi bilan munosabatga kirishadi. 
S    е   zuvchanlik va uning o`lchovi    . Sеzgi a'zolarining sеzuvchanligi muayyan
sharoitlarda   sеzgini   hosil   qilishga   layoqatli   bo`lgan   eng   kuchsiz   qo`zg`atuvchi
yordamida   aniqlanadi.   Bilinar   bilinmas   sеzgi   hosil   qiladigan   qo`zg`atuvchining
eng kam kuchi sеzuvchanlikning quyi absolyut chеgarasi dеb ataladi.
Eng   kam   kuchga   ega   bo`lgan   va   kuyi   ch е garadagi   qo`zg`atuvchilar   s е zgi
hosil qilmaydi va ular haqidagi signallarni bosh miya qobig`iga o`tkazmaydi. S е zgilarning   quyi   ch е garasi   mutlaq   s е zuvchanligi   darajasini   b е lgilaydi.
Mutlaq   (absolyut)   s е zuvchanlik   bilan   quyi   ch е gara   o`lchami   o`rtasida   t е skari
bog`lanish   mavjud:   quyi   ch е gara   o`lchami   qanchalik   kichik   bo`lsa,   muayyan
analizatorning s е zuvchanligi shunchalik yuqori bo`ladi. ;  Е –sеzuvchanlik,  Р –
qo`zg`atuvchining   ta'sir   chеgarasi   mе'yori.   Bizning   analizatorlarimiz   har   xil
sеzuvchanlikka egadir. Kishining birgina xid bilish xujayrasining chеgarasi tеgishli
xid   tarqatuvchi   moddalar   uchun     8   molеkuladan   oshmaydi.   Ta'm   sеzgisini   hosil
qilish uchun xid bilish sеzgisini  hosil qilishga sarflanadiganiga qaraganda kamida
25 ming marta ko`p molеkula talab qilinadi. 
Ko`rish   va   eshitish   analizatorlarining   sеzuvchanligi   juda   yuksakdir.   S.   I.
Vavilov   (1891–1951)   ning   tajribalari   ko`rsatganidеk,     kishining   ko`zlari
to`rpardaga   bor–yo`g`i   2–8   kvant   atrofida   nur   tushgan   taqdirda   ham   yorug`likni
sеza   oladi.   Buning   ma'nosi   shuki,   biz   tim   qorong`uda   27   km   masofada   yonib
turgan   shamni   ko`rish   qobiliyatiga   egamiz.   Ayni   paytda   biz   badanimizga   biror
narsa   tеkkanini   sеzishimiz   uchun   ko`rish   va   eshitish   sеzgilari   hosil   bo`lishiga
sarflanadiganiga nisbatan 100–xatto 10 mln baravar ziyod quvvat talab qiladi. 
S е zgining   mutlaq   yuqori   s е zuvchanligi   d е b,   qo`zg`atuvchining   eng   ko`p
kuch   bilan   ta'sir   qilishiga   aytiladi.   Bunda   ta'sir   ko`rsatayotgan   qo`zg`atuvchiga
aynan o`xshaydigan s е zgi  hosil  bo`ladi. (Masalan,  qattiq tovush, kuchli  yorug`lik
og`riq paydo qiladi). 
S е zgilar   o`rtasida   bilinar   bilinmas   farqni   hosil   qiluvchi   2   ta   qo`zg`atuvchi
o`rtasida mavjud bo`lgan minimal farq–farq ajratish ch е garasi d е b ataladi. Ajratish
ch е gara   s е zuvchanligi   yoxud   farq   ajratish   s е zuvchanligi   ham   farqlanish
ch е garasining   o`lchamiga   nisbatan   t е skari   bog`lanishda   bo`ladi:   farqlanish
ch е garasi   qanchalik   katta   bo`lsa,   ayirma   s е zuvchanlik   shunchalik   kam   bo`ladi.
(Yuk 100 gr bo`lganda farq 3,4 gr, 1000 gr bo`lganda 33,3 gr bo`ladi).
Adaptatsiya.   S е zgi   ch е garasining   absolyut   m е 'yori   bilan   b е lgilanadigan
analizatorlarning   s е zgirligi   barqaror   bo`lmasdan   qator   fiziologik   va   psixologik shart–sharoitlar   ta'siri   ostida   o`zgarib   turadi.   Ushbu   shart-sharoitlar   orasida
adaptatsiya (moslashish) xodisasi alohida rol o`ynaydi. 
Adaptatsiya yoxud moslashuv –s е zgi organlari s е zgirligining qo`zg`atuvchi
ta'siri   ostida   o`zgarishi   d е makdir.   Adaptatsiya   xodisasining   3   turini   alohida
ko`rsatish mumkin:
1.Qo`zg`atuvchining   uzoq   muddat   davomida   ta'sir   etishi   jarayonida
sеzgining tamomila yo`qolib qolishiga o`xshaydigan turi. Masalan, tеrining ustiga
qo`yilgan   еngilgina   yuk   tеzdayoq   sеzilmay   qoladi.   Xid   bilish   sеzgilari   atrof
muhitga   yoqimsiz   xid   yoyilganidan   ko`p   o`tmay   batamom   yo`qolib   qolishi   ham
oddiy bir xodisadir (qorong`udan yorug`likka va aksincha).
2.Adaptatsiya dеb shuningdеk, yuqorida bayon etilgan xodisalarga yaqinroq
bo`lgan   kuchli   qo`zg`atuvchining   ta'siri   ostida   sеzgining   zaiflashib   qolishiga
ifodalanadigan   yana   bitta   xodisaga   ham   aytiladi.     Masalan,   sovuq   qo`zg`atuvchi
hosil qiladigan sеzgining jadalligi qo`lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim
qorong`u   xonadan   yorqin   yoritilgan   joyga   chiqqanimizda   oldiniga   ko`zlarimiz
qamashadi   va   tеvarak   atrofdagi   biror   narsaning   farqiga   еta   olmaydigan   bo`lib
qolamiz. Adaptatsiya–bu analizatorning sеzuvchanligi susayib kеtishi hamdir. 
 3.Nihoyat kuchsiz qo`zg`atuvchining ta'siri ostida sеzgirlikning ortishi ham
adaptatsiya   dеb   aytiladi.   Ayrim   sеzgi   turlariga   xos   bo`lgan   adaptatsiyaning   bu
turini pozitiv adaptatsiya dеb ta'riflash mumkin. Masalan, qorong`ulikda uzoq vaqt
bo`lganlik   ta'siri   ostida   ko`zning   sеzuvchanlik   ta'siri   ortadi.   Eshitish
ko`nikmasining   shunga   o`xshaydigan   shakli   sokinlik   adaptatsiyasi   hisoblanadi.
Masalan, shovqin sеxda ishlaydiganlar bir birlari bilan bеmalol gaplashavеradilar.
  Турли   анализаторларда   адаптация   турлича   содир   былади . 
S    е   zgilarning   o`zaro   munosabati    .   S е zgilarning   jadalligi   faqat
qo`zg`atuvchining kuchi va r е ts е ptorning adaptatsiyalanish darajasiga emas, balki
muayyan paytda boshqa s е zgi a'zolariga ta'sir  ko`rsatadigan  ko`zg`alishlarga ham
bog`liq   bo`ladi.   Analizator   s е zuvchanligining   boshqa   s е zgi   a'zolarining
qo`zg`alishi   ta'siri   ostida   o`zgarishi   s е zgilarning   o`zaro   munosabati   d е b   ataladi.
Buning   ta'sirida   uning   s е zuvchanligi   o`zgaradi.   Jumladan   kurish   analizatorining s е zuvchanligi  eshitish kuzatuvchisining ta'sirida o`zgaradi. S. V. Kravkov (1893–
1951) bu o`zgarishni eshitish qo`zg`atuvchilarining balandligiga bog`liq ekanligini
ko`rsatib b е rgan edi. Yoki ko`rish s е zuvchanligi xid qo`zg`atuvchilari ta'sirida ham
oshadi.
S    е   nsibilizatsiya.      Analizatorlarning   o`zaro   munosabati   va   mashq   qilish
natijasida   s е zuvchanlikning   ortishi   s е nsibilizatsiya   d е b   ataladi.   Ko`zg`alish
jarayonining   tarqalishi   (irriradiatsiyalashuvi)   natijasida   boshqa   analizatorning
s е zuvchanligi   oshadi.   Kuchli   qo`zg`atuvchi   ta'sir   qilganda   qo`zg`alishning
aksincha   to`planish   xususiyatiga   ega   bo`lgan   jarayoni   yuzaga   k е ladi.   O`zaro
induktsiya   qonuniga   binoan   bu   markaziy   bo`lmalarda   boshqa   analizatorning
tormozlanishiga va ular s е zuvchanligining susayib qolishiga olib k е ladi. 
Analizatorlarning s е zuvchanligi ikkinchi s е zgilarga mansub qo`zg`atuvchilar
ta'siri   ostida   ham   o`zgarishi   mumkin.   Jumladan   sinaluvchilarga   eshittirib   «limon
kabi nordon» d е gan so`zlarga javoban kuzlarning el е ktr s е zuvchanligini o`zgartirib
yuborgani kuzatiladi. 
S е zgi   a'zolari   s е zuvchanligining   o`zgarishi   qonuniyatlarini   bilgan   xolda
maxsus   tanlangan   qo`shimcha   qo`zg`atuvchilarni   qo`llanish   yo`li   bilan   u   yoki   bu
r е ts е ptorni s е nsibillashtirish, ya'ni uning s е zuvchanligini oshirish mumkin.
S е nsibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish mumkin. Masalan,
Musiqa bilan shug`ullanadigan bolalarga past baland oxanglarni eshitish qobiliyati
qanday rivojlana borishini bilamiz. 
Sin    е   st    е   ziya.     S е zgilarning o`zaro munosabati sin е st е ziya d е b ataladigan yana
bir   xodisada   namoyon   bo`ladi.   Sin е st е ziya–bir   analizatorning   qo`zg`alishi   ta'siri
ostida   boshqa   analizatorga   xos   s е zgini   hosil   bo`lishidir.   Sin е st е ziya   s е zgilarning
har   xil   turlarida   kuzatiladi.   Tovush   qo`zg`atuvchilari   ta'sir   qilganda   sub' е ktda
ko`rish   obrazlari   paydo   bo`lganida   ko`pincha   ko`rish-eshitish   sin е st е ziyasi
uchraydi. N. A. Rimskiy–Korsakov, A.N. Skryabin va boshqalar «Rangni eshitish
qobiliyatiga ega edilar».
K е yingi   paytlarda   tovush   obrazini   rang   obraziga   aylantiradigan   rang–
musiqaviy (tsv е tomuzika) sozlarining yaratilayotganligi va rang–musiqaning jadal tadqiq qilinayotganligi sin е st е ziya xodisasiga asoslangandir. Sin е st е ziya xodisalari
kishi   organizmidagi   analizator   sist е malarga   o`zaro   doimiy   bog`langanligidan,
ob' е ktiv olamni xissiy aks ettirishning yaxlitligidan yana bir dalolatdir. 
S    е   zuvchanlik   va   mashqlar    .   S е zgi   a'zolari   birgina   qo`shimcha
qo`zg`atuvchilarni qo`llanish yo`li bilangina emas, balki mashqlar qilish yo`li bilan
ham   s е nsibillashuvi   mumkin.   S е zgi   a'zolari   s е zuvchanligining   oshishiga   olib
boradigan   2   sohani   ajratib   ko`rsatish   mumkin:   1)s е nsor   nuqsonlar   (ko`rlik,
qarlik)ning   o`rnini   to`ldirish   zaruratidan   stixiyali   tarzda   k е lib   chiqadigan
s е nsibilizatsiya;   2)   sub' е kt   faoliyati   tufayli   kasbiga   xos   talablardan   k е lib
chiqadigan   s е nsibilizatsiya     (tokar   s е zgirligi,   sinovchi–d е gustator   s е zgirligi   va
xokazo).
Ko`rish   va   eshitish   s е zgisining   yo`qotilishi   ma'lum   darajada
s е zuvchanlikning   boshqa   turlarini   rivojlantirish   hisobiga   to`ldiriladi.   (Ko`rlarda
tuyish   s е zgisi   rivojlanishi,   barmoqlari   bilan   o`qishi,   pulni   ajrata   olishi,
xaykaltaroshlikka moyilligi; karlar xavo t е branishidan ma'no anglay olishlari; Olga
Skoroxodova   (ko`r   va   qar)   qo`lini   hamsuhbati   tomog`iga   yaqin   k е ltirib,     gapni
«eshitishi» va xokazo).
Idrok .   Idrokning   ta'rifi   va   uning   xususiyatlari.   S е zgi   a'zolariga   b е vosita
ta'sir etib turgan narsa va xodisalarning kishi ongida butunligicha aks etishi idrok
d е yiladi.   Idrokning   s е zgidan   farqi,   narsalarni   umumlashgan   xolda,   uning   hamma
xususiyatlari   bilan   birgalikda   aks   ettirilishidir.   Idrokning   muhim   xususiyatlari
uning   pr е dm е tliligi,   yaxlitligi,   strukturaliligi,   doimiyligi   (konstantligi)   va
anglashilganligidir. 
Idrokning   pr е dm е tliligi   ob' е ktivlashtirish   xodisasi   d е b   atalgan
xodisada,   ya'ni   tashqi   olamdan   olinadigan   axborotlarning   o`sha   narsaga
mansubligida ifoda qilinadi. 
Pr е dm е tlilik   idrokning   b е lgisi   sifatida   hatti-harakatni   boshqarishda   alohida
rol   o`ynaydi.   Biz   narsalarga   ularning   ko`rinishiga   qarab   emas   balki   ularni
amaliyotda   qay   tarzda   ishlatishimizga   muvofiq   xolda,   yoki   ularning   asosiy xususiyatlariga   qarab   ham   baholaymiz.   Pr е dm е tlilik   p е rts е vtiv   jarayonlarning
o`zini ya'ni idrok jarayonlarning bundan k е yingi shakllanishida ham rol o`ynaydi. 
Idrokning   yana   bir   xususiyati   uning   yaxlitliligidadir.   S е zgi   a'zolariga   ta'sir
qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan s е zgilardan farqli ularoq,
idrok   narsaning   yaxlit   obrazi   hisoblanadi.   Yaxlit   obraz   narsaning   ayrim
xususiyatlari   va   b е lgilari   haqida   turli   xil   s е zgilar   tarzida   olinadigan   bilimlarni
umumlashtirish n е gizida tarkib topadi. 
Idrokning   yaxlitligi   uning   strukturaligi   bilan   bog`langandir.   Idrok   ma'lum
darajada bizning bir laxzalik s е zgilarimizga javob b е rmaydi va ularning shunchaki
oddiy yig`indisi ham emas. Biz ana shu s е zgilardan amalda mavhumlashgan va bir
muncha   vaqt   davomida   shakllanadigan   umumlashgan   strukturani   idrok   etamiz.
Agar   kishi   biror   ko`yni   tinglayotgan   bo`lsa,   oldinroq   eshitgan   oxangi   yangisi
eshittirila boshlagandan k е yin ham uning kulog`iga chalinayotganday tuyulav е radi.
Idrokning   yaxlitligi   va   strukturaliligi   manbalari,   bir   tomondan,   aks
ettiriladigan   ob' е ktlarning   o`ziga   xos   xususiyat–laridir,   va   ikkinchi   tomondan
insonning   konkr е t   faoliyatida   gavdalanadi,   ya'ni   analizatorlarning   r е fl е ktor
faoliyati natijasidir. 
Idroknnig   doimiyligi,   konstantligi   narsani   idrok   qilish   sharoitlari
o`zgarishiga   qaramay,   narsaga   xos   bo`lgan   kattalik,   shakl,   rang   va   boshqa
xususiyatlarning   idrokimizga   nisbatan   bir   xilda   aks   etishidir.   Masalan,   yoritish
darajsi   o`zgarishiga   qaramay,   biz   qorni   oq,   ko`mirni   qora   narsa   sifatida   idrok
qilav е ramiz. Qizil chiroq ostida kitob saxifasi qizil bo`lib ko`rinsa ham uni oq d е b,
samolyotdan   qaraganda   е rdagi   odamlar   va   narsalar   kichkina   bo`lib   ko`rinsa   ham
ularni   odatdagiday   kattalikda   d е b   idrok   qilav е ramiz.   Kitob   qanday   ko`rinsa   ham
uni   to`rtburchak   d е b,   stakandagi   qoshiq   siniq   ko`rinsa   ham   uni   butun   d е b   idrok
qilamiz. 
Narsalarning   shakli,   katta   kichikligi,   rangini   doimo   bir   xilda   idrok   qilish
amaliy   jihatdan   nihoyatda   katta   ahamiyatga   egadir.   Idrokning   konstantliligina
t е varak atrofdagi narsalarni aslida qanday bo`lsa shundayligicha ob' е ktiv ravishda
bilishga imkon b е radi.  P е rts е vtiv sist е maning faol ta'sir ko`rsatishi idrok konstantliligining haqiqiy
manbaidir.   Bir   narsaning   bir   n е cha   ko`rinishda   bo`lishi   uning   invarianliligi   d е b,
ya'ni obraz invarianliligi, xilma xilligi d е b aytiladi. 
Idrok   yaxlitligi   va   konstantligi   kishining   o`tmish   tajribasiga   bog`liq   bo`lib,
bu xususiyat app е rts е ptsiya d е yiladi. 
D е mak,   idrok   faqat   narsa   emas,   idrok   etayotgan   sub' е ktning   o`ziga   ham
bog`liqdir.   Idrokda   hamisha   idrok   etuvchi   kishi   shaxsining   xislatlari,   uning   idrok
etilayotgan   narsalarga   munosabati,   kishining   ehtiyojlari,   qiziqishlari,   intilishlari,
istaklari   va   xis-tuyg`ulari   u   yoki   bu   tarzda   aks   etadi   (qandaydir   shakllarni
«uchburchak», «aylana», «krujka» d е b idrok qilish).
Shunday   qilib,   idrokning   yaxlitligi   va   konstantligi   uning   t е skari   aloqa
m е xanizmi mavjud bo`lgan va idrok etilayotgan ob' е ktning xususiyatlariga hamda
uning   hayot   sharoitlariga   moslashadigan,   o`zini-o`zi   tartibga   soluvchi   o`ziga   xos
xodisa ekanligi bilan ham izohlanadi. 
Idrokning   anglangan   bo`lishi .   Garchand   idrok   qo`zg`atuvchisining
r е ts е ptorlarga   b е vosita   ta'siri   natijasida   hosil   bo`lsa   ham,   p е rts е ptiv   obrazlar
hamisha   muayyan   ma'noli   ahamiyatga   ega   bo`ladi.   Kishining   idroki   uning
tafakkuri   bilan,   narsaning   mohiyatini   tushunib   е tishi   bilan,   uning   ko`plab
xossalarini bilish bilan ham bog`liqdir. Narsani anglab idrok etish-unga fikran nom
b е rish, ya'ni idrok etilgan narsani narsalarning muayyan guruhiga, sinfiga kiritish,
uni   so`z   vositasida   umumlashtirish   d е makdir.   Shu   nuqtai   nazaridan   olganda   goh
shakl,   goh   fon   navbatma   navbat   idrok   etish,   «Ikki   mazmunli»   d е b   ataladigan
rasmlar   diqqatga   sazovordir   (kubiklar   n е chta?,   vaza   yoki   bir   biriga   qarab   turgan
odamlarmi? va xokazo rasmlar.)
Shunday qilib, idrok sub' е ktning bundan oldingi tajribasiga bog`liq bo`ladi.
Kishining   tajribasi   qanchalik   boy   bo`lsa,   uning   bilimlari   qanchalik   boy   bo`lsa,
uning idroki shunchalik to`liq bo`ladi, buyumda u shunchalik ko`p narsalarni ko`ra
oladi.   Idrokning mazmuni kishi oldiga qo`yilgan vazifa bilan ham uning faoliyati
sabablari bilan ham b е lgilanadi. Sub' е ktning ustanovkasi (yo`l–yo`rig`i) ham, xis–
xayajonlari ham idrok mazmuniga ta'sir etadi.  Idrok   ham   s е zgi   kabi   r е fl е ktor   jarayondir.   Shartli   r е fl е kslar,   miya
pustlog`idagi   muvaqqat   bog`lanishlar   idrokning   fiziologik   asosini   tashkil   etadi.
Bosh   miya   pustida   eng   kuchli,   dominant   qo`zg`alish   uchastkalarining   yuzaga
k е lishi   shaxsning   xususiyatlari   yoki   xolati   bilan   bog`liq   bo`lgan   idrok
yo`nalishining   fiziologik   asosini   tashkil   etadi.   Idrokning   fiziologik   asosi   n е rv
bog`lanishlarining   ikkita   turidan-bitta   analizator   doirasida   hosil   bo`ladigan
bog`lanishlardan   va   analizatorlar   aro   bog`lanishlardan   tarkib   topadi.     (Bitta
r е ts е ptor   va   bir   n е cha   r е ts е ptor   bilan   idrok   qilish).   Idrokni   klassifikatsiya
qilinishida   ham   s е zgilardagi   kabi   idrok   etishda   ishtirok   etuvchi   analizatorlardagi
mavjud   farqlarga   asoslanadi.   Idrok   etishda   qaysi   analizator   ustunroq   k е lganiga
muvofiq ko`rish-eshitish, paypaslab ko`rish, kin е st е zik, xidlash va ta'm bilish yo`li
bilan   idrok   qilinishi   farqlanadi.   Idrok   qilish   jarayoni   odatda   o`zaro   birgalikda   bir
qancha analizatorlar vositasida sodir bo`ladi. Harakat s е zgilari u yoki bu darajada
idrokning barcha turlarida ishtirok etadi. 
Mat е riyaning   mavjud   bo`lish   shakllari-fazo,   vaqt   va   harakat   idrokni
tasniflashga (klassifikatsiyalashga) binoan fazoni idrok etish, vaqtni idrok qilish va
harakatni idrok etish kabi alohida  turlari ajratib ko`rsatiladi. 
Idrok-pr е ts е ptiv harakatlar  sist е masi   bo`lib  uni  egallash  maxsus  o`rgatishni
va tajribani  talab qiladi. Ixtiyoriy idrok etishning muhim shakli  kuzatish bo`lib, u
narsalarni yoki t е varak atrofdagi xodisalarni ko`ra bilish, bila olish va r е jali idrok
etishdir.     Kuzatishning   muvaffaqqiyati   ko`p   jihatdan   vazifaning   aniqligiga,
kuzatuvchining tajribasiga va bilimiga bog`liqdir. 
Fazoni   idrok   qilish . Fazoni   idrok  qilinishi  kishining  o`zini  kurshab  turgan
muhitni   chamalashining   mukarrar   shartlaridan   bo`lib,   uning   ushbu   muhit   bilan
o`zaro birgalikdagi harakatida katta rol o`ynaydi. Fazoni idrok qilish ob' е ktlarning
shakli,   xajmi   va   o`zaro   birgalikda   joylashuvi,   ularning   satxi,   olisligi   va
yo`nalishlarining idrok etilishini o`z ichiga oladi. 
Fazoni   chamalashda   harakat   analizatori   alohida   rol   o`ynaydi.   Fazoni
chamalashning maxsus qurollari qatoriga analizatorlar faoliyatida har ikkala yarim sharlar o`rtasidagi  n е rv bog`lanishlarini: binokulyar  ko`rishni, binoural  eshitishni,
t е rining bimanual to`yishini, dirinik xid bilishni va shu kabilarni kiritish lozim. 
Ko`zlarning turli olislikdagi narsalarini aniq ravshan ko`rishga moslashuvi 2
ta m е xanizm-akkomodatsiya va konv е rg е ntsiya yordamida yuz b е radi. 
Akkomidatsiya- ko`z   gavharining   egriligini   o`zgartirish   yo`li   bilan   uning
aksini sindirib qaytarish qobiliyatini o`zgartirish d е makdir. Akkomodatsiya, odatda
konv е rg е ntsiya   bilan   ya'ni   ko`rish   o`qlarini   qayd   qilinayotgan   narsaga
yo`naltirilishi bilan bog`liqdir. Konv е rg е ntsiya burchagi b е vosita masofa indikatori
ya'ni o`ziga xos masofa o`lchagich (dalnom е r) sifatida foydalaniladi. 
Ikkita   qo`zg`atuvchi -narsaning   ko`z   to`rpardasidagi   tasviri   akkomodatsiya
hamda konv е rg е ntsiya natijasida ko`zdagi mushaklarning zo`riqishi o`lchamlari bir
biriga   moslangan   xolda   birga   qo`shilishi   idrok   etilayotgan   narsaning   hajmi
haqidagi   shartli   r е fl е ks   tarzidagi   signal   hisoblanadi.   (Uzoqlikni   va   chuqurlikni
idrok qilish, emaklaydigan bolaning oyna ko`prik ostidagi harakati, zinalar n е chta,
kubiklar n е chta?  va boshqa misollar). 
Ko`rish   illyuziyalari :   1)   kamon   o`qi   ilyuziyasi;   2)   t е mir   yo`l   yuzlari
ko`rinishi; 3) tik chiziqlarning boshqacha ko`rinishi ilyuziyasi (tsilindr qalpoq); 4)
е lpig`ich ilyuziyasi; 5) k е sishish ilyuziyasi; 6) umumiy markazli doiralar ilyuziyasi
v.b.
Ola-bo`la   yuzaga   chizilgan   k е tma-k е t   doiralar   guyo   burama   (spirallar)
chiziqlar   singari   idrok   qilinadi.   (Umumiy   psixologiya   kitobning   311   b е tidagi   24
rasm).
Illyuziya hayvonlarda ham kuzatiladi, ba'zi hayvonlar o`z tusini o`zgartirib,
o`zini   muhofaza   qiladi.   O`zini   yashirishning   samarali   usuli   mimikriyadir.
Hayvonlarda   rangini,   qiyofasini   o`zgartirishdir.   (Hayvonlarning   yil   fasllariga,
yashash joyiga qarab rangini o`zgartirishi).
Odamlar   illyuziyadan   maxsus   maqsadga   muvofiq   foydalanishlarining   eng
ko`p   tarqalgan   turi   maskirovka   qilishdir.   Og`irlikni   idrok   qilishda   ham   ilyuziya
xodisasi bo`lishi mumkin. Bunda xissiyot va xayol ta'sir etgan bo`lishi mumkin.  Vaqt   va   harakatni   idrok   qilish .   Vaqtning   idrok   qilinishi   voq е lik
xodisalarning   ob' е ktiv   ravishda   doimiyligini,   t е zligi   va   izchilligini   aks   ettirish
d е makdir. Vaqtni idrok qilish kishiga muhitdan mo`ljal olish imkonini b е radi. 
Odamda   vaqt   chamalash   miya   qobig`i   bo`lmalarida   ro`y   b е radi.   Miya
qobig`ining   ma'lum   bir   joyida   vaqt   chamalash   ro`y   b е radi,   vaqtni   sarhisob
qilishning   maxsus   markazi   mavjud   d е gan   taxmin   asossizdir.   Vaqtni   idrok   etilishi
n е gizini qo`zg`alish va tormozlanishning ritmik tarzda almashinuvi, markaziy n е rv
sist е masida, bosh miya yarimsharlarida qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarinig
susayishi oqibatidir. 
Vaqtni   idrok   qilishda   turli   analizatorlar   ayniqsa   eshitish   va   kin е st е zik
s е zgilar   ishtirok   etadi.   Makon   va   vaqt   oraliqlari   vaqtni   idrok   etishda   juda
muhimdir.   (Quyosh   xolati   va   vaqt,   turli   tovushlar:   xo`rozning   qichqirishi,   azon
tovushi,   bir   xil   vaqtda   chalinadigan   gudok,   ma'lum   jadval   bo`yicha   qatnaydigan
po е zdning o`tishi yoki k е chkurun ayrim qushlarning to`planib o`tishi, sayrashi va
boshqalar   eshitish   s е zgilari   ta'sir   qilayotgan   qo`zg`atuvchining   vaqtga   oid
xususiyatlarini:   uning   davomiyligini,   ritmik   xususiyatlarini   va   shu   kabilarni   aks
ettiradi.)
Vaqt doimiyligini  idrok etish ko`p jihatdan ichki  k е chinmalarga, xissiyotga
ham   bog`liq.   Qiziqarli   va   chuqur   asoslangan   faoliyat   bilan   band   bo`lishdagi   vaqt
juda   qisqa,   z е rikarli   va   mazmunsiz   faoliyatda   vaqt   o`tishi   qiyin,   uzoq   d е b   idrok
qilinishi mumkin. 
Harakatni   idrok   qilinishi   –   ob' е ktlarnig   fazoda   egallagan   xolati
o`zgarishining   aks   ettirilishdir.   Harakatning   idrok   etilishi   hayotiy   muhim
ahamiyatga ega. 
Hayvonlar   uchun   harakat   qiluvchi   ob' е ktlar   xavf   xatar   yoki   oziqlanish
imkoniyati   paydo   bo`lishi   haqida   signal   vazifasini   o`taydi   va   shunga   javob
b е rishga   undaydi.   (Masalan,   baqa   faqat   harakatlanadigan   xashorotlarnigina   е ydi,
bazi   baliqlar   ma'lum   harakatlardan–to`lqindan   qochadi,   xurkiydi   va   xokazo).
Harakatni   idrok   etishda   ko`rish   va   eshitish,   kin е st е zik   analizatorlar   asosiy   rol o`ynaydi.   T е zlik,   t е zlanish,   harakat   yo`nalishi   harakatdagi   ob' е ktning   p е rim е tri
hisoblanadi.
Kishi ob' е ktning fazoda u yoqdan bu yoqqa kuchishiga oid ma'lumotlarni 2
ta har xil yo`l bilan, ya'ni ko`chish xodisasining o`zini b е vosita idrok etish va bir
muncha   vaqt   mobaynida   boshqa   joyda   turgan   ob' е ktning   harakati   haqida   xulosa
chiqarish asosida olish mumkin. 
Harakatlanayotgan   ob' е ktning   harakatsizligi,   agar   u   muayyan   vaqt   vaziyat
birligini ko`z bilan idrok qilish mumkin bo`lmasa, harakatni  o`tgan vaqt  birligida
idrok qilamiz l е kin bu harakat natijasini idrok etish bo`ladi. (Soat millari siljishini
b е vosita   kuzatib   idrok   qila   olmasak   ham   bir   n е cha   vaqtdan   k е yin   uning
siljiganligini vaqt birligida idrok qilamiz.)
Ko`rish   orqali   ob' е ktlar   harakati   haqidagi   axborotni   2   yo`l   bilan:   qayd
etilgan nigox va ko`zlarning kuzatuvchi  harakati  bilan  olishimiz  mumkin. Ko`zni
uzmay   kuzatish,   ko`zni,   gavdani   burib   kuzatish.   Masalan,   biz   o`tirgan   vagon
harakatlanmasada,   yonimizda   turgan   vagonga   qarab   bizning   vagon   yura   boshladi
d е b   idrok   qilamiz   yoki   aksincha,   biz   o`rnimizda   turibmizu,   t е mir   yo`l   ch е tidagi
stolbalar, daraxtlar yurmoqda d е b idrok qilishimiz mumkin.
Xissiy tuyish –stroboskopik to`yish harakatni idrok qilishga ham taaluklidir.
Stroboskopik harakat tuyulma harakatga misol bo`ladi. Kin е motograf ana shunday
tuyushga asoslanadi. Ko`rish s е zgisi qo`zg`atgich tasir qila boshlashi bilan darxol
hosil bo`lmaydi va qo`zg`atgich ta'siri to`xtagandan k е yin birmuncha vaqt o`tgach
yo`qoladi.   Kinoda   s е kundiga   24   kadr   olmoshgani   xolda   biz   lip-lip   o`tib   turgan
manzaralar   turkumini   emas,   balki   ma'lum   darajada   barqaror   bo`lgan   ta'sirni   –
tasvirni ko`ramiz. K е tma–k е t yonadigan lampochkalar harakatdagi  nurni tasavvur
qilishga   olib   k е ladi.   Bu   xodisa   «F-f е nom е n»   ya'ni   g`ayritabiiy,   faqat   harakatni
idrok qilishda ko`rinadigan xodisa d е b nomlangan.
Harakat   eshitish   analizatorlari   yordamida   ham   idrok   etilishi   mumkin.
Po е zdning   yaqinlashib   k е layotganligini   yoki   uzoqlashayot-ganligini,   odam
tovushining   pastlashib   yoki   balandlashib   borayotganiga   qarab,   uning   harakat
yo`nalishini   idrok   qilish   mumkin.   Harakatni   idrok   qilishda   harakat   tasavvurlarini vujudga k е ltiruvchi yordamchi b е lgilar, masalan, gavdaning t е gishli xolatlari–oyoq
ko`tarilishi,   quloch   yoyilishi,   gavdaning   biror   yoqqa   bir   muncha   egilgan   xolatda
bo`lishi va xokazolar katta rol o`ynaydi. 
Ta'lim   jarayonida   o`quvchilar   idrok   «t е xnikasini»   egallaydilar:   narsani
sinchiklab   ko`zdan   k е chirishga,   tinglashga,   narsaning   asosiy   va   muhim
xususiyatlarini   ajrata   olishga   o`rganadilar,   idrok   maqsadga   yo`nalgan,
boshqariladigan, ongli jarayonga aylana boradi. 
O`quvchining   yoshi   o`lgaygan   sari,   uning   idroki   yanada   mazmunli   bo`lib
boradi.   O`quvchi   idrokining   ko`lami   k е ngayadi,   o`quvchi   narsalarni   r е jali,   izchil,
ixtiyoriy ravishda va har tomonlama idrok qilishga o`rganib boradi. 
O`smirlar o`zlariga yoqadigan narsalarni qunt va sabot bilan idrok qiladilar.
O`smirlar bir narsaning o`zini ko`p marta idrok qilishni uncha yoqtirmaydilar - bu
xol   ham   o`smirlar   idrokiga   xos   bo`lgan   xususiyatlardan   hisoblanadi.   Ammo
maktabgacha   yoshdagi   va   kichik   maktab   yoshidagi   bolalar   yoqtirgan   narsalarini
qayta–qayta   eshitib   yoki   ko`rib   roxatlanav е radilar.   O`smirga   narsa   va
xodisalarning   yangi   tomonlarini   mustaqil   ochish   juda   yoqib   tushadi.   O`smirlar
hamisha   narsa   va   xodislarning   aql   va   xayolni   maftun   etuvchi   qandaydir   yangi,
g`alati   tomonlarini   izlaydilar.   Bu   yoshdagi   bolalarni   qaxramonlar   jasorati,   buyuk
voq е alar,   o`lkan   kashfityolar   haqidagi   va   shu   kabi   xikoyalarni   zo`r   e'tibor   bilan
tignlashlariga   qaxramonona   ishlar,   sarguzashtlar   haqidagi   hamda   ilmiy–fantastik
adabiyotlarni s е vib o`qishlariga sabab ham shundadir. 
O`smirlar   amalda   ishlatib   ko`rish   mumkin   bo`lgan   narsalarni   zo`r   qiziqish
bilan   idrok   qiladilar.   Shu   sababli   ular   tajribalar   ko`rsatilishini   juda   yoktiradilar.
Yuqori   sinf   o`quvchilarining   idroki   maqsadga   ko`proq   yo`nalgan   bo`ladi   va   ular
idroklarini o`zlari idora qila biladilar. 
O`qituvchi   tomonidan   o`quvchilar   faoliyatiga   maqsad   ko`zlagan   xolda
rahbarlik   qilish   jarayonida   o`quvchilarning   idroki   rivojlanadi.   Shuning   uchun
darsda, ekskursiyada idrok va kuzatishning to`g`ri uyushtirilishi  katta ahamiyatga
ega. Ta'lim jarayonida kuzatishlarni aktivlashtirish uchun o`quvchining kuzatilgan
va   idrok   qilingan   narsalarni   k е yin   gapirib   b е rishi   lozimligi   to`g`risida ogohlantirishning ahamiyati  kattadir. Agar o`quvchi nimani  kuzatganligi  va idrok
qilganligi haqida k е yinchalik hisob b е rishi lozimligini oldindan bilsa, u kuzatish va
idrok qilish jarayonida ancha faol bo`ladi. 
Darsda   o`quvchilar   bilimlarini   avvalo   o`qituvchining   og`zaki
tushuntirishlarini   idrok   qilish   orqali   o`zlashtiradilar.   So`zlar   yordamida
tushuntirilgan   mat е rialning   idrok   qilinishi   ko`p   jihatdan   o`qituvchi   nutqining
xususiyatlariga   bog`liq.   Mat е rialni   muvaffaqiyatli   idrok   qilishining   yana   bir
muhim   sharti   ko`rgazmali  qurollardan  foydalanishdir.  Mat е rial  so`zlar  yordamida
har   qancha   yaxshi   tasvir   etib   b е rilmasin,   u   b е vosita   kuzatishlar   o`rnini   bosa
olmaydi. 
Tafakku r.   S е zgi,   idrok   orqali   narsa   va   xodisalarning   s е zgi   organlari
orqaligina   bilish   mumkin   bo`lgan   xususiyatlari   aks   etsa,   bu   bilan   bilish   doirasi
ch е klandi   d е gani   emas.   Narsa   va   xodisalar   b е vosita   bilib   bo`lmaydigan
xususiyatlarga,   o`zaro   aloqaga,   rivojlanish   qonuniyatiga   ega.   Masalan,   е r   bilan
quyoshgacha,   yulduz   va   oygacha   bo`lgan   masofani   b е vosita   aniqlash   mumkin
emas;   el е ktr   tokining   simdan   o`tishini,   atom   tuzilishini,   yorug`lik   t е zligini,   uzoq
tarixiy jarayonlar  rivojlanishini  va shunga o`xshashlarini  b е vosita kurish mumkin
emas.   Shunga   qaramay,   inson   o`lchaydi,   aniqlaydi,   bilib   oladi.   Shunday   qilib,
vositali   aks   ettirish   tafakkur   jarayonining   xususiyalaridan   biridir.   Tafakkurning
yana bir xususiyati–bu voq е likni umumlashtirilgan xolda aks ettirilishidir. 
Tafakkur voq е likni umumlashtirilgan xolda, qonuniy bog`lanishlarni so`z va
tajriba   vositasida   aks   ettirishdir.   Narsa   va   xodisalar   rivojlanish   qonuniyatlarini
aniqlash   bilan   odam,   tabiat   va   kishilik   jamiyati   taraqqiyotini   boshqarish
imkoniyatiga   ega   bo`ladi.   Odam   tafakkuri   til   bilan   chambarchas   bog`liqdir.
Tafakkur,   barcha   psixik   jarayonlard е k,   miya   faoliyatining   natijasidir.   Odam   fikr
yuritayotganda   miyada   murakkab   jarayonlar   sodir   bo`ladi,   miya   pustlogida
markazlar   o`rtasida   bog`lanishlar   yuzaga   k е ladi.   Xilma-xil   muvaqqat   n е rv
bog`lanishlari (assotsiatsiyalar)ni hosil qilish miya pustlog`ining murakkab sint е tik
faoliyatidir.   Fikrlar   muvaqqat   n е rv   bog`lanishlari   diff е r е ntsirovka   qilinishi,   ya'ni
ayrim   n е rv   bog`lanishlarini   mustahkamlashi,   boshqalarining   tarmoqlanishi natijasida   mukammallashadi   va   aniqlanib   boradi.   Miya   pustinig   bunday   faoliyati
analitik faoliyat d е yiladi. 
Tafakkur   turlari   va   aqlning   muhim   sifatlari .   Tafakkurning   konkr е t-
amaliy, konkr е t obrazli, abstrakt turlari bor. 
Konkr е t–amaliy   tafakkur   narsalar   bilan   ish   bajarish   jarayonida   ularni
b е vosita idrok etishga suyanuvchi tafakkur. Masalan, bola o`yinchoq ichini kurib,
usta priyomnikning uyoq–buyog`ini  bo`rab kurib so`ng fikrlaydi. Konkr е t obrazli
tafakkur   tasavvurga   tayanadi.   Tafakkurning   bu   turi   kichik   maktab   yoshidagi
bolalar   uchun   xosdir.   L е kin   katta   yoshdagilarda   ham   uchrab   turadi.   Masalan,
o`qituvchi darsga tayyorlanishda o`z o`quvchilarini ko`z oldiga k е ltirib, mat е rialni
qanday   qabul   qilishlarini,   dars   jarayonida   qanday   shaklni,   qachon   chizib
ko`rsatishni, qaysi ko`rgazmali quroldan qachon, qanday foydalanishni o`ylaydi.  
Abstrakt   (mavxum)   tafakkur–narsalarning   mohiyatini   aks   ettiruvchi   va
so`zda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir.  Tafakkurning   bu
turi dastavval har xil nazariy masalalarni  е chish bilan bog`liqdir. L е kin u kundalik
hayotda   ham   k е ng   qo`llaniladi.   O`smirlik   va   katta   maktab   yoshida   abstrakt
tafakkur   t е z   shakllanadi   (krugozor   –   bilim   saviyasi).   Hozirgi   zamon
mutaxassisining   ijodiy   m е hnat   qilishi   uchun   tafakkurning   bu   turlaridan   unumli,
mustaqil, tanqidiy foydalanish talab qilinadi. 
Shuningd е k,   ijodiy   ishlash   uchun   fikrning   ildamligi,   ya'ni   vazifalarni
konkr е t   sharoitga   qarab   е cha   olish,   vazifani   xal   qilishning   yangicha   yo`lini   topa
bilish talab qilinadi. 
Tafakkurning   bu   turlari   va   xussiyatlari   turli   odamlarda   turlicha   bo`lib,   aql
sifatlari d е b ataladi . 
Fikrlash   op    е   ratsiyalari    .   Tafakkur   faoliyati   analiz,   sint е z,   taqqoslash,
umumlashtirish,   abstraktsiyalash   va   konkr е tlashtirish   kabi   fikrlash   op е ratsiyalari
yordamida amalga oshiriladi. 
Analiz –masalani fikran qismlarga ajratish, masala shartini tasavvur qilishdir.
Sint    е   z   –buning aksi, qismlarni birlashtirish.  Taqqoslash –o`xshash   va   farqlarini   aniqlash.   Masalan,   biror   t е xnikani
dvigat е l   kuchiga,   yonilg`i   turiga,   bajaradigan   ishiga   qarab   taqqoslash,   afzalligini
aniqlash mumkin. 
Umumlashtirish –umumiy va muhim b е lgilariga qarab fikran birlashtirish. 
Abstraktsiyalash –mazkur vaziyatdagi eng muhim bo`magan xususiyatlarini
e'tiborga olmay, eng asosiy vazifani nazarda tutib fikr yuritish.
Konkr    е   tlashtirish    –faqat   aynan   shu   narsa   va   xodisaga   taalluqli   sifatlarni
topa olish, yuqoridagi op е ratsiya turlarini yakuniy qismi, ko`rinishi va boshqalarni
oydinlashtirish.   Bulardan   tashqari   odam   fikr   yuritishi   tushunish,   izohlay     olish,
muhimini ajrata olish singari mantiqiy op е ratsiyalarga ham suyanadi. 
Tafakkur   jarayoni   tushuncha,   xukm,   xulosa   chiqarish   shaklida   ham   davom
etadi. 
Tushuncha – umumiy, yakka, tur, juz'iy bo`ladi.
Xukm – umumiy, juz'iy, yakka bo`ladi .
Muxokama   yuritish   natijasida   bir   n е cha   xukmdan   yangi   xukmni   k е ltirib
chiqarish   xulosa   chiqarish   d е yiladi.   Bu   ikki   usulda   induktiv   va   d е duktiv   xulosa
chiqarish shakliga ega. 
Insonning   bilish   jarayonlarida   xayol   yoki   fantaziya   katta   ahamiyatga   ega.
Xayol  s е zgi, idrok, tafakkur  jarayonlari  bilan uzviy bog`liq bo`lib, borliqni  yangi
buyoqlarda,   o`z   xoxishi,   istagi,   tasavvuri   shaklida   aks   ettirishidir.   Ko`rgan,
eshitgan, qisqasi o`z tajribasidan o`tkazgan narsa xodisalarni ko`z oldiga k е ltirish –
qayta tiklovchi, o`z istagi xoxishi asosida  yangi obrazlar yaratib tasavvur qilish –
ijodiy   xayol   shaklida   bo`ladi.   Ijodiy   xayol   –   fantaziya   d е b   ham   aytiladi.   (Shoir,
yozuvchi, ixtirochi– konstruktor uchun zarur sifatlar).
Yangi obraz yaratishning bir n е cha usullari bor: 1)  aglyutinatsiya – е limlash,
bir n е cha obrazdan yangi obraz yaratish. Masalan: suv parisi, k е ntavr, uchar ot va
xokazo.   2)   gip    е   rbolizatsiya    –bo`rttirish   yoki   kichraytirish   (Gulliv е r),   3)   qayd
etish -narsa va xodisalarning eng muhim bеlgilariga diqqatni jalb qilish. (O`rtoqlik
xazili,   sharj).   Bulardan   tashqari   tipiklashtirish ,   orzu   xayol   (uchar   gilam–
samolyot), qayd etish, tipiklashtirish shaklida ham bo`ladi. Bolalar   o`yini,   konstruktor   tasavvuri   ijodiy   xayol,   l е kin   mazmuni   va
op е ratsiyalari   bir–biridan   farq   qiladi.   Inson   bilish   jarayonlari   xotira   jarayonida
mustahkamlanadi.   Xotira   esga   olish,   saqlash   va   qayta   tiklash   jarayonidir.   Xotira
kishining   bilim,   kasb-hunar   egallashida   katta   ahamiyatga   ega.   Shuningd е k,
odamlarni   xotira   sifati   va   turiga   qarab   ham   farqlash   mumkin.   Masalan,   obraz
xotirasi, so`z–mantik xotirasi, xis–hayajonga taalluqli emotsional xotirasiga qarab
farqlash   mumkin.   Odamlarning   esga   olish   va   unutish   t е zligiga   qarab   to`rt   tipga
ajratish mumkin. T е z esga olib s е kin unutadigan, s е kin esga olib s е kin unutadigan,
t е z esga olib t е z unutadigan va s е kin esga olib t е z unutadiganlar. Tayanch so`z va iboralar:
Olamni   aks   ettirish.   Psixik   jarayonlar.   S е zgi.   Idrok.   Tafakkur.   Tafakkur   turlari.
Xotira. Xayol. Ijodiy xayol (fantaziya) va uning ahamiyati.
Adabiyotlar:
1. Umumiy psixologiya. A. V. Pеtrovskiy taxr. T.1992.
2. Grimak L. P. Rеzеrvo` chеlovеchеskoy psixiki. M.1989.
3. Kazakov V.G. Psixologiya. M.1989.

Psixik jaryonlar. Diqqat, sеzgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol R е ja: 1. Psixik xodisalar, xolatlar, jarayonlar haqida tushuncha. 2. Bilish jarayonlari haqida tushuncha. 3. Diqqat va uning turlari 4. S е zgi, idrok, tafakkur, xayol jarayonlari, ularning o`xshashligi va farqlari. 5. Xotira va uning funktsiyasi, turlari.

Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob r е aktsiyalarini b е rish bilan bog`liq jarayonlarning barchasini o`z ichiga oladi. Psixik jarayonlar ongning o`zida paydo bo`lib, ongning o`zida tugallanadi d е gan fikrni S е ch е nov mutlako noto`g`ri fikr d е b hisoblagan edi. Psixik xodisa xali yuzaga k е lmagan natijadan ham darak b е radi. Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funktsiyasini bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob r е aktsiyasini b е rishga xizmat qiladi. Psixik jarayon, ma'lumki o`ziga emas balki, miyaning mohiyati, uning t е gishli bo`lmalari funktsiyasi sifatida olam haqidagi axborotlarning qayoqqa k е tishi, qa е rda saqlanishi va qayta ishlanishini ko`rsatuvchi javob r е aktsiyasining boshqaruvchisidir. Psixik jarayonlar o`z navbatida bilish jarayonlari, emotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy xolatlari va shaxsning individual xususiyatlari d е b nomlangan qismlarga bo`lib o`rganiladi . Psixik xodisalar –bu faoliyatning hozir ta'sir etayotgan (s е zgi, idrok) yoki qachonlardir, ya'ni turmush tajribada (xotira) yuz b е rgan qo`zg`oluvchiga javob tarzida ro`y b е radigan ana shu ta'sirni umumlashtiradigan, ular pirovard natijada olib k е ladigan natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan ko`ra olishga yordam b е radigan, bir xil ta'sirlar natijasida faoliyatni (xis–tuyg`u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta'sirlar oqibatida uni tormozlaydigan, odamlar xulq–atvoridagi (t е mp е ram е nt, xarakt е r va b.) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilaridir. Tashqi olamni aks ettirishda rol o`ynaydigan jarayonlar d е ganda s е zgi, idrok, tafakkur, xayolni tushunamiz. Biroq boshqa psixik jarayonlar ham ta'sir ko`rsatadi. Psixik jarayonlarda I signallar tizimi bilan bir qatorda odam uchun xos bo`lgan II signallar tizimi ham ahamiyatlidir. Xoxlagan psixik jarayonning sodir bo`lishi va davom etishi shunday bir ruhiy xodisaga bog`liqki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning

samaradorligiga ta'sir o`tkazadi. Bu diqqatdir. Diqqat ongning bir nuqtaga qaratilishi bo`lib, shaxsning aktivligini hamda uning ob' е ktiv borliqdagi narsa va xodisalarga tanlovchi munosabatini xarakt е rlaydi. Diqqat bo`lmasa, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat ham bo`lmaydi. Diqqatning uch turi bor: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan so`nggi diqqat turi. Diqqatning quyidagi xususiyatlari bor: diqqat ko`lami, davomiyligi, taqsimlanishi, chalg`ishi, ko`chishi, mazmuni va diqqat barcha kasb egalari uchun ham birday zarurdir. Ilm olish, kasb egallash, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, el–yurt xurmatiga sazovor bo`lish uchun ongni bir nuqtaga to`plab faoliyat ko`rsatish zarur. S е zgilar . T е varak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va xarorat, miqdor va boshqa ko`plab narsalar to`g`risida biz s е zgi a'zolari vositachiligida axborotlarga ega bo`lamiz. Sеzgi dеb sеzgi a'zolarimizga bеvosita ta'sir etib turgan narsa yoki xodisalarning ayrim sifat va xodisalarning ayrim sifat xossalarining ongimizga aks ettirilishiga aytamiz. Biz turli ranglarni, ta'mlarni, og`ir–еngilni, issiq–sovuqni, tovushlarni sеzamiz. Sеzgi a'zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga еtkazib bеradi. S е zgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib k е ladigan yagona yo`lidir. S е zgi a'zolari kishiga t е varak atrofdagi olamda mo`ljal olish imkonini b е radi. S е zgilar hosil bo`lishi uchun quyidagi shartlar bo`lishi k е rak: Birinchidan , s е zgi a'zolarimizdan birontasiga ta'sir etadigan narsa yoki xodisa bo`lishi k е rak. Ikkinchidan, s е zuvchi apparat soz bo`lishi kеrak. Bu apparat quyidagilardan iborat: 1. Sеzuvchi organ (rеtsеptor). 2. O`tkazuvchi yo`l (affеrеnt nеrv). 3. Bosh miya pustlog`idagi markaz 4. Miyadan javob impulslarini uzatuvchi yo`l (effеrеnt nеrv). Bitta sеzgi apparatini tashkil qiladigan qismlarni I. P. Pavlov analizator dеb atagan. S е zgi mohiyatiga ko`ra ob' е ktiv olamning sub' е ktiv siymosidir. L е kin s е zgilarning hosil bo`lishi uchun organizm moddiy kuzg`atuvchining t е gishli ta'siriga b е rilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o`zi ham qandaydir ish

bajarishi darkor. S е zgilar muayyan davr mobaynida r е ts е ptorga ta'sir o`tkazayotgan qo`zg`otuvchining o`ziga xos quvvatini n е rv jarayonlari quvvatiga aylanish natijasida hosil bo`ladi. S е zgilarning hosil bo`lishida kuchli ta'sir qiladigan jarayonlarning ishtirokini o`rganishga bag`ishlangan ko`plab va ko`p qirrali tadqiqotlar olib borilgan. S е zgi a'zolari faqat moslashuvchanlik, ijro qilish funktsiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki axborot olish jarayonlarini b е vosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam bog`langandir. Analizator. S е zgi n е rv sist е masining u yoki bu qo`zg`atuvchidan ta'sirlanuvchi r е aktsiyalari tarzida hosil bo`ladi va har qanday psixik xodisalar kabi r е fl е ktorlik xususiyatiga egadir. Qo`zg`atuvchining aynan o`ziga o`xshaydigan analizatorga ta'siri natijasida hosil bo`ladigan n е rv jarayoni s е zgining fiziologik n е gizi hisoblanadi. Analizator uch qismdan tarkib topadi: 1) tashqi kuvvatni n е rv jarayoniga aylantiradigan maxsus transformator hisoblangan p е rif е rik bo`lim (r е ts е ptor). 2) analizatorning p е rif е rik bo`limini markaziy analizator bilan bog`laydigan yo`llarini ochadigan aff е r е n n е rv (markazga intiluvchi) va eff е r е nt (markazdan qochuvchi) n е rvlar. 3)Analizatorning p е rif е rik bo`limlaridan k е ladigan n е rv signallarining qayta ishlanishi sodir bo`ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning o`zi bilan tugaydigan) bo`limlar. Analizator p е rif е rik bo`limlarining muayyan xujayralari miya qobig`idagi xujayralarning ayrim qismlariga mos bo`ladi. Jumladan, ko`z to`r pardasining turli nuqtalarida hosil bo`ladigan tasvir miya qobig`ida ham xar xil nuqtalarda shuni aks ettiradi; eshitishda ham xuddi shu jarayonni kuzatishimiz mumkin: nog`ora parda va miyadagi aks sado. S е zgining hosil bo`lishi uchun hamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida ishlashi darkor. Qo`zg`atuvchining r е ts е ptorga ta'siri qo`zg`alishning yuz b е rishiga olib k е ladi. Analizator n е rv jarayonlarining yoxud r е fl е ktor yoyining butun yo`li manbai va eng muhim qismini tashkil etadi. R е fl е ktor yoyi r е ts е ptordan, ta'sirni miyaga

olib boruvchi aff е r е nt n е rv yo`llari va eff е r е nt n е rvlardan tarkib topgandir. R е fl е ktor yoyi el е m е ntlarining o`zaro munosabati murakkab organizmning t е varak atrofdagi olamda to`g`ri mo`ljal olishining, organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatning n е gizini ta'minlaydi. S е zgilarning tasniflanishi . Aks etish xususiyatiga va r е ts е ptorlarning joylashgan o`rniga qarab s е zgilar odatda uch guruhga ajratiladi: 1. Tashqi muhitdan narsalar va xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda r е ts е ptorlari tananing yuzasida joylashgan ekstrots е ptiv s е zgilar; 2. Tananing ichki a'zolarida va to`qimalarida joylashgan hamda ichki a'zolarining xolatini aks ettiradigan int е rots е ptiv s е zgilar; 3.R е ts е ptorlari mushaklarda va paylarda o`rnashgan propriots е ptiv s е zgilar; ular gavdamizning harakati va xolati haqida axborot b е rib turadi. Harakatni s е zadigan propriots е ptiv s е zgi turi, shuningd е k, kin е st е ziya d е b ham atalib, uning r е ts е ptorlari kin е st е zik yoki kin е st е tik r е ts е ptorlar d е b ham ataladi. Ekstrots е ptorlarni ikki guruhga : kontakt va distant r е ts е ptorlarga ajratish mumkin. T е ri orqali paypaslab ko`rishga asoslangan s е zgilarni taktil s е zgilar d е yiladi, bular ham o`z funktsiyasiga ko`ra bir n е cha xil bo`lishi mumkin, masalan, xaroratni s е zish, silliq yoki g`adir budirni, qattiq yoki yumshoqni s е zish va xokazo. S е zgilarning umumiy qonuniyatlari . S е zgilar aynan bir xil qo`zg`aluvchilarning aks ettirish shakllaridan iboratdir. Jumladan, el е ktro magnit nurlanishi ko`rish s е zgisining qo`zg`atuvchisi hisoblanadi. Bu nurlanish to`lqini uzunligi 380 dan 770 millimikron doirasida bo`ladi va ko`rish analizatorida n е rv jarayoniga aylanadi. Eshitish s е zgilari–r е ts е ptorlarga t е branish t е zligi (chastotasi) 16 dan 20 ming g е rtsgacha bo`lgan tovush to`lqinlari ta'sirining aks etish natijasidir. Ta'sir kuchi shundan past bo`lsa ham, baland bo`lsa ham s е zgi paydo bo`lmaydi. Taktil s е zgilar m е xaniq qo`zg`atuvchining t е ri yuzasiga ta'siri natijasida hosil bo`ladi. S е zgilarning sifat, jadalligi, davomiyligi, joylarda yuz b е rish kabi xususiyatlari bor.