logo

Xayol

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

81 KB
Xayol
R e j a:
1.  Xayol  haqida   tushuncha.
2.   Xayolning                   ijtimoiy   tabiati    ,   fiziologik   mexanizmlari.
3.  Xayol  jarayonlari  va   turlari.
4.  Bolalarda  xayolni  rivojlantirilishi .
5.Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar
1 1. Insonlr borliqni anglab, unda yuz berayotgan narsalarni qabul qilib, qolibgina
qolmay   o`ni   o`zgartirishga   ham   harakat   qiladi.   Borliqni   amaliyotda   o`zgartira
olishni bilish bilan birga xayolni ham o`zgartira bilish lozim.
Xael   ong   faoliyati   bo`lib,   mavjud   tasavvurlar   orqali   yangi,   hayotda   mavjud
bo`lmagan   obrazlar ,   ob’ektlarni   yaratishdir.   Xayolning   funktsiyasi   –   o`tgan
tajriba   natijalarini   qayta   ishlashdir.   Hech   narsasiz   xayol   mavjud   bo`lishi   va
yaratilishi   mumkin   emas.   Ushbu   tasavvurlar   xotiradan   farq   qiladi   va   xayol
tasavvurlari   deb   ataladi.   Xayol   eki   fantaziya,   tafakkur   kabi ,   yuksak   bilish
jarayonlari   qatoriga   kirib,   kishining   o`ziga   xos   insoniy   xarakterga   ega   bo`lgan
faoliyatlarida   namayon   bo`ladi.   Mehnatning   tayer   natijasini   xayolga   keltirmay
turib,   ishga   kirishib   bo`lmaydi.   Istalgan   mehnat   jarayoni   xayolni   uz   ichiga
qamrab   oladi.   Xayol   inson   ijodiy   faoliyatining   zarur   elementi   bo`lib,
mehnatning   oxirigi   va   oraliq   mahsulotlarida   o`z   ifodasini   topadi,   shuningdek
problemali   vaziyat   noaniqlik   ko`rsatgan   hollarda   xulq   atvor   programmasini
tuzishni   ta’minlaydi.   Xayolning   psixik   jarayon   sifatidagi   birinchi   va
muhim   vazifasi shundan iboratki , u mehnatni boshlamasdan oldin uni natijasini
tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Binobarin, xayol odamga faoliyat jarayonida
mehnat mahsulotlarining oxirgi yoki oraliq psixik modellarini hosil qilish yo`li
bilan   yo`l-yo`riq   ko`rsatadi.   Bu   esa   mehnat   mahsulotlarining   narsalar   sifatida
gavdalanishiga   yordam   beradi.   Xayolning   qimmati   shundan   iboratki,   u   hatto
tafakkur uchun kerak bo`lgan to`la va zarur bilimlar bo`lmagan joyda ham biror
qarorga kelish hamda muammoli vaziyatdan chiqish imkonini beradi.
Demak,   biz   ilgari   idrok   qilmagan   predmet   va   hodisalarni   yaratishdan   iborat
bo`lgan psixik jarayon xayol deb ataladi.
Xayolni   ko`pincha   fantaziya   deb   ataydilar,   xolbuki,   ba’zan   “fantaziya”   degan
so`z   bilan   haqiqiy   hayotda   kam   aloqador   bo`lgan   tushunchadir.   Xayolning
boyligi   idrok   qilish   ko`nikmasiga,   predmetlar   va   hodisalarning   obrazlarini
kuzatishi   va   xotirada   saqlab   qolishga   bog`liq   bo`lib,   ular   keyinchalik   qayta
2 ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tafakkur muhim rol’ o`ynaydi. Tafakkur fantaziya
natijalariga tuzatish kiritadi. Uni tanqidiy baholaydi. His tuyg`ular ham xayolga
ta’sir  ko`rsatadi, ular  ko`p jihatdan  xayolga bog`liq bo`ladi. Nihoyat, kishining
xayoli   bilan   yaratilgan   ijodiy   niyatlarini   amalga   oshirish   uchun   iroda   zarur
bo`ladi.
2. Xayolning nerv fiziologik asoslari inson ongida yotgan ilgari mavjud bo`lgan
bog`liqliklarni   vaqt   bog`liqliklari   asosida   qayta   ishlash   va   yangi   birikmalarini
yaratishdir.
Hayot timsollarining paydo bo`lishi kishi miyasi faoliyatining natijasidir. Xayol
boshqa   hamma   psixik   jarayonlar   kabi   katta   yarim   sharlar   po`stloq   qismining
funktsiyasi   hisoblanadi.   Xayol   qiladigan   kishida   miya   hujayralari   yangicha
bog`lanadi.   Xayolning   fiziologik   mexanizmi   faqat   miya   po`stlog`i   bilan   emas
balki,   miyaning   chuqurroq   qismlari   bilan   bog`liq.   So`nggi   o`tkazilgan
tadqiqotlar buni to`g`riligini isbotladi.
Fantaziya   timsollarining   tarkib   topishi   va   ularning   faoliyat   jarayonlariga
qo`shishga miya yarim sharlari po`stlog`i bilan birga qatnashuvchi miyaning ana
shunday chuqur qismlari gipotalam-limbik (uning qadimsgi po`stloq va po`stoq
osti qismlari bilan bog`lanishi miya yarim sharlarga chiqaverishda oldingi qismi
atrofida   «limb»   yoki   chegara   hosil   bo`ladi)   sistemadir.   Eksprimentlardan   shu
narsa aniqlagandiki, gipotalam   - limbik sistema zararlanganda , kishi psixikasida
o`ziga   xos   buzilishi   sodir   bo`ladi:   odamning   xatti-harakatlari   guyo   ma’lum
programma   bilan   boshqarilayotgan   va   bir   biri   bilan   bog`lanmagan   alohida-
alohida   shu   bilan   birga   o`z-o`ziga   etarli   darajada   murakkab   va   bir   butun
harakatlardan iboratdek tasavvur tug`iladi. Psixik faoliyatning ayrim buzilishlari
ham   o`zining   kelib   chiqishi   jihatdan   haddan   tashqari   ta’sirlanuvchan   va   tetik
xayolga   bog`liqdir.   Shunday   hollar   ma’lumki,   vrachning   ehtiyotsizlik   bilan
aytgan   ta’sirida   davolanishga   kelgan   kishi   og`ir   kasallik   bilan   og`rib   qolgan
bo`lsam   kerak   deb   xayoldan   o`tkazadi   va   unda   bu   kasallikning   tegishli
3 alomatlari   rivojlana   boshlaydi   Yatrogen   deb   ataladigan   kasalliklar   yuzaga
keladi. Ijodiy xayol obrazlarni (albatta ilgari idroklar asosida) mustaqil ravishda
yaratishdan   iboratdir.   Bu   xayol   kishining   ijodiy   faoliyati   bilan   bog`langan.
Xayolning   bu   turi   esga   tushiradigan   xayoldan   murakkabroqdir.   Har   bir   yangi
orginal   narsalarni   o`ylab   yaratish   bilan   bog`liq   bo`lgan   har   qanday   kishining
faoliyatini  ijodiy  xayolsiz   tasavvur  qilib  bo`lmaydi.  Xayolning  analitik  sintetik
faoliyati.
Xayolning fiziologik asosi miyaning katta yarim sharlar po`stlog`ida ilgari hosil
bo`lgan   muvaqqat   bog`lanishlar   o`rtasida   yangi   birikmalarning   paydo
bo`lishidir.   Avvalgi   bog`lanishlarning   tiklanishi   bu   xotira   jarayonlaridir.
Xayolning   ishlashi   uchun   bu   bog`lanishlarning   miya   po`stlog`ida   hali   mavjud
bo`lmagan   lekin   u   erda   bor   bo`lgan   qo`zg`alishlarning   qoldiqlaridan   tashkil
topadigan birikmani yangi sistemalari vujudga kelishi zarur. Xayol ikkala signal
sistemasining faoliyati bilan mustahkam bog`langan. Agar kishi tegishli sezgilar
idroklarga ega bo`lgan atrofdagi voqiylikning dastlabki signallarini oldini olgan
taqdirdagina   unda   narsa   va   hodisalar   to`g`risida   obrazlar,   tasavvurlar   hosil
bo`lishi   mumkin.   Og`zaki   va   yozma   nutq   ikkinchi   signal   sistemasi   ham   xayol
uchun   ko`p   material   beradi.   Xayol   shaxsning   irodaviy   sifatlari   bilan   bog`liq
uning  foydasi   yoki   zarari   ko`p  jihatdan   xayol   surish   jarayonlari   kishining   ongi
tomonidan qanchalik nazorat qilinishiga bog`liq bo`ladi.
3.   XAYOLNING TURLARI
Boshqa  psixologik  jarayonlar  singari   xayol  ham   ixtiyoriy  va ixtiyorsiz  bo`ladi.
Ixtiyoriy   xayol   qandaydir   ijodiy   mehnat   bilan   band   bo`lgan   kishi   o`z   xayolini
ishlashga   majbur   qilganda   ro`y   beradi.   Bu   hol   badiiy   asarlarni   yaratish
jarayonida,   ixtirochi,   konstruktorning   faoliyatida   va   hatto   qilayotgan   narsani
o`ylab   ko`rish   va   yaxshi   tasavvur   qilish   zarur   bo`lgan   oddiy   ishda   ham   yuz
beradi.   Ixtiyorsiz   xayol   kishining   oldiga   hech   qanday   vazifa   turmagan   vaqtda,
lekin   u   beixtiyor   ravishda   orzu   qilib,   xayol   sura   boshlagan   paytda   bo`ladi.
4 Ba’zan   bu   jarayonlar   shirin   orzu   xarakteriga   ega   bo`ladi   va   ongning   to`liq
nazorati   ostida   tarkib   topmaydi.   Xayolning   ixtiyorsiz   faoliyatiga   tush   ko`rish
ham   kiradi.
Tushlar   – uyquda yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo`lib, ular tez unitilishi
yoki   uzoq   muddatga   saqlanishi   mumkin.
Orzu   –   inson   ongidagi   real   va   noreal   tasavvurlar   bilan   bog`liqdir.
Aktiv xayol –   insonning   hayotiy rejalarini , xohish – istaklarini amalga oshirishda
o`z   aksini   topadi.   Masalan:   yangi   avtomabil   yaratish,   GESS   qurilishi   rejasini
tuzish shularga misoldir. Reproduktiv xayolda aniq real vazifani amalga oshirish
maqsad   qilib   qo`yiladi.   Unda   fantaziya   elementlari   mavjud   bo`ladi.
Produktiv   (ijodiy)   xayol   -   bizning   tajribamizda   mavjud   bo`lmagan   obraz   va
ob’ektlarni   yaratish   bilan   bog`liq   bo`lgan   xayol   turidir.   Masalan:   Ixtirochi,
yozuvchi   yangi   narsa   yaratadi.
Ijodiy   xayol   -   san’atning   barcha   turlarida   ifodalanadi   va   aks   etadi.
Tasavvur xayoli   deb hozir yoki o`tmishda aslida bo`lgan bo`lsada, lekin bizning
tajribamizda   hali   uchramagan   va   biz   idrok   qilmagan   narsa   va   hodisalar
to`g`risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan xayol turiga aytiladi.
Xayol   jarayoni   natijasida   xayol   obrazlari   yuzaga   keladi.   Ular   ertak,   ilmiy
fantastik,   mistik   bo`lishi   mumkin.   Badiiy   obraz   yaratilish   jarayoni   ma’lum
texnologiyaga ega bo`lib, avval obrazga asos solinadi keyin u ustida   analitik ish
olib boriladi , so`ng g`oya amalga oshiriladi.
Ijodiy   xayolda   ruhlanish,   ilhomning   roli   juda   katta   bo`lib,   u   psixik   va   nerv
qo`zg`alishi,   diqqatni   maksimal   to`plash,   irodaga   zo`r   berish,   fikrni   aniqligi,
5 xotirani tezligi bilan ifodalanadi. Real xayol tez amalga oshadi. Real bo`lmagan
xayol   hayotda   o`z   aksini   topmaydigan,   mantiqsiz,   ma’nosiz   obrazlar
hisoblanadi.  Obrazlarning  mustakilligi   va orginalligiga karab  esga  tushiradigan
xayol   buladi.   Esga   tushiradigan   xael   boshkalar   tomonidan   bajarilgan
tasvirlashlar   eki   aks   ettirishlar   asosida   paydo   buladi.   Biz   kitob   ukir   ekanmiz,
tabiat   manzarasini   tasavvur   kilamiz ,   avtor   tasavvur   kilaetgan   kishilarni   fikran
kuramiz. Esga tushiradigan xael xaetda, mexnatda va ukuv ishlarida zarurdir.
4.   Xayol   insonning   barcha   faoliyat   turlarida   (o`yin,   o`qish,   mehnat)   muhim
ahamiyatga ega.
Xayolning o`ziga xos faoliyati  xotira tasavvurlarini tahlil  va sintezda  namoyon
bo`ladi.   Xayolning   jarayonlariga   agglyutinatsiya,   aksentirlash,   sxematizatsiya,
tipiklashtirish   kiradi.
Agglyutinatsiya –   bir necha predmetlarni qismlarini alohida bir yagona obrazda
birlashtirish   (yopishtirish)   dir   (Suv   pari   -   boshi,   tanasi,   ayol,   dumi   baliq ,   sochi
suv o`tlari).
Xayolning murakkab xususiyatlari adabiy obrazlarni yaratishda aks etadi. Xayol
jarayonida   xotira   tasavvurlari   kattalashtirish   yoki   kichiklashtirishda,   predmet
qismlarini ko`paytirishda ifodalanishi mumkin.
Aksentirlashtirish –   u yoki bu xususiyatlarga urg`u berish orqali yangi obrazlarni
yaratish.
Sxemalashtirish   -   biror   bir   obrazlarni   tasvirlashda   umumiy   bosh   xususiyatlarga
to`xtalish.
Tipiklashtirish   -   bir   xilda   qaytariluvchi   faktlarni   konkret   obrazda   namoyon
bo`lish.
6 Xayolning xususiyatlari shaxsning ma’naviy qiyofasi to`g`risida hukm chiqarish
uchun   ham   ma’lum   darajada   imkon   beradi.   Faktlar   hodisalar   va   boshqalarni
ko`rsatishga   buyurtirib   yuborish   yoki   kamaytirishga   moyillik   ko`pincha   xayol
ustidan nazoratning yo`qligi tufayli ro`y beradi. Bu sifat ayrim bolalarda mavjud
bo`lib ular yolg`on gapirganlarida ba’zan haqiqiy narsa bilan xayoldagi narsani
aralashtirib   yuboradilar.   Lekin   to`g`ri   qo`yilgan   tarbiya   tufayli   bu   kamchilik
yo`qoladi.
Badiiy   adabiyotni   o`qish   –   xayolni   rivojlantirishni   eng   yaxshi   maktabidir,   u
xayolni   tarbiyalashning   kuchli   vositasi   ham.   Xayol   buyuk   qadriyatdir.   Ushbu
xususiyatni   yosh   avlodda   rivojlantirish   –   pedagogik   amaliyotning   muhim
vazifasidir.
Xulosa
Xayol   ong   faoliyati   bo`lib,   mavjud   tasavvurlar   orqali   yangi,   hayotda   mavjud
bo`lmagan   obrazlar,   ob’ektlarni   yaratishdir.   Xayolning   funktsiyasi   –   o`tgan
tajriba   natijalarini   qayta   ishlashdir.   Hech   narsasiz   xayol   mavjud   bo`lishi   va
yaratilishi   mumkin   emas.   Ushbu   tasavvurlar   xotiradan   farq   qiladi   va   xayol
tasavvurlari   deb   ataladi.   Xayol   eki   fantaziya,   tafakkur   kabi,   yuksak   bilish
jarayonlari   qatoriga   kirib,   kishining   o`ziga   xos   insoniy   xarakterga   ega   bo`lgan
faoliyatlarida   namayon   bo`ladi.   Mehnatning   tayer   natijasini   xayolga   keltirmay
turib,   ishga   kirishib   bo`lmaydi.   Istalgan   mehnat   jarayoni   xayolni   uz   ichiga
qamrab   oladi.   Xayol   inson   ijodiy   faoliyatining   zarur   elementi   bo`lib,
mehnatning   oxirigi   va   oraliq   mahsulotlarida   o`z   ifodasini   topadi,   shuningdek
problemali   vaziyat   noaniqlik   ko`rsatgan   hollarda   xulq   atvor   programmasini
tuzishni ta’minlaydi.
7 ADABIYOTLAR  RUYXATI
1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.
3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”
4.   www.ziyonet.uz
8

Xayol R e j a: 1. Xayol haqida tushuncha. 2. Xayolning ijtimoiy tabiati , fiziologik mexanizmlari. 3. Xayol jarayonlari va turlari. 4. Bolalarda xayolni rivojlantirilishi . 5.Xulosa 6.Foydalanilgan adabiyotlar 1

1. Insonlr borliqni anglab, unda yuz berayotgan narsalarni qabul qilib, qolibgina qolmay o`ni o`zgartirishga ham harakat qiladi. Borliqni amaliyotda o`zgartira olishni bilish bilan birga xayolni ham o`zgartira bilish lozim. Xael ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotda mavjud bo`lmagan obrazlar , ob’ektlarni yaratishdir. Xayolning funktsiyasi – o`tgan tajriba natijalarini qayta ishlashdir. Hech narsasiz xayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas. Ushbu tasavvurlar xotiradan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi. Xayol eki fantaziya, tafakkur kabi , yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, kishining o`ziga xos insoniy xarakterga ega bo`lgan faoliyatlarida namayon bo`ladi. Mehnatning tayer natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Istalgan mehnat jarayoni xayolni uz ichiga qamrab oladi. Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mehnatning oxirigi va oraliq mahsulotlarida o`z ifodasini topadi, shuningdek problemali vaziyat noaniqlik ko`rsatgan hollarda xulq atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi. Xayolning psixik jarayon sifatidagi birinchi va muhim vazifasi shundan iboratki , u mehnatni boshlamasdan oldin uni natijasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Binobarin, xayol odamga faoliyat jarayonida mehnat mahsulotlarining oxirgi yoki oraliq psixik modellarini hosil qilish yo`li bilan yo`l-yo`riq ko`rsatadi. Bu esa mehnat mahsulotlarining narsalar sifatida gavdalanishiga yordam beradi. Xayolning qimmati shundan iboratki, u hatto tafakkur uchun kerak bo`lgan to`la va zarur bilimlar bo`lmagan joyda ham biror qarorga kelish hamda muammoli vaziyatdan chiqish imkonini beradi. Demak, biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo`lgan psixik jarayon xayol deb ataladi. Xayolni ko`pincha fantaziya deb ataydilar, xolbuki, ba’zan “fantaziya” degan so`z bilan haqiqiy hayotda kam aloqador bo`lgan tushunchadir. Xayolning boyligi idrok qilish ko`nikmasiga, predmetlar va hodisalarning obrazlarini kuzatishi va xotirada saqlab qolishga bog`liq bo`lib, ular keyinchalik qayta 2

ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tafakkur muhim rol’ o`ynaydi. Tafakkur fantaziya natijalariga tuzatish kiritadi. Uni tanqidiy baholaydi. His tuyg`ular ham xayolga ta’sir ko`rsatadi, ular ko`p jihatdan xayolga bog`liq bo`ladi. Nihoyat, kishining xayoli bilan yaratilgan ijodiy niyatlarini amalga oshirish uchun iroda zarur bo`ladi. 2. Xayolning nerv fiziologik asoslari inson ongida yotgan ilgari mavjud bo`lgan bog`liqliklarni vaqt bog`liqliklari asosida qayta ishlash va yangi birikmalarini yaratishdir. Hayot timsollarining paydo bo`lishi kishi miyasi faoliyatining natijasidir. Xayol boshqa hamma psixik jarayonlar kabi katta yarim sharlar po`stloq qismining funktsiyasi hisoblanadi. Xayol qiladigan kishida miya hujayralari yangicha bog`lanadi. Xayolning fiziologik mexanizmi faqat miya po`stlog`i bilan emas balki, miyaning chuqurroq qismlari bilan bog`liq. So`nggi o`tkazilgan tadqiqotlar buni to`g`riligini isbotladi. Fantaziya timsollarining tarkib topishi va ularning faoliyat jarayonlariga qo`shishga miya yarim sharlari po`stlog`i bilan birga qatnashuvchi miyaning ana shunday chuqur qismlari gipotalam-limbik (uning qadimsgi po`stloq va po`stoq osti qismlari bilan bog`lanishi miya yarim sharlarga chiqaverishda oldingi qismi atrofida «limb» yoki chegara hosil bo`ladi) sistemadir. Eksprimentlardan shu narsa aniqlagandiki, gipotalam - limbik sistema zararlanganda , kishi psixikasida o`ziga xos buzilishi sodir bo`ladi: odamning xatti-harakatlari guyo ma’lum programma bilan boshqarilayotgan va bir biri bilan bog`lanmagan alohida- alohida shu bilan birga o`z-o`ziga etarli darajada murakkab va bir butun harakatlardan iboratdek tasavvur tug`iladi. Psixik faoliyatning ayrim buzilishlari ham o`zining kelib chiqishi jihatdan haddan tashqari ta’sirlanuvchan va tetik xayolga bog`liqdir. Shunday hollar ma’lumki, vrachning ehtiyotsizlik bilan aytgan ta’sirida davolanishga kelgan kishi og`ir kasallik bilan og`rib qolgan bo`lsam kerak deb xayoldan o`tkazadi va unda bu kasallikning tegishli 3

alomatlari rivojlana boshlaydi Yatrogen deb ataladigan kasalliklar yuzaga keladi. Ijodiy xayol obrazlarni (albatta ilgari idroklar asosida) mustaqil ravishda yaratishdan iboratdir. Bu xayol kishining ijodiy faoliyati bilan bog`langan. Xayolning bu turi esga tushiradigan xayoldan murakkabroqdir. Har bir yangi orginal narsalarni o`ylab yaratish bilan bog`liq bo`lgan har qanday kishining faoliyatini ijodiy xayolsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Xayolning analitik sintetik faoliyati. Xayolning fiziologik asosi miyaning katta yarim sharlar po`stlog`ida ilgari hosil bo`lgan muvaqqat bog`lanishlar o`rtasida yangi birikmalarning paydo bo`lishidir. Avvalgi bog`lanishlarning tiklanishi bu xotira jarayonlaridir. Xayolning ishlashi uchun bu bog`lanishlarning miya po`stlog`ida hali mavjud bo`lmagan lekin u erda bor bo`lgan qo`zg`alishlarning qoldiqlaridan tashkil topadigan birikmani yangi sistemalari vujudga kelishi zarur. Xayol ikkala signal sistemasining faoliyati bilan mustahkam bog`langan. Agar kishi tegishli sezgilar idroklarga ega bo`lgan atrofdagi voqiylikning dastlabki signallarini oldini olgan taqdirdagina unda narsa va hodisalar to`g`risida obrazlar, tasavvurlar hosil bo`lishi mumkin. Og`zaki va yozma nutq ikkinchi signal sistemasi ham xayol uchun ko`p material beradi. Xayol shaxsning irodaviy sifatlari bilan bog`liq uning foydasi yoki zarari ko`p jihatdan xayol surish jarayonlari kishining ongi tomonidan qanchalik nazorat qilinishiga bog`liq bo`ladi. 3. XAYOLNING TURLARI Boshqa psixologik jarayonlar singari xayol ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi. Ixtiyoriy xayol qandaydir ijodiy mehnat bilan band bo`lgan kishi o`z xayolini ishlashga majbur qilganda ro`y beradi. Bu hol badiiy asarlarni yaratish jarayonida, ixtirochi, konstruktorning faoliyatida va hatto qilayotgan narsani o`ylab ko`rish va yaxshi tasavvur qilish zarur bo`lgan oddiy ishda ham yuz beradi. Ixtiyorsiz xayol kishining oldiga hech qanday vazifa turmagan vaqtda, lekin u beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura boshlagan paytda bo`ladi. 4

Ba’zan bu jarayonlar shirin orzu xarakteriga ega bo`ladi va ongning to`liq nazorati ostida tarkib topmaydi. Xayolning ixtiyorsiz faoliyatiga tush ko`rish ham kiradi. Tushlar – uyquda yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo`lib, ular tez unitilishi yoki uzoq muddatga saqlanishi mumkin. Orzu – inson ongidagi real va noreal tasavvurlar bilan bog`liqdir. Aktiv xayol – insonning hayotiy rejalarini , xohish – istaklarini amalga oshirishda o`z aksini topadi. Masalan: yangi avtomabil yaratish, GESS qurilishi rejasini tuzish shularga misoldir. Reproduktiv xayolda aniq real vazifani amalga oshirish maqsad qilib qo`yiladi. Unda fantaziya elementlari mavjud bo`ladi. Produktiv (ijodiy) xayol - bizning tajribamizda mavjud bo`lmagan obraz va ob’ektlarni yaratish bilan bog`liq bo`lgan xayol turidir. Masalan: Ixtirochi, yozuvchi yangi narsa yaratadi. Ijodiy xayol - san’atning barcha turlarida ifodalanadi va aks etadi. Tasavvur xayoli deb hozir yoki o`tmishda aslida bo`lgan bo`lsada, lekin bizning tajribamizda hali uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va hodisalar to`g`risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan xayol turiga aytiladi. Xayol jarayoni natijasida xayol obrazlari yuzaga keladi. Ular ertak, ilmiy fantastik, mistik bo`lishi mumkin. Badiiy obraz yaratilish jarayoni ma’lum texnologiyaga ega bo`lib, avval obrazga asos solinadi keyin u ustida analitik ish olib boriladi , so`ng g`oya amalga oshiriladi. Ijodiy xayolda ruhlanish, ilhomning roli juda katta bo`lib, u psixik va nerv qo`zg`alishi, diqqatni maksimal to`plash, irodaga zo`r berish, fikrni aniqligi, 5