Xalq dramasi qo‘g‘irchoq teatri, og`zaki dramma va ijro san’ati.
Xalq dramasi qo‘g‘irchoq teatri, og`zaki dramma va ijro san’ati. REJA: 1. Xalq teatri haqida ma`lumot. 2. Og’zaki drama va ularning ijro yo’llari. 3. Qiziqchi va masxarabozlar teatri haqida ma`lumot. 4. Xalq teatri san`atining tili va badiiy xususiyatlari. 5. Qo’g’irchoq teatri va uning paydo bo’lish tarixi.
So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Masxaraboz, qiziqchi va qo’g’irchoqbozlar tomonidan yaratilgan, ular ijrosida, an`anaviy xalq teatri, spektakl’ sifatida avloddan-avlodga og’zaki ravishda o’tib kelgan dramatik asarlar og’zaki badiiy ijodning maxsus turini tashkil etadi. Og’zaki dramalar an`anaviy xalq teatrining asosiy repertuari hisoblanadi. Xalq orasida og`zaki tarzda yaratilgan va xalq san`atkorlari tomonidan sahnada namoyish etiladigan fol`klor asarlari og`zaki drama deb ataladi. Og`zaki drama –xalq ijodining mustaqil janri sifatida juda qadim zamonlarda shakllangan. Uturli xil o`yin-kulgilardan, dramatik holatlardan, har xil qiyofaga kirgan tomoshachilarning monolog va dialoglaridan, sahna harakatlarih ovoz ohanglaridan tashkil topadi. Og`zaki dramani fol`klor teatri deb ham hritadilar. Davr uchun muhim axloqiy normalar, mavjud tuzumga doir muammolar xususida tomosha ko`rsatish og`zaki dramaning asosiy vazifasi sanaladi. Bundan tashqari og`zaki drama o`z ichiga turli xil o`yin, to`y, bazm, marosim, sayllarni hamda ertakchi, baxshi, qissaxon va roviylarning ijrochilik san`atini ham qamrab oladi. Og`zaki dramani sahnada professional qiziqchi va masxarabozlar ijro etadi. SHu sababli, odatda, u askiyaboz, qiziqchi, masxarabozlar yashagan joylarda tashkil topgan hamda satira va hmorga asoslangan. Og`zaki drama tomoshalarida ko`pincha hayot qiyinchiliklari, turmush muammolari, sinfiy munosabatlar keskinligi xususida to`xtanilgani bois ularda ijrochilar harakati kontrast asosida qurilgan. Fosh etish san`ati tomoshabinga ma`naviy zavq bag`ishlagan. Og`zaki dramalarda ko`zbo`yamachi, poraxo`r amaldorlar, ochko`z, zolim boylar, adolatsiz, zo`ravon va qonxo`r hukmdorlar, maishiy buzuq din arboblari obrazi ko`rsatib berilgan va fosh etilgan. O`zbek fol`klorshunosligi og`zaki dramani masxaraboz va qiziqchilar teatri hamda qo`g`irchoq teatriga bo`lib o`rganadi. Masxaraboz va qiziqchilar teatrida dramaturgiya, sahna bezagi, qiziqchi aktyorlar, musiqa asosiy o`rin tutadi. Sirasini aytganda, masxarabozlik va qiziqchilik – asrlar davomida shakllangan
og`zaki an`anadagi professional teatr hisoblanadi. Uni havaskorlik harakatidan farqlovchi xususiyati ham an`anaviy xalq teatri sanalganligi bo`lib, XX asrning boshlaridayoq hzaga kelgan evropacha tipdagi o`zbek professional teatrining sarchashmasiga aylanganligidir. O`zbek an`anaviy xalq teatri o`ziga xos dramaturgiyaga ega. Bu og`zaki drama deyilib, undagi personajlar o`z individual qiyofasiga, mijozi (temperamenti)ga, aqlu zakovatiga, hissiyot va kechinmasiga, tanasi va unga mos harakatlariga ega. Bu teatrning ijrochi - artisti masxaraboz (masxara), qiziqchi (qiziq) va taqlidchi ( muqallid) nomlari bilan hritiladi. “Masxaraboz” arabcha so`z bo`lib, kulish, mazax va taqlid qilish ma`nolarini anglatadi. Arablar istilosidan so`ng tilimizga o`zlasha boshlagan esa- da, arablarning o`zlari komik aktyorni “muhabbiz” deb ataganlar. SHunday bo`lsa- da, “masxara” so`zi o`zbek tilida ham komik aktyor, ham kulgili hajviy tomosha ma`nosida qo`llaniladi. Taxminan XYI asrning oxiri va XYII asrning boshlaridan e`tiboran arabcha “masxara” so`ziga fors-tojik tilidagi “bozi” (o`yin) so`zidan –“i” tovushi qisqargan holatda “-boz” shaklida qo`shilib, “masxaraboz” istilohi bunyod etilgan. Lekin aktyor ma`nosida ham masxara, ham masxaraboz istilohlari baravar qo`llanib boravergan. SHu ixtisosdagi ijrochilar nomlari esa shu istiloh bilan sifatlangan holda hritilishi an`anaviy tus olgan. Binobarin, masxaraboz yoki masxara – xalq teatrining komik aktyori bo`lib, mazax vositasida voqeani muayyan matnga solib, hajviy tomosha ko`rinishida ijro etib beruvchi kulgi ustasi sanaladi. O`zbek an`anaviy xalq teatri uch lokal guruh doirasida tashkil topgan va rivojlangan: Bular Buxoro masxarabozligi, Xorazm masxarabozligi va Farg`ona qiziqchiligidir. Buxoro masxarabozligi ikki tipga bo`lingan: birinchisi – qishloq masxarabozligi bo`lib, ko`pincha 3-5 kishidan iborat holda tomoshalar ko`rsatgan. Ular kichik guruhdan tarkib topganlari sababli kichik hajmdagi maishiy mavzudagi tomoshalarni ko`rsatishda so`zga emas, asosan, harakatga va mimikaga zo`r berib ijro etishgan.
SHahar masxarabozligida ham, asosan, mehmonxonalarda kichik hajmli maishiy komediyalar o`ynalgan bo`lsa-da, sayllarda, katta to`ylarda yirikroq tomoshalarni namoyish etishgan. SHahar masxarabozligida, ayniqsa, buxorolik To`la masxara (1842-1916) to`pi ajralib turgan. U, xususan, salbiy personajlarga ijtimoiy tavsiflar berib, ularni fosh etishda ayricha mahorat ko`rsatgan. Xorazm masxarabozligida “Xatarli o`yin” turkumi ko`p o`ynalgan. Bunda dialog, kuy, qo`shiq, raqs va muallaq, pantomimadan unumli foydalanilgan. Ular orasida, ayniqsa, Quvvat kalta, Boltaqul masxara, Matyoqub ko`r, aka-uka Eshmat va Do`smatlar shuhrati butun Xorazmni tutgan. Xalq teatrining keng rivoj topgani Farg`ona qiziqchiligi bo`lib, ular, asosan, Qo`qon va Marg`ilon shaharlari va ularning atrofida yashagan Zokir eshon (1815-1885), Sa`di Maxsum, Mulla Hoshim, Usmon qiziq, Abulhasan Qashg`ariy, Marasul qora, Normat og`zi katta, Abduaziz qiziq, Bahromboy, Hasan bukri, Kalsariq, Mo`min qishloqi, Rizo kiyik, Rahimbek hez, Davlat novcha, Hsufjon qiziq SHakarjonov, Oxunjon qiziq Huzurjonov, Tesha qiziq, Muhiddin qiziq Darveshov, Zaynobiddin qiziq, Hojiboy Tojiboev va boshqalar tomonidan muvaffaqiyat bilan davom ettirilmoqda. Bulardan tashqari dorbozlar, huqqibozlar va nayrangbozlar ham xalq teatrining xodimlari sanalib, ular tarkibida yana sozandah o`yinchilar ham bo`lgan. Xalq teatri tomoshalari ikki xil ko`rinishda tashkil etilgan. Aytaylik, ba`zi tomoshalar ma`lum matn (og`zaki dramaturgiya) asosida ikki yoki uch aktyor ijrosida tashkil etilsa, ba`zilarida faqat birgina aktyor matnni ijro etib bergan. Bu yakka aktyor teatri deyilgan. U matndagi ijobiy va salbiy obrazlarni bir o`zi ijro etgan. YOki u turli qushlar, jonivorlar ovoziga, xatti-harakatiga taqlid qilib, pantomimalar ko`rsatgan. Pantomimalar ma`lum va taniqli shaxslarning fe`l-atvori, qiliqlariga taqlid qilib ham yaratilgan. Biroq xalq teatrlarida ko`pincha og`zaki hikoyalar instsenirovka qilingan. Masalan, “Namoz”, “O`lik hvish” kabi instsenirovkalar shular jumlasidandir. Masxarabozlar, asosan, erkaklardan iborat bo`lgan. O`tmishda Buxoro, Xorazm va Farg`onada maxsus masxarabozlar teatrlari mavjud bo`lgan. Ularda
buxorolik aka Buxor, To`la va Gadoy masxarabozlar, farg`onalik Hsufjon qiziq SHakarjonov, Orifjon Toshmatov singari professional qiziqchi va masxarabozlar faoliyat ko`rsatgan. Qiziqchilar orasida xotin-qizlar ham bo`lgan. Xotin-qizlarning qiziqchilik teatri mustaqil faoliyat hritgan. Ular shakl va mazmuniga ko`ra masxarabozlar teatriga o`xshagan. Xotin-qizlar teatrining muhim belgilari shundaki, uning ijrochilari va tomoshabini faqat ayollardan iborat bo`lgan. Erkak kishi rolini ham ayollar erkakcha kiyinib, soqol-mo`ylov yasab ijro etadi. O`z tomoshalarini erkaklardan uzoqroq, chetroq, pana joylarda namoyish qilganlar. Xalqimiz orasida professional qiziqchi ayollardan samarqandlik Zulfi Suydieva, pskentlik Kuydiniso Rasulmatova, toshkentlik Salomat Mutalova kabilarning nomlari mashhurdir. Qiziqchi ayollar o`z tomoshalarida zolim, bevafo erlarning kirdikorlari, kundoshlik azobi, sof muhabbat haqida tomoshalar ko`rsatganlar. Jumladan, “Bozorda to`lg`oq tutib qolgan xotin”, ”CHo`pon va uning xotini”, “Kundoshchilik”, “O`sma qo`yish” kabi og`zaki dramalar xotin-qizlar teatrida mahorat bilan ijro etilgan. Og`zaki dramatik asarlar yo monolog, yo dialog shaklida yaratiladi. Ularni ijro etuvchi qiziqchi va masxarabozlar turli ovoz ohanglari, qiliqlar, shartli harakat va pantomimalarni bajarib, turli xushchaqchaq va hazil qo`shiqlarni aytib, raqsga tushib, voqealar rivojini ta`minlab borganlar. SHu orqali ajoyib ta`sirchan sahna asari hzaga kelgan. Og`zaki drama va p`esalarda, komediyalarda xalqning qochirimlaridan, xalq iboralaridan ustalik bilan foydalanganlar. Personajlar nutqida ko`chma ma`noli so`zlarni, iboralarni ko`p ishlatganlar. Personajlar xarakterini ochib berishda zid qo`yish san`atidan unumli foydalanilgan. Voqealarning bo`lib o`tgan o`rni va vaqti aniq ifodalanmay, keng badihago`ylikka erishilgan. Qo`g`irchoq teatri ham xalqimizning qadimiy og`zaki teatri sifatida qaror topgan an`anaviy san`atdir. Uning qadimiyligini Umar Xayyom (1048-1123) ning tubandagi ruboiysi ham tasdiqlaydi: Mo lo``batakonemu falak lo``batboz,