Ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik.
Ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik. Reja : 1. Ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro etmaganlik uchun javobgarlik 2. Jismoniy shaxslarning ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarligi. 3. Iiro hujjatini ijro etishga to'sqinlik qilganlik uchun javobgarlik. 4. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
IJRO HUJJATINI BANK YOKI BOSHQA KREDIT TASHKILOTI TOMONIDAN IJRO ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK Bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning hisobvaraqlari mavjudligi haqida undiruvchi ma'lumotlarga ega bo'lsa, pul mablag'larini undirish to'g'risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari bayon etilgan ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkilotiga yuboradi. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti ijro hujjati olingan kundan e'tiboran uch kunlik muddat ichida ijro hujjatida ko'rsatilgan pul mablag'larini undirish to'g'risidagi talablarni ijro etadi. Davlat ijrochisi bank yoki boshqa kredit tashkiloti ijro hujjati ijrosini ta'minlamaganda iqtisodiy sudga bu tashkilotlarning javobgarlikka tortish masalasini ko'rib chiqish uchun ariza bilan qarzdordan pul mablag'larini undirish to'g'risidagi talahi bajarilmaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda iqtisodiy sudga murojaat qiladi. Ijro hujjatlarini ijro etishda davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solinadigan jarimalaridan farqli ravishda, ijro hujjatlarini ijro etilishi uchun javobgar bo'lgan banklar va boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan moliyaviy jarimalar solish huquqi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 81-moddasiga binoan, faqat iqtisodiy sudigagina berilgan. Javobgarlik qo'llash masalasi davlat ijrochisining taqdimnomasiga asosan iqtisodiy sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Iqtisodiy sud ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkilotiga pul mablag'larim undirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga undirilishi lozim bo'lgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima soladi. Ijro bujjetini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro etilmaganda huquqbuzarlik obyekti - yurisdiksion organlarning qarorlarida bayon qilingan davlat talablarini bajarish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar. Uning obyektiv tomoni ijro hujjatida ko'rsatilgan, qarzdorning bank hisobvaraqlarida mablag' bo'lgan holatda qarzni undirish haqidagi talablami bajarmaslik. Subyekt bank yoki
kredit tashkiloti. Subyektiv tomon aybdorlik. Aybdorlik qasddan yoki ehtiyotsizlikdan bo'lishi mumkin. JISMONIY SHAXSLARNING IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIGI Javobgarlik bu ijtimoiy munosabatlarning qatnashchilariga ma'lum bir yo'l bilan ta'sir qiladigan ijtimoiy holat. Javobgarlik deganda shaxsning sodir etgan huquqbuzarligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan oladigan majburiyat yoki yo'qotishlar tushuniladi. Jismoniy shaxslarning javobgarligi haqida gapirilayotganda uning quyidagi belgilarini aytib o'tish lozim hisoblanadi: Birinchidan, bu mol-mulkni xatlash orqali ifodalanadigan majburiyat. Ijro ishi yuritishda xatlash shaxsning o'ziga emas, balki uning mol mulkiga qaratiladi. Ikkinchidan, fuqarolarning ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarligi faqatgina ijro ishi yuritish talablarini buzgandagina kelib chiqadi. Uchinchidan, fuqarolarga ijro hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlikni qo'llash vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarni ijro hujjati talabini bajarmaganligi uchun javobgarlikka tortishga davlat ijrochilari hamda sud vakolatli. Huquqbuzarlik obyekti - yurisdiksion organlarning qarorlarida bayon qilingan davlat talablarini bajarish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar. Obyektiv tomoni davlat ijrochisi tomondan belgilangan muddat ichida qarzdorni biror-bir harakatni qilishga yoki ularni kilmaslikka majbur kiladigan ijro hujjatini ijro etmaslik. Subyekt qarzdor (jismoniy yoki yuridik shaxs). Subyektiv tomon aybdorlik (asosli sabablarsiz ijro etmaganlik). Ayb qasddan yoki ehtiyotsizlikdan bo'lishi mumkin. Ijro ishi yuritish jarayonining boshqa ishtirokchilari ham fuqaroviy huquqiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Masalan, saqlovchi xatlangan mulkni yo'qotganligi yoki unga ziyon yetkazganligi sabab javobgarlikka tortiladi. Saqlovchi qarzdorning satlangan mulkini yashirganligi, boshqa birovga noqonuniy berganligi yoki sotib yuborganligi uchun
nafaqat jinoiy, balki moddiy javobgarlikka ham tortiladi. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunga muvofik qarzdor ijro hujjatini belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etmaganda, shuningdek uning ijrosiga to'sqinlik qilgan hollarda uni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 198'-moddasida qarzdorning ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan. Qurzdorning ijro hujjatini uni ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etmasligi yoki uning zimmasiga muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini uzrsiz sabablarga ko'ra davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etmasligi, qarzdor fuqaroga eng kam ish I haqining besh harovaridan o'n barovarigacha, mansabdor shaxslarga esa o'n barovaridan o'n besh barovarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Qarzdor ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etishi uchun belgilangan muddat ijro ishi yuritish qo'zg'atilgan kundan e'tiboran ko'pi bilan 15 kunlik, jarima tariqasida jazoga hukm qilinganda hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 1 oylik. 18 yoshga to'lmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasida jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 6 oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda to`lashi shart. Bu muddatda ijro hujjati talabining bajarilmasligi majburiy ijro harakatlariga kirishishga sabab bo'ladi. . IJRO HUJJATINI IJRO ETISHGA TO'SQINLIK QILGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash, uning ijro etilishiga to'sqinlik qilish odil sudlov obro'siga putur, davlat va jamoat manfaatlariga zarar yetkazadi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklanishiga qaratilgan faoliyatga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu munosabat bilan, Jinoyat kodeksi sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlash va uning ijro etilishiga to'sqinlik qilish bilan bog'liq qator jinoyatlar, ya'ni voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni inoddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash (JK ning 122-moddasi), ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash (JKning 123-moddasi), mehnat qilish huquqini buzish (JKning 148-moddasi), sud hujjatini ijro etmaslik (JKning 232-moddasi), band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish (JKning 233-moddasi) kabi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Sud hujjati deganda, tegishlicha umumiy yurisdiksiya sudi yoki iqtisodiy sudi tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hujjati (sud buyrug'i, ajrim, qaror, hal qiluv qarori, hukm), shuningdek hakamlik sudlari va chet davlat sudlarining hal qiluv qarorlari asosida belgilangan tartibda berilgan ijro varaqalari tushunilishi lozim. Shuni nazarda tutish zarurki, jinoiy javobgarlik nomulkiy xususiyatga ega bo`lgan sud hujjatini, ya'ni muayyan harakatlarni sodir etish yohud. ularni sodir etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi hujjatni bajarishdan bo'yin tovlaganlik uchun vujudga keladi. Mulkiy xususiyatga ega bo'lgan sud hujjatini, ya'ni pul mablag'larini yoki mol-mulkni undirish to'g'risidagi hujjatni bajarishdan bo'yin tovlanilgan holda, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Shu bilan birga, jinoyat qonuni istisnolarni ham nazarda tutadi: nomulkiy xususiyatga ega bo'lgan sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlaganlik jinoiy javobgarlikni emas, balki boshqa oqibatlarni vujudga keltiradi. Jumladan, axloq tuzatish ishlaridan bo'yin tovlagan mahkumning javobgarligi uni jinoiy javobgarlikka tortish yo'li bilan emas, balki axloq tuzatish ishlarining o'talmagan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish orqali ta'minlanadi.