Hukm, ajrim, qarorlar ijro ettirish tushunchasi.
Hukm, ajrim, qarorlar ijro ettirish tushunchasi. Reja: 1.Hukm,ajrim,qarorlarni ijro ettirish tushunchasi. 2.Hukmni ijro etish bosqichlari. 3.Hukmni ijro etish bosqichida isbotlash.
Hukm, ajrim, qarorlarni ijro ettirish tushunchasi kki ma'noda qo'llaniladi: 1. Jinoyat protsessining alohida bosqichi ma'nosida. 2. Sudlarning protsessual faoliyati ma'nosida. Hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish hali jinoyat sudlov ishiarini yuritishning yakun topganligini bildirmaydi. Sudlarning sinov muddati, sudlanganlikni olib tashlash, axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish, xizmat bo'yicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini hisobga kiritish to'g'risidagi iltimosnomalarni va boshqa masalalarni ko'rib chiqish vakolati mavjud bo'ladi. Demak, hali ish jinoyat protsessi doirasida bo'ladi. Bosqich sifatida hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish jinoyat protsessining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. U hukm, ajrim, qarorlarning qonuniy kuchga kirishi bilan boshlanadi va o'zida ushbu protsessual huijatlarni hayotga real qo'llashga qaratilgan protsessual harakatlarni qamrab oladi. Sud qarorlarini ijro etish bosqichining maqsadi hukm, ajrim va qarorlarning samarali amalga oshirish uchun sharoitni ta'minlash hisoblanadi. Hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish bosqichi o'ziga xos jinoyat protsessining ishtirokchilariga ega. Bular qarorni chiqargan sud, jazo, tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi yoki boshqa ta'sir chorasini ijro etish joyidagi sud, prokuror, mahkum, uning qonuniy vakili, yaqin qarindoshlari, himoyachisi, jazoni ijro etish bilan bog'liq masalalami ijro etishda yuzaga keladigan masalalarni hal etish to'g'risida taqdimnoma kiritgan muassasa yoki organ vakili, shuningdek, jazoni o'tayotgan shaxslardir. . Hukmni ijro etish bosqichi quyidagi o'ziga xos belgilarga ega: 1. Ushbu bosqichda jinoyat protsessiga tegishli bo'lgan umumiy vazifalar hal qilinadi. Uning o'ziga xos xususiyati va mazmuni odil sudlov hujjati bo'lmish hukmning umummajburiyligi, o'z vaqtida va to’la ijro etilishi bilan asoslantiriladi. Sudya quyidagilarga majbur: 1) hukm qonuniy kuchga kirishi
bilan uni ijroga qaratish lozim; 2) hukmni ijro etish vaqtida yuzaga keladigan protsessual masalalarni hal qilish; 3) qonunda ko'rsatilgan hollarda hukmni to’la yoki bir qismini bevosita ijro etish (bunda hukm chiqarilishi bilan darhol sudyaning yakka o'zi yoki sud tomonidan amalga oshiriladi). 2. Hukmni ijro etish bosqichida muayyan ishtirokchilar doirasi ishtirok etadi. Ayrim istisno hollardan tashqari protsessual masalalarni quyidagi sudlar ko'rib chiqadi: a) hukm chiqargan sud; b) mahkum tomonidan jazoni o'tash joyidagi sud; d) mahkumning yashash joyidagi sud. Jumladan, JPK ning 541- moddasi qaysi masalalar qaysi sud ish yurituviga tegishliligini hal qiladi. Ushbu bosqichda jazoni ijro etish muassasalari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari yoki ularning vakillari, mahkum, uning himoyachisi, fuqaroviy da'vogar, prokuror, sud ijrochilari ishtirok etadi. 3. Hukmni ijro etish bosqichi alohida protsessual tartibga ega. Hukmni ijro etish bosqichida sud faoliyati o'zida odil sudlov faoliyatining bir shaklini namoyon qiladi. U jinoyat protsessual qonuni bilan mustahkamlangan bolib, sud majlisi o'tkazish vositasida hukmni amalda qo'llash bilan bevosita bog'liq, shuningdek, mahkumning keyingi taqdiri bilan bog'liq masalalar hal qilinadi. Hukmni ijro etish vaqtida jinoyat protsessining bir necha prinsiplari amal qiladi. Bunda qonuniylik prinsipi jazo tayinlash, shartii hukm chiqarish, hukmning ijrosini kechiktirish bilan bog'liq moddiy qonun me'yorlarining qo'llanilishida namoyon bo'ladi. Chunki hukmni ijro etish bilan bog'liq ayrim protsessual masalalar jinoyat qonuni bilan tartibga solinadi. JPK ning 24- moddasi ga binoan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta'minlash hukmni ijro etish bosqichiga ham tegishli. Ushbu prinsip mailkumning hukmni ijroga qaratish bilan bog'liq huquq va- manfaatlarini himoya qilishga yo'naltirilganligi bilan xarakterlanadi. Hukmni ijro etish bosqichida isbotlash ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Agar jinoyat protsessining oldingi bosqichlarida isbotlash shaxsning aybliligi to'g'risidagi masalani hal qilish bilan bog'liq bo'lsa, hukmni ijro etish bosqichida esa isbotlash predmeti bilan bog'liq emas. Bunda sud majlisida hukm qonuniy kuchga kirgandan keyingi, hukmni haqiqatan ijro etish bilan bog'liq holatlar muhokama qilinadi.
Hukmni ijro etish bosqichida aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar turli xil bo’lib, ularni ushbu bosqichda isbotlash predmeti qilib shakllantirishning imkoniyati yo'q. Ko'p hollarda sudya mahkumning jazoni o'tab bo'lgan muddatini, ish va o'qishga munosabatini, tartib-intizomining buzilish holatlarini, sinov muddatini, jazoning haqiqatan o'talgan vaqtini yoki hukmning ijrosini kechiktirish bilan bog'liq holatlarni aniqlashi lozim. Hukmni ijro etish bosqichi yuqorida keltirilgan xususiyatlardan tashqari yana alohida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jinoyat protsessining boshqa bosqichlarida protsessual harakatlarning boshlanish va tugash payti, ularning davomiyligi aniq qilib belgilangan. Hukmni ijro etish bosqichi esa uzluksiz bosqich bo’lib, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin boshlanadi. Hukm majburiy tartibda ijroga qaratiladi. Hukmni ijro etish bosqichining bir marta yoki bir necha marta takrorlanishi JPK ning 533-546- moddalarida ko'rsatilgan protsessual masalalarni ko'rib chiqish zaruratining vujudga kelish-kelmasligi bilan bog'liq. Hukm, ajnm va qarorlar, ya'ni sud qarorlarini ijro etish ularda bildirilgan talablarni amalga oshirish bo'yicha protsessual faoliyat hisoblanadi. Ushbu faoliyatni turii subyektlar amalga oshiradilar. Sud chiqargan hukm, ajrim va qarorlarni bevosita ijro etish bo'yicha amaliy faoliyat bilan jazoni ijro etish muassasalari, sud ijrochilari va boshqa organlar. Hamda mansabdor shaxslar shug'ullanadilar. JPK ning 29- moddasiga muvofiq sudlarga hukmni ijro ettirish vakolati ham berilgan. Sudlar ham maxsus funksiya va faoliyatning maxsus usul va shakllarni amalga oshirib, hukm, ajrim va qarorlarni ijro etishda ishtirok etadilar. JPK ning 531- moddasida hukm, ajrim va qarorni ijro ettirish ularni qabul qilgan sud zimmasiga yuklatilishi aytib o'tilgan. Sud qarorlarini ijro etishda sudlarning ishtiroki bilvosita, ya'ni boshqa organlar yoki mansabdor shaxslar orqali ishtirok etganligi, hukm, ajrim va qarorlardagi talablarni shaxsan „ ijro etmasligi bois ularning bu boradagi faoliyati «hukm, ajrim va qarorlarni ijro ettirish» deb nomlanadi. Hukmni ijro etish bosqichida jinoyat protsessual xususiyatga ega bo'lgan va jmoyat protsessual qonuni bilan mustahkamlangan sud harakatlari va qarorlari amalga oshiriladi. Hukmni bevosita ijro etuvchi davlatning ma'muriy organlari,
muassasalari tomonidan olib boriladigan harakatlar jinoyat protsessidan tashqarida bo’lib, hukmni ijro etish bosqichi mazmuniga kirmaydi. Bunday faoliyat jinoyat- ijroiya, ma'muriy va boshqa huquq sohalari qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Biroq hukmni ijro etuvchi organlar o'z faoliyatlarida muayyan jinoyat protsessual faoliyatini ham amalga oshirishlari mumkin. Misol uchun JPK ning 536- moddasi I- qismiga binoan jazoni ijroetish muassasasi ma'muriyati sudga mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartii ozod qilish vajazoni yengilrog'i bilan almashtirish to'g'risida taqdimnoma kiritishi mumkin. Sudya jazoni ijro etish muassasasi tomonidan kiritilgan taqdimnomani ko'rib chiqishi shart. Shunday qilib, hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish bosqichida sud faoliyatining mazmuni quyidagi vazifalarni hal qilishdan iboratdir: - har qanday mazmundagi hukm, ajrim va qarorlarni ijro ettirish; - hukm, ajrim va qarorlarni ijroga qaratish; - hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish bosqichida yuzaga keladigan masalalarni hal qilish. Sud jazo chorasi sifatida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq ayblov hukmi chiqarganda mahkumning voyaga yetmagan farzandlarini homiylikka berish, qarovsiz qolgan mol- mulki va turar joyini qo'riqlash choralarini ko'rishi lozim. Bunda sud mahkumning voyaga yetmagan farzandlarini muassasalarning, qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning homiyligiga berish to'g'risida qaror qabul qilishi va bu haqda bolalar turgan joydagi vasiylik organi va mahkumga xabar qilishi lozim. JPK ning 532- moddasiga ko'ra mahkum: a) sudga hukmning ijrosini kechiktirish haqida, kasalligi yoki nogironligi tufayli jazodan ozod qilish haqida, jazoning o'talmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish va muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqida, jazoni ijro etish joylarida saqlash sharoitlarini o'zgartirish va JPK da nazarda tutilgan boshqa masalalar bo'yicha arizalar berishga;