Kognitiv jarayonlarni shaklllanishi. Insonda aks ettirish darajalari.
Kognitiv jarayonlarni shaklllanishi. Insonda aks ettirish darajalari. Reja: 1. Insonda aks ettirish darajalari. 2. Ongni vujudga kelishi va rivojlanishi 3. Individual va jamoaviy ong
Insonda aks ettirish darajalari Barcha psixologik mexanizmlar ma’lum bir tahlildarni talab qiladi ular ma’lum bir muammolarning yechimlariga qaratilgan bo’lishi kerak. Bu muammolar o’zining holatlariga ko’ra ijtimoiy tarixiy tabiatga egadir. Kognitiv psixologiya boshqa insonlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Barcha kognitiv jarayonlar bir biri bilan bog’liq bo’lgan kompleks tarzdagi ma’lumotlarni o’zida jamlaydi. An’anaviy kognitiv jarayonlar tarixiy muammolarni tahlil qilish holatini yaratishi mumkin 1 . Psixika ta’rifidan kelib chiqqan holda, ikki asosiy vazifani bajaradi: aks ettiruvchi va regulyativ (moslashuvchanlik). P.A. Ponomarev psixikaning quyidagi vazifalarini ko’rsatib o’tadi: atrof-olam ta’sirlarining aks etishlari; insonlar hulq- atvorlari va faoliyatlarini tartibga solish; insonlarning atrof-olamdagi o’zlari tutgan o’rinlarini anglashlari. Voqyelikni psixik aks ettirish o’ziga xos xususiyatlarga e ga: psixika obyektiv voqyelikni haqqoniy aks ettiradi; haqqoniy aks ettirish amaliyotda tekshiriladi; u rivojlantiriladi va takomillashtiriladi; faol harakatda namoyon bo’ladi; psixika shaxsiyat orqali o’z ma’nosini o’zgartiradi; u ilgarilab ketish xususiyatiga ega 2 . Psixik voqyelikni shartli ravishda: ekzopsixika, endopsixika va intropsixikaga ajratish mumkin. E kzopsixika – inson psixikasining bu bo’lagi organizmga nisbatan tashqi bo’lgan voqyelikni aks ettiradi. E ndopsixika – inson organizmining holatini aks ettiruvchi psixik voqyelikning bir bo’lagi. Intropsixika – fikr, iroda kuchi, xayolot, tushlarni o’z ichiga olgan psixik voqyelikning bir qismi. Psixika rivojining ikki darajasi mavjud: tuban va yuqori. Psixikaning tuban darajasi anglanmagan ong ostini, yuqorisi esa – ongni tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, psixika ongdan ko’ra anchagina kengroqdir. Ong – muzlikning ko’rinayotgan qismi bo’lib, uning katta qismini esa insonning anglangan nazoratidan yashiringan ong osti tashkil etadi. 1 Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р389 2 Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р389
Inson psixikasi tarkibiga: psixik jarayonlar: bilish, hissiy, irodaviy va anglanmagan jarayonlar; psixik holatlar: motivatsion sohada – ehtiyojlar, qiziqishlar, istaklar, intilishlar; emotsional sohada – sezgilarning hissiy toni, emotsional aks ta’sir, kayfiyat, stress, affekt; irodaviysohada – tashabbuskorlik, qaror qabul qilish, maqsadga yo’nalganlik, qat’iyatlilik; ongning umumiy tarkibini ifodalovchi – diqqatning turli darajalari, frustratsiya, apatiya va boshqalar; psixik xossalar: yo’nalganlik, temperament, fe’l-atvor, qobiliyatlar kiradi. Shu tarzda, inson psixikasi aks ettirish va tartibga solish faoliyatining yaxlit psixik hodisasi demakdir. Psixikani tushunishga oid turli yondoshuvlar mavjud: 1. Antropsixizm ta’limoti (R. Dekart) – psixika faqat insonga xos. 2. Panpsixizm ta’limoti (frantsuz materialistlari) – tabiatning umumiy ruhlanganligi; psixika butun tabiatga, butun olamga xos (shu jumladan toshga ham). 3. Biopsixizm ta’limoti – psixika – bu tirik tabiatning xossasi (o’simliklarga ham xos) 3 . 4. Neyropsixizm ta’limoti (Ch. Darvin) 4 – psixika asab tizimi mavjud bo’lgan organizmlargagina xos. 5. Miyapsixizmi ta’limoti (K.K. Aflotunov) – psixika faqat bosh miyali, naysimon asab tizimiga ega organizmlarda mavjud (bunga ko’ra, hasharotlarda psixika mavjud emas, chunki ular bosh miyasiz tugunli asab tizimiga ega). 6. Tirik organizmlarda psixika kurtaklarining namoyon bo’lish mezoni bo’lib ta’sirchanlik hisoblanadi(A.N. Leontyev) – hayotiy ahamiyatsiz bo’lgan muhit omillariga javoban ta’sirlanish (tovush, hid va sh.o’.), ular obyektiv barqaror aloqasiga ko’ra muhim hayotiy ta’sirlanuvchilar (ozuqa, xavf) uchun ogohlantiruvchi bo’lib xizmat qiladi. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixiy bosqichlari . Shunday qilib, psixologiya predmetini to’liq bayon etish psixologiya fanining o’zini ko’rib chiqishni taqazo etadi. 3 Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р387 4 Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р388
«Psixologiya» so’zi birinchi marta 1590 yilda nemis teolog olim R. Gokle- nius tomonidan qo’llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X. Volf birinchi marta ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki yirik ilmiy-psixologik asarlar: «Yempirik psixologiya» (1732) va «Ratsional psixologiya» (1734) ni yaratdi. Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil avval paydo bo’lgan. Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, Misr, Bobil, Yunoniston)da falsafa bag’rida paydo bo’lgan va jamiyatdagi amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi. XIX asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 1879 yilda Leyptsig shahrida dunyoda birinchi bo’lib eksperimental psixologik laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V. Vundt tan olingan. Bunga mos ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo’lib hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida sezgilar va ta’sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa – assotsiatsiyalar (G. Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), hissiy holat (U. Djeyms, T.A. Ribo), ong va iroda (Vyurtsburgskaya shkola, A. Bine) xizmat qildi. XX asrning birinchi yarmida amaliy psixologiyaning ko’plab maxsus bo’limlari yuzaga keldi – bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko’plab maxsus sohalari – psixofiziologiya, oila, yosh, differentsial psixologiya va boshqalar ajralib chiqdi. Ilmiy amaliy psixologiya turli yo’nalishlar bo’yicha rivojlanib bordi, inqiroz ma’lum darajada bartaraf etilgan bo’lsada, ko’plab masalalar hal etilmagan edi. XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir ko’rsatdi. Fanda matematika, kibernetika, informatika nazariyalari metodlari, shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo’llanila boshladi. Psixologiya
tibbiyot va biologiya sohalaridagi eng so’nggi yutuqlardan faol tarzda foydalana boshladi. Shunday qilib, psixologiya rivojlanish yo’lida uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tgan holda, o’rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o’zgartirib bordi. L.D. Stolyarenko psixologiyaning fan sifatidagi rivojlanishini to’rt bosqichga ajratadi. Birinchi bosqich. Psixologiya – ruh haqidagi fan (Arastu). Psixologiyaning bunday ta’rifi ikki ming avval keltirilgan edi. Ruhning mavjudligi bilan inson hayotidagi barcha noma’lum hodisalarni tushuntirib berishga urinar edilar. Ikkinchi bosqich. Psixologiya – ong haqidagi fan (R. Dekart, B. Spinoza, D. Lokk, G. Leybnits, D. Gartli). XVII asrda tabiiy fanlar rivoji bilan yuzaga keldi. Fikrlash, sezish, xohishga bo’lgan layoqat ong deb ataldi. O’rganishning asosiy metodi bo’lib, insonning o’zini kuzatishi va voqyelikni bayon etishi hisoblanar edi. Uchinchi bosqich. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda paydo bo’ldi (D. Uotson, e. Torndayk). Psixologiyaning vazifalari – tajribalar qo’yish va bevosita ko’rish mumkin bo’lganlarni, aynan, insonning xulq-atvori, harakatlari, ta’sirlanishga javoblarini kuzatish (harakatlarni keltirib chiqaruvchi motivlar hisobga olinmas edi). To’rtinchi bosqich. Psixologiya obyektiv qonuniyatlarni, psixikaning faoliyat va ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlarni o’rganuvchi fan sifatida. Ongni vujudga kelishi va rivojlanishi Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish subyekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqyelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z ichiga oladi. O’zini bilish subyekti sifatida his etish insonning olamni o’rganish va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo’lak qilingan mavjudot sifatida anglashini bildiradi. Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat yo’qoladi.