logo

Xalq ertaklarining janr xususiyatlari va mazmuniga ko’ra turlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.6201171875 KB
Xalq ertaklarining janr xususiyatlari va mazmuniga ko’ra turlari
REJA:
1. Ertak janri haqida umumiy ma`lumot.
2. Sehrli, fantastik va uydurma ertaklar.
3. Hayotiy-maishiy ertaklar.
4. Hayvonlar haqida ertaklar.
5. Hajviy ertaklar.
6. Latifa janri haqida ma`lumot.
7. Ertaklarning tili va badiiy xususiyatlari. So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga
kela boshladi. ertak termini Mahmud Koshg’ariyning XI asrda yozilgan «Devonu
lug’otit turk» asarida e tuk  shaklida uchraydi va biror voqeani og’zaki tarzda hikoya
qilish   ma`nosini   bildiradi.   Hozir   fol’kloristik   termin   sifatida   ertak   so’zi   qabul
etilgan bo’lsa-da, Surxondaryo, Samarqand, Farg’ona o’zbeklari orasida matal deb
yuritiladi.   Buxoro   atrofidagi   rayon   va   qishloqlarda,   shuningdek,   boshqa   erlardagi
ikki tilda (o’zbek va tojik tillarida) so’zlashuvchi aholi orasida ushuk deb ataladi.
Xorazmda   varsaqi,   Toshkent   shahri   va   uning   atrofida   cho’pchak   termini   ham
ishlatiladi.   O’zbeklar   orasida   ertak,   matal,   cho’pchak   terminlaridan   boshqa   yana
hikoya,   afsona,   o’tirik,   tutal   kabi   atamalar   uchraydi.   Alisher   Navoiy   asarlarida
afsona, ertak va masal ma`nolarida cho’rchak so’zi ishlatilganki, u ham cho’pchak
so’ziga   to’g’ri   keladi.   CHo’pchak   kichik   hikoyalarni   to’plash,   hikoya   qilish,
topish, izlash ma`nosida bo’lgani uchun ba`zan topishmoq o’rnida ham qo’llangan.
Ertak   xalq   og`zaki   badiiy   ijodining   eng   qadimiy,   ommaviy,   hajman   yirik,
katah kichiklar uchun baravar  qiziqarli bo`lgan janridir. Ular juda uzoq o`tmishda
ibtidoiy   ajdodlarimizning   mifologik   dunyoqarashi,   qadimiy   urf-odatlari,
marosimlari asosida paydo bo`lgan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy  turmushi
va   eng   olijanob   insoniy   fazilatlari   haqidagi   orzu-o`ylari   xayoliy   va   hayotiy
uydirmalar vositasida bayon etiladi. 
              Ertaklar   professional   ijrochilikka   asoslangan.   O`tmishda   ertaklar   yilning
ma`lum   davrida,   belgilangan   paytda   ijrochilik   salohiyatiga   ega   bo`lgan   yoshi
ulug`,   dono,   hurmatli   va   e`tiborli   kishilar   tomonidan   aytilgan.   Odatda   bunday
professional ijrochilar ertakchi deb hritiladi. 
                 Xalq ertak aytmoqqa jiddiy qaragan. SHu   haqdagi nuqtai nazarini «Ertak
ermak   emas,   ertakchi   og`ziga   kelganini   demas”   maqolida   ifodalagan.   Ertak
ertakchi   tomonidan   yo   bir   kishiga,   yo   butun   bir   jamoaga   qarata   aytiladi.   Bunda
aytish mohiyatan ijroga teng. Aytaylik, ertakchi tinglovchilar diqqatini qozonmoq
uchun ertak mazmuniga mos ruhiy holatlarga kiradi, ertak sirli olamini ta`minlash
uchun   ovoz   jilosiga,   hz   va   gavda   harakatlariga     (mimika   va   pantomimikaga)
alohida e`tibor  beradi, ertakni baqirib-chaqirib aytmaydi, balki goh shivirlab, goh ovozini ko`tarib, ko`zlarini har xil  holatga solib, hmshoqlik bilan samimiy hikoya
qiladi. Hayvonlarga xos ovozlarni taqlid qilsa, mifologik obrazlar ovozi  vahmkor
ohangda bo`lishini ta`minlaydi. SHu taxlitda butun   bir ertakni  bir o`zi ijro etadi,
asardagi   ruhiy   olamni   o`z   kechinmalari   bilan   to`ldiradi   va   hayajonbaxshligini
ta`minlaydi. SHu ijro xususiyatiga ko`ra ertak ijrochiligi xalq yakka aktyor teatrini
eslatsa-da,   aslida   har   qanday   dekoratsiyalardan   va   boshqa   sahnaviy   atributlardan
xoliligi bilan undan  farq qiladi.
                  Ishlab   chiqarishning   dehqonchilik   turi   etakchilik   qilgan   davrlarda   ertak,
odatda, dehqonlarning dala hmushlari tugagan paytda- kuz va qish mavsumlarida,
uzun   va   zerikarli   oqshomlarda     aytilgan   va   bu   o`ziga   xos   an`ana   tusini   olgan.
Ertakchilik oqshomlari shomdan tonggacha davom etgan. SHundandirki, xalqning
o`zi   bu   hodisani   «Doston   kunda   aytiladi,   ertak   tunda»   degan   maqolida   maxsus
ta`kidlab qo`yishni unutmagan.
                Garchi   ertak   eng   qiziqarli   nuqtasiga   –   kul`minatsiyasiga   kelib   qolganiga
qaramay,   tong   otgan   zahoti   uni   aytishdan   to`xtanilgan.   Xususan,   sehrli-fantastik
ertaklar   ijrochiligida   bunga   qat`iy   amal   qilingan.   Sababi   -   sehrli-fantastik
ertaklarda   mavjud   dev,   pari,   ajina   singari   qorong`ulik   olamining   mavjudotlari
yorug`lik   olamiga   chiqib,   insonlarga,   ayni   paytda   ertak   tinglovchilariga   ziyon-
zahmat   etkazishlari   mumkin   degan   e`tiqod   tufayli   shunday   yo`l   tutilgan.
Qolaversa, ertaklarga xos sirlilikning yo`qolishidan, uning moddiy hayot qobig`iga
singib   ketishidan   qo`rqilgan.   SHomdan   boshlanuvchi   qorong`ulik   tonggacha
hukmron   bo`lganligidan   ertaklar   olamiga   xos   sirlilikni   kuchaytirgan   omilga
aylangan.   Ertakning   kechqurun   aytilishi     an`anasi   aslida   ana   shu   asosda   qaror
topgan. 
                  Ertaklarning   ayrim   qismlari   bevosita     dramatik   harakat   yordamida   ijro
qilinadi. Bunday ijroga amal qilinmasa, ertakning badiiy-estetik qimmati pasayadi.
Ertaklar ijrosi uch xil usulda tashkil etilishi mumkin:
                    a) teatrlashtirilgan shaklda;
                    b) deklamatsion shaklda; 
                     v) ohangga solingan shaklda.                       Ertaklarda   va   ular   ijrochiligida   tayyor   qolipga   aylangan   an`anaviy
birikmalar   juda   ko`p   uchraydi.   Ular   o`quvchi   va   tinglovchini   qiziqtirishdan
tashqari,   voqealarni     bir-biriga   bog`lashda,   uzoqni   yaqin   qilishda   muhimdir.
CHunonchi, «qirq hujra bor, hujraning qirqinchisiga kirma», «qilichni bir silkitdi,
qilich   qirq   gaz   cho`zilibdi»,   «endi   so`zni   boshqa   tomondan   eshiting»,   «shohning
qahri kelib, ilonday zahri kelib», «oy desa og`zi bor, kun desa-ko`zi bor, shirindan
shirin so`zi bor», «suv ichsa tomog`idan, sabzi esa biqinidan ko`rinadi», «kulsa –
og`zidan   gullar   sochilar,   hrsa-oyog`idan   tilla   sochilar»,   «yo`l   hrib,   yo`l   hrsa   ham
mo`l hrib,  tog`u sahro, cho`l hrib…» kabilar shular jumlasidandir.
                     Ertak ijrochiligining o`ziga xos tabu – taqiq va irimlari bor. CHunonchi,
ertakchi   ertak   aytayotganda   eshikni   mahkam   tambalagan,   o`choqqa   olov   yoqqan,
yoniga   achchiq   va   keskir   narsalar,   shuningdek,   non,   suv,   tosh   singari   narsalarni
qo`ygan.
                 O`zbekistonning turli joylarida ertakchilik matablari bo`lgan.   Ularda ustoz
ertakchilar   o`zlariga   munosib   shogirdlar   tayyorlagan.   SHogirdini   ertak   aytish
san`atining   nozik   qirralari   bilan   tanishtirgan   va   unga   ertak   ijrochiligining   sir-
sinoatlaridan maxsus saboq bergan.
          Ertak epigrafi, an`anaviy kirish qismi va boshlamasi ertakchining mahoratini
baholashga   xizmat   qiladi,   ular,   asosan,   saj`   orqali   yaratilgan   bo`lib,   ertak
ohangdorligining jozibasini ta`minlaydi, ertakka ta`sirchanlik baxsh etib turadi.
          O`zbek ertaklari a) sehrli –fantastik ertaklar; b) hayvonlar haqidagi ertaklar;
v) maishiy-hayotiy ertaklar kabi ichki turlarga bo`linadi.
                      Sehrli   va   hayvonlar   haqidagi   ertaklar   voqelik   asosan   xayoliy   uydirma
negizida   hikoya   qilinib,     ularda   hayotda   bo`lmagan,   bo`lmaydigan   g`ayritabiiy
narsa-hodisalar   tilga   olinadi.   Maishiy-xayoliy   ertaklarda   hayotiy   uydirma
etakchilik qiladi.
                   Ertaklar janr sifatida uzoq muddatli shakllanish jarayonini kechirgan. Ular
ibtidoiy   odamlarning   turmushdagi   biror   voqeani   oddiygina   hikoya   qilishlari
asosida   hzaga   kelgan.   Davrlar   o`tishi   bilan   hikoya     qilish   ham   takomillashib
borgan.   So`zga   sig`inish,   ilohiy   kuchlarga   sig`inish,   animistik,   totemistik, fetishistik   e`tiqodlar,     gallitsunatsiya   va   tush   ta`sirida   fantastik   (taxayyuliy)
vositalarga   to`lisha   borsa,   hayvonlarni   ovlash,   xonakilashtirish,   ular   inonchlariga
ishonish,   hayvon   mahsulotlaridangina   emas,   balki   kuchidan   ham   foydalanish
jarayonlarida   hayvonlar   haqidagi   ertaklar   paydo   bo`la   boshladi.   Asta-sekin   shu
xildagi   ertaklarda     turmush   tajribasini   omuxtalashtira   borish,   u   yoxud   bu   xildagi
qusur   va   kamchiliklardan   kulish   ertakdagi   obrazlarga   majoziylik   (allegorik)
xususiyatni   baxsh   etdi.   Natijada   hayvonlarga   oid   ertaklar   tarkibida   majoziy
namunalar hzaga kela boshladi. 
                    Feodal   munosabatlar   tarkib   topib,   unda   ijtimoiy     jarayon   takomillasha
borgach,   ertaklarda   ham   shu   ijtimoiy   munosabatlarni   ifodalash   tamoyili
chuqurlasha   bordi,   natijada   hayotiy   uydirmalar   asosidagi   maishiy   ertaklar   paydo
bo`la   boshladi.   SHu   zaylda   ertaklar   ijtimoiy   –   estetik   hodisa   sifatida   xalq   epik
ijodiyotida mustahkam qaror topdi. 
              Ertak   janri   barcha   xalqlarning   og`zaki   ijodida   mavjud   bo`lib,   har   bir
xalqning   umuminsoniy   fazilatlari,   olijanob   qarashlari,   hksak   orzulari   va
intilishlarini   o`ziga   xos   milliy   ruhda   ifodalaydi.   Jumladan,   o`zbek   xalq
ertaklarida   xalqimizning   o`tmish   va   kelajak   maishiy   turmushi   haqidagi
qarashlari,   axloqiy   me`yorlari,   ruhiy   olami,   o`y-istaklari,   orzu-armonlari,
shuningdek, jonajon diyorimizning tabiiy iqlimi, geografik muhiti, hayvonot va
nabotot olami ona tilimizning boy imkoniyatlaridan foydalanilgan holda badiiy
obrazli   tarzda   aks   ettirilgan.   SHu   vajdan   har   bir   xalqning   ertagi   o`sha   xalq
tarixini   ma`naviy-madaniy   turmush   tarzini,   ichki     dunyosini,   imon-e`tiqodini
boshqa   qardosh   elu   elatlar   bilan   ijtimoiy     munosabatlarini,   urf-odatlarini,
yashash   joyining   iqlimi   va   tabiiy   shart-sharoitlarini   o`rganishda   muhim   manba
vazifasini  o`taydi.
            Deyarli barcha ertaklarning g`oyaviy yo`nalishi yagona  maqsadga- mehnat
ahlining   buhk   va   yorqin   kelajak   uchun   olib   borgan   kurashlarini,   intilish   va
orzularini  aks   ettirishga   qaratilgan.   SHuning  uchun   ertaklar  hamisha   yaxshilik  va
murodga etishdan iborat umidbaxsh g`oya bilan yakun topadi.              Maishiy – hayotiy ertaklar ning mazmuni bevosita real hayotga bog`liqdir.
Ularda   real   ijtimoiy   voqelik   hayotiy   uydirma   asosida   tasvirlanadi,   hayotiy   real
kishilar   bosh   qahramon   bo`lib   keladi.   Maishiy-hayotiy   ertaklar   taxayyulotdan
deyarli xoli bo`lib, ayrim hollardagina fantastik detallar uchrashi mumkin.
                    Maishiy-hayotiy   ertaklarda   voqelik   makoni   aniq   shahar   yoki   qishloqda
kechadi,   aniq   qahramon   ishtirokida   hz   beradi.   Ular   mazmun-mundarijasi   va
g`oyaviy   yo`nalishi,   obrazlariga   ko`ra   sehrli-fantastik   va   hayvonlar   haqidagi
ertaklardan farq qiladi. Ularda aniq shaxsning o`z aql kuchi, tadbirkorligi, chidam
va   matonati,   hksak   insoniy   fazilatlari   tufayli   murod-maqsadiga   etishuvi   ko`rsatib
beriladi.   SHu   sababli   maishiy-hayotiy   ertaklar   shjetini   ijtimoiy-maishiy
mazmundagi   voqelik   tashkil   etadi.   Ularning   aksariyatida   jamiyatdagi   ijtimoiy
kamchiliklar, nosozliklar, mehnat ahlining hukmron tabaqa vakillaridan noroziligi
umumlashma   obrazlarda   ochib   beriladi.   “Ertaklar   hech   vaqt   bekorchi,   ermak
narsalar   emas,-   deb   yozgandi   ulug`   adib   Muxtor   Avezov,-   ular   hamma   vaqt   zo`r
ijtimoiy   va   tarixiy   ahamiyatga   egadirlar.   Bahaybat   maxluqlar   haqida   hikoya
qiluvchi   ertak   va   afsonalar   hamda   bu   boy   janrning   boshqa   turli   ko`rinishlarida   u
yoki   bu   davrning   ijtimoiy,   hayotiy   kurashlari,   xalq   manfaatlari   badiiy   ifodasini
topgandir.” Ularda ajdodlarimizning  yashash va kurash sabog`i ifodalangan.
    Ertaklar   xalqning   necha-necha   ming   yilliklar   davomidagi   hayotiy
tajribalarini   umumlashtirgan   holda   uning   ijtimoiy   ongida,   estetik   didida,   axloqiy
qarashlarida   e`tiqodida   kechgan   o`sish-o`zgarishlarning   badiiy   tarixi   sifatida
ayricha   ahamiyat   kasb   etgan.   SHu   bois   hozir   ham   miriqib   tinglanadi,   sevilib
o`qiladi,   eng   muhimi,   navqiron   avlodning   ma`naviy-axloqiy   kamol   topishida
beqiyos ta`sir ko`rsatib kelmoqda.
Ertaklar   xalq   ijodining   epik   turiga   kiradi.   Uning   o’ziga   xos   xususiyati   –
voqeabandligi,   biror   voqeani   mukammal   hikoya   tarzida   bayon   qilishidir.   ertaklar
turmush   voqeligini   ajoyib   va   g’aroyib,   jozibali   qilib,   kishilarda   badiiy   zavq
uyg’otadigan holda aks ettiradi.
Ertak   fol’klor   asari.   SHuning   uchun   ham   xalq   og’zaki   ijodiga   xos   barcha
sifatlar: kollektivning ijodiy mahsuli bo’lib, ko’pchilik tomonidan aytilishi, og’zaki yo’l   bilan   tarqalishi,   an`anaviylik,   ijodchisining   noma`lumligi   –   anonimlik,   bir
syujetning xalq orasida bir qancha variantlarda ijro etilishi – ertaklarga ham xosdir.
Turli   davrlarda   ertaklar   ham   turlicha   o’zgarishlarga   uchrab   kelganlar.   SHu
sababdan   ertaklarning   g’oyaviy   yo’nalishi,   qahramonlarining   vazifalari   o’zgarib,
yangidan-yangi   versiyalar   yuzaga   kelib   turadi.   Buning   ustiga   har   bir   ertak
aytilganda ijrochining ijodiy qobiliyati, dunyoqarashi, turmush voqeligini aks ettira
olishi, ertak an`analarini qay darajada bilishi, tajribasi, psixologik holatlariga qarab
turib   yangidan   tug’iladiki,   natijada   bir   ertakning   o’zi   bir   necha   variantlarda   xalq
orasida yashab yuradi. ertaklarning badiiy formasi va poetikasi o’ziga xos bo’ladi.
Ertakchilar xayoliy «uchar gilamlar»ni aeroplanlar ixtiro qilinmasdan necha
asrlar ilgari, afsonaviy tez harakatlarni parovoz, gaz va elektromotorlar bunyodga
kelmasdan   birmuncha   vaqt   ilgari   bilgan   edi…   Fikrimcha,   insonning   ajoyib
xususiyatlaridan   biri   –   …   «faraz»ni   ham   fantaziya,   «uydirma»   vujudga   keltirib
tarbiyalagan.
Fantastika ertak mezoni, uning joni va qonidir. ertaklar fantastikaning tutgan
o’rni,   me`yori   va   funktsiyasiga   qarab   ikki   guruhga   bo’linadi.   Birinchi   guruhga
fantastika   elementlari   ustun   bo’lgan   ertaklar,   ikkinchisiga   esa,   fantastika
elementlari   kuchsiz,   element   shaklida   keladigan   yoki   umuman   bo’lmaydigan,
hayotiy uydirmalar asosida yaratilgan ertaklar kiradi. Hayvonlar haqidagi ertaklar
bilan sehrli ertaklar syujeti ko’proq fantastik voqealar asosiga qurilgan. Maishiy va
hajviy   ertaklar   syujeti   asosida   esa,   hayotiy   voqealar   yotadi.   Birinchi   guruhdagi
ertaklar   («YOriltosh»,   «CHo’loq   bo’ri»,   «Oltin   sandiq»   va   boshqalar)   tom
ma`nodagi   ibtidoiy   tushunchalar   mazmunini   aks   ettiradi.   Ikkinchi   guruhdagi
ertaklar   («Malikai   Husnobod»,   «Uch   og’ayni   botirlar»,   «Uch   yolg’onda   qirq
yolg’on») esa, asosan ijtimoiy mazmunni ifoda etadi.
Ertaklarda voqealar asosan mo’`jizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo’`jiza
yoki   fantaziya   voqea   va   hodisalarni   hayot   bilan   bog’lab,   haqiqat,   ozodlik,
to’g’rilik,   odamiylik   kabi   didaktik   g’oyalarni   tashviq   etadi,   syujet   rivojiga   kuch
bag’ishlaydi, tinglovchi e`tiborini o’ziga jalb qilib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi,
shirin tuyg’ular dunyosiga g’arq etadi. Ertak   ijrochiligining   xarakterli   belgilaridan   biri   shundaki,   hikoya
qilinayotgan   voqea   va   hodisalar   aytuvchi   va   tinglovchi   tomonidan   «bo’lgan
voqea»   deb   emas,   balki   «muqarrar   bo’lmagan   hodisalar»,   deb   tushuniladi.
SHuning   uchun   ham   ertaklarda   voqea   va   hodisalarning   bo’lib   o’tgan   o’rni   va
zamoni   noaniq,   umumiy   tarzda   ifodalanadi.   Bundan   tashqari,   ertaklarning   zamon
va   makon   e`tibori   bilan   yuzaga   kelgan   o’rni   ham   turlicha.   Ularning   tili   va   stili
shakl   va   mazmuniga   ko’ra   o’zaro   farq   qiladi.   U   yoki   bu   ertakni   qaysi   turga
taalluqli   ekanini   aniqlash   uchun   uning   asosida   bo’lgan   uydirmaning   davr   e`tibori
bilan   tashkil   topgan   o’rnini   aniqlash,   hayot   haqiqatiga   bo’lgan   munosabati   va
asosiy   funktsiyasini   belgilash   lozim   bo’ladi.   Masalan,   sehrli   ertaklar   hamda
hayvonlar   haqidagi   ertaklar   bilan   ishqiy-sarguzasht   tipidagi   yoki   hajviy
ertaklarning   mustaqil   janr   sifatida   tashkil   topishi   ham   turli   xil   davrlarga   to’g’ri
keladi. SHuning uchun ham har xil davrda yaratilgan va turli xil jamiyat qatlamlari
ta`sirini   o’zida   saqlagan   «Kenja   botir»,   «Qilich   qora»,   «Qiron   aka»,   «Malikai
Husnobod»,   «Bulbuligo’yo»,   «Ur   to’qmoq»,   «CHol   bilan   kampir»,   «Bo’ri   bilan
tulki», «Qo’ng’iz bikach», «Baxtli kal» kabi ertaklarning syujet sostavi, xarakteri,
obrazlar   sistemasi,   tili   va   hikoya   qilish   uslubida   o’xshash   va   farqli   tomonlar
mavjud.   Negaki,   ertak   o’zining   taraqqiyoti   davomida   ba`zi   bir   motiv,   obrazlarni
yo’qotishi,   yangi-yangi   belgilarni   qabul   qilishi   mumkin,   ba`zan   esa   an`anaviy
elementlar yangicha talqin etilgan bo’ladi. Xullas, har bir ertakning syujet tuzilishi,
uning   g’oyaviy   mazmuni,   badiiy   vositalarning   o’ziga   xos   tomonlari   u   yoki   bu
davrni   hamda   u   yoki   bu   turga   xos   xususiyatni   ko’rsatib   turadi.   «Zumrab   bilan
Qimmat»   yoki   «Oltin   tarvuz»   kabilar,   asosan   sehrli   ertaklardir.   Biroq   asosiy
qahramonlar   qiyofasi,   ularning   xatti-harakatlari   hajviy   ertaklarning   bosh
qahramonlarini   eslatadi.   Lekin   bu   ertaklarda   hajviy   ertaklarda   bo’lganidek,   aql-
idrok,   tadbirkorlik   ustun   emas,   aksincha,   fantastik   uydirmalar   asar   echimida   hal
qiluvchi   vazifalarni   o’taydi.   Bu   belgi   ularni   hajviy   ertaklardan   ajratib   turadi.
Demak, satira va yumorni faqat hajviy ertaklarga xos belgi deb qaramaslik kerak.
CHunki   satira   va   yumor   sehrli   va   hayvonlar   haqidagi   ertaklarda   ham   mavjud.
Faqat bularning u yoki bu ertaklardagi mazmun darajasi, ishlatilish o’rni, maqsad, vazifalarini e`tiborga olish kerak. SHundagina u ertak qaysi bir turga xos ekanligi
ma`lum bo’ladi.
Turli   xalqlar   ijodida   o’xshash   syujetli   ertaklarni   ko’p   uchratish   mumkin.
Bunday ertaklarning tema va obrazlar sistemasi o’ziga xos aynanlikka ega. Bularni
ko’proq   «sayyor   syujetli   ertaklar»   deb   yuritiladi.   Biroq   ular   qanchalik   o’xshash
bo’lmasin, badiiy shakl, obrazlar  talqini, til  vositalari jihatidan o’zaro farq qiladi.
Ularda har bir xalqqa xos an`ana, milliy kolorit, falsafiy-estetik qarashlar namoyon
bo’ladi.   Bu   xildagi   o’xshash   syujetlar   u   yoki   bu   xalqning   bir   xildagi   iqtisodiy,
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tganligidan kelib chiqadi.
Ertaklar   o’ziga   xos   tuzilishi   bilan     ajralib   turadi.   Ayniqsa,   kirish   qism,
boshlama, tugallamalar alohida ko’zga tashlanadi.
Kirish   qismi,   avvalo,   ertakchining   mahoratini   ko’rsatadi,   qolaversa,
tinglovchilar diqqatini jamlab, ertak eshitishga hozirlaydi.
Boshlama   ertakning   dastlabki   qismini   ta`riflaydi.   ertaklarda   an`anaviy
boshlama voqeaning qayvaqt bo’lib o’tganini bildirmaydi, noaniq, umumiy tarzda
ifodalaydi:   «Sizga   bog’   bo’lsin,   bizga   hayot,   zamonlarning   zamonida,   qadimlar
ayyomida, bir podshohi zolim bor ekan». Ba`zan boshlama qisqa bo’ladi. «bir bor
ekan, bir  yo’q ekan, bir  podachi bor ekan». Ba`zan esa,  u voqelik bilan qo’shilib
ketadi.   «O’tgan   zamonda   bir   podshoh   yakka   o’zi   ovga   chiqib,   ov   qilib   yurib,
uzoqda bir narsa ko’ribdi».
Hayotiy-maishiy ertaklarda esa boshlama nihoyatda ixcham va sodda. Bunda
ham   voqelikning   bo’lib   o’tgan   vaqti   noaniq.   Biroq   sirlilik   sezilmaydi,   hayotiylik
hukmron. Voqea  bo’lib o’tgan joy va qahramon nomi  aniq hamda to’liq beriladi.
Bu   syujet   asosini   tashkil   etgan   voqea   va   hodisalarning   realligini,   tabiiyligini
ko’rsatadi.   «Zomin  yurtida   bir  boy  bor   ekan,  u  boyning  xizmatkori  bo’lar   ekan».
«Boltaboy   akasi   Teshaboyni   ochlikdan   o’ldirgan   zolim   boydan   o’ch   olish   uchun
boyning   hovlisiga   qarab   to’g’ri   yo’l   olibdi».   Ko’rinadiki,   boshlama   bayonida
personajlarning Kim ekani, kasb, amal, laqablari ma`lum bo’ladi.   
Demak,   hayot   haqiqati   bilan   bog’liq   bo’lib,   fantastik   hamda   hayotiy
uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalar e rtak   deb ataladi.   ertaklar   obrazlar   talqini,   g’oyaviy   mazmuni   va   konflikti,   syujet   va
kompozitsiyasi,   fantastik   uydirmaning   o’rni   va   funktsiyasi   hamda   tili   va   stiliga
ko’ra shartli ravishda   hayvonlar haqidagi etaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy
ertaklarga  bo’linadi.
Hayvonlar   haqidagi   ertaklar .   Hayvonlar   haqidagi   ertaklar   qadim
zamonlarda   vujudga   kelgan   bo’lib,   unda   ibtidoiy   tuzum   davridagi   insonning
hayoti,   mehnati,   dunyoqarashi,   tabiat   haqidagi   tushunchalari   ifodalangan.
Keyinchalik   hayvonlar   haqidagi   ertaklarning   bir   qismi   o’z   ma`nosini   yo’qotib,
ko’chma ma`no kasb etdi – majoziy ertaklarga aylandi, ya`ni ba`zi qo’y, buzoq va
echki singari hayvonlar orqali tadbirkor kishilar, bo’ri, tulki orqali ochko’z, yovuz,
aldamchi, makkor kishilar obrazlari berilla boshladi.
Sehrli   ertaklar .   Sehrli   ertaklarning   yuzaga   kelishi   qadimiy   tarixga   ega
bo’lib,   ildizi   boshlang’ich   jamiyatga   borib   etadi.   Ma`lumki,   ibtidoiy   inson
noma`lum   bo’lib   ko’ringan   tabiat   hodisalari   oldida   talvasaga   tushgan.   Har
qadamda   uchraydigan   xavf-xatarlar   uning   ruhiga   ta`sir   etgan.   Ana   shular   dunyo
haqida   yuzaki   mulohaza   yuritishga   va   g’ayri   tabiiy   bo’lib   ko’ringan   hodisalarni
o’zicha izohlashga majbur qilgan. 
Hayotiy-maishiy   ertaklar .   Ular   real,   hayotiy   uydirmalar   asosiga   qurilgan
bo’lib,   fantastika   elementlari   yordamchi   motivlar   shaklida   namoyon   bo’ladi.
Hayotiy-maishiy   ertaklar   sehrli   ertaklar   asosidagi   an`analardan   kelib   chiqqan   va
ko’p   jihatlari   ularga   o’xshab   ketsa-da,   biroq   ulardan   real   hayot   voqealari   asosida
qurilganligi bilan ajralib turadi.
Hajviy   ertaklar .   Ular   xuddi   hayotiy-maishiy   ertaklardek,   ijtimoiy   hayotda
real asoslari  bo’lgan hayotiy uydirmalar  zaminiga qurilgan bo’lib, o’tkir satira va
xushchaqchaq yumor asosiy xususiyatini belgilaydi. Syujet tuzilishi ixcham, voqea
va   hodisalar   lo’nda   ifodalanadi.   Nаql   –   o`zbеk   хаlq   оg`zаki   ijоdidа   аlоhidа,
mustаqil,   kеng   tаrqаlgаn   jаnrlаrdаn   biri.   Turmushdаgi   turli   nаrsа   vа   hоdisаlаrni
izоhlаshgа   qаrаtilgаn   ахlоqiy-didаktik   mаzmundаgi,   rаmz   vа   mаjоzgа
аsоslаnuvchi kichik оg`zаki hikоyalаr   nаql   dеb hritilаdi .                 Nаql   хаlq   dоnоligining   o`zigа   хоs   ifоdаsi   bo`lib,   аsоsаn,   ахlоq   nоrmаlаri
hаqidа bаhs hritаdi. Nаqllаr mа`lum bir hаyotiy еhtiyoj munоsаbаti bilаn аytilаdi.
Bеsаbаb   аytilmаydi.  U   ko`pinchа   muhоkаmаgа   sаbаb   bo`lgаn  vоqеаni   tаsdiqlаsh
yoki ахlоq qоidаlаrini buzib ish hritаyotgаn birоr-bir shахsni оgоhlаntirish yoхud
nоto`g`ri tushunchаni tаrtibgа sоlish mаqsаdidа аytilаdi.  ZARURIY ADABIYOTLAR:
1. O’zbek   xalq   og’zaki   poetik   ijodi   (X.Razzoqov,   T.Mirzaev,   O.Sobirov,
K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.
2. H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969 yil. 
3. O’zbek xalq ertaklari. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1969 yil.
4. M.Afzalov. O’zbek xalq ertaklari haqida.   Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1974
yil.
5. B.Sarimsoqov. O’zbek adabiyotida saj`. Toshkent, 1978 yil.
6. Qadimgi afandi latifalari. T., 1993. 
7. Qodirov M. O`zbek xalq og`zaki dramasi. T., 1963. YAna: Xalq qo`g`irchoq
teatri.   T.:   G`ASN,   1979;   Masxaraboz   va   qiziqchilar   san`ati.   T.:
”O`qituvchi”, 1981, 36-57-  va 123-204-b. 
8. O`zbek xalq maqollari // O`XI. T.: G`ASN, 1989.
9. «O`zbek   xalq   ijodi»   ruknida   FACH   tomonidan   nashr   etilgan   ertaklar
to`plamlari:   «Suv   qizi»   (1966),   «Oltin   olma»   (1966),   «Gulpari»   (1969),
«Kulsa-gul»,   «yig`lasa-dur»   (1983),   «Oltin   beshik»   (1985),   «Zumrad   va
Qimmat» (1988), «Luqmoni hakim» (1998).
10. «O`zbek   xalq   fantastikasi»   ruknidagi   to`plamlar:   «Oymomoda   ajdaho»   (1-
kitob,   1983),   «Qora   dev»   (2-kitob,   1984),   «Ilon   pari   »   (3-kitob,   1985),
«YOnar   daryo»   (4   kitob,   1986),   «Samo   tulpori»   (5-kitob,   1987),
«Guliqahqah» (6-kitob, 1988), «Sehrli qiz» ( 7-kitob, 1989).

Xalq ertaklarining janr xususiyatlari va mazmuniga ko’ra turlari REJA: 1. Ertak janri haqida umumiy ma`lumot. 2. Sehrli, fantastik va uydurma ertaklar. 3. Hayotiy-maishiy ertaklar. 4. Hayvonlar haqida ertaklar. 5. Hajviy ertaklar. 6. Latifa janri haqida ma`lumot. 7. Ertaklarning tili va badiiy xususiyatlari.

So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. ertak termini Mahmud Koshg’ariyning XI asrda yozilgan «Devonu lug’otit turk» asarida e tuk shaklida uchraydi va biror voqeani og’zaki tarzda hikoya qilish ma`nosini bildiradi. Hozir fol’kloristik termin sifatida ertak so’zi qabul etilgan bo’lsa-da, Surxondaryo, Samarqand, Farg’ona o’zbeklari orasida matal deb yuritiladi. Buxoro atrofidagi rayon va qishloqlarda, shuningdek, boshqa erlardagi ikki tilda (o’zbek va tojik tillarida) so’zlashuvchi aholi orasida ushuk deb ataladi. Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida cho’pchak termini ham ishlatiladi. O’zbeklar orasida ertak, matal, cho’pchak terminlaridan boshqa yana hikoya, afsona, o’tirik, tutal kabi atamalar uchraydi. Alisher Navoiy asarlarida afsona, ertak va masal ma`nolarida cho’rchak so’zi ishlatilganki, u ham cho’pchak so’ziga to’g’ri keladi. CHo’pchak kichik hikoyalarni to’plash, hikoya qilish, topish, izlash ma`nosida bo’lgani uchun ba`zan topishmoq o’rnida ham qo’llangan. Ertak xalq og`zaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik, katah kichiklar uchun baravar qiziqarli bo`lgan janridir. Ular juda uzoq o`tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo bo`lgan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy turmushi va eng olijanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-o`ylari xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi. Ertaklar professional ijrochilikka asoslangan. O`tmishda ertaklar yilning ma`lum davrida, belgilangan paytda ijrochilik salohiyatiga ega bo`lgan yoshi ulug`, dono, hurmatli va e`tiborli kishilar tomonidan aytilgan. Odatda bunday professional ijrochilar ertakchi deb hritiladi. Xalq ertak aytmoqqa jiddiy qaragan. SHu haqdagi nuqtai nazarini «Ertak ermak emas, ertakchi og`ziga kelganini demas” maqolida ifodalagan. Ertak ertakchi tomonidan yo bir kishiga, yo butun bir jamoaga qarata aytiladi. Bunda aytish mohiyatan ijroga teng. Aytaylik, ertakchi tinglovchilar diqqatini qozonmoq uchun ertak mazmuniga mos ruhiy holatlarga kiradi, ertak sirli olamini ta`minlash uchun ovoz jilosiga, hz va gavda harakatlariga (mimika va pantomimikaga) alohida e`tibor beradi, ertakni baqirib-chaqirib aytmaydi, balki goh shivirlab, goh

ovozini ko`tarib, ko`zlarini har xil holatga solib, hmshoqlik bilan samimiy hikoya qiladi. Hayvonlarga xos ovozlarni taqlid qilsa, mifologik obrazlar ovozi vahmkor ohangda bo`lishini ta`minlaydi. SHu taxlitda butun bir ertakni bir o`zi ijro etadi, asardagi ruhiy olamni o`z kechinmalari bilan to`ldiradi va hayajonbaxshligini ta`minlaydi. SHu ijro xususiyatiga ko`ra ertak ijrochiligi xalq yakka aktyor teatrini eslatsa-da, aslida har qanday dekoratsiyalardan va boshqa sahnaviy atributlardan xoliligi bilan undan farq qiladi. Ishlab chiqarishning dehqonchilik turi etakchilik qilgan davrlarda ertak, odatda, dehqonlarning dala hmushlari tugagan paytda- kuz va qish mavsumlarida, uzun va zerikarli oqshomlarda aytilgan va bu o`ziga xos an`ana tusini olgan. Ertakchilik oqshomlari shomdan tonggacha davom etgan. SHundandirki, xalqning o`zi bu hodisani «Doston kunda aytiladi, ertak tunda» degan maqolida maxsus ta`kidlab qo`yishni unutmagan. Garchi ertak eng qiziqarli nuqtasiga – kul`minatsiyasiga kelib qolganiga qaramay, tong otgan zahoti uni aytishdan to`xtanilgan. Xususan, sehrli-fantastik ertaklar ijrochiligida bunga qat`iy amal qilingan. Sababi - sehrli-fantastik ertaklarda mavjud dev, pari, ajina singari qorong`ulik olamining mavjudotlari yorug`lik olamiga chiqib, insonlarga, ayni paytda ertak tinglovchilariga ziyon- zahmat etkazishlari mumkin degan e`tiqod tufayli shunday yo`l tutilgan. Qolaversa, ertaklarga xos sirlilikning yo`qolishidan, uning moddiy hayot qobig`iga singib ketishidan qo`rqilgan. SHomdan boshlanuvchi qorong`ulik tonggacha hukmron bo`lganligidan ertaklar olamiga xos sirlilikni kuchaytirgan omilga aylangan. Ertakning kechqurun aytilishi an`anasi aslida ana shu asosda qaror topgan. Ertaklarning ayrim qismlari bevosita dramatik harakat yordamida ijro qilinadi. Bunday ijroga amal qilinmasa, ertakning badiiy-estetik qimmati pasayadi. Ertaklar ijrosi uch xil usulda tashkil etilishi mumkin: a) teatrlashtirilgan shaklda; b) deklamatsion shaklda; v) ohangga solingan shaklda.

Ertaklarda va ular ijrochiligida tayyor qolipga aylangan an`anaviy birikmalar juda ko`p uchraydi. Ular o`quvchi va tinglovchini qiziqtirishdan tashqari, voqealarni bir-biriga bog`lashda, uzoqni yaqin qilishda muhimdir. CHunonchi, «qirq hujra bor, hujraning qirqinchisiga kirma», «qilichni bir silkitdi, qilich qirq gaz cho`zilibdi», «endi so`zni boshqa tomondan eshiting», «shohning qahri kelib, ilonday zahri kelib», «oy desa og`zi bor, kun desa-ko`zi bor, shirindan shirin so`zi bor», «suv ichsa tomog`idan, sabzi esa biqinidan ko`rinadi», «kulsa – og`zidan gullar sochilar, hrsa-oyog`idan tilla sochilar», «yo`l hrib, yo`l hrsa ham mo`l hrib, tog`u sahro, cho`l hrib…» kabilar shular jumlasidandir. Ertak ijrochiligining o`ziga xos tabu – taqiq va irimlari bor. CHunonchi, ertakchi ertak aytayotganda eshikni mahkam tambalagan, o`choqqa olov yoqqan, yoniga achchiq va keskir narsalar, shuningdek, non, suv, tosh singari narsalarni qo`ygan. O`zbekistonning turli joylarida ertakchilik matablari bo`lgan. Ularda ustoz ertakchilar o`zlariga munosib shogirdlar tayyorlagan. SHogirdini ertak aytish san`atining nozik qirralari bilan tanishtirgan va unga ertak ijrochiligining sir- sinoatlaridan maxsus saboq bergan. Ertak epigrafi, an`anaviy kirish qismi va boshlamasi ertakchining mahoratini baholashga xizmat qiladi, ular, asosan, saj` orqali yaratilgan bo`lib, ertak ohangdorligining jozibasini ta`minlaydi, ertakka ta`sirchanlik baxsh etib turadi. O`zbek ertaklari a) sehrli –fantastik ertaklar; b) hayvonlar haqidagi ertaklar; v) maishiy-hayotiy ertaklar kabi ichki turlarga bo`linadi. Sehrli va hayvonlar haqidagi ertaklar voqelik asosan xayoliy uydirma negizida hikoya qilinib, ularda hayotda bo`lmagan, bo`lmaydigan g`ayritabiiy narsa-hodisalar tilga olinadi. Maishiy-xayoliy ertaklarda hayotiy uydirma etakchilik qiladi. Ertaklar janr sifatida uzoq muddatli shakllanish jarayonini kechirgan. Ular ibtidoiy odamlarning turmushdagi biror voqeani oddiygina hikoya qilishlari asosida hzaga kelgan. Davrlar o`tishi bilan hikoya qilish ham takomillashib borgan. So`zga sig`inish, ilohiy kuchlarga sig`inish, animistik, totemistik,

fetishistik e`tiqodlar, gallitsunatsiya va tush ta`sirida fantastik (taxayyuliy) vositalarga to`lisha borsa, hayvonlarni ovlash, xonakilashtirish, ular inonchlariga ishonish, hayvon mahsulotlaridangina emas, balki kuchidan ham foydalanish jarayonlarida hayvonlar haqidagi ertaklar paydo bo`la boshladi. Asta-sekin shu xildagi ertaklarda turmush tajribasini omuxtalashtira borish, u yoxud bu xildagi qusur va kamchiliklardan kulish ertakdagi obrazlarga majoziylik (allegorik) xususiyatni baxsh etdi. Natijada hayvonlarga oid ertaklar tarkibida majoziy namunalar hzaga kela boshladi. Feodal munosabatlar tarkib topib, unda ijtimoiy jarayon takomillasha borgach, ertaklarda ham shu ijtimoiy munosabatlarni ifodalash tamoyili chuqurlasha bordi, natijada hayotiy uydirmalar asosidagi maishiy ertaklar paydo bo`la boshladi. SHu zaylda ertaklar ijtimoiy – estetik hodisa sifatida xalq epik ijodiyotida mustahkam qaror topdi. Ertak janri barcha xalqlarning og`zaki ijodida mavjud bo`lib, har bir xalqning umuminsoniy fazilatlari, olijanob qarashlari, hksak orzulari va intilishlarini o`ziga xos milliy ruhda ifodalaydi. Jumladan, o`zbek xalq ertaklarida xalqimizning o`tmish va kelajak maishiy turmushi haqidagi qarashlari, axloqiy me`yorlari, ruhiy olami, o`y-istaklari, orzu-armonlari, shuningdek, jonajon diyorimizning tabiiy iqlimi, geografik muhiti, hayvonot va nabotot olami ona tilimizning boy imkoniyatlaridan foydalanilgan holda badiiy obrazli tarzda aks ettirilgan. SHu vajdan har bir xalqning ertagi o`sha xalq tarixini ma`naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-e`tiqodini boshqa qardosh elu elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urf-odatlarini, yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o`rganishda muhim manba vazifasini o`taydi. Deyarli barcha ertaklarning g`oyaviy yo`nalishi yagona maqsadga- mehnat ahlining buhk va yorqin kelajak uchun olib borgan kurashlarini, intilish va orzularini aks ettirishga qaratilgan. SHuning uchun ertaklar hamisha yaxshilik va murodga etishdan iborat umidbaxsh g`oya bilan yakun topadi.