Paleolit davri san’ati


Paleolit davri san’ati Reja: 1. Paleolit davri qoyatosh suratlari. 2. Ye vropa paleolit san’atining o‘rganilishi tarixi. 3. Paleolit davri ibtidoiy ajdodlarimizning diniy tasavvurlari.
1.1 Ilk paleolit davri – bu davr yodgorliklarining sanasi 700-500 ming yil avval boshlanib, miloddan avvalgi 15000 yilliklargacha davom etgan va Ashel davri deb yuritilgan. Chunki Ashel davri yodgorliklari O‘zbekistonda bo‘lmagan. Ashel davri oxirida Yevropani shimoliy mintaqalarini qalin muz qoplagan. Lekin U. Ismoilov shu davr odamini qoldig‘ini (bosh suyagini bir bo‘lagi, yelka suyagi va 10 ta tish qoldig‘ini) topib o‘rgangan Farg‘ona vodiysini Selung‘ur g‘oridan, A.Qosimov esa Ko‘rbuloq makonini o‘rganib, Ashel davriga oid 22 ta, muste davriga oid 24 ta madaniy qatlamni o‘rganadi. Bunda markaziy Osiyoga odamlar juda erta kelib joylasha boshlaganlar degan xulosaga kelish mumkin. O‘rta paleolit (muste madaniyati) davri – bu davrda mashhur yodgorliklar topilgan va 24 ta madaniy qatlam o‘rganilgan. Ayniksa, Teshiktosh Surxondaryodagi, Obirahmat Toshkent viloyatidan, Xo‘jakent Toshkent viloyatidan, Ko‘lbuloq Toshkent viloyatidan, Samarqand viloyatidan Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Xo‘jamazgil, Navoiy viloyatidan Ustut nomlari o‘rganilib O‘zbekistonning qadimgi madaniyati va san’ati tarixiga oid manbalar topiladi. Teshiktosh g‘ori 5 ta qatlamdan iborat, g‘orni uzunligi 20 m, balandligi 9 m, chuqurligi 21 m bo‘lgan. 2859 tosh qurollar topilgan. 7 Teshiktoshdan 7-11 yashar (qiz bola) Neondertal odamini topilishi buyuk kashfiyot bo‘lgan. Odam suyaklari atrofiga arxar va Buxoro bug‘usi shoxlarini qo‘yilishi dastlabki diniy tasavvurlarni vujudga keltirilishini ko‘rsatadi. Obirahmat makoni va Paltov (tangritog‘ chotqol tizmasidagi) makonidan 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam o‘rganilgan. Makon yoysimon bo‘lgan, og‘zi janubga qaragan, ichi keng bo‘lgan. U yerdan ohaktoshli chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollar, parrandalar, qirg‘ichlar, kurakchalar, keskichlar topilgan. Obirahmat esa hayvon suyagidan ishlangan bigizlar shuningdek bug‘u, tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, arxar suyaklari, gulxan, kul, ko‘mir qoldiqlari topilib, u yerda odamlar 120 - 40000 yil ilgari yashaganlar va tog‘ mevalarini terib, yovvoyi hayvonlarni
ovlaganlar. Qo‘tirbuloq (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘onida) 5 ta madaniy qatlam topilgan. Bu yerdan ikki tomoniga ishlov beruvchi bargsimon qurollar, fil, bug‘u, yovvoyi ot, quyon suyaklari topilgan. Yuqori yoki so‘nggi paleolit davri - miloddan avvalgi 40 - 35000 yil avval boshlangan va 12-10000 yilliklargacha davom etgan. Bu davrda hozirgi zamon odami shakllangan. Bular toshni o‘yish usullarini (retush qilish, sindirib olish, o‘tkirlashni) bilganlar. Bularni mehnat qurollari prizmali, konussimon shaklda bo‘lgan. Bular tosh bilan birga suyak va yog‘ochdan ham foydalanganlar. Bu davr odamlarining buyuk yutug‘i nayza - paykonlarini, irg‘itiladigan nayzalarni, nayza - otkichlarni ixtiro qilganlar. Ishlatilishiga qarab guruhlarga bo‘lganlar (ov qilish, go‘shtni nimtalash, teriga ishlov berish, baliq tutish uchun sanchqi (charpun), arralovchi qurollar, suyak ignalar, bigizlar). Shuning uchun bu davr odamlarini Xamosanienslar ya’ni aqlli, idrokli va ongli odamlar deganlar. Ta’sviriy va amaliy san’atning ibtidosi yuqori paleolitdan boshlangan. Suyakdan ayollar haykalchalari yasalgan, taqinchoqlar yasalib ustiga turli xil tasvirlar o‘yib tushurilgan. O‘rta Osiyoda bu davrga oid 30 dan ortiq yodgorliklar topilgan, ya’ni Samarqand makoni, Toshkent viloyatida Oqtosh, Ko‘lbuloq makonlari o‘rganilib amaliy san’ati shakllanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, 8 chaqmoqtoshga ishlov beradigan ustaxonalar bo‘lgan. Ishqalash yo‘li bilan olov hosil qilganlar. O‘rta tosh (mezolit) davri – 12 - 6000 yilliklarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda insoniyat tomonidan ko‘p kashfiyotlar qilindi. O‘q-yoy kashf etildi va ibtidoiy san’at rivojlandi, ya’ni devorga o‘yib rangli bo‘yoqlar bilan ta’svirlangan san’at paydo bo‘ldi. Butun ta’sviriy san’at na’munasi Surxondaryoning Zarautsoy darasidan topildi. Bunda yovvoyi buqani itlar yordamida ovlash masalasi qizil bo‘yoqlar bilan berilganligi o‘rganildi. 1.2 Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g‘orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so‘nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g‘ori).
O‘rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo‘ladi. O‘rta Osiyoning tog‘lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil. Bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar)rasmlardir. O‘zbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o‘q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg‘a, qopqon kabi narsalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo‘lib, bu rasmlar mezolit- neolit, ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o‘sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumi san’ati tarixi, odamzod tafakkuri, his-tuyg‘ularining paydo bo‘lishi va rivojlanishidan boshlab, yer yuzida birinchi davlatlarning yuzaga kelishigacha bo‘lgan davr san’atini o‘z ichiga oladi, o‘rganadi va tahlil etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumidan bizgacha ashyoviy dalillar-mehnat va ov qurollari, uy-anjom va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari yetib kelgan, Shular ibtidoiy jamoa kishisining estetik va diniy qarashlarini bilishga, ibtidoiy jamoaning madaniyati haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Tuproq ostida qolib ketgan moddiy yodgorliklar odam va xayvonlar jasadining qoldiqlari, g‘or va yerto‘la devorlariga chizilgan surat va bo‘rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o‘rganishning muhim manbai hisoblanadi. Bulardan tashqari, etnografiya, tarix sohasidagi fan yutuqlari, antropologiya, lingvistika, geologiya, xalq