logo

DIQQAT

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

72.7880859375 KB
MAVZU:  DI QQ AT
Reja: 
1. Di qq at  h a q ida tushuncha
2. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari
3. Diqqat turlari
4. Diqqat xususiyatlari
5. Diqqat borasidagi psixologik nazariyalar
6. Di qq atning buzilishi 1.  Di qq at  h a q ida tushuncha
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir
etib turadi. Lekin odamga ta'sir  etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi  bir
xil   aniqlikda   aks   ettirilmaydi.   Ulardan   ayrimlari   aniq  yaqqol   aks   ettirilsa,   boshqa
birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana
shu   odamga   ta'sir   etayotgan   narsalarga   diqqatning   qay   darajada   qaratilishiga
bog’liqdir.   Demak,   di qq atimiz   q aratilgan   narsa   va   h odisalar   ani q   va   to’la   aks
ettiriladi. 
Diqqat   tushunchasiga   olimlar   tomonidan   bir   qator   ta'riflar   keltirilganligini
ta'idlash   mumkin.P.I.Ivanov   tomonidan   diqqat   deb-   ongni   bir   nuqtaga   to’plab
muayyan   bir   ob'ektga   aktiv   qaratilishga   aytiladi.F.N.Dobrinin,   N.V.Kuzmina,
I.V.Straxov,   M.V.Gamezo,   N.F.Gonobolin   va   boshqalarning   fikricha,   diqqatning
vujudga   kelishi   ongning   bir   nuqtaga   to’planishi   ong   doirasining   torayishini
bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi.
E.B.Pirogovaning  ta'kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy
yoki   harakatlantiruvchi   faolligi   darajasining   oshirilishini   taqazo   etadigan   tarzda
ongning   yo’naltirilganligi   va   biror   narsaga   qaratilganligidir.   Diqqat   shunday
muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng
sodda   faoliyatdan   tortib   eng   murakkab   faoliyatni   ham   diqqatning   ishtirokisiz
bajarish   mutlaqo   mumkin   emas.   Shuning   uchun   diqqatning   inson   hayotidagi   roli
benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb
ta'riflashi,   Nyutonning   kashfiyot   fikrni   doimo   shu   masalaga   qaratilish   jarayoni,
deyishi,   K.D.Ushinskiyning "diqqat   ruhiy   hayotimizning   shunday   yagona
eshigidirki,   ongimizga   kiradigan   narsalarning   barchasi   shu   eshik   orqali   o’tib
kiradi"  degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan
tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga
ega   bo’lgan   ob'ekt   ustida   to’planishidan   iborat   bilish   jarayonidir.   Yo’naltirish
deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob'ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy
tanlash   tushuniladi.   O’quvchi   maktabda   o’qituvchi   gapirayotgan   gaplarni   eshitib o’tirganda mana shu eshitib o’tirish faoliyatini  ongli  ravishda tanlab olgan, uning
diqqati   ongli   ravishda   qo’zg’algan   shu   maqsadga   bo’ysundirilgan   bo’ladi.
O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan o’quv materialining mazmuniga
zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi. 
Psixik   faoliyatning   yo’naltirilishi   deganda   ana   shu   tanlashgina   tushunilib
qolmay,   balki   ana   shu   tanlanganni   saqlash   va   qo’llab-quvvatlash   tushuniladi.
Diqqatning   bilish   jarayoni   uchun   ahamiyatini   alohida   ta'kidlab   o’tish   lozimdir.
Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har
doim   ishtirok   etadi.   Diqqat   barcha   aks   ettirish   jarayonlarimizning   doimiy
yo’ldoshidir.   Diqqat   barcha   psixik   jarayonlarimizda   qatnashsa   ham,   lekin
diqqatning o’zi hech  narsani aks ettirmaydi. 
Odam   biror   narsaga   zo’r   diqqat   bilan   kirishgan   paytida   uning   tashqi
qiyofasida   ayrim   o’zgarishlar   ko’zga   tashlanadi.   Demak,   diqqat   odatda   o’zining
sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir. 
Birinchidan ,   diqqat   qaratilgan   narsani   yaxshi   idrok   qilish   uchun   unga
muvofiqlashishga   urinishdan   iborat   harakatlar   (tikilib   qarash,   quloq   solish)
qilinadi.
Ikkinchidan,   ortiqcha   harakatlar   to’xtaydi.   Jiddiy   diqqatning
xususiyatlaridan   biri   qimirlamasdan   jim   turishdir.   Masalan,   auditoriya   va   teatr
zalidagi   jimlik   diqqat   vaqtidagi   harakatsizlik   natijasi   bo’lib,   bu   jimlik   odamlar
ma'ruzachini yoki artistni zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan,   kuchli   diqqat   paytida   kishining   nafas   olishi   sekinlashib   va
pasayib qoladi.
Demak,   diqqat   paytida   organizm   reseptorlarimiz   alohida   holatda   bo’ladi.
Ammo   bu   holat   diqqatning   faqat   tashqi   ifodasi   bo’libgina   qolmay,   balki   uning
ma'lum   yo’nalishi   va   barqarorligini   saqlab   turuvchi   shartlardan   biri   hamdir.
Shuning uchun ko’pincha biror  ishni bajarishdan avval  organizmimizni shu ishga
moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
Diqqatning   tashqi   ifodalanishiga   rassomlarning   rasmlari,   turli   jurnallardan
olingan suratlar eng yaxshi illyustrativ material hisoblanadi. Ular yordamida kishi diqqatining   tashqi   ifodasiga   xos   bo’lgan   mimika   va   pantomimikani   ko’rsatish
mumkin.
2. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari
Odamga   har   bir   daqiqada   ta'sir   qilib   turadigan   qo’zg’atuvchilar   turlicha
reflekslarga   sabab   bo’ladi.   Chunki   har   qanday   refleks   organizmning   tashqi
ta'sirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir. 
Diqqatning   nerv-fiziologik   asosida   orientirovka   yoki   tekshirish   deb
ataladigan   maxsus   refleks   yotadi.   Bunday   refleksni   akademik   I.P.Pavlov   maxsus
ibora   bilan   "bu   nima   gap   refleksi"   deb   ham   ataydi.   Ana   shu   refleks   odatda
organizmga   to’satdan   birorta   yangi   narsaning   ta'siri   yoki   haddan   tashqari   kuchli
ta'sirot   orqali   hosil   bo’ladi.   Orientirovka   yoki   tekshirish   refleksi   diqqatning
fiziologik   asosi   hisoblanadi,   chunki   bu   refleks   bosh   miya   yarim   sharlarining
po’stida   kuchli   qo’zg’alish   jarayonidan   iborat   bo’ladi.   Boshqacha   qilib   aytganda
har   bir   daqiqada   organizmga   turli   narsalarning   ta'siridan   hosil   bo’lgan
qo’zg’alishlarga   nisbatan   orientirovka   yoki   tekshirish   refleksi   ayni   chog’da
nisbatan kuchli (ya'ni optimal) qo’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi.
Bosh miya yarim  sharlarining po’stida paydo bo’ladigan kuchli qo’zg’alish
manbai   nisbatan   uzoqroq   saqlanib   turadigan  mustahkam   qo’zg’alish   bo’ladi.   Ana
shu nuqtai- nazardan akademik I.P.Pavlov "diqqatning fiziologik asosini bosh miya
po’sti  qismidagi  optimal qo’zg’alish manbai tashkil  qiladi", deb ta'kidlagan. Buni
biz   akademik   I.P.Pavlovning   quyidagi   so’zlaridan   ochiq   oydin   ko’rishimiz
mumkin.
"Miya yarim sharlarining optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan qismida -deydi
I.P.Pavlov,   -   yangi   shartli   reflekslar   yengillik   bilan   hosil   bo’ladi   va
differensirovkalar   muvaffaqiyatli   ravishda   paydo   bo’ladi.   Shunday   qilib,   optimal
qo’zg’alishga   ega   bo’lgan   joy   ayni   chog’da   bosh   miya   yarim   sharlarining   ijodga
layoqatli   qismi   desa   bo’ladi.   Miya   yarim   sharlarining   sust   qo’zg’algan   boshqa
qismlari   bunday   xususiyatga   qobil   emas.   Ularning   ayni   chog’da   funksiyasi   juda nari   borganda   tegishli   qo’zg’ovchilar   asosida   ilgaridan   hosil   qilingan   reflekslarni
qayta tiklashdan iboratdir". 
I.P.Pavlov   tomonidan   kashf   etilgan   nerv   jarayonlarining   induksiya   qonuni
diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu
qonunga   muvofiq,   bosh   miya   po’stining   bir   joyida   maydonga   kelgan   qo’zg’alish
jarayonlari   bosh   miya   po’stining   boshqa   joylarida   tormozlanish   jarayonlarini
yuzaga   keltiradi.   Bosh   miya   po’stining   ayrim   bir   joyida   yuzaga   kelgan
tormozlanish   jarayoni   bosh   miya   po’stining   boshqa   joylarida   kuchli   qo’zg’alish
jarayonlarini   paydo   bo’lishiga   olib   keladi.   Ayni   shu   paytda   har   bir   onida   miya
po’stida   qo’zg’alish   jarayoni   uchun   optimal,   ya'ni   nihoyatda   qulaylik   bilan
harakatlanuvchi   biror   bir   kuchli   qo’zg’alish   manbai   mavjud   bo’ladi.   "Agar   bosh
suyagiga   qarash   imkoni   bo’lganda,   degan   edi   I.P.Pavlov,   uning   ichidagi   miya
ko’rinadigan bo’lsa, agar  miya yarim sharlarida optimal kuchli qo’zg’alish uchun
eng   yaxshi   sharoit   tug’ilgan   nuqtasi   miltillab   ko’rinadigan   bo’lsa,   yangi   sog’lom
bir   narsani   o’ylab   turgan   odamning   miyasiga   qaraganimizda   uni   miyasini   katta
yarim   sharlarida   juda   halati   jimjimador   shakli,   surati   va   hajmi   har   damda   bir
o’zgarib,   turlanib,   jimir-jimir   qilib   turgan   yoruq   narsani   u   yoqdan   bu   yoqqa
yugurib   qimirlab   turganini   va   miya   yarim   sharining   bu   yorug’   narsa   atrofidagi
boshqa yerlarni bir muncha xira tortib turganini ko’rardik".
A.A.Uxtomskiy   tomonidan   ilgari   surilgan   dominantlik   tamoyili   ham
diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega.  Dominantlik
tamoyiliga   muvofiq   miyada   qo’zg’alishning   har   doim   ustun   turadigan   hukmron
o’chog’i   mavjud   bo’ladi,   bu   hukmron   qo’zg’alish   o’chog’i   aynan   shu   damda
miyaga   ta'sir   qilib,   unda   yuzaga   kelayotgan   hamma   qo’zg’alishlarni   qandaydir
ravishda o’ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo’zg’alishlarga nisbatan
uning   hukmronligi   yanada   oshib   boradi.   Nerv   tizimi   faoliyatining   tabiati
qo’zg’alishning hukmron bo’lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qo’zg’atuvchilarga diqqatning qaratilishi va
ayni chog’da ta'sir qilib turgan boshqa qo’zg’atuvchilardan diqqatning chalqishida
ifodalanadi.  Jiddiy diqqat, odatda o’ziga xarakterli bo’lgan tashqi ifodalari bilan bog’liq
bo’ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash
bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to’xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat
uchun xos bo’lgan yuz harakatlari bilan bog’liq bo’ladi.
3. Diqqat turlari
Odam   ayrim   narsalarga   o’z   diqqatini   ongli   ravishda   o’zi   hohlab   qaratsa,
boshqa   bir   narsalar   diqqatni   beixtiyor   ya'ni   bizning   hohishimizdan   tashqari   jalb
qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va to’planishida
ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi.
 Diqqatning aktivligiga qarab   - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi
diqqat.
 Diqqatning ob'ektiga qarab  - tashqi va ichki diqqat.
 Diqqatning   faoliyat   turlariga   qarab   -   individual,   guruhiy   va   jamoaviy
diqqat
Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko’rsatiladi.
Ular   ixtiyorsiz   diqqat,   ixtiyoriy   diqqat   va   ixtiyoriydan   so’nggi   diqqat   turlaridan
iboratdir. 
Diqqat   turlarida   insonda   yuzaga   keladigan   holatlar   quyidagi   jadvalda   aks
ettirilgan.Ixtiyorsiz 	
Ixtiyoriy	
Ixtiyoriydan so'nggi	
Tashqi	
Ichki	
Индивидуал	
Гуруҳли	
Жамоа
Diqqat turlari
Aktivligiga
qarab Ob'ektiga
qarab Faoliyat
formasiga qarab Ixtiyorsiz   diqqat   deb   to’satdan   ta'sir   qilgan   biror   sabab   tufayli   bizning
hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. 
Odamning   ko’z   o’ngida   paydo   bo’ladigan   juda   yorqin   rangli   narsalar,
o’zining   tashqi   ko’rinishi   jihatidan   odatdagi   narsalardan   keskin   farq   qiluvchi
predmetlar, to’satdan paydo bo’lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati
va   shu   kabilar   ixtiyorsiz   diqqatni   yuzaga   keltiruvchi   sabablar   bo’lishi   mumkin.
Masalan,   hikoya   o’qish   mashg’uloti   paytida   to’satdan   uchib   o’tgan   reaktiv
samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o’ziga jalb
qiladi. 
Ixtiyorsiz   diqqat   odamning   har   turli   ehtiyojlari   va   qiziqishi   bilan   bevosita
bog’liq   bo’lgan   diqqatdir.   Shuning   uchun   ham   ayni   chog’dagi   ehtiyojlarimiz,
qiziqishlarimiz bilan  bog’liq  bo’lgan  narsalarning ta'siri  ixtiyorsiz   diqqatga  sabab
bo’ladi.   Masalan,   erkin   o’yin   paytida   zaldan   eshitib   qolgan   bolani   qiziqtirgan
musiqa ovozi uning diqqatini o’yindan darhol o’ziga jalb qilib oladi.
Ixtiyorsiz   diqqatning   nerv-fiziologik   asosini   orientirovka   yoki   bu   nima?
refleksi tashkil qiladi. Chunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina o’zgarishi
bizda   darhol   orientirovka   refleksini   yuzaga   keltiradi.   Boshqacha   qilib   aytganda,
"nima gap?" degan ma'noda atrofimizga razm sola boshlaymiz.
  Ixtiyoriy   diqqat   deb -oldindan   belgilangan   qat'iy   bir   maqsad   asosida   va
ongli   ravishda   diqqatimizni   ma'lum   bir   narsa   va   hodisalarga   qaratishimizga
aytiladi. 
Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan  ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan
amalga   oshiriladi.   Shuning   uchun   barcha   faoliyat   turlarida,   ya'ni   o’qish,   o’yin   va
mehnat   faoliyatlarida   ixtiyoriy   diqqatning   roli   juda   kattadir.   Ixtiyoriy   diqqat
ixtiyorsiz   diqqatga   nisbatan   uzoq   vaqt   mobaynida   davom   etadigan   diqqat   turi
bo’lib, u zo’r berishlikni, ya'ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi.  Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida
vujudga   keladigan   optimal   qo’zg’alish   manbai   bilan   ikkinchi   signallar
sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli
g’oyat   kattadir.   Chunki   ko’pchilik   hollarda   hoh   ta'lim   jarayonida   bo’lsin,   hoh
mehnat jarayonida bo’lsin nutq orqali turli vazifalar qo’yish bilan ixtiyoriy diqqat
ishga solinadi. 
Shuni   aytish   lozimki,   ixtiyoriy   diqqat   har   doim   ixtiyorsiz   diqqat   bilan
almashinib   turadi.   Ixtiyoriy   diqqat   vaqtida   odam   tez   charchaydi,   chunki   ixtiyoriy
diqqat   odamdan   hamma   vaqt   iroda   kuchini   sarflashni   talab   etadi.   Iroda   kuchini
sarflash   orqali,   ya'ni   odam   o’zini   majbur   qilish   orqali   diqqatni   safarbar   qilishi
odamni charchatadi. Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish
talab etilmaydi. 
Shuning   uchun   ixtiyorsiz   diqqatda   odam   charchamaydi.   Ana   shu   jihatdan
olganda   ta'lim   va   mehnat   jarayonida   ixtiyoriy   diqqatning   vaqti-vaqti   bilan
ixtiyorsiz diqqatga o’tib turishi yaxshi bo’ladi. 
Ixtiyoriy   va   ixtiyorsiz   diqqatdan   tashqari   uning   yana   bir   alohida   turini
ixtiyoriydan   so’nggi   diqqatni   ko’rsatib   o’tish   mumkin.   Bu   tushuncha
psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. 
Agar   maqsadga   qaratilgan   faoliyatda   shaxs   uchun   diqqatning   ixtiyoriy
to’planganidagi   kabi   faqat     faoliyat   natijasi   emas,   balki   uning   mazmuni   va
jarayonning   o’zi   qiziqarli   va   ahamiyatli   bo’lsa   ixtiyoriydan   so’nggi   diqqat   deb
tushunish   mumkin.   Bu   holda   faoliyat   kishini   shu   qadar   qiziqtirib   yuboradiki,   u
diqqatni   ob'ektga   qaratish   uchun   sezilarli   irodaviy   kuch-g’ayrat   sarflamasa   ham
bo’laveradi.   Shunday   qilib,   ixtiyoriydan   so’nggi   diqqat   ixtiyoriy   diqqatdan   keyin
namoyon   bo’lgan   holda   shuning   o’zidangina   iborat   deb   hisoblash   mumkin   emas.
Masalan, yuqori sinf o’quvchisi imtihonga tayyorlanayotib qiyin kitobni qisqacha
mazmunini   yozib   chiqar   ekan,   oldiniga   o’zini   diqqat-e'tiborli   bo’lishga,
chalg’imaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki,
oqibatda uni kitobdan chalg’itish qiyin bo’ladi. Dastavval irodaviy kuch-g’ayratlar
madadiga   tayangan   diqqat   ixtiyoriydan   so’nggi   diqqatga   aylanadi.   Ixtiyoriydan so’nggi   diqqat   biror   narsaga   uzoq   vaqt   davomida   juda   ham   barqaror   qaratilishi
bilan   belgilanadi,   ko’proq   yuqori   darajadagi   jadal   va   unumli   aqliy   faoliyatning
barcha   turdagi   mehnatning   yuksak   unumdorligini   asosli   ravishda   ana   shunday
diqqat turi bilan bog’liq deb hisoblaydilar.
4. Diqqat xususiyatlari
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari -
diqqatning kuchi  va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi
va   diqqatning   ko’chuvchanligidan   iboratdir.   Diqqatning   mazkur   xususiyatlari
quyidagi jadvalda to’liq aks ettirilgan va shunga muvofiq har biriga qisqacha ta'rif
berib o’tamiz. 
Diqqatning   kuchi   va   barqarorligiga   ko’ra   odamlarning   diqqatlari   o’zining
kuchi  va barqarorligi  jihatidan bir-biridan  farq qiladi. Ayrim  odamlarning diqqati
kuchli   va   barqaror   bo’lsa,   boshqa   bir   odamlarning   diqqati   kuchsiz   va   beqaror
bo’ladi. 
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb , odam o’z diqqatini biror narsa yoki
hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning YO'NALISH MURAKKABLIK
BARQARORTASHQI	
ICHKI	
YUQRI	
QUYI	
HAJM	
TAQSIMLANGAN	
MAHSULDOR	
BEMAHSULDORDIQQAT SIFAT LARI
FAOLLIK KENGLIK JADALLIGI	
OSON	
QIYIN	
BARQAROR	
BEQAROR kuchi   va   barqarorligi   inson   hayotida   juda   katta   ahamiyatga   ega.   Chunki   diqqatni
ma'lum  muddat   biror   narsaga   muttasil,  ya'ni  uzluksiz     tarzda qaratib  odam  ishlay
ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va hatto o’ynay ham olmaydi.
Diqqatning   kuchli   va   barqaror   bo’lishi   bir   qancha   sabablarga   bog’liqdir.
Birinchidan,   diqqatimiz   qaratilgan   narsaning   xususiyatlari,   biz   uchun   bo’lgan
ahamiyatiga,   ikkinchidan   diqqatimiz   qaratilgan   narsa   bilan   amalga   oshiriladigan
faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining  ayrim  xususiyatlariga bog’lidir.
Bularning   hammasi   ob'ektiv,   ya'ni   bizning   irodamiz   bilan   bog’liq   bo’lmagan
sabablardir.   Diqqatning   kuchi   va   barqarorligi   albatta   sub'ektiv,   ya'ni   odamning
ayni   chog’dagi   holati   bilan   ham   bog’liq.   Masalan,   ayni   chog’da   betobroq   bo’lib
turgan odamning yoki boshiga bir og’ir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli
va barqaror bo’la olmaydi. 
Odamlar   o’z   diqqatlarining   ko’lami   jihatidan   ham   bir-birlaridan
farqqiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa, boshqa bir odamlar
diqqatining ko’lami  torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami  ayni  bir vaqtda odamning
idrokiga   sig’ishi   mumkin   bo’lgan   narsalar   miqdori   bilan   belgilanadi.
Boshqacharoq   qilib   aytganda,   idrok   qilish   jarayonida   diqqatimiz   qaratilgan
narsalardan qanchasini ongimizga sig’dira olishimiz  diqqatning ko’lamini tashkil
etadi.
Diqqat   ko’lamini   tajriba   yo’li   bilan   aniqlash   qiyin   emas.   Buning   uchun
diqqatning   ko’lamini   aniqlayotgan   odamga   ayni   bir   vaqtning   o’zida   bir   necha
o’zaro bog’lanmagan harflarni, raqamlarni va turli geometrik shakllarni ko’rsatish
yo’li bilan aniqlash mumkin. Bunda odam ko’rsatilayotgan narsalardan ayni vaqtda
qanchalik ko’pini birdaniga idrok eta olsa, uning diqqati shunchalik keng bo’ladi. 
Diqqatning   ko’lami   odatda   taxistoskop   degan   maxsus   asbob   bilan
aniqlanadi.   Bu   asbob   yordamida   ayni   bir   vaqtning   o’zida   idrok   ettiriladigan
narsalar   juda   tez   ko’rsatiladi.   Bunda   odam   o’z   diqqati   doirasiga   qancha   narsa
sig’dira   olsa,   ana   shunga   qarab   diqqatning   keng   yoki   torligi   aniqlanadi.
O’tkazilgan   tajribalarning   ko’rsatishicha,   katta   yoshli   odamlarda   o’z   diqqat doiralariga   ayni   bir   vaqtda   3   tadan   6   tagacha   bir-biri   bilan   bog’liq   bo’lmagan
narsalarni sig’dira oladilar. 
Diqqat   ko’lamining   keng   bo’lishi   odam   idrok   qilayotgan   narsalarini
atroflicha va chuqur aks ettirishi, binobarin bilish jarayonning sifatli bo’lishi uchun
juda katta ahamiyatga egadir.
Odamning diqqati bir vaqtda faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki
uchta   narsaga   ham   birdaniga   qaratilishi   mumkin.   Ana   shunday   paytlarda
diqqatning   bo’linishi   talab   qilinadi.   Demak,   diqqatning   bo’linishi   deganda   biz
ayni   bir   vaqtda   diqqatimizni   ikki   yoki   uch   narsaga   qaratishimizga   aytamiz.   Agar
diqqatimiz   bitta   narsaga   qaratilgan   bo’lsa,   ya'ni   diqqatimiz   bitta   narsa   ustida
to’plangan bo’lsa,  uni konsentrasiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi.
Buning   aksincha   agar   diqqatimiz   ayni   bir   vaqtda   bir   necha   narsaga   qaratilgan
bo’lsa,  buni bo’lingan, diqqat deb yuritiladi.
Shuni   ta'kidlash   lozimki,   aslini   olganda   diqqatning   ayni   bir   chog’da   ikki
yoki   undan   ortiq   narsaga   qaratilishi,   ya'ni   bir   necha   narsalarga   bo’linishi   amaliy
jihatdan mumkin emas. Shuning uchun diqqatning bo’linishi, ya'ni ayni bir vaqtda
ikki   yoki   uch   narsaga   birdaniga   qaratilishi   o’z   mohiyati   jihatidan   diqqatning   bir
narsadan boshqa bir narsaga nihoyatda tezlik bilan bo’linishini talab qilgan vaqtda
diqqatimiz bir narsadan ikkinchi narsaga shu qadar tezlik bilan ko’chadiki, buni biz
payqay   olmaymiz.   Natijada   diqqatimiz   ayni   bir   vaqtning   o’zida   bir   necha
narsalarga birdaniga qaratilayotgandek bo’lib ko’rinadi.
Diqqatning   ana   shunday   bo’linuvchanlik   xususiyati   hayotda   juda   katta
ahamiyatga   ega.   Chunki   bir   qancha   mehnat   turlari   diqqatning   bo’linuvchanlik
xususiyatiga ega bo’lishlikni talab qiladi. Bunday xususiyat pedagoglar uchun juda
zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, tarbiyachi bolalar bilan biror mashg’ulot yoki
suhbat   o’tkazayotgan   paytida   diqqatni   bir   necha   narsalarga,   ya'ni   gapirayotgan
gapiga,   bolalarni   quloq   solib   o’tirishlariga   va   bundan   so’ng   nimalar   haqida
gapirishga qarata olishi lozim. Ana shundagina tarbiyachi suhbat yoki mashg’ulot
paytida guruhni boshqara oladi. Diqqatning   bo’linishi   har   kimda   har   xil   bo’ladi.   Buning   sababi   shundaki
diqqatning   yengillik   bilan   bo’linishi   diqqatimiz   qaratilgan   narsalarning   ilgaridan
bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir. Agar diqqatimiz qaratilgan narsalarning
ayrimlari bizga yaxshi tanish bo’lsa ya'ni biz ularni ilgaridan yaxshi bilsak faoliyat
jarayonida bir necha ishlarni birdaniga ya'ni birga qo’shib bajara olamiz. Masalan,
yozish   harakati   ilgaridan   bizga   yaxshi   tanish   bo’lgani   uchun   darsda   ham   eshitib,
ham   yozib   o’tira   olamiz.   Shunday   qilib,   diqqatning   bo’linuvchanligi   juda   ko’p
faoliyatlarimiz uchun zarur bo’lgan xususiyatdir.
Diqqatning   ko’chuvchanligi   odamning   diqqati   har   doim   bir   narsadan
ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chib turadi. Diqqatning
ana   shunday   xususiyatini   diqqatning   ko’chuvchanligi   deb   yuritiladi.   Diqqatning
ko’chuvchanligi diqqatning bo’lunuvchanligi bilan bog’liq xususiyatdir. Yuqorida
aytib   o’tganimizdek,   diqqatning   ayni   bir   vaqtda   birdaniga   bir   necha   narsaga
qaratilishi,   ya'ni   diqqatning   bo’linishi   o’z     mohiyati   jihatidan   diqqatning   bir
narsadan   ikkinchi   narsaga   juda   tez   ko’chishidan   iboratdir.   Ana   shu   jihatdan
olganda   diqqatning   ko’chuvchanlik   xususiyati   juda   ko’p   faoliyat   va   uning   turlari
uchun   zarur   bo’lgan   xususiyatdir.   Masalan,   hikoya   o’qib   berish   mashg’ulotida
bolalar   o’z   diqqatlarini   hikoya   eshitishdan   surat   ko’rishga,   undan   so’ng   yana
eshitishga   bemalol   ko’chira   olishlari   kerak.   Agar   maktab   o’quvchilariga   nisbatan
oladigan bo’lsak, o’quvchilar o’z diqqatlarini bir dars predmetidan boshqa bir dars
predmetiga   bemalol   ko’chira   olishlari   kerak.   Aks   holda   o’quvchilar   o’tgan   dars
ta'sirida o’tirib, yangi darsning mazmunini sifatli o’zlashtira olmaydilar. 
Diqqat  hamma vaqt  ham  bir  narsadan  ikkinchi  narsaga,  bir  faoliyat  turidan
boshqa   bir   faoliyat   turiga   osonlik   bilan   ko’cha   bermaydi.   Ba'zan   qiyinchiliklarga
to’g’ri   kelib   qoladi.   Albatta   buning   o’z   sabablari   bordir.   Masalan,   bunday
sabablardan   biri   -   diqqatimiz   ko’chirilishi   lozim   bo’lgan   narsalar   yoki   harakatlar
o’rtasida   bog’lanish   bor   yoki   yo’qligiga   bog’liq.   Agarda   diqqatimiz   ko’chirilishi
lozim   bo’lgan   narsalar   o’rtasida   ma'lum   jihatdan   mazmuniy   bog’liqlik   bo’lsa,
diqqatimiz   osonlik   bilan   ko’chadi.   Odamning   qiziqishlari   va   ehtiyojlari   bilan
bog’liq bo’lgan narsalarga ham diqqat yengillik bilan ko’chadi. Shunday   qilib,   diqqatning   ana   shu   yug’orida   ko’rib   o’tgan   asosiy
xususiyatlari   odamning   barcha   turdagi   faoliyatlari   uchun   juda   kerakli
xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga,
undagi   turli   tuman   o’zgarishlarga   tez   moslasha   oladi.   Diqqatning   bu   asosiy
xususiyatlari   odamga   tug’ma   ravishda,   ya'ni   irsiy   yo’l   bilan   berilmaydi.   Bu
xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar o’yin, o’qish va
mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi. 
5. Diqqat borasidagi psixologik nazariyalar
Psixologiya   fanining   aksariyat   manbalarida   diqqat   deb   psixik   faoliyatning
yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum darajada ahamiyatga ega bo’lgan ob'ektning
ustida   to’planishi   tushuniladi.   Diqqat   shunday   muhim   bir   psixik   jarayonki,   u
insonning   jamiki   faoliyatlarida   bevosita   ishtirok   etadi.   I.P.Pavlovning   oliy   nerv
faoliyati   haqidagi   ta'limoti   va   A.A.Uxtomskiylar   tomonidan   ilgari   surgan
dominantlik   tamoyili   va   ularning   zamondoshlari   tadqiqotlarida   diqqatning
fiziologik asoslari  va mexanizmlarini ilmiy nuqtai  nazardan tushuntirish imkonini
yaratdi.
Sobiq   sovet   psixologiyasida   diqqat   muammosi   xorij   psixologiyasiga
nisbatan   ancha   murakkab   mustaqil   ilmiy   manbalarga   ega   hisoblanadi   va   u   shu
bilan o’zaro farq qiladi. Sobiq sovet psixologiyasida diqqatga nisbatan mukammal
qat'iy   fikr   vujudga   kelgani   yo’q,   lekin   uning   atrofida   juda   ko’p   tortishuvlar,
munozaralar   bo’lib   o’tgan.   Diqqatning   psixologik   tabiati   to’g’risidagi   20-30
yillarda boshlangan ilmiy bahslar, to hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Ilmiy
munozaralarning   zamirida   asosiy   fikr   diqqatning   bitta   ob'ektga   qaratilishidir.   Bu
ilmiy   model   ong   ob'ekt   tarzida   ifodalanadi.   Bu   g’oyani   yirik   psixolog
P.P.Blonskiy   ilgari   surgan   va   asoslagan.   Uning   fikricha,   odamning   ongi   bitta
ob'ektga   qaratilgandan   keyin   u   atrofdagi   narsa   va   hodisalarni   ko’rmaydi.
Ko’pchilik   psixologlar   P.P.Blonskiyning   bu   fikriga   qo’shilmaydilar.   Jumladan,
atoqli   psixolog   S.L.Rubinshteyn   mulohazasiga   ko’ra   diqqat   ongga   ham,
ob'ektning   xususiyatlariga   ham   bog’liq   emas.   Buning   ahamiyatli   tomoni
diqqatning   ob'ektga   yo’naltirilishidadir.   Mazkur   yo’naltirishning   asosiy   sabablari sifatida   shaxs,   ehtiyoj,maqsad   ko’rsatiladi.   Demak,   diqqat   odamning   munosabati
orqali   ifodalanadi,   ya'ni   diqqat   -   munosabatdir.   Bu   yerda   diqqat   psixik   jarayon
emas, balki shaxs xususiyatini belgilab beryapti.
Diqqat   qaralgan  tashqi  ifodaga  ega   bo’lgan  ob'ektni  sezish,   idrok  qilishdan
iboratdir.   Shu   o’rinda   qarama-qarshilik   vujudga   keladi,   chunki   ob'ektning
yo’qolishi  bilan diqqat ham  o’z funksiyasini  tugatadi. A.N.Leontev mulohazasiga
ko’ra, bu orientir faoliyati emas, chunki ob'ektning paydo bo’lishi bilan diqqat ham
namoyon bo’ladi, ob'ekt yo’q bo’lsa, demak diqqat ham bo’lmaydi, deb ta'kidlaydi.
P.Ya.Galperin   esa   ob'ektning   paydo   bo’lishi   bilan   diqqat   yuzaga   keladi.   Ob'ekt
yo’qolgandan   keyin   esa   psixik   qism   bo’lgan   tekshirish,   nazorat   qilish   jarayoni
boshlanadi.   Demak,   diqqat   ongning   bir   ob'ektga   yo’naltirilishi   va   ongli   holatni
nazorat qiluvchi jarayondan iboratdir.
Psixologiyada   diqqatni   "yo’naltirish"   deganda,   psixik   faoliyatning
tanlovchanligi va ixtiyoriy hamda ixtiyorsizligi tushuniladi. 
20-yillarda   bir   qancha   psixologlar   diqqat   muammosini   ustanovka   bilan
bog’lab   tushuntirishga   harakat   qiladilar.   Buning   yaqqol   isboti   sifatida
K.N.Kornilov   tahriri   ostida   1926   yilda   chop   qilingan   psixologiya   darsligidagi   bir
mavzu   "Ustanovka   va   diqqat"   deb   atalganligi   bilan   izohlash   mumkin.   Darslikda
yozilishicha,   qator   ob'ektlardan   bir   ob'ektni   ajratish   diqqatning   sub'ektiv
kechinmasidir   va   buni   ob'ektiv   hodisalar   bilan   taqqoslash,   sezgi   organlarining
ustanovkasidan, ishlash vaziyatidan iboratdir.
Shunga   o’xshash   g’oya   L.S.Vigotskiyning   dastlabki   tadqiqotlarida   ham
ko’zga   tashlanadi.   L.S.Vigotskiy   diqqat   bilan   aloqador   bo’lgan   ikkita   ustanovka
turini ajratib ko’rsatadi, ular:
a) sensor ustanovka  - tayyorgarlikda idrokning ustunligi qobiliyati 
b) motor ustanovka  - tayyorgarlikda harakatning ustunligi qobiliyati
Sensor   ustanovkada   idrok,   motor   ustanovkada   esa   h arakat   ustunligi   sezilib
turadi.   L.S.Vigotskiy   unga   misol   qilib   jismoniy   tarbiya   mashg’ulotida   komanda
(buyruq) berishni misol keltiradi. Safda turganlarga qarab "O’ng" deb aytamiz. Shu
zahotiyoq saflanganlar  buyruq oxirini aytishga sensor  ustanovka qo’zg’aydi "ga!" deyish oyoqlarni aylantirishga moslashish bilan bog’liq motor ustanovka komanda
oxirini eshitishni ta'minlaydi. 
Bu yillarda psixologlar ustanovkani kishining ijtimoiy tajribasi bilan bog’liq
ravishda   tadqiqot   qilishga   harakat   qilganlar.   P.P.Blonskiyning   mulohazasicha,
diqqatning   asosida   kishining   ijtimoiy   qiziqishlari   yotadi.   Psixologlar   orasida
diqqatni   tushuntirishda   turli   qarashlar,   nazariyalar   vujudga   keladi.   Vaholanki,
P.P.Blonskiy   diqqat   bilan   qo’rquv,   vahimani   bir   narsa   deb   qaraydi.   qo’rquv   -   bu
diqqatning   intensivroq   namoyon   bo’lishi,   ya'ni   maksimal   darajada   aks   etishi   deb
tushuntiradi.   Bu   yerda   psixik   faoliyatning   ma'nosi   butunlay   yo’qotib
ko’rsatilgandek   tuyuladi   va   diqqat   biologik   nuqtai   nazardan   qaraganga   o’xshab
ketadi.  Biologik  pozisiyada   diqqat   bosh  miya  yarim  sharlari   faoliyati  bilan  emas,
balki vegetativ nerv tizimi bilan bog’liqlikda tushuntiriladi.
Taniqli   psixolog   D.N.Uznadzening   diqqatni   ustanovka   bilan   bog’lash
nazariyasiga   N.F.Dobrinin   qarshi   chiqdi.   N.F.Dobrinin   fikricha,   diqqatni
ustanovka   bilan   bog’lovchi   nazariya   quyidagi   jihatlarni   hisobga   olmagan.   Diqqat
haqiqatdan   ma'lum   moslashuvchi   harakatlar   bilan   birga   bo’ladi,   lekin   bu
harakatlarga borib yetmaydi. Agar tomoshabin sahnadan o’girilsa, ko’zini yumadi,
quloqini   berkitadi,   u   sahnada   nima   bo’layotganiga   diqqat   qilolmaydi.   Sahnaga
qarash   va   eshitish   uchun   boshqa   hamma   narsalardan   chalg’ish   kerak   va   idrokni
sahnada   bo’layotgan   hodisalarga   qaratish   lozim.   qarab   turib   ko’rmaslik,   tinglab
turib eshitmaslik mumkin. Diqqat shundan iboratki, u nimaga qaratilgan bo’lsa uni
ko’rish  demakdir.  Yug’oridagi  mulohazalardan   kelib  chiqqan  holda  N.F.Dobrinin
diqqatni   kishi   psixik   faoliyatini   biron-bir   ob'ektga   yo’naltirish   va   to’plash   bilan
boshqa ob'ektlardan chalg’ish orqali tushuntiradi.
Diqqat   psixik   faoliyatning   qandaydir   ob'ektga   yo’nalishi   va   to’planishi
orqali   o’rganishni   qator   mualliflar   tanqid   qiladilar.   Ana   shulardan   biri
S.L.Rubinshteyndir.   S.L.Rubinshteyn   diqqatni   alohida   mazmunga   ega   emasligiga
qo’shiladi,   lekin   uning   guvohlik   berishicha,   diqqatni   biror   ob'ektga   tanlab
yo’nalishi uning fenomenologik xarakteridir. Bunday fenomenologik tavsifnomada
ham diqqatning tabiati va xususiyatlari ochilmay qolaverar ekan. Psixolog   G.S.Bakradze   diqqatning   ob'ektda   to’planishi   faoliyatning   roli
haqida   qiziqarli   ilmiy   tekshirish   tajribasini   o’tkazgan.   Agarda   diqqatni   zaifligini
tekshiruvchi   o’z   vaqtida   payqab,   unga   nisbatan   qandaydir   muskul   harakatini
amalga   oshirsa,   u   yana   tiklanadi.   Bulardan   tashqari   diqqat   barqarorligini
faoliyatning   xarakteriga,   shaxsning   o’ziga   bog’liqligi   bir   qancha   psixologlar
tomonidan isbotlangan.
Jumladan,   A.P.Gazova   diqqatning   bo’linuvchanligini   ko’p   stanokda
ishlovchi   to’quvchilarda   o’rganib,   juda   qimmatli   materiallarni   yig’adi.   Uning
fikricha,   diqqat   bu   kasbdagi   odamlarda   ixtiyorsiz   va   ixtiyoriy   muvozanatlashgan
bo’lishi   mumkin.   Bir   necha   stanokda   ishlash   malakalari   hosil   bo’lishi   natijasida
bularda ixtiyoriy muvozanatlashgan diqqat turi vujudga keladi. 
Diqqatning   bo’linuvchanligi   ustida   olib   borilgan   tadqiqotlar   shuni
ko’rsatadiki, ikkita yoki uchta ishni birdaniga bajarish mumkin, bunda I.P.Pavlov
ko’rsatganidek,   ulardan   biri   tanish   (ishlash   oldin   bajarilganligini   eslatuvchi)   va
bosh   miya  yarim   sharlar   po’stlog’ida   "navbatchi   punktlar"   mavjud   bo’lsa   amalga
oshiriladi.   Ikkita   faoliyatni   bir   davrning   o’zida   bajarish   uchun   faoliyatning   biri
diqqatni   talab   qilmaydigan   yoki   avtomatlashgan   bo’lishi   talab   qilinadi.   Kishida
bunday imkoniyat faqat mashq qilish orqaligina yuzaga kelishi mumkin.
Sobiq   sovet   psixologiyasi   namoyondalari,   jumladan   N.F.Dobrinin   o’zi   va
shogirdlari   o’tkazgan   tekshirishlariga   asoslanib,   bunday   tipologiya   diqqatning
mohiyatini   ochishga   yetarli   emas   deb   hisoblaydi.   Turmushda   shunday   odamlar
uchraydiki,   ular   ob'ektni   ko’p,   ham   aniq   idrok   qila   oladilar.   Yana   shunday
toifadagi  kishilar  mavjudki, ular  narsalarni  ham  kam, ham  noaniq idrok qiladilar,
o’zlaridan   ko’p   narsalarni   qo’shib   yuboradilar.   Tadqiqotchi   Ye.B.Pirogova
o’quvchilarda   eshitish   va   ko’rish   diqqatini   o’rganib,   eshitish   diqqatining   ko’lami
ko’rish diqqatidan bir necha bor kichikligini ta'kidlab o’tadi. Diqqat muammosini
o’rganuvchi   olimlar   uning   boshqa   psixik   jarayonlar   bilan   bog’liqligi   va   roli
masalalarini   o’rganganlar.   Jumladan,   N.N.Lange,   A.R.Luriya   va   boshqalarning
tadqiqotlarida ko’rishimiz mumkin. N.N.Lange   diqqatning   iroda,   reflektiv,   instinktiv,   perseptiv   holatlar   bilan
bog’liqligini   o’zining   "Irodaviy   diqqat   nazariyasi"   asarida   ko’rsatib   beradi.
A.R.Luriyaning fikricha, kichik yoshdagi  bolalarda diqqatning bu holatini ko’rish
oson.   Birinchi   bosqichda   u   beqarorligi   va   ko’lamining   torligi   uchun
qo’zg’atuvchilar qurshovidagi diqqat bo’lolmaydi.
Uluq   rus   pedagogi   K.D.Ushinskiy   ishlarida   diqqat   to’g’risida   bir   qator
fikrlar   aytilgan.   Diqqat   ob'ektni   to’la   va   aniq   idrok   qilish   qobiliyatiga   ega.
Ziyraklikning qator sabablariga oldin idrok qilingan ob'ekt izlarining ahamiyatidan
tashqari K.D. Ushinskiy "ta'sirotning kuchi va to’plangan aktlarni boshqara olishni
ko’rsatadi".   Bolaning   rivojlanishi   uchun   diqqatini   to’g’ri   yo’naltira   olish
muhimligini   ko’rsatib   o’tadilar.   Diqqatning   to’laligi   barqarorligini   ta'minlovchi
to’planishning   psixologik   mexanizmlarini   muhokama   qilish   ham
K.D.Ushinskiyning   asarlarida   uchraydi.   U   diqqatning   asosiy   omili   irodaviy
boshqarish deb hisoblaydi. Shuning uchun diqqatni maqsadga yo’naltirib, boshqara
olish   qiyin   va   murakkab   jarayondir.   K.D.Ushinskiyning   ko’rsatishicha,   kishi   o’z
hissiyotlarini diqqat orqali boshqaradi, bunda u ixtiyoriy yoki faol turlarga ajratadi.
Uningcha, ixtiyoriy diqqat bizning tomonimizdan zo’r berish orqali o’ziga predmet
tanlaydi.   Ixtiyoriy   diqqatni   ob'ektivlashtirish   faol   xarakteridan   biridir.   Chunki   u
kishining o’zi orqali qo’zg’atiladi va qo’llaniladi. 
K.D.Ushinskiyning   aytishicha,   ixtiyorsiz   diqqat   tashqi   va   ichki   sabablarga
ko’ra hosil bo’ladi. Tashqi sabablar qo’zg’atuvchining kuchiga organizmning ayni
vaqtdagi holatiga bog’liq. Passiv diqqatning ichki sabablari sezgilarimiz izlarining
bog’lanishidir. Idrok qilingan ob'ektning yangiliklar bosqichini diqqatning istovchi
omili  ekanligini  muallif farqlaydi. Diqqat  qaratilayotgan ob'ekt  ma'lum o’lchovda
bo’lishi   kerak.   Diqqatning   psixologik   tahlilini   K.D.Ushinskiy   tarbiya   muammosi
bilan bog’lab, diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojlanish va amaliy faoliyat uchun
asosiy omil deb hisoblaydi. Diqqatning maqsadga  muvofiq boshqarish yoki  idrok
qilish   paytida   asosiy   ishdan   tashqaridagilarga   chalg’imaslik   tushuniladi.
Tarbiyachining   vazifasi   bolalarning   faol   diqqatini   to’g’ri   yo’nalishda   ko’rish   va
ularning diqqatini o’zlari boshqarishga o’rgatishdan iboratdir. K.D.Ushinskiy   tomonidan   yechilgan   muammolar   o’tkazilgan   tekshirishlar
shuni ko’rsatadiki, u ongning to’planish qobiliyatini diqqat deb tushundi, shu bois
diqqatni o’rganishda shaxs psixologiyasidan kelib chiqib yondashdi va tabiiy-ilmiy
jihatlarini tushuntirishda o’z davrining fiziologik bilimlaridan unumli foydalandi. 
40 yillarda psixologiya fani bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Psixologiya
fani   nazariya   va   tajribaga   asoslangan   holda   juda   ko’p   muammolarni   yechishga
muvaffaq bo’ldi. Nazariy jihatdan katta o’rin olgan masalalardan biri "oliy psixik
funksiyalarning   rivojlanishi   va   strukturasi"   to’g’risidagi   L.S.Vigotskiy   ilgari
surgan konsepsiyadir. Buning asosida ikkita faraz yotadi:
A) psixik faoliyatning xarakteri haqidagi;
B)   birlamchi   tashqi   va   ichki   faoliyatdan   ichki   psixik   jarayonlarning
namoyon bo’lishi haqidagi. 
L.S.Vigotskiy   psixik   funksiyalar   rivojlanishini   o’rgana   borib,   ular   ichiga
ixtiyoriy   diqqatni   ham   kiritadi.   Uning   fikricha,   bola   diqqatining   tarixi   -   bu   bola
xulqining paydo bo’lishi tarixidir. L.S.Vigotskiy ishlarining xarakterli tomoni kishi
psixikasini   tushunishda   tarixiy   va   genetik   yondashishdir.   Buni   u   diqqatni
o’rganishga ham tadbiq qilgan va diqqatning rivojlanishini ko’rsata olgan. Muallif
diqqat rivojlanishining ikkita yo’nalishini ko’rsatadi:
1.Diqqatning   natural   (tabiiy)   rivojlanishi.   Bunda   muallif   umumorganik
rivojlanishini tushuntiradi, ya'ni markaziy nerv tizimining strukturaviy va fuksional
jihatdan o’sishini  ko’rsatadi. Bu rivojlanish butun hayot davomida bo’ladi, ammo
bunda "sekinlashgan" va "bir oz pasaytirilgan" ko’rinishlari mavjud.
2.Diqqatning   madaniy   rivojlanishi.   Bunda   ixtiyoriy   diqqatning   namoyon
bo’lish   xususiyati   madaniy   konsepsiya   bilan   bog’liq   deb   tushuntiriladi.   Katta
yoshdagi   odamlar   diqqatining   psixologik   mexanizmi   haqida   gapirib,   tashqi
operasiya   organizm   xulqini   ichki   operasiyasiga   aylanadi,   deydi.   Madaniy
rivojlanish bola tashqi muhit bilan aloqa qila boshlagandan o’sa boshlaydi.
L.S.Vigotskiyning   ilmiy   yutuqi   shundan   iboratki,   u   diqqat   muammosini
o’rganishda   ijtimoiy   va   genetik   nuqtai   nazardan   yondashdi.   Ixtiyoriy   diqqatni
tashqi stimullar vositasida nutq funksiyasini yo’naltirish deb tushuntira oldi.   L.S.Vigotskiy   ishlarini   A.N.Leontev   o’z   tadqiqotlarida   davom   ettirib,
ixtiyoriy   diqqatning   rivojlanishini   o’rgandi.   U   ixtiyoriy   diqqat   xatti-harakatni
boshqarishning   oliy   shakli   va   tarixiy   rivojlanish   mahsuli   deb   tushundi.   Bolalarda
diqqat shaklarini tahlil qilib 3 ta bosqich mavjudligini ko’rsatdi.
1. Natural bevosita,to’g’ridan-to’g’ri aktlardan iborat.
Bunda   to’planish   ixtiyorsiz   namoyon   bo’lib,   asosan   maktabgacha   bo’lgan
bolalarda   vujudga   keladi.   Ya'ni   bu   bolalar   o’z   xulq-atvorlarini   o’zlari   boshqara
boshlaydilar.
2.Tashqi   belgining   ahamiyatini   egallash,   tushuna   bilishlari   turadi .   Bu
bosqich boshlanqich ta'limda asosiy rol o’ynaydi. 
3.Tashqi   taassurotlarning   ichki   ta'sirlarga   aylanish   jarayoni   bilan   bog’liq
bo’lib, bu asosan katta yoshdagi kishilarda bo’ladi. 
Uzoq vaqt   A.N.Leontev   maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini tekshiradi.
Chunonchi,   idrok   bilan   diqqat   aloqasini   o’rgandi.   Diqqat   hodisasi   shunday
hodisaki,   u   idrokning   qanday   kechishi   bilan   belgilanadi,   deb   tushuntirdi.
A.N.Leontev keyingi ishlarini o’quvchilar diqqatini rivojlantirish va ularda idrokni
boshqarish,   ko’rish,   eshitish,   qo’yilgan   topshiriqni   tushunish   kabilarni   egallash
muhim rol o’ynashini ko’rsatdi.
N.F.Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biror bir ob'ektga yo’naltirish
va to’plash bilan boshqa ob'ektlardan chalg’ishi orqali tushuntiradi. Agar yo’nalish
va to’planish ixtiyorsiz bo’lsa ixtiyorsiz diqqat vujudga keladi. Agar ong qo’yilgan
maqsadga   muvofiq   bo’lsa,   u   holda   ixtiyoriy   diqqat   namoyon   bo’ladi.   Bular
qatorida N.F.Dobrinin diqqatning uchta turini  ajratadi. Uning fikricha, diqqatning
uchinchi   turi   "ixtiyoriydan   keyingi   diqqat"   deb   ataladi.   Bu   ixtiyoriy   diqqat   kabi
maqsadga qaratilgan bo’lib, irodaviy zo’r berishni talab qilmaydi. Bular to’g’risida
N.F.Dobrinin   shunday   deydi.   "Ixtiyoriy   diqqatda   qiziqishga   intilishga   o’rin   bor,
lekin   bu   qiziqish   faoliyatning   natijasiga   qiziqishdir.   Faoliyatning   o’zi   esa
qiziqarsizdir. Kishi psixik faoliyatining ajoyib xususiyati shundan iboratki, natijaga
qiziqish   jarayonga   qiziqishga   aylanadi.   Bu   ixtiyoriy   diqqat   ixtiyoriydan   so’nggi
diqqatga aylanganda bo’ladi".  B.G.Ananev   "O’quvchilarda   diqqatni   tarbiyalash"   nomli   asarida   diqqatni
hamma   vaqt   tekshirish,   tadqiq   qilish   kerak   deydi.   Buning   uchun   mana   bunday
vaziyatlarga e'tibor qilishni ko’rsatib o’tadi, darsni to’g’ri tashkil qilish, ta'limning
puxtaligi, o’qituvchining pedagogik mahorati, o’quvchilarning darsdagi faoliyatini
to’g’ri   tashkil   qila   bilish   kabilarni   ta'kidlaydi.   B.G.Ananev   bu   bilan   diqqatning
uzoq vaqt bir ob'ekt ustida to’play bilish kerakligini uqtiradi.
Diqqat muammosini  tadqiq qilish   I.V.Straxov   asarlarida o’z aksini  topgan.
Uning qarashlariga ko’ra, kishi  diqqati  kelib chiqishiga va ishlash  uslubiga  qarab
ijtimoiy   tabiatga   ega.   U   kishilarning   mehnat   faoliyatiga   sabab   bo’ladi   va   mehnat
jarayonining   asosiy   psixologik   komponentlaridan   biri   bo’lib   sanaladi.   Diqqatning
muhim belgisi faoliyat jarayonida va atrofdagilar bilan aloqada kishi psixikasining
to’planishidir. 
Qator   munosabatlarda   to’planish   ikki   xil   xarakterda   bo’ladi,   u   predmet   va
hodisalarga   tanlab   yo’naltiriladi,   ya'ni   diqqat   ob'ektini   ongli   ajratish,   bu   vaqtda
boshqa   ko’p   ob'ektlardan   chalg’ish   vositasi   bilan   aktlar   tizimini   tashkil   qiladi,
to’planish   mehnat   predmetiga   yo’naltiriladi,   lekin   uning   jarayoni   ham   diqqat
ob'ekti hisoblanadi. To’planish faoliyat ob'ektiga va u bilan harakatga yo’naltiradi.
Diqqat   psixikaning   alohida   tomoni   va   shakli   hisoblanmaydi   va   qandaydir
birorta   funksiyani   bajarishga   o’z-o’zidan   ko’chmaydi.   Maqsadga   yo’nalgan,
intensiv-psixik   faoliyatning   strukturaligi   funksional   asosini   o’zgarishga,
mahsuldorligining oshishiga va miyaning barqaror ishlashiga olib keladi.
Kishi   diqqati   mehnat   faoliyatiga,   faoliyat   jarayoniga,   mehnat   qurollariga
yo’naltiriladi.   Diqqat   predmetlari   bir   xil   emas,   balki   har   xil   faoliyat   turlarida
turlicha   bajariladigan   mehnat   operasiyalari   va   vositalari   kishi   mehnat   predmetiga
ta'sir   qiladi.   Bularga   bog’liq   ravishda   diqqatni   faoliyat   turlarida   o’rganish
psixologik   muammolari   vujudga   keladi.   O’tkazilgan   tekshirishlar   asosida
I.V.Straxov   diqqat   ko’p   funksiyali   jarayondir,   degan   xulosaga   keladi.   Bu
funksiyalarni amaliy bajarish - mehnat, o’qish, ilmiy va boshqa faoliyat turlaridan
birortasining   shart-sharoiti   mahsuldorligini   belgilaydi.   Faoliyatning   har   bir   turi diqqatga alohida ma'suliyat yuklaydi. Shuning uchun uning funksiyasi faoliyatning
shu turiga to’g’ri kelishi muhimdir.
Diqqatning   nazorat   qilish-tuzatish   funksiyasi   ham   kam   ahamiyatli   emas.
Uning shakllari mehnat va o’quv faoliyatining har xil davrlarida bir xil bo’lmaydi.
Diqqat alohida kishilarning munosabatlarida jamoada o’ziga xos funksiyani
bajaradi.   Kishilarning   kuzatuvchanligida,   boshqa   odamlarning   psixik   holatini
tushunishda, ziyraklikning faol shakllarida aks etadi. Ziyraklik mehnatda va kishi
bilan   munosabatida   axloqiy-psixologik   ahamiyatga   ega   bo’ladi.   Shunga   muvofiq
ziyraklikning   motivasiyasi   o’rganilib,   uning   aks   etishining   shakllari   va   ularni
tarbiyalash   masalasi   ko’rib   chiqiladi.   Ziyraklikning   bunday   o’rganilishi   uning
taqlilida va shaxs psixologiyasida yangi yo’nalishdir. Ular o’z ishlarida diqqatning
o’rganilishi ko’rsatilgan aspektlarini sintez qilishga harakat qiladilar. 
Yuqorida   bayon   etilan   fikrlardan   ko’rinib   turibdiki,   I.V.Straxov   diqqatning
bilish   jarayonidagi   ahamiyatiga   uning   faol   psixologik   aks   ettirish   imkoniyatiga
alohida   e'tibor   beradi.   Shuningdek,   diqqat   bilish   faoliyatining   borliq   bilan
aloqasida, uni keng va chuqur aks etishida muhim mexanizm bo’lib hisoblanadi.
  Diqqat   shaxsning   yo’nalishida   to’plangan   jarayon   sifatida   ishlaydi.   Keng
ma'noda   bu   so’z   asosida   ehtiyoj,   qiziqish,   qarash,   ideal   kabi   tarkibiy   qismlar
mavjud. Diqqat psixik jarayonlar tuzilishida ko’rsatilgan omillardan hosil qilingan
hodisa   sifatidagina   qatnashmay,   balki   u   shaxsning   boshqa   xususiyatlariga
munosabatda   tayanch   xususiyat   sifatida   qatnashadi.   Diqqat   va   ziyraklikning
pedagogik takt(odob)ning shakllanishidagi  psixologik shart-sharoit ekanligi bunga
misol bo’ladi.
I.V.Straxov   "Diqqat   va   nutq"   muammosi   bo’yicha   tadqiqot   ishlarini   olib
borgan. U nutq shakllari va funksiyalarini hamda tasviriy faoliyatni tahlil qiladi. U
o’quvchilarda sport gimnastikasi darslarini psixologik tahlil qiladi va o’rganadi.
  Muallifning   ta'kidlashicha,   diqqatni   nutqiy   boshqarish   quyidagi   omillarda,
ya'ni   predmetni   nomlashda,   yoki   maqsadli   harakatlarga   to’plashda,   faoliyatni
rejalashtirishda   diqqatni   ilgarilab   ketish   aktlarida,   qidirish   faoliyatlarida,   diqqatni
ko’chish   jarayonining   verbalizasiyasida,   diqqatni   nazorat   qilish   funksiyasini aktivlashtirishda,   ziyraklikning   aks   etishida   va   uning   axloqiy   psixologik
ahamiyatida namoyon bo’ladi. 
Diqqat   va   butun   faoliyat   jarayonini   boshqarish   nutqning   ichki   va   tashqi
turlari   orqali   amalga   oshiriladi.   Shuningdek,   bu   boshqarishda   muallif   fikricha,
integral (yuqoridagi ikki nutq oraliqidagi) nutq ishtirok etadi. Bularni tadqiq qilish
shuni   ko’rsatadiki,   grafik   harakatlarni   amalga   oshirish   aqliy   -   nutqiy   jarayonlar
ularni anglash va yo’naltirish bilan birga boradi. 
Shunday   qilib,   diqqatni   boshqarish   va   uni   tarbiyalash,   o’quvchilarda
rivojlantirish masalasi I.V.Straxov tomonidan atroflicha o’rganilgan.
Psixolog   N.V.Kuzminaning   fikricha,   o’qituvchilarning   dars   davomida
berilayotgan bilimini qanchalik o’zlashtirishi unda asosiy va yetakchi rolni diqqat
o’ynaydi.   Shuning   uchun   ham   ta'lim   -   tarbiya   jarayonida   hammadan   avval
tarbiyachi o’quvchining diqqatini torta bilish uning asosiy maqsadi bo’lishi kerak.
Bu   esa   o’tilgan   materialni   o’quvchi   puxta   bilishni   talab   qiladi.   Bundan   kelib
chiqadiki,   diqqatning   tarbiyalanishi   va   shakllanishi   ham   vujudga   keladi.
F.N.Gonobolin,   M.R.Rahmonova   D.B.Elkonin,   V.V.Repkin   va   boshqa   qator
tadqiqotchilar   tomonidan   ta'lim   va   tarbiya   jarayonida   o’quvchilarda   diqqatning
namoyon   bo’lishi,   kechishi,   rivojlanishining   o’ziga   xos   xossalari,   individualligi
kabi jihatlari o’rganilgan. 
6. Diqqatning buzilishi
Diqqatning   salbiy   jihatlaridan   biri   parishonxotirlikdir.   Parishonxotirlik
diqqatni   uzoq   vaqt   davomida   biron   ishga   layoqatsizlikda   diqqatning   osongina   va
tez-   tez   bo’linib   turishida   namoyon   bo’lishi   mumkin.   Parishonxotirlikning   bu
ko’rinishi   ko’pincha   ish   qobiliyati   susayib   ketishining   va   xulq-atvordagi
uyushmaganlikning sabablaridan biri hisoblanadi. 
Parishonxotirlikning sabablari har xildir. Parishonxotirlik shaxsning barqaror
xislati   sifatida   ixtiyoriy   diqqatning   sustligi   ko’rsatkichi   hisoblanadi   va   noto’g’ri
tarbiya   natijasi(bolaning   erkalatib   yuborilishi,   jazolanmasdan   qolishi,
taassurotlarning har xilligiga odatlanish va boshqalar) bo’lishi mumkin. Bu xildagi
parishonxotirlikka   qarshi   avvalo   shaxsda   irodaviy     sifatlarni   shakllantirish   yo’li bilan   kurash   olib   borish   kerak.   Parishonxotirlikni   bola   salomatligining   yaxshi
emasligi,   nerv   tizimining   umuman   buzilganligi   bilan   izohlash   mumkin.
Parishonxotirlik   haddan   tashqari   hissiy   hayajonlanish,   yoxud   charchash   oqibati
sifatida qisqa muddatli bo’lishi ham mumkin. So’nggi holatda u ko’pincha o’qish
kuni   va   qaftasining   oxirida   namoyon   bo’ladi.   Pedagogik   ish   tajribasida   diqqatni
tarbiyalash   maqsadida   parishonxotirlikning   barcha   sabablari   va   xususiyatlari
inobatga olinishi shart.
Qachonki, kishi ishga  berilib ketib o’z xayollari, kechinmalari  bilan bo’lib,
mashg’ul   bo’lgan   ishidan   boshqa   hech   narsani   ko’rmayotgan   va   eshitmayotgan
hollarda   ham   "parishonxotirlik"   haqida   so’z   yuritiladi.   U   masalan   tevarak-
atrofdagilarga   e'tibor   bermaydi,   o’ziga   qaratilgan   savollarga   parvo   qilmaydi.
Bunday "parishonxotirlik" diqqatning yorqin ifodalagan holdagi  tanlanganligidan,
uning   behad   jamlanganligi   va   jadalligidan   hosil   bo’ladi.   Diqqatni   eng   ko’p
darajada   jamlanganligi   yuqorida   qayd   qilib   o’tilganidek,   faoliyatda   muvaffaqiyat
qozonishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Lekin diqqatning faqat bir ob'ektga
qaratilganligi   uning   taqsimlanishi   va   ko’chirilishida   qiyinchiliklar   tug’dirishi
mumkin. Bu xildagi parishonxotirlik kundalik hayotda amaliy faoliyatda kishining
tevarak-atrofdagi   olam   bilan   munosabatini   mushkullashtirib   qo’yadi   va   shuning
uchun ham unga diqqatning nuqsoni sifatida qaraladi. 
Maktab   hayotidagi   parishonxotirlik   "qoidaga   sig’maydigan"   deb   atalmish
xatolarda   dars   paytida   o’quvchida   tegishli   maktab   anjomlari   yo’qligining   ma'lum
bo’lishida,   o’quvchining   dars   jarayoniga   yetarlicha   jalb   etilmaganligida   va   shu
kabi   boshqa   hollarda   namoyon   bo’ladi.   Bolalarda,   ayniqsa,   kichik   yoshdagi
bolalarda parishonxotirlik juda ko’p uchraydi. 
Diqqatning   parishonxotirlikdan   tashqari   boshqa   xildagi   buzilishlari   ham
borligi e'tirof etiladi. Diqqatning haddan tashqari harakatchanligi bir ob'ektdan va
faoliyat   turidan   boshqalariga   doimiy   ravishda   o’tib   turishi,   yoki   aksincha
harakatsizligi,   diqqatning   sust   harakat   qilishi,   uning   tor   doiradagi   tasavvurlar   va
fikrlarga   patologik   tarzda   qayd   etilishi   shular   jumlasiga   kiradi.   Diqqatning   bu xildagi   buzilishlari   miyaning   ba'zi   bir   organik   kasalliklari   eng   avvalo   uning
peshona qismidagi kasalliklari yuz bergan paytlarda kuzatiladi.
Diqqatning fazilatlari bilan bir qatorda uning buzilishi va nuqsonlari bo’lishi
mumkinligini  psixologik  jihatdan   asoslangan   tarzda  hisobga   olish   diqqatni   o’zida
aks ettiradigan bilish jarayonlarini tadqiq etishning zarur shartidir. 
Ayrim ruhiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo
harakatsizligi,   qandaydir   biron   ob'ekt   ustida   to’xtab   qolish   holatlarini   kuzatish
mumkin. Bola hayotining bir  oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat
xos bo’ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo’zg’atuvchilardan, ularning keskin
o’zgarishlaridan     ta'sirlanadi.   Masalan,   to’satdan   paydo   bo’ladigan   qattiq
ovozlardan harakatning o’zgarishidan va boshqa narsalardan ta'sirlanadi. Ixtiyoriy
diqqatning   alomatlari   odatda   bola   yoshiga   to’lgandan   so’ng   yoki   ikki   yoshga
qadam  qo’ygan davrda paydo bo’la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida
yuzaga   keladi,   bolaning   atrofidagi   odamlar   nima   qilish   lozimligini   asta-sekin
o’rgatadilar.   Bolalar   o’z   diqqatlarini   rivojlantirishda   ulardan   talab   qilinayotgan
harakatlarni   bajarishga   o’zlarining   bevosita   mayllaridan   voz   kechishlariga   to’g’ri
keladi.   Bolada,   albatta   juda   sodda   go’daklik   shakli   bo’lsa   ham   onglilik   namoyon
bo’ladi. Bolani ozodalikka, tartiblilikka, ma'lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga
rioya   hilishga   o’rgatar   ekanmiz,   buning   bilan   biz   bolada   ixtiyoriy   diqqatni
rivojlantiramiz.   Bog’cha   yoshidagi   davrda   bolaning   ixtiyoriy   diqqatini
rivojlantirish   uchun   o’yin   katta   ahamiyatga   egadir.   Bog’cha   yoshidagi   bolalar
diqqati   juda   barqaror   bo’ladi.   Mashq   qilish   usuli   bilan   o’z   diqqatini   to’plash
qobiliyati asta-sekin rivojlanadi.
O’quv   jarayonida   ixtiyoriy   diqqatni   tarbiyalash   alohida   ahamiyatga   egadir.
Maktab mashg’ulotlarini intizomlashtiruvchi ta'siri, dars davomida sinfda o’tirish,
o’quvchilarning   so’zlarini   eshitish   zaruriyati,   chalg’imaslik   bularning   hammasi
ixtiyoriy   diqqatni   tarbiyalashda   katta   rol   o’ynaydi.   har   turli   ta'lim   ishlari
maktabdagi   o’quv   mashg’uloti   ustida   ongning   yo’nalganligi   va   to’planganligini
saqlab   turishni   talab   qiladi.   Bolalarning   hissiyotlari   ko’pincha   kuchli   bo’ladi. Shuning   uchun   ularning   diqqatlari   qisqa   vaqt   ichida   davom   etsa   ham   kuchli
bo’ladi.
Maktab   yoshidagi   bolalarning   hissiyotlari   ancha   barqaror   bo’la   boshlaydi.
Shuning   uchun   pedagog   o’qish   materialini   hissiy   momentlar   bilan   boyitar   ekan,
buning   bilan   diqqatning   barqarorligi   va   kuchini   saqlab   turilishiga   yordam   beradi.
Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o’quvchi uzoq vaqt diqqatli bo’lishi
mumkin.  Ammo  kattalarning   nazorati   pasayib   qolsa,   u   zarur   vazifani   bajarishdan
chalg’ib   boshqa   narsaga   kirishib   ketishi   mumkin.   Masalan:   adabiyotni
o’rganayotgan   o’quvchi   kino   yoki   biror   o’qigan   asari   haqida   xayol   surib   ketishi
mumkin.   Ayrim   bolalar   jismoniy   mehnat   darslarida   diqqat   bilan   o’tirsalar
boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o’tiradilar. O’zi yoqtirgan darslarda
kuchli   diqqat   bilan   o’tirgan   o’quvchilar   boshqa   darslarda   o’qituvchilarni   ancha
tashvishga solib qo’yishlari mumkin.
O’quvchilarning   o’quv   predmetiga   munosabati,   unga   diqqat   bilan   qarash
ko’p   jihatdan   darsda   o’quvchining   o’quv   materialini   jonli,   emosional,   qiziqarli,
tushunarli,   shu   bilan   birga   to’liq   va   chuqur   o’qita   bilishga   bog’liq.   Bu   talablarga
rioya   qilmaslik   darsda   o’quvchilarning   parishonligiga   yoki   ikkinchi   darajali
qiziqishlarning   paydo   bo’lishiga   olib   keladi.   O’smirlarda   chuqur,   barqaror
qiziqishni   tarbiyalash,   o’qitishning   mazmunini   jiddiy   o’ylab   ko’rilganligi   ularda
diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu   shart-sharoitlarga   rioya   qilinsa,   o’smir   diqqatini   boshqarishga   halal
beradigan ba'zi  impulsiv (ixtiyorsiz)  harakatlarga qaramay, o’z diqqatini ixtiyoriy
ravishda   boshqarish   va   to’xtab   turish   mumkinligini   tezda   egallab   oladi.   U   o’zi
uchun qiziqarsiz  va  qiyin ishni  diqqat   bilan  bajarish  zarur   bo’lsa,   o’zini   bu ishga
majbur eta oladi. Masalan, hamma predmetlardan beriladigan vazifalarga nisbatan
o’smirlarda   kichik   maktab   yoshidagi   bolaga   qaraganda   diqqatning   tashqi   ifodasi
ham   o’zgaradi.   Agar   kichik   yoshdagi   maktab   o’quvchining   yuz   ifodasi   va   gavda
holati   uning   qanchalik   diqqatliligini   aniq   belgilab   bersa,   o’smir   esa   o’zining
diqqatsizligini   yashira   oladi.   Faqat   o’qituvchining   kuzatuvchanligi   orqali   buni
aniqlashi mumkin.  A dabiyotlar :
1. Ivanov I., Zufarova M. “ Umumiy psixologiya ” .  O‘z.FMJ., 2008.
2. Xaydarov   F.I.,   Xalilova   N.   “Umumiy   psixologiya”.   T.:   “ Fan   va
texnologiyalar ”  markazining bosmаxonasi  : 2009.
3. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – СПб :  Питер , 2007.
4. Ғозиев Э.Ғ.  “ Онтогенез психологияси ” . – T.: Ношир. 2010.
5. Ғозиев Э.Ғ.  “ Умумий психология ” . – T.: Ўқитувчи. 2012.
6. Дусмухамедова Ш.А.,  Нишонова З.Т., Жалилова  С.Х., Каримова  Ш.
К.,  Алимбаева Ш.Т. “Ёш ва педагогик психология”. – T.: TДПУ, 2013 .
7. Nishonova Z.T., Alimbaеva Sh.T., Sulaymonov M. “Psixologik xizmat”.
– T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2014 y.

MAVZU: DI QQ AT Reja: 1. Di qq at h a q ida tushuncha 2. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari 3. Diqqat turlari 4. Diqqat xususiyatlari 5. Diqqat borasidagi psixologik nazariyalar 6. Di qq atning buzilishi

1. Di qq at h a q ida tushuncha Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir etib turadi. Lekin odamga ta'sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’liqdir. Demak, di qq atimiz q aratilgan narsa va h odisalar ani q va to’la aks ettiriladi. Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilganligini ta'idlash mumkin.P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi.F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi. E.B.Pirogovaning ta'kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning "diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi. Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega bo’lgan ob'ekt ustida to’planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo’naltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob'ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O’quvchi maktabda o’qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib

o’tirganda mana shu eshitib o’tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo’zg’algan shu maqsadga bo’ysundirilgan bo’ladi. O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi. Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo’llab-quvvatlash tushuniladi. Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta'kidlab o’tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o’zi hech narsani aks ettirmaydi. Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o’zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir. Birinchidan , diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi. Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to’xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo’lib, bu jimlik odamlar ma'ruzachini yoki artistni zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi. Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi. Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda bo’ladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo’libgina qolmay, balki uning ma'lum yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning uchun ko’pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga moslab muayyan bir holatda tutib olamiz. Diqqatning tashqi ifodalanishiga rassomlarning rasmlari, turli jurnallardan olingan suratlar eng yaxshi illyustrativ material hisoblanadi. Ular yordamida kishi

diqqatining tashqi ifodasiga xos bo’lgan mimika va pantomimikani ko’rsatish mumkin. 2. Diqqatning nerv-fiziologik asoslari Odamga har bir daqiqada ta'sir qilib turadigan qo’zg’atuvchilar turlicha reflekslarga sabab bo’ladi. Chunki har qanday refleks organizmning tashqi ta'sirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir. Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan "bu nima gap refleksi" deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan birorta yangi narsaning ta'siri yoki haddan tashqari kuchli ta'sirot orqali hosil bo’ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta'siridan hosil bo’lgan qo’zg’alishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chog’da nisbatan kuchli (ya'ni optimal) qo’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi. Bosh miya yarim sharlarining po’stida paydo bo’ladigan kuchli qo’zg’alish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qo’zg’alish bo’ladi. Ana shu nuqtai- nazardan akademik I.P.Pavlov "diqqatning fiziologik asosini bosh miya po’sti qismidagi optimal qo’zg’alish manbai tashkil qiladi", deb ta'kidlagan. Buni biz akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlaridan ochiq oydin ko’rishimiz mumkin. "Miya yarim sharlarining optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan qismida -deydi I.P.Pavlov, - yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo’ladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo’ladi. Shunday qilib, optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan joy ayni chog’da bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo’ladi. Miya yarim sharlarining sust qo’zg’algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog’da funksiyasi juda

nari borganda tegishli qo’zg’ovchilar asosida ilgaridan hosil qilingan reflekslarni qayta tiklashdan iboratdir". I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induksiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po’stining bir joyida maydonga kelgan qo’zg’alish jarayonlari bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po’stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya po’stining boshqa joylarida kuchli qo’zg’alish jarayonlarini paydo bo’lishiga olib keladi. Ayni shu paytda har bir onida miya po’stida qo’zg’alish jarayoni uchun optimal, ya'ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo’zg’alish manbai mavjud bo’ladi. "Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo’lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko’rinadigan bo’lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo’zg’alish uchun eng yaxshi sharoit tug’ilgan nuqtasi miltillab ko’rinadigan bo’lsa, yangi sog’lom bir narsani o’ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda halati jimjimador shakli, surati va hajmi har damda bir o’zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turgan yoruq narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug’ narsa atrofidagi boshqa yerlarni bir muncha xira tortib turganini ko’rardik". A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo’zg’alishning har doim ustun turadigan hukmron o’chog’i mavjud bo’ladi, bu hukmron qo’zg’alish o’chog’i aynan shu damda miyaga ta'sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo’zg’alishlarni qandaydir ravishda o’ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo’zg’alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo’zg’alishning hukmron bo’lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi. Bu hol psixologik jihatdan biror qo’zg’atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog’da ta'sir qilib turgan boshqa qo’zg’atuvchilardan diqqatning chalqishida ifodalanadi.