DREAMWEAVER DASTURIDA WEB-SAHIFA YARATISH. DREAMWEAVER DASTURINING ASOSIY OYNASI ELEMENTLARI
DREAMWEAVER DASTURIDA WEB-SAHIFA YARATISH. DREAMWEAVER DASTURINING ASOSIY OYNASI ELEMENTLARI. REJA: Dreamweaver dasturining asosiy oynasi elementlari. Dreamweaver dasturining imkoniyatlari. Dizayn kod va aralash rejimda ishlash.
Professional dasturlar qatoriga kiruvchi Dreamweaver MX dasturi o‘zining barcha imkoniyatlari bilan har qanday murakkablik va mashtabdagi HTML sahifalarni yaratish va o‘zgartirishga qodir. U vizual loyihalash (WYSIWYG) rejimini ta’minlab, dastlabki matnli WEB – hujjatlarning juda aniq ishlashi bilan ajralib turadi va katta tarmoqli loyihalarning qo‘llab quvvatlovchi ichki qurilgan vositalarga ega. Dasturda ko‘rinib turadigan vizual loyihalash izchil olib boriladi. Matnlar hamda ob’ektlarning obrazlari ustida olib boriladigan ishlar bevosita kodlashtirishdan ustun turadigan gipermatnli hujjatlar yaratish usulini vizual deb atash qabul qilingan. Dastur nafaqat vizual loyihalash vositalarining kuchli bazasiga ega , balki Web – sahifalarni deyarli maxsus ko‘rib chiqish dasturlari yordamida aks ettirishga ham qodir: Microsoft Internet Explorer yoki Netscape Navigator. Dastur Web – dizayn soxasida gipermatnli hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kodlashtirish yordamida yaratishni afzal ko‘ruvchi mutaxassislarga ham ma’qul keladi. Dreamweaver qobig‘iga gipermatnli belgilovchi diskreptorlar bilan ishlash uchun zarur barcha uskunalarga ega to‘liq funktsional HTML tahrirlagichi integratsiya qilingan. Dreamweaver dasturi ochiq arxitektura printsiplariga asoslangan. Bu amaliy dasturni interfeysi (Application Programming Interface, API) to‘liq ochiq ekanligini bildiradi. Uning yordamida tashqi dasturchilar hamda dasturiy ta’minot bilan shug‘ullanuvchi firmalar dastur va uning interfeysiga radikal funktsional o‘zgartirishlar kiritishi: yangi qurilma qo‘shish, menyu paneli yoki bo‘limini yaratish, yangi ob’ekt yoki multimedia roligini dasturlashtirish va xokazolar. Dreamweaver MX bu - nafaqat interfeysning tashqi ko‘rinishi yangilangani, balki radikal texnologik yangilangan, gipermatnli belgilash tili imkoniyatlari kengaygan. Web-sahifa maketlarini yaratish uchun yangi ashyolar paydo bo‘ldi; bu tizimga Flash ob’ektlarni qo‘yish (integrirovana) buyruqlari qo‘shilgan; bu esa kelajakda WEB uzellar bilan boshqarish va turli jamoaviy ishlarni loyihalashda rivojlanishga imkon beradi. Belgili kodlar bilan ishlash vositalari sezilarli darajada rivojlandi. MX– versiyasi bu ixtiyoriy murakkablikdagi dastlabki matn bilan ishlash uchun kuchli bazaga ega bo‘lgan gipermatnli dasturlashning to‘laqonli qobig‘idir. Hujjatning oynasi endi har xil rejimlarda ishlashi mumkin. Design View (Rejim planirovki) rejimida, foydalanuvchi HTML sahifa maketini taxminan shunday ko‘rinishda ko‘rish mumkin. Code View (Rejim razmetki) rejimida esa hujjatning oynasida belgili matn sahifasining barcha deskriptorlari, stsenariylari va kommentariyalari tasvirlanadi. Dasturning bu rejimlari orasida kichik koordinatsiya mavjud. Kodlarni o‘zgartirish maket modifikatsiyasiga olib keladi,
vizul rejimda (tartibda) rejalashtirish yoki formatlashga o‘zgartirish kiritishga olib keladi; Dreamweaver tizimi qobig‘iga barcha zaruriy qurilmalarga ega bo‘lgan to‘laqonli kodlar tahrirlagichidan iborat dastur integratsiya qilingan. Unda HTML hujjatlarining dastlabki matnlari bilan ishlashni engillashtiruvchi vositalar: kiritilgan teglarning sarlavxalari, turli kodlarni rangli belgilash , tez qidirib topish vositalari aks etgan. Sintaktik noto‘g‘ri loyihalarni aniqlash, uzun qatorlarni avtomatik ko‘chirish, avtokorrektsiya rejimi yo‘lga qo‘yilgan. Dastur vositalari yordamida nafaqat gipermatnli sahifalarni, balki matnli ko‘rinishiga ega har qanday hujjatlarni, dasturlar, stsenariylar, oddiy matnlar, XML belgili hujjatlar va boshqalarni tahlil qilish mumkin. Belgilash kodlari bilan ishlashni ma’lumot paneli ancha oddiylashtiradi. Bu dastur ichiga qurilgan interaktiv ma’lumotnoma gipermatnli belgilash tilining barcha standart loyihalarini va u bilan bog‘langan vositalarni: diskreptorlar, atributlar, ierarxik stildagi o‘ziga xosliklarning deklaratsiyalari (Cascading Style Sheet), Java Script tilining sintaktik loyihalarini qisqa va lo‘nda shaklda tavsiflaydi. Tajribadan ma’lumki xatto eng tajribali, HTML tilini chuqur biladigan Web- ustasi ham bu til standartiga kiruvchi yuzlab kodlar va atributlarni eslab qolishga qodir emas. Ma’lumotlar paneli deskriptorni aniq va ravshan tavsiflab beradi , uning atributlari hamda ko‘rib chiqish dasturining turli versiyalari bilan mos tushishi haqida ma’lumot beradi. Java Script stsenariylar Java Script dasturlash tilida yozilgan stsenariylardagi yashirin xatolarni aniqlash imkonini beradi. Bu vosita nafaqat hozirgi vaqtda WEB-dasturlash sohasida qo‘llaniladigan ko‘p sonli analizatorlar uchun qiyin bo‘lmagan, sintaksis xatolarni aniqlashga qodir. Kodalarni tuzatish vaqtida dastur ichiga qurilgan nazorat nuqtalari va qadamba-qadam bajariladigan dastur ko‘rsatmalari hamda o‘zgaruvchilarning holatini nazorat vositalari mexanizmiga ega. Doimo sezilarli potentsialga ega bo‘lgan vizual loyihalash tahrirlagichining uskunalari yana bir vosita bilan boyitildi. Bu gipermatnli sahifalarni rejalashtirish va yaratish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur ishi rejimidir. U sahifani aks ettirishning maxsus rejimi (Layout view) va ikkita uskuna ko‘rinishida amalga oshirilgan bo‘lib, ular yordamida maket elementlarini chizish mumkin. Ixtiyoriy murakkablikdagi maket dastur eskizi va mustaqil tuzadigan jadval asosida bajariladi.
Tahrirlagichning oldingi avlodlari vektorli animatsiyalashgan tasvirlar sohasida birinchilar qatorida bo‘lgan Flash dasturi bilan juda yaxshi o‘zaro aloqada bo‘lishi bilan ajralib turgan. Dasturning joriy versiyasiga animatsiyalashgan ob’ektlarni generatsiya qilishning ikkita asosiy buyrug‘i integratsiya qilingan. Endi bevosita dastur oynasida interaktiv tugma yoki «jonli matn» yaratish mumkin. Bunga o‘xshash ob’ektlarni kiritishning texnik tomoni o‘ta soddalashtirilgan va loyihalashtirishdan ko‘ra ko‘proq anketalashtirishga o‘xshab ketadi. Foydalanuvchidan Flash – texnologiya sohasida chuqur bilimlar talab qilinmaydi, u faqat muloqot oynasi sohasini to‘ldirishi kerak. Zamonaviy dasturlarning ko‘pchiligi animatsiyalashgan Flash – grafikani aniq aks ettiradi. Bu tipdagi ob’ektlar a’lo darajada mashtablanishi bilan ajralib turadi va tarmoq bo‘ylab uzatishda ham diskda saqlashda juda kam resurs talab qiladi. Dasturning kam ahamiyatga ega bo‘lgan yangiliklarini qisqacha sanab o‘tamiz: Ierarxik stildagi o‘ziga xosliklar (CSS) bilan ishlash vositalari sezilarli darajada takomillashtirilgan. Macromedia firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Fire woks grafik redaktori bilan Dreamweaver dasturining integratsiyasi yanada rivojlantirildi. Yangi Assets (resurslar) paneli yaratildi. U dasturda bitta WEB – tugunning bir necha sahifasi tomonidan birgalikda ishlatiladigan turli xildagi ma’lumotlarning omborxonasi vazifasini bajaradi. Bular tasvirlar, animatsiya roliklari, ranglar, tashqi dalillar, stsenariylar, kutubxonalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Saqlanayotgan resurslarni turli sahifalarning talab qilinadigan sohalarida joyini o‘zgartirish (yoki surish) yo‘li bilan joylashtirish mumkin. oldingi versiyalarning achinarli cheklashlar ishlab chiquvchining izohlari bilan bekor qilingan (Design Notes). Endi ularni ixtiyoriy gipermatnli fayllar va ob’ektlar bilan bog‘lash, ularni tarmoq bo‘ylab ishlab chiquvchilar jamoasining boshqa a’zolari bilan almashish mumkin. Site Report (Otchet o sayte) buyrug‘i loyiha holati haqidagi batafsil hisobotni hosil qiladi. Hisobot o‘ziga ko‘p sonli giperbog‘lanishli hujjatlarni biriktiradi. Tahrirlagichga versiyalarni va dasturiy ta’minotni yangilashni boshqarishni nazorat qilishning etakchi dasturiy vositasi bo‘lgan Microsoft Source Safe paketli integratsiya vositalari qo‘shilgan. Bu narsa Dreamweaver tizimini Internet uchun
murakkab loyihalarni ishlab chiquvchi jamoa uchun asosiy uskuna sifatida qo‘llanilishiga asos bo‘ladi. Dasturning bu versiyasi WEBDAV bayonnomasini to‘laqonli qo‘llab- quvvatlaydi. Bu versiyalarni boshqarish va taqsimlangan ishni tashkil qilish bo‘yicha kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bo‘lgan klassik bayonnomaning kengaytirilishidir. -Interfeysni standartlashtirish va sayqal berish bo‘yicha katta ish qilindi. Macromedia firmasi ko‘pgina dasturlarning tashqi ko‘rinishi noto‘rg‘un palitralarning yagona kontseptsiyasiga asoslanadi. Muharrirning oxirgi versiyasida palitralarning ko‘rinishi standartlashtirilgan. Ularning deyarli hammasi tarkibiy majmuaviy palitralarga birlashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Oldingi versiyalarning ro‘yxatga olishdagi ba’zi kamchiliklar tuzatildi. Klaviatura kombinatsiyalari bir shaklga keltirildi. Ular web–dizayn uchun Macromedia firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, barcha dasturlash vositalari uchun umumiy bo‘lgan ichki standartga moslashtirilgan. Ichiga qurilgan menedjer yordamida tugmalarning har qanday tuzilishini o‘zgartirish mumkin. Dastur o‘rnatilgandan keyin uni ishga tushirish uchun Windows bosh menyusidan Пуск - Программы - Macromedia Dreamweaver MX - Dreamweaver MX buyruqlar ketma- ketligini tanlash kerak. Natijada quyidagi oyna ishga tushadi: 9.1-rasm. Dasturni ishga tushirilishi. Oynadagi va bo‘limlaridan mos ravishda Basic Page va HTML tiplari tanlanadi va tugmasi bosiladi. So‘ngra dastur to‘liq ishga tushadi. Bu oyna quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 9.2- rasm. Dastur interfeysi. Dasturni yuklashning boshqa bir nechta universal usullari mavjud. Bu bizga oddiy Microsoft office paketi dasturlaridan ham ma’lum. Interfeys deganda informatikada dasturdagi turli komponentlar va foydalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlovchi vositalar va qoidalar yig‘indisi tushuniladi.