logo

DUNYO SIYOSIY XARITASINING SHAKLLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

75.587890625 KB
DUNYO SIYOSIY XARITASINING SHAKLLANISHINING   ASOSIY
BOSQICHLARI  
                                                                       REJASI:
1.KIRISH.
2. DUNYO SIYOSIY KARTASI SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI VA ASOSIY 
BOSQICHLARI;
3. JAHON MAMLAKATLARINING DAVLAT   TUZIMI VA DAVLAT TUZILISHI ;
4. JAHON MAMLAKATLARINING IQTISODIY RIVOJLANISHIGA KO`RA 
GURUHLARGA      BO`LINISHI;
5. XALQARO MUNOSABATLAR VA DUNYO SIYOSIY KARTASI. Siyosiy kartasining ahamiyati g`oyat katta bo`lib, u mamlakatlarning 
xalqaro o`rnini, dunyoda egallagan mavqeyini, ichki siyosiy-ma`muriy strukturasi 
xususiyatlarini o`zida yaqqol aks ettiradi.
Mamlakatlar   va   xalqlarning   butun   xayoti   ularning   davlat   (siyosiy)   chegaralari
belgilangan   o`z   xududlarida   o`tadi.   Ularning   aynan   shu   yo`nalishda
o`rganish   iqtisodiy , ijtimoiy va siyosiy geografiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Bir   tomondan,   dunyo   va   regional   muammolar   ayrim   mamlakatlarning
muammolaridan   o`sib   chiqadi   va   shakllanadi ,   boshqa   tomondan   esa,   ularning
rivojlanishi   boshqa   ko`plab   mamlakatlarga   bevosita   katta   ta`sir   ko`rsatadi.Shu
bilan   bir   qatorda   xalqaro   hayotda   siyosiy ,   iqtisodiy   (shu   jumladan,   sanoat,
transport va boshqa sohalardagi xo`jalik qurilishlari), ekologik muammolarini bir
nechta   davlatlarning   birgalikdagi   sa`y-   harakatlari ,   umumiy   mablag`lar   hisobiga
hal   etish   yo`llari   tobora   ko`payib   bormoqda.   Bunday   muammolar   echimi   davlat
xududlari suverenitetining tugaganligini aslo ko`rsatmaydi. Mustaqil davlatlarning
tashkil topishi shakllanishi ,   rivojlanishi shuningdek , ularning barbod bo`lishi yoki
suverenitetining   tugatilishi   o`zgarishi   yoki   tubdan   o`zgarilishi   va   boshqalari
g`oyat   murakkab   tarixiy   jarayonlar   bo`lib,   ko`plab   ichki   va   tashqi   amallar-
siyosiy,   ijtimoiy ,   iqtisodiy,   etnik,   diniy   va   boshqalar   bilan   belgilanadi.   Bunda
ko`pincha mamlakatlar va halqlar hayotining murakkab muammolari ko`p yillar,
ba`zan asrlar davomida echilmay qoladi.
Dunyo   siyosiy   kartasi   g`oyat   o`zgaruvchan   xususiyatga   ega.   U   quyidagi   asosiy
siyosiy-geografik   o`zgarishlarni   aks   ettiradi:   muayyan   davlatning   boshqa   davlat
bilan qo`shilishi (birlashishi, bir davlatning boshqa davlat tarkibiga kirishi va .b);
davlatchilikning   (siyosiy   suverenitetining)   yo`qotilishi,   davlatlar   (mamlakatlar)
maydonining   hududlar   va   akvatoriyalar ,   ular   chegaralarining   o`zgarishi;
poytaxtning   almashishi   (o`zgarishi);   davlat,   mamlakat   va   poytaxt   nomlarining
o`zgarishi;   davlat   boshqaruvi   shaklining   o`zgarishi,   boshqalar   bu   elementlarning
barchasi siyosiy-geografik kartaning asosiy mazmunini belgilab beradi.
  Dunyo   siyosiy   kartasining   shakllanish   xususiyatlari   va   asosiy   bosqichlari
Siyosiy   kartaning   ahamiyati   shundan   iboratki ,   u   mamlakatlarning   xalqaro
miqyosda tutgan o`rnini, ichki siyosiy–ma`muriy strukturasi hususiyatlarini o`zida
aks ettiradi. Chunki har qanday mamlakatlar va xalqlarning butun hayoti   ularning
siyosiy   chegaralari ,   belgilangan   o`z   hududlarida   o`tadi.   Har   bir   mamlakatning
ma`lum bir chegara doirasida ega bo`lganligi dunyoning siyosiy kartasini keltirib
chiqaradi.   Shunday   ekan   jahon   siyosiy   kartasining   shakllanishi   uzoq   davom
etadigan tarixiy jarayon bo`lib, u kishilik jamiyati rivojlanish bosqichlarini o`ziga
aks ettiradi. U ya`ni jahon siyosiy kartasi asrlar davomida o`zgarib, davlatlarning
paydo   bo`lishi,   parchalanib   ketishi ,   chegaralarining   o`zgarishi,   yangi   erlarning
kashf   qilinishi ,   mustamlaka   etilishi ,   metropoliya   va   mustamlakalarning   paydo
bo`lishi,   dunyoni   bo`lib   olish   va   qayta   taqsimlanishni   o`zidi   aks   ettiradi .   Shu
sababli ham , dunyoning hozirgi zamon siyosiy kartasi–bu siyosiy geografiyaning o`rganish   predmeti   hisoblanadi.   Siyosiy   geografiya   esa   iqtisodiy   va   ijtimoiy
geografiyaning bir tarmog`i hisoblanadi.
Dunyoning   siyosiy   kartasining   shakllanish   muammolari   V.A.Kolosov   (1988   y.),
K.e.Sarokin   (1996   y.),   M.M.Golubchik   (1998   y.),   Yu.N.Gladkiy,   S.B.Lavrov
(2001   y.),   Q.Aberqulov   (2000   y.)   va   boshqalarning   ishlarida   o`z   aksini   topgan.
Ushbu   olimlarning   fikriga   ko`ra,   dunyo   siyosiy   kartasining   shaklllanishini
quyidagi   davrlarga   bo`lish   mumkin:   qadimgi,   o`rta   asrlar,   yangi,   eng   yangi   va
hozirgi   zamon. Qadimgi   davr   ilk   davlatlarning   paydo   bo`lishidan   milodning   V
asrgacha ,   ya`ni   quldorlik   tuzumi   davrini   o`z   ichiga   oladi.   Ushbu   davrda
shakllangan   va   rivojlangan   ayrim   davlatlar   jumladan   Qadimgi   Misr,   Karfagen
(Tunis),   Qadimgi   Yunoniston ,   Qadimgi   Rim,   Kushon   imperiyasi ,   Qadimgi
Xorazm,   Baktriya ,   Sug`d   va   boshqa   davlatlar,   Turk   hoqonliklari   shuningdek
Ulug`   Xun   imperiyasi ,   ikkinchi   Xun   imperiyasi   (milodning   II-IV   asri)   kabi
qadimgi davlatlar dunyo tsivilizatsiyasining rivojlanishiga katta hissa qo`shganlar.
Jumladan,   Turkiy   xalqlarining   qadimgi   avlodlari   bo`lgan   Xunlar   (skif)   Markaziy
Osiyo ,   Kaspiy   bo`ylari,   Shimoliy   Kavkazgacha   chuzilgan   o`z   davlatlarini   barpo
etganlar.   Mazkur   davlatlarning   har   birida   o`z   yozuvlari   bo`lgan,   harbiy
maqsadlarda kartalardan foydalanishgan. Ushbu davrda harbiy yurishlar, urushlar
davlat   chegaralari   va   hududlari   o`zgarishining   asosiy   sababi   bo`lgan. O`rta
asrlar   davri   (V–XVI   asrgacha)   Bu   davrda   dunyoning   siyosiy
kartasi   feodalizm   davri   bilan   bog`liq   holda   shakllangan   bo`lib,   quldorlik
davlatlarining parchalanib ketishi, ularning o`rnida ko`plab katta va kichik feodal
davlatlarning   paydo   bo`lishiga   sabab   bo`lgan.   Feodal   davlatlarning   siyosiy
funktsiyalari quldorlik davridagi davlatlarga nisbatan ancha murakkab va xilma–
xil bo`lgan. Bu davrda ichki bozor shakllanishida davlatlarning o`zlaridan uzoqda
joylashgan hududlarni bosib olishga harakat qilish kuchaydi. Dunyo turli davlatlar
o`rtasida taqsimlab olindi.
Bu   davrda   muqaddas   Rim   imperiyasi ,   Angliya,   Ispaniya,   Frantsiya ,
Portugaliya,   Kiev   Rusi ,   Moskva   (rus)   davlati,   Hindiston,   Xitoy,   Eron   va   Turon-
Turkiston   o`lkasidagi   feodal   davlatlar   va   boshqalar   mavjud   bo`lgan.   Shu
jumladan ,   professor   Q.Aberqulov   (2001   y.)   fikriga   ko`ra   O`rta   asrlar   dunyo
siyosiy   kartasida   Movaraunnaxrning   ilk   feodal   davlatlari   (Sug`d,   Toxariston,
Davon,   Choch,   Xorazm   va   boshqalar),   IX-XIII   asrdagi   feodal   davlatlar
(Qorliqlar,   Toxiriylar ,   Samoniylar,   Qoraxoniylar ,   Xorazm   davlatlari   va
boshqalar), Chig`atoy ulusi (XIII-XIV asr), Amir Temur va Temuriylar davlatlari
(XIV   asrning   oxiri   va   XV   asrning   boshi)   katta   salmoqqa   ega   bo`lganlar.   Bu
davlatlar   joylashgan   o`rni   “Buyuk   Ipak   yo`li”   bilan   bog`liq   qulayliklardan
foydalanib,   G`arb   va   Sharq   o`rtasidagi   o`ziga   xos   karvon   yo`li   “ko`prik”   rolini
o`ynaganlar.
Yangi  davr,   (XVI  asrdan  XX asr  boshlarigacha  bo`lgan  davrni  o`z  ichiga  oladi.
Ushbu   davrning   o`ziga   xos   xususiyatlari   shundan   iboratki ,   bu   davrda   feodalizm
emirilib,   kapitalistik   ishlab   chiqarish   munosabatlari   shakllana   boradi.   Bu   esa hayotning   barcha   sohalarida,   shu   jumladan   dunyo   siyosiy   kartasida   muhim
o`zgarishlarning sodir bo`lishiga olib keladi.
Kapitalistik   ishlab   chiqarish   munosabatlarining   rivojlanishida   buyuk   geografik
kashfiyotlar   alohida   o`rin   egallaydi.   Ushbu   davrda   1492   –   1502   yillarda
X.Kolumb   tomonidan   Amerika   qit`asi   ochildi.   1498   yilda   Vaskada   Gama
tomonidan Afrikani aylanib o`tish mumkinligi isbotlandi.
1499–1504   yillarda   Amerigo   Vispuchining   Janubiy   Amerikaga   sayohati;   1519–
1522   yillar   Magellan   va   uning   sheriklari   tomonidan   dunyo   aylanish   sayohati ;
1648   yil   Semen   Djenevning   Sibirga   sayohati;   1740   yil   V.Bering   va
P.Chirikovlarning   Sibirga   sayohati;   1771–1773   yillar   J.Kukning   Avstraliya   va
Okeaniyaga sayohati va boshqalar.
Buyuk   geografik   kashfiyotlar   davri   dunyo   siyosiy   kartasida   kuchli   o`zgarishlar
bo`lishiga olib keldi. U evropa mustamlakachilar bosqichining boshlanishi, dunyo
xo`jalik   aloqalarining   keng   rivojlanishi,   aholi   ko`chish   harakatlarining
kuchayishiga   sabab   bo`ldi.   Buyuk   geografik   kashfiyotlar   dunyoning   uchta   yirik
mustamlakachi   mamlakatlari–Angliya   (Afrikada),   Ispaniya   (Amerikada),
Portugaliya   (asosan   Osiyoda)   imperiyasining   paydo   bo`lishiga,   hamda   dunyo
bozorining   shakllanishiga   olib   keldi.   Dengiz   yo`lining   rivoji   “Buyuk   ipak”
yo`lining   inqiroziga   olib   keldi.   Temuriylar   davlatining   inqirozi   va   parchalanib
ketishi   ham   aynan   shu   davrga   to`g`ri   keldi.   Professor   Q.Aberqulov   (2001   y.)
ta`kidlaganidek,   XIV   asrning   oxiri   va   XV   asrning   boshida   tashkil   topgan   Amir
Temur   va   Temuriylar   davlati   Hindiston   va   Xitoydan   O`rta   er   dengiziga   qadar
hamda Orol dengizidan Fors qo`ltig`iga qadar g`oyat katta hududni egallagan edi.
Amir   Temur   Xitoy   va   Hindistondan   O`rta   Osiyo   orqali   yaqin   Sharq   va   evropa
mamlakatlariga boradigan asosiy savdo yo`li-“Buyuk Ipak yo`lini” nazorat qilib,
Sharq   bilan   G`arb   o`rtasidagi   savdo-sotiq   va   elchilik   aloqalarini   har   tomonlama
rivojlantirishga   katta   xissa   qo`shdi.   Temurning   1395   yilda   To`xtamish   ustidan
g`alaba  qozonib Oltin O`rdaga bergan  zarbasi  Rossiya davlatining  mustaqilligini
saqlab qolish va uning markazlashuvida buyuk ahamiyat kasb etadi.
Temurning   1402   yilda   Boyazid   ustidan   g`alabasi   esa,   evropani   Usmonli   Turk
imperiyasi asoratidan saqlab qoldi. Lekin Temur vafotidan keyin   vorislar toju-taxt
talashuvi ,   shuningdek   Buyuk   Ipak   yo`lining   xalqaro   savdo   yo`li   sifatidagi
ahamiyati   keskin   pasayishi   ushbu   ulkan   davlatning   parchalanishiga   olib   keldi.
Xususan,   Movarounnaxr   va   Xurosonda   Shayboniyxon   davlati   (XVI   asr
boshlarida)   tashkil   topdi.   Uning   parchalangan   hududlarida   esa   XVI   asr   oxirida
Buxoro xonligi (amirligi), Xiva xonligi, XVIII asr boshida Qo`qon xonligi paydo
bo`ldi.   XIX   asrning   o`rtalaridan   boshlab   Rossiya   imperiyasi   o`zbek   xonliklarini
bosib olish uchun keng xarbiy-siyosiy tayyorgarlik ko`rishga kirishdi.
XIX   asrning   40–yillari   oxiri,   50-yillari   boshidan   Rossiya   imperiyasi   Turkiston
erlariga shiddat bilan bostirib kela boshladi. Rus istilochi qo`shinlari 60–yillardan
Qo`qon   xonligi,   Buxoro   amirligi,   70-yillarning   boshlaridan   esa   Xiva   xonligi
hududlarini bosib oldi va ularni Rossiya imperiyasiga to`la bo`ysintirdi. Turkiston ulkan   viloyat,   volost,   uchastka   va   oqsoqolliklarga   bo`linib   boshqarildi.
Rossiyadan   ko`plab   rus   dehqonlari   va   ersiz   mujiklar   ko`chirilib   keltirilib,   ularga
kamida 10 desyatinadan er ajratib berildi. Mustamlakachilar rus imperiyalar, xutor
va   selolar,   shaharlar   yonida   esa   ruslar   uchun   “Yangi   shaharlar”   barpo   etishga
alohida   e`tibor   berishdi.   Tub   joy   aholisining   turmushi   esa   tobora   og`irlashib
boraverdi.
Shunday   qilib,   O`rta   Osiyo   uchun   bir   asrdan   ko`proq   davom   etgan   og`ir
mustamlakachilik   davri   boshlandi.   XVII   asrning   birinchi   yarmida   Angliya   va
Frantsiya   mustamlakachilik   yurishlarini   boshladilar.   Ular   Vest-Indiyadagi   qator
orollarni   o`zlariga   bo`ysindirdi.   XVII   asrning   o`rtasida   Niderlandiya ,   Gollandiya
Zond   orollari,   Afrika   janubi,   Gollandiya   Gvianasi   (Surinam),   Vest-Indiyadagi
orollar щ ni   bosib   olib   dunyoning   birinchi   mustamlakachi   va   savdo   markaziga
aylandi. Mustamlakalar uchun Angliya bilan Frantsiya o`rtasidagi kurash XVII asr
oxiridan   XIX   asrning   boshlarigacha   davom   etdi.   Angliya   o`z   mustamlakalarini
Frantsuzlar   hisobidan   Shimoliy   Amerikada   va   Hindistonda   kengaytirdi.   Angliya
shiddatli   kurash   orqali   Ispaniya,   Niderlandiya,   Frantsiyadan   ko`plab
mustamlakalarni   tortib   oldi.   Ularning   umumiy   maydoni   22   mln   kv.km.dan   ortiq
bo`lib, Hindiston, Kanada,   Avstraliya , Janubiy Afrikani o`z ichiga olgan edi.
XVIII   asrning   oxiriga   kelib   Lotin   Amerikasida   Ispaniya   va   Portugaliyaning
tolonchilik   siyosati   salbiy   oqibatlarga   olib   keldi.   Ozodlik   urushlari   bilan   bog`liq
holda   Yangi   Grenada,   Peru   va   boshqa   yigirmaga   yaqin   yangi   davlvtlar   tizimi
paydo bo`ldi va ularga chet el kapitali keng miqyosda kirib kela boshladi.
Angliya   mustamlakachiligiga   qarshi   kurash   Shimoliy   Amerikada   ham   avj   oldi.
1775-1783   yillarda   ozodlik   uchun   olib   borilgan   urush,   Angliyaning   AQSh
mustaqilligini tan olishga majbur etdi. 1776 yilda AQSh mustaqilligi e`lon qilindi.
AQSh mustaqillikka erishgach u o`z hududini yanada kengaytirish uchun kurash
boshladi.   1803   yilda   AQSh   frantsiyadan   G`arbiy   Luizianani   1819   yilda
Ispaniyadan   Floridani   sotib   oldi.   Meksikadan   Texas   (1845   y.),   Kaliforniya   va
Qoyali tog`larning janubi (hozirgi N`yu-Meksika shtati) ni tortib oldi. 1867 yilda
Rossiyadan Alyaskani sotib oldi.
XIX   asrning   o`rtalarida   Germaniya   va   Italiyada   yangi   siyosiy   birlashish   asosida
yagona   markazlashgan   davlatlar   tashkil   topdi.   Bolqon   yarim   orolida   milliy
ozodlik   harakati   asosida   Turkiya   imperiyasi   tarkibiga   kirgan   Gretsiya   (1829   y.),
Ruminiya (1861 y.), Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya (1878 y.) davlatlari paydo
bo`ldi.
Ayniqsa   XIX-XX   asr   tutashgan   davrda   bo`lingan   dunyoni   qayta   bo`lib   olish
uchun kurash g`oyat keskinlashib, dunyo siyosiy kartasi bekor bo`lib qoldi. 1876
yilda   Afrikaning   atigi   10   %   hududidi   G`arbiy   evropa   mamlakatlariga   qarashli
bo`lsa,   1900   yilga   kelib   bu   ko`rsatkich   90,5   foizga   etdi.   Afrikani   bo`lib   olishda
birinchi o`rinni Angliya egalladi. U Shimoliy sharqiy va Janubiy, qisman G`arbiy
Afrikada   hukmron   mavqega   ega   bo`ldi   va   o`ziga   Misr,   Sudan,   Keniya,
Uganda,   Somalining bir qismi , Shimoliy va Janubi Rodeziya, Transviyal, va Tunis (Oranjevaya),   Bur   respublikalari,   Nigeriya,   Oltin   qirg`oq   (Gana),   Siera-Leone,
Gambiya kabi mamlakatlarni o`ziga bo`ysintirdi.
Fransiya   70-yillargacha   Jazoir,   Senegal,   Gvineya   qo`ltig`i   qirg`oqlarining   bir
qismini bosib ol щ gan bo`lsa, Afrikani bo`lib   olish davrida yana Tunis , Marokka,
Gvineya   qo`ltig`i   qirg`oqlari,   Niger,   Kongo   havzasi,   Chad   ko`li   rayoni   ,
Madagaskar,   Somalining   bir   qismini   zabt   etdi.   U   Shimoliy   va   G`arbiy   Afrikada
yirik   mustamlaka   massivini   barpo   qildi.   Bu   davrda   Germaniya,   Italiya   ham
Arikada   mustamlakalar   bosib   olishni   boshladi.   1884   yilda   Germaniya,   Janubi-
g`arbiy   va   Sharqiy   Afrika   (Tanganika),   Kamerun,   Togoni   istilo   etdi.   Italiya
Eriteriya, Somalining bir qismini bosib oldi. 1911-1912 yillardagi Turkiya-Liviya
urushi oqibatida Kichik Osiyo qirg`oqlaridagi orollar guruhiga ega bo`ldi. Kongo
hududlari   Belgiya   egaligiga   o`tdi.   Afrikani   bo`lib   olish   davrida   Portugaliya
Angola   va   Mozambik   hududlarini   kengaytirdi.   Ispaniya   G`arbiy   Sahroi   Kabr ,
Ispaniya Gvineyasi (Reomuni), Shimoliy Marokkoning bir qismini zabt etdi.
XIX   asrning   oxirida   AQSh   ham   mustamlakalar   bosib   olishga   kirishdi.   1898
yildagi Ispan Amerika urushi natijasida u Ispaniyadan Filippin, Guam orollari va
Puerto-Rikoni   tortib   oldi.   Kuba   rasman   mustaqil   deb   tan   olinishiga   qaramay
amalda   u   AQSh   ning   yarim   mustamlakasiga   aylangan   edi.   AQSh   o`ziga   Gavayi
orollarini qo`shib oldi. Samoa orollarni Germaniya bilan bo`lib oldi. Okeaniyani
bo`lib   olish   ham   tugallandi.   Angliya   Fidji   orollarini,   Salomon   orollarining   bir
qismini, Frantsiya Taiti, Yangi Kaledoniya orollarini, Germaniya Yangi Gveneya
orollarining   shimoliy-sharqiy   qismini ,   Bismark   orollarini,   Salomon   orollarining
bir   qismini   ,   Marshal   orollarini   bosib   oldilar.   Germani   Ispaniyadan   Marian   va
Karolin orollarini sotib oldi.
Yaponiya   Uzoq   Sharqda   mustamlakalar   istelo   qilishni   boshladi.   1895   yilda
Xitoydan   Tayvan   orolini   tortib   oldi,   Koreyani   bosib   oldi   va   1910   yilda   uni
o`zining   mustamlakasi   deb   e`lon   qildi.   Rus-Yapon   urushidan   keyin   Yaponiya
Saxalin   orolining   janubiy   qismida,   Kuril   orollarida   mustahkam   o`rnashdi.
Mustamlakali   davlatla   Xitoyni   yarim   mustamlakaga   aylantirdilar.   XIX   asrning
ikkinchi yarmida Frantsiya, Vetnam, Laos, Kambodjani o`z ichiga olgan Frantsuz
Xidi-Xitoy   mustamlaka   zonasini   zabt   etdi.   Angliya   Yuqori   Birma ,   Barneo
orolining   shimolini   zabt   etdi.   Malayxdagi   mustamlakalarini   kengaytirdi.   XX
asrning  boshida  Turkiya hukmronligiga  qarshi  milliy  ozodlik harakatlari  evaziga
Albaniya mustaqillikka erishdi. Bolgariya Egey dengiziga chiqishga, Gretsiya va
Serbiya esa o`z hududlarini kengaytirishga muvaffaq bo`ldi.
Shunday   qilib,   dunyo   siyosiy   kartasi   shakllanishining   yangi   asr   davridagi   asosiy
mazmunini   mustamlakalar   bosib   olish,   metropoliya   (mustamlakachi)   davlatlar
o`rtasidagi   o`zaro   munosabat   va   nisbatlar   belgilab   berdi.   XX   asrning   boshida
dunyo   to`liq   bo`lib   olindi.   1914   yilda   mustamlakachi   imperiyalar
mustamlakalarining   umumiy   maydoni   74,9   mln   km.kv.   (jami   quruqlik
maydonining 56 %) ulardagi aholi 530 mln. kishiga (dunyo aholisining 35 %) ga
etdi.   Angliya   mustamlakalari   maydoni   33,5   mln.km.kv.,   Rossiyaniki   17,4 mln.km.kv., Frantsiyaniki 10,6 mln.km.kv., Germaniyaniki 2,9 mln.km.kv., AQSh
niki 0,3 mln.km.kv., Yaponiyaniki ham 0,3 mln.km.kv. ni tashkil etdi.
Eng   yangi davr , birinchi jahon urushining tugashi va 1917 yil Rossiyada Oktyabr
to`ntarishidan   boshlab,   II   jahon   urushi   va   urushdan   keyingi   1985   yillargacha
bo`lgan   davrni   o`z   ichiga   oladi.   Ushbu   davrni   ayrim   mutaxassislar   fikriga   ko`ra
uch   bosqichdan   iborat.
Birinchi   bosqich   (1917-1939   y)   ning   o`ziga   xos   xususiyatlari   shundan   iboratki,
ushbu bosqichda dunyo kartasida SSSR (sotsialistik imperiya) ning paydo bo`lishi
hamda evropa va dunyoning boshqa qismlarida muhim hududiy o`zgarishlarning
sodir bo`lishi bilan xarakterlanadi.
Ushbu   davrda   Avstriya–Vengriya   imperiyasi   parchalandi ,   ko`pgina   davlatlarning
chegaralari   o`zgardi.   Yangi   mustaqil   mamlakatlar–Pol`sha,
Finlandiya,   Chexoslovakiya ,   Yugoslaviya   (Serbiya,   Xorvatiya,   Sloveniya
qirolliklari)   va   boshqalar   paydo   bo`ldi.   Buyuk   Britaniya ,   Frantsiya,   Bel`giya,
Yaponiya   mustamlakalari   ko`paydi   va   kengaydi.   Millatlar   Ligasi   (1919   y)
tomonidan   Germaniya   mustamlakalari   g`olib   davlatlarga   mandat   bilan   vaqtincha
boshqarish   asosida   bo`lib   berildi.   Jumladan ,   Tangan`ika   Angliyaga   “mandat”   ga
berildi.   Togo   va   Kamerun   esa   Angliya   va   Frantsiya   o`rtasida   bo`lib   olindi,
Janubiy-G`arbiy   Afrika   –   JAR   ga,   Shimoliy   Sharqiy   Yangi   Gvineya–Avstraliya
Ittifoqiga,   Karalin,   Marian,   Marshall   orollari–Yaponiyaga,   G`arbiy   Samoa
orollari–Yangi Zelandiyaga, Nauru orollari–Angliya,   Avstriya , Yangi Zelandiyaga
berildi.
Rossiyada   bol ` sheviklar   yakka   xokimligi   ostida   Sovet   hokimiyati   o ` rnatilgandan
keyin   Turkistonda   ham   muhim   o ` zgarishlar   sodir   bo ` ldi .   Turkiston   o`lkasi,
Buxoro amirligi, Xiva xonligi o`rnida yangi tuzilmalarni vujudga keltirish asosida
mustamlakachilikni   yanada   mustahkamlash   sho`rolar   imperiyasi   siyosatining
asosiy   yo`nalishiga   aylandi.   Dastlab   Turkiston   muxtoriyati   (1917   y.noyabr`–
1918y.   fevral`),   Turkiston   ASSRning   tuzilishi   (1918   y.   aprel),   Buxoro
amirligining   tugatilishi   (1920   y.   avgust)   va   Buxoro   Xalq   Sovet   Respublikasi
(1920   y.   oktyabr`)   tuzilishi ,   (1920   yil   boshlari)   va   Xorazm   Xalq   Sovet
Respublikasi   (1920   yil   aprel)   tuzilishi   ushbu   siyosatning   natijasidir.   1924   yilda
Turkiston,   Buxoro   va   Xorazm   Sovet   Respublikalari   o`rnida   O`zbekiston
SSR,   Turkmaniston   SSR ,   Tojikiston   ASSR   (O`zbekiston   SSR   tarkibida),
Qoraqirg`iz   (Qirg`iz   viloyati   RSFSR   tarkibida)   va   Qoraqalpog`iston   avtonom
viloyati   (Qozog`iston   ASSR   tarkibida)   tashkil   etildi.   Ular   Rossiya   inperiyasi
davridagidan   metropoliyaga   arzon   xom   ashyo   etkazib   beradigan   mustamlakalar
bo`lib   qolaverdi.   Bulardan   tashqari   1918   yilda   Afg`oniston   (Britaniya
imperiyasining ekspantsiyasi ob`ekti) mustaqilligi e`lon qilindi.
1920   yilda   Antanta   (g`oliblari)   mamlakatlari   tomonidan   San-Remo
konferentsiyasida   Milliatlar   Ligasi   tavsiyasiga   binoan   Turkiya   imperiyasining
arab   mamlakatlaridagi   mustamlakalari   mandat   asosida   bo`lib   olindi.   Angliyaga
Falastin,   Transiordaniya,   Mesopotamiya   (Iroq),   Frantsiyaga   Suriya   va   Livan berildi.   Hijoz   mustaqil   arab   davlati   sifatida   tan   olindi.   1926   yilda   “Qo`shilgan
viloyatlar bilan Hijoz va Nedja” qirolligi tashkil topdi va uning nomi 1932 yilda
Saudiya Arabistoni deb o`zgartirildi.
1923   yilda   Nepal   mustaqilligi   e`lon   qilindi.   1931-1932   yillarda   Yaponiya
Xitoydan   Manchjuriyani   va   Ichki   Mongoliyaning   bir   qismini   tortib   oldi.   1937
yilda   Xitoyni   bosib   olish   uchun   kurash   boshlandi.   Italiya   1935-1936   yillarda
Obessiniyani (Efiopiya), 1939-yilda Albaniyani istelo qildi.
Gitler   Germaniyasi   1938-1939   yilda   Avstriyani   bosib   oldi ,   Chexoslovakiyani
bo`lib   tashladi.   1939   yil   sentyabrida   Germaniya   Pol`shaga   xujum   boshladi   va
ikkinchi   jahon   urushining   boshlanishiga   olib   keldi.   Urush   davomida   Germaniya
qator evropa mamlakatlarini bosib olish uchun harbiy harakatlarni boshladi. 1941
yilda Yaponiya Janubiy sharqiy Osiyo va Tinch okeaniga boshqa imperiyalarning
mustamlakalarini   bosib   olish   uchun   xarbiy   harakatlarni   boshladi.   Ikkinchi   jahon
urushida Germaniya va Yaponiyaning mag`lubiyatiga bog`liq holda dunyo siyosiy
kartasida muhim o`zgarishlar yuz berdi.
Ikkinchi   bosqich   (1939-1990   yilgacha)   evropa   siyosiy   kartasida   yuz   bergan
o`zgarishlardan   tashqari ,   sotsialistik   eksperimentning   kengayishi   (evropa   va
Osiyodagi   ayrim   davlatlarning   sotsialistik   yo`lga   o`tishi),   imperializm
mustamlakachilik tuzimining emirilishi oqibatida Osiyo, Afrika,   Lotin Amerikasi ,
Okeaniyada   100   dan   ortiq   mustaqil   davlatlarning   barpo   etilishi   bilan
xarakterlanadi.   Mustamlakachilik   tizimining   barbod   bo`lishi,   milliy   ozodlik
harakatining   kuchayishi,   xalqlarning   mustaqillik   uchun   kurashlari   dunyo   siyosiy
kartasini tubdan o`zgartirib yubordi.
1943   yilda   Livan   va   Suriya ,   1945   yilda   Indoneziya,   1947,   yilda   Hindiston   diniy
printsipga   asosan   ikkita   dominyon   Hindiston   va   Pokistonga   bo`lindi;   1950   yilda
Hindiston , 1956 yildi Pokiston respublikalari e`lon qilindi.
1947   yilda   BMT   bosh   Assambleyasi   Falastin   hududida   ikkita   mustaqil   Arab   va
Yahudiy davlatlarini tuzish to`g`risida qaror qabul qildi. 1948 yilda Isroil davlati
tashkil   etildi,   lekin   ko`p   sabablarga   ko`ra,   hozirgacha   Falastin   arab   davlati
tuzilmadi.   1949   yilda   sobiq   Germaniya   hududida   dastlab   GFR   (AQSh,   Angliya,
Frantsiya ishg`ol zonasida), so`ngra GDR (SSSR zonasida) tuzildi. G`arbiy Berlin
esa mustaqil siyosiy maqomga ega shaharga aylantirildi. SSSR chegaralarida ba`zi
o`zgarishlar yuz berdi. Zakarpat Ukrainasi, sobiq Sharqiy Prussiyaning bir qismi
(1946   yildan   Kaliningrad   viloyati),   Pechengi   rayoni ,   Janubiy   Saxalin,
Kuril   orollari   SSSR   tarkibiga   kirdi ,   Pol`shaga   uning   erlari–Seleziya,   Pomor`e,
Gdan`sk viloyatlari qayta qo`shildi.
Ikkinchi   Jahon   urushidan   keyingi   yillarda   dunyo   siyosiy   kartasida   V`etnam
(1945),   KXDR   (1948),   Xitoy   Xalq   Respublikasi   (1949),   Birma   (hozirgi
M`yanma)   (1948y),   Tseylon   (hozirgi   Shri   Lanka)   (1972   y)   1953   yilda   Laos   va
Kambodja   paydo   bo`ldi.   1947   yilda   Malaya   federatsiyasi   tuzildi.   1963   yilda
Singapur, Sabox, Saravak bilan birgalikda Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi.
1965 yilda Singapur mustaqil Respublika deb e`lon qilindi. 60-yillarning   birinchi   yarmida   ingliz   mustamlakalari   Kipr ,   Quvayt,   Mal`div
orollari, 1967   yilda Janubiy Yaman , 1971 yilda Baxreyn, Katar,   Birlashgan Arab
Amirliklari ,   shuningdek   Bangladesh   (Sharqiy   Pokiston)   mustaqil   bo`ldi.   1976
yilda Shimoliy va Janubiy V`etnam yagona davlatga birlashdi. 1975 yilda Laosda
Monarxiya ag`darilib Laos Xalq Demokratik Respublikasi e`lon qilindi.
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda   Afrika ning 90 %ga yaqin hududi va 75
% aholi mustamlaka asoratida edi.
Afrikada   birinchi   bo`lib   Shimoliy   Arab   mamlakatlari   mustaqil   bo`ldilar.   Liviya
(1951y.),   Marokko   va   Tunis ,   Sudan   (1957   y.),   Gvineya   (1958   y.),   mustaqillikga
erishdi. 1960 yil “Afrika yili” dan boshlab (shu yili 17 Afrika mamlakati mustaqil
bo`ldi).Mustamlakachilikning   parchalanishi   jarayonini   boshqa   qit`alarda   ham
tezlashdi. evropada 1964 yilda Mal`ta mustaqil davlat bo`ldi.
Lotin   Amerikasi   siyosiy   kartasida   ham   muhim   siyosiy   o`zgarishlar   yuz   berdi.
1959   yili   Kuba   rivojlanishning   sotsialistik   yo`liga   kirdi.   1962   yilda   ingliz
mustamlakalari   o`rnida   mustaqil   davlatlar–Trinidad   va   Tabago,   Yamayka,   1966
yilda Gayana va Barbados, 1973 yilda–Bagam   orollari ,1974 yilda–Grenada, 1978
yilda Dominika, 1979 yilda Sent-Visent va Sent-Lyusiya paydo bo`ldi. 1975 yilda
Niderlandiya   mustamlakasi   Surinam   mustaqillikka,erishdi.
Okeaniya   siyosiy   kartasida   ham   chuqur   o`zgarishlar   sodir   bo`ldi.   60-yillarda
G`arbiy   Samoa   va   Nauru   (BMTning   sobiq   vosiy   hududlari),   70-yillarda   Tongo,
Fidji,   Salomon   orollari,   Tuvalu,   Kiribati,   Popua-Yangi   Gvineya ,   1980   yillarda–
Vanautu   mustaqil   davlat   bo`ldilar.   1-jahon   urushidan   keyin   Yaponiyaga   mandat
bilan   berilgan   Germaniya   mustamlakalari-Mekroniziya   orollari   BMT   ning
qaroriga   binoan   1946   yildan   AQShga   vosiylikga,berildi.
Hozirgi   davr,   1990   yillardan   to   hozirga   qadar   davom   etayotgan   davr
hisoblanadi.Ushbu davrga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
-1991   yilda   SSSRning   parchalanishi,   uning   tarkibidagi   barcha   ittifoqdosh
respublikalarda mustaqil davlatlar   tashkil topdi ;
- Mustaqil davlatlar hamdo`stligi (MDH) tashkil topdi;
- Sharqiy evropa mamlakatlarida tinch yo`l bilan xalq-demokratik inqilobi g`alaba
qildi (1989-1990 yillar);
- 1991 yilda Varshava shartnomasi tashkiloti (Harbiy) va o`zaro yordam iqtisodiy
kengashi faoliyati to`xtatildi.
-   1990   yil   3   oktyabrdan   ikki   nemis   davlati   (GFR   va   GDR)   yagona   davlatga
birlashdi;
-Yugoslaviya   Sotsialistik   Federativ   Respublikasi   parchalanib,   uning   tarkibida
Slaveniya ,   Bosniya   va   Gertsegovina,   Xorvatiya,   Serbiya   va   Chernogoriya
mustaqil davlat sifatida e`lon qilindi;
-   1990   yil   may   oyida   ikki   arab   davlati–Yaman   Arab   Respublikasi   (YaAR)   va
Yaman Xalq Demokratik Respublikasi (YaXDR) milliy-etnik asoslarida birlashdi
(Yaman   Respublikasi , poytaxti–Sana shahri). -   1990-1991   yillarda   mustamlachilikning   barbod   bo`lishi   jarayoni   davom   etib,
kuyidagi davlatlar o`z mustaqilligini qo`lga kiritdilar:
-Namibiya(Afrikadagi   eng   so`ngi   mustamlakaga),   komor   fedirativ
respublikasi,Marshall
Orollari respublikasi tashkil topdi.
-1993 yil 1 yanvarida sobiq Chexoslavakiya parchalanib, ikkita mustaqil davlat–
Chexiya va Slovakiya vujudga keldi.
-1993-yil–Eritreya   davlatining   (Efiopiyaning   Qizil   dengiz   qirg`og`idagi   sobiq
provintsiyasi) mustaqilligi e`lon qilindi.
Mutaxassislarning   fikricha   dunyo   siyosiy   kartasining   kelajakda   o`zgarishi   ko`p
millatli   mamlakatlarda   etnik-milliy   jarayonlarning   rivoji   yo`nalishiga,
mamlakatlar   va   xalqlar   o`rtasidagi   iqtisodiy ,   siyosiy,   madaniy   munosabatlarning
xarakteriga bog`liq.
2.Jahon mamlakatlarining boshqaruv shakllari  
Hozirgi kunda mustaqil mamlakatlar tashkil etishning turli shakllariga ega. 
Ulardan eng muhimi davlat tuzimidir. Ulardan eng keng tarqalgani Respublika va 
Monarxiya hisoblanadi.
Hokimlikning   Respublika   tuzumi eng ko`p tarqalgan bo`lib, jahon 
mamlakatlarining 1/3 qismi shu tuzum bilan boshqariladi. Ruspublika tuzumida 
qonun chiqaruvchi hokimiyat saylanib quyilgan yuqori organ–
parlament   ixtiyorida , ijroiya hokimiyati–hukumatga tegishlidir.
Bunda   Prezident   juda   katta   vakolatga   ega   bo`ladi   va   hukumatni
boshqaradi.   Prezident        Respublikasiga        AQSh    , Lotin   Amerikasi   mamlakatlarining
ayrimlari   misol   bo ` la di   Prezidentning   roli   kamroq ,   hukumatni   esa   bosh   vazir
boshqaradigan   respublikalar   jahonda   keng   tarqalgan .   Bunday   respublikalar   soni
160  dan   ko ` proq   hisoblanadi .
Hokimlikning   Monarxiya   shaklida   oliy   davlat   hokimiyati   monarxlarga :   qirol ,
knyaz `,   sulton ,   shoh ,   amirga   qarashli   bo ` lib ,   hokimiyat   meros   orqali   avloddan -
avlodga   o ` tadi .  Dunyo   siyosiy   kartasida  30  ta   davlat   monarxiya   bor ,  shu   jumladan ,
Osiyoda  14,  evropada  12,  Afrikada  3,  Okeaniyada  1.
Monarxiyalar   –   konstitutsion,   mutloq   va   teokratik   tiplarga   bo`linadi.   Ularning
ko`pchiligi   Konstitutsion   monarxiya   bo`lib,   unda   monarx   ramziy   “podshoxlik”
qiladi,   lekin   davlatni   boshqarmaydi.   (Buyuk   Britaniya,   Norvegiya,   Shvetsiya),
qonun chiqaruvchi hokimiyat parlamentga, ijroiya hokimiyati hukumatga qarashli
hisoblanadi.   Mutloq   monarxiyada   monarx   hokimiyati   deyarli   cheklanmagan ,
hukumat   va   boshqa   hokimiyat   organlari   faqat   monarx   oldida   ma`sul   va
javobgardir.   (Birlashgan   Arab   Amirliklari,   Omon,   Bruney,   Quvayt   va
boshqalar). Teokratik   monarxiya   –   bunda   podsho   bir   vaqtning   o`zida   ham
hokimiyat   ham   din   boshlig`i   xisoblanadi.   Bunga   Saudiya   Arabistoni,   Vatikan
misol bo`la oladi.
Hokimlikning   yana   bir   keng   tarqalgan   shakli   Buyuk   Britaniya   boshchilik
qiladigan   Britaniya   hamdo`stligidir .   U   1931   yilda   huquqiy   jihatdan rasmiylashtirilgan   bo`lib,   uning   tarkibida   Buyuk   Britaniya   dominionlari   –
Kanada,   Avstraliya , Janubiy Afrika Ittifoqi va Irlandiya kirgan edi.
Ikkinchi   jahon   urushidan   keyin   va   Britaniya   Imperiyasi   barbod   bo`lgach,
hamdo`stlik tarkibiga Britaniya sobiq mustamlakalarining ko`pchiligi kirdi.Uning
tarkibida   50   davlat   bo`lib,   ularning   umumiy   hududi   30   mln.kv.km,   aholisi   1,2
mlrd   nafardan   ortiq.   Ular   o`zlarining   umumiy   muammolarini   har   ikki   yilda   bir
marta   bo`ladigan   konferentsiyada   bosh   vazirlar   va   moliya   vazirlari   ishtirokida
muhokama   qiladilar.   Hamdo`stlik   yagona   konstitutsiya   va   ittifoq   -   shartnoma
kelishmalari,   norasmiy   atributlarga   ega   emas,   u   halqaro   maydonda   ham   ishtirok
etmaydi.   Hamdo`stlik   a`zolari   undan   istagan   paytda   so`zsiz   chiqib   ketish
huquqiga ega. Shunday huquqdan Birma va Pokiston foydalangan.
Hamkorlikka   kirgan   barcha   davlatlar   o`zlarining   ichki   va   tashqi   ishlarida   to`la
suverenitetga   ega.   Hamdo`stlikning   ko`pchilik   a`zolari   an`anaviy   davlat
boshqaruv   shakllariga   ega:   Ular   yoki   respublikalar   (Hindiston,   Bangladesh ,
Nigeriya,   Gana,   Zambiya,   Zimbabvi   va   boshqalar)   yoki   monarxiyalar   (Buyuk
Britaniya,   Malayziya,   Bruney,   Svazilenya   va   boshqalar)   hisoblanadi.   Ularning
ba`zi   a`zolari   –   Kanada,   Avstraliya,   Yangi   Zelandiya,   Tuvalu,   Antigua   va
Barbuda,   Mavrikiy,   Bagam   orollari   xamkorligi ,   Barbados,   Beliz,   Grenada,   Sent-
Vinsent   va   Grenadina,   Sent-Kristofer   va   Nevis,   Sent-Lyusiya,   Yamayka
O`zlarini   respublika ,   monarxiya   hisoblamaydi.   Ularning   aholisi   amaliyotda
O`zlarini   Buyuk   Britaniya   qirolichasining   fuqarosi   ham   sanashmaydi,   faqat   O`z
mamlakatining fuqarosi deb hisoblaydilar.
Dunyoda   faqat   bitta   mamlakat–Liviya   Arab   Sotsialistik   Xalq   monarxiyasi   deb
rasman   ataladigan   davlatda   hokimlikning   O`ziga   xos   shakli   mavjud.   Bu   shakl
dunyoda mavjud bO`lgan birorta davlat hokimiyatiga O`xshamaydi. Shu sababdan
Liviya   rahbarlari   barcha   vaziyatda   O`z   mamlakatini   aynan   jamaxariya   deb   tan
olishni   talab   qiladilar.   Bu   sO`z   arabcha   “omma   davlati”,   “xalq   hokimiyati”
ma`nosini anglatadi). 1977 yilda mamlakatda o`tkazilgan islohatlar asosida barcha
an`anaviy respublika hokimiyati va boshqaruv organlari yuqorigacha saylanadigan
doimiy   boshqaruv   majlislari   va   xalq   qo`mitalariga   almashtirildi.   Yiliga   ikki
martadan   kam   bo`lmagan   muddatlarda   chaqiriladigan   Umumiy   xalq   kongressi
davlat hokimiyatining oliy organi ekanligi tantanali sur`atda e`lon qilindi. Bundan
ko`zlagan asosiy maqsad:
 markazning joylar (hududlar) ustidan nazoratini o`rnatish;
 sharoitga moslashgan iqtisodiy-ijtimoiy, regional   siyosatni amalga oshirish ;
 saylov kompaniyalarini o`tkazish va boshqalardir;
Bundan   tashqari   jahon   mamlakatlari   ma`muriy-hududiy   bo`linishi   bilan   ham
farq qiladi. Ma`muriy-hududiy bo`linishiga ko`ra davlatlar   unitar (lotincha unites–
birlik),   federati v   (lotincha   ftdtratio–ittifoq)   konfederativ   kabi   turlarga   bo`linadi.
Unitar –davlatning   hududiy   tashkil   etishining   shunday   shaklini ,   bunda
mamlakatda bir butun qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat bo`ladi. Unitar
davlatlarga Yaponiya, Vengriya kabi davlatlar misol bo`ladi. Federativ davlat , shunday ma`muriy-hududiy   tuzimi shakliga egaki , unda yagona
(federal)   qonunlar   va   mamlakat   organlari   bilan   birga   davlat   tarkibida   yirik
xududiy birliklar (respublika, erlar, shtatlar va h.k.) mavjud bo`lib, ular   mustaqil
qonun chiqaruvchi , ijro etuvchi va sud qonunlariga hamda hokimiyat organlariga
ega.   Bunday   davlatlarga ,   Rossiya,   AQSh,   Germaniya ,   Hindiston ,   Nigeriya ,
Kamerun   kabi   davlatlar   misol,bo`ladi.
Konfederativ   boshqaruv   tizimiga   ega   bo`lgan   davlatlarda   har   bir   viloyat   yoki
shtat   o`zining   Konstitutsiyasi ,   o`zining   qonun   chiqaruvchi   va   ijro   etuvchi
organlariga   ega.   Ular   tashqi   faoliyat   yagona   pul   birligi   va   harbiy   sohalarda
birgalikda   harakat   qilish   uchun   yagona   davlat   boshqaruviga   bo`ysinadi.   Bunga
Shveytsariya konfederatsiyasi misol bo`la oladi.
3.   Jahon   mamlakatlarining   rivojlanish   darajasiga   ko`ra   guruhlarga
ajratilishi
Jahon   mamlakatlari   faqat   maydonining   katta-kichikligi ,   geografik   o`rni   bilangina
farq   qilib   qolmay ,   balki   sotsial   –   iqtisodiy   rivojlanish   darajasiga   ko`ra   ham   bir-
birlaridan farq qiladi.
Jahon   mamlakatlarining   rivojlanish   darajasiga   ko`ra   iqtisodiy   rivojlangan   va
rivojlanayotgan   mamlakatlarga   ajratish   qabul   qilingan.   Biroq   keyingi   yillarda
rivojlanayotgan   mamlakatlarning   ayrimlari   o`zlarining   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish   darajasiga   ko`ra   rivojlangan   davlatlardan   ham   o`zib   ketmoqda.   Shu
sababli   keyingi   yillarda   BMT   tomonidan   jahon   mamlakatlarini   guruhlarga
ajratishda quyidagi ko`rsatgichlar asos qilib olinmoqda:
-   mamlakatda   aholi   jon   boshiga   to`g`ri   keladigan   yalpi   ichki   mahsulot   (YaIM)
miqdori;
- yalpi ichki mahsulotda qayta ishlovchi   sanoat mahsulotining ulushi ;
- aholining savodxonlik darajasi va turmush darajasi.
Shunga ko`ra jahon mamlakatlari   quyidagi guruhlarga ajratiladi
-sanoati   rivojlangan   mamlakatlar ,   rivojlanayotgan   mamlakatlar ,   o`tkinchi
iqtisodiyotli mamlakatlar.
Sanoati   rivojlangan mamlakatlar .Ularda 1 milliardan ortiq aholi yashaydi. Ular
ulushiga   jahon   YaIMning   50   %   to`g`ri   keladi.   Yalpi   ichki   mahsulot   aholi   jon
boshiga 10-25 ming dollarni tashkil qiladi. Jahon xo`jaligidagi roli buyicha ularni
quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:
-“Sakkizlik”   (AQSh,   Yaponiya ,   Rossiya,   Frantsiya ,   Germaniya ,   Italiya,   Kanada,
Buyuk Britaniya) davlatlari.
-G`arbiy evropaning uncha katta bo`lmagan   rivojlangan mamlakatlari ;
-Ko`chma kapital (Avstraliya, JAR, Isroil) mamlakatlar. Rivojlanayotgan   mamlakatlar. Ularga   er   yuzi   aholisining   70   %i,jahon   meniral
xom-ashyo   mahsulotlarining   50   %i   to`g`ri   keladi.   Jahon   sanoat   eksporteda
ularning ulushi 30% ni tashkil qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab
chiqarish   kuchlari   taraqqiyotining   past   darajadaligi ,   ko`p   ukladlilik   (natural,
mayda   tovarlik,   xususiy   kapitalistik,   davlat   ho`jaligi),   jahon   bozorida   qishloq
ho`jaligi xom-ashyosi va meniral yarim fabrikatlar   bilan tovar almashish , madaniy
vositalarning etishmasligi harakterlidir.
Rivojlanayotgan mamlakatlar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
-Lotin Amerikasi,Tinch okeani va Osiyo ho`dudidagi   yangi 
industirial   mamlakatlar.Ularga   Argentina , Braziliya, Venesuella, Meksika, 
Urugvay,   Singapur , Janubiy Koriya, Tayvan kabi mamlakatlar kiradi.
- Neft eksport qiluvchi   OPEK mamlakatlari (Katar, Quvayt, Baxreyn, Jazoir, 
Venusuela,   Indoneziya , Eron, Iroq, Liveya, Negiriya, Birlashgan Arab 
Amirliklari, Saudiya Aribistoni va boshkalar);
- Demokrafik   jihatdan gigant davlatlar   Xitoy, Xindiston, Pokiston, Indoniziya.
- Sust   rivojlangan mamlakatlar -Avgoniston, Bangladish, Benin, Burkino-Faso, 
Niger, Somali,Chad, Markaziy Afrika Respublikasi va boshqalar.
O`tkinchi   iqtisodiyotli davlatlar   (Sharqiy evropa mamlakatlari va MDX)
Ulardan tashqari norasmiy ravishda markazlashgan rejali iqtisodiyotli davlatlarni
ham ko`rsatish mumkin.   Bularga Vetnam , KXDR, Kuba misol bo`ladi.
Shuni   ta`kidlash   kerakki,   keltirilgan   jahon   mamlakatlarining   tepologiyasi   shartli
bo`lsada,   ular   insoniyat   tsevilizatsiyasi   taraqqiyoti   istiqbollarini   belgilashda   juda
zarurdir.
4. Xalqaro munosabatlarning dunyo siyosiy kartasiga ta`siri
Dunyoning   hozirgi   siyosiy   kartasida   230   ga   yaqin   mamlakat   va   hududlar   bor.
Ularning 190 tasi BMT ga a`zo   va suveren davlatlardir , qolganlari asosan o`zini-
o`zi boshqarmaydigan hududlar hisoblanadi.
Dunyoning   har   bir   mamlakati   o`ziga   xos   takrorlanmas   xususiyatga   ega ,   lekin
ularning o`xshashlik   hamda farqlarini aniqlab , mamlakatlarni turli tiplarga ajratish
mumkin.
Xududining   kattaligi   bo`yicha   dunyoda   maydoni   3   mln   km 2
  dan   ortiq   bo`lgan   7
davlat bo`lib, ular hissasiga er yuzi quruqligining 1|2 qismi to`g`ri keladi.
Ular quyidagilar (mln. km 2
):
1) Rossiya Federatsiyasi-17,1;
2) Kanada-10; 3) Xitoy-9,6;
4) 4AQSh -9,4;
5) Braziliya-8,6;
6) Avstraliya-7,7;
7) Hindiston-3,3;
Bulardan   tashqari   birinchi   o`nlikka   Argentina   (2,8   mln   km 2
),   Qozog`iston   (2,7
mln      km 2
), Sudan (2,5 mln km 2
) kabi davlatlar ham kiradi.
Dunyoda maydoni eng kichik mamlakatlar quyidagilar:
1.
Vatikan- 0,0004 ming km 2
  (44 ga).
2.
Andorra-0,5 ming km 2  
.
3.
Lixtenshteyn-0,2 ming km 2
. Aholisining
soni 100 mln
dan   ko`p
bo`lgan 11 ta
mamlakat
bo`lib,
ularda
Dunyoning
aholisi
yashaydi.
Aholisi
bo`yicha   eng
katta
mamlakatlar.
(2013 y).
Geografik
o`rnining
xususiyatlariga   ko`ra   mamlakatlar   dengiz   bo`yi,   yarimorol ,   orol,   arxepelag   va
dengizga   chiqish   yo`li   bo`lmagan   davlatlarga   bo`linadi.   Jahonda   quruqlik
mamlakatlari 39 tani tashkil etadi.
Hozirgi paytda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish darajasi va xarakterini hisobga olib,
dunyo mamlakatlari 3 ta katta tipga bo`linadi:
1.
Iqtisodiy yuqori darajada rivojlangan davlatlar;Mamlakatlar
nomi
Aholisi.
mln kishi
1. Xitoy 1288,7
2 Hindiston 1068,6
3. AQSh 291,5
4. Indoneziya 220,5
5. Braziliya 176,5
6. Pokiston 149,1
7. Bangladesh 146,7
8. Rossiya 145,5
9. Nigeriya 133,9
10. Yaponiya 127,5
11. Meksika 104,9 2.
Rivojlanayotgan (kam rivojlangan) mamlakatlar;
3.
Postsotsialistik   (sotsialistik   tuzumdan   rivojlanishning   bozor   iqtisodiyoti
yo`nalishiga o`tgan) va sotsialistik mamlakatlar.
1. Rivojlangan mamlakatlar quyidagi 4 ta kichik tipga bo`linadi.
2.
Asosiy   kapitalistik   mamlakatlar ;   AQSh,   Yaponiya,   GFR,   Frantsiya,
Buyuk Britaniya, Italiya;
3.
G`arbiy  evropaning  uncha  katta  bo`lmagan, iqtisodiyoti  yuqori  darajada
rivojlangan   mamlakatlari:   Shveytsariya ,   Avstriya,   Bel`giya,
Niderlandiya, Shvetsiya,   Norvegiya , Daniya;
4.
Kapitalistik munosabatlar «ko`chirib» keltirilgan mamlakatlar;
a)   Rivojlanishning   o`rtacha   darajasiga   erishgan   mamlakatlar:   Irlandiya,
Finlandiya;
b)   Rivojlanishda   orqada   qolgan   mamlakatlar   (evropa   mezonlari
bo`yicha):   Ispaniya , Gretsiya, Portugaliya;
Rivojlanayotgan mamlakatlar (iqtisodiyoti ham rivojlangan) Dunyo kartasida eng
ko`p   tipli   va   sonli   davlatlardir.   Ular   asosan   Osiyo,   Afrika,   Lotin   Amerikasi
Okeaniyadagi   sobiq   mustamlakalar   bo`lib,   ularning   mustamlaka   o`tmishi   va   u
bilan   bog`liq   ichki   va   tashqi   qiyinchiliklar ,   siyosiy   mustaqillik   va   iqtisodiy
qaramlik,   kapitalistik   tovar   xo`jaligini   yuritish   tajribasi   yo`qligi,   xo`jalikning
kapitalizmga   xos   shakllarining   saqlanib   qolganligi,   iqtisodiyotning   agrar   xom-
ashyo   tavsifi,   malakali   kadrlarning   etishmasligi ,   industrial   rivojlangan
mamlakatlarda g`oyat katta tashqi qarzdorlik (1 trln dollardan ko`proq) va boshqa
xususiyatlarni birlashtiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar.
Tayanch   mamlakatlar   (Braziliya,   Hindiston,   Meksika),   Yangi   industrial
mamlakatlar   (Koreya   Respublikasi,   Tayvan`,   Gonkong,   Singapur),   tashqariga
neft`   eksport   qiluvchi   mamlakatlar,   taraqqiyoti   sezilarli   orqada   qolayotgan
mamlakatlar va qoloq mamlakatlar guruhiga ajratiladi.
Ikkinchi   jahon   urushidan   keyin   dunyo   siyosiy   kartasida   o`nlab   sotsialistik
davlatlarning   paydo   bo`lishi,   mustamlakachilik   sistemasining   parchalanishi   va
yuzlab   mustaqil   davlatlarning   vujudga   kelishi   harakterlanadi.   Ikkinchi   jahon
urushidan keyingi davrning asosini G`arb bilan Sharqning jahon bo`ylab qarama– qarshi turishi, ular o`rtasidagi “sovuq urush” tashkil etdi. Ko`plab “harbiy–siyosiy
ittifoqlar”,   shu   jumladan   Shimoliy   Atlantika   ittifoqi   (NATO)   va   Varshava
shartnomasi   vujudga   keldi.   er   yuzasining   turli   joylarida   ko`plab   harbiy   bazalar
bunyod   etildi ,   mahalliy   urushlar   bo`lib   turdi.   Bunga   Fors   qo`ltig`ini   o`z   ichiga
olgan Yaqin sharq mojarosi misol bo`la oladi.
80–yillarning   ikkinchi   yarmida   xalqaro   munosabatlarda   qarama–qarshi   turishdan
o`zaro bir–birini tushunish va hamkorlikka o`tish boshlandi. O`zaro ishonchsizlik,
xavfsirash   va   dushmanlik   o`rniga   yaxshi   qo`shnichilik   qaror   topa   boshladi.   Bu
jarayon MDH bilan AQSh, evropa davlatlari, Osiyo Tinch okeani regioni (OTR)
va   boshqa   hududlar   munosabatida   aks   etdi.   Dunyoning   siyosiy   kartasida   1990
yildan   Germaniyaning   birlashishi ,   haqiqiy   qurolsizlanishning   boshlanishi,
Varshava   shartnomasi   tashkilotining   tarqatib   yuborilishi,   NATO   ning   asosan
siyosiy   ittifoqqa   aylantirilishi   kabi   muhim   jarayon   va   hodisalar   o`z   aksini   topdi.
Ko`pgina mahalliy janjallarni siyosiy vositalar yo`li bilan hal etishga erishadi

DUNYO SIYOSIY XARITASINING SHAKLLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI REJASI: 1.KIRISH. 2. DUNYO SIYOSIY KARTASI SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI VA ASOSIY BOSQICHLARI; 3. JAHON MAMLAKATLARINING DAVLAT TUZIMI VA DAVLAT TUZILISHI ; 4. JAHON MAMLAKATLARINING IQTISODIY RIVOJLANISHIGA KO`RA GURUHLARGA BO`LINISHI; 5. XALQARO MUNOSABATLAR VA DUNYO SIYOSIY KARTASI.

Siyosiy kartasining ahamiyati g`oyat katta bo`lib, u mamlakatlarning xalqaro o`rnini, dunyoda egallagan mavqeyini, ichki siyosiy-ma`muriy strukturasi xususiyatlarini o`zida yaqqol aks ettiradi. Mamlakatlar va xalqlarning butun xayoti ularning davlat (siyosiy) chegaralari belgilangan o`z xududlarida o`tadi. Ularning aynan shu yo`nalishda o`rganish iqtisodiy , ijtimoiy va siyosiy geografiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bir tomondan, dunyo va regional muammolar ayrim mamlakatlarning muammolaridan o`sib chiqadi va shakllanadi , boshqa tomondan esa, ularning rivojlanishi boshqa ko`plab mamlakatlarga bevosita katta ta`sir ko`rsatadi.Shu bilan bir qatorda xalqaro hayotda siyosiy , iqtisodiy (shu jumladan, sanoat, transport va boshqa sohalardagi xo`jalik qurilishlari), ekologik muammolarini bir nechta davlatlarning birgalikdagi sa`y- harakatlari , umumiy mablag`lar hisobiga hal etish yo`llari tobora ko`payib bormoqda. Bunday muammolar echimi davlat xududlari suverenitetining tugaganligini aslo ko`rsatmaydi. Mustaqil davlatlarning tashkil topishi shakllanishi , rivojlanishi shuningdek , ularning barbod bo`lishi yoki suverenitetining tugatilishi o`zgarishi yoki tubdan o`zgarilishi va boshqalari g`oyat murakkab tarixiy jarayonlar bo`lib, ko`plab ichki va tashqi amallar- siyosiy, ijtimoiy , iqtisodiy, etnik, diniy va boshqalar bilan belgilanadi. Bunda ko`pincha mamlakatlar va halqlar hayotining murakkab muammolari ko`p yillar, ba`zan asrlar davomida echilmay qoladi. Dunyo siyosiy kartasi g`oyat o`zgaruvchan xususiyatga ega. U quyidagi asosiy siyosiy-geografik o`zgarishlarni aks ettiradi: muayyan davlatning boshqa davlat bilan qo`shilishi (birlashishi, bir davlatning boshqa davlat tarkibiga kirishi va .b); davlatchilikning (siyosiy suverenitetining) yo`qotilishi, davlatlar (mamlakatlar) maydonining hududlar va akvatoriyalar , ular chegaralarining o`zgarishi; poytaxtning almashishi (o`zgarishi); davlat, mamlakat va poytaxt nomlarining o`zgarishi; davlat boshqaruvi shaklining o`zgarishi, boshqalar bu elementlarning barchasi siyosiy-geografik kartaning asosiy mazmunini belgilab beradi. Dunyo siyosiy kartasining shakllanish xususiyatlari va asosiy bosqichlari Siyosiy kartaning ahamiyati shundan iboratki , u mamlakatlarning xalqaro miqyosda tutgan o`rnini, ichki siyosiy–ma`muriy strukturasi hususiyatlarini o`zida aks ettiradi. Chunki har qanday mamlakatlar va xalqlarning butun hayoti ularning siyosiy chegaralari , belgilangan o`z hududlarida o`tadi. Har bir mamlakatning ma`lum bir chegara doirasida ega bo`lganligi dunyoning siyosiy kartasini keltirib chiqaradi. Shunday ekan jahon siyosiy kartasining shakllanishi uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo`lib, u kishilik jamiyati rivojlanish bosqichlarini o`ziga aks ettiradi. U ya`ni jahon siyosiy kartasi asrlar davomida o`zgarib, davlatlarning paydo bo`lishi, parchalanib ketishi , chegaralarining o`zgarishi, yangi erlarning kashf qilinishi , mustamlaka etilishi , metropoliya va mustamlakalarning paydo bo`lishi, dunyoni bo`lib olish va qayta taqsimlanishni o`zidi aks ettiradi . Shu sababli ham , dunyoning hozirgi zamon siyosiy kartasi–bu siyosiy geografiyaning

o`rganish predmeti hisoblanadi. Siyosiy geografiya esa iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir tarmog`i hisoblanadi. Dunyoning siyosiy kartasining shakllanish muammolari V.A.Kolosov (1988 y.), K.e.Sarokin (1996 y.), M.M.Golubchik (1998 y.), Yu.N.Gladkiy, S.B.Lavrov (2001 y.), Q.Aberqulov (2000 y.) va boshqalarning ishlarida o`z aksini topgan. Ushbu olimlarning fikriga ko`ra, dunyo siyosiy kartasining shaklllanishini quyidagi davrlarga bo`lish mumkin: qadimgi, o`rta asrlar, yangi, eng yangi va hozirgi zamon. Qadimgi davr ilk davlatlarning paydo bo`lishidan milodning V asrgacha , ya`ni quldorlik tuzumi davrini o`z ichiga oladi. Ushbu davrda shakllangan va rivojlangan ayrim davlatlar jumladan Qadimgi Misr, Karfagen (Tunis), Qadimgi Yunoniston , Qadimgi Rim, Kushon imperiyasi , Qadimgi Xorazm, Baktriya , Sug`d va boshqa davlatlar, Turk hoqonliklari shuningdek Ulug` Xun imperiyasi , ikkinchi Xun imperiyasi (milodning II-IV asri) kabi qadimgi davlatlar dunyo tsivilizatsiyasining rivojlanishiga katta hissa qo`shganlar. Jumladan, Turkiy xalqlarining qadimgi avlodlari bo`lgan Xunlar (skif) Markaziy Osiyo , Kaspiy bo`ylari, Shimoliy Kavkazgacha chuzilgan o`z davlatlarini barpo etganlar. Mazkur davlatlarning har birida o`z yozuvlari bo`lgan, harbiy maqsadlarda kartalardan foydalanishgan. Ushbu davrda harbiy yurishlar, urushlar davlat chegaralari va hududlari o`zgarishining asosiy sababi bo`lgan. O`rta asrlar davri (V–XVI asrgacha) Bu davrda dunyoning siyosiy kartasi feodalizm davri bilan bog`liq holda shakllangan bo`lib, quldorlik davlatlarining parchalanib ketishi, ularning o`rnida ko`plab katta va kichik feodal davlatlarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan. Feodal davlatlarning siyosiy funktsiyalari quldorlik davridagi davlatlarga nisbatan ancha murakkab va xilma– xil bo`lgan. Bu davrda ichki bozor shakllanishida davlatlarning o`zlaridan uzoqda joylashgan hududlarni bosib olishga harakat qilish kuchaydi. Dunyo turli davlatlar o`rtasida taqsimlab olindi. Bu davrda muqaddas Rim imperiyasi , Angliya, Ispaniya, Frantsiya , Portugaliya, Kiev Rusi , Moskva (rus) davlati, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon- Turkiston o`lkasidagi feodal davlatlar va boshqalar mavjud bo`lgan. Shu jumladan , professor Q.Aberqulov (2001 y.) fikriga ko`ra O`rta asrlar dunyo siyosiy kartasida Movaraunnaxrning ilk feodal davlatlari (Sug`d, Toxariston, Davon, Choch, Xorazm va boshqalar), IX-XIII asrdagi feodal davlatlar (Qorliqlar, Toxiriylar , Samoniylar, Qoraxoniylar , Xorazm davlatlari va boshqalar), Chig`atoy ulusi (XIII-XIV asr), Amir Temur va Temuriylar davlatlari (XIV asrning oxiri va XV asrning boshi) katta salmoqqa ega bo`lganlar. Bu davlatlar joylashgan o`rni “Buyuk Ipak yo`li” bilan bog`liq qulayliklardan foydalanib, G`arb va Sharq o`rtasidagi o`ziga xos karvon yo`li “ko`prik” rolini o`ynaganlar. Yangi davr, (XVI asrdan XX asr boshlarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Ushbu davrning o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki , bu davrda feodalizm emirilib, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boradi. Bu esa

hayotning barcha sohalarida, shu jumladan dunyo siyosiy kartasida muhim o`zgarishlarning sodir bo`lishiga olib keladi. Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishida buyuk geografik kashfiyotlar alohida o`rin egallaydi. Ushbu davrda 1492 – 1502 yillarda X.Kolumb tomonidan Amerika qit`asi ochildi. 1498 yilda Vaskada Gama tomonidan Afrikani aylanib o`tish mumkinligi isbotlandi. 1499–1504 yillarda Amerigo Vispuchining Janubiy Amerikaga sayohati; 1519– 1522 yillar Magellan va uning sheriklari tomonidan dunyo aylanish sayohati ; 1648 yil Semen Djenevning Sibirga sayohati; 1740 yil V.Bering va P.Chirikovlarning Sibirga sayohati; 1771–1773 yillar J.Kukning Avstraliya va Okeaniyaga sayohati va boshqalar. Buyuk geografik kashfiyotlar davri dunyo siyosiy kartasida kuchli o`zgarishlar bo`lishiga olib keldi. U evropa mustamlakachilar bosqichining boshlanishi, dunyo xo`jalik aloqalarining keng rivojlanishi, aholi ko`chish harakatlarining kuchayishiga sabab bo`ldi. Buyuk geografik kashfiyotlar dunyoning uchta yirik mustamlakachi mamlakatlari–Angliya (Afrikada), Ispaniya (Amerikada), Portugaliya (asosan Osiyoda) imperiyasining paydo bo`lishiga, hamda dunyo bozorining shakllanishiga olib keldi. Dengiz yo`lining rivoji “Buyuk ipak” yo`lining inqiroziga olib keldi. Temuriylar davlatining inqirozi va parchalanib ketishi ham aynan shu davrga to`g`ri keldi. Professor Q.Aberqulov (2001 y.) ta`kidlaganidek, XIV asrning oxiri va XV asrning boshida tashkil topgan Amir Temur va Temuriylar davlati Hindiston va Xitoydan O`rta er dengiziga qadar hamda Orol dengizidan Fors qo`ltig`iga qadar g`oyat katta hududni egallagan edi. Amir Temur Xitoy va Hindistondan O`rta Osiyo orqali yaqin Sharq va evropa mamlakatlariga boradigan asosiy savdo yo`li-“Buyuk Ipak yo`lini” nazorat qilib, Sharq bilan G`arb o`rtasidagi savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga katta xissa qo`shdi. Temurning 1395 yilda To`xtamish ustidan g`alaba qozonib Oltin O`rdaga bergan zarbasi Rossiya davlatining mustaqilligini saqlab qolish va uning markazlashuvida buyuk ahamiyat kasb etadi. Temurning 1402 yilda Boyazid ustidan g`alabasi esa, evropani Usmonli Turk imperiyasi asoratidan saqlab qoldi. Lekin Temur vafotidan keyin vorislar toju-taxt talashuvi , shuningdek Buyuk Ipak yo`lining xalqaro savdo yo`li sifatidagi ahamiyati keskin pasayishi ushbu ulkan davlatning parchalanishiga olib keldi. Xususan, Movarounnaxr va Xurosonda Shayboniyxon davlati (XVI asr boshlarida) tashkil topdi. Uning parchalangan hududlarida esa XVI asr oxirida Buxoro xonligi (amirligi), Xiva xonligi, XVIII asr boshida Qo`qon xonligi paydo bo`ldi. XIX asrning o`rtalaridan boshlab Rossiya imperiyasi o`zbek xonliklarini bosib olish uchun keng xarbiy-siyosiy tayyorgarlik ko`rishga kirishdi. XIX asrning 40–yillari oxiri, 50-yillari boshidan Rossiya imperiyasi Turkiston erlariga shiddat bilan bostirib kela boshladi. Rus istilochi qo`shinlari 60–yillardan Qo`qon xonligi, Buxoro amirligi, 70-yillarning boshlaridan esa Xiva xonligi hududlarini bosib oldi va ularni Rossiya imperiyasiga to`la bo`ysintirdi. Turkiston

ulkan viloyat, volost, uchastka va oqsoqolliklarga bo`linib boshqarildi. Rossiyadan ko`plab rus dehqonlari va ersiz mujiklar ko`chirilib keltirilib, ularga kamida 10 desyatinadan er ajratib berildi. Mustamlakachilar rus imperiyalar, xutor va selolar, shaharlar yonida esa ruslar uchun “Yangi shaharlar” barpo etishga alohida e`tibor berishdi. Tub joy aholisining turmushi esa tobora og`irlashib boraverdi. Shunday qilib, O`rta Osiyo uchun bir asrdan ko`proq davom etgan og`ir mustamlakachilik davri boshlandi. XVII asrning birinchi yarmida Angliya va Frantsiya mustamlakachilik yurishlarini boshladilar. Ular Vest-Indiyadagi qator orollarni o`zlariga bo`ysindirdi. XVII asrning o`rtasida Niderlandiya , Gollandiya Zond orollari, Afrika janubi, Gollandiya Gvianasi (Surinam), Vest-Indiyadagi orollar щ ni bosib olib dunyoning birinchi mustamlakachi va savdo markaziga aylandi. Mustamlakalar uchun Angliya bilan Frantsiya o`rtasidagi kurash XVII asr oxiridan XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Angliya o`z mustamlakalarini Frantsuzlar hisobidan Shimoliy Amerikada va Hindistonda kengaytirdi. Angliya shiddatli kurash orqali Ispaniya, Niderlandiya, Frantsiyadan ko`plab mustamlakalarni tortib oldi. Ularning umumiy maydoni 22 mln kv.km.dan ortiq bo`lib, Hindiston, Kanada, Avstraliya , Janubiy Afrikani o`z ichiga olgan edi. XVIII asrning oxiriga kelib Lotin Amerikasida Ispaniya va Portugaliyaning tolonchilik siyosati salbiy oqibatlarga olib keldi. Ozodlik urushlari bilan bog`liq holda Yangi Grenada, Peru va boshqa yigirmaga yaqin yangi davlvtlar tizimi paydo bo`ldi va ularga chet el kapitali keng miqyosda kirib kela boshladi. Angliya mustamlakachiligiga qarshi kurash Shimoliy Amerikada ham avj oldi. 1775-1783 yillarda ozodlik uchun olib borilgan urush, Angliyaning AQSh mustaqilligini tan olishga majbur etdi. 1776 yilda AQSh mustaqilligi e`lon qilindi. AQSh mustaqillikka erishgach u o`z hududini yanada kengaytirish uchun kurash boshladi. 1803 yilda AQSh frantsiyadan G`arbiy Luizianani 1819 yilda Ispaniyadan Floridani sotib oldi. Meksikadan Texas (1845 y.), Kaliforniya va Qoyali tog`larning janubi (hozirgi N`yu-Meksika shtati) ni tortib oldi. 1867 yilda Rossiyadan Alyaskani sotib oldi. XIX asrning o`rtalarida Germaniya va Italiyada yangi siyosiy birlashish asosida yagona markazlashgan davlatlar tashkil topdi. Bolqon yarim orolida milliy ozodlik harakati asosida Turkiya imperiyasi tarkibiga kirgan Gretsiya (1829 y.), Ruminiya (1861 y.), Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya (1878 y.) davlatlari paydo bo`ldi. Ayniqsa XIX-XX asr tutashgan davrda bo`lingan dunyoni qayta bo`lib olish uchun kurash g`oyat keskinlashib, dunyo siyosiy kartasi bekor bo`lib qoldi. 1876 yilda Afrikaning atigi 10 % hududidi G`arbiy evropa mamlakatlariga qarashli bo`lsa, 1900 yilga kelib bu ko`rsatkich 90,5 foizga etdi. Afrikani bo`lib olishda birinchi o`rinni Angliya egalladi. U Shimoliy sharqiy va Janubiy, qisman G`arbiy Afrikada hukmron mavqega ega bo`ldi va o`ziga Misr, Sudan, Keniya, Uganda, Somalining bir qismi , Shimoliy va Janubi Rodeziya, Transviyal, va Tunis