logo

Elektron darsliklarning turlari. Elektron o‘qitish vositalarining didaktik xususiyatlari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29.6171875 KB
Elektron darsliklarning turlari. Elektron o‘qitish vositalarining didaktik
xususiyatlari.
Reja:
1. Elektron darsliklarning turlari.
2. Elektron o’qitish vositalarining didaktik xususiyatlari.
3. Amaliy ishlanmalar. Elektron   o’quv   adabiyotlari   bilan   bog’liq   bo’lgan   ko’pgina
tushunchalarning   keng   ma’nodagi   izohli   talqini   kompyuter   va   axborot
texnologiyalari rivojlanib borishi bilan yanada kengayib borayotgan bilimlar
bilan   to’ldirilib   borilmoqda.   SHuning   uchun   elektron   o’quv   adabiyotlari
yaratish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalar va
terminlarga izohlar quyidagi mulohazalarda keltirilgan..
Tajribaviy-amaliy   avtomatlashtirilgan   tizim   –   bevosita   fizik   ob’ektlar   va
yoki   matematik   modellar   yordamida   tajriba   ishlari,   va   eksperimental
izlanishlar o’tkazishni ta’minlaydigan texnik va dasturli vositalar majmuasi.
Elektron nashr   - bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, musiqali, videofoto va
boshqa axborot ob’ektlaridan iborat bo’lgan jamlanma hisoblanadi. Elektron
nashr magnitli (magnit tasmalarda, magnit disklarda), optik (CD-ROM, CD-
I,     CD+,   CD-R,     CD-RW,       DVD)   elektron   axborot   tashuvchi   vositalarida
hamda   kompyuter   tarmog’ida   chop   etilishi   mumkin.   Bitta   elektron     nashrda
axborotli manbalar,     axborotga ishlov berish, boshqarish tuzilmasi ajratilgan
bo’lishi   mumkin.   Elektron   nashr   istalgan   elektron   tashuvchida   bajarilishi
mumkin, shuningdek elektron kompyuter tarmog’ida chop etilish mumkin.
Elektron o’quv nashri   - ta’lim oluvchilar    tomonidan    bilimlar, ko’nikmalar
va   mahoratlarni   ijodiy   va   faol   egallashlarini   ta’minlaydigan   ilmiy   amaliy
bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialga ega bo’lgan
elektron nashr.
Elektron   o’quv   nashri   muallifi   –   ijodiy   faoliyati   natijasida   elektron   o’quv
nashrini   yaratadigan   jismoniy   shaxs.   Agar   elektron   o’quv   nashri   ikki   yoki
undan   ortiq   jismoniy   shaxslarning   birgalikdagi   ijodiy   faoliyatida   yaratilgan
bo’lsa,   unda   ularning   har   biri   elektron   o’quv   nashrining   muallifi   bo’lib
hisoblanadi.  
Aprobatsiya   -   ob’ekt,   mahsulot   yoki   texnologiyani,   ilmiy,   o’quv-uslubiy
ishlarni amaliy ishlatish jarayonida nazoratdan o’tkazish va tasdiqlash. Vizual muhit   - insonga ko’rish organlari orqali qabul qilinadigan     axborot
oqimi.   Insonga   umumiy   psixologik   ta’sir   o’tkazishi   bo’yicha   vizual
muhitning komfortli, me’yoriy, gomogenli va agressiv turlari mavjud.
Virtual   ob’ektlar   yoki   jarayonlar-haqiqiy   mavjud   bo’lgan,   shuningdek
tasavvur qilinadigan ob’ektlar yoki jarayonlarning elektron modeli. «Virtual»
so’zi   elektron   tashuvchilarida   ko’rsatiladigan   ta’lim   yoki   boshqa
ob’ektlarning   elektron   analoglari   tavsifini   ko’rsatish     uchun   qo’llaniladi.
Bundan   tashqari   ushbu   ibora   elektron   model     bilan   ishlash   paytida,   haqiqiy
fazoviy   metaforani   davom   ettiruvchi   interfays   texnologiyalari
multimediyasiga asoslangan miqdorini bildiradi.
Gipermatn-                       elektron  shaklda   taqdim   etilgan   hamda           tarmoqlangan
bog’lanishlar   tizimi   bilan   ta’minlangan   va   uning     bir   fragmentidan
boshqasiga   darhol   o’tish   imkoniyatlari   oldindan   berilgan   matn.   Gipermatn   -
elektron shaklda va tarmoqlangan aloqalar sistemasi bilan ta’minlangan matn
bo’lib,   matnning   bir   joyidan   boshqa   joyiga   bir   zumda   o’tish   vazifasini
bajaradi.
Gipermediya   – tarkibiga turli tipdagi tuzilgan axborot vositalaridan (matn,
illyustratsiya, tovush, video va boshqalar) tuzilgan gipermatn.
Giper murojaat-bir elektron axborot ob’ektidan boshqasiga murojaat qilish
(masalan,   matndan   izoh,   lug’at   yoki   adabiyot   ro’yxatiga,   bir     maqoladan
boshqasiga).
Global   kriteriyalar   –   sifatni   baholashning   tizimiga   sezilarli   ta’sir
ko’rsatadigan   kriteriyalar.   Global   kriteriyaga   mos   kelmaslik   odatda,
ekspertning salbiy baholashiga olib keladi.
Uzoqlashtirilgan   kompyutor   dasturi-avtomatlashtirilgan   tajribaviy-   amaliy
harakatlanish tizimi bo’lib, unda jismoniy ob’ekt bilan ish ob’ekti joylashgan
o’rindan katta masofada uzoqlashtirilgan kompyuter bilan amalga oshiriladi. Elektron   xrestomatiya-elektron   axborotli   o’quv   nashrining   muhim   turi
bo’lib,   o’zida   gipermediya   ob’ektlarning   tashkillashtirilgan   jarayonini
namoyon   qiladi.   Xrestomatiya   mazmunida   qo’llanma,     mualliflar,
nomlanishlar, jumlalar va boshqalar bo’yicha izlash mexanizmlari mavjud.
Elektron   kutubxona-o’quvchi   hamda   pedagoglar   uchun   hujjatlashtirish   va
xavfsizlikning   xususiy   tizimi   bilan   ta’minlangan,   to’liq   matnli   elektron
axborotni   resurslar,   telekommunikatsiya   vositalari   asosida   jamlash   va
yetkazish imkoniyatini ta’minlovchi dasturli majmuadir.
Elektron   tajriba   –   real   ob’ektlar,   mahsulotlar   va   mavjudotlar   ko’rgazma
modellarini yaratish va izlanish imkonini beruvchi elektron muhit.
Elektron   uslubiy   qo’llanma   -   pedagogik   tajribani   umumlashtirish   va
uzatish   hamda   ta’lim   faoliyatining   yangi   modellarini   shakllantirish   va
tarqatish   shakli.   Elektron   uslubiy   qo’llanmada     pedagogik   tajriba
mashg’ulotlarning     raqamlashtirilgan   video-lavhalari,   elektron   yoki   unga
o’girilgan   shaklda   yaratilgan   o’quvchilar   ishlarini   darslar   bo’yicha
rejalashtirilgan   shaklida   ko’rsatiladi.   Elektron   uslubiy   qo’llanma   qog’ozli
komponentni o’z ichiga olishi mumkin.
Elektron   lug’at-an’anaviy   «qog’ozli»   lug’atga   mos   keluvchi   elektron
axborot   manbai.   Kompyuter   versiyada   so’z   yoki   so’zlar   guruhiga   maxsus
ajratilgan ko’rsatma bilan istalgan dasturdan chaqarilishi mumkin. An’anaviy
lug’atlardan   farqli   ravishda   eletron   lug’at   matn   va   grafikaviy   tasvirlar   bilan
bir qatorda video va animatsion lavhalar, tovush, musiqa va boshqalar bilan
birga media-ob’ektlarning butun spektrlarini o’z ichiga olishi mumkin.
Elektron   nazoratdan   o’tkazish   (testlashtirish)   -   elektron   o’quv   nashrining
komponenti   bo’lib,   an’anaviy   kompyutersiz   testlashtirishning   analogidir.
Elektron testlashtirish holatida kompyuter test va uning natijalarini ko’rsatib
beradi,   bu   bilan   bog’liq   bo’lgan   algoritmlarni   joriy   qiladi.   (Masalan, bajarilgan   yoki   o’tkazib   yuborilgan   topshiriqlarga   qaytish   imkoniyatining
borligi yoki yo’qligi, bitta testga vaqtning chegaralanganligi va hokazo).
              Elektron   o’quv   qo’llanmasi-darslikni   qisman   yoki   to’liq   almashtira
oladigan yoki to’ldiradigan    rasmiy tasdiqlangan elektron o’kuv nashri
Elektron testlar-saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter
yoki   telekommunikatsion   texnikasi   yordamida   taqdim   etiladigan   testlar.
Testlashtiruvchi   «qog’oz»   blankalarni     to’ldirib,   so’ngra   unga   kompyuterda
ishlov bersa, bular kompyuterli test bo’lib hisoblanmaydi.
Elektron  tashuvchi-raqamlashtirilgan  axborotni  saqlash  vositasi. Eng ko’p
tarqalganlari   magnitli   (magnit   tasma,   magnitli   disk   va   boshqalar)   va   optik
(CD-ROM, DVD, CD-R, CD-I) elektron tashuvchilardir.
Pedagogik   sahna-pedagogik   maqsadlarga   erishish   uchun     yo’naltirilgan,
metodik jihatdan pedagogik uslublarning ketma-ketligining o’rnatilishi.
Pedagogik test-ma’lum shakl va mazmundagi topshiriqlarning murakkablik
darajasi bo’yicha tabaqalashtirilgan tizim bo’lib, ta’lim oluvchining aniq soha
bo’yicha   bilim,   ko’nikma   va   mahorat   darajasi   va   tuzilmasini   samarali
baholash imkonini beradi.
Elektron   amaliyot-tajribada   yaratilgan,   ta’lim   sohasining   ma’lum
mavzusini   qamrab   oladigan,   saqlanadigan,   ishlov   beriladigan   va   ta’lim
oluvchilarga elektron ko’rinishida namoyish qilinadigan modellar tizimi yoki
real   ob’ektdan   uzoqda   joylashgan   ta’lim   oluvchilar   tomonidan   individual
tuzilgan,   ta’lim   berish   sharoitlari   bo’yicha   uzoqlashtirilgan   kompyuter
dasturining   elektron   vositalari   yordamida   o’tkaziladigan   real   eksperimental
ishlar.
Elektron   muharrir-yaratilgan,   o’zgartirilgan,   birlashtirish,   ajratish,
uzoqlashtirish,   saqlash,   vizuallashtirish   va   boshqa   vertual   olam   ob’ektlariga
ishlov   berish   turlarini   amalga   oshirish   imkonini   beruvchi     elektron   muhit. Matn, grafik, video, animatsion va fototasvir, tovush, musiqa, gipermedia va
hokazo muharrirlari keng tarqalgan.
Tarmoqli   vositalar-o’quv   jarayonining   telekommunikatsion
komponentlarini   qo’llab   quvvatlash   uchun,   shuningdek   elektron   o’quv
nashrlarni   yaratishda   telekommunikatsion   texnologiyalardan   foydalanish
imkoniyatini   ta’minlash   uchun   qo’llaniladi.   Tarmoqli   vositalar   tarkibiga
telekommunikatsiyaning  standart  vositalari  kiradi  va  ularning  yordami  bilan
joylashish   o’rnini   ko’rsatish   yo’li   bilan   o’quv   materiali   sifatida   lokal   va
global kompyuter tarmoqlarining  axborot resurslari jalb qilinishi mumkin.
Bilimlar,   ko’nikmalar   va   mahoratlarni     pedagogik   testli   nazorat   qilish
tizimi   –  test  nazoratida  harakatga  keltirilgan  pedagogik,  uslubiy,  texnikaviy,
tashkiliy    resurlar birligi.
Gipermatnning   ma’lumotli   (axborotli)   maqolasi   –maqola   mavzusi,
matnning   o’zi   va   tegishli   axborot   maqolalariga   giper   jo’natish     ro’yxati
belgilangan sarlavhadan tuzilgan gipermavzuli hujjatning komponenti.
Elektron   nashr   sahnasi-mazmunida   alohida   tuzilish   komponentlari   aniq
bo’lgan   mazmuniy,   mantiqiy   jixatdan   foydalanuvchi   bilan   elektron   nashr
o’zaro harakatining dasturiy rejasi.
Atama   – berilgan fan sohasiga moslashtirilgan va yirik ilmiy aniqlovchiga
ega bo’lgan maxsus tushunchani aks ettiradigan so’z yoki so’z birikmasi.
Testlashtirish-statik asoslangan shkala va me’yorga tayanadigan, miqdoriy
baho   bilan   yakunlanadigan   testlar   asosida   o’lchash   yoki   shakllantirilgan
baholash.
Test topshirig’i-testning minimal tashkil etuvchi birligi bo’lib, top
Test   topshirig’i-testning   minimal   tashkil   etuvchi   birligi   bo’lib,   topshiriq
turiga   bog’liq   ravishda   tanlash   uchun   javoblar   to’plamiga   ega   bo’lishi   yoki
bo’lmasligi mumkin. Masofadan   o’qitish-o’quv   yurtidan   uzoq   masofadagi   jismoniy   shaxsga  
o’qituvchilarning   doimiy   maslahat   olish   bilan   ta’lim   olish   imkoniyatini
ta’minlaydigan   zamonaviy   pedagogik,   kompyuterli   va   telekommunikatsion
texnologiyalar, uslublar va vositalar majmuasi.
Yagona   axborotli   ta’lim   fazasi-ta’lim   oluvchilar,   o’qituvchilar   va     ta’lim
muassasalari   boshqaruvi   va   jamiyatni   axborotli   ta’minlashning   yagona
texnologik   vositalari   bilan   ta’minlaydigan   kompyuterli   texnikadan
foydalanishga   asoslangan   dasturli   telekommunikatsion   muhit.   Ushbu   muhit
ta’lim   jarayoni   va   ta’lim   muassasasini   boshqarishni   axborot   bilan   qo’llab-
quvvatlashga, ta’lim jarayonining    borishi va natijalari, shuningdek ta’limdan
tashqari tadbirlarni axborotlashtirishga mo’ljallangan.
Gipermatnning   axborotli   maqolasi   sarlavhasi-gipermatnning   axborotli
maqolasi,   maqolada   yozilgan   axborot   ob’ektining   nomlanishi   berilgan
sarlavha bilan ta’minlanadi.
Elektron   topshiriqlar-o’qituvchiga   ta’lim   oluvchilarning   individul
imkoniyatlarini   hisobga   olgan   holda   mustaqil   va   nazorat   ishlari   uchun
tartibga   keltiradigan   topshiriqlar   majmuini   o’zida   aks   ettiruvchi       axborot  
manbasining muhim ko’rinishidir. Yaratilgan topshiriqlar ta’lim oluvchilarga
an’anaviy «qog’oz» li va elektron variantlarida tavsiya etilishi mumkin.
Illyustratsiya-matnni   tushunishga   yordam   beruvchi,   o’rganilayotgan
ob’ekt,   jarayonni   tasvirlab   beruvchi   rasmlar,   sxemalar,   diagrammalar,
fotografiklar va boshqa grafik tasvirlar.
Elektron   vosita-ta’lim   jarayoni   qatnashchilariga   ishlab   chiqish,  
o’zgartirish,   bog’lash,   uzatish,   uzoqlashtirish,   saqlash   va   axborot   agentlari
ustida boshqa faol harakatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi    vosita.
Ta’limni   axborotlashtirish-o’qitish   va   tarbiyalashning   psixologik-
pedagogik   maqsadlarini   joriy   qilishga   mo’ljallangan   zamonaviy   axborot texnologiyalarni   ishlab   chiqish   va   foydalanishning   nazariyasi   va   amaliyoti
bilan    ta’lim sohasini ta’minlash jarayoni.
Axborotli ta’lim muhiti-o’quv faoliyatini joriy qilish uchun qo’llaniladigan
kompyuter vositalari va ularni harakatlanish usullari birikmasi.
Axborot   tizimi-axborotni   uzatish   va   qabul   qilish   tizimi   bo’lib,   axborot
manbai, uzatish, aloqa kanali va axborotni qabul qiluvchilardan iborat.
Axborotli   va   kommunikatsion   texnologiyalar-axborotga   ishlov   beruvchi
turli   xildagi   qurilmalar,   mexanizmlar,   usullar,   algoritmlarni   tasvirlovchi
umumlashtirilgan   tushuncha.   Axborotli   va   telekommunikatsion
texnologiyalarning   muhim   zamonaviy   qurilmalari   bo’lib,   mos   ravishdagi
ta’limot   bilan   ta’minlangan   kompyuter   va   o’zida   joylashtirilgan   axborotlar
bilan birga telekommunikatsion vositalar hisoblanadi.
Axborotli ob’ekt-turli xildagi ob’ektlarni, ya’ni tovush, tasvir, matn, son va
majmuaviy tuzilgan elementlar,    jadval, gipermatn, gipermediani tasvirlovchi
umumlashtiruvchi   tushuncha   bo’lib,   ular   bevosita   yoki   algoritmli
ko’rinishlarda tasvirlanishi mumkin.
Axborot   –inson   tomonidan   og’zaki   (nutq   shaklida),   yozma   (matn,   jadval,
rasm,   chizma,   shartli   belgilar   ko’rinishida)   yoki   boshqa   usulda   (masalan,
tovushli   yoki   yorug’lik   signallari,   elektrik   yoki   asabli   impulslar   yordamida)
uzatiladigan   ma’lumotlar   birikmasi.     XX   asr   o’rtasidan   boshlab   –insonlar,
inson   va   avtomatika   o’rtasida   ma’lumot   almashish,   hayvonot   va   o’simlik
olamida signal bilan almashishni o’z ichiga oladigan umumilmiy tushuncha.
Mezon-muhokama  uchun  mo’ljallangan   vosita   bo’lib,   uning   asosida   biror
ob’ekt,   maxsulot   yoki   jarayonni   baholash,   aniqlash   yoki   sinflashni   amalga
oshirilishi mumkin.
Mantiqiy   urg’u-foydalanuvchi   diqqatini   kompyuter   ekranidagi   ma’lumot
ob’ektiga qaratish uchun yo’naltirilgan psixologik apparatli usul. Model-kompyuter   texnikasi   vositalari   yordamida   matematik   uslublar
asosida ifodalangan, vizuallashtirish mumkin bo’lgan loyihaviy ko’rinish.
Modellashtirish-ob’ektlarining   kompyuterli   modellarida   izlanishlar   olib
borish, real mavjud bo’lgan narsalar, mavjudot va loyihalanayotgan ob’ektlar
kompyuterli modellarini qurish va o’rganish.
Multimediali   vositalar-turli   tipdagi   axborotlarni:   matn,   rasm,   sxema,
jadval,   diagramma   va   boshqalarni   yaratish,   saqlash,   ishlov   berish   va
raqamlashtirilgan ko’rinishida amalga oshirishning kompyuterli vositasi.
Intellektual   yadro-matematik   amallarni   sonli   (raqamli)   va   simvolli
ko’rinishda amalga oshiruvchi maxsus dasturlar majmuasi.
Ochiq   ta’lim   –masofali   o’qitish   texnologiyasi   va   uslubini   qo’llaydigan,
ta’lim   oluvchi   uchun   qulay   ritmda   ta’lim   berishni   ta’minlaydigan,   istalgan
xohlovchi   uchun   boshlang’ich   bilim   darajasini   tahlil   qilmasdan   erishish
mumkin bo’lgan o’qitish tizimi.
              Ochiq test tizimlari-o’qituvchi, uslubchi, darslik muallifi uchun yangi
test yaratish yoki mavjud testni o’zgartirish imkoniyatini beruvchi tizimlar.

Elektron darsliklarning turlari. Elektron o‘qitish vositalarining didaktik xususiyatlari. Reja: 1. Elektron darsliklarning turlari. 2. Elektron o’qitish vositalarining didaktik xususiyatlari. 3. Amaliy ishlanmalar.

Elektron o’quv adabiyotlari bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina tushunchalarning keng ma’nodagi izohli talqini kompyuter va axborot texnologiyalari rivojlanib borishi bilan yanada kengayib borayotgan bilimlar bilan to’ldirilib borilmoqda. SHuning uchun elektron o’quv adabiyotlari yaratish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalar va terminlarga izohlar quyidagi mulohazalarda keltirilgan.. Tajribaviy-amaliy avtomatlashtirilgan tizim – bevosita fizik ob’ektlar va yoki matematik modellar yordamida tajriba ishlari, va eksperimental izlanishlar o’tkazishni ta’minlaydigan texnik va dasturli vositalar majmuasi. Elektron nashr - bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, musiqali, videofoto va boshqa axborot ob’ektlaridan iborat bo’lgan jamlanma hisoblanadi. Elektron nashr magnitli (magnit tasmalarda, magnit disklarda), optik (CD-ROM, CD- I, CD+, CD-R, CD-RW, DVD) elektron axborot tashuvchi vositalarida hamda kompyuter tarmog’ida chop etilishi mumkin. Bitta elektron nashrda axborotli manbalar, axborotga ishlov berish, boshqarish tuzilmasi ajratilgan bo’lishi mumkin. Elektron nashr istalgan elektron tashuvchida bajarilishi mumkin, shuningdek elektron kompyuter tarmog’ida chop etilish mumkin. Elektron o’quv nashri - ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko’nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialga ega bo’lgan elektron nashr. Elektron o’quv nashri muallifi – ijodiy faoliyati natijasida elektron o’quv nashrini yaratadigan jismoniy shaxs. Agar elektron o’quv nashri ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy faoliyatida yaratilgan bo’lsa, unda ularning har biri elektron o’quv nashrining muallifi bo’lib hisoblanadi. Aprobatsiya - ob’ekt, mahsulot yoki texnologiyani, ilmiy, o’quv-uslubiy ishlarni amaliy ishlatish jarayonida nazoratdan o’tkazish va tasdiqlash.

Vizual muhit - insonga ko’rish organlari orqali qabul qilinadigan axborot oqimi. Insonga umumiy psixologik ta’sir o’tkazishi bo’yicha vizual muhitning komfortli, me’yoriy, gomogenli va agressiv turlari mavjud. Virtual ob’ektlar yoki jarayonlar-haqiqiy mavjud bo’lgan, shuningdek tasavvur qilinadigan ob’ektlar yoki jarayonlarning elektron modeli. «Virtual» so’zi elektron tashuvchilarida ko’rsatiladigan ta’lim yoki boshqa ob’ektlarning elektron analoglari tavsifini ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Bundan tashqari ushbu ibora elektron model bilan ishlash paytida, haqiqiy fazoviy metaforani davom ettiruvchi interfays texnologiyalari multimediyasiga asoslangan miqdorini bildiradi. Gipermatn- elektron shaklda taqdim etilgan hamda tarmoqlangan bog’lanishlar tizimi bilan ta’minlangan va uning bir fragmentidan boshqasiga darhol o’tish imkoniyatlari oldindan berilgan matn. Gipermatn   - elektron shaklda va tarmoqlangan aloqalar sistemasi bilan ta’minlangan matn bo’lib, matnning bir joyidan boshqa joyiga bir zumda o’tish vazifasini bajaradi. Gipermediya – tarkibiga turli tipdagi tuzilgan axborot vositalaridan (matn, illyustratsiya, tovush, video va boshqalar) tuzilgan gipermatn. Giper murojaat-bir elektron axborot ob’ektidan boshqasiga murojaat qilish (masalan, matndan izoh, lug’at yoki adabiyot ro’yxatiga, bir maqoladan boshqasiga). Global kriteriyalar – sifatni baholashning tizimiga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan kriteriyalar. Global kriteriyaga mos kelmaslik odatda, ekspertning salbiy baholashiga olib keladi. Uzoqlashtirilgan kompyutor dasturi-avtomatlashtirilgan tajribaviy- amaliy harakatlanish tizimi bo’lib, unda jismoniy ob’ekt bilan ish ob’ekti joylashgan o’rindan katta masofada uzoqlashtirilgan kompyuter bilan amalga oshiriladi.

Elektron xrestomatiya-elektron axborotli o’quv nashrining muhim turi bo’lib, o’zida gipermediya ob’ektlarning tashkillashtirilgan jarayonini namoyon qiladi. Xrestomatiya mazmunida qo’llanma, mualliflar, nomlanishlar, jumlalar va boshqalar bo’yicha izlash mexanizmlari mavjud. Elektron kutubxona-o’quvchi hamda pedagoglar uchun hujjatlashtirish va xavfsizlikning xususiy tizimi bilan ta’minlangan, to’liq matnli elektron axborotni resurslar, telekommunikatsiya vositalari asosida jamlash va yetkazish imkoniyatini ta’minlovchi dasturli majmuadir. Elektron tajriba – real ob’ektlar, mahsulotlar va mavjudotlar ko’rgazma modellarini yaratish va izlanish imkonini beruvchi elektron muhit. Elektron uslubiy qo’llanma - pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. Elektron uslubiy qo’llanmada pedagogik tajriba mashg’ulotlarning raqamlashtirilgan video-lavhalari, elektron yoki unga o’girilgan shaklda yaratilgan o’quvchilar ishlarini darslar bo’yicha rejalashtirilgan shaklida ko’rsatiladi. Elektron uslubiy qo’llanma qog’ozli komponentni o’z ichiga olishi mumkin. Elektron lug’at-an’anaviy «qog’ozli» lug’atga mos keluvchi elektron axborot manbai. Kompyuter versiyada so’z yoki so’zlar guruhiga maxsus ajratilgan ko’rsatma bilan istalgan dasturdan chaqarilishi mumkin. An’anaviy lug’atlardan farqli ravishda eletron lug’at matn va grafikaviy tasvirlar bilan bir qatorda video va animatsion lavhalar, tovush, musiqa va boshqalar bilan birga media-ob’ektlarning butun spektrlarini o’z ichiga olishi mumkin. Elektron nazoratdan o’tkazish (testlashtirish) - elektron o’quv nashrining komponenti bo’lib, an’anaviy kompyutersiz testlashtirishning analogidir. Elektron testlashtirish holatida kompyuter test va uning natijalarini ko’rsatib beradi, bu bilan bog’liq bo’lgan algoritmlarni joriy qiladi. (Masalan,

bajarilgan yoki o’tkazib yuborilgan topshiriqlarga qaytish imkoniyatining borligi yoki yo’qligi, bitta testga vaqtning chegaralanganligi va hokazo). Elektron o’quv qo’llanmasi-darslikni qisman yoki to’liq almashtira oladigan yoki to’ldiradigan rasmiy tasdiqlangan elektron o’kuv nashri Elektron testlar-saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter yoki telekommunikatsion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlashtiruvchi «qog’oz» blankalarni to’ldirib, so’ngra unga kompyuterda ishlov bersa, bular kompyuterli test bo’lib hisoblanmaydi. Elektron tashuvchi-raqamlashtirilgan axborotni saqlash vositasi. Eng ko’p tarqalganlari magnitli (magnit tasma, magnitli disk va boshqalar) va optik (CD-ROM, DVD, CD-R, CD-I) elektron tashuvchilardir. Pedagogik sahna-pedagogik maqsadlarga erishish uchun yo’naltirilgan, metodik jihatdan pedagogik uslublarning ketma-ketligining o’rnatilishi. Pedagogik test-ma’lum shakl va mazmundagi topshiriqlarning murakkablik darajasi bo’yicha tabaqalashtirilgan tizim bo’lib, ta’lim oluvchining aniq soha bo’yicha bilim, ko’nikma va mahorat darajasi va tuzilmasini samarali baholash imkonini beradi. Elektron amaliyot-tajribada yaratilgan, ta’lim sohasining ma’lum mavzusini qamrab oladigan, saqlanadigan, ishlov beriladigan va ta’lim oluvchilarga elektron ko’rinishida namoyish qilinadigan modellar tizimi yoki real ob’ektdan uzoqda joylashgan ta’lim oluvchilar tomonidan individual tuzilgan, ta’lim berish sharoitlari bo’yicha uzoqlashtirilgan kompyuter dasturining elektron vositalari yordamida o’tkaziladigan real eksperimental ishlar. Elektron muharrir-yaratilgan, o’zgartirilgan, birlashtirish, ajratish, uzoqlashtirish, saqlash, vizuallashtirish va boshqa vertual olam ob’ektlariga ishlov berish turlarini amalga oshirish imkonini beruvchi elektron muhit.