logo

Elektron darsliklarning turlari va elektron o’qitish vositalarining didaktik xususiyatlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2471 KB
Mavzu:Elektron darsliklarning turlari va elektron o’qitish
vositalarining didaktik xususiyatlari.
Reja:
1.Nazariy qismi.
2.Amaliy qismi.
3.Xulosa.
4.Foydalanilgan adabiyotlar .
1.Nazariy qismi.
        Jahonda   uzoq   vaqtlardan   buyon   masofali   o`qitish   tizimini   (MO`T)
rivojlanish   sabablaridan   biri   ixtiyoriy   yerda   yashayotgan   har   bir   o`quvchiga
ixtiyoriy kollej yoki universitetda ta`lim olish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu
"talabalarni   bir   davlatdan   boshqa   davlatga   jismonan   siljishi"   konsepsiyasidan
"ta`lim   ashyolarini   almashinish   orqali   bilimlarni   taqsimlash   maqsadida   ko`plab
g`oya, bilim va ta`lim" konsepsiyasiga o`tishni ko`zda tutadi. 
Masofadan   turib   o`quvchilarni   o`qitish   o`qituvchi   bilan   o`quvchi   ma`lum
bir   masofada   joylashgan   holda   ta`lim   berish   tizimidir.   Bunda   o`qituvchini   dars
jarayonida   kompyuterlar,   sun`iy   yo`ldosh   aloqasi,   kabelli   televidenie   kabi
vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi. 
Zamonaviy   kompyuter   uzatish   kanallarining   rivojlanishi
telekommunikasiya   sohasida   o`ziga   xos   tarixiy   o`zgarishlar   kiritmoqda.
Mamlakatimizdagi   barcha   o`quv   muassasalari   masofadan   turib   o`qitish   uslubi
asosida   birlashtirilsa,   o`qitish   jarayonini     yanada   yuqori   pog`onaga   ko`tarish
mumkinligi ayon. 
Xalqaro   Kengashning     tahlillari   shuni   ko`rsatmoqdaki,   hozirgi   kunda,
jahonda  10 milliondan ortiq o`quvchilar shu uslub asosida ta`lim olmoqdalar. 
       Masofali o`qitish uslubining afzalliklari quyidagilar:     
       - o`qitishning ijodiy muhiti. Ana`naviy uslublar asosida ta`lim berishda,
o`quvchi   faqat   berilgan   materialni   o`qiydi.   Masofadan   turib   o`qitish   uslubi
asosida   esa,   o`quvchilarning   o`zlari   axborotlar   omboridan   kerak   bo`lgan
ma`lumotlarni qidirib topish va o`zlarining tajribalarini boshqa o`quvchilar bilan
elektron tarmoqlari asosida almashish imkoniyatlariga ega bo`ladilar; 
             - ish joyidagi katta o`zgarishlarni mavjudligi. Masofali ta`lim uslubi
asosida   ta`lim   berish   turi   millionlab   o`quvchilarga,   ayniqsa,   ishlab   chiqarishdan
ajralmasdan ta`lim olayotgan o`quvchilarga  juda keng sharoit yaratib beradi. 
-   o`qitish   hamda   ta`lim   olishning   yangi   va   unumli   vositasi   ekanligi.
Statistik   ma`lumotlar   shuni   ko`rsatmoqdaki,   masofali   ta`lim   uslubi   asosidagi
ta`lim stasionar o`qitish kabi unumlidir. 
Bunday   uslubda   ta`lim   olayotgan   o`quvchilarning   ustunligi   ularning   eng
yaxshi   va   sifatli   didaktik   materiallar   hamda   salohiyatli   ma`ruzachilar   bilan
ta`minlanishidadir.   Ushbu   uslubda   o`quvchilar   INTERNET   tarmog`i   orqali
"jahon bo`yicha sayohat" qilishlari mumkin.  
Masofali o`qitishni tashkil etish asosiy tamoyillarlari: 
-   ixtiyoriy   yoshdagi   o`quvchilarning   guruhi   ta`lim   olish   imkoniyatiga   ega
ekanligi, ya`ni vaqt va fazoda egiluvchanligi: 
- yuqori sifatli o`quv materiallarni tanlash mumkinligi; 
-   o`qitish   jarayonini   yuqori   darajadagi   oshkoralik   va   samaradorlikda
o`tkazish mumkinligidan iborat. 
Masofali o`qitish pedagogik jihatdan:  - o`ziga xos yo`nalishi sifatida qaralishi; 
- o`qitish va o`qishni individual va differensial qatnashuvni mavjudligi; 
- o`quvchining psixologik xususiyatlarini hisobga olish mumkinligi; 
-   o`quvchilarning   o`qishga   motivasiyasini   kuchaytirish,   olgan   bilimlarini
takomillashtirish va rivojlantirish; 
- fanlararo uzviylik ta`minlanishi; 
- muammoli o`qitish usullaridan foydalanilishi; 
- zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitilishi; 
-   guruhli   va   yakkama-yakka   usullardan   izchillik   bilan   foydalanish
mumkinlik xususiyatlariga ega. 
2.Amaliy qismi.
Ispring dasturida elektron testlar yaratish.
Hozirgi   vaqtda   elektron   test   yaratish   imkoniyatini   beruvchi   dasturlar   juda
ko‘p. Bulardan iSpring Suite dasturlar paketi haqida to‘xtalib o‘tsak.
Kompyuter   yordamida   onlayn   taqdimotlar   va   elektron   o‘quv   kurslarini
yaratuvchi   zamonaviy   dasturlardan   biri   iSpring   Suite   dasturlar   to‘plamidir.
iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics
jamlangan.   Ular   yordamida   audio,   video,   interaktiv   elementlar   va   testlar   bilan
boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o‘quv kurslari, har xil so‘rovnomalar,
anketalar,   interaktiv   testlar   kabi   bir   qancha   elektron   nashrlar   tashkil   etish
imkoniyati mavjud.
Bu   dasturlardan   iSpring   QuizMaker   dasturi   audio,   video   fayllar,   tasvir   va
formulalar   yordamida   interaktiv   testlar   va   anketalar   yaratadi.   Interaktiv   testlarni
iSpring   QuizMaker   dasturi   yordamida   tuzish   uchun   kompyuterga   iSpring   Suite
dasturi   bilan   Adobe   Flash   (operatsion   tizim   razryadiga   ko‘ra   32   va   64   bitli)
dasturi   o‘rnatilishi   talab   etiladi.   Dastur   o‘rnatib   bo‘lingach   Pusk   menyusidan
“ Все   программы ”   bo‘limida   iSpring   Suite   tanlanadi   va   natijada   oyna   paydo
bo‘ladi. ISpring   modulining   ilk   interfeysi   dastur   boshqa   elektron   testlar   yaratish
dasturlaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
dasturning   ishchi   fayli   ixtiyoriy   kompyuterga   ko‘chirib   qo‘yilishi   va
ishlashi mumkin;
juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;
maxsus bilimlar talab etilmaydi;
testlarning 11 xil turini yaratish mumkin;
test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;
test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo’natiladi;
dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.
Kompyuterga   Ispring   Suite   dasturlar   paketi   o‘rnatilgach,   Ispring   Quiz
maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud. Testlar   bazasi   yaratilgach,   darsning   qaysi   qismida   foydalanishiga   qarab
testlar   soni   va   test   o‘tkazish   vaqti   belgilanadi.   Interfeys   ko‘rinishini
foydalanuvchi   ixtiyoriga   ko‘ra   o‘zgartirish   mumkin.   Tayyor   testlar   bazasini
yaratib   bo‘lgach,   uni   lokal   tarmoq   uchun,   global   tarmoq   uchun,   xujjat   shaklda
(MS   Word)   yoki   LMS   tizimi   uchun   saqlash   imkoniyati   mavjud.   Dasturda
yaratilgan   elektron   testlar   bazasi   ishchi   fayli   .swf   formatda   saqlanadi.   Demak,
ushbu   testlar   bazasidan   foydalanish   uchun   kompyuterda   Adobe   Flash   Player
dasturi mavjudligi etarli.
Bu   oynadan   Создать   новый   тест   bo’limini   tanlasak
testlarni tuzish uchun oyna ochiladi.
Bu   oyna   dasturning   ishchi   oynasi   hisoblanadi.   Ishchi
oynaning   Добавить   тест   bo’limidan test yaratish amali boshlanadi.
Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin:
1.   Bitta   javobli   test:     bu   testning   qiyinligi   javob
variantlarining   ko‘pligiga   bog‘liq.   Bu   test   turida   javob   variantlarini   keraklicha
“ добавить ” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl
va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin.
“удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin. 2. Ko‘p javobli   test:     bu test  turi  yordamida bir  necha  ma’lumotlar
yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.
3.   “To‘g‘ri-noto‘g‘ri”   ko‘rinishdagi   test:     bunda   anketa
savoli ko‘rinishiga mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi; 4.   Yopiq   test:     bunda   javob   varianti   o‘quvchi   tomonidan
kiritiladi;
5.   O‘zaro   moslik   o‘rnatish:     bunda   bir   necha   savollar   o‘zaro
javoblari bilan birlashtiriladi; 6.   Javoblarni   tartiblash:     savolning   ushbu   turida   javob
variantlari o‘zaro tartiblanadi;
7.   Sonni   kiriting:     savolning   javobi   sifatida   o‘quvchi   sonni
kiritishi kerak;
8. Bo‘sh joylarni to‘ldiring:     matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh
joylarni kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi; 9.   Javoblari   keltirilgan   savol:     savolning   bo‘sh   qismlarida
javoblar   variantlari   keltirilgan   bo‘ladi,   ushbu   javob   variantlardan   to‘g‘risini
belgilash mumkin.
10.   So‘zlar   banki:     Matnning   bo‘sh   joylariga   berilgan
so‘zlardan   keraklilarini   tanlab   joylashtiriladi.   Savolni   qiyinlashtirish   uchun
so‘zlar sonini bo‘sh joylar sonidan ko‘paytirish mumkin.
11. Faol   hududni  aniqlovchi   savol:     Savolda rasmdagi  qaysidir
maydonni   belgilash   vazifasi   joylashtirilgan   bo‘lib,   ushbu   rasmdagi   hudud
o‘quvchi tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi.   Testlar   bazasiga   barcha   savollarni   kiritib   bo‘linganidan   so‘ng,   bajarilgan
ishni   elektron   shaklda   saqlash   kerak   bo‘ladi.   Tayyor   bo‘lgan   elektron   testni
saqlashdan oldin ayrim sozlashlarni bajarish kerak. Chunki bu sozlashlar elektron
testdan foydalanilayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega.
Buning   uchun   Ispring   dasturining   yuqori   chap   tomonida   joylashgan
“ Настройка ” tugmasi bosiladi. Natijada yangi oyna hosil bo‘ladi.
Bu   oyna   ro‘yxatining   birinchi   bandi   “ Основные “   deb   nomlangan.   Bu
bandda   elektron   testga   nom   berish,   testdan   o‘tish   balini   o‘rnatish,   testni
bajarishning   maksimal   vaqtini   o‘rnatish   va   test   boshlanishdan   oldin   tizim
topshiruvchining   ismini   va   elektron   pochtasini   so‘rash   funksiyalarini   qo‘shish
imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir to‘g‘ri javob uchun maksimal ball,
tizim   test   topshiruvchisi   tomonidan   barcha   testlar   topshirilmagan   holatda   ham
testni tugatish imkoniyatini va har bir savolga javob berilgandan so‘ng to‘plangan
ballni   ko‘rish   imkoniyatini   ham   o‘rnatish   mumkin.   Testga   “Informatika   fanidan
test” deb nom berildi. O‘tish balini umumiy ballning 55 % miqdorida belgiladik.
20 ta savol uchun 30 daqiqa etib belgilandi. Test vaqtida qolgan vaqtni ko‘rsatib
turishi belgilanib qo‘yildi.
“ Основные ”   bandini   sozlashlarni   bajarish   “ Навигация ”   bandi   yordamida
test savollariga javob berish usullari sozlanadi.
Bunda bazada mavjud barcha savollarga javob berish yoki aniq miqdordagi
savollar  to‘plamiga  javob berish,  har  bir  savolga  to‘gri  yoki  noto‘g‘riligi  haqida
ma’lumot   berish,   javob   berilmagan   test   savollari   mavjud   bo‘lsada   testni
yakunlash   imkoniyatlarini   sozlash   mumkin.   Har   bir   javobda   uning   to‘g‘ri   yoki
noto‘g‘riligini   foydalanuvchiga   ko‘rsatib   ketish   mumkin.   Yoki   test   topshiruvchi
bu xabarni testning oxirida olishi ham mumkin.
“ Результаты ”   bandi   yordamida   test   natijasiga   tegishli   ma’lumotlarni
sozlash imkoniyatini beradi.
Agar   test   topshiriqlarni   yaxshi   topshirgan   bo‘lsa   yoki   etarli   ball   to‘play
olmasa,   qanday   xabar   chiqishi,   javoblarni   qog‘ozga   chop   qilish   imkoniyatini sozlash   mumkin.   Bundan   tashqari   test   javoblarini   test   topshiruvchining   elektron
pochtasiga jo‘natish imkoniyati mavjud.
“ Настройка   плеера ”   bandi   yordami   elektron   test   topshirish   interfeysini
rangi aniqlanadi.
Barcha sozlashlarni bajargandan so‘ng OK tugmasi bosiladi. Endi bemalol
elektron testni saqlash mumkin. Buning uchun dasturning yuqori chap tomonida
joylashgan “ Публиковать ” tugmasi bosiladi. Keyin yangi oyna paydo bo‘ladi.
Bu   oynada   elektron   test   dasturini   saqlash   kerak   bo‘lgan   joyni   (bizning
misolimizda   ish   stoli   ko‘rsatilgan),   fayl   nomini   (bizning   misolimizda
Informatikadan   test   savollari),   fayl   tipini   (bizning   misolimizda   .exe)   va   dastur
oynasi o‘lchamini ko‘rsatish mumkin.
Fayl tipi .exe deb belgilanganda, avtomatik ravishda .swf formatda elektron
test saqlanadi. Shuning uchun bu elektron testdan foydalanish uchun Adobe Flash
Player dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.So‘ngra “ Публиковать ” tugmasi bosiladi.
Dastur faylni avtomatik ravishda ko‘rsatilgan joyga saqlaydi.
Dasturning “Публиковать” bandida
Uzluksiz   ta’lim   tizimida   elektron   axborot   ta’lim   resurslarini     (EATR)
yaratish   hozirgi   vaqtda   dolzarb   masalalardan   biri   hisoblanadi.   Dasturiy
ta’minotlar   tahlilini   bayon   etishdan   oldin,   EAT   resurslariga   nimalar   kirishini
ko‘rsatib o‘taylik.EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv
qo‘llanma,   metodik   ko‘rsatmalar,   multimediyali   vositalar,   ma’lumotnomalar   va
lug‘atlar,   gipermatnlar,   elektron   testlar   va   topshiriqlar   hamda   shunga   o‘xshash
talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi
resurslar  kiradi  .  Yuqorida  keltirilgan  resurslarga  qo‘shimcha   sifatida pedagogik
dasturiy   vositalar,   video   va   audio   ma’ruzalar,   virtual   laboratoriya   stendlari,
intreaktiv plakatlarni kiritish mumkin.EAT resurslarini  yaratishda keng ishlatilib
kelinayotgan   dasturiy   ta’minotlardan   biri   Ispring   dasturi   hisoblanadi
[http://www.ispringsolutions.com].   Odatda,   taqdimotni   o‘tkazishga   tayyorlanish
jarayonida   aksariyat   hollarda   Microsoft   PowerPoint   dasturiy   ta’minotidan
foydalaniladi.   Ammo   bunday   taqdimotlar   faqat   mazkur   mahsulot   formatidagina
bo‘lishi   mumkin   (ppt,   pptx).   Hozirgi   vaqtda   internet   texnologiyalarining
rivojlanishi   va   o‘z   navbatida,   masofali   ta’lim   turining   paydo   bo‘lishi   natijasida
taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ko‘rish   uchun   flash   (swf)   formatida   yoki   HTML   5   texnologiyasi   asosida
yaratilgan  fayl  bo‘lishi  kerak. Hozirga kelib, PowerPoint  dasturida  tayyorlangan
taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan.
Mahsulot   iSpring   deb   nomlanadi   va   iSpring   Free,   iSpring   PRO   va   iSpring
Presenter   kabi   variantlarga   ega   [http://www.ispringsolutions.com].   Mustaqil
ekspertlarning   fikriga   ko‘ra,   bugungi   kunda   mazkur   mahsulot   tezligi,   bir
formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng
yaxshilaridan   biri   hisoblanadi.   iSpring   nafaqat   flash-taqdimotlarni   yaratishga,
balki   ta’lim   jarayonida   qo‘llanilishi   mumkin   bo‘lgan   roliklar   tayyorlashda, xususan,   ularga   turli   shakldagi   so‘rovlar,   elektron   testlarni   ham   kiritgan   holda
o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi.
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:
•   t а qdimot   fayllarini   bir   necha   (exe,   swf,   html)   formatlarda
konvertatsiyalash imkoniyati;
•   taqdimot  kontentiga tashqi  resurslarni  (audio, video yoki  flash  fayllarni)
kiritish imkoniyati;
•   taqdimot   kontentini   muhofaza   qilish:   parol   yordamida   ko‘ra   olish,
taqdimotga   «himoya   belgi»si   qo‘yish,   taqdimotni   faqat   ruxsat   etilgan
domenlardagina «aylantirilishi»;
•   video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
•   elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki
masofaviy   o‘qitish   tizimiga   (LMS)   uzatib   berish   imkoniyatini   beradigan
interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
•   masofaviy   o‘qitish   tizimida   foydalanish   uchun   SCORM/AICC   —   mos
keluvchi kurslarini yaratish;
taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
•   videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
•   YouTube’ga   joylashtirilgan   roliklarni   taqdimot   tarkibiga   kiritish
imkoniyati.
Ishning bajrilish tartibi
Power   Pointda     iSpring   orqali   taqdimot   yaratish   uchun   avvalo   iSpring
dasturi  o’rnatilgan bo’lishi  kerak. Power  Pointga kirganimizda “ iSpring Suite   ”
tugmachasiga   duch   kelamiz   va   shu   orqali   dasturga   kiramiz   va   undan
“ Публикация ” tugmasini tanlaymiz.
“ Пуб
ликация ” tugmasi orqali quyidagi hosil bo’ladi. Bu yordamida biz  prizintatsiyani nomlashimiz, qayerga saqlashimizni ko’rsatishimiz, Playerini
tanlashimiz mumkin.                                      Xulosa
          Men iSpring flash-taqdimotlarni yaratish, balki ta’lim jarayonida
qo‘llanilishi   mumkin   bo‘lgan   roliklar   tayyorlashda,   xususan,   ularga   turli
shakldagi   so‘rovlar,   elektron   testlarni   ham   kiritgan   holda   o‘zaro   interaktiv
bog‘lanish imkoniyatini ham berishini kurishimiz mumkin va videotasvirni
yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish     testlar tuzish imkoniyatlari
juda  keng  dastur  hisoblanadi.   Masofadan   o’qitish   uchun  juda  zo’r  electron
darslik tayyorlasak bo’ladi bu dastur yordamida.
       
                                        Foydalanilgan Adabiyotlar
1) Ziyonet.uz
2) Arxiv.uz
3) www.edu.uz     
4) Moodle masofaviy tizimi

Mavzu:Elektron darsliklarning turlari va elektron o’qitish vositalarining didaktik xususiyatlari. Reja: 1.Nazariy qismi. 2.Amaliy qismi. 3.Xulosa. 4.Foydalanilgan adabiyotlar . 1.Nazariy qismi.

Jahonda uzoq vaqtlardan buyon masofali o`qitish tizimini (MO`T) rivojlanish sabablaridan biri ixtiyoriy yerda yashayotgan har bir o`quvchiga ixtiyoriy kollej yoki universitetda ta`lim olish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu "talabalarni bir davlatdan boshqa davlatga jismonan siljishi" konsepsiyasidan "ta`lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab g`oya, bilim va ta`lim" konsepsiyasiga o`tishni ko`zda tutadi. Masofadan turib o`quvchilarni o`qitish o`qituvchi bilan o`quvchi ma`lum bir masofada joylashgan holda ta`lim berish tizimidir. Bunda o`qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun`iy yo`ldosh aloqasi, kabelli televidenie kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikasiya sohasida o`ziga xos tarixiy o`zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o`quv muassasalari masofadan turib o`qitish uslubi asosida birlashtirilsa, o`qitish jarayonini yanada yuqori pog`onaga ko`tarish mumkinligi ayon. Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko`rsatmoqdaki, hozirgi kunda, jahonda 10 milliondan ortiq o`quvchilar shu uslub asosida ta`lim olmoqdalar. Masofali o`qitish uslubining afzalliklari quyidagilar: - o`qitishning ijodiy muhiti. Ana`naviy uslublar asosida ta`lim berishda, o`quvchi faqat berilgan materialni o`qiydi. Masofadan turib o`qitish uslubi asosida esa, o`quvchilarning o`zlari axborotlar omboridan kerak bo`lgan ma`lumotlarni qidirib topish va o`zlarining tajribalarini boshqa o`quvchilar bilan elektron tarmoqlari asosida almashish imkoniyatlariga ega bo`ladilar; - ish joyidagi katta o`zgarishlarni mavjudligi. Masofali ta`lim uslubi asosida ta`lim berish turi millionlab o`quvchilarga, ayniqsa, ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta`lim olayotgan o`quvchilarga juda keng sharoit yaratib beradi. - o`qitish hamda ta`lim olishning yangi va unumli vositasi ekanligi. Statistik ma`lumotlar shuni ko`rsatmoqdaki, masofali ta`lim uslubi asosidagi ta`lim stasionar o`qitish kabi unumlidir. Bunday uslubda ta`lim olayotgan o`quvchilarning ustunligi ularning eng yaxshi va sifatli didaktik materiallar hamda salohiyatli ma`ruzachilar bilan ta`minlanishidadir. Ushbu uslubda o`quvchilar INTERNET tarmog`i orqali "jahon bo`yicha sayohat" qilishlari mumkin. Masofali o`qitishni tashkil etish asosiy tamoyillarlari: - ixtiyoriy yoshdagi o`quvchilarning guruhi ta`lim olish imkoniyatiga ega ekanligi, ya`ni vaqt va fazoda egiluvchanligi: - yuqori sifatli o`quv materiallarni tanlash mumkinligi; - o`qitish jarayonini yuqori darajadagi oshkoralik va samaradorlikda o`tkazish mumkinligidan iborat. Masofali o`qitish pedagogik jihatdan:

- o`ziga xos yo`nalishi sifatida qaralishi; - o`qitish va o`qishni individual va differensial qatnashuvni mavjudligi; - o`quvchining psixologik xususiyatlarini hisobga olish mumkinligi; - o`quvchilarning o`qishga motivasiyasini kuchaytirish, olgan bilimlarini takomillashtirish va rivojlantirish; - fanlararo uzviylik ta`minlanishi; - muammoli o`qitish usullaridan foydalanilishi; - zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitilishi; - guruhli va yakkama-yakka usullardan izchillik bilan foydalanish mumkinlik xususiyatlariga ega. 2.Amaliy qismi. Ispring dasturida elektron testlar yaratish. Hozirgi vaqtda elektron test yaratish imkoniyatini beruvchi dasturlar juda ko‘p. Bulardan iSpring Suite dasturlar paketi haqida to‘xtalib o‘tsak. Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‘plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Ular yordamida audio, video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o‘quv kurslari, har xil so‘rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud. Bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi. Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompyuterga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi. Dastur o‘rnatib bo‘lingach Pusk menyusidan “ Все программы ” bo‘limida iSpring Suite tanlanadi va natijada oyna paydo bo‘ladi.

ISpring modulining ilk interfeysi dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va ishlashi mumkin; juda kam amallar ketma ketligi bajariladi; maxsus bilimlar talab etilmaydi; testlarning 11 xil turini yaratish mumkin; test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin; test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga jo’natiladi; dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi. Kompyuterga Ispring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud.

Testlar bazasi yaratilgach, darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test o‘tkazish vaqti belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach, uni lokal tarmoq uchun, global tarmoq uchun, xujjat shaklda (MS Word) yoki LMS tizimi uchun saqlash imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli .swf formatda saqlanadi. Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun kompyuterda Adobe Flash Player dasturi mavjudligi etarli. Bu oynadan Создать новый тест bo’limini tanlasak testlarni tuzish uchun oyna ochiladi. Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Добавить тест bo’limidan test yaratish amali boshlanadi. Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin: 1. Bitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq. Bu test turida javob variantlarini keraklicha “ добавить ” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.