ENDOGEN JARAYONLAR
ENDOGEN JARAYONLAR Reja : 1.Magmatizm va vulqonizm. 2.Tektonik harakatlar. 3.Platformalar. 4.Zilzila. 5 .Metamorfizm.
Yer po‘stida va yuza q ismidagi barcha o‘zgarishlarga sababchi bo‘lgan ikkita qudratli kuch bor. Ularni endogen va ekzogen kuchlar yoki jarayonlar deb nom berilgan. Birinchisining harakatga keltiruvchi manbai Yerning ichki energiyasi bo‘lsa, ikkinchisiniki tashqi energiya Quyosh energiyasidir. Endogen kuchlar bunyod etuvchi xususiyatga ega bo‘lsa, ekzogen kuchlar barbod etuvchi vazifasini bajaradi. Masalan endogen kuchlar Yer yuzasining barcha notekisliklarini bunyod etsa, ekzogen kuchlar ularni tekislab yuborish bilan band bo‘ladi. Erning ichki qismida bo‘ladigan geologik jarayonlar endogen jarayonlari deb ataladi, erning tashqi kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar esa ekzogen geologik jarayonlar deb ataladi. Endogen geologik jarayonlar magmatizm, metamorfizm va Er po‘stining deformatsiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular ta’sirida Erdagi materiya qayta taqsimlanadi, foydali qazilma konlari vujudga keladi, zilzilalar va vulqon harakatlari ro‘y beradi. Endogen jarayonlar natijasida tog‘lar va vodiylar yuzaga keladi, bu esa Er po‘stining kimyoviy tarkibini va Erning shaklini o‘zgarishiga olib keladi. 1.Magmatizm va vulqonizm. Yer po‘stidagi gaz, tosh, lava, suv bug‘i otilib chiqadigan yoriq va teshiklar hamda otilib chiqqan jinslar hosil qilgan relef shakli vulqon deyiladi. Yer yuzida 530 dan ortiq vulqon bor. Vulqon jinslari tarkibidagi kremniy miqdoriga qarab asosiy (50-55%) va nordon (65 % va undan ko‘p) tog‘ jinslari bo‘ladi. Vulqonlar yoriqdan chiqadigan va markaziy vulqonlarga bo‘linadi. Vulqonlarning geografik oqibatlari iqlimga, relefga, yer osti suvlariga, tuproqqa, o‘simlikka ta’siri katta bo‘ladi. Atrofdagi landshaftlardan ajralib turib, vulqon landshaftini hosil qiladi. Erning ostidan chiqayotgan qaynoq silikatli gazlarga boy eritma magma deb ataladi. Hozirgi tasavvurlarga ko‘ra Er umuman qattiq jism. 50 km chuqurlikda harorat 1500 0 S atrofida bo‘ladi.
Erning ustida bunday haroratda har qanday jism suyuq holatda bo‘lar edi, lekin bu chuqirlikdagi yuqori bosim jinslarni qattiq holatda ushlab turadi. SHuning uchun Erning ichida termodinamik muvozanat mavjud. Bu muvozanatning buzilishi magma hosil bo‘lishiga olib keladi. Magmaning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon va hodisalar magmatizm deb ataladi. Magmaning litosfera qatlamlariga o‘tish (kirish, intruziya) hollarini Plutonizm (qadimgi yunonlarning tasavvurlariga ko‘ra Pluton Er ostidagi dunyo xudosi), magmaning erigan massalarining Er yuzasiga oqib chiqishi hollarini esa vulqonizm (Vulqon-rim mifologiyasida o‘t xudosi) deb ataladi. Otilib chiqqan va o‘zidagi bir necha komponentlarni, asosan gazlarni yo‘qotgan magma lava deb ataladi. Vulqonning qismi. Odatdagi vulqonlar balandligi bir necha metrdan bir necha kilometrgacha bo‘lgan konussimon tog‘lardan iboratdir. Vulqon cho‘qqisida otilish yuz beradigan chuqurlik - krater deyiladi. Vulqonlar kesik konuslardan iborat. Ba’zan vulqonlarning tuzilishi juda assimetrik bo‘ladi.
Ba’zan, diametri bir necha o‘n kilometrga boradigan katta krater kaldera deb ataladi. Magmaning Er ichidan yuqoriga harakatlanishi ikkita omilga bog‘liq: 1. Magmani siqib chiqarish uchun etadigan gidrostatik bosim. 2. Suyuqlik-gaz hajmining ortishi. Greyton hisoblariga ko‘ra 40 km chuqurlikda hosil bo‘lgan magmaning tarkibida 9,4% gaz bo‘lsa, u Er yuzasiga yaqinlashganda hajmi 1155 marotaba ortar ekan. Bu hajmning kattalashishi asosan Er yuzasiga 5 km qolganda boshlanar ekan. Vulqon harakati 3 bosqichdan iborat: 1. Er ostidan tovushning chiqishi, gaz va chang zarralarining otilishi. 2. Portlashning kuchini ortib borishi. 3. Lavaning Er yuzasiga chiqishi. Magma tik tog‘ jinslari, yuqori mantiya (astenosfera) va litosfera quyi qismidagi yuqori temperaturali sili katli tabiiy eritma magmaning kristallanishi natija sida hosil bo‘ladi. Magmaning paydo bo‘lish sharoitiga qarab turli tarkibdagi magmalar hosil bo‘ladi. Magma ning kristallanishi natijasida, ichidagi uchuvchan kom ponentlarning bir qismi kamayadi; buning natijasida magmaning va undan hosil bo‘luvchi jinslarning kimyo viy tarkibi turlicha bo‘ladi. Magma tog‘ jinslarining mineral tarkibi va struk turasiga qarab sinflarga bo‘lish mumkin. Magmatik jinslar hosil bo‘lish sharoitlariga qarab in truziv va effuziv bo‘ladilar. Intruziv jinslar Er qobig‘i dagi qatlamlarga magmaning yorib kirib qotishi nati jasida hosil bo‘ladilar. CHuqurlikda hosil bo‘lishiga qarab, ular abissal yoki chuqur (chuqurligi 7 km), gipabis sal - yarimchuqur (0,5-5 km) intruziv jinslarga bo‘lina dilar.
Effuziv (yoki vulqonli) jinslar Er yuzasida lava ning tezda sovushidan hosil bo‘ladi. SHuning uchun ham ular to‘la kristallanmagan (qisman oynali bo‘lishi) va ba’zan kristallar butunlay bo‘lmaydi, ya’ni faqat vulqon oynasidan tuzilgan bo‘ladi. Vulqonlar Er yuzasida keng tarqalgan bo‘lib, so‘ngan va so‘nmagan harakatdagilarga bo‘linadi. Bu vaqtincha bo‘lib, harakatdagilar so‘nganga yoki aksincha so‘nganlari harakatdagilarga aylanishi mumkin. Harakatdagi vul qonlardan gazlar, qattiq jismlar, suyuq lavalar Er beti ga chiqadi. YOriqlardan quyuluvchi lavalarning ko‘pchiligi (90-95%) bazaltdan, ya’ni tarkibida SiO 2 ning o‘rtacha miqdori 49% bo‘lgan asos lavadan iboratdir. Ular ko‘pin cha katta maydonlarni qoplab yotadilar, qalinligi esa uncha katta bo‘lmaydi. 2.Tektonik harakatlar. Tektonik harakatlar nafaqat Yer po‘stining yirik shakllarini hosil bo‘lishiga balki, landshaftlar rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tektonika (yunoncha) – qurilish, qurish san’ati, degan ma’noni bildiradi. Yer ichidagi (yuqori mantiyadagi) harakatlar natijasida Yer po‘stida ro‘y beradigan bukilish, burmalanish, sinish, siljish, ko‘tarilish, cho‘kish hodisalari tektonik harakatlar deyiladi. Tektonik harakatlar yuqori mantiya bilan yer po‘stining o‘zaro ta’sirida ro‘y beradi. Yer po‘sti asta ko‘tarilib, asta pasayadi. Tezlik har xil bo‘ladi. Platforma va ularning qalqonlarida 1000 yilda 1 mm dan kam ko‘tariladi. Bu esa ularning barqarorligidan dalolat beradi. Keksa tog‘larning oxirgi bumalanish bosqichlarida bu korsatkich 5 m gacha, orogen mintaqalar va hozirgi burmalanish hududlarida esa 20 m gacha ko‘tarilishlar kuzatiladi. Serharakat tog‘ tizmalarida o‘rtacha ko‘tarilish tezligi 1000 yilda 3-5 m ni, eroziya jarayoni natijasida esa bu 0,5-2 m ni tashkil qiladi.Bundan kelib chiqadiki, 8000 m tog‘ shakllanishi uchun 2-8 mln yil vaqt kerak bo‘ladi.