logo

EXCEL DASTURI ASOSIY MA’LUMOTLAR VA HISOBLASH ASOSLARI 12v

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

100 KB
EXCEL DASTURI ASOSIY MA’LUMOTLAR VA HISOBLASH
ASOSLARI
Reja:
1. Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi.
2. Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usullari.
3. Ishchi varaq bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi.
4. Yacheykalar, satr va ustunlar bilan ishlashning asosiy 
usullari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi.
Elektron   jadvallar   hayotning   har   xil   sohasida   uchraydigan ,   avvalambor
hisoblash   va   iqtisodiy   masalalarni   echishda ,  jumladan ,  berilganlarni   tez   o ` zgartirib
turuvchi   masalalarni   tezkor   ravishda   qayta   ishlab   chiqishda ,   masalan ,   bank
hujjatlari   bilan   ishlash   kabi   keng   ko ` lamli   masalalarni   echishda   qo ` llaniladigan
o ` ta   quvvatli   vosita   hisoblanadi .
Hisoblash   elektron   jadvalining   dastlabki   dasturi   1979   yili   Visicals
(Visiblencalculators   -   ko`rinib   turuvchi   kalkulyator)   nomi   bilan   Software   Arts
firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko`p
jihatdan   uning   bozorda   ommabopligi   aniqlandi.   1981   yil   IBM   PS   kompyuteri
paydo   bo`lishi   bilan   bu   tipdagi   kompyuterlar   uchun   elektron   jadvallar   ishlab
chiqila   boshlandi.   Visicals   va   Supercals   dasturlarining   yangi   ko`rinishlari   paydo
bo`ldi,   shu   bilan   birgalikda   Microsoft-   Multiplan   firmasining   birinchi   amaliy
dasturi   paydo   bo`ldi   va   u   elektron   jadvallar   yangi   avlodining   yorqin   yulduziga
aylandi.
Hisoblashlar   natijalarini   ko`rgazmaliroq   tasvirlash   uchun   joylashtirilgan
grafik rejimlarining paydo bo`lishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi
qadami   bo`ldi.   1983   yil   LOTUS   firmasining   1-2-3   paketlari   chiqib,   kutilgandan
xam   ziyodroq   muvaffaqiyatga   erishdi.   Ammo   1997   yil   Microsoft   firmasi
tomonidan   Excel   dasturi   taqdim   etildi,   u   hozirgi   kunda   ham   o`z   sinfidagi   eng
quvvatli   dastur   hisoblanadi.   Shubha   yo`qki,   Excel   eng   ommabop   dasturlardan
biridir.
Bu   dastur   ixtiyoriy   axborotni   (matnlar,   sonlar,   sana   va   hokazolarni)   qayta
ishlab   chiqish   va   saqlash   imkonini   beribgina   qolmasdan,   balki   qilgan   ishingiz
natijasini   bezash,   ko`rgazmaliroq   ko`rsatish   va   chop   etish   imkoniyatini   beradi.
Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
Dastlab   Excelning   ommaviy   imkoniyatlarini   o`zlashtirish   qiyin   emas,   ammo
dasturning   murakkabligi   va   imkoniyatlarining   juda   kengligi   sababli   ular   bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-
yangi imkoniyatlarini ko`rish mumkin.
2. Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usullari.
1. Microsoft Excel ishchi joyini tasvirlash. Ish joyining asosiy elementlari:
-   Sarlavha   paneli   -   hujjat   nomidan   iborat   bo`lib,   tepadan   birinchi   panel.
Sarlavha   panelida   hujjatning   sistemali   menyusi   tugmasi   va   uni   boshqarish
tugmalari mavjud;
-   menyular   satri   -   ikkinchi   yo`lak   menyular   ro`yxatidan   iborat   bo`lib,
ularning har biri shaxsiy menyusiga ega.
Menyuni   tanlash   -   "sichqoncha"   kursorini   menyular   satridagi   menyu   nomiga
joylab, chap tugmasi bosiladi. 
Rasm. Microsoft Excel jadval muharririning oynasi. Har bir menyu vazifalarining tavsifi:
-   "Fayl"   menyusi   -   hujjatlarni   hosil   qilish,   ochish,   saqlash   va   chop   etish,
Excel dan chiqish;
-   "Taxrir"   menyusi   -   diapazondan   voz   kechish,   o`chirish,   nusxa   olish,
joylash, izlash, almashtirish buyruqlari;
-   "Ko`rinish"   menyusi   -   hujjatlarni   namoyish   etish,   uskunalar   paneli   va
hujjat tasvirining masshtabini sozlash;
-   "O`rnatish"   menyusi   -   hujjatga   katakchalar,   varaqlar,   grafik   tasvirlar   va
diagrammalar joylash;
- "Format" menyusi- ajratilgan obyektning tashqi ko`rinishini o`zgartirish;
-   "Servis"   menyusi   -   Excel   vositasi   parametlarini   o`zgartirish,   berilgan
hujjatlarning bog`lanish tahlili;
-   "Ma`lumotlar"   menyusi   -   varaqdagi   axborotni   qayta   ishlab   chiqish
buyruqlari;
  -   "Oyna"   menyusi   -   ochiq   hujjatlar   oynalarini   tartiblash   va   oynaga   hujjatni
ko`chirish;
- "?" menyusi - Excel dasturi bilan ishlash xaqidagi ma`lumotlarni olish;
- standart  uskunalar paneli - Excel ning ko`pchilik eng muhim uskunalarini
o`z   ichiga   oladi.   Ixtiyoriy   uskunani   yuklash   uskuna   belgisida   "sichqoncha"ning
chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi;
-   formatlash   uskunalari   paneli   -   bunda   o`lchamni   belgilovchi   shrift   stilini
o`zgartiruvchi,   shrift   turini   tanlash   imkonini   beruvchi   uskunalar   tugmalaridan
tashkil topgan.
Panellar sonini o`zgartirish mumkinligini eslatib o`ting:
-formulalar   satri   -   ekranda   ajratib   olingan   katakchada   mavjud   ma`lumotni
chiqarish;
-   hujjatning   ishchi   varag`i   -   ustun   va   satrlarga   biriktirilgan   katakchalar
to`plami;
- hujjat varaqlarining qismlarini ishchi varaqlar orasiga ko`chirish; - satr va ustunlar sarlavhasi - ishchi varaqlarining ajratilgan ustun va satrlari
sarlavhasini chiqaradi;
-   vaziyat   paneli   -   ekranning   eng   pastki   yo`lagi   bo`lib,   joriy   joyni   ko`rsatib
turadi, bundan tashqari biror menyu yoki buyruq tanlanganda, vaziyat qatorida bu
buyruq yoki menyu nima ish bajarayotgani haqida ma`lumot hosil bo`ladi.
Shu   bilan   birgalikda,   ish   joyida   vertikal   yo`laklar   mavjud   bo`lib,   ishchi
varag`i ustida siljitish uchun hizmat qiladi. Bu yo`lakda "yugurdak" joylashtirilgan,
vertikal   yo`lakda   u   hujjatning   yuqori   -   pastki   qismiga   ko`chirish   va   ishchi
varag`ining   qaysi   qismida   ishlab   turganingizni   aniqlash   uchun   xizmat   qiladi.
Microsoft Excel fayli ishchi kitobi deyiladi. Excel yuklangach, avtomatik ravishda
yangi ishchi kitobi hosil bo`ladi. Agar Excel  yuklangan bo`lsa, u holda uskunalar
panelidagi   mos   keluvchi   ishchi   kitob   hosil   qilish   tugmasi   yoki   CtrlҚN   tugmalari
birgalikda bosiladi.  Agar  avval  hosil  qilingan ishchi  kitobini  ochish  kerak bo`lsa,
uskunalar   panelidagi   mos   keluvchi   tugma   yoki   (CTRLҚO)   tugmalari   birgalikda
bosiladi va fayllar ro`yxatidan keraklisini tanlab, OK ni bosish kerak. 
2. Ishchi kitobini saqlash:
a) Uskunalar panelidagi tugma yordamida yoki
b) CTRLҚS tugmalar birgalikda bosiladi.
Agar kitob saqlanmagan bo`lsa, "Kabi saqlash" dialog menyusi chiqadi. Fayl
nomi maydoniga ishchi kitobingiz nomini kiriting yoki dasturda tavsiya etilganini
qoldiring. OK tugmasini bosing. Agar kitob oldin saqlangan bo`lsa, dialog oynasi
chiqmaydi.
Boshqa nom bilan saqlash uchun CTRLҚS ni bosish, fayl nomini yozish va 
OK ni bosish kerak.
Ishchi kitobni yozish - Fayl menyusidan Yopish buyrug`i (CTRLҚF4). Agar 
bir necha ishchi kitob ochilgan bo`lsa, u holda Fayl menyusida Hammasini yopish 
buyrug`i bosiladi. Ishchi kitob varaqlardan iboratdir. Ishchi kitob 1 dan 255 gacha bo`lgan miqdordagi varaqlardan tashkil topishi
mumkin. Yangi ishchi kitobi ochilganda, 1 varaq, 2 varaq, ... deb nomlanuvchi 16
varaq   bo`ladi.   Ishchi   kitobi   tarkibida   varaqlarning   quyidagi   asosiy   ko`rinishlari
bo`lishi mumkin:
a) ishchi varaq;
b) diagramma varag`i;
v) VISUAL BASIC tipidagi modul varag`i;
g) dialoglar varag`i.
Varaqlar  nomlari  ishchi  kitobi  oynasining  pastki  qismida  darchada  chiqadi.
Varaqdan   varaqqa   ko`chirish   -   "sichqoncha"   kursorini   kerakli   varaq   nomiga
keltirib,   chap   tugmasini   bosish   bilan   bajariladi.   Faol   varaqning   yorlig`ida   varaq
nomi yarim qalin shrift bilan ajratilgan. 
3. Ishchi varaqlar bilan ishlash uslublari:
a) 1.Varaqni joylash "Joylash" menyusida Ishchi varaq buyrug`i. 
2. SHIFTQF1 tugmalari.
b) 1.Varaqni o`chirish- birinchi varaq yoki varaqlarni tanlash, o`chiriladigan
varaq   ustiga   SHIFTQ,   agar   qo`shni   emas   varaqlar   bo`lsa,   o`chiriladigan   varaqlar
ustiga CTRLQ ni bosish.
2. To`g`rilash menyusidagi varaqni o`chirish buyrug`i.
v) varaqlarni qayta nomlash;
-  Format   Menyusida  Varaq  buyrug`ini  tanlash,   so`ng  qayta  nomlash,   varaq
nomi maydoniga yangi nomni yozish;
- darcha ikki marta bosiladi va yangi nom yozib, ENTERni bosish kerak.
3.Ishchi varaq bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi.
1.   Ishchi   varaq   -   axborotlarni   saqlash   va   qayta   ishlab   chiqish   uchun
mo`ljallangan,   ustun   va   satrlarga   biriktirilgan   katakchalar   majmuidir.   Har   bir katakcha   o`z   adresiga   egadir,   u   kesishish   orqali   topiladigan   ustun   va   satrlar
adreslari bilan beriladi.
Ishchi varaq qismlari xaqida ma`lumotlar berish:
2.   Excel   ning   ixtiyoriy   obyekti   bilan   ishlash   quyidagicha   bajariladi:   avval
ajratib   olinadi,   keyin   bu   obyekt   bilan   ishlash   uchun   buyruq   yoki   uskunalar
panelidan tugma tanlanadi.
Ishchi varag`idan ajratib olingan katakcha faol katakcha deyiladi. Faol 
katakchalar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
a) katakchaga berilganlarni kiritish;
b) katakchadagi mavjud berilganlarni tahrirlash;
v) katakchalarni nusxalash;
g) katakchalarni ko`chirish;
d) katakchalarni formatlash;
e) katakchalarni tozalash;
j) katakchalarni faollashtirilgandan so`ng, unga to`g`ridan-to`g`ri 
berilganlarni kiritish - klaviaturada terish, ENTER ni bosish;
z) berilganlarni formula satri orqali katakchaga kiritish - formula satriga 
bosish, klaviaturada terish, kiritish tugmasini bosish.
Katakchada saqlanishi mumkin bo`lgan berilganlarning turi:
- doimiy qiymatlar (sana, vaqt, pulli miqdorlar, foizlar, kasrlar yoki matn)
-   bu   ma`lumotlar   katakchaga   toki   yangi   ma`lumotlar   kiritilmaguncha,
o`zgarmasligini   ta`kidlash   lozim.   Kasr   sonlarni   kiritishda   ularni   "   ,   "   lar   bilan
ajratiladi. Sana va vaqtlarni kiritish xaqida gapirib bering.
-   formulalar   (mavjud   qiymatlardan   doimiy   qiymat,   katakcha   adreslari,
funktsiyalarni keltirib chiqarish ketma-ketligi) - agar ishchi varag`ining qiymatlari
o`zgarsa,   formula   hisoblash   natijasi   sifatida   chiqaruvchi   qiymatlar   ham
o`zgarishini ta`kidlab o`ting (buni birorta funktsiya misolida tushuntiring).
Kiritishdan voz kechish uchun:
1. Tuzatish menyusidan voz kechishi yoki CTRLҚZ tugmalari bosiladi. b) berilganlarni katakchada tahrirlash:
1   "Sichqoncha"   chap   tugmasini   ikki   marta   bosish,   yangi   berilganlarni
kiritish, ENTER ga bosish yoki
2.   Ishchi   varaq   katakchani   ajratib   olib,   formula   satrida   bosish,   yangi
berilganlarni kiritish, ENTER ni bosish yoki kiritish tugmasini bosing.
v) katakchani nusxalash uchun:
1.   Nusxalash   lozim   bo`lgan   katakchani   ajratib   olish,   Tuzatish   menyusida
"Nusxalash" buyrug`ini tanlash yoki
2.   Katakchani   ajratib   olib,   "sichqoncha"   o`ng   tugmasini   bosish,   kontekstli
menyudan "Nusxalash" buyrug`ini tanlash yoki
3. Katakchani ajratib olib, asboblar panelidagi "Nusxalash" tugmasini bosish
yoki
4.   Katakchani   ajratib   olib,   CTRLҚC   ni   bosish.   Ta`kidlash   lozimki,   ushbu
katakcha nusxasi almashish buferidadir. 
Nusxani katakchaga joylash uchun:
1.   Nusxa   joylanishi   kerak   bo`lgan   katakcha   ajratib   olinadi,   "Tuzatish"
menyusidagi "Joylash" buyrug`ini tanlash yoki
2.   Katakcha   ajratib   olinib,   "sichqoncha"   o`ng   tugmasi   bosiladi,   "Joylash"
buyrug`i beriladi.
3. Katakchani ajratish uskunalari panelidagi "Joylash" tugmasini bosish yoki
4. Katakcha ajratib olinib, CTRLҚV ni bosing.
g) katakchalarni ko`chirishda ular almashish buferiga olinadi va keyin 
mavjud katakchalar ustiga joylashtiriladi.
Ta`kidlab   o`ting:   nusxalash   bilan   ko`chirish   amallari   ketma-ketligi   bir   xil,
faqat   ko`chirishda   amallar   nusxa   olish   buyrug`i   o`rniga   kesib   olish   tanlanadi.
Yangi joyga joylash bir xil.
d) katakchadagilarni formatlash - katakchadagilarni formatlashda quyidagi 
parametrlarni o`zgartirish mumkin: 1. Shrift;
2. Shrift stili;
3. Shrift rangi;
4. Shrift o`lchami;
5. Katakchadagilarni to`g`rilash;
6. Katakchani tekislashni o`rnatish;
7. Katakchani har xil rang va bezaklar bilan to`ldirish.
Katakchadagilarni   formatlash   ishi   WORD   for   WINDOWS   da   matnlarni
formatlashga o`xshaydi.
e)  Katakchalarni  tozalash  - undagilarni  yo`qotish.  O`chirish  va tozalash  orasidagi
farqni ko`rsatish foydali.
Tozalash   amallari   -   katakchani   ajratish,   Tuzatish   menyusida   tozalash   buyrug`i,
keyin   Hammasini   tanlash   (shrift,   o`lcham,   bezaklar,   tekislash,   katakchadagi
axborot   belgilari   ham)   yoki   katakchada   borlarini   tanlash   (faqat   berilganlarni   va
formulalarni),   yoki   formatlar.Ikkinchi   usul   -   katakchani   ajratib   olish   va   DEL
tugmasini   bosish   bilan   faqat   katakchadagilar   tozalanadi.Katakchani   o`chirish   -
katakchani ajratib, Tuzatish menyusida Katakchani o`chirish buyrug`ini tanlash.
4. Yacheykalar oralig`i, satr va ustunlar bilan ishlashning asosiy usullari va
tavsifi
1. Oraliq-bu ishchi varaqdagi ikki yoki undan ko`p ajratilgan yacheykalardir.
Bu erda shuni ta`kidlash lozimki, yacheykalar oralig`i bir vaqtning o`zida bir necha
yacheykalar bilan ishlash imkonini beradi. Bu ishni ancha osonlashtiradi. Oraliqlar
qo`shni   yoki   qo`shni   bo`lmasligi   mumkin.   Qo`shni   oraliqlarni   hosil   qilish   uchun
birinchi yacheyka oralig`ida "sichqoncha"ning chap tugmasini bosish, kursorni esa
oxirgi yacheykagacha olib borish lozim. Qo`shni bo`lmagan oraliqlarni hosil qilish
uchun   esa   "sichqoncha"   chap   tugmasi   yordamida   birinchi   yacheyka   oralig`ini
ajratib   olib,   CTRL   tugmasini   bosing,   keyin   Sizga   kerakli   qo`shni   bo`lmagan yacheyka ustiga qo`ying. Bu amallarni bekor qilish uchun ishchi varag`ining bo`sh
joyiga "sichqoncha" ni olib borib harakatlantiring.
2. Yacheykalar oralig`i bilan ishlashning asosiy uskunalari.
Yacheykalar oralig`idagi axborot oraliqlarning har bir yacheykasida paydo bo`ladi.
Yacheykalar oralig`i ustida bajariladigan amallar:
a) ma`lumotlarni yacheykaga kiritish;
b) yacheykadagi ma`lumotlarni tahrirlash;
v) yacheykalarni nusxalash;
g) yacheykalarni ko`chirish;
d) yacheykalar ichini formatlash; 
e) yacheykalarni tozalash.
Ma`lumotlarni   yacheykalarga   kiritish   uchun   yacheykalar   oralig`ini   ajratib,
ma`lumotlarni   kiritish,   so`ngra   ENTERni   bosish   kerak   (klaviaturadan   kiritilgan
ma`lumotlar hamma yacheyka oraliqlarida paydo bo`ladi). Ma`lumotlarni formula
satri   orqali   yacheykaga   kiritish   uchun   esa   klaviaturada   terish   va   formula   satrida
kiritish lozim. Kiritilganlarni bekor qilish (ENTER bosilgunga qadar) ESC tugmasi
bilan   amalga   oshiriladi.   Kiritilganlarni   bekor   qilish   (ENTER   bosilgandan   keyin)
"To`g`rilash" menyusi yoki CTRLҚZ bilan amalga oshiriladi.
Yacheykalar   oralig`idagi   ma`lumotlarni   tahrirlash   uchun   ishchi   varag`ida
yacheykalar oralig`ini ajratib, yangi ma`lumotlarni kiritib, so`ng ENTER ni bosish
lozim.
Yacheykalarni  nusxalash  uchun   nusxalanishi   kerak   bo`lgan  yacheykalarni  ajratib,
"Tuzatish" menyusidan "Nusxalash" tugmasini bosish kerak.
Yacheykalar   intervalini   ajratish   va   CTRLQC   ni   bosib   ta`kidlash,   katakcha
intervalining nusxasi qo`shimcha varaqda saqlanadi.
Katakchalar intervalining nusxasini qo`yish uchun:
1.   Katak   intervalining   nusxasi   qo`yiladigan   katakni   ajratish,   "Tuzatish"
menyusida "Qo`yish" buyrug`ini tanlash yoki
2.   Katakni   ajratib,   "Qo`yish"   buyrug`ini   tanlab,   "sichqoncha"ning   chap
tugmasi bosiladi yoki 3. Katakni ajratib, uskunalar panelida "Qo`yish" tugmasi bosiladi yoki
4. Katakni ajratib, CTRLҚU ni bosiladi.
g)   ta`kidlash:   katak   oralig`ini   o`zgartirish   amalining   oxirida   nusxalash
o`rniga   qirqish   amali   beriladi.   Yangi   katakchaga   qo`yilib,   "Qo`yish"   tugmasi
bosiladi.
d)   kataklar   oralig`i   mundarijasini   formatlashda   quyidagi   parametrlarni
o`zgartirish mumkin:
1. Shrift;
2. Shrift kattaligi;
3. Shrift rangi;
4. Shrift qalinligi;
5. Katak oralig`ini tenglashtirish;
6. Katak oralig`ini o`rnatish;
7. Kataklarni har xil rang va chiziqlar bilan to`ldirish;
8. Kataklar oralig`ini mundarijasini bo`lish va burish.
e) kataklar oralig`i mundarijasini tozalash - ularning mundarijasini 
yo`qotadi.
Klaviaturadan   foydalanib,   qatorda   yoki   ustunda   katakni   ajratish,   qatorni
ajratish   uchun   SHIFTҚ   BackSpace   ni   bosish,   ustunni   ajratish   uchun   esa
CTRLҚBackSpace ni bosish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Ғуломов С.С., Шермухаммедов А.Т., Бегалов Б.А. Иқтисодий   информатика.   -
Т.: Ўзбекистон, 1999. 
2. Милли
3. й   истиқлол   ғояси :  асосий   тушунча   ва   тамойиллар ,  Т . –  Янги   аср   авлоди , 2001
й .
4. Насретдинова   Ш . С . Windows 95 Excel 7.0  сахифаларида .- Т .:  Ўзбекистон , 
1999.  
5. М.Арипов  Информатика ва хисоблаш техникаси Т.2001й
6. Рахмонқулова С.И. IBM PC  шахсий комп ь ютерида ишлаш.-Т.:Шарқ,1997.
7. А.А. Обидов Информатика.ўқув қўлланма Тошкент 2005й  
8. Холматов Т.Х., Тайлақов Н.И.Амалий математика, дастурлаш ва 
комп ь ютернинг дастурий таъминоти.-Т.: Меҳнат,2000.
9. www . dialog @ bitex . ru ,   www . frolov . ru
10. www.ziyonet.uz

EXCEL DASTURI ASOSIY MA’LUMOTLAR VA HISOBLASH ASOSLARI Reja: 1. Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi. 2. Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usullari. 3. Ishchi varaq bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi. 4. Yacheykalar, satr va ustunlar bilan ishlashning asosiy usullari. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1. Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi. Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan , avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda , jumladan , berilganlarni tez o ` zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda , masalan , bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko ` lamli masalalarni echishda qo ` llaniladigan o ` ta quvvatli vosita hisoblanadi . Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators - ko`rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko`p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981 yil IBM PS kompyuteri paydo bo`lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko`rinishlari paydo bo`ldi, shu bilan birgalikda Microsoft- Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo`ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini ko`rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo`lishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo`ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan xam ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o`z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yo`qki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko`rgazmaliroq ko`rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini o`zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan

tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi- yangi imkoniyatlarini ko`rish mumkin. 2. Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usullari. 1. Microsoft Excel ishchi joyini tasvirlash. Ish joyining asosiy elementlari: - Sarlavha paneli - hujjat nomidan iborat bo`lib, tepadan birinchi panel. Sarlavha panelida hujjatning sistemali menyusi tugmasi va uni boshqarish tugmalari mavjud; - menyular satri - ikkinchi yo`lak menyular ro`yxatidan iborat bo`lib, ularning har biri shaxsiy menyusiga ega. Menyuni tanlash - "sichqoncha" kursorini menyular satridagi menyu nomiga joylab, chap tugmasi bosiladi. Rasm. Microsoft Excel jadval muharririning oynasi.

Har bir menyu vazifalarining tavsifi: - "Fayl" menyusi - hujjatlarni hosil qilish, ochish, saqlash va chop etish, Excel dan chiqish; - "Taxrir" menyusi - diapazondan voz kechish, o`chirish, nusxa olish, joylash, izlash, almashtirish buyruqlari; - "Ko`rinish" menyusi - hujjatlarni namoyish etish, uskunalar paneli va hujjat tasvirining masshtabini sozlash; - "O`rnatish" menyusi - hujjatga katakchalar, varaqlar, grafik tasvirlar va diagrammalar joylash; - "Format" menyusi- ajratilgan obyektning tashqi ko`rinishini o`zgartirish; - "Servis" menyusi - Excel vositasi parametlarini o`zgartirish, berilgan hujjatlarning bog`lanish tahlili; - "Ma`lumotlar" menyusi - varaqdagi axborotni qayta ishlab chiqish buyruqlari; - "Oyna" menyusi - ochiq hujjatlar oynalarini tartiblash va oynaga hujjatni ko`chirish; - "?" menyusi - Excel dasturi bilan ishlash xaqidagi ma`lumotlarni olish; - standart uskunalar paneli - Excel ning ko`pchilik eng muhim uskunalarini o`z ichiga oladi. Ixtiyoriy uskunani yuklash uskuna belgisida "sichqoncha"ning chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi; - formatlash uskunalari paneli - bunda o`lchamni belgilovchi shrift stilini o`zgartiruvchi, shrift turini tanlash imkonini beruvchi uskunalar tugmalaridan tashkil topgan. Panellar sonini o`zgartirish mumkinligini eslatib o`ting: -formulalar satri - ekranda ajratib olingan katakchada mavjud ma`lumotni chiqarish; - hujjatning ishchi varag`i - ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar to`plami; - hujjat varaqlarining qismlarini ishchi varaqlar orasiga ko`chirish;

- satr va ustunlar sarlavhasi - ishchi varaqlarining ajratilgan ustun va satrlari sarlavhasini chiqaradi; - vaziyat paneli - ekranning eng pastki yo`lagi bo`lib, joriy joyni ko`rsatib turadi, bundan tashqari biror menyu yoki buyruq tanlanganda, vaziyat qatorida bu buyruq yoki menyu nima ish bajarayotgani haqida ma`lumot hosil bo`ladi. Shu bilan birgalikda, ish joyida vertikal yo`laklar mavjud bo`lib, ishchi varag`i ustida siljitish uchun hizmat qiladi. Bu yo`lakda "yugurdak" joylashtirilgan, vertikal yo`lakda u hujjatning yuqori - pastki qismiga ko`chirish va ishchi varag`ining qaysi qismida ishlab turganingizni aniqlash uchun xizmat qiladi. Microsoft Excel fayli ishchi kitobi deyiladi. Excel yuklangach, avtomatik ravishda yangi ishchi kitobi hosil bo`ladi. Agar Excel yuklangan bo`lsa, u holda uskunalar panelidagi mos keluvchi ishchi kitob hosil qilish tugmasi yoki CtrlҚN tugmalari birgalikda bosiladi. Agar avval hosil qilingan ishchi kitobini ochish kerak bo`lsa, uskunalar panelidagi mos keluvchi tugma yoki (CTRLҚO) tugmalari birgalikda bosiladi va fayllar ro`yxatidan keraklisini tanlab, OK ni bosish kerak. 2. Ishchi kitobini saqlash: a) Uskunalar panelidagi tugma yordamida yoki b) CTRLҚS tugmalar birgalikda bosiladi. Agar kitob saqlanmagan bo`lsa, "Kabi saqlash" dialog menyusi chiqadi. Fayl nomi maydoniga ishchi kitobingiz nomini kiriting yoki dasturda tavsiya etilganini qoldiring. OK tugmasini bosing. Agar kitob oldin saqlangan bo`lsa, dialog oynasi chiqmaydi. Boshqa nom bilan saqlash uchun CTRLҚS ni bosish, fayl nomini yozish va OK ni bosish kerak. Ishchi kitobni yozish - Fayl menyusidan Yopish buyrug`i (CTRLҚF4). Agar bir necha ishchi kitob ochilgan bo`lsa, u holda Fayl menyusida Hammasini yopish buyrug`i bosiladi. Ishchi kitob varaqlardan iboratdir.