Excel Diagrammalar Bilan Ishlash
DIAGRAMMALAR BILAN ISHLASH REJA: 1. Diagrammalar qurish. Spravochniklardan axborot olish. 2. Oynalar ustida amallar. 3. Varaqlar guruhi bilan ishlash. 4. Instrumentlar paneli ustida amallar.
Diagrammalar grafiklar deb xam ataladi. Ular elek tron jadvallarning ajralmas qismidir. Diagramma — sonli jadval ko’rinishida berilgan axborotlarni ko’rgazmali namoyish etish usulidir. Ma`lumotlarni diagramma shaklida namoyish etish bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez xal qilishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta xajmdagi sonlarni ko’rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir. Diagrammalar asosan sonlar bilan ish yuritadi. Buning uchun ishchi jadval varaqiga bir necha son kiritiladi, So’ng diagramma tuzishga kirishiladi. Odatda, diagramma lar uchun foydalanilayotgan ma`lumotlar bir joyda joylashgan bo’ladi. Ammo bu shart emas. Bitta diagramma ma`lumotlarni ko’p sonli ishchi varaqlar va xatto ishchi kitoblardan xam olishi mumkin. EXCELda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki xil varianti mavjud: 1. Diagrammani varaqning ichki elementi sifatida bevosita varaqka qo’yish. (Bu diagramma joriy kilingan diagramma deb ataladi.) 2. Ishchi kitobning yangi diagrammalar varaqida diagramma qo’yish. Diagramma varaqi ishchi kitobning varaqidan bitta diagrammani Saqlashi va yacheykalari bo’lmaganligi bilan farq qiladi. Agar diagramma varaqi faollashtirilsa, unda EXCEL menyusi u bilan ishlash uchun mos xolda o’zgaradi. Diagrammani joylashtirish usullaridan kat`i nazar, diagramma ko’rish jarayo nini bevosita boshqarish mumkin. Ranglarni o’zgartirish,
shkala masshtabini o’zgartirish, tur (setka) chiziqlariga qo’shimchalar kiritish va boshqa elementlarni kullash mumkin. EXCEL diagrammasi ishchi jadval varaqining ma`lumotlari bilan bevosita bog’liq . Ishchi jadval varaqidagi ma`lumotlar uzgartirilsa, tezda ularga bog’liq bo’lgan diagramma chiziqlari o’zgaradi. Diagrammalarning bir necha xil turlari mavjud: chiziqli, doiraviy, grafik shakldagi va boshqalar. EXCELda diagrammalarning ixtiyoriy turini t uzish mumkin. Ayrim diagrammalar juda murakkab shakllarni xam aks ettiradi. Masalan, bargli, xalkasimon va x.k. Diagrammalar xosil kilingandan keyin u uzgarmas xolatda bo’lmaydi, balki xar doim uning shaklini uzgartirib turish va maxsus bichimlash atribu tlarini qo’shish, yangi ma`lumotlar to’plami bilan to’ldirish, mavjud ma`lumotlar to’plamini boshqa diapazon yacheykalardan foydalanadigan qilib ma`lumotlarni o’zgartirish mumkin. Boshqa grafik ob`yektlar kabi diagrammalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’c hirish xam mumkin. Uning o’lchamlarini, nisbatlarini o’zgartirish, chegaralarini to’g’rilash va ular ustida boshqa amallarni bajarish xam mumkin. Joriy kilingan diagrammaga o’zgartirishlar kiritish uchun sichqoncha ko’rsatkichining chap tugmasini ikki mart a bosish kerak bo’ladi. Bunda diagrammalar faollashib, EXCEL menyusi diagrammalar bilan ishlash uchun kerakli buyruqlarni ko’rsatadi. Joriy kilingan diagrammalarning asosiy afzalligi shundaki, ularni diagramma tuzish uchun foydalanilgan ma`lumotlar yoniga joylashtirish mumkin. Aloxida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi. Agarda bir nechta diagramma tuzmokchi bo’lsangiz, unda
xar birini aloxida varaqlarga joylashtirish maqsadga muvofik. Shunda varaqdagi diagrammalarning «kurinarli lik darajasi» saqlanadi. Bundan tashkari, bu usul kurilgan diagrammalarni tezda topish imkonini beradi, chunki bu xolda diagramma varaqining mukova yorlig’iga mos nomlar berish mumkin. «Master diagramm» (D iagrammalar ustasi) bilan ishlash «Master dia gramm» (Diagrammalar ustasi) yordamisiz diagrammalarni xosil qilishda E XCEL qo’shimcha kursatmasiz, qabul kilingan turini ko’radi. Agar «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) kullanilsa, unda EXCEL bir nechta turini tanlab olish imkoniyatini beradi. «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) piktogrammasi uskunalar panelida quyidagi ko’rinishga ega: «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) ning muloqot darch asining umumiy Ko’rinishi quyidagicha (8.10 -rasm). «Master diagramm» yordamida joriy kilingan diagrammalar ko’rish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: · Diagramma uchun kerakli ma`lumotlar ajratib olinadi va «Vstavka» (Qo’yish) — «Diagramma» buyruqlari tanlanadi. · Diagramma uchun kerakli ma`lumotlar ajratib olinib, sichqoncha ko’rsatkichi «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) piktogrammasiga olib kelinad i va bosiladi.
Ma`lumotlarni ajratib olishda diapazonga qator va ustun sarlavxasi kabi elementlarni xam kiritish tavsiya etiladi. Ma`lumotlar ajratib ko’rsatilgandan So’ng «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi) ishga tushiriladi. 1. Agar «Master diagramm» (Diagrammalar ustasi)ni ishga tushirish oldidan yacheykalar diapazoni belgilangan bo’lsa, unda diapazon manzili Diapazon maydonchasida xosil bo’ladi. Aks xolda diagramma uchun ma`lumotlar ni uz ichiga olgan yacheykalar diapazoni kursatilishi zarur. Diapazonni ko’rsatish kulda yoki tugridan -tugri varaqda ko’rsatilgan xolda amalga oshirilishi mumkin. 2. Ikkinchi bosqichda tuzilayotgan diagrammaning asosiy Ko ’rinishini aniqlash kerak . Diagra mmalarning asosiy Ko ’rinishlari 15 ta bo ’lib , ular shartli belgilar , piktogrammalar Ko ’rinishida keltirilgan . 3. Bu bosqichda tanlab olingan diagrammalarning turli Ko ’rinishlari ko ’rsatiladi .