Fan madaniyat tizimida
Fan madaniyat tizimida 1. Fan madaniyat tizimida. 2. Fan va madaniyat. 3. Fanning ma’naviy madaniyat taraqqiyotidagi roli. 4. O’zbekistonda fan va madaniyat ravnaqi istiqbollari.
Bilish - in’ikos etish va ijodiy o’zlashtirishdan iboratdir. Voqyelikni ijodiy o’zlashtirish jarayonida inson tabiatda uchramaydigan, subyektiv shaklga ega bo’lgan ma’naviy qadriyatlarni yaratadi. Madaniyat – bu qadriyatlarni yaratishga qaratilgan faoliyat, shu faoliyatni darajasi va usuli , yaratilgan qadriyatli predmetlar majmuasi, ijtimoiy hayotga tartib va ma’no beradigan qoidalar, an’analar va tuzilmalardir. Mazkur ta’rifda madaniy hodisani asosiy belgilari ko’rsatilgan: faoliyat, qadriyat, tartib – qoida va ma’no (ma’naviy mazmun). Bu belgilar madaniyatni bir ko’rinishi bo’lgan fanda ham mavjuddir. Fanda qadriyatilar yaratiladigan faoliyat ilmiy tadqiqotlar. Qadriyatlar ishlab chiqilgan, g’oyalar, nazariyalar va ta’limotlardir faoliyat darajasi va usuli tadqiqot olib borish darajasi, tarzi, uslubiy mahoratdir. Tartib qoida ilmiy tadqiqot faoliyatini tartiblashtiradigan nizom va axloqiy normalardir (fan etikasi). Ma’no – ilmiy nazariya va g’oyalarda ifodalangan tasavvurlar, tushunchalardir. Fanda ishlab chiqariladigan qadriyatlar o’ziga xos xususiyatga egadir. Bu xususiyat bilimni mohiyati va funksiyalari bilan belgilanadi. Bilishni mohiyati borlikni o’rganish, in’ikos etish va ijodiy o’zlashtirishdan iboratdir. Voqyelikni ijodiy o’zlashtirish jarayonida inson tabiatda uchramaydigan, subyektiv shaklga ega bo’lgan ma’naviy qadriyatlarni yaratadi. Mana shu ma’naviya qadriyatlarni (tushunchalarni, g’oyalarni, ta’limotlarni) yaratish fanda sodir bo’ladigan madaniy jarayondir. Fanda ishlab chiqiladigan bilimlar, usullar, modellar va hokazolar uning madaniy tomonini bildiradi. Fan qadriyatlarini ikki jihati mavjud:
1. Gnoseologik – bilish shakllari borlikni in’ikos etadi, modelni tashkil qiladi; 2. Aksiologik bilish shakllari (tushunchalar, tamoyillar, g’oyalar) faoliyat dasturini unsuriga aylanadilar, ijtimoiy hayotni shartiga aylanadilar, ahamiyatga qadr-qimmatga ega bo’ladilar tajriba almashish vositasiga aylanadilar. Fanda madaniyat birligi faoliyat dasturini tuzish uchun kerak bo’lgan, ijtimoiy faollikni amalga oshirish vositasi bo’lgan, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatiga ega, shu bois, qar-qimmati bo’lgan bilimdir. Bilim esa tushunchalar, tamoyillar va nazariyalarda ifodalanadi. Bilimni madaniy xodisa qiladigan xislatlar: 1. Ma’naviy ma’no, mazmunga ega bo’lish; 2. Faoliyat dasturini unsuri, qismi; 3. Inson yaratgan sun’iy belgilar tizimida ifodalanadi, mujassamlanadi; 4. Borlikni o’zlashtirish uchun, tashqi va ichki olamni tasvirlash uchun, avlodlar vorisligini ta’minlanganligi uchun qadriyatga ega bo’lishi, ma’naviy qadriyat sifatida ishlab chiqilishi va mavjud bo’lishi. Bilishni boshqa tipdagi madaniy-ma’naviy xodisalardan farq qiluvchi bir qator xossalari bor. 1. Bilishni o’zidan ma’ngaviy va moddiy qadriyatlarni yaratish, amaliyotga bevosita tatbiq qilish uchun bevosita foydalanish mumkin, mazkur xislati bilan fan diniy yoki estetik qadryaitlardan farq qiladi. 2. Ilmiy bilishni qadr-qimmatini oshiradigan va faqat unga xos bo’lgan bir qancha belgilar bor; a) Mantiq qonunlariga qattiq amal qilish;
b) bilishni unsurlarni tizimli tashkil etilganligi; v) asoslanganligi; g) isbotlanganligi d) maxsus ifoda qilish, faoliyatni amalga oshirish vositalarini sun’iy tilni, usulni mavjud bo’lishi. Fan bilim ijtimoiy borliqni, inson yaratadigan madaniy olamni shakllanishida katta rol uynaydi. Shunday qilib, fan, bilan o’ziga xos madaniy hodisa bo’lib ularni madaniy jixatlari madaniy hayotni ko’rish vositalari bo’laganligidan kelib chiqadi. Fan madaniy olamni bir jabhasidir. Bu olamga fan faqat o’ziga xos qadriyatlar va ko’nikmalar bilan kiradi, o’zini madaniy mikroolamni tuzib beradi. 2 .Fan madaniyat tizimida Oldingi savolni ko’rib chiqishimizdan shu narsa ma’lum bo’ldiki, fan ijtimoiy institut sifatida xam maadaniy jarayonlar xosilasi , xam madaniy ma’naviy qadriyatlar yaratiladigan muassasa ekan. Jamiyatda bunday madaniy jarayonlar xosilasi va ayni vaqtda ma’naviy qadriyatlar yaratadigan tuzilmalar ijtimoiy hayotni turli jabxalarida mavjuddir. Bularga asosan din, huquq, san’at afalsafa kabi ma’naviy sohalar va tuzilmalar kiradi. Fan evolyusiyasini dastlabki paytlarida uning madaniyatini boshqa tuzilmalari bilan munosabati va aloqadorligi ta’sirchan bo’lmagan.
Nazariy bilim tizimi sifatidla fan antiq davrda ancha rivojlangan bo’lsada, u amaliyot bilan kam bog’langan edi. Jamiyat miqyosida fanni ma’naviy hayotdagi o’rni salmoqli emas edi. O’rta asrda fang e’tibor jaiyat, davlat tomonidan birmuncha kuchaydi. Turli akademiyalar, universitetlar, o’quv yurtlar paydo bo’ldi. Lekin ma’naviy hayotda hukmdor mavqyeini din, diniy ong egallagan. Fan va filosofiya predmetlari va muammolari diniy ong tamoyillari va paradigmasiga buysundirilgan edi. Yangi dafrida fanni mohiyati va kuchini faylasuflar va olimlar anglay boshladilar. Fan falsafaga katta ta’sir ko’rsata boshladi. Keyinchalik fan ijtimoiy ong shakllarini nazariy darajalariga xam, jumladan, axloqshunoslik, san’atshunoslikka, madaniyatshunoslikka ta’sir ko’rsatib, ularni ilmiy salohiyatlarini ko’tardi. XX asrda bergan fan – texnika inqilobi madaniyatni barcha jabhalariga ta’sir ko’rsatadi. Fanni ijtimoiy hayotdagi roli ko’tarilib ketdi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Madaniyatni mag’zini ma’naviylik tashkil qiladi. Ma’naviyat esa bir qancha qatlamlardan iborat. a) nazariy ong qatlami: b) ma’naviy qadriyatlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish qoidalari udumlari, an’anlari, qatlami. v) qadriyatlarni amaliy ishlab chiqarish qatlami fan san’at hunarmandchilik, loyixalashtirish (dizayn) konstruktorlik va boshqalar.