IBTIDOIY MA’NAVIY MADANIYAT
IBTIDOIY MA’NAVIY MADANIYAT REJA. 1. Madaniyat tushunchasi. 2. Foydali bilimlarning o‘sishi. 3. Ibtidoiy san’at. 4. Ibtidoiy din shakllari: totemizm, fetishizm, animizm, shamanizm va magiya.
1.Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo‘lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya’ni, jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig‘indisi madaniyatda gavdalanadi. «Madaniyat» atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. «Madaniyat» va «Kultur» atamalari mutaxassislar fikriga ko‘ra lotincha «ishlov berish», «parvarish qilish» ma’nosini anglatgan. Keyinchalik «ma’rifatli bo‘lish», «tarbiyali», «bilimli bo‘lish» mazmunida ishlatilgan. O‘zbek tilida keng ishlatiladigan «Madaniyat» atamasi arabcha «madaniy»-»shaharlik» degan ma’noni bildiradi. Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonlarning 1952 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo‘lsa, so‘nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi. 2. Ibtidoiy san’at. Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g‘orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so‘nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g‘ori). O‘rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo‘ladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko‘tariladi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning turli namunalari topilgan. O‘rta Osiyoning tog‘lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil. Bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir. O‘zbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o‘q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg‘a, qopqon kabi narsalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.
Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo‘lib, bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o‘sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g‘oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Shuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy san’atning eng rivojlangan bosqichi neolit davriga oiddir. Bu davr Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub yod- gorliklardan ibtidoiy san’atning juda ko‘plab namunalari topilgan. Neolit davri odamlari idishlarga har xil rangdagi bo‘yoq bilan turli naqshlar, odam va hayvon tasvirlarini ifoda etganlar. Shu bilan birga loydan yasalib, pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi. 3. DINNING IBTIDOIY ShAKLLARI Kishilar turmush tarzidagi va jamiyat xayotidagi u´zgarishlar insoniyatning diniy ishonch, e’tikod ma’lum evolyusiyaning yuz berishiga sabab bu´lgan. Ana shu asosga turli din shakllari yuzaga kelgan. Bular urug-kabilachilik (ibtidoiy) dinlari, milliy dinlar va jaxon dinlari. Shu bilan birga dinlar mazmun va moxiyatiga ku´ra politeistik (ku´pxudolik) va monoteistik (yakkaxudolik) dinlariga bu´linadi. Xozirda jaxon dinlari bu´lishi Zardushtiylikka sayyoramiz axolisining 130 mingga yakini, Buddaviylikka 800 million, Xristianlikka 2 milliard, Islom diniga 1,3 milliardi e’tikod kilishi rasmiy ma’lumotlarda kayd etilgan. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshka soxalari u´ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafakat uning xayoti va faoliyatiga fe’l-atrofiga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli xayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustaxkam xakikiy yoki soxta mantikiy konuniyatlarini kashf etishiga ta’sir ku´rsatdi. U ibtidoiy bu´lsa xam aklliy, fikr yurituvchi, ma’lum taxlilga kobiliyatli, konkret xolatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalariga ega bu´lgan odam
edi. Bilim mikdorini nixoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi, oldingi turgan xayotdan ku´rkuv va uni yengishgi bu´lgan intilish, amaliy tajribaning uzluksiz ku´payishi, tabiati kuchlarga mutloko tobelik va undan kutilishga tirishishi, arof muxit injikliklari va ularni yengish va xakozo. Bularning barchasi shunga olib bordiki uning ilk kadamidan nafakat mantikiy talabchanlik, balki xissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chi³di. 20-50 kishidan iborat b ´lgan kichik kabila mexnat faoliyati jarayoni (ov, ozuka izlash, kurol yashash, turar joyni jixozlash, olovni saklash va xakozo.) Doimiy ijtmoiy munosabatlar, oilaviy urugdoshlik alokalari va xodisalar jarayonida nikox alokalari, ik´lim ushbu jamoaning ruxoniylari gayritabiiy kuchlar va vokelik u´rtasidagi gayri oddiy alokalar tu´grisida ibtidoiy tasavvurlar mustaxkamlanib borgan. Real xayot bilan birgalikda o‘zga dunyo mavjudligi, marxumlar tiriklar xayotiga ta’sir eta olish to‘g‘risidagi goyalar yuzaga keldi. Ibtidoiy odam o‘z karindoshlarini ku´mishda maxsus marosimlar ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal kilar edi. Jasadni kizil mineral bu´yok bilan koplar, uning yoniga kundalik extiyoj buyumlari zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va xakozo ku´yilar edi. Bularning bari u´z jamoa a’zolarini dafn etayotgan jamao oxirat mavjud ekanligi xakida iyutidoiy tasavvurlarga ega bu´lganidan dalolat beradi. Arxelogik izlanishlar jarayonida yer yuzining turli joylaridagi gorlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan suratlarning ko‘pchiligi ov saxnasi, odam va xayvonlarning ta’virlari, xayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim xayvon kiyofasidagi mavjud suratlaridan iborat bu´lgan. Bu suratlar dalolat kildiki u´zlari va xayvonlar u´rtasidagi tabiiy va gayritabiiy alokalar mavjudligi xakidagi tasavvurlarga ega edilar. Bu bilan birga marxum ajdodlarning ruxlar sexrli usullar bilan xayvonlar xulkiga ta’sir etish imkoniyatiga ega deb bilardilar. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marxumlar u´rtasidagi vositachilar ya’ni turli xildagi sexrgarlar va shamonlar faoliyatining kelib chikishiga sabab bo‘ldi. Ibtidoiy odamlar xozirgi davrdagi singari t o‘ la shakllangan diniy sistemaga ega bu´lmagan. Ularda boshlangich diniy tasavvurlargina bu´lgan xalos. Dinning
ana shunday ibtidoiy shakllariga totemizm, animizm, fetishizm, shomanizm xamda magiya ( sexrgarlik ) kabilar kiradi. Dinning bu shakllari urugchilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bu´lgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning kundalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan muhim ishlar: jumladan tug‘ilish, ozuqa topish, ov qilish, o‘z xavfsizligini ta’minlash, dafn marosimi kabilar turli diniy tasavvur va e’tiqodlar bilan bog‘liq bo‘lganligini ko‘ramiz. Dafn etish jarayoni. Qadimgi dunyo tarixidan ma’lumki, odamzod yaratilganidan buyon o‘z qarindoshlarini ko‘mishda maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilib keladi. Masalan, Qadimgi Misrda fir’avnlar jasadi qizil mineral bo‘yoq bilan qoplanar, yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb- ziynatlar kabi turli-tuman asbob anjomlar qo‘yilar edi. Bu ham o‘z navbatida o‘z jamoa a’zolarini dafn etayotgan jamoaning oxirat mavjud ekanligi haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Ov qilish. Shu paytga qadar olib borilgan arxeologik izlanishlar davomida yer yuzining turli joylaridagi g‘orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan. G‘orlardagi suratlarning ko‘pchiligida ov qilish jarayoni, odam va hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim hayvon qiyofasidagi mavjudotlar tasvirlangan. Demak, ibtidoiy odam o‘zi va hayvonlar o‘rtasidagi tabiiy va g‘ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqida tasavvurga ega bo‘lgan va ayni paytda marhum ajdodlarining ruhlari sehrli usullar bilan hayvonlar hulqiga ta’sir etish imkoniyatiga ega deb bilgan. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marhumlar o‘rtasidagi vositachilar: sehrgarlar va shamanlar faoliyatining shakllanishiga turtki bo‘lgan bo‘ldi. Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarga ko‘ra, uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din shakllarida namoyon bo‘lgan. Totemizm. Totem-biror urug‘ yoki qabila ibtidosi, urug‘ asoschisi, ajdod, urug‘ jamoalari topinib, uni muqaddas tutgan hayvon. Totemizm e’tiqod shakli ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o‘simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik