logo

Fuqarolik jamiyati nazoratini kuchaytirishda davlat hokimiyati organlari faoliyati ochiqligining ahamiyati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.03125 KB
Fuqarolik jamiyati nazoratini kuchaytirishda davlat hokimiyati organlari
faoliyati ochiqligining ahamiyati
Reja
1.   O‘zbekiston da     ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   demokratik   yo‘li ni
tanla nishi.
  2.   I jtimoiy   tartibni   o‘rnatish da   d avlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari
faoliyatining ochiqligini ng ahamiyati.
3.Rag‘batlantirish jarayonida   fuqarolik jamiyati nazoratni samarali qilishda
ochiqlikninng o‘rni. Bugungi   kunda   dunyoning   barcha   davlatlari,   jumladan ,   O‘zbekiston   ham
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   demokratik   yo‘li ni   tanladi.   Chunki   hozircha
insoniyat   demokratiyadan   afzalroq   bo‘lgan   taraqqiyot   yo‘lini   hali-hanuz   o‘ylab
topgani   yo‘q.   Demokratiya   hokimiyatning   xalq   tomonidan   shakllantirilishi   va
nazorat   qilinishi dir .   Xalq   hokimiyatni   shakllantirishda   ishtirok   etsayu,   lekin
nazorat   qilishda   ishtirok   etmasa,   hokimiyat   halqning   manfaatini   ifodalamay
qo‘yadi.   Nazorat   bo‘lmagan   joyda   e sa   hokimiyat   xalqqa   xizmat   qilmaydi,   balki
hukmronlik   qila   boshlaydi   va   bunday   joyda   ertami-kechmi   demokratiya   o‘rnini
diktatura   egallaydi.   Diktatura   –   bu   zuravonlik,   zo‘ravonlik   bo‘lgan   joyda
adolatsizlik   kelib   chiqadi,   adolatsizlik   bo‘lgan   joyda   odamlar   norozi   bo‘l a di,
norozilik   parokandalikka   olib   keladi   va   mustaqillikning   bardavomligini   gumon
qilib   qo‘yadi.   Shunga   asosan   milliy   xavfsizligimizga   eng   kuchli   tahdid   –   bu
adolatsizlik   deb   aytish   mumkin.   Shunday   ayanchli   holat   bo‘lmasligi   uchun   xalq
hokimiyatni   nazorat   qilib   borishi   kerak,   lekin   buning   uchun   xalq   kuchli   bo‘lishi
lozim. “Kuchli davlatdan   –   kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili   asosida ishlab
chiqilgan   “Mamlakat i mizda   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va
fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi ”   va   “2017-2021   yillarda
O‘zbekistonni   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakaatlar
strategiyasi”   hokimiyatni   nazorat   qilishga   qodir   bo‘lgan   davlat   va   jamiyat   (xalq)
nazoratidan iborat bo‘lgan tizim ni shakllantirishga qaratilgan. Konsepsiyada taklif
qilingan   qonunlar,   jumladan,   2014   yil   yanvar   oyidan   kuchga   kirgan   “Davlat
hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligi   to‘g‘risida” 1
gi   qonun
xal q  nazoratining huquqiy asosi bo‘lib, fuqarolik jamiyatini kuchli   qilishga xizmat
qiladi. Xalq nazorat qilishi uchun kuchli bo‘lishi kerak, kuchli bo‘lishi uchun esa,
birlashgan   va   xabardor   bo‘lishi   kerak.   Insoniyat   allaqachonlar   yakka   harakat
qilgandan ko‘ra birlashgan holda harakat qilish samarali ekanligini anglab yetgan.
Xalqning birlashganlik holati fuqarolik jamiyati degan tushuncha bilan ifodalanadi,
chunki fuqarolik jamiyati deganda fuqarolar birlashmalarining majmui tushuniladi.
1
Каримов И.А. Мамлакатмизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2010 йил, 31-бет. Jamiyat   nazoratini   kuchli   qilish   uchun   jamiyat   hokimiyat   faoliyatidan
xabardor   bo‘lishi   kerak   va   buning   uchun   xalqqa   hokimiyat   faoliyati   to‘g‘risida
axborot berish lozim. Agar xalq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati
to‘g‘risida axborotga ega bo‘lmasa, u o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshira
olmaydi.   Jamiyat   nazorati   bo‘lmagan   joyda   ijtimoiy   tartibning   barqarorligini
ta’minlab   bo‘lmasligini   tarix   yaqqol   ko‘rsatib   bergan .   Buni   anglab   olgan   sobiq
sh o‘ rolar   davlati   rahbariyati   “Xalq   nazorat i   to‘g‘risida”   qonun   qabul   qilib ,   uni
amalga tatbiq etishga xarakat qiladi. Lekin bu qonun asosida tuzilgan xalq nazorati
komitetlari   jamiyat   nazoratini   tashkil   qila   olmadi,   oqibatda   ijtimoiy   tartibsizlik
kuchayib   bordi   va   dunyodagi   qudratli   davlatlardan   biri   bo‘lgan   sho‘rolar   davlati
barham topdi. 
Bugungi   kunda   O‘zbekiston   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   uchun   yangi
tashkilot   tuzishga   emas,   balki   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   orqali   xalq
nazoratini  tashkil  qilishga harakat  qilmoqda. Chunki  har  qanday  tashkilot  ertami-
kechmi yuqoridan amalga oshirilayotgan nazorat vositlaridan biriga aylanib qoladi.
Demak ,   xalq   nazoratini   tashkil   qilish   uchun   yangi   tashkilot   tuzish   emas,   balki
xalqni fuqarolik jamiyati institutlariga birlashtirish lozim. Lekin fuqarolik jamiyati
institutlari o‘zlarining nazorat funksiyalarini amalga oshirishlari uchun ular davlat
hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatidan   xabardor   bo‘lishlari   lozim.   Xalq
xabardor   bo‘lsagina,   o‘zining   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishi,   bu   borada
davlatga   hamkor va sherik bo‘lishi mumkin bo‘ladi . Nazorat borasida sheriklik
bo‘lishi uchun har ikkala tomon teng bo‘lishi   va bu sheriklikdan har ikkala tomon
manfaatdor   ekanligini   anglab   olgan   bo‘lishi   lozim.   Buni   anglab   olish   uchun
ijtimoiy   tartib   o‘rnatilmagan   joyda   davlat   a’zosi   ham,   jamiyat   a’zosi   ham   erkin
bo‘la   olmasligini   bilish   kerak.   Qachon   va   qaerda   nazorat   borasida   davlat   va
jamiyat   sherik   bo‘lsa,   o‘sha   vaqtda   va   o‘sha   yerda   ijtimoiy   tartib   o‘rnatiladi.
Chunki   jamiyatda   tartib   o‘rnatishga   mas’ul   bo‘lgan   davlat   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishi   uchun   uning   o‘zida  tartib  o‘rnatilgan   bo‘lishi   lozim.   Buning   uchun  esa
davlat ham nazorat ostida bo‘lishi kerak va bunday nazoratni   faqat jamiyat amalga
oshirishi   mumkim.   Boshqa   biror   bir   tashkilot,   siyosiy   tuzulma   jamiyat   nazorati o‘rnini   bosa   olmaydi   va   tezda   yuqoridan   bo‘lgan   nazorat   shakllaridan   biriga
aylanib qoladi.
Davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligi
ta’minlanishi   uchun  axborot   beruvchi  va   axborot  oluvchi  ochiqlikdan  manfaatdor
ekanligini anglab olgan bo‘lishi lozim. Buning uchun davlat ham, jamiyat ham bir
oddiy haqiqatni ,  ya’ni jamiyatning mavjud bo‘lishi va taraqqiy topishining muhim
sharti ijtimoiy tartib ekanligini bilishlari kerak. Ijtimoiy tartib deganda adolatning
qaror topganligi tushuniladi .   Adolatsizlik bo‘lgan joyda odamlar norozi bo‘ladi va
ertami-kechmi   bunday   holat   mustaqillikning   qo‘ldan   ketishiga   olib   keladi.
Mustaqillik inson baxtli bo‘lishining muhim sharti hisoblanadi, chunki inson baxtli
bo‘lishi  uchun  u erkin bo‘lishi   kerak, lekin  erkin  bo‘lishi  uchun  u oldin  mustaqil
bo‘lishi   kerak.   Demak,   mustaqillikni   asrash   uchun   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan   va
adolat   qaror   topgan   bo‘lishi   kerak.   Buning   uchun   jamiyatda   demokratik   tartib
o‘rnatilgan   bo‘lishi,   demokratiya   bo‘lishi   uchun   jamiyat   o‘zining   nazorat
funksiyasini amalga oshirishi kerak, buning uchun u davlat hokimiyati faoliyatidan
xabardor   bo‘lishi   lozim.   Agar   jamiyat   davlat   hokimiyati   faoliyatidan   xabardor
bo‘lmasa,   o‘zining   nazorat   funksiyasini   amalga   oshira   olmaydi   va,   demak,
demokratiya ham namoyon bo‘lmaydi.
2.   I jtimoiy   tartibni   o‘rnatish da   d avlat   hokimiyati   va   boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligini ng ahamiyati.
Davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligini
ta’minlashda   asosiy   e’tibor   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
jihatlarga   qaratilishi   maqsadga   muvofiqdir.Chunk i   ijtimoiy   tartib   jamiyat
traqqiyotining   muhim   sharti   hisoblanadi   va   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilmagan   joyda
inson   erkin   va ,   demak ,   baxtli   bo‘la   olmaydi.   Ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan   joyda
barcha   ijtimoiy   muammolarni   hal   qilishga   keng   imkoniyatlar   paydo   bo‘ladi.
Boshqacha   qilib   aytganda ,   ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilmaganligi   yoki   beqarorligi
barcha ijtimoiy muammolarning kelib  chiqishi   sababi  hisoblanadi.  Sabab  bartaraf
qilinmasa,   oqibat   bartaraf   qilinmasligi   aniq .   Sotsiolog   olimlarning ta’kidlashlaricha,   jamiyatda   u   yoki   bu   voqelikning   mavjud   bo‘lishi   uchun   uni
keltirib   chiqargan   voqelik ,   ya’ni   sabab   mavjud   bo‘l i sh i   kerak.   Bugungi   kunda
insoniyat   jamiyatida   mavjud   bo‘lgan   barcha   ijtimoiy   muammolarning   sababi
ijimoiy   tartibning   barqarorligi   ta’minlanmaganligi   ekan,   asosiy   e’tibor   ijtimoiy
tartibni o‘rnatish masalasiga qaratilishi lozim. Buning uchun, eng avvalo, ijtimoiy
tartib nima ekanligini anglab olish kerak   bo‘ladi. 
Ijtimoiy   tartib   –   bu   huquq   va   axloq   normalariga   rioya   qilishning
ta’minlanganlik holatidir.   Huquq va axloq o‘z-o‘zidan tartibni o‘rnatmaydi, buning
uchun   ularga   rioya   qilish   ta’minlangan   bo‘lishi   lozim.   Buning   uchun   esa   ularga
rioya qilish nazorat qilinishi kerak, nazorat qilinganda ham faqat yuqoridan emas,
balki quyidan ham nazorat qilinishi kerak. Yuqoridan ijtimoiy tartibni o‘rnatishga
mas’ul   bo‘lgan   hokimiyat   tarmog‘i   sud   hokimiyati   hisoblanadi,   shuning   uchun
jamiyat   nazorati   asosiy   e’tiborni   sud   hokimiyati   faoliyatini   nazorat   qilishga
qaratishi lozim. Hokimiyat tarmoqlari ,  ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyati   o‘z   funksiyalarini   to‘g‘ri   bajarishlari   uchun   ularning   o‘zlari   jamiyat
nazorati   ostida   bo‘lishlari   kerak.   Har   uchala   hokimiyat   tarmoqlarini   birlashtirib
turadigan   va   ularning   faoliyatini   uyg‘unlashtirib   turadigan   narsa   –   bu   qonundir.
Biri qonunni ishlab chiqadi, ikkinchisi qonunga asoslanib jamiyatni boshqaradi va
uchinchisi   qonunga   rioya   etishni   nazorat   qiladi.   Demak,   har   uchala   hokimiyat
tarmoqlari   qonun   atrofida   faoliyat   olib   boradi   va   sud   hokimiyati   qonunga   rioya
qilishni   to‘liq   ta’minlay   olsagina   qonun   ahamiyatga   ega   bo‘ladi.   Agar   qonunga
rioya   qilish   ta’minlanmasa,   uning   hech   qanday   ahamiyati   yo‘q   va   har   qanday
yaxshi  qonun ham  oddiy qog‘ozga aylanib   qoladi. Shuning uchun ham  nazoratda
asosiy   e’tibor  sud   hokimiyati   faoliyatiga   qaratilishi   lozim,  buning  uchun   esa,  sud
hokimiyati faoliyatining ochiqligi   va oshkoraligi ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
Bu   boradagi   muammolardan   biri   sud   mustaqilligini   nazoratsizlik   deb
yanglish,   xato   tushunishdir.   Mustaqil   degani   nazoratsiz   degani   emas,   balki   uning
ishiga   biror -   bir   mansabdor   shaxsning   aralashuvidan   mustaqil   deganidir,   lekin
jamiyat nazoratidan mustaqil degani emas. Chunki demokratiya hokimiyatni ng  har
uchala tarmog‘ini   jamiyat nazorati ostida bo‘lishini talab qiladi. Qolaversa,   s udya ham   boshqa   barcha   odamlar   kabi   egoizm   hususiyatlariga   ega   va   aynan   ana   shu
egoistik   hususiyat   nazoratni   taqozo   etadi.   Umuman,   inson   zoti   nazorat   ostida
bo‘lishi   kerak,   chunki   barcha   insonda   tabiatan   egoistik   hususiyatlar   mavjuddir.
Faqat osmonda uchib yurgan farishtalarda egoistik hususiyat bo‘lmasligi mumkin,
chunki ular yerda yurmaydi. Demak, yer yuzida yuradigan inson zoti bor ekan, u ,
albatta ,   ijtimoiy   nazorat   ostida   bo‘lishi   lozim.   Sudya   adolatli   hukm   chiqarishi
uchun   u   jamiyat   nazorati   ostida   bo‘lishi   kerak,   ayni   paytda   nazorat   deganda   sud
hokimiyati faoliyatidan jamiyatning xabardorligi ham  tushuniladi. Agar ommaviy
axborot   vositalari   sud-huquq   tizimi   faoliyatini   va,   eng   avvalo,   sud   jarayonining
ochiqligi   va   oshkoraligini   ta’minlay   olsalar,   ana   o‘shanda   sud   hukmi
adolatliligining   kafolatini   ta’minlash   mumkin   bo‘ladi.   Agar   faqat   yuqoridan
nazorat qilinsa, sud hukmi adolatliligining kafolatini ta’minlab bo‘lmasligini sobiq
sho‘rolar   davlati  tarixi   yaqqol  ko‘rsatib   ber di. Demak,  sud  hukm i   adolatliligining
kafolati   –   bu yuqoridan davlat  va quyidan jamiyat nazoratining uyg‘unligi hamda
sud-huquq tizimi faoliyatining ochiqligidir.
  Davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyati ning   ochiqligini
ta’minlashda sud hokimiyatining ochiqligini ta’minlash bilan birga, hokimiyatning
har   uchala   tarmog‘ida   kadrlarni   tanlash   va   joy-joyiga   qo‘yish   jarayonidagi
ochiqlikni ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratish lozim.   Chunki aynan ana shu
jarayonda   pora   berish   ehtimoli   kuchli.   Qaerda   pora   berib   ishga   kirildimi,   o‘sha
yerda   kadrlarning   saviyasi   pasayib   boradi,   natijada   taraqqiyotni   ta’minlab
bo‘lmaydi va ertami-kechmi inqiroz boshlanib, jamiyat parokanda bo‘la boshlaydi.
Chunki   poraxo‘rlikka   asoslangan   kadrlar   tanlash   tizimida   kuchli   kadrlar   o‘z-
o‘zidan   chetga   chiqib   qoladi.   Bunday   ayanchli   holat   ro‘y   bermasligi   uchun
kadrlarni   tanlash   tizimida   ma’lum   bir   mezonlarga   rioya   qilish   nazorat   ostiga
olinishi lozim. Buning uchun ushbu jarayonda ochiqlik va oshkoralik ta’minlangan
bo‘lishi   kerak,   ya’ni   kim   qaysi   sifatlari   uchun   u   yoki   bu   lavozimga   ega
bo‘lganligini   jamiyat   bilishi   kerak.   Kadrlarni   tanlashda   ilmiy   salohiyat,   ma’naviy
yuksaklik va oiladagi muhitning sog‘lomlik darajasi asosiy mezonlar sifatida qabul
qilinishi   lozim.   Chunki   har   qanday   rahbar   biror-bir   jamoani   boshqarishi   uchun unda   ilmiy   salohiyat   bo‘lishi   kerak.   Bilim   unga   oldindan   ko‘ra   bilish   va   xatodan
asrash   imkoniyatini   beradi,   bu   esa,   har   qanday   rahbar   uchun   muhim   ahamiyatga
ega. 
Ma’naviy   yuksaklik   insonga   o‘z   ustidan   hokimiyatga   ega   bo‘lishni
ta’minlaydi   va   o‘z   ustidan   hokimiyatga   ega   bo‘lgan   odamgina   o‘zgalar   ustidan
hokimiyatga ega bo‘lishi mumkin. O‘zini boshqara olmagan odam o‘zgalarni ham
boshqara   olmaydi   va   u   rahbar   qilib   qo‘yilgan   jamoada   tartib   bo‘lmaydi.   Tartib
bo‘lmagan  joyda  odamlar   norozi  bo‘l a dilar,  norozilik  bo‘lgan  joyda  parokandalik
kelib   chiqadi.   Kadrlarni   tanlashda   nomzodning   oiladagi   muhitining   sog‘lomligi
shunisi bilan muhimki, agar oilada muhit nosog‘lom bo‘lsa, demak, u o‘z oilasini
boshqara olmagan bo‘ladi. O‘z oilasini boshqara olmagan odam qanday qilib biror -
bir   jamoani   boshqara   oladi?   Barcha   darajadagi   rahbarlarni   tanlashda   ana   shu
mezonlarga   rioya   qilishni   ta’minlash   uchun   ushbu   jarayonlarning   ochiqligi   va
oshkoraligi ta’minlangan bo‘lishi lozim. Kadrlarni tanlash jarayonidagi ochiqlik va
oshkoralik   ushbu   jarayondagi   jamiyat   nazoratini   ta’minlab,   kuchli   kadrlarning
shakllanishi   uchun   asos   bo‘ladi.   Kuchli   kadrlar   islohotlarni   amalga   oshirishga   va
jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga qodir bo‘ladi.
3.Rag‘batlantirish   jarayonida     fuqarolik   jamiyati   nazoratni   samarali
qilishda  ochiqlikninng o‘rni.
Davlat  hokimiyati va boshqaravi  organlari faoliyatining ochiqligi yana bir
sohada,   ya’ni   rag‘batlantirish   tizimida   kuchayishi   muhim   ahamiyatga   ega.
Rag‘batlantirish   tizimida   ochiqlik   ta’minlanmasa   va   buning   natijasida   nazorat
kuchaymasa,   nomunosib   kadrlarni   qadrlash   va   taqdirlash   holati   kelib   chiqadi.
Bunday   holat   ro‘y   bermasligi   uchun   kim   nima   uchun   va   qaysi   xizmatlari   uchun
taqdirlangan   bo‘lsa,   o‘shandan   jamiyat   xabardor   bo‘lishi   lozim.   Boshqacha   qilib
aytganda,   agar   biror - bir   kishi,   biror - bir   mukofotga   sazovor   bo‘lsa,   u   o‘sha
mukofotga sazovor bo‘lishga munosib ekanligini jamiyatga isbotlab berishi kerak.
Ana shunday tartibni joriy qilish turli xil noqonuniy yo‘llar bilan rag‘batlantirishga
intiladigan   odamlarning   kamayishiga   olib   keladi,   chunki   hech   kim   pora   berib, ya’ni   nomunosib   tarzda   mukofotga   erishganligining   jamiyat   oldida   oshkor
bo‘lishini   xohlamaydi.   Ming   afsuski,   turli   xil   noqonuniy   yo‘llar   bilan,   jumladan,
pora berib rag‘batlantirishga intiluvchi   nomunosib odamlar, albatta, topiladi. Agar
rag‘batlantirishga   mas’ul   bo‘lgan   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organi   mas’ul
xodimlari bir marotaba pora evaziga biror - bir shaxsni rag‘batlantirsa, boshqa biror -
bir munosib odam rag‘batlantirish uchun pora bermasa, u rag‘batlantirilmay qolib
ketishi mumkin.
  Rag‘batlantirish   tizimidagi   bunday   adolatsizlik   odamlarda   davlatga
nisbatan   ishonchsizlik   va   norozilikni   keltirib   chiqarishi   aniq.   Chunki   sud
hokimiyatidagi   va   kadrlar   tanlash   tizimidagi   adolatsizlikdan   rag‘batlantirish
tizimidagi adolatsizlik ikki karra kuchliroqdir. Nega deganda,   aslida boshqalardan
kuchli   bo‘lgan   va   samarali   mehnat   qilgan   odamlar   taqdirlanishi   va
rag‘batlantirilishi   lozim,   demak,   ularni   taqdirlamaslik   adolatsizlik,   lekin   munosib
odam qolib ketib nomunosib odam taqdirlanishi ikki karra adolatsizlikdir. Shuning
uchun   davlatning   rag‘batlantirish   tizimida   ochiqlik   va   oshkoralikni   ta’minlashga
alohida   e’tibor   qaratish   lozim.   Yuqorida   tahlil   qilingan   har   uchala   holatni,   ya’ni
sud-huquq   tizimi,   kadrlar   tanlish   tizimi   va   rag‘batlantirish   tizimi   faoliyatining
umumiy   tomoni   shundaki,   ularga   pora   berish   ehtimoli   mavjud.   Demak,   qaerda
pora berish ehtimoli bo‘lsa, o‘sha yerda ochiqlik va oshkoralikni kuchaytirish
lozim.   Boshqacha   qilib   aytganda,   pul   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   faoliyat   to‘g‘risida
jamiyatga   axborot   berish   amaliyotini   kuchaytirish   lozim,   chunki   qonun   buzilishi
holatlari ko‘pincha pul bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, pul berib jinoyatga yarasha
jazolanishdan saqlanib qoladi, pul berib ishga kiradi, pul berib rag‘batlantiriladi va
turli yo‘llar bilan davlat pulini o‘zlashtiradi.
Davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligini
ta’minlash mexanizmini aniq tassavvur qilish va tushunish uchun biror - bir konkret
muammo misolida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Masalan,  bugungi kunda
mavjud ijtimoiy muammolardan biri   –   yo‘llardagi ayanchli holat muammosini hal
qilishda   ochiqlikni   ta’minlash   mexanizmini   ko‘rib   chiqsak.   Albatta,   mustaqillik
yillarida   shaharlarimiz   obod   bo‘lib   bormoqda,   shaharning   obodligini   yo‘llarning obodligisiz   tasavvur   qilib   bo‘lmaydi,   lekin   ayrim   ko‘chalar,   ayniqsa,   markaziy
bo‘lmagan ko‘chalarda ahvol yaxshi emas. Yo‘llarnin g  soz holatiga mas’ul bo‘lgan
davlat   organlari   faoliyatidan   xabardorlikni   ta’minlashda   asosan   nimaga   e’tibor
qaratish lozim. Yo‘llarni yaxshi holatda saqlash uchun byudjetdan qancha mablag‘
ajratilayotganligi   va   u   qanday   maqsadda   sarflanayotganligi   ochiqligi   ta’minlanib,
bundan   xalq   xabardor   bo‘lishiga   erishish   kerak.   Yo‘llar   muammosini   hal   qilish
uchun   faqat   yuqoridan   davlat   nazorati   emas,   balki   quyidan   jamiyat   nazorati   ham
amalga oshirilishi lozim. Ayni paytda jamiyat  –  bu haydovchilardir va ular nazorat
funksiyalarini amalga oshirishlari uchun   birlashgan bo‘lishlari lozim. 
Agar   ular   haydovchilar   assotsiatsiyasiga   birlashgan   bo‘lsalar,   o‘zlarining
nazorat   funksiyalarini   amalga   oshirishga   imkoniyatlari   kengayadi.   Haydovchilar
yo‘l   uchun   to‘lanadigan   soliqlar   miqdori   qancha   ekanligidan   va   ular   qanday
maqsadlarga sarflanayotganligidan xabardor bo‘lib borishlari uchun ushbu sohada
ochiqlik   va   oshkoralik   ta’minlangan   bo‘lishi   lozim.   Avtomobil   haydovchisi   yo‘l
nosozligi   tufayli   avtomashinasiga   zarar   yetkazilganda   sud   orqali   zararni   undirib
olish imkoniyatiga ega bo‘lishi  lozim. Yo‘llarni  tartibga solishda quyidan amalga
oshiriladigan   jamiyat   nazorati   –   bu   haydovchilar   nazoratidir.   Xuddi   shunday,
ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarida   jamiyat   nazoratini   amalga   oshiradigan
fuqarolik   jamiyati   institutlari   bo‘lishi   lozim.   Yo‘llar   muammosini   hal   qilishda
jamiyat nazoratini haydovchilar amalga oshirsa, ta’lim tizimida jamiyat nazoratini
talabalar   amalga  oshirishi  lozim.  O‘qishga   kirish   paytida  jamiyat   nazoratini   faqat
jamoatchi   nazoratchilar   emas,   balki   abiturient   ham   amalga   oshirishi   lozim.
Tibbiyot   sohasida   tartibni   o‘rnatish   uchun   jamiyat   nazoratini   bemorlar   amalga
oshirishlari mexanizmini topish kerak. Umuman, barcha sohada jamiyat nazoratini
amalga oshiradigan fuqarolik jamiyati institutlari shakllangan bo‘lishi lozim. 
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi
organlarining   faoliyati   ochiqligi   to‘g‘risidagi   qonun   axborot   sohasidagi
munosabatlarni   tartibga   solishi   uchun   fuqarolik   jamiyati   institutlari   ijtimoiy
hayotning   barcha   sohalarini   qamrab   olgan   bo‘lishlari   lozim   va,   eng   avvalo,   sud
hokimiyati,   kadrlarni   tanlash   va   rag‘batlantirish   tizimida   ochiqlikni   ta’minlashda fuqarolik   jamiyati   institutlari   faol   bo‘lishlari   lozim.   Bunda   asosiy   mas’uliyat
ommaviy axborot vositalariga yuklatiladi, chunki agar ommaviy axborot vositalari
jamiyatga   o‘z   vaqtida   tezkor   axborotlarni   berib   bormasa,   jamiyat   xabardor
bo‘lmaydi va, demak, o‘z nazorat funksiyasini   amalga oshira olmaydi. Ochiqlikni
ta’minlashda   OAVlari   bilan   fuqarolik   jamiyatining   boshqa   institutlari   o‘rtasida
hamkorlik   va   sheriklikni   mustahkamlash   lozim.   Umuman ,   OAVlari   ochiqlik   va
oshkoralikni ta’minlamasalar ,  demokratiya namoyon bo‘lmaydi. 
Demokratiya   takomillashishi   uchun   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy
madaniyati yuqori bo‘lishi lozim. Shuning uchun asosiy e’tibor siyosiy va huquqiy
bilimlarni   targ‘ib   qilishga   qaratilishi   maqsadga   muvofiqdir.   Bu   borada   “Ijtimoiy
nazorat”   mavzu s iga   doir   bilimlarni   nafaqat   talabar   o‘rtasida,   balki   keng   aholi
qatlamlari   o‘rtasida   ham   targ‘ib   qilish   choralarini   ko‘rish   lozim.   Nazoratga   doir
bilimga ega bo‘lgan jamiyat davlat hokimiyati faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi
qonundan   foydalanishga   qodir   bo‘ladi   va   fuqarolik   jamiyatining   kuchliligini
ta’minlaydi.   Demak,   mazkur   qonun   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   xizmat
qiladigan muhim huquqiy asos bo‘ladi, deb aytish mumkin. Faqat ushbu qonundan
samarali   foydalanish   uchun   jamiyatning   siyosiy-huquqiy   madaniyati   demokratiya
talabi   darajasida   bo‘lishi   lozim.   Jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatini
oshirish   jarayonini   tezlashtirish   uchun   “Fuqarolik   jamiyati   nazoratini   kuchli
qilishda   davlat   hokimiyati   faoliyatining   ochiqligi   to‘g‘risidagi   qonunning
ahamiyati” mavzusida davra suhbatlari va seminarlarni aholining barcha qatlamlari
o‘rtasida muntazam o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Fuqarolik jamiyati nazoratini kuchaytirishda davlat hokimiyati organlari faoliyati ochiqligining ahamiyati Reja 1. O‘zbekiston da ijtimoiy tartibni o‘rnatishning demokratik yo‘li ni tanla nishi. 2. I jtimoiy tartibni o‘rnatish da d avlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ng ahamiyati. 3.Rag‘batlantirish jarayonida fuqarolik jamiyati nazoratni samarali qilishda ochiqlikninng o‘rni.

Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlari, jumladan , O‘zbekiston ham ijtimoiy tartibni o‘rnatishning demokratik yo‘li ni tanladi. Chunki hozircha insoniyat demokratiyadan afzalroq bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini hali-hanuz o‘ylab topgani yo‘q. Demokratiya hokimiyatning xalq tomonidan shakllantirilishi va nazorat qilinishi dir . Xalq hokimiyatni shakllantirishda ishtirok etsayu, lekin nazorat qilishda ishtirok etmasa, hokimiyat halqning manfaatini ifodalamay qo‘yadi. Nazorat bo‘lmagan joyda e sa hokimiyat xalqqa xizmat qilmaydi, balki hukmronlik qila boshlaydi va bunday joyda ertami-kechmi demokratiya o‘rnini diktatura egallaydi. Diktatura – bu zuravonlik, zo‘ravonlik bo‘lgan joyda adolatsizlik kelib chiqadi, adolatsizlik bo‘lgan joyda odamlar norozi bo‘l a di, norozilik parokandalikka olib keladi va mustaqillikning bardavomligini gumon qilib qo‘yadi. Shunga asosan milliy xavfsizligimizga eng kuchli tahdid – bu adolatsizlik deb aytish mumkin. Shunday ayanchli holat bo‘lmasligi uchun xalq hokimiyatni nazorat qilib borishi kerak, lekin buning uchun xalq kuchli bo‘lishi lozim. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili asosida ishlab chiqilgan “Mamlakat i mizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ” va “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakaatlar strategiyasi” hokimiyatni nazorat qilishga qodir bo‘lgan davlat va jamiyat (xalq) nazoratidan iborat bo‘lgan tizim ni shakllantirishga qaratilgan. Konsepsiyada taklif qilingan qonunlar, jumladan, 2014 yil yanvar oyidan kuchga kirgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” 1 gi qonun xal q nazoratining huquqiy asosi bo‘lib, fuqarolik jamiyatini kuchli qilishga xizmat qiladi. Xalq nazorat qilishi uchun kuchli bo‘lishi kerak, kuchli bo‘lishi uchun esa, birlashgan va xabardor bo‘lishi kerak. Insoniyat allaqachonlar yakka harakat qilgandan ko‘ra birlashgan holda harakat qilish samarali ekanligini anglab yetgan. Xalqning birlashganlik holati fuqarolik jamiyati degan tushuncha bilan ifodalanadi, chunki fuqarolik jamiyati deganda fuqarolar birlashmalarining majmui tushuniladi. 1 Каримов И.А. Мамлакатмизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2010 йил, 31-бет.

Jamiyat nazoratini kuchli qilish uchun jamiyat hokimiyat faoliyatidan xabardor bo‘lishi kerak va buning uchun xalqqa hokimiyat faoliyati to‘g‘risida axborot berish lozim. Agar xalq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborotga ega bo‘lmasa, u o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshira olmaydi. Jamiyat nazorati bo‘lmagan joyda ijtimoiy tartibning barqarorligini ta’minlab bo‘lmasligini tarix yaqqol ko‘rsatib bergan . Buni anglab olgan sobiq sh o‘ rolar davlati rahbariyati “Xalq nazorat i to‘g‘risida” qonun qabul qilib , uni amalga tatbiq etishga xarakat qiladi. Lekin bu qonun asosida tuzilgan xalq nazorati komitetlari jamiyat nazoratini tashkil qila olmadi, oqibatda ijtimoiy tartibsizlik kuchayib bordi va dunyodagi qudratli davlatlardan biri bo‘lgan sho‘rolar davlati barham topdi. Bugungi kunda O‘zbekiston ijtimoiy tartibni o‘rnatish uchun yangi tashkilot tuzishga emas, balki fuqarolik jamiyatini shakllantirish orqali xalq nazoratini tashkil qilishga harakat qilmoqda. Chunki har qanday tashkilot ertami- kechmi yuqoridan amalga oshirilayotgan nazorat vositlaridan biriga aylanib qoladi. Demak , xalq nazoratini tashkil qilish uchun yangi tashkilot tuzish emas, balki xalqni fuqarolik jamiyati institutlariga birlashtirish lozim. Lekin fuqarolik jamiyati institutlari o‘zlarining nazorat funksiyalarini amalga oshirishlari uchun ular davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatidan xabardor bo‘lishlari lozim. Xalq xabardor bo‘lsagina, o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshirishi, bu borada davlatga hamkor va sherik bo‘lishi mumkin bo‘ladi . Nazorat borasida sheriklik bo‘lishi uchun har ikkala tomon teng bo‘lishi va bu sheriklikdan har ikkala tomon manfaatdor ekanligini anglab olgan bo‘lishi lozim. Buni anglab olish uchun ijtimoiy tartib o‘rnatilmagan joyda davlat a’zosi ham, jamiyat a’zosi ham erkin bo‘la olmasligini bilish kerak. Qachon va qaerda nazorat borasida davlat va jamiyat sherik bo‘lsa, o‘sha vaqtda va o‘sha yerda ijtimoiy tartib o‘rnatiladi. Chunki jamiyatda tartib o‘rnatishga mas’ul bo‘lgan davlat ijtimoiy tartibni o‘rnatishi uchun uning o‘zida tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa davlat ham nazorat ostida bo‘lishi kerak va bunday nazoratni faqat jamiyat amalga oshirishi mumkim. Boshqa biror bir tashkilot, siyosiy tuzulma jamiyat nazorati

o‘rnini bosa olmaydi va tezda yuqoridan bo‘lgan nazorat shakllaridan biriga aylanib qoladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi uchun axborot beruvchi va axborot oluvchi ochiqlikdan manfaatdor ekanligini anglab olgan bo‘lishi lozim. Buning uchun davlat ham, jamiyat ham bir oddiy haqiqatni , ya’ni jamiyatning mavjud bo‘lishi va taraqqiy topishining muhim sharti ijtimoiy tartib ekanligini bilishlari kerak. Ijtimoiy tartib deganda adolatning qaror topganligi tushuniladi . Adolatsizlik bo‘lgan joyda odamlar norozi bo‘ladi va ertami-kechmi bunday holat mustaqillikning qo‘ldan ketishiga olib keladi. Mustaqillik inson baxtli bo‘lishining muhim sharti hisoblanadi, chunki inson baxtli bo‘lishi uchun u erkin bo‘lishi kerak, lekin erkin bo‘lishi uchun u oldin mustaqil bo‘lishi kerak. Demak, mustaqillikni asrash uchun ijtimoiy tartib o‘rnatilgan va adolat qaror topgan bo‘lishi kerak. Buning uchun jamiyatda demokratik tartib o‘rnatilgan bo‘lishi, demokratiya bo‘lishi uchun jamiyat o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshirishi kerak, buning uchun u davlat hokimiyati faoliyatidan xabardor bo‘lishi lozim. Agar jamiyat davlat hokimiyati faoliyatidan xabardor bo‘lmasa, o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshira olmaydi va, demak, demokratiya ham namoyon bo‘lmaydi. 2. I jtimoiy tartibni o‘rnatish da d avlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ng ahamiyati. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda asosiy e’tibor ijtimoiy tartibni o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarga qaratilishi maqsadga muvofiqdir.Chunk i ijtimoiy tartib jamiyat traqqiyotining muhim sharti hisoblanadi va ijtimoiy tartib o‘rnatilmagan joyda inson erkin va , demak , baxtli bo‘la olmaydi. Ijtimoiy tartib o‘rnatilgan joyda barcha ijtimoiy muammolarni hal qilishga keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda , ijtimoiy tartibning o‘rnatilmaganligi yoki beqarorligi barcha ijtimoiy muammolarning kelib chiqishi sababi hisoblanadi. Sabab bartaraf qilinmasa, oqibat bartaraf qilinmasligi aniq . Sotsiolog olimlarning

ta’kidlashlaricha, jamiyatda u yoki bu voqelikning mavjud bo‘lishi uchun uni keltirib chiqargan voqelik , ya’ni sabab mavjud bo‘l i sh i kerak. Bugungi kunda insoniyat jamiyatida mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy muammolarning sababi ijimoiy tartibning barqarorligi ta’minlanmaganligi ekan, asosiy e’tibor ijtimoiy tartibni o‘rnatish masalasiga qaratilishi lozim. Buning uchun, eng avvalo, ijtimoiy tartib nima ekanligini anglab olish kerak bo‘ladi. Ijtimoiy tartib – bu huquq va axloq normalariga rioya qilishning ta’minlanganlik holatidir. Huquq va axloq o‘z-o‘zidan tartibni o‘rnatmaydi, buning uchun ularga rioya qilish ta’minlangan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa ularga rioya qilish nazorat qilinishi kerak, nazorat qilinganda ham faqat yuqoridan emas, balki quyidan ham nazorat qilinishi kerak. Yuqoridan ijtimoiy tartibni o‘rnatishga mas’ul bo‘lgan hokimiyat tarmog‘i sud hokimiyati hisoblanadi, shuning uchun jamiyat nazorati asosiy e’tiborni sud hokimiyati faoliyatini nazorat qilishga qaratishi lozim. Hokimiyat tarmoqlari , ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o‘z funksiyalarini to‘g‘ri bajarishlari uchun ularning o‘zlari jamiyat nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Har uchala hokimiyat tarmoqlarini birlashtirib turadigan va ularning faoliyatini uyg‘unlashtirib turadigan narsa – bu qonundir. Biri qonunni ishlab chiqadi, ikkinchisi qonunga asoslanib jamiyatni boshqaradi va uchinchisi qonunga rioya etishni nazorat qiladi. Demak, har uchala hokimiyat tarmoqlari qonun atrofida faoliyat olib boradi va sud hokimiyati qonunga rioya qilishni to‘liq ta’minlay olsagina qonun ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar qonunga rioya qilish ta’minlanmasa, uning hech qanday ahamiyati yo‘q va har qanday yaxshi qonun ham oddiy qog‘ozga aylanib qoladi. Shuning uchun ham nazoratda asosiy e’tibor sud hokimiyati faoliyatiga qaratilishi lozim, buning uchun esa, sud hokimiyati faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bu boradagi muammolardan biri sud mustaqilligini nazoratsizlik deb yanglish, xato tushunishdir. Mustaqil degani nazoratsiz degani emas, balki uning ishiga biror - bir mansabdor shaxsning aralashuvidan mustaqil deganidir, lekin jamiyat nazoratidan mustaqil degani emas. Chunki demokratiya hokimiyatni ng har uchala tarmog‘ini jamiyat nazorati ostida bo‘lishini talab qiladi. Qolaversa, s udya