logo

GANDBOL (QO’L TO’PI) O’YNI HAQIDA TUSHUNCHA

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

36.0166015625 KB
MAVZU: GANDBOL (QO’L TO’PI) O’YNI HAQIDA TUSHUNCHA.
Reja:
1. Qo’l to’pi o’yini haqida umumiy ma’lumotlar va uning O’zbekistonga
kirib kelishi.
2. Qo’l to’pi o’yinida hujum texnikasi.
3. Qo’l to’pi o’yinida himoya texnikasini o’rganish.
4. Qo’l to’pi o’yinida darvozabonga o’yin texnikasini o’rgatish usullari.
1. Qo’l to’pi o’yini haqida umumiy ma’lumotlar va uning O’zbekistonga kirib
kelishi. Gandbol   (nem.   hand   -   qo l,   ball   -to p),   qo l   to pi   —   sport   o yini.   19-asrʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
oxirida   Yevropada   paydo   bo lgan.   Daniyalik   Xalger   Nilson   ixtiro   etgan   (1895).	
ʻ
Gandbol uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak og irligi 325—475 g, aylanasi	
ʻ
54—58 sm  bo lgan charm   to p  bilan o ynaladi. Maydonning   ikki   tomonida eni   3	
ʻ ʻ ʻ
m,   balandligi   2   m   bo lgan   darvozalar   o rnatiladi.   Har   bir   jamoada   7   yoki   11	
ʻ ʻ
o yinchi   qatnashadi.   O yinchi   to p   bilan   faqat   3   qadam   qo yishi   va   uni   qo lida   3	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
sekundgacha   tutib   turishi   mumkin.   O yin   2   bo limdan   iborat   bo lib,   erkaklar	
ʻ ʻ ʻ
musobaqasi   1   soat,   ayollar   musobaqasi   50   daqiqa   davom   etadi.   Xalqaro   gandbol
federatsiyasiga   1946   yil   asos   solingan   106   mamlakat   a zo.   1972   yildan   erkaklar,	
ʼ
1976 yildan ayollar Gandbolni Olimpiya o yinlari dasturiga kiritilgan. 1938 yildan	
ʻ
erkaklar o rtasida, 1956 yildan ayollar o rtasida jahon birinchiligi o tkaziladi. 	
ʻ ʻ ʻ
O zbekistonda Gandbol 1923—24 yillarda paydo bo lib, birinchi musobaqa	
ʻ ʻ
1926   yilda   Toshkentda   o tkazilgan.   1991   yil   O zbekiston   Respublikasi   Gandbol	
ʻ ʻ
federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida Gandbol bo yicha bolalar	
ʻ
sport   maktablari,   erkaklar,   ayollar   va   bolalar   jamoalari   bor.   1991   yildan
O zbekistan chempionata muntazam o tkaziladi. O zbekiston Gandbolchilari terma	
ʻ ʻ ʻ
jamoasi   (ayollar)   Osiyo   chempionatida   4-o rinni   egalladi   va   Germaniyada	
ʻ
o tkazilgan   jahon   birinchiligi   musobaqalarida   qatnashdi   (1997).   O zbekistonda	
ʻ ʻ
xizmat   ko rsatgan   sport   ustozlari   F.   Abdurahmonov,   V.   Kaplinskiy,   xizmat	
ʻ
ko rsatgan   sport   ustasi,   Olimpiya   o yinlari   va   jahon   chempioni   M.   Vasilyev,	
ʻ ʻ
xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A.
Abzalova, Olga Abdulla va boshqalarning G. rivojlanishida katta hissasi bor.
Respublikamizda   gandbolning   rivojlanishi.   1938   yilda   Respublikamizda
gandbol   bo’yicha   birinchi   chempionat   o’tkazildi.   1960   yilgacha   O’zbekistonda
Toshkent   Oliy   Harbiy   bilim   yurtida   talim   oluvchi   kursantlar   orasida   11x11   qo’l
to’pi   musobaqalari   o’tkazilgan.   1960   yili   Xarkov   shahrida   yoshlar   orasida   qo’l
to’pi bo’yicha Butunittifoq musobaqalari o’tkazildi va shundan so’ng sportning bu
turi   mamlakatda   tez   rivojlana   boshladi.   1960   yilda   O’zbekiston   Davlat   jismoniy
tarbiya   institutida   ilk   bor   qo’l   to’pi   mutaxassisligi   bo’limi   ochildi.   1960   yildan
boshlab   Toshkent   shahar   birinchiliklarida   16-20   jamoa   qatnasha   boshladi   va O’zbekiston   gandbolchilarining   sobiq   Ittifoq   musobaqalarida   qatnasha   boshlagan
yili deb qayd etildi.
O’zbekiston   terma   jamoasini   tashkil   etgan   F.Abdurahmonov,   M.Jukov,
B.Pikin,   V.Ogirenko,   M.Sirotenko,   M.Magdullin,   A.Oleynikov,   N.Rahmatov,
A.Pantasenko   va   A.Sodiqov   O’zDJTI   va   Toshkent   Irrigatsiya   instituti   jamoalari
vakillari   edi.   Sobiq   Ittifoq   chempionatlarida   jamoaga   V.Sevastyanov   va
V.Lemeshkovlar murabbiylik qilgan.
O’zbekiston gandbolchilari 1972-1973 yillarda yuqori natijalarga erishdilar.
Ular sobiq Ittifoqda oliy liga jamoalari  orasida o’tkazilgan chempionatda oltinchi
o’rinni   egalladilar.   O’zDJTI   jamoasi   Butun-ittifoq   talabalar   o’rtasidagi
musobaqalarda uch karra g’oliblikni qo’lga kiritdi.
O’zbekiston qizlar terma jamoasi 1975 va 1983 yillarda sobiq Ittifoq xalqlari
Spartakiadasida faxrli oltinchi o’rinni egalladi. 20 dan ortiq qizlarimiz sport ustasi
talablarini   bajardilar.   SHular   jumlasidan   o’zbek   qizi   Marg’uba   Artiqboeva
O’zbekistonda birinchi bo’lib shu unvonga ega bo’ldi.
Toshkentda   dastlabki   yoshlar   va   o’smirlar   sport   maktablari   60-yillarda
ochildi   va   sobiq   Ittifoq   maktab   o’quvchilari   spartakiadalarida   muntazam   ishtirok
etib,   1975   yili   qizlar   3-   o’ringa,   o’smirlar   esa   1979   yili   oltinchi   o’ringa   sazovor
bo’lishdi. Keyinchalik ushbu sport maktablarida shug’ullangan jahon va Olimpiya
chempionlari   Viktor   Maxorin,   Mixail   Vasilev,   yoshlar   o’rtasida   jahon
chempionlari S.Zemlyanova va O.Zubareva, sobiq Ittifoq terma jamoasi  tarkibiga
qabul   qilingan   S.Orlov,   V.Antonov,   S.Kalmikov,   G.Travkin,   I.Axmadiev,
B.Proxorovlar «Halqaro sport ustasi» unvoniga sazovor bo’lganlar.
O’zbek   gandbolchilarini   tayyorlashdagi   faol   mehnatlari   uchun
F.Abdurahmonov,   V.Kaplinskiy,   V.Ogirenko,   E.Golovchenko,   V.Konaplev,
V.Izaaklar   «O’zbekistonda   xizmat   ko’rsatgan   murabbiy»   unvoni   bilan
taqdirlandilar.
1994-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o’rtasida o’tkazilgan
chempionatda   «D-klub»   (O’zDJTI)   gandbolchi   qizlari   g’alabaga   erishdilar.
Sh..K.Pavlov va F.A.Abdurahmonovlar rahbarligida O’zDJTI talaba qizlari asosida tarkib   topgan   Respublika   terma   jamoasi   1997   yili   Iordaniyada   o’tkazilgan   Osiyo
chempionatida   qatnashib,   O’zbekiston   jamoalari   orasida   sport   o’yinlari   bo’yicha
birinchi marta jahon chem-pionatida qatnashish huquqiga ega bo’ldi. 1997 yilning
dekabr   oyida   Germaniyada   o’tkazilgan   jahon   chempionatida   Xitoy,   Braziliya   va
Urugvay jamoalarini ortda qoldirib, O’zbekiston gandbolini dunyoga tanitdi.
Har bir uslubni o’rganishda ularning bosqichlarini ko’rib chiqish muhimdir.
Chunki asosiy ahamiyat asosiy bosqichga, keyin boshqa bo’laklar va sportchining
har   hil   tayyorgarligiga   qaratiladi.   Har   qanday   uslubni   o’rgatishda   texnik-taktik
harakatlarni takomillashtirish, ketma-ketligiga rioya qilish kerak: Usullar mohiyati
bilan tanishtirish;
1. Shu uslulni soddalashtirib o’rgatish;
2. Usullarni o’yin holatiga yaqinlashtirish, takomillashtirish;
3. O’rganilgan   usullarini   o’yinda   qo’llash,   qo’l   to’pi   mashg’ulotining   asosini
tashkil etadi.
O’yindan   tashqari   o’rgatiladigan   va   takomillashtiriladigan   har   bir   texnik   usul
(metod)ga   juda   ko’p   vaqt   sarflanadi.   Shuning   uchun   gandbolchilar   usullarni
soddalashtirilgan holda o’yin vaqtida o’rganadilar  va takomillashtiradilar. Har  bir
mashg’ulotda   ikki-uchta   usul(metod)larni   o’rgatib   borilsa   maqsadga   muvofiq
bo’ladi.
2. Qo’l to’pi o’yinida hujum texnikasini o’rganish.
Hujum   texnikasini   o’rgatish   usuli.   Maydonda   harakat   qilish   texnikasini
o’rgatishda   eng   avval   har   bir   harakat   alohida   o’rgatilib   (yugurish,   sakrash,
to’xtashlar),  so’ngra  ular   qo’shib   o’rgatiladi.  Bir   harakat   tuzilmasi  o’rgatilgandan
keyin,   boshqa   harakatni   o’rgatish   boshlanadi   va   o’rganilgan   harakatlar   bir-biriga
bog’lanib, har xil holatlarda qo’llaniladi.
Yugurishda   oddiy,   tezlikni   o’zgartirib,   yo’nalishni   o’zgartirib,   qadamlarni
chalishtirib, har xil sakrashlar yordamida yugurish texnikasi o’rgatiladi; To’xtashlarda   tez   yurib,   sekin   yugurib,   tezlashganda   avval   bir   oyoqda   so’ng
ikki   oyoqda   to’xtash   mashqlari   o’rgatiladi.   Shug’ullanuvchining   ikki   oyoqda
yugurib   to’xtagandan   so’ng,   muvozanat   saqlash   uchun   tana   og’irligini   to’g’ri
taqsimlashi murabbiy tomonidan nazorat qilib boriladi;
Sakrash   joyidan,   so’ng   yugurib   kelib   avval   ikki   oyoqda ,   keyin   bir   oyoqda
sakrashga   o’rgatiladi.   Oyoqlarni   to’g’ri   qo’yish,   balandlikga   yoki   uzunlikga
sakraganda oyoqlarni bukish va yerga tushish to’g’ri bajarilishiga ahamiyat berish
kerak.
O’yin   maydonida   harakat   qilish   texnikasini   takomillashtirish   uchun   quyidagi
mashqlardan foydalanilsa bo’ladi:
1.Belgilangan aniq mo’ljalga tezlanib yugurish va dastlabki holatga qaytish;
2.Turli holatlarda yugurib, yotib, emaklab va boshqa ko’rinishlarda tez yugurish;
3.Bir va ikki oyoqlab to’siqlardan sakrab o’tish va yugurish;
4.Yugurish va sakrash harakatlarini galma-gal bajarish.
5.Belgilangan joylarda birin-keyin to’xtab yugurish;
6.To’siqlarni aylanib o’tib yugurish;
7.Har xil asbob va moslamalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib yugurish.
8.Yuqorida keltirilgan mashqlarni va harakatlarni estafeta shaklida o’tkazish.
To’pni   egallash   texnikasini   o’rgatish.   To’pni   ilishga   kirishishdan   oldin
to’pni og’irligiga, shakliga, qattiq yoki yumshoqligiga ko’nikma hosil qilish uchun
quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin:
1. Oldinga to’pni tashlab, uni yerga tushirmay ilib olish;
2. To’pni oldinga tashlab, uni yerdan sapchigandan so’ng ilib olish; 3. To’pni o’ng qo’lda tashlab, chap qo’l bilan ilib olish;
4. To’pni boshdan, yelkadan, oyoq orasidan yuqoriga irg’itib uni ilib olish;
Bir vaqtda ikki to’pni tashlash va ularni ilib olish va boshqalar.
O’yinchi yordamchi mashqlarni bajarishda to’pni o’ziga qulay usullar bilan
ilishi mumkin. To’pni ilish uzatish bilan birga o’rgatilsa, samarali natija beradi.
To’pni   uzatishni   o’rgatishdan   oldin   uni   to’g’ri   ushlashga   o’rgatish   kerak.
To’pni ushlashda kaftlar bo’sh holatda, barmoqlar erkin holatda bo’lishi lozim. Bu
malakani hosil qilish uchun quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin:
1. Qo’llarni oldinga uzatib, bir qo’ldan ikkinchi qo’lga barmoqlar yordamida to’pni
uzatish;
2.   Joyida   turib   yurgan   va   yugurgan   holda   bir   qo’ldan   ikkinchi   qo’lga   gavda
atrofidan (aylana) to’p uzatish;
3. To’pni bir va ikki qo’lda tutib, har xil tomonlarga,   yonga hamla qilish ;
4. Joyida turib, yurgan va yugurgan holatda to’pni uzatish va otishni mashq qilish;
O’rgatishni yuqoridan qo’lini siltab to’p uzatishdan boshlash kerak. Devorda
belgilangan nishondan 3-4 m masofada qo’llar yuqoriga ko’tarilishi kerak. Har xil
oyoqlar  oldinga qo’yilib, uch qadamdan so’ng to’p uzatish. Keyinchalik sheriklar
bir-biriga qarama-qarshi turib to’pni uzatishni boshlaydilar
To’pni yerga urib yurish   texnikasini to’g’ri tasavvur qilishga oid tushuntirish
va ko’rsatishdan  so’ng shug’ullanuvchilar  bir  joyda turganlaricha to’pni  yuqoriga
sapchitib, yerga urib o’ynaydilar va h.k.
To’pni   pastga   sapchitib,   to’pni   yerga   urib   yurishga   o’tilganda   uni   raqibdan
pana qilish bir qo’ldan ikkinchisiga orqadan o’tkazish, yuqori tezlikda sur’atni va
yerdan sapchish balandligini o’zgartirish, burilishlar hamda orqa bilan harakat qilib
to’pni yerga urib yurishlar navbat bilan keyinroq o’rganiladi. To’pni   otishga   o’rgatish.   Har   xil   usullar   bilan   to’pni   darvozaga   otishga
o’rganish   jarayonida   shug’ullanuvchilarni   dastlab   to’pning   yo’nalishi,   chizig’i   va
darvozani mo’ljalga olish usullari bilan tanishtirish lozim.
Darvozaga   to’p   otishning   ayrim   usullari   o’rganilayotganda   birinchi
navbatda,  uning tuzilishi,  so’ngra harakatining  mazmuni  o’rganiladi   va  to’p  otish
masofasi asta-sekin uzaytiriladi.
Tayanib to’p otish: Bu harakatni o’rgatishni uning asosiy bosqichi- to’pning
tezligi   oshishidan   boshlamoq   kerak.   To’pni   yuqoridan   tezlashtirish   uchun   siltash
usuli   o’rgatiladi.   Dastlabki   holat   o’ng   oyoqda   turib   chap   oyoq   oldinga   qo’yiladi,
o’ng   qo’l   to’p   bilan   yuqorida,   gavda   sal   burilgan,   chap   oyoqni   oldinga   qo’yib
devorga to’p otiladi. Dastlab diqqat harakatning ketma-ketligiga qaratilishi lozim,
to’p   otish   texnikasi   o’zlashtirilgandan   so’ng   otishning   tayyorlov   bosqichiga
o’tiladi. To’p otish texnikasi o’zlashtirilgandan so’ng, otishning tayyorlov bosqich
ko’rinishlariga kirishiladi:
1. To’pni yerga urib kelgandan so’ng tez xarakat bilan to’p otish.
2. To’pni ilib olgandan so’ng darvozaga otish.
3. To’pni ilib bir, ikki, uch qadamdan so’ng darvozaga otish.
4. Har xil tezlanishlardan so’ng to’pni darvozaga otish; va b.
Shundan   so’ng,   to’p   otish   sharoitlari   murakkablashtirilib   bajariladi.
O’yinchilarga u yoki bu usullarni tanlab to’p otish mashqlari beriladi. O’rgatilgan
usullarni o’yinda qo’llashda takomillashtirilib boriladi.
Sakrab   to’p   otishning   barcha   harakatlarini   joyida   turib   o’rgatish   kerak.
Dastlabki   holat   to’pni   ikki   qo’llab   ushlab   oldinga   uzatiladi,   to’p   bilan   qo’l
yuqoriga   ko’tarilib,   orqaga   uzatiladi,   tana   salgina   yon   tomonga   egiladi ,   to’pni
ushlagan qo’l tarafdagi oyoq tizza qismidan ozgina bukiladi, tayanch oyoq oldinda
bo’lib og’irlik barmoqlarga tushadi va sakrash harakati bajariladi. Yiqilib to’p otish – bu harakatni o’rgatish uchun yumshoq to’shak yoki qum
to’ldirilgan   chuqurchalardan   foydalanish   mumkin.   O’rgatishni   to’p   otishning
yakuniy   bosqichidan,   ya’ni,   yerga   tushish   –   yiqilishdan   boshlash   kerak.   Oldin
dastlabki holatdagi ikki qo’lga, qo’l bilan oyoqqa va yonboshga tushish – yiqilish
o’rganiladi. Keyin bu mashqlar to’p bilan bajariladi.
Chalg’itishga   o’rgatish.   Chalg’itishlarning   turlari   murakkab   bo’lganligi
sababli   shug’ullanuvchilar   ularga   oid   usullarni   to’liq   egallaganlaridan   so’ng
boshlaydilar.   Shug’ullanuvchilar   eng   avvalo   har   bir   chalg’itishning   texnikasini
o’rganadilar, Mashqlarda har xil harakatlar bir-biri bilan qo’shiladi. Chalg’itishlar
va undan keyingi harakatlar avval sekin, so’ngra har xil tezlik bilan bajariladi. Bir
joyda   turganda   va   harakat   paytida   bir   yo’l   bilan   bajariladigan   chalg’itishlardan
so’ng,   ularning   har   xil   qo’shilmalari   va   tayanchsiz   hoatda   bajariladigan
chalg’itishlar o’rgatiladi.
3. Qo’l to’pi o’yinida himoya texnikasini o’rgatish usullari.
Himoya texnikasini o’rgatishda orqa bilan yurishga, yugurishga o’ng tomon
bilan qadamlab, har xil yo’nalishlarda qo’llar bilan to’siq qo’yishni yoki to’pni olib
qo’yish   harakatlarini   bajarishga   ko’proq   ye’tibor   berish   lozimdir.   Maydonda
qilinayotgan   harakat   vaqtida   to’pning   yo’nalishiga   qarab   joylashish   ham
o’rgatiladi.   Keyinchalik   hujumchiga   nisbatan   kerakli   masofani   saqlash   va
vaziyatga   qarab   uni   o’zgartirish   o’rgatiladi.   Himoyada   harakat   qilishni   o’rganish
uchun quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin:
1.   Himoyada   turishning   dastlabki   holatdan   o’ngga,   chapga,   oldinga   va
orqaga yurish va yugurish;
2. Orqa bilan oldinga eng ko’p ilonizisimon harakatlarni bajarish kerak;
3.   Bir-biriga   yuzma-yuz   turgan   holatda   quvlashmachoq   o’yini   o’ynash
kerak; v h.k.
To’pni   to’sishda   qo’llarni   tez   harakat   qildirishga   o’rgatishdan   boshlanadi.
Darvoza   maydonchasi   bo’ylab   joylashgan   himoyachilar   murabbiy   ishorasi   bilan darhol qo’llarini yuqoriga ko’tarib harakatlantiradilar, keyin qo’yidagi mashqlarni
to’p bilan bajaradilar:
1.Hujumchi   himoyachiga   yuzma-yuz   turib,   har   xil   holatda   darvozaga   to’p
otishni bajaradi, himoyachi esa to’p yo’nalishini to’sish uchun harakat qiladi;
2.   Oldindan   kelishilgan   tomonga   otish   kuchini   asta-sekin   ko’paytirib   to’p
otiladi, hujumchilar to’p yo’nalishini to’sish uchun qo’llarini qo’yishadi;
3. Avvaldan kelishilgan ikki usulda darvozaga otilgan to’p yo’li to’siladi;
4. O’yin davomida darvozaga otilgan to’plar yo’li to’siladi;
5. Birin-ketin darvozaga otilgan bir necha to’pni to’sish va h.k.
To’pni olib qo’yish texnikasi o’rgatilayotganda harakat boshlanishidan oldin
turish holatini to’g’ri tanlash, to’pga o’z vaqtida chiqish va to’pga qarab tezkorlik
bilan harakat qilish katta ahamiyatga egadir.
Bu   mashq   oldinga   chiqib   uzatilayotgan   to’pni   olib   qo’yish   texnikasi   bilan
o’rgatiladi.   So’ng   hujumchining   orqasidan   tezlik   bilan   chiqib   to’pni   olib   qo’yish
harakatlari o’rgatiladi.
To’pni   urib   chiqarish,   oldin   bir   joyda   turib   raqibning   qo’lidagi   to’pni   urib
tushirish   yo’llari   o’rgatiladi,   avval   to’p   uzatilayotganda,   keyin   darvozaga
otilayotganda to’p urib tushiriladi, keyinchalik esa to’pni uzatishga yoki darvozaga
otishga   tayyorlanayotganda   urib   tushirish   va   oxirida   to’pni   yerga   urib   tushirish
vaqtida uni urib tushirish o’rgatiladi.
4. Qo’l to’pi o’yinida darvozabonga o’yin texnikasini o’rgatish usullari.
Darvozabonga   o’yin   texnikasini   o’rgatish   -   o’yinda   darvozabon   yarim   jamoa
deb   aytiladi,   chunki   darvozabon   vazifasini   bajaruvchi   o’yinchilar   yuqorida
ko’rsatilgan   harakatlardan   tashqari ,   agar,   ular   darvozada   o’ynasalar,   darvozabon
harakatlarini   ham   bajarishlari   kerak,   bunda   to’pni   gavdaning   barcha   qismi   bilan
qaytara olishlari kerak bo’ladi.
Darvozabon   darvoza   maydonidan   chiqqanda,   maydon   o’yinchisi   hisoblanadi.
O’yin texnikasiga oid mashg’ulotlar o’z mazmuniga ko’ra himoyachi va hujumchi
o’yinlaridan   farq   qilmaydi.   Darvozabonga   sakrash   texnikasini   o’rgatishda, takomillashtirishda   darvozaning   yuqori   burchaklariga   otiladigan   to’pni   qaytarish
usullaridan   foydalaniladi.   Darvozabonni   to’pni   ilib   olishi   uning   asosiy   vazifasiga
kirmaydi, ammo shunga qaramay u to’pni ilishni mukammal bilmog’i kerak.

MAVZU: GANDBOL (QO’L TO’PI) O’YNI HAQIDA TUSHUNCHA. Reja: 1. Qo’l to’pi o’yini haqida umumiy ma’lumotlar va uning O’zbekistonga kirib kelishi. 2. Qo’l to’pi o’yinida hujum texnikasi. 3. Qo’l to’pi o’yinida himoya texnikasini o’rganish. 4. Qo’l to’pi o’yinida darvozabonga o’yin texnikasini o’rgatish usullari. 1. Qo’l to’pi o’yini haqida umumiy ma’lumotlar va uning O’zbekistonga kirib kelishi.

Gandbol (nem. hand - qo l, ball -to p), qo l to pi — sport o yini. 19-asrʻ ʻ ʻ ʻ ʻ oxirida Yevropada paydo bo lgan. Daniyalik Xalger Nilson ixtiro etgan (1895). ʻ Gandbol uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak og irligi 325—475 g, aylanasi ʻ 54—58 sm bo lgan charm to p bilan o ynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 ʻ ʻ ʻ m, balandligi 2 m bo lgan darvozalar o rnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 ʻ ʻ o yinchi qatnashadi. O yinchi to p bilan faqat 3 qadam qo yishi va uni qo lida 3 ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ sekundgacha tutib turishi mumkin. O yin 2 bo limdan iborat bo lib, erkaklar ʻ ʻ ʻ musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 daqiqa davom etadi. Xalqaro gandbol federatsiyasiga 1946 yil asos solingan 106 mamlakat a zo. 1972 yildan erkaklar, ʼ 1976 yildan ayollar Gandbolni Olimpiya o yinlari dasturiga kiritilgan. 1938 yildan ʻ erkaklar o rtasida, 1956 yildan ayollar o rtasida jahon birinchiligi o tkaziladi. ʻ ʻ ʻ O zbekistonda Gandbol 1923—24 yillarda paydo bo lib, birinchi musobaqa ʻ ʻ 1926 yilda Toshkentda o tkazilgan. 1991 yil O zbekiston Respublikasi Gandbol ʻ ʻ federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida Gandbol bo yicha bolalar ʻ sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991 yildan O zbekistan chempionata muntazam o tkaziladi. O zbekiston Gandbolchilari terma ʻ ʻ ʻ jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-o rinni egalladi va Germaniyada ʻ o tkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997). O zbekistonda ʻ ʻ xizmat ko rsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat ʻ ko rsatgan sport ustasi, Olimpiya o yinlari va jahon chempioni M. Vasilyev, ʻ ʻ xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va boshqalarning G. rivojlanishida katta hissasi bor. Respublikamizda gandbolning rivojlanishi. 1938 yilda Respublikamizda gandbol bo’yicha birinchi chempionat o’tkazildi. 1960 yilgacha O’zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim yurtida talim oluvchi kursantlar orasida 11x11 qo’l to’pi musobaqalari o’tkazilgan. 1960 yili Xarkov shahrida yoshlar orasida qo’l to’pi bo’yicha Butunittifoq musobaqalari o’tkazildi va shundan so’ng sportning bu turi mamlakatda tez rivojlana boshladi. 1960 yilda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor qo’l to’pi mutaxassisligi bo’limi ochildi. 1960 yildan boshlab Toshkent shahar birinchiliklarida 16-20 jamoa qatnasha boshladi va

O’zbekiston gandbolchilarining sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnasha boshlagan yili deb qayd etildi. O’zbekiston terma jamoasini tashkil etgan F.Abdurahmonov, M.Jukov, B.Pikin, V.Ogirenko, M.Sirotenko, M.Magdullin, A.Oleynikov, N.Rahmatov, A.Pantasenko va A.Sodiqov O’zDJTI va Toshkent Irrigatsiya instituti jamoalari vakillari edi. Sobiq Ittifoq chempionatlarida jamoaga V.Sevastyanov va V.Lemeshkovlar murabbiylik qilgan. O’zbekiston gandbolchilari 1972-1973 yillarda yuqori natijalarga erishdilar. Ular sobiq Ittifoqda oliy liga jamoalari orasida o’tkazilgan chempionatda oltinchi o’rinni egalladilar. O’zDJTI jamoasi Butun-ittifoq talabalar o’rtasidagi musobaqalarda uch karra g’oliblikni qo’lga kiritdi. O’zbekiston qizlar terma jamoasi 1975 va 1983 yillarda sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasida faxrli oltinchi o’rinni egalladi. 20 dan ortiq qizlarimiz sport ustasi talablarini bajardilar. SHular jumlasidan o’zbek qizi Marg’uba Artiqboeva O’zbekistonda birinchi bo’lib shu unvonga ega bo’ldi. Toshkentda dastlabki yoshlar va o’smirlar sport maktablari 60-yillarda ochildi va sobiq Ittifoq maktab o’quvchilari spartakiadalarida muntazam ishtirok etib, 1975 yili qizlar 3- o’ringa, o’smirlar esa 1979 yili oltinchi o’ringa sazovor bo’lishdi. Keyinchalik ushbu sport maktablarida shug’ullangan jahon va Olimpiya chempionlari Viktor Maxorin, Mixail Vasilev, yoshlar o’rtasida jahon chempionlari S.Zemlyanova va O.Zubareva, sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibiga qabul qilingan S.Orlov, V.Antonov, S.Kalmikov, G.Travkin, I.Axmadiev, B.Proxorovlar «Halqaro sport ustasi» unvoniga sazovor bo’lganlar. O’zbek gandbolchilarini tayyorlashdagi faol mehnatlari uchun F.Abdurahmonov, V.Kaplinskiy, V.Ogirenko, E.Golovchenko, V.Konaplev, V.Izaaklar «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy» unvoni bilan taqdirlandilar. 1994-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o’rtasida o’tkazilgan chempionatda «D-klub» (O’zDJTI) gandbolchi qizlari g’alabaga erishdilar. Sh..K.Pavlov va F.A.Abdurahmonovlar rahbarligida O’zDJTI talaba qizlari asosida

tarkib topgan Respublika terma jamoasi 1997 yili Iordaniyada o’tkazilgan Osiyo chempionatida qatnashib, O’zbekiston jamoalari orasida sport o’yinlari bo’yicha birinchi marta jahon chem-pionatida qatnashish huquqiga ega bo’ldi. 1997 yilning dekabr oyida Germaniyada o’tkazilgan jahon chempionatida Xitoy, Braziliya va Urugvay jamoalarini ortda qoldirib, O’zbekiston gandbolini dunyoga tanitdi. Har bir uslubni o’rganishda ularning bosqichlarini ko’rib chiqish muhimdir. Chunki asosiy ahamiyat asosiy bosqichga, keyin boshqa bo’laklar va sportchining har hil tayyorgarligiga qaratiladi. Har qanday uslubni o’rgatishda texnik-taktik harakatlarni takomillashtirish, ketma-ketligiga rioya qilish kerak: Usullar mohiyati bilan tanishtirish; 1. Shu uslulni soddalashtirib o’rgatish; 2. Usullarni o’yin holatiga yaqinlashtirish, takomillashtirish; 3. O’rganilgan usullarini o’yinda qo’llash, qo’l to’pi mashg’ulotining asosini tashkil etadi. O’yindan tashqari o’rgatiladigan va takomillashtiriladigan har bir texnik usul (metod)ga juda ko’p vaqt sarflanadi. Shuning uchun gandbolchilar usullarni soddalashtirilgan holda o’yin vaqtida o’rganadilar va takomillashtiradilar. Har bir mashg’ulotda ikki-uchta usul(metod)larni o’rgatib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 2. Qo’l to’pi o’yinida hujum texnikasini o’rganish. Hujum texnikasini o’rgatish usuli. Maydonda harakat qilish texnikasini o’rgatishda eng avval har bir harakat alohida o’rgatilib (yugurish, sakrash, to’xtashlar), so’ngra ular qo’shib o’rgatiladi. Bir harakat tuzilmasi o’rgatilgandan keyin, boshqa harakatni o’rgatish boshlanadi va o’rganilgan harakatlar bir-biriga bog’lanib, har xil holatlarda qo’llaniladi. Yugurishda oddiy, tezlikni o’zgartirib, yo’nalishni o’zgartirib, qadamlarni chalishtirib, har xil sakrashlar yordamida yugurish texnikasi o’rgatiladi;

To’xtashlarda tez yurib, sekin yugurib, tezlashganda avval bir oyoqda so’ng ikki oyoqda to’xtash mashqlari o’rgatiladi. Shug’ullanuvchining ikki oyoqda yugurib to’xtagandan so’ng, muvozanat saqlash uchun tana og’irligini to’g’ri taqsimlashi murabbiy tomonidan nazorat qilib boriladi; Sakrash joyidan, so’ng yugurib kelib avval ikki oyoqda , keyin bir oyoqda sakrashga o’rgatiladi. Oyoqlarni to’g’ri qo’yish, balandlikga yoki uzunlikga sakraganda oyoqlarni bukish va yerga tushish to’g’ri bajarilishiga ahamiyat berish kerak. O’yin maydonida harakat qilish texnikasini takomillashtirish uchun quyidagi mashqlardan foydalanilsa bo’ladi: 1.Belgilangan aniq mo’ljalga tezlanib yugurish va dastlabki holatga qaytish; 2.Turli holatlarda yugurib, yotib, emaklab va boshqa ko’rinishlarda tez yugurish; 3.Bir va ikki oyoqlab to’siqlardan sakrab o’tish va yugurish; 4.Yugurish va sakrash harakatlarini galma-gal bajarish. 5.Belgilangan joylarda birin-keyin to’xtab yugurish; 6.To’siqlarni aylanib o’tib yugurish; 7.Har xil asbob va moslamalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib yugurish. 8.Yuqorida keltirilgan mashqlarni va harakatlarni estafeta shaklida o’tkazish. To’pni egallash texnikasini o’rgatish. To’pni ilishga kirishishdan oldin to’pni og’irligiga, shakliga, qattiq yoki yumshoqligiga ko’nikma hosil qilish uchun quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin: 1. Oldinga to’pni tashlab, uni yerga tushirmay ilib olish; 2. To’pni oldinga tashlab, uni yerdan sapchigandan so’ng ilib olish;