GEOFIZIK HARITALAR VA KESMALAR

Загружено в:

17.12.2024

Скачано:

0

Размер:

31.2 KB
GEOFIZIK HARITALAR VA KESMALAR
Reja:
1. Geologik   tadqiqotlar
2. Geofizikaning   rivojlanish   istiqbollari .
3. Geofizikaning   rivojlanish   istiqbollari
4. Geofizik   maydonlar   va   geografik qobiq
5. Geofizik maydonlardagi asosiy jarayonlar  Geologik haritalashtirish yordamida yer po‘stining tuzilishi, tarkibi, geologik
strukturalar, tog‘ jinslari, foydali kazilmalar o‘rganiladi.
Geologik   haritada   muayyan   joyning   geologik   tuzilishi   ma’lum   mashtabda
tasvirlanadi.   Geologik   haritalar   mazmuni   va   masshtabiga   ko‘ra   turlicha   bo‘ladi.
Mazmuniga   ko‘ra   umumiy   va   maxsus   geologik   haritalarga   ajraladi.   Umumiy
geologik   haritalarda   asosiy   geologik   xususiyatlar:   tog‘   jinslarining   geografik
tarqalishi, genezisi, yoshi va tarkibi, tektonik buzilmalar, tog‘ jinsi qatlamlarining
yotish holati kabilar ko‘rsatiladi. Bu singari ma’lumotlar maxsus shartli belgilarda,
rang va indeks, harf va boshqa belgilarda tasvirlanadi. 
Maxsus   geologik   haritalarga   tektonik,   metallogenik,   to‘rtlamchi   davr
yotqiziqlari,   gidrogeologik,   gidrokimyoviy,   kazilma   boyliklar   va   boshqa   haritalar
tegishli.
Masshtabiga ko‘ra geologik haritalar to‘rt xil: 
1.Mayda masshtabli (1:250000 dan 1:1000000 gacha) haritalar kichik xududli
region yoki davlatlar uchun tuziladi.  
2.   O‘rta   masshtabli   (1:100000   dan   1:200000   gacha)   haritalar   odatda   davlat
haritalari   hisoblanib,   xalqaro   razgrafika   asosida,   bir   xil   talab,   uslub   va   sxema
asosida   tuziladi.   Ko‘pchilik   mamlakatlar   hududi   uchun   o‘rta   masshtabli   haritalar
tuziladi.
3.   Yirik   masshtabli   haritalar   (1:50000   dan   yirik)   qiymalangan   relefli
maydonlarda,   sanoat   va   fuqarolik   qurilishlarida   tuziladi.   GES   uchun   to‘g‘on
tanlashda, shaharsozlik maqsadlarida juda yirik geologik haritalar tuziladi.
4.   Obzorli   geologik   haritalar   (1:1000000   dan   kichik)   mayda   masshtabli
haritalarni   generalizatsiyalashtirib   tuziladi.   Unda   dunyoning   yoki   alohida
materiklarning geologik tuzilishidagi asosiy xususiyatlari yoritiladi.
Geologik tadqiqotlar
Geologik   s’yomka   yer   po‘sti   yuza   qismining   geologik   tuzilishini
o‘rganadigan   asosiy   metodlardan   hisoblanadi.   Ishlatilishiga   ko‘ra   geologik
s’yomka   ikki   yo‘nalishda   olib   boriladi:   Marshrutli   s’emka   muayyan   yo‘nalishda, masalan daryo, yo‘l, suv ayirg‘ich bo‘ylab haritaga tushiriladi.   Maydonli s’yomka
ma’lum maydonda marshrutlar yoki nuqta yozish orqali amalga oshiriladi.
Geologik s’emka ikkita bosqichdan iborat: dala bosqichi va kameral bosqich.
Qiyoslang:   tabiiy   geografik   tadqiqot   ishlari   besh   bosqichdan   (g‘oyaning   tarkib
topishi,   tayyorlov,   dala,   kameral   va   hisobot)   tashkil   topgan   edi.   Dala   bosqichida
quyidagi geologik ma’lumotlar to‘planadi: geologik ochiq, kanava, shtolni, burg‘u
ma’lumotlari, yer osti suvlari, relef shakli va elementlari va boshqalar harita hamda
kundalikka   tartib   raqami   bilan   tushuriladi,   tavsif   beriladi.   Tog‘   jinslaridan,
suvlardan namunalar olinadi, Geologik kesmalar, haritalar va shartli belgilar ishlab
chiqiladi. Ma’lumotlar tahlil qilinadi, hisobot yoziladi, xulosalar qilinadi.
Geologik   haritalarning   1:   1000000   masshtablisiga   strotigrafik   kolonka   va
geologik (gidrogeologik) kesmalar ilova qilinadi.
Geologik kesma-geologik ma’lumotlarni  gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi
tarqalishini   grafikda   aks   ettiriladi.   Kesmada   qatlamlarning   yotish   holati,   ularning
struktura   va   fatsial   xususiyatlari,   qalinligi   va   hokazalar   ko‘rsatiladi.   Geologik
kesmalarning   vertikal   va   gorizotal   masshtabi   bir   xil   bo‘lishi   zarur.   Lekin
to‘rtlamchi   davr,   gidrogeologik,   geomorfologik,   muxandis   geologik   kabi
kesmalarda   vertikal   masshtab   gorizontalligiga   nisbatan   bir   necha   marotaba   katta
tanlanadi.   Kesma   tuzishda   shurf,   geologik   ochiq,   burg‘u   quduqlari   va   boshqa
geofizik kuzatuv natijlaridan foydalaniladi.
Geologik harita va kesmalardan gidrometeorologik tadqiqotlarda foydalanish
masalasi   loyihachilarning   doimo   e’tiborida   bo‘ladi.   Jumladan,   gidropost,
meteomaydonchalarni   tanlashda,   ekspeditsion   va   stansionlar   gidrometeorologik
tadqiqotlarda   foydalaniladi.   Konalar,   suv   omborlar,   sun’iy   ko‘llarni
loyihalashtirishda   geologik   ma’lumotlarni   hisobga   olish   katta   ahamiyatga   ega.
Gidrolog va gidrometeorologlar geologik haritalarni o‘qishni bilishi shart.
Geofizikaning rivojlanish istiqbollari.
"Geofizika asoslari" kursi gidrometeorolog bakalavrlar uchun tayanch bilim
beradigan   asosiy   kurs   hisoblanadi.   Yoshlarning   ilmiy   bilimini   va   falsafiy
dunyoqarashini kengaytirishda muhim o‘rinni egallaydi. Geofizikaning   ilmiy   nazariy   asoslari:   Olam,   galaktika,   Quyosh   tizimi,   Yer
va geosferalarning paydo bo‘lishi haqidagi g‘oya va ta’limotlar bilan tanishtiriladi.
Yerning   shakli,   kattaligi   va   harakatlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   qonuniyatlar,
Beruniiy   qonuniyati,   relef   rivojlanishining   asosiy   qonuniyatlari,   geografik
qobiqning shakllanishi qonuniyatlari haqida ma’lumot beriladi.
Geofizika   fanining   metodologik   asosi:   Olamdagi,   geosferalardagi   barcha
hodisalar  matoriya harakatining ma’lum  shakli  ekanligini, narsa va hodisalarning
kelib   chiqish   tarixini   bilmasdan   turib,   ularning   mohiyatini   anglash   mumkin
emasligini bakalavr talabalariga tushuntiriladi. Geofizikada qo‘llaniladigan asosiy
uslublar tavsifi beriladi.
Geofizikaning   amaliy   asoslari:   geofizik   jarayonlarni   bilish,   baholash,
bashoratlash va boshqarish muammolarini yechish masalasiga e’tibor berish, tabiat
resurslari   va   boyliklaridan   oqilona   va   tejamkorlik   bilan   foydalanishda   muhim
ahamiyatga   ega.   Gidrolog   va   gidrometeorolog   mutaxassislar   o‘z   faoliyatlarida
geofizik ma’lumotlarni maqsadli foydalanishi lozim.
Mazkur   ma’ruzalar   matni   yoshlarning   bilimini   yanada   chuqurlashtirishda,
dunyoqarashini kengaytirishda, tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega
ekanligini alohida ta’kidlaymiz.
Geofizikaning   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   Geofizika   fanini   geologlar,
gidrometeorologlar,   geograflar,   fiziklar   o‘rganadi.   Lekin   ular   ta’lim   yo‘nalishiga
bog‘liq   holda   geosferalardan     birortasini   chuqurroq   o‘rganadilar.   Masalan,
geologlar asosiy e’tiborni litosferaga, ya’ni Yerning ichki tuzilishi, uning tarkibiy
qismlari va fizik holatini o‘rganishga qaratadilar. Gidrometeorolog talabalar faqat
bitta   geosferani,   ya’ni   atmosfera   yoki   gidrosferani   batafsil   o‘rganish   bilan
cheklanib   qolmasliklari   lozim.   Chunki,   bo‘lajak   mutaxassislar   quruqlik
gidrologiyasi, meteorologiya, iqlimshunoslik, okeanologiya, agrometeorologiya va
boshqa   sohalarda   ishlashlari   mumkin.   Shuning   uchun   ham   barcha   geosferalarni
birgalikda,   bir   butun   holatda   o‘rganish   kelajakda   ijobiy   natija   berishi   aniq.   Ayni
paytda   gidrometeorologlar   geografik   qobiq   tabiatini   (fizikasini)   yaxshi   bilishlari
muhim   ahamiyatga   ega.   Shundagina   ularning   tabiatda   sodir   bo‘layotgan   turli jarayonlarning   kelib   chiqishi,   rivojlanishi,   sabab   va   oqibatlarini,   eng   asosiysi,
ularning tub mohiyatini anglab yeta oladilar.
Umuman   olganda,   geofizikaning   ilmiy-nazariy,   metodologik   va   amaliy
asoslarini yaxshi bilmasdan turib, bizni o‘rab turgan tabiatdan, uning resurslaridan
oqilona va tejamkorlik bilan foydalanib bo‘lmaydi.
«Geofizika asoslari» kursi Geografiya yo‘nalishi birinchi bosqich talabalariga
o‘qiladi.   Ma’lumki,   birinchi   kurs   talabalari   bu   paytda   oliy   matematika,   fizika,
kimyo   fanlarining   asosini   yaxshi   o‘zlashtirmagan   bo‘ladilar.   Shu   holat   hisobga
olinib, mavzularini imkoni boricha ixchamlashtirib, sodda va oddiy iboralar bilan
bayon qilishga harakat qilamizdilar.
Geofizik maydonlar
Geofizik maydon  - bu muayyan shakl va turdagi materiyaning mavjudligidir.
Geofizik   maydon   uchun   elementar   zarrachalar   (modda   va   energiya)ning   doimiy
o‘zaro ta’siri xosdir. SHu nuqtai nazardan yondashsak geografik qobiq tushunchasi
bilan geofizik maydon tushunchalar mos keladi.
D arhaqiqat,   geofizik   maydonda   ta’sir   etuvchi   kuch,   kuchlanish,
kuchlanishining   potensial   imkoniyatiga   ko‘ra   tabiiy   hodisalar   yuz   beradi.
Jumladan,   geofizik   maydon   elektr   zaryadlari   zarrachalarining   migratsiyasini,
yo‘nalishi   va   xossalari,   tog‘   jinslarinig   erishi,   oksidlanishi,   siljishi   va   hokazolar
bilan   belgilanadi.   SHuningdek,   havo   massalarining   harakati,   tabiiy   suvning
aylanma   harakati,   moddalarning   differensiyalanishi,   zichlanishi   harorati   va
bosimning   o‘zgarishi   bilan   ham   harakterlanadi.   Geofizik   maydon   Yerningichki
tuzilishini,   fizik-kimyoviy   xossalarini   aniqlashda,   qazilma   boyliklarni   qidirishda
va,   ayniqsa   geosferalar   o‘rtasidagi   o‘zaro   aloqa   va   ta’sirni   o‘rganishda   ahamiyati
beqiyosdir.
Geofizik maydonlarning quyidagi turlari mavjudki ularni gidrometeorologlar
bilishi   shart   hisoblanadi.   1.Gravitatsion.   2.Elektromagnit.   3.   Termik   (issiqlik).
4.Barik   kabi   maydonlar   borki,   ular   planetor   miq’esida   geosferalarda   modda   va
energiya almashinuvida muhim ahamiyat ega bo‘ladi.
1  Yerninggravitatsion maydoni. Tabiatdagi   har   qanday   ikki   jism   (zarracha)   o‘rtasida   o‘zoro   ta’sir   bo‘ladiki
shu   tufayli   bir-birini   tortib   turadi.   Ana   shu   fizikaviy   maydondagi   o‘zaro   ta’sir
tortishish maydoni yoki  gravitatsion maydon  (latincha, og‘irlik) deb ataladi.
Butun   dunyo   tortishish   qonunini   birinchi   bo‘lib   I.Nyuton   1687   yilda   kashf
etdi.   Bu   universal   xususiyatga   ega   bo‘lgan   qonundir.   Erga   mustahkam   aloqada
bo‘lgan nuktadagi  massaga  bir vaqtning o‘zida uchta kuch ta’sir  etadiki, ularning
geometrik   yig‘indisi   og‘irlik   kuchi   deb   ataladi.   U   quyidagi   formula   bilan
ifodalanadi (G):
G    F + I + F
1
Bu   erda   F-nuqta   bilan   butun   Yer   massasi   o‘rtasidagi   tortishish   kuchi;   I-
markazdan   qochma   kuch   (Yerningo‘z   o‘qi   atrofida   sutkalik   aylanishi   natijasida
paydo   bo‘ladi);   F
1   -koinot   jismlarining   tortishish   kuchi   (masalan,   qalqishlar
kuzatiladi).
Yerningog‘irlik   kuchini   maxsus   asbob- gravimetriya   yordamida   o‘lchanadi.
Markazdan qochma kuch ekvatorda eng katta qiymatga ega bo‘ladi. Bu kuch olam
tortishish   kuchini   kamaytirishga   harakat   qiladi.   Yerningog‘irlik   kuchi   markazi
tomon  kamayib   boradi   va   oxiri   nolga   teng   bo‘ladi.   Kosmik   kemalarning  harakati
og‘irlik   kuchi   ta’sirida   emas   balki,   olam   tortilish   qonuniga   asoslanadi.   Lekin
og‘irlik kuchi Yer yuzasining barcha qismida bir xil emas. Bunga sabab Yer po`sti
va   ichki   tuzilishidagi   moddalarning   massasi   va   zichligi,   og‘irligi   har   xil
ekanligidir.   Masalan,   okean   qa’rlarida   anomal   og‘irlik   kuchi   musbat   («massa
ortiqcha»)   bo‘lsa,   tog‘li   o‘lkalarda   manfiy   (engil   tog‘   jinslari   va   rudalar   bo‘lgani
uchun) bo‘ladi.
Qalqish   hodisasi   YYer-Oyva   Er-Quyosh   tizimi   ta’sirida   hamda   markazdan
qochma   kuch   ta’sirida   sodir   bo‘ladi.   Qalqish   hosil   qiluvchi   kuchlar   davriy
xususiyatga ega.
Yerningo‘z o‘qi atrofida aylanishi hisobiga YYer-Oytizimidagi qalqish yoki
(to‘lqini)   okean   yuzasida   siljib   bir   oy   sutkasi   24   soat   52   minut   davomida   har   bir
nuqtada ikkita suv ko‘tarilishi va pasayishi kuzatiladi. Yer-Quyosh   tizimidagi   qalqish,   YYer-Oytizimiga   nisbatan   2,2   barovar
kuchsiz   kuzatiladi.   demak,   Quyosh   qalqishi   Oynikiga   nisbatan   2,2   barovar   kam
bo‘ladi. Quyosh qalqishi alohida aniq kuzatilmaydi. U Oy qalqishini kuchaytirishi
yoki susaytirishi mumkin. Negaki Oy qalqishi markaziy okeanlarda 0,5 m atrofida
bo‘ladi.   Lekin   yangi   Oy   va   to‘linoy   davrida   Yer-Oyva   Er-Quyosh   tizimining
qalqish kuchi bir vaqtda kuzatiladi. Qalqishning balandligi qirg‘oqlarning shakliga
bog‘liq.   Agar   qalqish   to‘lqiniga   to‘sqinlik   bo‘lmasa   uning  balandligi   oshadi.   Eng
baland qalqish SHimoliy Amerikaning Fandi qo‘ltig‘ida kuzatilgan 18 metr, Penjin
qo‘ltig‘ida esa 13 metr. Oyning birinchi va oxirgi choragidagi fazalar davridagi Oy
qalqishi   ko‘tarilishida   Quyosh   qalqishi   pasayishi   mos   keladi.   SHuning   uchun   bu
davrda qalqish to‘lqini eng past bo‘ladi.
Qalqish   hodisasi   gidrosferada   juda   aniq   namoyon   bo‘lsada,   atmosfera,
ayniqsa   Yer  po`stida  juda   kuchsiz  sodir  bo‘ladi.  Atmosferada  planetar   miqyosida
bosimlar   12   soat   davomida   aniq   o‘zgaradi.   Tadqiqot   natijalariga   qaraganda   Yer
po`stida ham tog‘ jinsi qatlamlari bir necha detsimetrga ko‘tarilib pasayar ekan.
Gravitatsion   hodisalar   va   jarayonlar   tabiatda   ko‘plab   uchrab   turadi.   Ular
gravitatsion kuch ta’sirida sodir bo‘ladi. Gravitatsion hodisa deganda og‘irlik kuchi
ta’sirida   tog‘   jinslarining   bir   joydan   ikkinchi   joyga   ko‘chishini,   keyinchalik
ularning emirilishi va cho‘kindi jins tariqasida to‘planishini tushuniladi. 
Gravitatsion   hodisalarning   sodir   bo‘lishida   ekzogen,   endogen   va   texnogen
omillar   ishtirok   etadi.   Bu   omillar   tog‘   jinslarida   mavjud   bo‘lgan   mutanosiblikni
buzadi, ularni harakatlantiradi va bu jarayonda og‘irlik kuchi va suv etakchi o‘rinni
egallaydi. Bu hodisaning bir necha tiplari bor.
Haqiqiy   gravitatsion   hodisaga   qulashlar   va   qor   ko‘chkilari   tegishli
Gravitatsion-akval   hodisalarga   surilmalar   taalluqli.   Bular   yonbag‘irlardan   qulab
yoki   uchib   tushmaydi,   balki   surilib,   sudralib   tushadi.   Akval-gravitatsion
hodisalarning   sodir  bo‘lishida asosan  suv ishtirok etadi. Ularga surilma oqimlari,
soliflyuksiya,   yuza   grudnt   oqimlari   va   sel   hodisalari   misol   bo‘la   oladi.
Gravitatsion-subakval   hodisalar   daryo,   ko‘l   va   dengizlarning   suv   tagi
yonbag‘irlarida kuzatiladi. Asosan loyqa oqimlar, surilmalar xosdir. 2.  Yerningelektromagnit maydoni.
Yerningelektromagnit   maydoni   (EEM)   deganda   elektrli   zaryadlangan
zarrachalar   bilan   geosferalar   o‘rtasidagi   o‘zaro   ta’sir   mexanizmini   tushunmoq
kerak.   Ushbu   zaryadlangan   zarrachalarning   makon   va   zamondagi   o‘zgarishi
magnit maydoni doirasida elekt tokini barpo qiladi. demak, EEM bir butun bo‘lib
ikki xilda namayon bo‘ladi. 1.Elektr maydoni. 2. Magnit maydoni. 
Astrofizika   va   geofizika   fanlarining   yutuqlari   shuni   ko‘rsatadiki   Quyosh
radiatsiyasi   (faolligi)   va   magnit   kuchlanishi   (faolligi)   Erda   sodir   bo‘ladigan
ko‘plab jarayon (atmosfera bosimi, harorat, qurg‘oqchilik, sovuq oqimlarning kirib
kelishi, 1999 yil dekabr oyining oxirida G‘arbiy Evropa mamlakatlaridagi, 2000 yil
fevral   AQSH   dagi   daxshatli   dovullar)ga   bevosita   ta’siri   bor.   Elektromagnit
bo‘ronlari va anomal maydonlar  organizmlarga, jumladan kishilar  sog‘ligiga ham
salbiy ta’sir  qo‘rsatadi. Ayniqsa bu o‘zgarishlarni  bot, yurak, qon bosimi, branxit
kasalliklari bilan xastalangan bemorlar tezda sezadi.
Yer   po`sti-litosfera   va   undagi   jismlar   (mineral,   tog‘   jinslari)   atmosfera   va
gidrosferalar elektr tokini turlicha o‘tkazadi.
Yerningmagnit maydoni borligini xitoyliklar 1000 yildan avvalroq bilganlar.
«Sirli   tosh»,   ya’ni   magnitizm   hodisasini   eramizdan   avvalgi   bir   necha   asr
avvaldanoq   xitoyliklar,   arablar   va   yunonlar   bilishgan.   Magnit   strelkasining   janub
va shimol tomonni ko‘rsatishini Xitoyda, Qadimgi Misrda va Vavilonda bilishgan
va   dengizda   suzishda   foydalanishgan.   Komposning   ixtirochisi   xitoyliklar
hisoblanadi. Ingliz Gilbert 1600 yilda «Erni katta magnit» deb atagan, uning ikkita
magnit qutbi borligini yozib qoldirgan.
Yer po`stida tarqalgan tog‘ jinslari va rudalarning xususiyatiga ko‘ra magnit
anomaliyalari kuzatiladi (masalan Kursk magnit anomaliyasi). Ular lokal, regional
va   planetar   miqyosida   kuzatilishi   mumkin.   Bundan   tashqari   magnit   bo‘ronlari
bo‘lib turadi.
3. Yerningichki haroratli maydonlari.
Yerningichki   harorati   bosim   bilan   birgalikda   moddalarning   holatini   belgilab
beradi. Tog‘ jinslarining xossalari va ichki moddalarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektr   toki   o‘tkazuvchanligi,   qovushqoqligi,   oqish   me’yori   kabi   xususiyatlarini
belgilab beradi. Bunda tog‘ jinslarining namlik darajasi etakchi o‘rinni egallaydi.
Yer   yuzasiga   issiqlik   asosan   Quyoshdan   99,5%   keladi.   Yerningichki
qismidan keladigan harorat oqimi ham muhim ahamiyatga ega. Ana shu haroratlar
ekvatordan qutbgacha geofizik jarayonlarning qonuniy tarqalishiga sababchidir.
Yer yuzasida   geliotermik zona , ichki qismlarida   geotermik zona   (geotermik
gradient   va   bosqich   zonalari)   mavjud.   Geliotermik   zonada   2   ta   qatlam   ajratiladi.
1.Yer   yuzasining   1,0-1,5   m   chuqurligigacha   sutkalik   harorat   tebranish   qatlami.
Bunda   harorat   maksimumi   (soat   13 00
)   va   minimumi   ertalab   Quyosh   chiqish
arafasida   kuzatiladi.   2. Yillik   harorat   tebranish   qatlami   Quyosh   energiyasining
kelishi va Yer yuzasidan qaytishi bilan belgilanadi. Bir yilda bir marta maksimum
(iyul-avgust)   va   bir   marta   minimum   (yanvar-fevral)   o‘rtacha   kengliklarda
kuzatiladi.
Yozda   (60 0  
sh.k.)   tog‘   jinslarida   haroratning   tebranish   amplitudasi   (Yer
yuzasida):   granitda   20,3 0
  S   (60sm   chuqurlikda   1,3 0  
S)   ,   qumda   34,5 0
  S   (60   sm
chuqurlikda 0,1 0
 S), torfda 21,4 0
 S (60 sm chuqurlikda 0,1 0
 S) ga teng.
Geotermik zonada doimiy yillik harorat mintaqasi (Moskva uchun 4,2  0
 S 20
metr   chuqurlikda,   Parij   uchun   11,8 0
S,   28   metr,   YAqutiyada-2   0
S,   10   metrda),
mavjud.   Geotermik   bosqich   (100   metrq3 0
),   geotermik   gradient   (1 0
 33   metr)
ko‘rsatkichlarini o‘rganishning ahamiyati katta.
 Geofizik maydonlar va geografik qobiq
Geografik   qobiq   singari   geofizik   maydon   ham   materiya   mavjudligining
muayyan   shaklidir.   Geofizik   maydonni   tavsiflash   uchun   birorta   manbaga   (elektr
zaryadi,   massasi   va   energiyasi)   ta’sir   etuvchi   kuch   asos   qilib   olinadi.   Odatda   bu
kuchni   kuchlanish   maydoni   E   deb   yuritiladi.   Kuchlanish   tashqi   kuchlar   bajargan
ish bilan o‘lchanadi.
Geofizik   maydonning   ilmiy-amaliy   ahamiyati   g‘oyat   katta.   Jumladan,
zaryadlangan elektr zarrachalarining migratsiyasini, tog‘ jinslarining siljishi, erishi,
oksidlanish   jarayonlarini   belgilab   beradi.   SHuningdek,   havo   massalari   va   tabiiy
suvlarning   aylanma   harakatini,   zichligiga   ko‘ra   tog‘   jinslarining differensitsiyalanishini   aniqlaydi,   Yerningichki   tuzilishini   va   fizik-kimyoviy
xossalarini   o‘rganish,   qazilma   boyliklarni   qidirishda,   geosferalar   o‘rtasidagi
aloqani aniqlashda yordam beradi. 
Geofizik   maydonlar   ko‘p.   Ulardan   gidrometeorologlar   uchun   qiziqarli   va
zarur   bo‘lgani   Yerninggravitatsion   (zarrachalar   massasining   o‘zaro   ta’sir
kuzatiladi),   elektromagnit   (zarrachalarning   elektr   zaryadlari   ta’siri   kuzatiladi)   va
issiqlik-termik  (harorat   maydonida  zarrachalar   energiyasi   ta’sir   etadi)   maydonlari
bo‘lib, bunda modda va energiyaning almashinuvi kuzatiladi.
Oxirgi   jumlalardan   ma’lumki,   geografik   qobiq   tabiiy   geografiya   fanining
tekshirish   ob’ekti   bo‘lib,   bunda   ham   modda   va   energiya   almashinuvi   kuzatiladi.
Geofizik maydonga nisbatan geografik qobiq kichik. Geofizik maydon tarkibidagi
elektromagnit maydoni bilan birgalikda yagona juda katta qobiqni hosil qiladi.
Geografik   qobiqning   chegarasi:   pastda   nurash   po‘stlog‘i   bilan   yuqori   ozon
ekrani   orolig‘idagi   qalinligi   25-30   km.   bo‘lgan   qatlamni   egallaydi.   Geofizik
maydonning   pastki   chegarasi   ichki   yadro,   yuqoridagi   chegarasi   magnitosfera,
qalinligi 40000 km dan oshadi.
Yerninggravitatsion maydon ham geofizik maydonga ham geografik qobiqqa
taalluqli   xususiyatga   ega.   Tabiatdagi   ikkita   jism   (zarracha)   o‘rtasida   o‘zaro   aks
ta’sir   kuchi,   mavjudki,   natijada   o‘zaro   tortilish   kuzatiladi.   Ana   shu   o‘zaro
munosabatni gravitatsion maydon (latincha gravitus-og‘irlik) deb ataladi.
Birinchi bo‘lib olam  tortilish qonunini I.Nyuton 1687 yilda kashf  etgan edi.
Bu   qonun   barcha   jismlar   uchun   xos   bo‘lib,   u   osmon   jismlari   ichki   qismi   orqali
erkin o‘tib ketadi  va bu jism  bo‘lmasa ham o‘sha  yo‘nalishda mavjud bo‘ladi. Er
gravitatsion maydonnining asosiy o‘lchanadigan elementi bo‘lib: birinchidan, erkin
tushish   tezlanishi   va   ikkinchidan   Og‘irlik   kuchi   potensialining   miqdori
hisoblanadi.   Ana   shu   ko‘rsatkichlar   orqali   Yerningshaklini,   joyning   balandligini
astronomik-geodezik   o‘lchash   orqali   aniqlashda,   geologiyada   gravimetrik
tadqiqotlarda,   navigatsiya,   meteorologiya   va   boshqa   ko‘plab   sohada   ma’lumotlar
olishga imkon beradi. Yer   bilan   mustahkam   bog‘langan   nuqta   massasi   birligiga   bir   vaqtda   uchta
kuch   ta’sir   etadiki,   ularning   geometrik   yig‘indisi   og‘irlik   kuchi   deb   ataladi.   U
quyidagi formula bilan ifodalanadi:
G    F + I + F 1
 
bunda   G-og‘irlik   kuchi,   F-   nuqtalar   o‘rtasidagi   va   Yerningbutun   massasi
o‘rtasidagi   tortilish   kuchi,   I-markazga   intilma   kuch   (Yerningo‘z   o‘qi   atrofida
sutkalik   aylanma   harakati   natijasida   paydo   bo‘ladi),   F 1
  -osmon   jismlarining
tortilish   kuchi.   Og‘irlik   kuchi   Er   markazi   tomon   kamaya   borib,   markazida   nolga
teng bo‘ladi.  
Geofizik maydonlar va geografik qobiqning shakllanishi
Geofizik   maydon   va   geografik   qobiq-materiya   harakatining   hosilasi.   Ular
uzoq   geologik   vaqtlar   davomida   shakllangan.   Olimlarning   fikricha   geofizik
maydon   Yerninggeologik   bosqichida   taxminan   4-4,2   mlrd   yil   muqaddam   tarkib
topgan.
Eslatma:   Yer   taraqqiyotining   astronomik,   geologik,   biologik   bosqichlari
mavjud.
Falsafiy   nuqtai   nazardan   geofizik   maydon   xronologik   tartibda   materiya
harakatining muayyan shaklida paydo bo‘lgan.   Bu jarayonni quyidagicha tasavvur
etish mumkin.
M 
F 
K 
B 
I

G
l

G
f
Bu erda materiya harakatining shakllari: M-mexanik, F-fizik, K-kimyoviy, B-
biologik, I-ijtimoiy, G
l  -geologik, G
f  -geofizik ko‘rsatilgan.
Faylasuflar   materiya   harakatining   beshta   shaklini   e’tirof   etadilar:   mexanik
(M), fizik (F), kimyoviy (K), biologik (B) va ijtimoiy-sotsial (I). Bularni geofizik
nuqtai   nazardan   tahlil   qilinsa   quyidagilarni   aytish   mumkin.   Er   taraqqiyotining
astronomik   bosqichida   (5   mlrd   yil   muqaddam)   changsimon   zarrachalarning mexanik   (M)   harakati   natijasida   uyg‘unlashishi   sodir   bo‘ladi.   So‘ngra   yasmiq   va
keyinchalik   shar   shakldagi   fizik   jismga   aylanadi.   Bu   davrni   materi   harakatining
fizik   shakli   deb   atash   mumkin.   Sayyora   tariqasida   4,6   mlrd   yil   avval   Quyosh
sistemasi   tarkibida   (Geliotsentrizm   ta’limotiga,   Nyuton,   Eynshteyn   qonunlari
asosida)   harakatlanadi.   Yerningichki   qismidagi   moddalar   qizib,   rodioaktiv
elementlarning   parchalanishi   hisobiga   moddalarning   konfektiv   harakati   tufayli
materiya harakatining kimyoviy (K) shakli boshlanadi (4-4,2 mlrd yil muqaddam).
Natijada Yerninggeologik bosqichi boshlanadi. Bu materiya harakatining geologik
(G
l  ) shaklidir. Yerningichki qobiqlari (yadro, mantiya, Yer po`sti-litosfera) paydo
bo‘la boshlaydi. 
Yer   magnit   maydonining   paydo   bo‘lishiga   tashqi   yadrodagi   suyuq
moddalarning   xususiyati   sababchi   deb   hisoblamoqda   olimlar.   demak
Yerninggeofizik   maydoni   tahminan   4  mlrd  yil   avval   tarkib  topgan   desak   bo‘ladi.
Materiya harakatining geofizik (G
f ) shakli shu paytdan boshlangan. Lekin, geograf
qobiqning   shakllanishi   uchun   materiya   harakatining   biologik   (B)   shakli   (ya’ni
biosfera)   mavjud   bo‘lishi   shart   edi.   Olimlarning   hisob-kitoblariga   qaraganda
bundan 3,5-3,8 mlrd yil avval Erda hayot paydo bo‘lgan. Bu materiya harakatining
biologik   shakli   edi.   Geografik   qobiqning   paydo   bo‘lish   davri   ham   shu   paytga
to‘g‘ri   keladi.   Geofizik   maydon   geografik   qobiqqa   nisbatan   ham   ko‘lami,   ham
yoshi   jihatidan   farq   qiladi.   Geografik   qobiqning   hozirgi   holatida   rivojlanishi
materiya harakatining ijtimoiy-sotsial (I) shakli bilan bog‘liq.
Geofizik maydonlardagi asosiy jarayonlar
Oldingi mavzuni mantiqan tahlil qilinganida geofizik maydon doirasida sodir
bo‘layotgan barcha hodisa va jarayonlar materiya harakatining qonuniyatlari bilan
ifodalanadi.   Mazkur   jarayonlarni   harakatga   keltiruvchi   energiya   manbaiga   ko‘ra
ikki   guruhga   ajratish   mumkin.   Birinchisi   endogen   jarayonlar   Yerningichki
energiyasi   bilan   sodir   bo‘ladi.   Ular   tektonik   harakatlar,   magmatizm,   zilzila   va
metamorfizm   ko‘rinishida   namoyon   bo‘ladi.   Bu   jarayonlar   Yerningfizik   va
kimyoviy xossa va xususiyatlarini hosil qilishda, materiklar va okeanlarning paydo
bo‘lishida,   tog‘   va   tekisliklarning   tarkib   topishida   asosiy   o‘rinni   egallaydi. Ikkinchisi   ekzogen   jarayonlar   bo‘lib,   ularni   harakatga   keltiruvchi   manba   Quyosh
energiyasidir.   Bu   jarayonlar   nurash,   gravitatsiya,   suv   oqimi,   shamol,   muz   kabi
hodisalarning faoliyati bilan bog‘liq. Bular natijasida o‘ziga xos relef shakllari va
tog‘ jinslari tarkib topadi.
Endogen   jarayonlar   bilan   ekzogen   jarayonlarning   o‘zaro   munosabati   va
nisbati geofizik maydondagi o‘zgarishlarning mohiyatini belgilab beradi. Masalan,
endogen   (ichki)   kuchlar   ekzogen   (tashqi)   kuchlardan   katta   bo‘lsa   tog‘lar   paydo
bo‘la boshlaydi, teng bo‘lsa relef shakllari bir me’yorda rivojlanadi, kichik bo‘lsa
tog‘lar   emirila   borib,   ular   o‘rnida   avval   yassi   tog‘,   keyin   esa   peneplen   (deyarli
tekislik) hosil bo‘ladi. 
Olam   tortilish   qonuniga   binoan   dengiz   va   okean   suvlarida   qalqish   sodir
bo‘ladi.   Qalqish   Yer-Oy,   Yer-Quyosh   va   Yer   bilan   Quyosh   sistemasidagi
sayyoralarning   o‘zaro   nisbati   tufayli   sodir   bo‘ladi.   Ular   suvda,   atmosferada,
litosferada ham qalqish hodisasini keltirib chiqaradi. Er-Quyosh tizimidagi qalqish
Yer-Oytizimidagiga   nisbatan   2,2   baravar   kam.   Lekin   yangi   Oy   va   to‘lin   Oy
davrilarida  Oy va  Quyosh  qalqishlri  bir  vaqtda  kuzatiladi.  SHu davrda  Yer-Oyva
Yer-Quyosh sistemasidagi qalqish hosil qiluvchi kuchlar ustma-ust tushadi va eng
baland qalqish  paydo bo‘ladi. Okeanlar  markazida qalqish  o‘rta hisobda  0,5 metr
bo‘lsa,   Fandi   qo‘ltig‘ida   (SHimoliy   Amerikada)   eng   baland   qalqish   18   metrga,
Penjin qo‘ltig‘ida (SHarqiy Osiyoda) esa 13 metrga etadi. 
Yer o‘z o‘qi atrofida sutka davomida aylanishi hisobiga qalqish to‘lqin okean
yuzasida   siljib   (ko‘chib)   yuradi.   Har   daqiqada   yangi   joyga   ko‘chadi.   Oy   sutkasi,
ya’ni 24 soat 52 minut davomida qalqish to‘lqini Erni to‘liq aylanib chiqadi va har
bir joyda ikki marta to‘lqin ko‘tarilishi va ikki marta pasayishi  sodir bo‘ladi. Yer
po`sti ham bir kecha kunduzda 2-marta bir necha detsimetr ko‘tarilib pasayadi. 
Gravitatsion   jarayonlar   geofizik   maydonning   asosiy   xususiyatlaridan
hisoblanadi. Gravitatsion jarayon deganda tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ta’sirida
bir   joydan   ikkinchi   joyga   ko‘chishini   tushunish   lozim.   Surilma,   tog‘   va   alohida
toshlarning   qulashi,   ko‘chki,   sel   hodisalari,   sharsharalar,   suv   oqimi   gravitatsion
hodisalardir. Atmosferaning elektrik maydoni  bulutsiz va shtil muhitida mo‘‘tadil (normal)
holatda bo‘ladi. Bulut, shamolar bo‘lganda, ayniqsa sovuq va issiq front bo‘lganda
elektromagnit   g‘alayonlar   yuz   beradi   (mamaqaldiroq,   yashin,   jala   shaklida
yomg‘ir, do‘l, sel hodisasi, kuchli shamollar sodir bo‘ladi, Qutb shaffovlari va h.q.
kuzatiladi).
Yerningmagnit   maydoni   qadimdan   xitoylik,   arablar,   yunonlar   va   boshqa
xalqlarga eramizdan avvalgi davrlardayoq ma’lum bo‘lgan. Qandaydir "sirli tosh"
temir   parchasini   o‘ziga  tortishini  bilganlar. Bu  toshni  Gerkules  toshi,  keyinchalik
lidiy   toshi,   siderit,   Mangus   toshi   va   boshqa   nom   bilan   atashgan.   Oxirida   bu
atamalarning   o‘rnini   "magnit"   (Kichik   Osiyodagi   qadimgi   shahar   Magnesi   shahri
nomidan olingan bo‘lib, yunoncha  magnitli tosh  yoki  magnesi toshi  degan ma’noni
bildiradi) tushunchasi egalladi.
dastlab   magnitning   xususiyatlarini   XIII   asrda   fransuz   olimi   Petr   Peregin
o‘rgandi,   "shimoliy   va   janubiy"   qutb   tushunchalarini   fanga   kiritdi   va   kompasni
takomillashtirdi.   Magnit   o‘qi   Yerningaylanish   o‘qiga   nisbatan   11,5 0
  qiyadir.
Magnit   o‘qi   kesib   o‘tgan   joyda   geomagnit   qutblari   o‘rnashgan.   E’tibor   bering,
hakiqatdan   ham   olimlar   shimoliy   yarimsharda   janubiy   geomagnit   qutbi,   janubiy
yarim sharda esa shimoliy magnit qutbi joylashgan deb hisoblaydilar. Lekin unga
e’tibor   bermasdan   geografik   qutblar   singari   magnit   qutblari   ham   nomlanib
kelinmoqda.
Geomagnit maydon  magnitosfera  deb, uning tashqi chegarasi  magni- topauza
deb   ataladi.   Geomagnit   maydoni   60   ming   km   uzoqlikda   Quyoshning   magnit
maydoni   va   Quyosh   shamoliga   (tezligi   400   km/sek)   duch   keladi.   Quyosh
shamolining   ta’sir   tufayli   magnitosferaning   Quyoshga   qaragan   tomonining
uzunligi  8-14 Er radiusiga,  qarama-qarshi, ya’ni  soya  tomoni  esa  16 Er radiusiga
teng.
Magnitosferada   ichki   va   tashqi,   shuningdek   Yerningham   ichki   va   tashqi
radiatsion   mintaqalari   joylashgan.   Bu   erda   zaryadlangan   zarrachalar   (proton   va
elektronlar)   ushlab   qolinadi.   Ichki   radiatsion   mintaqa   ancha   zich   bo‘lib   (asosan
protonlar),   ekvatordan   balandligi   (3...4) 10 3
  km,   tashqisi   22 10 3
  km   ga   boradi. Radiatsion mintaqalardagi zarrachalar murakkab traektoriyalar bo‘yicha SHimoliy
yarimshardan Janubiy yarimsharga va qayta harakatlanadi.
Geomagnit   maydonining   paydo   bo‘lishi   haqida   ko‘plab   g‘oyalar   aytilgan.
Ferromagnit   g‘oyasi   bo‘yicha   Yer   po`sti,   mantiya   va   yadroda   ferromagnit
moddalari bor. demak geomagnit maydoni elektr toklari bilan bog‘liq bo‘lmasdan
Yerningmagnitizmi   bilan   bog‘liq.   Erda   temirning   bir   xil   tarqalmaganligi   magnit
maydonining   bir   xil   emasligi   va   magnit   anomaliyalarining   paydo   bo‘lishiga
sababchi   bo‘lgan.   Bu   g‘oya   ikkita   masalaga   binoan   asossiz   deb   topildi.
Birinchidan, 1820 yilda daniya fizigi Ereted tomonidan simdagi elektr toki atrofida
magnit maydoni borligi kashf etilgandan so‘ng va1827 yilda Fransuz fizigi Amper
tomonidan  Yerningichki   qismida   elektr   tokining   sirkulyasiyasi   magnit   maydonini
hosil   qilishini   kashf   etdi.   Ikkinchidan,   magnit   moddalari   Yer   yuzasiga   yaqin   (30
km) joylarda ekanligi, magnit po‘sti yo‘qligi isbotlandi.
Elektr zaryadlarining harakati g‘oyasi   Er o‘z o‘qi atrofida aylanishida elektr
zaryadlari harakatlanishiga va natijada elektr tokini hosil qilishiga asoslangan. Bu
g‘oya   tarafdorlari   ko‘pchilikni   tashkil   etadi.   XX   asrning   60   yillaridan   boshlab
gidrodinamik   g‘oyani   fiziklardan   YA.I.Frenkel   (Rossiya),   Elzassar   (AQSH)   va
Bullard (Angliya) tomonidan ishlab chiqildi. Ularning fikricha geomagnit maydoni
dinamo-mexanizmidagidek   paydo   bo‘ladi   va   saqlanib   turadi.   Xuddi   dinomo-
mashinaga   o‘xshab   Yer   yadrosida   magnit   maydonining   hosil   bo‘lishi   o‘zining
magnit   g‘alayonlari   Yerningaylanma   harakati   bilan   bog‘liq.   Keyinchalik
aniqlanishicha   geomagnit   maydoni   Er   yadrosida   elektr   tokining   paydo   bo‘lishi
bilan ibotlandi.
Gidromagnit dinamoni   ta’minlab turadigan energiya qayoqdan paydo bo‘ladi
degan masalaga ham turlicha fikr bildirilmoqda. Yerning radioaktiv moddalarining
parchalanish   g‘oyasi,   gravitatsion   konveksiya   g‘oyalari .   Gravitatsion   konveksiya
gipotezasining   ikki   yo‘nalishi   mavjud.   Birinchisiga   ko‘ra   amerikalik   geoximik
Yuri mantiyadan temir ajralib yadroga o‘tishi hisobiga energiya ajralib chiqadi va
u   gidromagnit   dinamoni   ta’minlaydi.   Ikkinchi   yo‘nalishni   rossiyalik   geofizik
S.I.Bragin   (1967   yil)   bildirdi.   Uningcha   suyuq   yadro   temir   va   kremniy eritmalaridan tashkil topgan. Kremniyning temir qotishmasida erishi bosim oshishi
bilan   susayadi.   Natijada   kremniyning   qattiq   kristallari   eritmasidan   ajralgan
moddalar tepaga harakatlanadi va zich-og‘ir moddalar cho‘ka boshlaydi. Oqibatda
konveksion   harakat   yadro   moddalarida   kuzatiladi   va   buning   energiyasi
gidromagnit dinamo energiyasiga aylanadi.
 Geologik xaritalar va kesmalar
Geologik xaritalashtirish yordamida Yer po`stining tuzilishi, tarkibi, geologik
strukturalar, tog‘ jinslari, foydali kazilmalar o‘rganiladi.
Geologik   xaritada   muayyan   joyning   geologik   tuzilishi   ma’lum   mashtabda
tasvirlanadi.   Geologik   xaritalar   mazmuni   va   masshtabiga   ko‘ra   turlicha   bo‘ladi.
Mazmuniga   ko‘ra   umumiy   va   maxsus   geologik   xaritalarga   ajraladi.   Umumiy
geologik   xaritalarda   asosiy   geologik   xususiyatlar:   tog‘   jinslarining   geografik
tarqalishi, genezisi, yoshi va tarkibi, tektonik buzilmalar, tog‘ jinsi qatlamlarining
yotish holati kabilar ko‘rsatiladi. Bu singari ma’lumotlar maxsus shartli belgilarda,
rang va indeks, xarf va boshqa belgilarda tasvirlanadi. 
Maxsus   geologik   xaritalarga   tektonik,   metallogenik,   to‘rtlamchi   davr
yotqiziqlari,   gidrogeologik,   gidrokimyoviy,   kazilma   boyliklar   va   boshqa   xaritalar
tegishli.
Masshtabiga ko‘ra geologik xaritalar to‘rt xil: 
1.Mayda masshtabli (1:250000 dan 1:1000000 gacha) xaritalar kichik xududli
region yoki davlatlar uchun tuziladi. 
2.   O‘rta   masshtabli   (1:100000   dan   1:200000   gacha)   xaritalar   odatda   davlat
xaritalari   hisoblanib,   xalqaro   razgrafika   asosida,   bir   xil   talab,   uslub   va   sxema
asosida   tuziladi.   Ko‘pchilik   mamlakatlar   hududi   uchun   o‘rta   masshtabli   xaritalar
tuziladi.
3.   Yirik   masshtabli   xaritalar   (1:50000   dan   yirik)   qiymalangan   relefli
maydonlarda,   sanoat   va   fuqarolik   qurilishlarida   tuziladi.   GES   uchun   to‘g‘on
tanlashda, shaharsozlik maqsadlarida juda yirik geologik xaritalar tuziladi. 4.   Obzorli   geologik   xaritalar   (1:1000000   dan   kichik)   mayda   masshtabli
xaritalarni   generalizatsiyalashtirib   tuziladi.   Unda   dunyoning   yoki   alohida
materiklarning geologik tuzilishidagi asosiy xususiyatlari yoritiladi.
Zamonaviy geofizik tadqiqot usullari 
Geologik   s’yomka   Yer   po`sti   yuza   qismining   geologik   tuzilishini
o‘rganadigan   asosiy   metodlardan   hisoblanadi.   Ishlatilishiga   ko‘ra   geologik
s’yomka   ikki   yo‘nalishda   olib   boriladi:   Marshrutli   s’emka   muayyan   yo‘nalishda,
masalan daryo, yo‘l, suv ayirg‘ich bo‘ylab xaritaga tushiriladi.   Maydonli s’yomka
ma’lum maydonda marshrutlar yoki nuqta yozish orqali amalga oshiriladi.
Geologik s’emka ikkita bosqichdan iborat: dala bosqichi va kameral bosqich.
Qiyoslang:   tabiiy   geografik   tadqiqot   ishlari   besh   bosqichdan   (g‘oyaning   tarkib
topishi,   tayyorlov,   dala,   kameral   va   hisobot)   tashkil   topgan   edi.   dala   bosqichida
quyidagi geologik ma’lumotlar to‘planadi: geologik ochiq, kanava, shtolni, burg‘u
ma’lumotlari, er osti suvlari, relef shakli va elementlari va boshqalar xarita hamda
kundalikka   tartib   raqami   bilan   tushuriladi,   tavsif   beriladi.   Tog‘   jinslaridan,
suvlardan namunalar olinadi, Geologik kesmalar, xaritalar va shartli belgilar ishlab
chiqiladi. Ma’lumotlar tahlil qilinadi, hisobot yoziladi, xulosalar qilinadi.
Geologik   xaritalarning   1:   1000000   masshtablisiga   strotigrafik   kolonka   va
geologik (gidrogeologik) kesmalar ilova qilinadi.
Geologik kesma-geologik ma’lumotlarni  gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi
tarqalishini   grafikda   aks   ettiriladi.   Kesmada   qatlamlarning   yotish   holati,   ularning
struktura   va   fatsial   xususiyatlari,   qalinligi   va   hokazalar   ko‘rsatiladi.   Geologik
kesmalarning   vertikal   va   gorizotal   masshtabi   bir   xil   bo‘lishi   zarur.   Lekin
to‘rtlamchi   davr,   gidrogeologik,   geomorfologik,   muxandis   geologik   kabi
kesmalarda   vertikal   masshtab   gorizontalligiga   nisbatan   bir   necha   marotaba   katta
tanlanadi.   Kesma   tuzishda   shurf,   geologik   ochiq,   burg‘u   quduqlari   va   boshqa
geofizik kuzatuv natijlaridan foydalaniladi.
Geologik xarita va kesmalardan gidrometeorologik tadqiqotlarda foydalanish
masalasi   loyihachilarning   doimo   e’tiborida   bo‘ladi.   Jumladan,   gidropost,
meteomaydonchalarni   tanlashda,   ekspeditsion   va   stansionlar   gidrometeorologik tadqiqotlarda   foydalaniladi.   Kanallar,   suv   omborlar,   sun’iy   ko‘llarni
loyihalashtirishda   geologik   ma’lumotlarni   hisobga   olish   katta   ahamiyatga   ega.
Gidrolog va gidrometeorologlar geologik xaritalarni o‘qishni bilishi shart.

GEOFIZIK HARITALAR VA KESMALAR Reja: 1. Geologik tadqiqotlar 2. Geofizikaning rivojlanish istiqbollari . 3. Geofizikaning rivojlanish istiqbollari 4. Geofizik maydonlar va geografik qobiq 5. Geofizik maydonlardagi asosiy jarayonlar

Geologik haritalashtirish yordamida yer po‘stining tuzilishi, tarkibi, geologik strukturalar, tog‘ jinslari, foydali kazilmalar o‘rganiladi. Geologik haritada muayyan joyning geologik tuzilishi ma’lum mashtabda tasvirlanadi. Geologik haritalar mazmuni va masshtabiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Mazmuniga ko‘ra umumiy va maxsus geologik haritalarga ajraladi. Umumiy geologik haritalarda asosiy geologik xususiyatlar: tog‘ jinslarining geografik tarqalishi, genezisi, yoshi va tarkibi, tektonik buzilmalar, tog‘ jinsi qatlamlarining yotish holati kabilar ko‘rsatiladi. Bu singari ma’lumotlar maxsus shartli belgilarda, rang va indeks, harf va boshqa belgilarda tasvirlanadi. Maxsus geologik haritalarga tektonik, metallogenik, to‘rtlamchi davr yotqiziqlari, gidrogeologik, gidrokimyoviy, kazilma boyliklar va boshqa haritalar tegishli. Masshtabiga ko‘ra geologik haritalar to‘rt xil: 1.Mayda masshtabli (1:250000 dan 1:1000000 gacha) haritalar kichik xududli region yoki davlatlar uchun tuziladi. 2. O‘rta masshtabli (1:100000 dan 1:200000 gacha) haritalar odatda davlat haritalari hisoblanib, xalqaro razgrafika asosida, bir xil talab, uslub va sxema asosida tuziladi. Ko‘pchilik mamlakatlar hududi uchun o‘rta masshtabli haritalar tuziladi. 3. Yirik masshtabli haritalar (1:50000 dan yirik) qiymalangan relefli maydonlarda, sanoat va fuqarolik qurilishlarida tuziladi. GES uchun to‘g‘on tanlashda, shaharsozlik maqsadlarida juda yirik geologik haritalar tuziladi. 4. Obzorli geologik haritalar (1:1000000 dan kichik) mayda masshtabli haritalarni generalizatsiyalashtirib tuziladi. Unda dunyoning yoki alohida materiklarning geologik tuzilishidagi asosiy xususiyatlari yoritiladi. Geologik tadqiqotlar Geologik s’yomka yer po‘sti yuza qismining geologik tuzilishini o‘rganadigan asosiy metodlardan hisoblanadi. Ishlatilishiga ko‘ra geologik s’yomka ikki yo‘nalishda olib boriladi: Marshrutli s’emka muayyan yo‘nalishda,

masalan daryo, yo‘l, suv ayirg‘ich bo‘ylab haritaga tushiriladi. Maydonli s’yomka ma’lum maydonda marshrutlar yoki nuqta yozish orqali amalga oshiriladi. Geologik s’emka ikkita bosqichdan iborat: dala bosqichi va kameral bosqich. Qiyoslang: tabiiy geografik tadqiqot ishlari besh bosqichdan (g‘oyaning tarkib topishi, tayyorlov, dala, kameral va hisobot) tashkil topgan edi. Dala bosqichida quyidagi geologik ma’lumotlar to‘planadi: geologik ochiq, kanava, shtolni, burg‘u ma’lumotlari, yer osti suvlari, relef shakli va elementlari va boshqalar harita hamda kundalikka tartib raqami bilan tushuriladi, tavsif beriladi. Tog‘ jinslaridan, suvlardan namunalar olinadi, Geologik kesmalar, haritalar va shartli belgilar ishlab chiqiladi. Ma’lumotlar tahlil qilinadi, hisobot yoziladi, xulosalar qilinadi. Geologik haritalarning 1: 1000000 masshtablisiga strotigrafik kolonka va geologik (gidrogeologik) kesmalar ilova qilinadi. Geologik kesma-geologik ma’lumotlarni gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi tarqalishini grafikda aks ettiriladi. Kesmada qatlamlarning yotish holati, ularning struktura va fatsial xususiyatlari, qalinligi va hokazalar ko‘rsatiladi. Geologik kesmalarning vertikal va gorizotal masshtabi bir xil bo‘lishi zarur. Lekin to‘rtlamchi davr, gidrogeologik, geomorfologik, muxandis geologik kabi kesmalarda vertikal masshtab gorizontalligiga nisbatan bir necha marotaba katta tanlanadi. Kesma tuzishda shurf, geologik ochiq, burg‘u quduqlari va boshqa geofizik kuzatuv natijlaridan foydalaniladi. Geologik harita va kesmalardan gidrometeorologik tadqiqotlarda foydalanish masalasi loyihachilarning doimo e’tiborida bo‘ladi. Jumladan, gidropost, meteomaydonchalarni tanlashda, ekspeditsion va stansionlar gidrometeorologik tadqiqotlarda foydalaniladi. Konalar, suv omborlar, sun’iy ko‘llarni loyihalashtirishda geologik ma’lumotlarni hisobga olish katta ahamiyatga ega. Gidrolog va gidrometeorologlar geologik haritalarni o‘qishni bilishi shart. Geofizikaning rivojlanish istiqbollari. "Geofizika asoslari" kursi gidrometeorolog bakalavrlar uchun tayanch bilim beradigan asosiy kurs hisoblanadi. Yoshlarning ilmiy bilimini va falsafiy dunyoqarashini kengaytirishda muhim o‘rinni egallaydi.

Geofizikaning ilmiy nazariy asoslari: Olam, galaktika, Quyosh tizimi, Yer va geosferalarning paydo bo‘lishi haqidagi g‘oya va ta’limotlar bilan tanishtiriladi. Yerning shakli, kattaligi va harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlar, Beruniiy qonuniyati, relef rivojlanishining asosiy qonuniyatlari, geografik qobiqning shakllanishi qonuniyatlari haqida ma’lumot beriladi. Geofizika fanining metodologik asosi: Olamdagi, geosferalardagi barcha hodisalar matoriya harakatining ma’lum shakli ekanligini, narsa va hodisalarning kelib chiqish tarixini bilmasdan turib, ularning mohiyatini anglash mumkin emasligini bakalavr talabalariga tushuntiriladi. Geofizikada qo‘llaniladigan asosiy uslublar tavsifi beriladi. Geofizikaning amaliy asoslari: geofizik jarayonlarni bilish, baholash, bashoratlash va boshqarish muammolarini yechish masalasiga e’tibor berish, tabiat resurslari va boyliklaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Gidrolog va gidrometeorolog mutaxassislar o‘z faoliyatlarida geofizik ma’lumotlarni maqsadli foydalanishi lozim. Mazkur ma’ruzalar matni yoshlarning bilimini yanada chuqurlashtirishda, dunyoqarashini kengaytirishda, tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlaymiz. Geofizikaning ilmiy va amaliy ahamiyati. Geofizika fanini geologlar, gidrometeorologlar, geograflar, fiziklar o‘rganadi. Lekin ular ta’lim yo‘nalishiga bog‘liq holda geosferalardan birortasini chuqurroq o‘rganadilar. Masalan, geologlar asosiy e’tiborni litosferaga, ya’ni Yerning ichki tuzilishi, uning tarkibiy qismlari va fizik holatini o‘rganishga qaratadilar. Gidrometeorolog talabalar faqat bitta geosferani, ya’ni atmosfera yoki gidrosferani batafsil o‘rganish bilan cheklanib qolmasliklari lozim. Chunki, bo‘lajak mutaxassislar quruqlik gidrologiyasi, meteorologiya, iqlimshunoslik, okeanologiya, agrometeorologiya va boshqa sohalarda ishlashlari mumkin. Shuning uchun ham barcha geosferalarni birgalikda, bir butun holatda o‘rganish kelajakda ijobiy natija berishi aniq. Ayni paytda gidrometeorologlar geografik qobiq tabiatini (fizikasini) yaxshi bilishlari muhim ahamiyatga ega. Shundagina ularning tabiatda sodir bo‘layotgan turli

Загрузите документ, чтобы увидеть его полностью.