GEOFIZIK MAYdONlarNING SHAKLLANISH QONUNIYATlarI

Загружено в:

17.12.2024

Скачано:

0

Размер:

21.3 KB
GEOFIZIK MAY D ON LAR NING SHAKLLANISH  QONUNIYAT LAR I
Reja:
1. Geofizik maydonlar
2. Yerning elektromagnit maydoni.
3. Yerning ichki haroratli maydonlari.
4. Geofizik maydonlar va geografik qobiq Geofizik maydon  - bu muayyan shakl va turdagi materiyaning mavjudligidir.
Geofizik   maydon   uchun   elementar   zarrachalar   (modda   va   energiya)ning   doimiy
o‘zaro ta’siri xosdir. SHu nuqtai nazardan yondashsak geografik qobiq tushunchasi
bilan geofizik maydon tushunchalar mos keladi.
D arhaqiqat,   geofizik   maydonda   ta’sir   etuvchi   kuch,   kuchlanish,
kuchlanishining   potensial   imkoniyatiga   ko‘ra   tabiiy   hodisalar   yuz   beradi.
Jumladan,   geofizik   maydon   elektr   zaryadlari   zarrachalarining   migratsiyasini,
yo‘nalishi   va   xossalari,   tog‘   jinslarinig   erishi,   oksidlanishi,   siljishi   va   hokazolar
bilan   belgilanadi.   SHuningdek,   havo   massalarining   harakati,   tabiiy   suvning
aylanma   harakati,   moddalarning   differensiyalanishi,   zichlanishi   harorati   va
bosimning   o‘zgarishi   bilan   ham   harakterlanadi.   Geofizik   maydon   Yerning   ichki
tuzilishini,   fizik-kimyoviy   xossalarini   aniqlashda,   qazilma   boyliklarni   qidirishda
va,   ayniqsa   geosferalar   o‘rtasidagi   o‘zaro   aloqa   va   ta’sirni   o‘rganishda   ahamiyati
beqiyosdir.
Geofizik maydonlarning quyidagi turlari mavjudki ularni gidrometeorologlar
bilishi   shart   hisoblanadi.   1.Gravitatsion.   2.Elektromagnit.   3.   Termik   (issiqlik).
4.Barik   kabi   maydonlar   borki,   ular   planetor   miq’esida   geosferalarda   modda   va
energiya almashinuvida muhim ahamiyat ega bo‘ladi.
1  Yerning gravitatsion maydoni.
Tabiatdagi   har   qanday   ikki   jism   (zarracha)   o‘rtasida   o‘zoro   ta’sir   bo‘ladiki
shu   tufayli   bir-birini   tortib   turadi.   Ana   shu   fizikaviy   maydondagi   o‘zaro   ta’sir
tortishish maydoni yoki  gravitatsion maydon  (latincha, og‘irlik) deb ataladi.
Butun   dunyo   tortishish   qonunini   birinchi   bo‘lib   I.Nyuton   1687   yilda   kashf
etdi.   Bu   universal   xususiyatga   ega   bo‘lgan   qonundir.   Erga   mustahkam   aloqada
bo‘lgan nuktadagi  massaga  bir vaqtning o‘zida uchta kuch ta’sir  etadiki, ularning
geometrik   yig‘indisi   og‘irlik   kuchi   deb   ataladi.   U   quyidagi   formula   bilan
ifodalanadi (G):
G    F + I + F
1
Bu   erda   F-nuqta   bilan   butun   Er   massasi   o‘rtasidagi   tortishish   kuchi;   I-
markazdan   qochma   kuch   (Yerning   o‘z   o‘qi   atrofida   sutkalik   aylanishi   natijasida paydo   bo‘ladi);   F
1   -koinot   jismlarining   tortishish   kuchi   (masalan,   qalqishlar
kuzatiladi).
Yerning og‘irlik kuchini maxsus  asbob- gravimetriya   yordamida o‘lchanadi.
Markazdan qochma kuch ekvatorda eng katta qiymatga ega bo‘ladi. Bu kuch olam
tortishish   kuchini   kamaytirishga   harakat   qiladi.   Yerning   og‘irlik   kuchi   markazi
tomon  kamayib   boradi   va   oxiri   nolga   teng   bo‘ladi.   Kosmik   kemalarning  harakati
og‘irlik   kuchi   ta’sirida   emas   balki,   olam   tortilish   qonuniga   asoslanadi.   Lekin
og‘irlik kuchi Er yuzasining barcha qismida bir xil emas. Bunga sabab Er po‘sti va
ichki   tuzilishidagi   moddalarning   massasi   va   zichligi,   og‘irligi   har   xil   ekanligidir.
Masalan, okean qa’rlarida anomal og‘irlik kuchi musbat («massa ortiqcha») bo‘lsa,
tog‘li o‘lkalarda manfiy (engil tog‘ jinslari va rudalar bo‘lgani uchun) bo‘ladi.
Qalqish hodisasi   Yer-Oy va Yer-Quyosh tizimi  ta’sirida hamda markazdan
qochma   kuch   ta’sirida   sodir   bo‘ladi.   Qalqish   hosil   qiluvchi   kuchlar   davriy
xususiyatga ega.
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi hisobiga Yer-Oy tizimidagi qalqish yoki
(to‘lqini)   okean   yuzasida   siljib   bir   oy   sutkasi   24   soat   52   minut   davomida   har   bir
nuqtada ikkita suv ko‘tarilishi va pasayishi kuzatiladi.
Yer-Quyosh   tizimidagi   qalqish,   Yer-Oy   tizimiga   nisbatan   2,2   barovar
kuchsiz   kuzatiladi.   demak,   Quyosh   qalqishi   Oynikiga   nisbatan   2,2   barovar   kam
bo‘ladi. Quyosh qalqishi alohida aniq kuzatilmaydi. U Oy qalqishini kuchaytirishi
yoki susaytirishi mumkin. Negaki Oy qalqishi markaziy okeanlarda 0,5 m atrofida
bo‘ladi.   Lekin   yangi   Oy   va   to‘linoy   davrida   Yer-Oy   va   Yer-Quyosh   tizimining
qalqish kuchi bir vaqtda kuzatiladi. Qalqishning balandligi qirg‘oqlarning shakliga
bog‘liq.   Agar   qalqish   to‘lqiniga   to‘sqinlik   bo‘lmasa   uning  balandligi   oshadi.   Eng
baland qalqish SHimoliy Amerikaning Fandi qo‘ltig‘ida kuzatilgan 18 metr, Penjin
qo‘ltig‘ida esa 13 metr. Oyning birinchi va oxirgi choragidagi fazalar davridagi Oy
qalqishi   ko‘tarilishida   Quyosh   qalqishi   pasayishi   mos   keladi.   SHuning   uchun   bu
davrda qalqish to‘lqini eng past bo‘ladi.
Qalqish   hodisasi   gidrosferada   juda   aniq   namoyon   bo‘lsada,   atmosfera,
ayniqsa   Er   po‘stida   juda   kuchsiz   sodir   bo‘ladi.   Atmosferada   planetar   miqyosida bosimlar   12   soat   davomida   aniq   o‘zgaradi.   Tadqiqot   natijalariga   qaraganda   er
po‘stida ham tog‘ jinsi qatlamlari bir necha detsimetrga ko‘tarilib pasayar ekan.
Gravitatsion   hodisalar   va   jarayonlar   tabiatda   ko‘plab   uchrab   turadi.   Ular
gravitatsion kuch ta’sirida sodir bo‘ladi. Gravitatsion hodisa deganda og‘irlik kuchi
ta’sirida   tog‘   jinslarining   bir   joydan   ikkinchi   joyga   ko‘chishini,   keyinchalik
ularning emirilishi va cho‘kindi jins tariqasida to‘planishini tushuniladi. 
Gravitatsion   hodisalarning   sodir   bo‘lishida   ekzogen,   endogen   va   texnogen
omillar   ishtirok   etadi.   Bu   omillar   tog‘   jinslarida   mavjud   bo‘lgan   mutanosiblikni
buzadi, ularni harakatlantiradi va bu jarayonda og‘irlik kuchi va suv etakchi o‘rinni
egallaydi. Bu hodisaning bir necha tiplari bor.
Haqiqiy   gravitatsion   hodisaga   qulashlar   va   qor   ko‘chkilari   tegishli
Gravitatsion-akval   hodisalarga   surilmalar   taalluqli.   Bular   yonbag‘irlardan   qulab
yoki   uchib   tushmaydi,   balki   surilib,   sudralib   tushadi.   Akval-gravitatsion
hodisalarning   sodir  bo‘lishida asosan  suv ishtirok etadi. Ularga surilma oqimlari,
soliflyuksiya,   yuza   grudnt   oqimlari   va   sel   hodisalari   misol   bo‘la   oladi.
Gravitatsion-subakval   hodisalar   daryo,   ko‘l   va   dengizlarning   suv   tagi
yonbag‘irlarida kuzatiladi. Asosan loyqa oqimlar, surilmalar xosdir.
2.  Yerning elektromagnit maydoni.
Yerning   elektromagnit   maydoni   (EEM)   deganda   elektrli   zaryadlangan
zarrachalar   bilan   geosferalar   o‘rtasidagi   o‘zaro   ta’sir   mexanizmini   tushunmoq
kerak.   Ushbu   zaryadlangan   zarrachalarning   makon   va   zamondagi   o‘zgarishi
magnit maydoni doirasida elekt tokini barpo qiladi. demak, EEM bir butun bo‘lib
ikki xilda namayon bo‘ladi. 1.Elektr maydoni. 2. Magnit maydoni. 
Astrofizika   va   geofizika   fanlarining   yutuqlari   shuni   ko‘rsatadiki   Quyosh
radiatsiyasi   (faolligi)   va   magnit   kuchlanishi   (faolligi)   Erda   sodir   bo‘ladigan
ko‘plab jarayon (atmosfera bosimi, harorat, qurg‘oqchilik, sovuq oqimlarning kirib
kelishi, 1999 yil dekabr oyining oxirida G‘arbiy Evropa mamlakatlaridagi, 2000 yil
fevral   AQSH   dagi   daxshatli   dovullar)ga   bevosita   ta’siri   bor.   Elektromagnit
bo‘ronlari va anomal maydonlar  organizmlarga, jumladan kishilar  sog‘ligiga ham salbiy ta’sir  qo‘rsatadi. Ayniqsa bu o‘zgarishlarni  bot, yurak, qon bosimi, branxit
kasalliklari bilan xastalangan bemorlar tezda sezadi.
Yer   po‘sti-litosfera   va   undagi   jismlar   (mineral,   tog‘   jinslari)   atmosfera   va
gidrosferalar elektr tokini turlicha o‘tkazadi.
Yerning   magnit   maydoni   borligini   xitoyliklar   1000   yildan   avvalroq
bilganlar. «Sirli tosh», ya’ni magnitizm hodisasini eramizdan avvalgi bir necha asr
avvaldanoq   xitoyliklar,   arablar   va   yunonlar   bilishgan.   Magnit   strelkasining   janub
va shimol tomonni ko‘rsatishini Xitoyda, Qadimgi Misrda va Vavilonda bilishgan
va   dengizda   suzishda   foydalanishgan.   Komposning   ixtirochisi   xitoyliklar
hisoblanadi. Ingliz Gilbert 1600 yilda «Erni katta magnit» deb atagan, uning ikkita
magnit qutbi borligini yozib qoldirgan.
Yer po‘stida tarqalgan tog‘ jinslari va rudalarning xususiyatiga ko‘ra magnit
anomaliyalari kuzatiladi (masalan Kursk magnit anomaliyasi). Ular lokal, regional
va   planetar   miqyosida   kuzatilishi   mumkin.   Bundan   tashqari   magnit   bo‘ronlari
bo‘lib turadi.
3. Yerning ichki haroratli maydonlari.
Yerning   ichki   harorati   bosim   bilan   birgalikda   moddalarning   holatini   belgilab
beradi. Tog‘ jinslarining xossalari va ichki moddalarning issiqlik o‘tkazuvchanligi,
elektr   toki   o‘tkazuvchanligi,   qovushqoqligi,   oqish   me’yori   kabi   xususiyatlarini
belgilab beradi. Bunda tog‘ jinslarining namlik darajasi etakchi o‘rinni egallaydi.
Yer   yuzasiga   issiqlik   asosan   Quyoshdan   99,5%   keladi.   Yerning   ichki
qismidan keladigan harorat oqimi ham muhim ahamiyatga ega. Ana shu haroratlar
ekvatordan qutbgacha geofizik jarayonlarning qonuniy tarqalishiga sababchidir.
Yer yuzasida   geliotermik zona , ichki qismlarida   geotermik zona   (geotermik
gradient   va   bosqich   zonalari)   mavjud.   Geliotermik   zonada   2   ta   qatlam   ajratiladi.
1.Er   yuzasining   1,0-1,5   m   chuqurligigacha   sutkalik   harorat   tebranish   qatlami.
Bunda   harorat   maksimumi   (soat   13 00
)   va   minimumi   ertalab   Quyosh   chiqish
arafasida   kuzatiladi.   2. Yillik   harorat   tebranish   qatlami   Quyosh   energiyasining
kelishi   va   er   yuzasidan   qaytishi   bilan   belgilanadi.   Bir   yilda   bir   marta   maksimum (iyul-avgust)   va   bir   marta   minimum   (yanvar-fevral)   o‘rtacha   kengliklarda
kuzatiladi.
Yozda   (60 0  
sh.k.)   tog‘   jinslarida   haroratning   tebranish   amplitudasi   (er
yuzasida):   granitda   20,3 0
  S   (60sm   chuqurlikda   1,3 0  
S)   ,   qumda   34,5 0
  S   (60   sm
chuqurlikda 0,1 0
 S), torfda 21,4 0
 S (60 sm chuqurlikda 0,1 0
 S) ga teng.
Geotermik zonada doimiy yillik harorat mintaqasi (Moskva uchun 4,2  0
 S 20
metr   chuqurlikda,   Parij   uchun   11,8 0
S,   28   metr,   YAqutiyada-2   0
S,   10   metrda),
mavjud.   Geotermik   bosqich   (100   metrq3 0
),   geotermik   gradient   (1 0
 33   metr)
ko‘rsatkichlarini o‘rganishning ahamiyati katta.
2. Geofizik maydonlar va geografik qobiq
Geografik   qobiq   singari   geofizik   maydon   ham   materiya   mavjudligining
muayyan   shaklidir.   Geofizik   maydonni   tavsiflash   uchun   birorta   manbaga   (elektr
zaryadi,   massasi   va   energiyasi)   ta’sir   etuvchi   kuch   asos   qilib   olinadi.   Odatda   bu
kuchni   kuchlanish   maydoni   E   deb   yuritiladi.   Kuchlanish   tashqi   kuchlar   bajargan
ish bilan o‘lchanadi.
Geofizik   maydonning   ilmiy-amaliy   ahamiyati   g‘oyat   katta.   Jumladan,
zaryadlangan elektr zarrachalarining migratsiyasini, tog‘ jinslarining siljishi, erishi,
oksidlanish   jarayonlarini   belgilab   beradi.   SHuningdek,   havo   massalari   va   tabiiy
suvlarning   aylanma   harakatini,   zichligiga   ko‘ra   tog‘   jinslarining
differensitsiyalanishini   aniqlaydi,   Yerning   ichki   tuzilishini   va   fizik-kimyoviy
xossalarini   o‘rganish,   qazilma   boyliklarni   qidirishda,   geosferalar   o‘rtasidagi
aloqani aniqlashda yordam beradi. 
Geofizik   maydonlar   ko‘p.   Ulardan   gidrometeorologlar   uchun   qiziqarli   va
zarur   bo‘lgani   Yerning   gravitatsion   (zarrachalar   massasining   o‘zaro   ta’sir
kuzatiladi),   elektromagnit   (zarrachalarning   elektr   zaryadlari   ta’siri   kuzatiladi)   va
issiqlik-termik  (harorat   maydonida  zarrachalar   energiyasi   ta’sir   etadi)   maydonlari
bo‘lib, bunda modda va energiyaning almashinuvi kuzatiladi.
Oxirgi   jumlalardan   ma’lumki,   geografik   qobiq   tabiiy   geografiya   fanining
tekshirish   ob’ekti   bo‘lib,   bunda   ham   modda   va   energiya   almashinuvi   kuzatiladi. Geofizik maydonga nisbatan geografik qobiq kichik. Geofizik maydon tarkibidagi
elektromagnit maydoni bilan birgalikda yagona juda katta qobiqni hosil qiladi.
Geografik   qobiqning   chegarasi:   pastda   nurash   po‘stlog‘i   bilan   yuqori   ozon
ekrani   orolig‘idagi   qalinligi   25-30   km.   bo‘lgan   qatlamni   egallaydi.   Geofizik
maydonning   pastki   chegarasi   ichki   yadro,   yuqoridagi   chegarasi   magnitosfera,
qalinligi 40000 km dan oshadi.
Yerning   gravitatsion   maydon   ham   geofizik   maydonga   ham   geografik
qobiqqa   taalluqli   xususiyatga   ega.   Tabiatdagi   ikkita   jism   (zarracha)   o‘rtasida
o‘zaro   aks   ta’sir   kuchi,   mavjudki,   natijada   o‘zaro   tortilish   kuzatiladi.   Ana   shu
o‘zaro munosabatni gravitatsion maydon (latincha gravitus-og‘irlik) deb ataladi.
Birinchi bo‘lib olam  tortilish qonunini I.Nyuton 1687 yilda kashf  etgan edi.
Bu   qonun   barcha   jismlar   uchun   xos   bo‘lib,   u   osmon   jismlari   ichki   qismi   orqali
erkin o‘tib ketadi  va bu jism  bo‘lmasa ham o‘sha  yo‘nalishda mavjud bo‘ladi. Er
gravitatsion maydonnining asosiy o‘lchanadigan elementi bo‘lib: birinchidan, erkin
tushish   tezlanishi   va   ikkinchidan   Og‘irlik   kuchi   potensialining   miqdori
hisoblanadi.   Ana   shu   ko‘rsatkichlar   orqali   Yerning   shaklini,   joyning   balandligini
astronomik-geodezik   o‘lchash   orqali   aniqlashda,   geologiyada   gravimetrik
tadqiqotlarda,   navigatsiya,   meteorologiya   va   boshqa   ko‘plab   sohada   ma’lumotlar
olishga imkon beradi.
Yer   bilan   mustahkam   bog‘langan   nuqta   massasi   birligiga   bir   vaqtda   uchta
kuch   ta’sir   etadiki,   ularning   geometrik   yig‘indisi   og‘irlik   kuchi   deb   ataladi.   U
quyidagi formula bilan ifodalanadi:
G      F   +   I   +   F 1
 
bunda   G-og‘irlik   kuchi,   F-   nuqtalar   o‘rtasidagi   va   Yerning   butun   massasi
o‘rtasidagi   tortilish   kuchi,   I-markazga   intilma   kuch   (Yerning   o‘z   o‘qi   atrofida
sutkalik   aylanma   harakati   natijasida   paydo   bo‘ladi),   F 1
  -osmon   jismlarining
tortilish   kuchi.   Og‘irlik   kuchi   Er   markazi   tomon   kamaya   borib,   markazida   nolga
teng bo‘ladi.

GEOFIZIK MAY D ON LAR NING SHAKLLANISH QONUNIYAT LAR I Reja: 1. Geofizik maydonlar 2. Yerning elektromagnit maydoni. 3. Yerning ichki haroratli maydonlari. 4. Geofizik maydonlar va geografik qobiq

Geofizik maydon - bu muayyan shakl va turdagi materiyaning mavjudligidir. Geofizik maydon uchun elementar zarrachalar (modda va energiya)ning doimiy o‘zaro ta’siri xosdir. SHu nuqtai nazardan yondashsak geografik qobiq tushunchasi bilan geofizik maydon tushunchalar mos keladi. D arhaqiqat, geofizik maydonda ta’sir etuvchi kuch, kuchlanish, kuchlanishining potensial imkoniyatiga ko‘ra tabiiy hodisalar yuz beradi. Jumladan, geofizik maydon elektr zaryadlari zarrachalarining migratsiyasini, yo‘nalishi va xossalari, tog‘ jinslarinig erishi, oksidlanishi, siljishi va hokazolar bilan belgilanadi. SHuningdek, havo massalarining harakati, tabiiy suvning aylanma harakati, moddalarning differensiyalanishi, zichlanishi harorati va bosimning o‘zgarishi bilan ham harakterlanadi. Geofizik maydon Yerning ichki tuzilishini, fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashda, qazilma boyliklarni qidirishda va, ayniqsa geosferalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va ta’sirni o‘rganishda ahamiyati beqiyosdir. Geofizik maydonlarning quyidagi turlari mavjudki ularni gidrometeorologlar bilishi shart hisoblanadi. 1.Gravitatsion. 2.Elektromagnit. 3. Termik (issiqlik). 4.Barik kabi maydonlar borki, ular planetor miq’esida geosferalarda modda va energiya almashinuvida muhim ahamiyat ega bo‘ladi. 1 Yerning gravitatsion maydoni. Tabiatdagi har qanday ikki jism (zarracha) o‘rtasida o‘zoro ta’sir bo‘ladiki shu tufayli bir-birini tortib turadi. Ana shu fizikaviy maydondagi o‘zaro ta’sir tortishish maydoni yoki gravitatsion maydon (latincha, og‘irlik) deb ataladi. Butun dunyo tortishish qonunini birinchi bo‘lib I.Nyuton 1687 yilda kashf etdi. Bu universal xususiyatga ega bo‘lgan qonundir. Erga mustahkam aloqada bo‘lgan nuktadagi massaga bir vaqtning o‘zida uchta kuch ta’sir etadiki, ularning geometrik yig‘indisi og‘irlik kuchi deb ataladi. U quyidagi formula bilan ifodalanadi (G): G  F + I + F 1 Bu erda F-nuqta bilan butun Er massasi o‘rtasidagi tortishish kuchi; I- markazdan qochma kuch (Yerning o‘z o‘qi atrofida sutkalik aylanishi natijasida

paydo bo‘ladi); F 1 -koinot jismlarining tortishish kuchi (masalan, qalqishlar kuzatiladi). Yerning og‘irlik kuchini maxsus asbob- gravimetriya yordamida o‘lchanadi. Markazdan qochma kuch ekvatorda eng katta qiymatga ega bo‘ladi. Bu kuch olam tortishish kuchini kamaytirishga harakat qiladi. Yerning og‘irlik kuchi markazi tomon kamayib boradi va oxiri nolga teng bo‘ladi. Kosmik kemalarning harakati og‘irlik kuchi ta’sirida emas balki, olam tortilish qonuniga asoslanadi. Lekin og‘irlik kuchi Er yuzasining barcha qismida bir xil emas. Bunga sabab Er po‘sti va ichki tuzilishidagi moddalarning massasi va zichligi, og‘irligi har xil ekanligidir. Masalan, okean qa’rlarida anomal og‘irlik kuchi musbat («massa ortiqcha») bo‘lsa, tog‘li o‘lkalarda manfiy (engil tog‘ jinslari va rudalar bo‘lgani uchun) bo‘ladi. Qalqish hodisasi Yer-Oy va Yer-Quyosh tizimi ta’sirida hamda markazdan qochma kuch ta’sirida sodir bo‘ladi. Qalqish hosil qiluvchi kuchlar davriy xususiyatga ega. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi hisobiga Yer-Oy tizimidagi qalqish yoki (to‘lqini) okean yuzasida siljib bir oy sutkasi 24 soat 52 minut davomida har bir nuqtada ikkita suv ko‘tarilishi va pasayishi kuzatiladi. Yer-Quyosh tizimidagi qalqish, Yer-Oy tizimiga nisbatan 2,2 barovar kuchsiz kuzatiladi. demak, Quyosh qalqishi Oynikiga nisbatan 2,2 barovar kam bo‘ladi. Quyosh qalqishi alohida aniq kuzatilmaydi. U Oy qalqishini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin. Negaki Oy qalqishi markaziy okeanlarda 0,5 m atrofida bo‘ladi. Lekin yangi Oy va to‘linoy davrida Yer-Oy va Yer-Quyosh tizimining qalqish kuchi bir vaqtda kuzatiladi. Qalqishning balandligi qirg‘oqlarning shakliga bog‘liq. Agar qalqish to‘lqiniga to‘sqinlik bo‘lmasa uning balandligi oshadi. Eng baland qalqish SHimoliy Amerikaning Fandi qo‘ltig‘ida kuzatilgan 18 metr, Penjin qo‘ltig‘ida esa 13 metr. Oyning birinchi va oxirgi choragidagi fazalar davridagi Oy qalqishi ko‘tarilishida Quyosh qalqishi pasayishi mos keladi. SHuning uchun bu davrda qalqish to‘lqini eng past bo‘ladi. Qalqish hodisasi gidrosferada juda aniq namoyon bo‘lsada, atmosfera, ayniqsa Er po‘stida juda kuchsiz sodir bo‘ladi. Atmosferada planetar miqyosida

bosimlar 12 soat davomida aniq o‘zgaradi. Tadqiqot natijalariga qaraganda er po‘stida ham tog‘ jinsi qatlamlari bir necha detsimetrga ko‘tarilib pasayar ekan. Gravitatsion hodisalar va jarayonlar tabiatda ko‘plab uchrab turadi. Ular gravitatsion kuch ta’sirida sodir bo‘ladi. Gravitatsion hodisa deganda og‘irlik kuchi ta’sirida tog‘ jinslarining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishini, keyinchalik ularning emirilishi va cho‘kindi jins tariqasida to‘planishini tushuniladi. Gravitatsion hodisalarning sodir bo‘lishida ekzogen, endogen va texnogen omillar ishtirok etadi. Bu omillar tog‘ jinslarida mavjud bo‘lgan mutanosiblikni buzadi, ularni harakatlantiradi va bu jarayonda og‘irlik kuchi va suv etakchi o‘rinni egallaydi. Bu hodisaning bir necha tiplari bor. Haqiqiy gravitatsion hodisaga qulashlar va qor ko‘chkilari tegishli Gravitatsion-akval hodisalarga surilmalar taalluqli. Bular yonbag‘irlardan qulab yoki uchib tushmaydi, balki surilib, sudralib tushadi. Akval-gravitatsion hodisalarning sodir bo‘lishida asosan suv ishtirok etadi. Ularga surilma oqimlari, soliflyuksiya, yuza grudnt oqimlari va sel hodisalari misol bo‘la oladi. Gravitatsion-subakval hodisalar daryo, ko‘l va dengizlarning suv tagi yonbag‘irlarida kuzatiladi. Asosan loyqa oqimlar, surilmalar xosdir. 2. Yerning elektromagnit maydoni. Yerning elektromagnit maydoni (EEM) deganda elektrli zaryadlangan zarrachalar bilan geosferalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmini tushunmoq kerak. Ushbu zaryadlangan zarrachalarning makon va zamondagi o‘zgarishi magnit maydoni doirasida elekt tokini barpo qiladi. demak, EEM bir butun bo‘lib ikki xilda namayon bo‘ladi. 1.Elektr maydoni. 2. Magnit maydoni. Astrofizika va geofizika fanlarining yutuqlari shuni ko‘rsatadiki Quyosh radiatsiyasi (faolligi) va magnit kuchlanishi (faolligi) Erda sodir bo‘ladigan ko‘plab jarayon (atmosfera bosimi, harorat, qurg‘oqchilik, sovuq oqimlarning kirib kelishi, 1999 yil dekabr oyining oxirida G‘arbiy Evropa mamlakatlaridagi, 2000 yil fevral AQSH dagi daxshatli dovullar)ga bevosita ta’siri bor. Elektromagnit bo‘ronlari va anomal maydonlar organizmlarga, jumladan kishilar sog‘ligiga ham

Загрузите документ, чтобы увидеть его полностью.