GEOGRAFIK QOBIQDA MODDA VA ENERGIYANING
GEOGRAFIK QOBIQDA MODDA VA ENERGIYANING AYLANMA HARAKATI REJA: 1. Geografik qobiqdagi harakat turlari 2 .Atmosferadagi harakatlar 3. Geografik qobiqda suvning aylanma harakati 4. Litosferadagi aylanma harakatlar 5.Biologik va biokimyoviy aylanma harakatlar
1. Geografik qobiqdagi harakat turlari Geografik qobiqning bir butunliligi ya’ni, uning komponentlarining o‘zaro ta’siri hamda bog‘liqligi qonuniyati komponentlararo modda va energiya almashinuvi orqali amalga oshadi. Geografik qo biq tarkibiy qismlarining va landshaftlarning o‘zaro bog‘liqligi xilma-xil, biroq ularning bosh sababi murakkab kimyoviy reaksiyalarni, biologik jarayonlarni vujudga keltiruvchi quyosh energiyasidir. Tabiatdagi narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligining doimiyl i gi moddalarning aylanma harakati va o‘simliklarda to‘plangan energ i ya orqali amalga oshadi. Geografik qobiqda harakatlarning ikkita yirik t u ri ajratiladi: 1.geografik qobiqning kundalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan harakatlar. Geografik qobiqning faoliyati natijasida uning o'lchamlarining dinamik muvozanati yuzaga keladi. Juda ko'p omillarning ta'siriga qaramasdan troposferada, okeanda, quruqlikda havo harorati, tarkibi, suvlarning sho'rligi nisbatan doimiy darajada (faqat sutkalik, fas1iy, asriy va boshqa davriy o'zgarishlardan tashqari) turadi; 2.geografik qobiqdagi aniq harakatlar, Ularning sodir bo'lishi geografik qobiqda erkin energiuaning borligi bilan bog'liq va ular Yerning har bir qobig'ida o'ziga xos tarzda ro'u beradi. Geografik qobiqqa issiqlik ikki tomondan keladi. Fazodan yerning ichki qismidan. Geografik qobiqda issiqlik boshqa issiqliqlik shakllariga aylanadi. Shuning uchun geogratIk qobiqqa keladlgan issiqlik Ichkl va tashqi guruhlarga bo'linadi. Geografik qobiqda ro`y beradigan barcha jarayon va harakatlar ana shu energiyalar ta`sirida rivojlanadi. Ma’lumki, organik hayotning fizik mohiyati undagi energiya balansidir. Bu energiyaning birdan bir asosiy manbai – Quyoshning nurli energiyasidir. Tabiatdagi modda va energiya almashinuvida ham Quyosh energiyasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Modda va
energiya almashinuvining yaqqol ko‘rinishlaridan biri moddalarning tabiatda aylanib yurishi ya’ni, aylanma harakatidir. Buni suvning katta va kichik aylanma harakati, atmosfera sirkulyasiyasi, okean (dengiz) suvlari sirkulyasiyasi misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Fotosintez jarayonida ham shunday modda almashinuvidagi o‘ziga xos aylanma harakat ro‘y beradi. Moddalarning aylanib yurishi, bu oqibat natijada, geografik qobiq va tabiiy kompleks (landshaft) tarkibiy qismlarining to‘xtovsiz harakatidir. Bu jarayon mineral va organik massalarning migratsiyasi (ko‘chishi) paydo bo‘lishi, emirilishi va geografik qobiqda yangidan yangi biologik strukturalarning paydo bo‘lishi demakdir. Tabiatda moddalarning aylanib yurishi organik hayotning doimiyligi va barqarorligini ta’minlaydi. 2.Atmosferadagi xarakatlar Atmosfera sirkulyasiyasining asosiy geografik ahamiyati shundaki, Er sharining bir joyidan ikkinchi joyiga ketayotgan havo o‘zi bilan birga nam va issiqlik olib boradi. Atmosferadagi harakatlaning asosiy manbai yer yuzasida issiqlikni, namlikni va bosimni notekis taqsimlanishi xisoblanadi. Vuning oqibatida atmosferada turli xil harakatlar sodir bo'ladi va ular geografik qobiqni rivojlanisllida muhim o'rin tutadi. 1.Havoning turbulent almashinishi (yer yuzasidan ko`tarilayotgan havodan yasharin bug` hosil bo`lish issiqligini chiqishi); 2.Haroratning balandlikka ko`tarilgan sari o`zgarib borishi; 3.Namlikni geografik taqsimlanishi (natijada bug'lanish, kondensatsiya va sublimatsiya, tuman, bulut,yog'inlar hosil bo`lishi). 4.Bosim farqlanishidan havoning bir joydan ikkinchi joyga harakatlanishi (shamol, havo massalari, siklon, antisiklon). Issiqlik quyi geografik kengliklardan yuqori geografik kengliklarga boradi; bu hol Quyosh radiatsiyasi balansi musbiy bo‘lgan (issiq) rayonlar
bilan Quyosh radiatsiyasi balansi manfiy bo‘lgan (sovuq) rayonlar o‘rtasidagi temperatura farqlarini kamaytiradi. Quruqlik havosi bilan dengiz havosi, shimoliy yarim shar havosi bilan janubiy yarim shar havosi va har bir yarim shardagi turli geografik kengliklar havosi almashganda nam ham almashinadi. Bunda siklonlar ayniqsa katta rol o‘ynaydi. Siklonlar yog‘in- sochinlarni hosil qiladi va ularni taqsimlab turadi. 3.Suvning aylanma harakati. YUqorida qayd etganimizdek, Quyosh energiyasi Erda moddalarning ikki tipdagi, katta yoki geologik va kichik yoki biologik aylanma harakatiga asos bo‘ladi. Geologik aylanma harakat ayniqsa, suv va atmosfera sirkulyasiyasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Buni biz avvalo, Dunyo okeani bilan quruqlik o‘rtasidagi o‘zaro suv va havo almashinuvida ko‘rishimiz mumkin. Suvning katta aylanma harakati gidrosfera-atmosfera-litosfera-gidrosfera shaklida kechadi. Suvning bir qismi uning tarkibidagi ba’zi bir moddalar bilan birga bug‘lanib quruqlikka yog‘inlar tarzida tushadi. Bu erda u tog‘ jinslarini emiradi, tuproq hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etadi, o‘simliklarning o‘sishiga sharoit yaratadi, tuproqning yuqori qatlamlarini yuvadi va erigan kimyoviy birikmalar bilan boyib okean va dengizlarga qaytib oqib keladi. Quruqlikdan oqar suvlar keltirgan tuzlar dengizda qoladi, suv esa yangidan shu yo‘lni qaytaradi ya’ni, aylanma harakatini davom ettiraveradi. Olimlarning aniqlashicha, er yuzasidan har minutda bir milliard tonna suv bug‘lanadi. Havo oqimlari bu suvni yuzlab va minglab kilometr masofaga olib ketadi hamda u quruqlik bilan okeanlar yuzasiga yog‘inlar tarzida tushadi. Suvning bug‘lanishiga sarflangan energiya asosan atmosferaga qaytadi. Suvning aylanib yurishi tufayli tabiatda tirik organizmlarning gidrosferadan litosferaga o‘tishi mumkin bo‘lgan. Hozirgi vaqtda suvning Dunyo okeani bilan quruqlik o‘rtasidagi sirkulyasiyasi – tirik
organizmlarning er yuzasidagi hayotining muhim omili, o‘simlik, hayvonlar va mikroorganizmlarning noorganik materiya bilan o‘zaro ta’sirining asosiy shartidir. Suvning kichik, biologik aylanma harakati katta geologik aylanma harakati asosida rivojlanib, u o‘simlik bilan tabiiy muhit o‘rtasida o‘tadi. Bu jarayonning borishida mineral birikmalarning biogen akkumulyasiyasi va organik birikmalarning minerallashuvi energiyaning ajralib chiqishi orqali amalga oshadi. Tabiatda suv to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Gidrosferaning turli qismlari o‘rtasidagi aylanma harakat tufayli barcha xil suv o‘zaro bog‘langandir. Suvning quyosh energiyasi va og‘irlik kuchi ta’siri ostida gidrosfera, atmosfera, litosfera va biosferani qamrab oluvchi o‘zaro aylanma harakatiga dunyoda namlik almashinuvi yoki suvning tabiatda aylanib yurishi deyiladi. Binobarin, suvning aylanma harakati, litosfera, atmosfera, biosfera va gidrosferaning hamma qismlari: er yuzasidagi suvlari (okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, suv omborlari, kanallar), tuproq namligi, er osti suvlari, atmosfera suvlarini o‘zaro bog‘laydi. Tabiatda suvning aylanib yurishi tufayli gidrosferaning diskret (turg‘un) holati buziladi. Erdagi hamma xil suvlar paydo bo‘lishi jihatidangina emas, balki doimo harakatda ekanligi va aylanib yurishiga ko‘ra ham bir xildir. SHuni aytish kerakki, suvni aylantirib yuruvchi mexanizm hamma joyda va to‘xtovsiz davom etib, unda bir qator halqalar (atmosfera, okean, litogen, tuproq, daryo, ko‘l, biologik, xo‘jalik halqalari) qatnashib, okean-atmosfera-quruqlik berk tizimini hosil qiladi. YUqorida aytganimizdek, suvning tabiatda aylanib yurishini harakatga keltiruvchi asosiy kuchlar quyoshdan keladigan issiqlik energiyasi va og‘irlik kuchidir. Quyosh issiqligi ta’siri ostida suvning bug‘lanishi, suv bug‘larining kondensatsiyasi va boshqa xil jarayonlar sodir bo‘ladi. Og‘irlik kuchi ta’sirida esa, yomg‘ir tomchilarining erga tushishi, daryolar oqimi, tuproq va