OTLARDA MODDA ALMASHINUVI BUZILISHLARI PATOLOGIYASI
OTLARDA MODDA ALMASHINUVI BUZILISHLARI PATOLOGIYASI Reja: 1. Moddalar almashinuvi kasalliklarining umu-miy tavsifi 2. Ichki sekresiya bezlari kasalliklari 3. Gipovitaminozlar 4. Mikro– va makroelementlar yetishmovchiligi 4.1. Osteodistrofiyalar 4.2. Endemik buqoq 4.3. Otlar mioglobinuriyasi
1. Moddalar almashinuvi kasalliklarining umumiy tavsifi Moddalar almashinishi yoki metabolizm – organizmning hayotiy faoliyatini ta’minlaydigan moddalar va energiyaning o’zgarish majmuidir. Moddalar almashinuvi buzilishlari u yoki bu darajada har bir patologik jarayonda paydo bo’ladi, ammo hammasi ham nozologik ahamiyatga ega bo’lmay, ikkilamchi ahamiyatga ega. Modda almashinuvi jarayonlari o’zaro tig’iz bog’liqligiga qaramasdan, shartli ravishda oqsil, uglevod, yog’, vitamin va mineralli almashinishlar tafovut qilinadi. Modda almashinuvi jarayonlarining buzilishini chaqiradigan asosiy sabablardan biri bu rasionda ozuqa moddalar miqdorining hayvonlar maxsuldorligiga to’g’ri kelmasligidir. Asab tizimi trofik funksiyasining buzilishi va ichki sekresiya bezlarining funksional faolligi kamroq ahamiyatga ega. Ustunlik qiluvchi patologiyaning sabablari va tabiatiga qarab barcha modda almashinuvi kasalliklari 4 guruhlarga bo’linadi: 1–guruhga uglevod – yog’ va oqsil almashinishi patologiyalarni o’z ichiga olgan kasalliklar kiradi. Ularga semirib ketish, ketoz, ikkilamchi osteodistrofiya, mioglobinuriya, qandli va qandsiz diabetlar va cho’chqa bolalari gipoglikemiyasi kiradi. 2–guruhga minerallar almashinishi buzilishlarini o’z ichiga olgan kasalliklar kiradi. Ularga alimentar va enzootik osteodistrofiya, gipomagniyemiya, urov kasalligi kiradi. 3–guruhga mikroelementlar kamligi yoki ziyodligidan kelib kechadigan kasalliklar kiradi. Ular enzootik kasalliklar deb ataladi, chunki ular aniq biogeokimyoviy zonalar va provinsiyalarda tarqalgan bo’ladi. Bu kasalliklar deyarli ko’p bo’lib, ularga gipokobaltoz, gipokuporoz, oq mushak kasallik, tishlar kariyesi va flyuoroz, endemik buqoq, sink va marganes yetishmovchiligi, bor va nikel ziyodligi va boshq. kiradi.
4–guruhga gipovitaminozlar: A va D (raxit) vitaminlari, tokoferol, S vitamini, fiyelloxinon, tiamin, riboflavin, pantoten va nikotin kislotalari, piridoksin, siankobalamin, biotin yetishmovchiligi kiritilgan. Me’yordagi moda almashinuvi faqat organizm barcha ozuqa moddalari va suv bilan optimal ta’minlanganda hamda hayvonlarga tegishli saqlash sharoitlari yaratilganda kechadi. Ozuqalar hayvonlar o’sishi, rivojlanishi, ko’payishini va maxsulotni ishlab chiqishini ta’minlaydigan yagona manbadir. Hayvonlarning alimentar va endokrin kasalliklarini oldini olishda rasiondagi kletchatkani me’yorlashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Kletchatkaning me’yorda bo’lishi otlar yo’g’on ichagidagi foydali mikroflora hayotiga yordam beradi. 2. Ichki sekresiya bezlari kasalliklari Veterinariya endokrinologiyasi – veterinariyaning eng yosh va kam o’rganilgan sohalaridan biridir. Shuning bilan birga ichki sekresiya bezlari patologiyasi bilan bog’liq muammolarning aktualligi ya’ni juda muhimligi yil sayin o’sib kelmoqda. Ichki sekresiya ya’ni endokrin bezlar deb biologik faol moddalarni (gormonlar) bevosita qonga yoki limfaga ajratadigan organlarga aytiladi. Otda boshqa qishloq xo’jalik hayvonlardagiday quyidagi ichki sekresiya bezlari mavjud: gipofiz, epifiz, qalqonsimon va qalqon oldi va buyrak usti bezlar. Gipofiz – loviya shaklda organ bo’lib, vazni katta otda o’rtacha 3–4 g. Uning hujayralari to’qimalar rangigini ta’minlovchi intermedin gormonini ajratadi. Epifiz jinsiy faollik, biologik ritmlar va uyqu, yorug’likka reaksiya qilish jarayonlarini boshqarishda ishtiroq etadigan gormonlarni ishlab chiqaradi. Qalqonsimon bez eng katta bo’lib, uning gormonlari to’qimalar o’sishi, rivojlanishi va differensirovka bo’lishini boshqaradi. Modda almashinuvi va i chki sekresiya bezlari kasalliklari neyrogormonal regulyator tizimining holati bilan bog’liq. Uning zararlanishlari esa birlamchi (masalan, endemik buqoq) yoki ikkilamchi, metabolik buzilishlarning rivojlanish mexanizmi asosida hosil bo’ladigan, uni yurgizib yuboradigan mexanizm rolini
o’ynaydigan va patologik regulyasiyani ta’minlaydigan zararlanishlar (masalan, ketoz, osteodistrofiya va boshq.). Bunda metabolik buzilishlar oqibatiga sezilarli ta’sir etuvchi gipotalamus, gipofiz va boshqa ichki sekresiya bezlarida o’ziga xos giperplastik (giperfunksiya), distrofik (disfunksiya) va atrofik (gipofunksiya) jarayonlar rivojlanadi. Ichki sekresiya bezlari junlar o’sishiga ham ta’sir qiladi. Qalqonsimon bez va gipofiz olib tashlanganda junlar sekin o’sadi va ularning sifati pasayadi. Qalqonsimon bezning funksiyasi pasayganda jinsiy bezlar rivojlanishidan to’xtaydi, markaziy asab tizimi yaxshi rivojlanmay qoladi. Funksiyasi haddan ziyod kuchli bo’lganda jinsiy sikllar buzilishi va bo’g’ozlik vaqtdan avval to’xtashi mumkin; markaziy asab tizimida qo’zg’alish jarayoni tormozlanishdan ustun bo’ladi . Otlarning qalqonsimon bezining faolligi qishda eng yuqori va yozda past bo’ladi. Fiziologik giperfunksiyasi bo’g’ozlik va laktasiya davrlarda, ayniqsa yuqori maxsuldor hayvonlarda kuzatiladi. Erkaklik jinsiy gormonlar markaziy asab tizimi ning funksional holatiga ta’sir etadi. Bichilgan ayg’irlarda asab tizimining holati keskin buziladi, shartli reflekslar ishlab chiqilish xususiyati pasayadi, asab jarayonlarining kuchi va harakatchanligi sustlashadi. Bichish asosan hayvonlarni xo’jalik qo’llanish uchun bajariladi. Bichilgan ayg’irlar tinchib qoladi, urishqoqligi va g’ayirligi yo’qoladi. Ikkilamchi jinsiy belgilar va qo’shimcha jinsiy bezlar rivojlanishi orqaga qaytadi. Urg’ochi otlar qonida, bo’g’ozlikning 40 – kunidan boshlab gonadotropli gormon paydo bo’ladi, u o’zining xususiyatlari bo’yicha xorionik gonadotropin va gipofizning gonadotrop gormonlaridan. Bu gormon buzilmasdan (parchalanmasdan) qonda uzoq vaqt sirkulyasiya qilishi mumkin. U xorion emas, balki bachadon endometriyi orqali ishlab chiqiladi va bo’g’oz biyalar qon zardobining gonadotropini deb nomlanadi (SJK; rus.) Oxirgi vaqtda veterinariya vrachlari qandli va qandsiz diabet, gipo– va gipertireoz, Kushing sindromi va adisson kasalligi bilan tez – tez to’qnashmoqda. Qalqon oldi bezlar endokrin tizimining ajratib bo’lmas bo’g’ini bo’lib, D vitamini
va kalsitonin bilan birgalikda organizmdagi kalsiy almashinishida ishtiroq etadigan paratireotropli gormon (paratgormon) ishlab chiqaradi. Qonda kalsiy miqdorining pasayishi gormon ajralishiga turtki beradi. Paratireotropli gormon skelet va buyraklar hamda ichaklarga ta’sir etib, kalsiy so’rilishini kuchaytiradi. Ammo paratgormoning gipersekresiyasi organizmga salbiy ta’sir etishi mumkin, shuning uchun uni universal uremik toksin deb biladilar. 3. Gipovitaminozlar Gipovitaminozlar – organizmga vitaminlarning ozuqa bilan kam tushishi yoki qoniqarsiz hazm qilinishi natijasida hosil bo’ladigan kasalliklar. Ular ko’pincha bo’g’oz va laktasiya qiladigan biyalarning rasioni vitaminlar bo’yicha balanslashmaganligi sababli og’iz suti yoki sut davrlaridagi qulunlar orasida, va katta hayvonlarda infeksion, invazion va ayrim ichki yuqumsiz kasalliklarida qayd etiladi. Gipovitaminozlarda bo’shashishlik, umumiy holsizlanish, maxsuldorlik pasayishi, o’sish va rivojlanishdan qolish, junning rangsizlanishi va aniq vitamin yetishmasligiga xos belgilar kuzatiladi. A–gipovitaminozda kon’yunktivit, kseroftalmiya (ko’z kon’yunktivasi va shox pardasining qurishi), keratomalyasiya (shox pardaning yumshashi va parchalanishi), ko’rish qobiliyatining pasayishi, enterokolit, nafas yo’llarining zararlanishi; D–gipovitaminozda – narusheniye suyak hosil bo’lishining buzilishi (raxit), Ye–gipovitaminozda erkak hayvonlarda jinsiy faollikning pasayishi, urg’ochilarda – ovulyasiya buzilishi, yoshlar hayvonlarda – bosh miya yumshashi natijasida (ensefalomalyasii) bosh miya po’stlog’i faoliyatining buzilishi, K–gipovitaminozda – qon ivishining pasayishi va gemorragik diatez, V guruhi vitaminlar gipovitaminozlarida – asab tizimining markaziy va periferik bo’limlari zararlanishlari (falaj, parez, tomir tortishish, umumiy tomir tortishishlar), dermatit, ekzema, anemiyalar, ichki a’zolar zararlanishlari kuzatiladi. Davolash va oldini olish harakatlari urg’ochi bo’g’oz va yosh hayvonlarni vitaminlar bo’yicha to’la qiymatli ozuqalar (ko’katlar, vitaminlarga boy pichan, o’t uni, sabzi, kartoshka, lavlagi, unib chiqqan bug’doy, drojji, dukaklilar, kunjara,