OTLARNING ASAB TIZIMI PATOLOGIYASI
OTLARNING ASAB TIZIMI PATOLOGIYASI Reja: 1. Bosh miya chayqalishi 2. Orqa miya shikastlanishlari 2.1. Parez va falajlarga olib keladigan umurtqa pog‘onasi kasalliklari 3. Nervlarning travmatik kasalliklari 4. Oyoq nervlarining parez i va falajlari
1. Bosh miya chayqalishi Bosh miya chayqalishi (commotion cerebri) otlarda bosh suyagi – miya shikastlarining eng ko’p uchraydigan yopiq patologiyasi. Uncha kuchli bo’lmagan shikastlovchi kuch ta’sirida hosil bo’ladi va qaytariladigan funksional o’zgarishlarga olib keladi ya’ni u bosh miya diffuzli zararlanishining eng yengil shakli bo’lib, strukturaviy o’zgarishlar kechmaydi. Bosh miya chayqalishi ko’pincha boshga biror narsa bilan urilganda, bosh uzra yiqilganda paydo bo’ladi. Miyasi chayqalgan hayvon xushidan ketadi (odatda tez o’tib ketadi) va yiqiladi. Ko’z soqqasi harakatsiz bo’lib, qorachig’i kengayadi va yorug’likka deyarli reaksiya qilmaydi, nafas olinishi sust va yuzaki, puls sekin uradi va kam to’lgan bo’ladi. Pay reflekslari chaqirilmaydi. Ko’p hollarda qusish va tomirlar tortishishi kuzatiladi. Avval hayvon gangigan holatda bo’lib, hyech narsaga reaksiya qilmaydi. Asta – sekin bu holat o’tib ketadi va ko’pincha kuchsiz qo’zg’alish bilan almashiniladi. Birinchi kunlarda kuchli holsizlanish (adinamiyagacha) kuzatiladi. Bir qator belgilar simpatik tizimi tonusining pasayishi sababli hosil bo’ladi. Ularga adinamiyadan tashqari pulsning bradikardiya fonida o’ynashi, qon bosimi pasayishi, qondagi qand miqdorining kamayishi kiradi. Ayrim hollarda qisqa vaqtga tana harorati ko’tarilib leykositozga o’tadi. O’choqli nevrologik simptomatika kuzatilmaydi, ammo ayrim hollarda o’tib ketadigan nistagm (ko’z soqqasi qaltirashi) qayd etiladi. Bosh miya chayqalgandan so’ng yurak faoliyatining barqarorsizligi, tezda toltqish, kuchli qo’zg’alish kabi belgilar uzoq vaqtga qoladi. O’rtacha og’irlikda bosh miya chayqalishida zararlanish belgilari 6–12 oylardan so’ng yo’qoladi, ammo jismoniy yuklanishlarda ular qayta paydo bo’lishi mumkin. Bu patologiyaning posttravmatik davrida otning hatti – harakatlarida o’zgarishlar (past ishchanlik, tezda toliqish, bezovtalanish, umumiy qo’zg’alish, qo’rquv, agressivlik, sababsiz tez – tez kishnash, apatiya, reaksiyalar susayishi va tormozlanish); vegetativ reaksiyalar (terlash, taxikardiya, taxipnoe); tomirlar tortishishi kuzatiladi. Bunday hatti – harakatli reaksiyalar ot bilan ishlashda ko’p
muammolarni tug’diradi. Ayg’irlar treningda va ot sporti mashqlarini bajarishda kuchsiz bo’lib qoladi. Tez – tez xavfli holatlar paydo bo’ladi. Bosh miya chayqalishida va umuman yopiq bosh suyagi – miya shikastlarida hayvonlar iloji boricha tezroq ko’zdan kechirilishi lozim. Avval vital funksiyalari holati, tomirlar tortishishlari bor – yo’qligi baholanadi. Xushidan ketgan hayvon yon tomonlab yotqiziladi, chunki so’lak va qusuqlar nafas yo’llariga tushishi mumkin. Nafas olish buzilganda og’iz, halqum, traxeya shilliqdan tozalanadi, til ushlagich asbobi qo’yiladi, sulfokamfokain yuboriladi. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun kordiamin qo’llanadi. Tomir tortishishlar xurujlari bosh miyada chuqur zararlanishlarni chaqiradi. Bunda relanium, seduksen, lyuminallarni qo’llash lozim. Tomir tortishishi xuruji bartaraf etilganda profilaktika maqsadida uzoq vaqt ta’sir etuvchi antikonvulsantlar (finlepsin) qabul qilinadi. Yopiq bosh suyagi – miya shikastlarini davolash ishlari birinchi navbatda umumiy tadbirlardan boshlanadi. Hayotiy muhim funksiyalariga madad berish bilan birgalikda gomeostazning asosiy parametrlari nazorat qilinadi, burun va og’izhalqum tozalanadi, qovuq va ichaklar holati qayd etiladi. Suyuqlik bir kunda 30–50 ml/1 kg hisobidan kiritiladi. Izotonik eritmalar (Ringer, natriy xloridi eritmalari) qo’llanishi maqsadga muvofiqdir. Bosh miya shishishini davolash uchun diuretiklar qo’llanadi, sernokisloy magnezii yuboriladi. Neyroproteksiya maqsadida o’tkir davrda neyrotrofik prepara tlar (serebrolizin, semaks, glisin); energetik to’qimali metabolizmni yaxshilovchi (aktovegin, riboksin) preparatlar; vi taminlar tavsiya etiladi. 2. Orqa miya shikastlanishlari 2.1. Parez va falajlarga olib keladigan umurtqa pog‘onasi kasalliklari T.K.Donskaya, M.A.Narusbayeva (2003) ta’qidlashicha, periferik falajlarda a’zoning atoniyasi, mushaklar distrofiyasi va atrofiyasi rivojlanadi, pay reflekslari yo‘qoladi. Uzoq davom etadigan periferik falajda ikkilamchi kontrakturalar rivojlanishi mumkin. Periferik falajning tipik misoli – yelka chigalining mexanik shikastidan hosil bo‘lgan oldingi oyoqda bilak nervi falajidir. Yelka chigali kurak ostida, yelka
bo‘g‘imi sohasida joylashgan, undan oldingi oyoqni innervatsiya qiladigan tirsak va bilak nervlari chiqadi. Kuchli zarbada bu nervlar chigaldan uzilib, o tda oldingi oyoqning falaji paydo bo‘ladi. Mualliflar oyoqlar parezi va falajlariga olib keladigan umurtqa kasalliklarini keltiradi. Umurtqa pog‘onasi shikastlanishlari eng ko‘p holatlarda avtohalokatlar, balandlikdan yiqilish (it bolasi divandan yiqilganda ham shikastlanish mumkin). Shikast umurtqa pog‘onasi, uning pay – paychalar apparati, umurtqalararo disklar yoki orqa miya zararlanishlarini chaqirishi mumkin. Ta’qidlab o‘tish joiz – shikastlangandan so‘ng birinchi soatlarda og‘riq past bo‘lishi mumkin, shuning uchun zararlanish og‘irligi darajasini aniqlashda rentgenologik tekshirishlar muhim ahamiyat kasb yetadi. Belgilar. Umurtqa pog‘onasining shikastlanishlarida kasallik belgilari har xil bo‘ladi – juda yengildan og‘irgacha. Ular 5 kategoriyaga bo‘linadi. 1. Shikastlangan joydagi muskullar og‘riqli va tarang bo‘ladi, harakat buzilishlari kuzatilmaydi. 2. Parezning yengil belgilari va yengil ataksiya namoyon bo‘ladi, ammo it chopib yurishi mumkin. 3. Parez. It tik turish va yurish qobiliyatini yo‘qotadi, ammo sezuvchanlik to‘lig‘icha saqlanib qoladi. 4. Oyoqlar falaji. Terining sezuvchanligi pasayishi mumkin, ammo falajlangan oyoqlardagi chuqur og‘riqqa reaksiya saqlanadi. 5. Falaj. Terining sezuvchanligi va falajlangan oyoqlardagi chuqur og‘riqqa reaksiya bo‘lmaydi. Oqibati. Yordam ko‘rsatilgancha qanchalik ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa va orqa miya zararlanishi qanchalik kuchli bo‘lsa kasallik oqibati shunchalik yomon bo‘ladi.
Diskopatiya (umurtqalararo diskning o‘rnidan chiqishi). Diskopatiya – umurtqalararo disklarning patologik o‘zgarishlari va zararlanishlarining yig‘ma nomlanishi, natijada disk orqa miya kanaliga chiqib qoladi (disk prolapsusi). Chiqib qolgan disk orqa miyani siqib, zararlanishning barcha belgilarini (og‘riq, parez, falaj, ataksiya va sh.o‘.) chaqiradi. Bu kasalikka birinchi navbatda xondrodistrofoid it zotlari (taksa, pekines) chalinadi . Ulardagi diskopatiya odatda 4–6 yoshida paydo bo‘ladi. Boshqa zotlarga mansub itlar (ovcharka, doberman) ham bu kasallikka chalinishi mumkin, ammo ularda diskopatiya 9–10 yoshdan so‘ng hosil bo‘ladi. Belgilar. Odatda diskopatiya it avtomobil ichiga sakrab kirishdan yoki boshqa balandroq joyga chiqishdan (zinaga) bosh tortadi. Ayrim hollarda, uni ko‘targanda yoki unga teginganda yuqori sezuvchanlikni bildiradi. Kam hollarda kutilmagan falajlar rivojlanadi. Diskopatiya ko‘pincha umurtqa pog‘onasining bo‘yin va ko‘krak bo‘linmalarida uchraydi. Bo‘yin bo‘linmasidagi prolapsda kuchli og‘riq rivojlanib, old oyoqlarga o‘tadi va oqsoqlikni chaqiradi. Ko‘krak – bel sohadagi disk o‘rnidan qo‘zg‘alganda bel bukchayadi va orqa oyoqlar falaji rivojlanadi. N.A.Sotnikov (2014) bo‘yicha, falaj va parezlar xondrodistrofoidli it zotlari – taksa, pekines, fransuz buldogi; ayrim holatlarda spaniyel, pudellar va yana 84 ta it zotlarida kuzatiladi. Yashash sharoitidan qat’iy nazar (uy va ovchi, semiz va oriq) barcha yoshdagi, ammo ko‘pincha 2 yoshdan katta itlar kasallanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan it zotlari boshqa hayvon turlari va odamlarga xos bo‘lmagan antiqa (unikal) kasallikka chalingan. Oddiy tilda bu kasallikni “disk churras i” deb ataydilar. Bu atamani (yanada noto‘g‘risi – diskopatiya) hali ham veterinariya vrachlari ishlatib kelmoqda. Ammo hozirgi kunda tashhisni qo‘yishda uni Intervertebral Disk Disease (IVDD) Tip 1 Hansen deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Aslida mazkur kasallik odam va yirik itlardagi o‘xshash patologiyaga xos emas va uni davolash va diagnostika qilish uchun boshqacha yondashish lozim. Bu patologiya “churra” ning bir turi bo‘lib, fibroz halqaning chin yorilishi bilan