OTLARDA OSHQOZON – ICHAK TIZIMI PATOLOGIYASI
OTLARDA OSHQOZON – ICHAK TIZIMI PATOLOGIYASI Reja: 1. Sanchi q lar, ularning belgilari, davolash va oldini olish 2. H azm q ilish tizimi kasalliklari ni davolash va oldini olish 2.1. Stomatit 2.2. Parotit 2.3. Faringit 2.4. Gastroenterit 2.5. Gepatit 2.6. Ozuqali zaharlanishlar
1. Sanchi q lar, ularning belgilari, davolash va oldini olish Sanchiqlar - Colica bezovtalanish bilan o’tadigan sanchiq ma’nosini anglatib, bu guruhga oshqozon va ichaklarning ko’p kasalliklari kiradi hamda oshqozon-ichaklarda oziqa massasining to’xtab qolishi, hazm traktining motorikasi, so’rilish va sekretor funksiyalarining buzilishi bilan o’tadi. Bu kasalliklar asosan bir tuyokli hayvonlarda va ba’zan boshqa hayvonlarda ham uchraydi. G.V.Domrachevning tasniflashi bo’yicha sanchiqlar: oshqozon sanchiqlari (oshqozonning o’tkir va surunkali kengayishi), peritonitsiz kechadigan ichak sanchiqlari (kattaral spazm, meteorizm, ximostaz va koprostaz, ichaklarning tosh, konkrement yoki gelmintlar bilan tiqilib qolishi) va peritonit bilan o’tadigan ichak sanchiqlari (ichaklarning tuyulishi, buralishi, invaginasiyasi; tromboemboliyasi paytidagi kelib chiqadigan mexanik ileuslar) bo’linadi. Ximo va koprostazlar (Obturatio intestinorum) - ingichka (ximostaz) yoki yug’on (kaprostaz) ichak bo’limlarida oziqa massasining turib qolishi bo’lib, ko’pincha otlar, qisman it va boshqa hayvonlar kasallanadi. Paralitik ileuslar guruhiga kiruvchi kolik hisoblanadi. Davolash. Oldingi bo’lim ichaklar ximostazida oshqozonga zond yuborilib, ixtiol yoki natriy gidrokarbonat eritmalari bilan yuvib turiladi. Venaga 30-50 ml 10 %li analgin, 50-100 ml 10 %li xloralgidrat yoki 150-200 ml 10 %li magniy sulfat eritmalari yuboriladi. Paranefral yoki epiplevral novokainli blokadalar yaxshi yordam beradi. 2-6 l miqdoridagi shilimshiqli suyuqlik, 500-900 ml o’simlik moyi, 300-400 g surgi dorilar ichiriladi. Teri ostiga 0,01-0,1 g pilokarpin, 0,01-0,03 g prozerin yuborish mumkin. Qorin sohasi massaj qilinadi, chuqur klizmalar, yurdirish, venaga 300-500 ml 5 %li natriy xlorid eritmasidan glyukoza va kofein bilan birgalikda yuborish tavsiya etiladi. Keyinchalik diyetik oziqlantirish va kattaral enteritdagidek davolash davom etdiriladi. Klizmalar. Tugri ichak orkali yuborilayotgan suyuklikning mikdoriga karab mikro- va makroklizmalar farklanadi. Mikroklizmada yuborilayotgan suyuklikning mikdori 50 ml.dan oshmaydi. Makroklizmalarga tozalovchi, tezaklantiruvchi,
yuvuvchi-sifon, surgi, oziklantiruvchi, chukur va subakval klizmalar misol buladi. Makroklizmalar paytida katta xayvonlarga 20, kuylarga-3, chuchkalarga 1-2 va itlarga 1 litrgacha suyuklik tugri ichak orkali yuboriladi. Klizma uchun rezervuarlar sifatida Esmarx krujkasi, baklar, yoki pastida shlang uchun teshik bulgan metal idishlar olinadi. Suyuklikni bosim ostida yuborish uchun tamponatordan foydalaniladi. Tozalovchi klizma barcha turdagi klizmalardan oldin tugri ichakni tezakdan tozalash maksadida kullaniladi. Buning uchun katta xayvonlarga 7-10, mayda xayvonlarga esa 0,5-1 litr atrofida xarorati xayvon xaroratidagi suyuklik tugri ichak orkali yuboriladi. Tezaklantiruvchi klizma utkazish tezaklash akti bulmaganda tavsiya etilib, sovunli suv bilan yoki gliserin kushilgan suv bilan utkaziladi. Bunda ichak devorining kitiklanishi uning perstaltikasini tezlashtiradi. Xayvon parasimpatikatonik xolatda bulsa, suvning xarorati 35~S, simpaikatonik xolatda esa 18-24~S bulishi kerak. Yuvuvchi-sifon klizmada tozalovchi klizmadan keyin bir necha marta 1%li osh tuzi eritmasi yoki kaliy permanganat eritmasidan yuborilib, ichak devori shillik pardasidagi shilimshik modda va ekssudat yuvib chikariladi. Surgi klizmalar ichaklar perstaltikasi va sekresiyasini kuchaytirish maksadida utkazilib, buning uchun usimlik moylari, vazelin yogi, gliserin yoki urta tuzlarning 2-3%li eritmalari kullaniladi. Oziklantiruvchi klizma kasal xayvonda uzok muddat ishtaxa bulmaganda, ogiz orkali oziklantirish yoki zondlarni kullash mumkin bulmagan xollarda tavsiya etiladi. Buning uchun tozalovchi klizma utkaziladi va 1 soatdan keyin ozikaviy suyuklik tugri ichakka yuborilgach, xayvonning dumi bilan anal teshigi 15 dakika davomida yopib turiladi. Bir sutkada 2-3 marta oziklantiruvchi klizma utkazish kerak. Chukur klizma tamponatorlarni kullash bilan utkaziladi va bunda suyukliklarni yugon ichakning orkangi va oldingi bulimlariga utishini ta’minlash mumkin.Chukur klizmadan keyin xayvonlar yurgiziladi.
Subakval klizma xazm tizimini boshidan oxirigacha yuvish tavsiya maksadida utkazilib,tugri ichak orkali yuborilayotgan suyuklik oshkozonga va kayd kilish bilan ogizdan tinik suyuklik chikgunga kadar davom ettiriladi. Odatda subakval klizmadan keyin 20-3 soat utgach xayvonning ishtaxasi tulik tiklanadi. 2. H azm q ilish tizimi kasalliklari ni davolash va oldini olish usullari 2.1. Stomatit Stomatit – mexanik, termik, kimyoviy va biologik omillar ta’sirida hamda infeksion va invazion kasalliklarda og’iz bo’shlig’i shilliq pardasining yallig’lanishi. Klinik tomondan chaynash buzilishi, ozuqani qabul qilmaslik, shilliq parda giperemiyasi kuzatiladi. Lo’nj, milk va til ustida eroziyalar va yarachalar bo’lishi mumkin. Og’iz bo’shlig’idan badbo’y hid keladi, so’lak oqadi. Hayvon chapillatib chaynaydi va tumshug’ini old oyoqlariga ishqaydi. Stomatitni quturish kasalligidan farqlash lozim. Davolashda shilliq parda qo’zg’alishining oldini olish zarur, hayvonga suyuq ozuqalar beriladi (kisellar, shilimshiq qaynatmalar, suyuq bo’tqalar). Og’iz bo’shlig’i 3 % li vodorod peroksidi, osh sodasi yoki borat kislotasi, Lyugol, rivanol (1: 1000), furasilin (1: 5000) eritmalari, moychechak (romashka; rus.) guli, mavrak (shalfey; rus.), ittikanak (chereda; rus.) barglari damlamalari bilan yuviladi, sulfanilamidlar pudrasi purkaladi va boshq. 2.2. Parotit Parotit – quloq oldi so’lak bezining yallig’lanishi bo’lib, u turli jarohatlar, lat yeyishlar, bezning chiqaruv yo’liga boshoqli o’simliklar qiltiqlari va boshqa ozuqa zarrachalarining tushishida, infeksion kasalliklarda rivojlanadi. Kasallik o’tkir va surunkali, bir va ikki tomonlama, aseptik va yiringli shakllarda bo’lishi mumkin. O’tkir ikki tomonlama parotitda ot boshini oldinga cho’zib turadi, bir tomonlamada esa uni sog’ tomonga sal qiyshiq tutadi. Bez zararlanganda issiq va og’riqli shish rivojlanadi. Hayvon jabrlanadi, chaynash va yutish aktlari qiyinlashadi, kuchli so’lak oqishi kuzatiladi. Yiringli parotitda tana harorati ko’tariladi, abssesslar va ayrim hollarda oqmalar hosil bo’ladi. Surunkali
kechishda bez kattalashadi, palpasiyada zich, yuzasi notekis va kam og’riqli bo’ladi. Tashhis qo’yishda parotitni aerosistitdan (quloq oldi sohasida halqum va qizilo’ngachdan yuqoriroq yotadigan havo xaltasi shilliq pardasining yallig’lanishi) farqlash lozim. Aerosistitda shish parotit shishidan pastroqda joylashadi. Kasal hayvonlarga maydalangan ozuqa, bulamiq (atala), iliq suv beriladi. Kasallikning aseptik shaklida dastlabki 2 kunlarda sovuq keyin isituvchi muolajalar, yorug’lik, ultrayuqori chastotali terapiyalar, massaj, qo’zg’atuvchi malhamlar (kamforali, ixtiolli) qo’llanadi. Yiringli parotitlarda muskul orasiga va mahalliy antibiotiklar va sulfanilamidlar yuboriladi. Abssesslar ochiladi va antiseptik eritmalar (furasilin, kaliy permanganati) bilan yuviladi. 2.3. Faringit Faringit – halqum shilliq pardasi va chuqur qavatlari hamda yumshoq tanglay va limfatik tugunlarning yallig’lanishi. Kasallik to’qimalarga mikroorganizmlar o’rnashishi, mexanik shikast, toksinlar va davolovchi moddalar ta’sirida, juda issiq yoki sovuq ozuqa, kuydirgi, saqov, pasterellyoz va boshq. infeksion kasalliklarda hosil bo’ladi. Kasallik rivojlanishiga organizm rezistentligining pasayishi moyillik yaratadi. Kasallik o’tkir va surunkali kechadi. Kasallangan hayvonlar ozuqani qabul qilmaydi yoki uni qiynalib yutadi, so’lak oqadi, burundan ekssudat bilan ozuqa parchalari chiqadi, bosh oldinga cho’zilgan bo’ladi, halqum sohasi shishadi. O’tkir shaklda tana harorati ko’tariladi, hayvon yo’talishi va qiynalib nafas olishi mumkin. Bu kasallikka laringit (hiqildoq yallig’lanishi) hamroxlik qilishi mumkin. Laringitda yutish harakatlarida patologiya bo’lmaydi. Tashhis qo’yishda infeksion kasalliklarini inkor qilish lozim. Davolash. Kasal hayvonlar sog’lardan ajratiladi, ularga yumshoq ozuqa beriladi (dimlangan yoki bulamiq shaklida). Ozuqa juda qiynalib yutilganda hayvon burunqizilo’ngach zond orqali oziqlantiriladi. Tashqi tomondan halqum