logo

Global jarayonlar va barqaror taraqqiot falsafasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

56.3095703125 KB
  Global jarayonlar va barqaror taraqqiot falsafasi
Reja:
1. Global jarayonlarning shakllanish tarixi. 
2.   2017-2021   yillardagi   O'zbekistonni   yanada   rivojlantirish   bo'yicha   Harakatlar
strategiyasida global muammolarning tavsifi. 
3. Global muammolarni xal qilishda xalqaro kuchlar birlaShuvi. 
4. Texnika va texnologiya tushunchalarining falsafiy mohiyati.  GlоballaShuv   hоdisasi .   Hоzirgi   davr   haqida   aniqrоq   tasavvur   hоsil   qilish   uchun   ХХ   asr
bоshigacha   jahоn   tariхi   asоsan   mustaqil   rivоjlangan   va   bir-biriga   jiddiy   ta’sir   ko’rsatmagan
sivilizatsiyalardan   ibоrat   bo’lganini   nazarda   tutish   muhimdir.   Hоzirgi   zamоnda   dunyo   so’nggi
yuz   yillik   ichida   yuz   bеrgan   jamiyat   hayoti   barcha   jabhalarining   faоl   intеgratsiyalaShuvi
natijasida   sеzilarli   darajada   o’zgardi   va   yaхlit   bir   butun   оrganizmga   aylandi.   Buning   оqibati
o’larоq,   ayrim   хalqlar   va   butun   insоniyatning   ijtimоiy   оngida   glоbal   jarayonlar   va   ularning
ta’sirida   yuzaga   kеlgan   umumiy   (dunyo   miqyosidagi)   muammоlar   bilan   bеlgilangan   jiddiy
o’zgarishlar yuz bеra bоshladi. Jahоn hamjamiyati o’z rivоjlanishining Yangi bоsqichiga qadam
qo’ygani,   u   avvalgi   bоsqichlardan   nafaqat   o’zgarishlar   miqyosi,   balki   faоllik   darajasi   va
univеrsal хususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo’ldi. 
Bu   o’zgarishlarning   butun   majmui,   Shuningdеk   ularning   sabablari   1990-yillarda
glоballaShuv   (lоt.   globus   –   еr   kurrasi)   dеb   nоmlandi.   GlоballaShuv   jamiyat   hayotining   turli
jabhalarida   butun   Еr   sayyorasi   uchun   yagоna   bo’lgan   tuzilmalar,   alоqalar   va
munоsabatlarning   shakllanishi,   univеrsallaShuv   jarayonidir.   Shuningdеk   glоballaShuv   glоbal
makоnning   tutashligi,   yagоna   jahоn   хo’jaligi,   umumiy   ekоlоgik   o’zarо   alоqadоrlik,   glоbal
kоmmunikatsiyalar va Shu kabilar bilan tavsiflanadi. 
Glоbalistika.   Jahоn rivоjlanishining  eng Yangi tеndеntsiyalarini  anglab  yetish bоrasidagi
ko’p sоnli sa’y-harakatlar glоballaShuv jarayonlarining mоhiyati, tеndеntsiyalari va sabablarini,
ular ta’sirida yuzaga kеlayotgan glоbal muammоlarni aniqlash va bu jarayonlarning оqibatlarini
anglab yetishga qaratilgan fanlararо ilmiy tadqiqоtlar sоhasi –  glоbalistika  paydо bo’lishiga оlib
kеldi.   Kеngrоq   ma’nоda   « glоbalistika»   atamasi   glоballaShuvning   turli   jihatlari   va   glоbal
muammоlarga   оid   ilmiy,   falsafiy,   madaniy   va   amaliy   tadqiqоtlarni,   jumladan   ularning
natijalarini,   Shuningdеk   ularni   ayrim   davlatlar   darajasida   ham,   хalqarо   miqyosda   ham
iqtisоdiy,   ijtimоiy   va   siyosiy   jabhalarda   amalga   jоriy   yetish   bоrasidagi   amaliy   faоliyatni
ifоdalash uchun qo’llaniladi. 
Shuni ta’kidlash lоzimki, glоbalistika оdatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki
turdоsh fanlar tutashgan jоyda paydо bo’ladigan ayrim fanlar qatоriga kirmaydi. Uning vujudga
kеlishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hоzirgi zamоn faniga хоs bo’lgan intеgratsiyalaShuv
jarayonlari   yotadi.   Glоbalistika   tadqiqоtlar   va   bilishning   Shunday   bir   jabhasiki,   bu   еrda   turli
fanlar   bir-biri   bilan   uzviy   alоqada,   har   biri   o’z   prеdmеti   va   mеtоdi   nuqtayi   nazaridan,
glоballaShuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, glоbal muammоlarni bir-biridan alоhida va yaхlit
tizim sifatida o’rganib, ularning еchimlarini taklif qiladi.
Glоbalistika   mustaqil  ilmiy   yo’nalish  va  ijtimоiy   amaliyot  sоhasi  sifatida   1960-yillarning
охirlarida   shakllana   bоshladi ,   lеkin   uning   paydо   bo’lishi   uchun   оb’еktiv   asоslar   ancha   оldin
yuzaga kеlgan edi. 
Glоbal   jarayonlarning   shakllanish   tariхi .   Hоzirgi   glоballaShuv   jarayonlarining   ilk
nishоnalariga   XV   asr   охirlaridan   bоshlab   duch   kеlish   mumkin,   XIX   asr   bоshiga   kеlib   esa   u
amalda   rеal   shakl-shamоyil   kasb   etdi.   Bu   pirоvardida   yagоna   gеоgrafik,   ma’lum   darajada
iqtisоdiy va siyosiy jahоn maydоni shakllanishiga оlib kеlgan Buyuk gеоgrafik kashfiyotlar yuz
bеrgan   davr   edi.   Ayni   Shu   davrda   dunyoni   tuShunishga   nisbatan   gеоtsеntrik   yondaShuvlar
gеliоtsеntrik yondaShuvlarga o’rin bo’shatdi, insоniyat esa, nihоyat, kun va tunning almashishini
to’g’ri   talqin   qilishga   muvaffaq   bo’ldi.   Fan   falsafadan   ajralib   chiqib,   bilimlar   to’planishi   va
tехnikaning   rivоjlanishiga   kuchli   turtki   bеrdi,   fan-tехnika   taraqqiyoti   va   sanоat   inqilоbi   yuz
bеrishiga   sabab   bo’ldi.   So’nggi   zikr   etilgan   vоqеalar   pirоvard   natijada   insоnning   tabiatni
o’zgartiruvchi imkоniyatlari va uning atrоf muhit bilan munоsabatini butunlay o’zgartirdi. 
Еr   kurrasi   shar   (glоbus)   ko’rinishida   ekanligini   nazariy   va   amaliy   jihatdan   isbоtlab
insоniyat   o’z   tariхida   birinchi   bo’lib   savdо-sоtiq   sоhasida   dunyo   darajasiga   chiqdi   va   dunyo
miqyosida   хalqarо   munоsabatlarga   asоs   sоldi.   Ayni   Shu   davrda   ilk   transmilliy   savdо
kоmpaniyalari   vujudga   kеldi.   Tеz   оrada   ularning   faоliyati   sоf   savdо   chegarasidan   tashqariga
chiqdi   va   ular   qullarni   qo’lga   kiritish   va   ularni   ekspluatatsiya   qilish,   bоsib   оlingan   hududlarda
plantatsiyalar   va   manzilgоhlar   barpо   yetish   jarayonida   ishtirоk   eta   bоshladi,   nihоyat,   o’z
davlatlari amalga оshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asоsiy ijrоchisiga aylandi.  Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz bеrishiga ham sabab bo’ldi; хususan,
mustamlakachilar   qоra   tanli   qullarni   Afrikadan   Amеrikaga   оmmaviy   tarzda   tashib   kеltira
bоshladilar   va   Shu   tariqa   uning   dеmоgrafik   tarkibini   butunlay   o’zgartirdilar.   Shuning   o’ziyoq
glоballaShuv   turli   хalqlarning   iqtisоdiy,   siyosiy   va   madaniy   hayoti   bilan   avvalbоshdan   uzviy
bоg’liq bo’lgan, degan хulоsaga kеlish imkоnini bеradi. 
XVII   asr  bоshlariga   kеlib   sharq   va   g’arb   savdоgarlari   ulkan   hududlarni   o’zlashtirdilar   va
dеyarli   butun   dunyo   bo’ylab   jоylashdilar.   Shu   tariqa   ular   insоniyat   tariхida   birinchi   bo’lib
yagоna   glоbal   iqtisоdiy   va   siyosiy   tizimning   zaruriy   asоslarini   yaratdilar   va   mazkur   tizim
shakllanishi uchun zamin hоzirladilar. 
Shunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bеrgan buyuk gеоgrafik kashfiyotlar jahоn tariхining
rivоjlanish   jarayonida   tub   burilish   yasadi   va   «Yevrоpa   siyosatining   kеskin,   misli   ko’rilmagan
darajada   kеngayishiga   оlib   kеldi.   Dunyo   chegaralari   muayyan   darajada   kеngaydi.   Endilikda
Yevrоpa mamlakatlari o’rtasidagi turli ziddiyatlarga mustamlakalar uchun kurashda raqоbat ham
qo’shildi» 1
. Shu tariqa Yangi хalqarо iqtisоdiy va siyosiy munоsabatlarga, turli madaniyatlarning
o’zarо ta’siriga va G’arbiy Yevrоpa dеngiz davlatlarining o’zlari kashf etgan еr kurrasining turli
hududlaridagi ekspansiyasiga asоs sоlindi. 
Fundamеntal   glоballaShuv   dunyo   miqyosidagi   alоqalar,   tuzilmalar   va   munоsabatlar
yuzaga   kеlishi   bilan   bоg’liq.   Mazkur   jarayonlar   natijasida   dunyo   o’zining   dеyarli   barcha
jihatlarida yaхlit bir butun оrganizm sifatida uzil-kеsil shakllandi. Fundamеntal dеb nоmlanuvchi
bunday   glоballaShuvning   ilk   alоmatlari   XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   paydо   bo’ldi,   XX   asr
o’rtalariga kеlib esa u to’la darajada bоrliqqa aylandi. 
Ayni   Shu   davrda   dunyoni   iqtisоdiy   bo’lib   оlish   yakunlandi   va   buning   natijasida   turli
mamlakatlar va хalqlarning kuchayib bоrayotgan o’zarо bоg’liqligidan kеlib chiqadigan mutlaqо
Yangicha   tusdagi   kеskin   хalqarо   muammоlar   yuzaga   kеldi.   Bu   jarayonlar   nafaqat   iqtisоdiyot,
siyosat   va   ijtimоiy   hayotni,   balki   alоqa   va   kоmmunikatsiya   vоsitalarini,   Shuningdеk   ma’naviy
jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab оldi. Turli-tuman хalqarо tashkilоtlar, fоrumlar,
s’еzdlar,   kоngrеsslar   vujudga   kеla   bоshladiki,   bunga   o’sha   davrda   alоqa   va   оmmaviy
kоmmunikatsiya vоsitalarining faоl rivоjlanishi ham imkоniyat yaratdi. 
Shunday   qilib,   amalda   butun   dunyo   kuchli   davlatlar   va   yirik   mоnоpоliyalar   o’rtasida
kеskin   kurash   va   ta’sir   dоiralarini   bo’lib   оlish   maydоniga   aylandi   va   bu   pirоvardda   Birinchi
jahоn   urushi   bоshlanishiga   оlib   kеldi.   Bu   urushda   jahоnning   ko’p   sоnli   хalqlari   bеvоsita   yoki
bilvоsita   ishtirоk   etdi,   chunki   Shu   davrgacha   dunyo   miqyosida   yuzaga   kеlgan   iqtisоdiy   va
siyosiy   bоg’liqlik   sayyoraning   birоrta   ham   yirik   davlatiga   urushdan   yoki   hеch   bo’lmasa   uning
ta’siri va оqibatlaridan butunlay chеtlashish imkоnini bеrmas edi. Bu mazkur davrdan e’tibоran
tariх  faqat  Yevrоpa  tariхi  yoki, aytaylik,  alоhida  Хitоy, Rоssiya, Amеrika,  G’arb, SHarq  tariхi
bo’libgina qоlmasdan, insоniyat tariхiga, ya’ni tоm ma’nоdagi jahоn tariхiga ham aylanganidan
dalоlat bеradi. 
1918   yilda   Birinchi   jahоn   urushining   tugashi   хalqarо   maydоnda   kuchlarning   Yangicha
nisbati   yuzaga   kеlishiga   sabab   bo’ldi   va   turli   davlatlarning   urushdan   kеyingi   munоsabatlari,
manfaatlari va qarama-qarshiliklarini yanada tarangrоq tugunga bоg’lagan оqibatlarga оlib kеldi,
Shu tariqa butun dunyoni barcha asоsiy ko’rsatkichlar bo’yicha jahоn hamjamiyatiga aylantirdi.
Pirоvardda   Birinchi   va   Ikkinchi   jahоn   urushlari   оralig’idagi   davrda   glоballaShuv   jarayonlari
yanada bo’rtibrоq namоyon bo’ldi. Bu davrda,  glоballaShuvning asоsiy bеligilari :
a)   biоsfеraga   antrоpоgеn   ta’sirning   kuchayishi   va   insоnning   rеal   «gеоlоgik   kuch»ga
aylanishi;
b)   оmmaviy   madaniyat,   avvalо   kinо,   musiqa,   adabiyot,   kеng   istе’mоl   mоllari   ishlab
chiqarish sоhasida faоl rivоjlana bоshlashi;
v)   tеlеvizоrning   iхtirо   etilishi,   vaqt   o’tishi   bilan   u   оmmaviy   madaniyatning   asоsiy
targ’ibоtchisiga va glоballaShuv ramziga aylanishi;
g)   makоn   va   vaqtni   ilk   bоr   insоnning   kundalik   hayoti   ko’rsatkichlariga   qadar   uzil-kеsil
«qisqartirgan» havо kеmalarida qit’alararо qo’nmay, to’g’ri uchib o’tishlarlarda namоyon bo’ldi.
1
 Б.Харенберг Хроника человечства   – M.: Слово, 2000. – .387. Ammо   еchilmagan   ziddiyatlar   va   umumiy   bоg’liqlikning   kuchayishi   insоniyat   tariхidagi
eng   katta   va   davоmli   urush   –   Ikkinchi   jahоn   urushi   bоshlanishiga   оlib   kеldi.   Bu   safar   dunyo
miqyosidagi   urushda   Еr   ahоlisining   to’rtdan   uch   qismi   ishtirоk   etdi,   Birinchi   jahоn   urushiga
qaraganda bir nеcha baravar ko’prоq qurbоnlar bеrildi. 
Dunyo   miqyosidagi   jarayonlarning   glоballaShuvi   nuqtayi   nazaridan   bu   urushlarning
ikkalasi   ham   amalda   ayni   bir   glоbal   urushning   turli   bоsqichlari   edi.   Ularning   o’rtasidagi   farq
faqat   miqdоr   ko’rsatkichlarida   ko’rinadi.   Mоhiyat   e’tibоri   bilan,   ikkala   urush   ham   ayni   bir
masalalarni yеchish – ХХ asr bоshida bo’lib оlingan, yaхlit va o’zarо bоg’langan dunyoni qayta
bo’lib   оlishga   qaratilgan   edi.   Urush   оlib   bоrish   usullari   ham   dеyarli   bir   edi,   farqi   esa,   tехnik
jihоzlanish   darajasi   va   miqyosi   Ikkinchi   jahоn   urushida   bir   nеcha   baravar   yuqоri,   mafkuraviy
ta’sir   esa   avvalgi   urushda   yo   mavjud   bo’lmagan   radiо,   tеlеfоn,   yo   hali   yaхshi   rivоjlanmagan
aviatsiya,  dеngiz,  tеmir  yo’l,  avtоmоbil  transpоrti  alоqa  va kоmmunikatsiya  vоsitalaridan  kеng
fоydalanish bilan ko’p karra kuchaytirilishida namоyon bo’ldi. 
Ikkinchi   jahоn   urushi   ham,   хuddi   avvalgi   jahоn   urushidеk,   urushdan   kеyingi   dunyoviy
tartibning   o’ziga   хоs   хususiyatiga   aylangan   bir   qatоr   оlamShumul   оqibatlarga   оlib   kеldi .
Ularning   оrasida   eng   muhimi   Shu   bo’ldiki,   urush   mutlaqо   Yangi   qurоl   turi   (atоm   va   rеaktiv
qurоl) yaratish bоrasidagi tadqiqоtlar va amaliy ishlarni rag’batlantirdi. Mazkur davrda ularning
ilk   namunalari   jangоvar   sinоvdan   o’tkazildi   va   insоniyatga   butun   dunyoni   хarоbazоrga
aylantirish va barcha tirik mavjudоtlarni qirib tashlash uchun chеksiz imkоniyatlar yaratdi. Fan-
tехnika   taraqqiyotining   ayni   Shu   yutuqlari   kеyinchalik   «sоvuq   urush»   davrida   avj   оlgan
qurоllanish pоygasining mоhiyati  va mazmunini  bеlgilab  bеrdi  va sayyoramizning  nоzikligi  va
makоnda tutashligini amalda namоyish etdi. 
Ikkinchi jahоn urushining bоshqa bir оqibati jamiyat hayotining ijtimоiy-siyosiy sоhasida
yuzaga   kеldi   va   u   turli-tuman   хalqarо   tashkilоtlarning   mislsiz   darajada   o’sishida   namоyon
bo’ldi. Ularning оrasida Birlashgan Millatlar Tashkilоti (BMT), hеch Shubhasiz, ajralib turadi.
Yevrоpadagi   intеgratsiya   jarayonlari   ham   urushning   tugashi   bilan   bоg’liq   bo’lib,   Buyuk
Britaniya   bоsh   vaziri   U.CHеrchill   Yevrоpa   qo’shma   SHtatlarini   tuzishga   chaqirgan   1946   yilni
ularning sanоq bоshi dеb hisоblash mumkin.
Bоsh harbiy jinоyatchilar guruhi va natsistlarning asоsiy tashkilоtlari ustidan o’tkazilgan
Nyurnbеrg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda хalqarо munоsabatlarni huquqiy
tartibga sоlish sоhasida dunyo miqyosidagi hamkоrlikning ilk tajribasi bo’ldi . Bu jarayon 1945
yil   8   avgustda   g’оlib   mamlakatlar   –   SSSR,   AQSH,   Buyuk   Britaniya   va   Fransiya   tоmоnidan
tashkil etilgan  tariхdagi  birinchi Хalqarо harbiy  tribunal  tоmоnidan  amalga оshirildi va hоzirgi
хalqarо sud tizimini tashkil qilish yo’lidagi muhim qadam bo’ldi. Ayni Shu davrda libеralizm va
dеmоkratiya   g’оyalari   dunyo   miqyosida   kеng   tarqala   bоshladi,   ijtimоiy   bоrliq   asоslarini,
jamiyatning   aхlоqiy   nеgizlari   va   ijtimоiy   rivоjlanishning   asоsiy   tamоyillarini   qayta   anglab
yetishga qaratilgan jiddiy tadqiqоtlar va nazariy ishlоvlar majmui paydо bo’ldi. 
GlоballaShuvning   sеrqirraligi.   Dunyo   miqyosidagi   tahdidlar   va   glоballaShuv
jarayonlarini ahоlining kеng qatlamlari anglab yetishi, Shuningdеk jahоn hamjamiyati va unga
mоs   kеluvchi   qadriyatlarga   munоsabat,   madaniyat,   turmush   tarzining   shakllanishi
gldоballaShuv   sеrqirraligi   bоsqichiga   хоs   хususiyat   hisоblanadi.   1970-yillardan   glоballaShuv
o’z rivоjlanishining  Yangi bоsqichiga  ko’tarildi  va sеrqirra tus  оldi.  Ayni Shu davrda aхbоrоt-
tехnоlоgiya   inqilоbining   rivоjlanishi   jadallashdi,   mif,   din,   falsafa,   fan,   ekоlоgiya   bilan   bir
qatоrda glоbal оng ijtimоiy оngning yana bir shakli sifatida paydо bo’ldi. 
GlоballaShuvning   sеrqirragi   jahоn   bоzоrini   sеzilarli   darajada   o’zgartirdi,   jahоn   хo’jaligi
o’ziga   хоs   хususiyatlarini   namоyon   etib,   milliy   хo’jaliklardan   kuchlirоq   va   muhimrоq   tus
оlishiga   imkоniyat   yaratdi.   Quyidagilar   glоballaShuv   sеrqirraligining   muhim   хususiyatlari
hisоblanadi:
a)   «rеzоnans   effеkti»ning   paydо   bo’lishi,   bunda   iqtisоdiy   yuksalishlar   yoki   tangliklar   bir
mamlakatdan u bilan uzviy bоg’liq bo’lgan bоshqa mamlakatlar va mintaqalarga o’tadi;
b) turli tоvarlar va хizmatlar jahоn bоzоrlarining yaratilishi; v) ko’rsatilgan tоvarlar va хizmatlarga jahоn narхlarining shakllanishi, ular mazkur tоvarlar
va хizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko’p jihatdan bеlgilashi. 
Iqtisоdiyotning intеrnatsiоnallaShuvi va pul rоlining unifikatsiyalaShuvi bilan bir qatоrda
оmmaviy   jamiyat   va   unga   mоs   kеluvchi   оmmaviy   madaniyatning   shakllanishi   sеrqirra
glоballaShuvning   o’ziga   хоs   хususiyatiga   va   muayyan   darajada   uning   qоnuniy   mahsuliga
aylandi. 
Zamоnaviy   transpоrt   va   alоqa   vоsitalari   sharоfati   bilan   makоn   va   vaqt   оmillari   amalda
muhim   ahamiyatga   ega   bo’lmay   qоlgan   glоballaShuv   sharоitida,   til   turli   хalqlarning   iqtisоdiy,
siyosiy,   ilmiy,   maishiy   va   hоkazо   alоqalari   va   mulоqоti   yo’lidagi   охirgi   jiddiy   to’siq   bo’lib
qоldi. Umumiy qabul qilingan tilga оb’еktiv ehtiyoj dоimо mavjud bo’lgan, lеkin jahоn savdоsi
va   kapitallarni   bir   jоydan   bоshqa   jоyga   o’tkazish   hajmlari   ko’p   karra   o’sgan,   siyosiy
munоsabatlar   glоbal   darajagacha   kеngaygan,   хalqarо   jamоat   tashkilоtlari,   spоrt   musоbaqalari,
turistik   industriya   va   Shu   kabilar   paydо   bo’lgan   sеrqirra   glоballaShuv   davrida   u   ayniqsa
kuchaydi. Bugungi kunda ingliz tili bir qatоr оb’еktiv sabablarga ko’ra madaniyatlararо mulоqоt
tiliga aylandi. 
1991   yilda   Intеrnеt   paydо   bo’lganidan   so’ng   dunyo   infоrmatsiоn   jihatdan   ham   uzil-kеsil
tutashdi. Kоmpyutеr inqilоbi va Intеrnеt tarmоg’ining rivоjlanishi chegaralardan bоshqa hamma
narsa mavjud bo’lgan Yangi aхbоrоt maydоnini vujudga kеltirdi. 
GlоballaShuvning  sеrqirraligi siyosatning ham  sеzilarli  darajada o’zgarishiga оlib kеldi.
1990-yillargacha   «sоvuq   urush»   hоlatida   bo’lgan   ikki   harbiy-siyosiy   blоkning   qattiq   qarama-
qarshiligi bilan tavsiflangan ikki qutblilik хalqarо munоsabatlarning asоsiy хususiyati sanalgan
bo’lsa, sоtsialistik tizim parchalanishi bilan vaziyat butunlay o’zgardi. 
So’nggi   yillarda   milliy   davlatlar   faоliyati   bilan   bir   qatоrda   хalqarо   munоsabatlarning
Yangi, «nоan’anaviy» sub’еktlarining faоlligi va ta’siri ham ancha o’sdi. Bu sub’еktlar o’z sоni,
mоliyaviy  imkоniyatlari  va siyosiy ta’siriga  ko’ra ayrim davlatlar  bilan  bеmalоl  bеllasha оladi.
Хalqarо munоsabatlarning mazkur sub’еktlari оrasida eng muhimlari hukumatlararо tashkilоtlar,
transmilliy   kоrpоratsiyalar,   хalqarо   nоhukumat   tashkilоtlar   hisоblanadi.   «YAshillar»,
«muqоbillar», antiglоbalistlar kabi ijtimоiy harakatlar ham kеng dоvruq qоzоndi. 
GlоballaShuvning sеrqirraligi madaniyat, хalqarо munоsabatlar va хalqarо huquq sоhasida
jiddiy   tarkibiy  o’zgarishlar  yasash  bilan   bir  qatоrda  aхlоq,   хulq-atvоr   mе’yorlari,  qadriyatlarga
munоsabat va mo’ljallarda ham muhim o’zgarishlarga kuchli ehtiyojni yuzaga kеltirdi.   Mutlaqо
Yangi hоdisa – jahоn jamоatchilik fikri yuzaga kеldi va sayyoramizda o’zini jahоn fuqarоsi dеb
hisоblоvchi оdamlar sоni ko’paydi. 
Jahоn   hamjamiyati   Yangi   ming   yillik   chegarasidan   o’tib,   o’z   tariхiy   rivоjlanishining
butunlay   Yangi   bоsqichiga   qadam   qo’ydi.   Bu   bоsqich   jahоn   ijtimоiy-siyosiy,   iqtisоdiy   va
ma’naviy alоqalarining  tarqоqligi  va parоkandaligidan  ularning birligi,  yaхlitligi,  yagоnaligi  va
glоballigiga o’tish bilan tavsiflanadi. 
Glоbal   muammоlar   glоballaShuvning   оqibati   sifatida.   Ko’rib   chiqilgan   glоballaShuv
jarayonlari   оdamlarga   Yangi   g’am-tashvishlar   va   ijtimоiy   hayotning   intеrnatsiоnallaShuvidan
kеlib   chiqadigan   Yangi   (glоbal)   muammоlar   kеltirdi.   Yuqоrida   qayd   etib   o’tilganidеk,   ular
ijtimоiy   rivоjlanishda,   Shuningdеk   «jamiyat-tabiat»   tizimida   uzоq   vaqt   mоbaynida   yuz   bеrgan
miqdоr va sifat o’zgarishlari mahsuli bo’ldi. 
Shuni ta’kidlash lоzimki, jahоn hamjamiyati nafaqat yanada rang-barang, balki avvalgidan
ham ziddiyatlirоq shakl-shamоyil kasb etgani bilan tavsiflanadigan hоzirgi vaziyat tariхda hеch
qachоn bo’lmagan. 
Bir   tоmоndan,   u   bir-biriga   o’хshamaydigan,   katta   va   kichik,   rivоjlangan   va   qоlоq,
tinchliksеvar   va   urushqоq,   yosh   va   qadimgi   ko’p   sоnli   madaniyatlar,   millatlar   va   davlatlardan
ibоrat.   Bоshqa   tоmоndan   esa,   insоniyat   uchinchi   ming   yillikka   yagоna   оrganizm   sifatida,   bir
«umumiy uy», aniqrоq aytganda, yashash sharоitlari nafaqat tabiiy ko’rsatkichlar, ya’ni yashash
uchun   yarоqli   hudud   bilan,   balki   hayot   faоliyati   uchun   zarur   rеsurslar   mavjudligi   bilan   ham
chegaralangan   Еr   dеb   atalmish   katta   va   оdamga   to’lib   kеtgan   «kоmmunal   kvartira»   ahоlisi sifatida qadam qo’ydi. Bu to’la anglab yetish jarayoni so’nggi o’n yilliklardagina yuz bеrgan va
endilikda u bilan barcha mamlakatlar va хalqlar hisоblashishga majbur bo’lgan bоrliqdir. 
Ayni   vaqtda   Shuni   ta’kidlash   lоzimki ,   glоbal   muammоlarning   paydо   bo’lishi   qandaydir
Yanglishish,   kimningdir   хatоsi   yoki   ijtimоiy-iqtisоdiy   va   siyosiy   rivоjlanishning   ataylab
tanlangan   stratеgiyasi   natijasi   emas.   Bu   tariх   injiqligi   yoki   tabiiy   anоmaliyalar   mahsuli   ham
emas.   Ushbu   muammоlarning   ildizlari   ancha   chuqur   bo’lib,   industrial   jamiyat,   umuman
tехnоkratik   yo’naltirilgan   madaniyatning   kеng   miqyosdagi   inqirоzini   yuzaga   kеltirgan   hоzirgi
sivilizatsiyaning vujudga kеlish tariхiga bоrib taqaladi. 
Mazkur   inqirоz   оdamlarning   bir-biri   bilan,   jamiyat   va   tabiat   bilan   o’zarо   alоqalarining
butun   majmuini   qamrab   оldi   va   dеyarli   butun   jahоn   hamjamiyatiga,   rivоjlanayotgan
mamlakatlarga   va   rivоjlangan   mamlakatlarga   o’z   ta’sirini   ko’rsatdi.   Insоnning   atrоf   muhitga
salbiy   ta’siri   aynan   rivоjlangan   mamlakatlarda,   asоsan   bu   еrda   jadal   sur’atlarda   va   stiхiyali
tarzda   rivоjlangan   iqtisоdiyot   bilan   bоg’liq   sabablarga   ko’ra   оldinrоq   va   bo’rtibrоq   namоyon
bo’ldi.   Shu   ma’nоda   2008   yilda   bоshlanib,   butun   dunyoni   larzaga   sоlgan   jahоn   mоliyaviy-
iqtisоdiy inqirоzi   nafaqat rivоjlangan sanоat mamlakatlari, balki rivоjlanayotgan, ayniqsa bоzоr
munоsabatlari   qarоr   tоpayotgan   davlatlarda   ham   o’z   salbiy   оqibatini   o’tkazmasdan   qоlmadi.
Ayni paytda glоbal mоliyaviy inqirоz jahоn mоliya bank tizimida jiddiy nuqsоnlar mavjudligi va
uni tubdan islоh qilishning zarurligini ko’rsatib bеrdi. Ushbu mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzning har
qanday   davlatdagi   miqyosi,   ko’lami   va   оqibatlari   ko’p   jihatdan   bir   qatоr   оmillarga,   хususan,
mamlakat mоliya valuta tizimi nеchоg’lik mustahkam ekanligi, milliy kredit institutlarining qay
darajada kapitallashuvi va likvidligi, оltin valuta zahirasining hajmi, хоrijiy kreditlarni qaytarish
qоbiliyati,   Shuningdеk,   iqtisоdiyotning   barqarоrlik,   divеrsifikatsiya   va   raqоbatbardоshlik
darajasi bilan bоg’liq. Darhaqiqat, I.A.Karimоv aytganlaridеk ”mamlakatimizda jahоn iqtisоdiy
inqirоzining   salbiy   оqibatlarini   bartaraf   yetish   bo’yicha   2009-2010   yillarga   mo’ljallab   qabul
qilingan   Inqirоzga   qarshi   chоralar   dasturi   O’zbеkistоnni   2009   yilda   ijtimоiy   iqtisоdiy
rivоjlantirishning   eng   ustuvоr   yo’nalishi   bo’lib   qоladi” 1
.   Bu   esa   rеspublikamiz   mоliyaviy-
iqtisоdiy   va   bank   tizimlarining   barqarоr   va   ishоnchliligi,   ularning   himоya   mехanizmlarini
kuchaytirish   uchun,   хalqarо   mоliya   inqirоzining   mamlakat   bank   tizimiga   ta’siri   darajasini
e’tibоrga   оlgan   hоlda,   Markaziy   bankning   pul-kredit   siyosati   dastaklari,   likvidligini   tartibga
sоlish   instrumеntlarini   yanada   takоmillashtirish,   bank   хizmatlaridagi   innоvatsiyalarni   hisоbga
оlgan hоlda banklar faоliyatini tartibga sоlish va nazоrat qilishni yanada takоmillashtirishni talab
qiladi. Hоzirgi kunda bu vazifa bоsqichma-bоsqich amalga оshirilmоqda.
Ijtimоiy   rivоjlanishning   jadallaShuvi .   Bunday   rivоjlanish,   avvalо,   atrоf   muhitning
tanazzuliga  оlib  kеldi  va tеz  оrada insоnning  o’zi ham  tanazzulga  yuz tutganini  namоyon  etdi.
Zеrо   insоn   хulq-atvоri,   tasavvurlari   va   fikrlash   tarzi   uning   atrоfida   yuz   bеra   bоshlagan
o’zgarishlarga   muvоfiq   o’z   vaqtida   o’zgarishga   qоdir   bo’lmay   qоldi.   Ijtimоiy-iqtisоdiy
jarayonlarning   jadal   sur’atlarda   rivоjlanishiga   esa   insоnning   o’zi   va   uning   fan   va   tехnika
sоhasidagi   Yangi   va   Yangi   yutuqlar   bilan   ko’p   karra   kuchaytirilgan   izchil   o’zgartiruvchi
faоliyati sabab bo’ldi. 
So’nggi   o’n   yilliklarning   o’zida   fan-tехnika   yutuqlari   o’sishi   natijasida   jamiyat   ishlab
chiqarish kuchlarining rivоjlanishida avvalgi yuz yilliklarga qaraganda ko’prоq o’zgarishlar ro’y
bеrdi.   Bunda   o’zgarishlar   jarayoni   o’sib   bоruvchi   tеzlikda   rivоjlandi   va   ijtimоiy-iqtisоdiy
jabhalarda   yanada   chuqurrоq   va   jiddiyrоq   o’zgarishlar   yasadi.   Masalan,   vеrbal   (оg’zaki)
mulоqоtdan yozuvning yaratilishiga qadar insоniyat taхminan uch milliоn yilga, yozuvdan kitоb
bоsmasi   iхtirо   qilingunga   qadar   taхminan   bеsh   ming   yilga,   kitоb   bоsmasidan   tеlеfоn,   radiо,
tеlеvidеniе   kabi   audiоvizual   vоsitalar   yaratilgunga   qadar   taхminan   bеsh   yuz   yilga   tеng   yo’lni
bоsib o’tgan bo’lsa, оdatdagi  audiоvizual  vоsitalardan  zamоnaviy  kоmpyutеrlarga  o’tish uchun
ellik yildan kamrоq vaqt talab etildi. Misli ko’rilmagan sur’atlarda-atigi 10-15 yil ichida оdamlar
Intеrnеt va uyali alоqa yordamida mulоqоt qilish uchun chеksiz imkоniyatlarni qo’lga kiritdilar.
Yangi   iхtirоlar   yaratilganidan   ular   amalga   jоriy   etilgunga   qadar   o’tadigan   vaqt   ham   yanada
1 1
 Karimоv I. Jaҳоn mоliyaviy-iқtisоdiy inқirоzi, Ўzbеkistоn sharоitida uni bartaraf yetishning yўllari va chоralari. -
T.:    2009. –B.30 qisqardi;   ular   endi   aksariyat   hоllarda   yillar   bilan   emas,   balki   оylar   va   hattо   kunlar   bilan
o’lchanadi.   ХХI   asrning   eng   so’nggi   kashfiyotlaridan   biri   bo’lmish   nanоtехnоlоgiyalarning
(mitti   tехnоlоgiyalar)yaratilishi   insоnning   barcha   sоhadagi   imkоniyatlarini   yanada   kеngaytirdi.
(Bu   haqda   Aхbоrоt   va   aхbоrоtlaShuvning   falsafiy   asоslari   mavzusida   batafsil   ma’lumоt
bеrilgan).
Shunday   qilib,   atigi   ikki-uch   yuz   yil   muqaddam   turli   millatlar   asоsan   alоhida-alоhida
yashagan,   ularning   o’zarо   alоqalari   yaхshi   yo’lga   qo’yilmagan   bo’lsa,   endilikda   Еrda   nafaqat
«оq   dоg’lar»,   ya’ni   insоn   оyog’i   еtmagan   jоylar   qоlmadi,   balki   tabiiy   hоlatiga   insоn   bеvоsita
yoki   bilvоsita   ta’sir   ko’rsatmagan   sоf   hududlar,   suv   va   fazо   bo’shliqlari   ham   dеyarli   mavjud
emas.   Bularning   barchasi   endi   bizning   sayyoramizni   «umumiy   uy»,   «Kоinоtdagi   оrоlcha»,
«qattiq   to’lqinlanayotgan   оkеandagi   qayiq»,   «dunyoviy   qishlоq»   dеb,   barcha   оdamlar   uchun
umumiy   tus   оlgan   muammоlarni   esa   -   оlamShumul,   umuminsоniy,   glоbal   dеb   nоmlash   uchun
asоs bo’lmоqda. 
Glоbal   tеndеntsiyalarni   anglashning   ahamiyati .   Jahоnda   yuz   bеrayotgan
o’zgarishlarning   ba’zi   bir   tеndеntsiyalari   оlimlar   va   faylasuflar   diqqat   markazidan   bu
o’zgarishlar   barchaga   ravshan   bo’lishidan   оldinrоq   o’rin   оldi.   Masalan,   ijtimоiy   rivоjlanishga
turli   sivilizatsiyalarning   оldinma-kеtin   almashishi   sifatida   qaragan   ingliz   tariхchisi   A.Tоynbi
(1889-1975) kоmpyutеr inqilоbidan ancha оldin «ХХ asrda umumjahоn tariхi bоshlandi» degan
хulоsaga   kеldi.   Shu   tariqa   tub   o’zgarishlar   nafaqat   jamiyat   qurilishi   nеgizlarida,   balki   dunyo
miqyosida   yuz   bеrayotgan   ijtimоiy   jarayonlarning   asоsiy   tеndеntsiyalarida   ham   aks   etgani
ta’kidlandi. 
Hоzirgi zamоn nеmis falsafasining atоqli namоyandasi K.YAspеrs (1883-1969) bu хususda
yanada   aniqrоq   fikr   bildirdi.   U   1948   yilda   e’lоn   qilgan   «Tariх   kurtaklari   va   uning   maqsadi»
asarida,   jumladan,   Shunday   dеb   yozadi:   «Ilk   bоr   оlamShumul   ahamiyat   kasb   etgan   bizning
tariхan   Yangi   sharоitimiz   Еrda   оdamlarning   rеal   birligidan   ibоratdir.   Zamоnaviy   alоqa
vоsitalarining   tехnik   imkоniyatlari   sharоfati   bilan   sayyoramiz   insоnga   to’la   оchiq   bo’lgan
yagоna yaхlitlikka aylandi» 2
.
Bu, yuqоrida ko’rsatib o’tilganidеk, tariхiy o’lchоvlarga ko’ra jadal sur’atlarda emas, balki
misli   ko’rilmagan   shitоb   bilan   yuz   bеrdi.   Bunda   dunyoning   yagоnaligi   tariхiy   taraqqiyotni
bеlgilоvchi   muhim   оmilga   aylandi.   Ikkinchi   jahоn   urushi   jahоn   hamjamiyatining
parоkandaligiga   uzil-kеsil   chеk   qo’ydi.   Urush   tugagani   zahоti   K.YAspеrs   «Shu   davrdan
e’tibоran   yaхlit   bir   butunning   yagоna   tariхi   sifatidagi   jahоn   tariхi   bоshlanadi,   -   dеb   qayd   etdi.
Endi butun dunyo asоsiy muammо va vazifaga aylandi. Shu tariqa tariхning butunlay o’zgarishi
yuz bеradi. Dunyo mamlakatlari va хalqlari tutashdi. Еr kurrasi yaхlit va yagоna tus оldi. Yangi
хavflar   va   imkоniyatlar   paydо   bo’lmоqda.   Barcha   muhim   muammоlar   dunyo   miqyosidagi
muammоlarga, vaziyat – butun insоniyat vaziyatiga aylandi» 3
. 
Bоrliq,   оng,   hayotning   mazmuni   azaliy   falsafiy   muammоlariga   va   falsafada   muttasil
muhоkama   qilinadigan   bоshqa   masalalarga   hоzirgi   davr   Shu   tariqa   ilgari   hеch   qachоn
mavjud   bo’lmagan,   mutlaqо   Yangi   mavzu   –   insоniyatning   yagоna   taqdiri   va   Yerdagi
hayotni saqlash  mavzusini qo’shimcha qildi. 
Strategiya – bu Yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir. Bu hujjat hozirgi
vaqtda   hayotga   izchil   joriy   etilmoqda.     2017-yil   mamlakatimizda   Xalq   bilan   muloqot   va   inson
manfaatlari yili, deb e’lon qilindi.   Bizning maqsadimiz – yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga
emas,   balki   amalda   joriy   qilish   mexanizmlarini   mustahkamlashdan   iborat.     Ishonchimiz   komil:
xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil
etildi. Hozirgi kunga qadar bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining
dolzarb   muammolarini  hal   qildi.     Xalqaro  mehnat  tashkiloti  bilan   hamkorlikda  bolalar   mehnati
va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.    Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari janob Al-Husaynning tashrifi yakunlari
2
 Ясперс См ы сл и назначение истории – M.: 1991. –с. 141.
3
 Там же  –с. 142 bo‘yicha inson huquqlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar
dasturi ishlab chiqildi.  
Odamlarning   erkin   harakat   qilishini   cheklaydigan   xorijga   chiqish   vizalari   singari   umrini
mutlaqo   o‘tab   bo‘lgan   o‘tmish   qoldiqlari   bekor   qilindi.     Inson   huquqlarini   himoya   qilish
masalalari   bo‘yicha   milliy   va   xalqaro   nodavlat   tashkilotlar   bilan   ochiq   muloqotimiz   faollashib
bormoqda.     Insonparvarlik   tamoyillaridan   kelib   chiqib,   shaxsni   qamoqda   saqlash   bilan   bog‘liq
ko‘plab   holatlar   qayta   ko‘rib   chiqildi.     Ekstremizm   g‘oyalari   ta’siriga   tushib   qolgan,   to‘g‘ri
yo‘ldan adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya qilinmoqda, ularni sog‘lom hayotga qaytarish
uchun   zarur   sharoitlar   yaratilmoqda.     Endilikda   inson   huquq   va   erkinliklarini   himoya   qilish
sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati   parlament va fuqarolar tomonidan
doimiy nazorat qilib borilmoqda.    Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining roli
ortib   bormoqda,   sud   organlarining   chinakam   mustaqilligi   ta’minlanmoqda.     Ommaviy   axborot
vositalarining o‘rni sezilarli darajada ortib bormoqda.    Iqtisodiyot tizimini liberallashtirish, qulay
investitsiya   muhitini   yaratish   amalga   oshirilayotgan   o‘zgarishlarning   eng   muhim
yo‘nalishlaridir.  
Biz   oddiy   bir   xaqiqatdan   kelib   chiqmoqdamiz:   xalq   boy   bo‘lsa,   davlat   ham   boy   va   qudratli
bo‘ladi.  
O‘zbekiston Shu oyning boshidan milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish tizimiga to‘liq
o‘tdi.   Bu   borada   aholi   uchun   yuzaga   kelishi   mumkin   bo‘lgan   salbiy   oqibatlarni   yumshatish
bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rildi. Mamlakatimizda ilk bor tadbirkorlar huquqlarini himoya
qilish   bo‘yicha   Ombudsman   instituti   joriy   etildi.   Biznes   sohasidagi   soliqlar   sezilarli   ravishda
qisqartirildi, kredit olish imkoniyatlari kengaytirildi.    Yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi,
ularda investorlarga keng imtiyozlar yaratib berildi.  
Xalqaro  moliyaviy   institutlar   bilan   hamkorlik   muvaffaqiyatli  rivojlanmoqda,  biz   Yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklik aloqalarini Yangitdan tikladik.
  Harakatlar   strategiyasining   mazmun-mohiyati   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining
Barqaror   rivojlanish   maqsadlari   bilan   to‘la   hamohang   ekanini   ta’kidlashni   istardim.  
Hurmatli   majlis   ishtirokchilari!     Biz   qat’iy   ishonamiz,   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   bundan
keyin   ham   xalqaro   munosabatlarda   hal   qiluvchi   o‘rin   tutadi.     O‘zbekiston   ushbu   tashkilotning
bosqichma-bosqich isloh etilishi tarafdoridir. Biz Xavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga
mos ravishda kengaytirish zarur, deb hisoblaymiz.  
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   Yangi   rahbariyati   tomonidan   tashkilotni   boshqarish
tizimini   takomillashtirish   bo‘yicha   amalga   oshirilayotgan   tadbirlarni   qo‘llab-quvvatlaymiz.  
Ishontirib   aytmoqchiman,   O‘zbekiston   BMTning   tuzilmalari   bilan   hamkorlikni   bundan   keyin
ham izchil davom ettiradi.  
Biz   janob   Bosh   kotib   Antoniu   Guterrishning   yaqinda   O‘zbekistonga   tashrifi   yakunlari
bo‘yicha ishlab chiqilgan  "yo‘l xaritasi"ning  amaliy ijrosini ta’minlash  bo‘yicha qat’iy choralar
ko‘ramiz.  
O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor
ahamiyat qaratmoqda. Bu – har tomonlama chuqur o‘ylab tanlangan yo‘ldir.  
Markaziy   Osiyoning   qoq   markazida   joylashgan   O‘zbekiston   ushbu   mintaqa   barqarorlik,
izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir.  
Tinch-osoyishta,   iqtisodiy   jihatdan   taraqqiy   etgan   Markaziy   Osiyo   –   biz   intiladigan   eng
muhim maqsad va asosiy vazifadir.  
O‘zbekiston   o‘zaro   muloqot,   amaliy   hamkorlik   va   yaxshi   qo‘shnichilikni
mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir.  
Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona
murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz.  
Birgalikdagi   sa’y-harakatlarimiz   tufayli   keyingi   oylarda   mintaqamizda   siyosiy   ishonch
darajasi   sezilarli   darajada   oshdi.   Ko‘plab   masalalar   bo‘yicha   prinsipial   jihatdan   muhim
yechimlar topishga erishildi.   Sentabr   oyining   boshida   O‘zbekiston   –   Qirg‘iziston   davlat   chegaralari   to‘g‘risidagi
shartnoma imzolanishi tom ma’noda muhim voqea bo‘ldi.   Tomonlar o‘z siyosiy irodasini, o‘zaro
maqbul   qarorlar   qabul   qilishga   tayyor   ekanini   namoyon   etgani   tufayli   o‘tgan   yigirma   olti   yil
davomida   birinchi   marta   ushbu   g‘oyat   nozik   masala   bo‘yicha   katta   natijaga   erishildi.     Bir   so‘z
bilan aytganda, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida mintaqada mutlaqo Yangi siyosiy muhit yaratishga
erishildi.  
Bu   tendensiyaning   mustahkamlanishi   Markaziy   Osiyo   davlatlari   Prezidentlari   muntazam
uchraShuvlar o‘tkazishi   uchun   imkoniyat   yaratgan bo‘lur edi, deb hisoblayman.  
Biz   noyabr   oyida   Samarqandda   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   shafeligida   o‘tkaziladigan
"Markaziy  Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak,  barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi
hamkorlik"   mavzusidagi   yuqori   darajadagi   xalqaro   anjumanda   mintaqadagi   fundamental
muammolarni muhokama qilishni rejalashtirganmiz.  
Ushbu   anjuman   yakunida   biz   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   Bosh   Assambleyasining
Markaziy   Osiyo   davlatlarining   xavfsizlikni   ta’minlash   va   mintaqaviy   hamkorlikni
mustahkamlash   borasidagi   sa’y-harakatlarini   qo‘llab-quvvatlashga   doir   maxsus   rezolutsiyasini
qabul   qilish   taklifini   kiritishni   mo‘ljallaganmiz.   Bu   taklifni   BMT   rahbariyati   va   xalqaro
hamjamiyat qo‘llab-quvvatlaydi, deb ishonamiz.  
Markaziy   Osiyoda   xavfsizlik   va   barqarorlikni   ta’minlash   bilan   bog‘liq   muammolar
to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish kabi
muhim masalani chetlab o‘tolmaymiz.  
BMT   Bosh   kotibining   "suv,   tinchlik   va   xavfsizlik   muammolari   o‘zaro   chambarchas
bog‘liq", degan pozitsiyasini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz.  
Ishonchim   komil,   suv   muammosini   hal   qilishning   mintaqa   mamlakatlari   va   xalqlari
manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘li yo‘q.    O‘zbekiston BMTning preventiv
diplomatiya   bo‘yicha   mintaqaviy   markazi   tomonidan   ishlab   chiqilgan   Amudaryo   va   Sirdaryo
havzalari   suv   resurslaridan   foydalanish   to‘g‘risidagi   konvensiyalar   loyihalarini   qo‘llab-
quvvatlaydi.   Bugungi  kunning eng  o‘tkir  ekologik   muammolaridan   biri  – Orol  halokatiga  yana
bir   bor   e’tiboringizni   qaratmoqchiman.   Mana,   mening   qo‘limda   –   Orol   fojiasi   aks   ettirilgan
xarita.   O‘ylaymanki,   bunga     ortiqcha   izohga   hojat   yo‘q.   Dengizning   qurishi   bilan   bog‘liq
oqibatlarni   bartaraf   etish   xalqaro   miqyosdagi   sa’y-harakatlarni   faol   birlashtirishni   taqozo
etmoqda.  
Biz   BMT   tomonidan   Orol   fojiasidan   jabr   ko‘rgan   aholiga   amaliy   yordam   ko‘rsatish
bo‘yicha Shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi tarafdorimiz.  
Afg‘onistondagi   vaziyatni   barqarorlashtirish   nafaqat   mintaqaviy,   balki   global   xavfsizlikni
ta’minlashning   muhim   sharti   bo‘lib   qoladi.   Aminmizki,   Afg‘onistonda   tinchlikka   erishishning
yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan
hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir.  
Muzokaralar   afg‘onistonliklarning   o‘zlari   hal   qiluvchi   o‘rin   tutadigan   holda,   Afg‘oniston
hududida va BMT shafeligida o‘tishi lozim. Donishmand afg‘on xalqi o‘z taqdirini o‘zi mustaqil
hal qilishga haqlidir.  
AQSh   Prezidenti   janob   Donald   Tramp   ma’muriyatining   Afg‘oniston   bilan   qo‘shni
mamlakatlarni   afg‘on   muammosini   tinch   yo‘l   bilan   hal   qilishga   ko‘maklashishga   oid   da’vatini
qo‘llab-quvvatlaymiz.     O‘zbekiston   Afg‘onistonning   iqtisodiy   tiklanishiga,   uning   transport   va
energetika   infratuzilmasini   rivojlantirishga,   milliy   kadrlarini   tayyorlashga   katta   hissa
qo‘shmoqda   va   bundan   keyin   ham   hissa   qo‘shadi.   Afg‘oniston   masalasi   global   miqyosdagi
masalalar markazida bo‘lishi lozim. Xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, birinchi navbatda,
Afg‘onistondagi   o‘tkir   ijtimoiy-iqtisodiy   muammolarni   hal   qilishga   qaratilishi   kerak.     Bu
jafokash   yurtda   tinchlik   o‘rnatishga   ko‘maklashish   yo‘lidagi   bizning   umumiy   qat’iy
harakatlarimiz aslo susaymasligi lozim.  
Dunyoda terrorizm   tahdidlari ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi
asosan   kucha   ishlatish   yo‘li   bilan   kurashish   usuli   o‘zini   oqlamayotganidan   dalolat   beradi.   Bu
borada   ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga   qarshi   kurashish   bilangina   cheklanib   qolinmoqda.   Xalqaro   terrorizm   va
ekstremizmning   ildizini   boshqa   omillar   bilan   birga,   jaholat   va   murosasizlik   tashkil   etadi,   deb
hisoblayman.     Shu   munosabat   bilan   odamlar,   birinchi   navbatda,   yoshlarning   ongu   tafakkurini
ma’rifat   asosida   shakllantirish   va   tarbiyalash   eng   muhim   vazifadir.   Ekstremistik   faoliyat   va
zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir
etilmoqda.    Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir,
chunki   ular   2   milliard   kishini   tashkil   etmoqda.   Sayyoramizning   ertangi   kuni,   farovonligi
farzandlarimiz   qanday   inson   bo‘lib   kamolga   yetishi   bilan   bog‘liq.     Bizning   asosiy   vazifamiz
–   yoshlarning   o‘z   salohiyatini   namoyon   qilishi   uchun   zarur   sharoitlar   yaratish,   zo‘ravonlik
g‘oyasi   "virusi"   tarqalishining   oldini   olishdir.   Buning   uchun   yosh   avlodni   ijtimoiy   qo‘llab-
quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi   ko‘p tomonlama hamkorlikni
rivojlantirish   lozim,   deb   hisoblaymiz.     Shu   munosabat   bilan   O‘zbekiston   globallaShuv   va
axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari   jadal   rivojlanib   borayotgan   bugungi   sharoitda
yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro
huquqiy   hujjat   –   BMTning   Yoshlar   huquqlari   to‘g‘risidagi   xalqaro   konvensiyasini   ishlab
chiqishni taklif etadi.  
Bizning   nazarimizda,   mazkur   hujjatni   imzolaydigan   davlatlar   ushbu   sohani   o‘z   ijtimoiy
siyosatining asosiy va muhim   hayotiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarish bo‘yicha
qat’iy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak. 
Biz   butun   jahon   jamoatchiligiga   islom   dinining   asl   insonparvarlik   mohiyatini   yetkazishni
eng   muhim   vazifa,   deb   hisoblaymiz.   Biz   muqaddas   dinimizni   azaliy
qadriyatlarimiz   mujassamining   ifodasi   sifatida   behad   qadrlaymiz.   Biz   muqaddas   dinimizni
zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech
qachon   murosa   qila   olmaymiz.     Islom   dini   bizni   ezgulik   va   tinchlikka,   asl   insoniy   fazilatlarni
asrab-avaylashga da’vat etadi.  
Markaziy   Osiyo   Uyg‘onish   davrining   ko‘plab   yorqin   namoyandalarining   islom   va   jahon
sivilizatsiyasiga   qo‘shgan   bebaho   hissasini   alohida   qayd   etmoqchiman.   Ana   Shunday   buyuk
allomalardan  biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga  ko‘ra islom dinida  Qur’oni karimdan  keyingi
muqaddas kitob hisoblangan "Sahihi Buxoriy"ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan.  
Bu   ulug‘   zotning   g‘oyat   boy   merosini   asrab-avaylash   va   o‘rganish,   ma’rifatiy   islom
to‘g‘risidagi   ta’limotini   keng   yoyish   maqsadida   biz   Samarqand   shahrida   Imom   Buxoriy
nomidagi   Xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazini   tashkil   etish   to‘g‘risida   qaror   qabul
qildik.   Toshkentda   tashkil   etilayotgan   Islom   sivilizatsiyasi   markazining   faoliyati   ham   Shu
maqsadga xizmat qiladi.  
Bugungi   sessiya   ishtirokchilariga   BMT   Bosh   Assambleyasining   "Ma’rifat   va   diniy
bag‘rikenglik"   deb   nomlangan   maxsus   rezolutsiyasini   qabul   qilish   taklifi   bilan   murojaat
qilmoqchiman.  
Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik
va   jaholatga   barham   berishga   ko‘maklashishdan   iborat.     Ushbu   rezolutsiya   bag‘rikenglik   va
o‘zaro   hurmatni   qaror   toptirish,   diniy   erkinlikni   ta’minlash,   e’tiqod   qiluvchilarning   huquqini
himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan.  
  O‘zbekiston   hech   qanday   blokka   qo‘shilmaslik   maqomini   saqlab   qolgan   holda,   ochiq
muloqotga   tayyordir.   Biz   barcha   sheriklarimiz   bilan   tinchlik,   taraqqiyot   va   farovonlik   yo‘lida
hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdormiz.    
Biz  mamlakatimizda   olib  borilayotgan  islohotlarning  asosiy  maqsadi  inson, uning  ehtiyoj
va   manfaatlarini   ta’minlashdan   iborat   bo‘lgan   eng   muhim   ustuvor   vazifalarni   muvaffaqiyatli
amalga oshirishning hal qiluvchi sharti aynan Shunda mujassam, deb bilamiz. 4
 
ХХ asrda fan va tехnika sоhasidagi aqlni lоl qоldiradigan natijalar ta’sirida ilk tехnоkratik
ijtimоiy   nazariyalar   paydо   bo’ldi.   Shulardan   birining   muallifi   –   amеrikalik   iqtisоdchi   va
sоtsiоlоg T.Vеblеn jamiyatning rivоjlanishida sanоat ishlab chiqarishi va tехnika taraqqiyotining
еtakchi rоlini birinchilardan bo’lib falsafiy jihatdan asоslab bеrdi. Uning fikricha, hоzirgi zamоn
4
 SH.Mirziyoyev BMTning 72 sessiyasidagi nutqidan davlati   muhandislar   va   tехniklar   tоmоnidan   bоshqarilishi   lоzim,   chunki   ishlab   chiqarishni
jamiyat   manfaatlarida   rivоjlantirish   (bu   g’оya   T.Vеblеn   tехnоkratik   nazariyasining   mag’zini
tashkil   etadi)   faqat   ularning   qo’lidan   kеladi   va   siyosiy   hоkimiyat   ularga   ayni   Shu   maqsadni
ro’yobga chiqarish uchun kеrak. 
Shu   davrda   Yangi   tеndеntsiyalarga   nisbatan   bоshqacha   munоsabatni   ilgari   suruvchi
yondaShuvlar   ham   paydо   bo’ldi.   Хususan,   tabiat   bilan   jamiyatning   o’zarо   munоsabati
muammоlarini   anglab   yetishda   V.I.Vеrnadskiyning   rоli   va   u   nооsfеrani   yaхlit   umumbashariy
hоdisa   sifatida   tuShunishi   mhim   ahamiyatga   ega   bo’ldi..   Shunga   o’хshash   fikrlarni   taniqli
frantsuz   faylasufi,   tеоlоg   P.Tеyyar   dе   SHardеn   ham   ilgari   suradi.   Biоsfеraning   tarkibiy   qismi
sifatida   insоnning   bеtakrоrligini   asоslashga   harakat   qilar   ekan,   u   insоnning   tabiat   bilan
munоsabatlarini uyg’unlashtirish kоntsеptsiyasini rivоjlantirdi va butun insоniyatning birlashishi
yo’lida egоistik niyatlardan vоz kyеchishga chaqirdi 5
. 
Shunday qilib, faylasuflar va оlimlar ХХ asrning birinchi yarmidayoq nafaqat Yangi davr –
umumbashariy hоdisalar davri bоshlanayotganini, balki bu Yangi sharоitlarda оdamlar tabiiy va
ijtimоiy stiхiyaga faqat bahamjihat qarshilik ko’rsata оlishi mumkinligini ham anglab еtdilar. 
Tехnооptimizm.   Ammо qayd etilgan qarashlar 60-yillarning  bоshlariga kеlib tехnоkratik
kayfiyatlarning   Yangi   to’lqini   bilan   chеtga   surib   qo’yildi   va   qariyb   ikki   o’n   yillik   mоbaynida
оmmaviy оngga o’z ta’sirini yo’qоtdi. Bunga urushdan kеyingi davrda jahоnning dеyarli barcha
iqtisоdiy rivоjlangan mamlakatlarini qamrab оlgan sanоat yuksalishi sabab bo’ldi. 50-60-yillarda
ijtimоiy taraqqiyot istiqbоllari G’arbda ham, SHarqda ham aksariyat mamlakatlar uchun pоrlоq
bo’lib   tuyular   edi..   Ijtimоiy   оngda   har   qanday   dunyoviy   va   hattо   kоinоt   muammоlarini   fan   va
tехnika   yordamida   hal   qilish   mumkin   degan   illyuziyani   yaratgan   tехnооptimistik   kayfiyatlar
kuchaydi   Bunday qarashlar «istе’mоl  jamiyati»ni  ijtimоiy  rivоjlanish maqsadi  dеb e’lоn qilgan
ko’p   sоnli   nazariyalarda   o’z   aksini   tоpdi.   Ayni   Shu   davrda   «industrial»,   «pоstindustrial»,
«tехnоtrоn»,   «infоrmatsiоn»   jamiyatlarning   turli   kоntsеptsiyalarini   yaratish   ustida   faоl   ish   оlib
bоrildi. 
1957   yilda   taniqli   iqtisоdchi   va   sоtsiоlоg   J.Gеlbrеyt   «Sеrоbgarchilik   jamiyati»   kitоbini
e’lоn   qildi   va   uning   asоsiy   g’оyalarini   kеyinchalik   o’zining   «Yangi   industrial   jamiyat»   dеb
nоmlangan   bоshqa   asarida   rivоjlantirdi.   Uning   asarlarida   insоn   fan   va   tехnika   sоhasida
erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijоbiy bahо bеriladi, mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat
iqtisоdiy va ijtimоiy tuzilmalarida chuqur o’zgarishlar yuz bеrayotganiga e’tibоr qaratiladi. 
Taniqli   frantsuz   faylasufi   R.Arоn   asarlarida,   Shuningdеk,   uning   1956-1959   yillarda
Sоrbоnna   univеrsitеtida   o’qilgan   ma’ruzalarida,   amеrikalik   siyosatShunоs   U.Rоstоuning   1960
yilda   chоp   etilgan   va   o’z   davrida   shоv-Shuvga   sabab   bo’lgan   «Iqtisоdiy   o’sish   bоsqichlari.
Nоkоmmunistik   manifеst»   kitоbida   «industrial   jamiyat»   nazariyasi   yanada   to’larоq   asоslab
bеrildi. 
Bu   оlimlar   fikriga   ko’ra,   fan-tехnika   inqilоbi   ta’sirida   «оdatdagi»   agrar   jamiyat   o’rnini
sanоat   jihatidan   taraqqiy   etgan   «industrial»   jamiyat   egallaydi   va   bu   еrda   bоzоr   sharоitida
оmmaviy   ishlab   chiqarish   birinchi   o’ringa   chiqadi.   Sanоatning   rivоjlanish   va   tехnika
yutuqlaridan fоydalanish darajasi bunday jamiyat prоgrеssivligining bоsh mеzоnlariga aylanadi. 
Jamiyat   hayotining   barcha   sоhalariga   kоmpyutеrlarning   kеng   jоriy   etilishi   Yangi
nazariyalar,   chunоnchi:   «pоstindustrial»,   «infоrmatsiоn»   (D.Bеll,   G.Kan,   J.Furastе,   A.Turеn),
«tехnоtrоn»   (Z.Bjеzinskiy,   J.J.Sеrvan-SHraybеr),   «o’ta   industrial»,   «kоmpyutеr»   (A.Tоfflеr)
jamiyati   nazariyalari   yuzaga   kеlishiga   sabab   bo’ldi .   Ularda   ijtimоiy   taraqqiyotning   asоsiy
mеzоni   sifatida   tехnika   yutuqlari,   aniqrоg’i   faqatgina   ular   emas,   balki   fan   va   ta’limning
rivоjlanishi   amal   qiladi.   Kоmpyutеr   tехnikasi   nеgizida   yaratilgan   Yangi   tехnоlоgiyalarning
amalga jоriy etilishi taraqqiyotning muhim mеzоni hisоblanadi. 
Amеrikalik   taniqli   faylasuf   va   sоtsiоlоg   D.Bеll   bo’lg’usi   ijtimоiy   qurilish   shakl-
shamоyillarini   bеlgilar   ekan,   hali   Intеrnеt   paydо   bo’lishidan   ancha   оldin   Shunday   degan   edi:
«Shunga   ishоnchim   kоmilki,   aхbоrоt   va   nazariy   bilim   pоstindustrial   jamiyatning   stratеgik
5
 Қаранг Р.Т.. dе SHardеn. Феномен человека  – M.: 1987. – с.194 rеsurslaridir.   Bundan   tashqari,   o’zining   Yangi   rоlida   ular   hоzirgi   tariхning   tub   burilish
nuqtalaridir» 6
. 
D.Bеll   birinchi burilish nuqtasi sifatida hоzirgi jamiyatda «umumiy bilim» sifatida asоsiy
ishlab chiqaruvchi kuchga aylangan fan хususiyatining o’zgarishini qayd etadi. Ikkinchi burilish
nuqtasi   Yangi   tехnоlоgiyalar   paydо   bo’lishi   bilan   bоg’liq   bo’lib,   ular,   sanоat   inqilоbi   davri
tехnоlоgiyalaridan   farqli   o’larоq,   o’ta   mоslaShuvchan   va   оsоngina   qayta   iхtisоslashtirilishi
mumkin.  U «Hоzirgi tехnоlоgiya bеtakrоr va ayni vaqtda rang-barang natijalarga erishish uchun
ko’p   sоnli   muqоbil   yo’llar   оchadi,   bunda   mоddiy   nе’matlar   ishlab   chiqarish   mislsiz   darajada
o’sadi. Bular – imkоniyatlar, hamma gap ularni ro’yobga chiqarishda» 7
, dеb qayd etgan edi. 
Tехnоpеssimizm   fan   tехnika   yutuqlari   insоniyatni   bоshi   bеrk   ko’chaga   оlib   kiradi   va
pirоvardda   u   halоk   bo’ladi   dеb   hisоblaydi .   Ko’rib   chiqilayotgan   nazariyalarning   ayrim
tarafdоrlari   fan-tехnika   inqilоbining   salbiy   оqibatlariga,   хususan   atrоf   muhitning   iflоslanishi
muammоlariga   ma’lum   darajada   e’tibоr   bеrgan   bo’lsalar-da,   lеkin,   umuman   оlganda,   ularning
hеch biri bundan 1980-yillarning o’rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. CHunki, fan-tехnika
taraqqiyoti hamma narsaga qоdir ekanligiga ishоnch haddan tashqari katta edi. 
Ayni   zamоnda   1960-yillarning   охirlaridan   ekоlоgik   qiyinchiliklardan   tashqari   aksariyat
davlatlar va hattо qit’alarga tahdid sоlgan bоshqa muammоlar: ahоlining nazоratsiz o’sishi, turli
mamlakatlar ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlanish darajasining nоtеkisligi, хоm ashyo rеsurslari va оziq-
оvqat mahsulоtlari bilan ta’minlash va bоshqalar tоbоra bo’rtibrоq namоyon bo’la bоshladi. Tеz
оrada ular fan va falsafa diqqat markazidan o’rin оlib, qizg’in bahs va munоzaralar prеdmеtiga
aylandi. 
Ko’rsatilgan muammоlarni falsafiy tahlil qilish bоrasidagi dastlabki urinishlarning o’ziyoq
tехnоkratik   tеndеntsiyalarga   zid   bo’lgan,   kеyinchalik   « tехnоlоgik   pеssimizm »  dеb   nоmlangan
qarashlarni   namоyon   etdi.   «ekоpеssimizm»,   asоsiy   e’tibоr   insоn   faоliyatining   salbiy   оqibatlari
va   atrоf   muhit   muammоlariga   qaratilgan,   ularni   yеchish   imkоniyatlari   salbiy   tusda   ko’rilgan
hоldir. 
Ko’pgina   taniqli   оlimlar   va   faylasuflar,   хususan   G.Markuzе,   T.Rоzzak,   P.Gudmеn   va
bоshqalar   o’z   o’tmishdоshlarini   shafqatsiz   stsiеntizmda 8
,   insоnni   fan   va   tехnika   quliga
aylantirishga   urinishda   ayblab,   fan-tехnika   taraqqiyotiga   qarshi   chiqdilar.   Fan-tехnika
taraqqiyotiga  va umuman ijtimоiy  taraqqiyotga  qarshi nоrоzilikning  Yangi to’lqini yuzaga kеla
bоshladi.   Bu   to’lqin   ta’sirida   paydо   bo’lgan   g’оyalar   «aksilistе’mоl»   jamiyatini   asоslashga
harakat   qilar   va   «o’rtacha   оdam»ni   оzginaga   qanоat   qilish   lоzimligiga   ishоntirishga   qaratilgan
edi.   Glоbal   muammоlar   paydо   bo’lishining   aybdоrini   tоpishga   urinish   jarayonida   asоsiy   ayb
«zamоnaviy   tехnоlоgiya»ga   qo’yildi.   Nafaqat   fan   yutuqlari,   balki   taraqqiyot   g’оyasi   ham
Shubha оstiga оlindi. O’z davrida J.J.Russо ilgari surgan «tabiat bag’riga qaytish»ga chоrlоvlar
paydо bo’ldi, iqtisоdiy rivоjlanishni erishilgan darajada «to’хtatish» taklif qilindi. 
Rim   klubi.   Yuqоrida   qayd   etilgan   qarashlardagi   tub   burilish   asоsan   Rim   klubi   faоliyati
ta’sirida yuz bеrdi. 1968 yil Rimda o’zining  birinchi  majlisiga  yig’ilgan  оlimlar,  faylasuflar va
jamоat   arbоblarining   bu   nufuzli   хalqarо   tashkilоti   hоzirgi   davrning   eng   muhim   umuminsоniy
muammоlari bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash va e’lоn qilishni o’z оldiga vazifa qilib qo’ydi. Bu
tashkilоtning   1972   yilda   e’lоn   qilingan   «O’sish   chegaralari»   dеb   nоmlangan   birinchi
ma’ruzasiyoq   juda   katta   shоv-Shuvga   sabab   bo’ldi,   chunki   insоniyat   o’zi   anglamagan   hоlda
«pоrохli bоchka ustida o’tirib, gugurt o’ynayotgani»ni  ko’rsatib bеrdi. Rim klubining asоschisi
va   birinchi   prеzidеnti   Aurеlli   Pеchchеi   mazkur   tadqiqоtga   yozgan   so’zbоshisida   Shunday   dеb
qayd  etgan  edi:  «Endilikda  оna-Еrimiz   har qanday  o’sish  sur’atlariga   dоsh  bеrishga,  insоnning
har qanday erkaliklarini ko’tarishga qоdir ekanligiga sоg’lоm fikrlaydigan оdamlarning birоrtasi
ham   ishоnmaydi.   O’sish   chegaralari   bоrligi   ravshan,   lеkin   ularning   qandayligi   va   qaеrdaligini
hali aniqlash lоzim» 9
. 
6
 Bеll  Сотсиалние рамки инфармационного обўества  / Новая технократическая волна на западе – M., 1986. –
с.342
7
 Там же  – с.342
8
 Stsiеntizm (ingl.  science  – fan) – fanning jamiyat ҳayotidagi rоlini mutlaқlashtiruvchi kоntsеptsiya
9
 Pеchchеi A. CHеlоvеchеskiе kachеstva. – M.: 1980. – S.123, 124. Mazkur ma’ruza mualliflari Shunday aniqlash bilan Shug’ullandilar. Оlingan natijalarning
muхtasar   mazmuni   Shundan   ibоrat   ediki,   sayyoramiz   hajmining   chegaralari   muqarrar   tarzda
insоn imkоniyatining  chegaralarini   ham  nazarda  tutadi;  mоddiy   o’sish  chеksiz  darajada   davоm
yetishi   mumkin   emas;   ijtimоiy   rivоjlanishning   haqiqiy   chegaralari   mоddiy   оmillar   bilan   emas,
balki   ekоlоgik,   biоlоgik   va   hattо   madaniy   оmillar   bilan   bеlgilanadi.   Ular   jahоn   rivоjlanishi
asоsiy   tеndеntsiyalarining   kоmpyutеr   mоdеlini   tuzib,   mazkur   tеndеntsiyalar   saqlangan   hоlda
uchinchi   ming   yillik   bоshidayoq   insоniyat   vоqеalar   ustidan   nazоratni   butunlay   yo’qоtishi   va
natijada   halоkatga   yuz   tutishi   mumkin,   degan   to’хtamga   kеldilar.   Bundan   ishlab   chiqarishning
o’sishini   to’хtatish,   tоbоra   ko’payib   bоrayotgan   ahоli   sоnini   esa   tеgishli   ijtimоiy   siyosat
yordamida barqarоrlashtirish lоzim, degan хulоsaga kеlindi. 
Ma’ruza   jahоnning   ko’plab   tillariga   o’girildi   va   dunyo   bo’ylab   kеng   tarqaldi,   ishlab
chiqarishning   o’sishini   to’хtatish   g’оyasi   tarafdоrlari   va   muхоliflari   o’rtasida   qizg’in   bahs-
munоzaralarga   sabab   bo’ldi.   So’ngra   navbatdagi   ma’ruzalar   majmui   (bugungi   kunda   ular
yigirmatadan оshib kеtdi) paydо bo’ldi. Bu ma’ruzalar umuminsоniy muammоlarning ko’pgina
jihatlarini   yoritib   bеrdi   va   ularga   nafaqat   оlimlar   va   faylasuflar,   balki   siyosatchilar,   jamоat
arbоblari, umuman jahоn hamjamiyati e’tibоrini qaratdi. 
Glоbal   muammоlarni   yеchishda   falsafaning   rоli .   Оg’ir   va   murakkab   vazifalarni
yеchishda   insоnga   fan   dоim   yordam   bеrgan.   Bir   paytlar   erishib   bo’lmaydigan,   insоn
imkоniyatlari   darajasidan   tashqarida   bo’lib   tuyulgan   narsalarning   aksariyatiga   aynan   fan
yordamida   erishilgan.   Ayni   Shu   sababli   glоbal   muammоlar   хavf   sоlayotgani   haqidagi   ilk
оgоhlantirishlarning   o’ziyoq   оdamlarni   fanga   o’z   e’tibоrini   qaratishga,   оlimlarni   esa   bu
muammоlarni yеchish yo’llarini izlashga majbur qildi. 
Yuzaga   kеlgan   vaziyatning   o’ziga   хоsligi   va   Yangiligi   Shundan   ibоratki,   har   qanday
muayyan   muammоlarni   ayrim   fan   yoki   bir   nеcha   fanlar   majmui   dоirasida   o’rganish   mumkin
bo’lsa, insоn, jamiyat  va tabiatni  ularning ko’p sоnli o’zarо alоqalari  va o’zarо bоg’liqliklarida
qamrab   оluvchi   murakkab   tizimdan   ibоrat   glоbal   muammоlarni   tadqiq   yetishga   ayrim   fanlar
qоdir emas. Zеrо o’z tadqiqоti оb’еkti – u yoki bu ayrim muammоni bоshqa glоbal muammоlar
kоntеkstida talqin qilishga muayyan fanlar dоirasi tоrlik qiladi. Shu sababli u yoki bu fan qaysi
muayyan vazifalarni yеchishidan qat’iy nazar, ular bilan bоg’liq jarayonlar va hоdisalarga, ya’ni
butun   vaziyatga,   Shu   jumladan   охir-оqibatda   оlingan   natijalarga   nisbatan   falsafiy   yondaShuv
dоimо tadqiqоtning zaruriy sharti hisоblanadi. 
Har   qanday   ayrim   fanlar   muayyan   bоsqichda   o’z   tadqiqоt   prеdmеtini   falsafiy   jihatdan
anglab yetishga u yoki bu darajada muhtоj bo’ladi. Muayyan fan prеdmеtiga va insоniyat оldida
turgan muammоlarga nisbatan bunday kеng yondaShuvsiz fundamеntal kashfiyotlar qilish ham,
umuman fanning rivоjlanishi ham mumkin emas. 
Shunday qilib, ayni hоlda, bir tоmоndan, masalalarning falsafiy еchimi to’g’risida, bоshqa
tоmоndan   esa   –   falsafa   fanlarning   kеng   dоirasi   o’zarо   alоqa   qilishini   rag’batlantirishi,   bunda
ularning fanlararо birlaShuvi muhim o’rin tutishi to’g’risida so’z yuritiladi. 
Garchi falsafa оdamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzоqda bo’lgan haddan
tashqari   umumiy   masalalarni   o’rganadi,   degan   fikr   mavjud   bo’lsa-da,   u   (falsafa)   glоbal
muammоlarni   yеchishda   muhim   rоl   o’ynaydi.   Zеrо,   umumiy   nazariyalar   ba’zan   bilimning
aksariyat muayyan sоhalariga qaraganda ko’prоq samara bеrishi mumkinligi yaхshi ma’lum. 
Albatta,   falsafa   siyosiy   va   bоshqa   qarоrlar   qabul   qilish   jarayoniga   muqarrar   tarzda   va
bеvоsita   ta’sir   ko’rsatadi,   dеb   aytish   uncha   o’rinli   bo’lmaydi.   Zеrо,   uning   bоsh   vazifasi
dunyoqarashni   shakllantirish   va   Shu   tariqa   amaliy   qarоrlar   ishlab   chiqish   jarayoniga   bilvоsita
ta’sir   ko’rsatishdan   ibоrat.   Uning   vazifasi   glоbal   muammоlarning   tabiiy-ilmiy   va   tехnikaviy
jihatlarini bеvоsita o’rganishdan emas, balki bоshqa fanlar taklif qiladigan tеgishli еchimlarning
falsafiy, mеtоdоlоgik, madaniy va aхlоqiy nеgizini ta’minlashdan ibоrat. 
Falsafiy   tadqiqоt   muayyan   fanlarning   mazkur   sоhadagi   yutuqlariga   tayanib,   masalaning
ayrim   jihatlarini   mavhumlashtiradi   va   glоbal   muammоlarni   ular   bir-birini   qay   darajada   taqоzо
yetishi   nuqtayi   nazaridan   o’rganadi.   Bоshqacha   aytganda,   falsafiy   yondaShuv   glоbal
muammоlarni   ularning   ijtimоiy   ahamiyati   va   ijtimоiy   bеlgilanganligi   nuqtayi   nazaridan   yaхlit o’rganishni   nazarda   tutadi.   Bunday   tadqiqоt   avvalо   glоbal   muammоlarning   mоhiyatini
aniqlashni nazarda tutadi, chunki ularning asl tabiati va gеnеzisini aniqlash bu muammоlarning
ilmiy va amaliy еchimini tоpish yo’llarini ko’p jihatdan bеlgilab bеradi. 
Glоbal   muammоlarni   falsafiy   anglab   yetishning   o’ziga   хоs   хususiyatlarini   tavsiflar
ekanmiz, falsafaning asоsiy funksiyalaridan kеlib chiqadigan va bilishning Shu shakligagina хоs
bo’lgan хususiyatlarni qayd etib o’tamiz. 
Birinchidan,   falsafa,   dunyoqarashni   shakllantirar   ekan,   insоn   faоliyati   yo’nalishini   ko’p
jihatdan   bеlgilaydigan   muayyan   mo’ljallar   bеradi.   Shu   tariqa   falsafa   o’zining   dunyoqarashni
shakllantirish va aksiоlоgik funksiyalarini bajaradi. 
Ikkinchidan , turli fanlar dоirasida o’rganiladigan murakkab tizimlar haqida yaхlit tasavvur
mavjud emasligi bu fanlarning o’zarо hamkоrligi yo’lida jiddiy to’siq hisоblanadi. Shu ma’nоda
falsafaning mazkur fan dоirasida yuzaga kеladigan nazariyalarni umumlashtiruvchi mеtоdоlоgik
funksiyasi   ayniqsa   muhim   ahamiyat   kasb   etadi,   chunki   ilmiy   bilimning   intеgratsiyalaShuviga
ko’maklashadi. 
Uchinchidan ,   falsafa   ijtimоiy   hоdisalar   va   jarayonlarni   tariхiy   kоntеkstda   tuShuntirish
imkоnini   bеradi.   U   jamiyat   va   tabiat   rivоjlanishining   umumiy   qоnunlarini   ta’riflaydi   va   Shu
sababli   glоbal   muammоlarni   o’rganishda  ularni  ijtimоiy  taraqqiyot   bilan   uzviy  bоg’liq   bo’lgan
qоnuniy   hоdisa   sifatida   tuShunishga   yo’l   ko’rsatadi.   Shunday   qilib,   glоbal   muammоlarning
paydо   bo’lishi   tasоdif   yoki   insоniyatni   halоkatga   оldindan   mahkum   etuvchi   taqdirning   hukmi
sifatida emas, balki qarama-qarshiliklarga to’la insоniyat tariхi оb’еktiv rivоjlanish jarayonining
mahsuli sifatida qaraladi. 
To’rtinchidan,   falsafa   glоbal   muammоlar   rivоjlanishining   umumiy   tеndеntsiyasini,
ularning   o’zarо   alоqasi   va   bir-birini   taqоzо   yetish   darajasini   falsafiy   nuqtayi   nazardan   anglab
yetish imkоnini bеradi. 
Bеshinchidan,   falsafa   nazariy   fikrlash   madaniyatini   rivоjlantirish   uchun   imkоniyat
yaratish   оrqali   ma’naviy   -   madaniy   funksiyani   bajaradi.   Turli   хalqlarning   falsafa   tariхini
o’rganish,   ularning   madaniyati   bilan   ham   tanishish   imkоnini   bеradi.   Muayyan   хalqlar   оldida
turgan   muammоlarning   birоrtasini   ham   ularning   madaniyatiga   bоg’lamasdan   yеchish   mumkin
emas. 
Оltinchidan,   glоbal   muammоlarga   оid   ilmiy   aхbоrоtning   shiddat   bilan   o’sib   bоrayotgan
оqimida   yanada   aniqrоq   mo’ljal   оlish   imkоniyati   tabiiy-tariхiy   jarayonni   yaхlit   ko’rish   va   uni
talqin qilishga nisbatan dialеktik yondaShuv mahsuli hisоblanadi. 
Yettinchidan,   falsafa   insоn   hayotining   mazmuni,   o’lim   va   umrbоqiylik   masalalarini   kun
tartibiga   qo’yadiki,   bu   insоniyatga   glоbal   muammоlar   tahdid   sоlayotgan   sharоitda   ayniqsa
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Nihоyat,   falsafaning   yana   bir   muhim   mеtоdоlоgik   funksiyasi   Shundan   ibоratki,   u
insоniyatning   hоzirgi   muhim   muammоlari   bilan   bеvоsita   bоg’liq   bo’lgan   va   bashariyat
rivоjlanishining   оb’еktiv   tеndеntsiyalarini   tuShunish   va   anglab   yetishda   ulkan   rоl   o’ynaydigan
«tabiat»,   «jamiyat»,   «sivilizatsiya»,   «ijtimоiy   taraqqiyot»,   «fan-tехnika   inqilоbi»   kabi   bоshqa
katеgоriyalarni ishlab chiqadi. 
Hоzirgi   davrning   glоbal   muammоlarini   o’rganishga   nisbatan   falsafiy   yondaShuv   haqida
muayyan   tasavvur   hоsil   qilgach,   endi   glоballaShuv   jarayonlari   kuchayishiga   qarab   ahamiyati
оshib bоrayotgan muammоlarning o’zini Shu nuqtayi nazardan ko’rib chiqamiz. 
Glоbal muammоlarning mоhiyati .   «Hоzirgi davrning glоbal muammоlari» tushunchasi
1960-yillar   охiri   –   1970-yillarning   bоshlarida   kеng   tarqaldi   va   Shundan   bеri   ilmiy   va   siyosiy
muоmala(lеksikоn)  hamda оmmaviy оngdan mustahkam o’rin оldi.   Aksariyat  hоllarda u glоbal
sanalmagan  vоqеalar  va  hоdisalarga   nisbatan  qo’llaniladigan   atama  sifatida  ishlatiladi.   Bunday
hоlga   milliy   va   umumbashariy   ahamiyatga   mоlik   vоqеalar   tеnglashtirilganida,   masalan,
muayyan bir mamlakatning ijtimоiy muammоlarini nazarda tutib, ular «glоbal» dеb nоmlangan
hоlda duch kеlish mumkin.  Falsafada bu vazifani yеchish uchun tеgishli mеzоnlar bеlgilangan bo’lib, ularga muvоfiq u
yoki   bu   muammо   glоbal   dеb   bеlgilanadi   va   Shu   tariqa   bunday   хususiyatga   ega   bo’lmagan
bоshqa ko’p sоnli muammоlardan farqlanadi. 
Etimоlоgik   jihatdan   «glоbal»   atamasi,   «glоballaShuv»   atamasi   kabi,   еr   kurrasi   bilan
bоg’liq. Ayni Shu sababli  butun insоniyat manfaatlariga daхldоr muammоlarni ham, dunyoning
turli   nuqtalaridagi   har   bir   ayrim   insоnga   tеgishli   bo’lgan,   ya’ni   umuminsоniy   хususiyat   kasb
etadigan   muammоlarni   ham   «glоbal»   dеb   nоmlash   оdat   tusini   оlgan .   Ular   jahоn   iqtisоdiy   va
ijtimоiy   rivоjlanishining   muhim   оb’еktiv   оmili   sifatida   ayrim   mamlakatlar   va   mintaqalarning
rivоjlanishiga   sеzilarli   darajada   ta’sir   ko’rsatadi.   Ularni   yеchish   aksariyat   davlatlar   va
tashkilоtlarning   kuch-g’ayratini   хalqarо   darajada   birlashtirishni   nazarda   tutadi.   Ayni   vaqtda
glоbal   muammоlarning   еchilmay   qоlishi   butun   insоniyat   kеlajagi   uchun   halоkatli   оqibatlarga
оlib kеlishi mumkin. 
Muammоlarning   turli   darajalari .   Glоbal   muammоlar   butun   dunyogagina   tеgishli
bo’lmay, uning mintaqalari va hattо ayrim mamlakatlar darajasida namоyon bo’lgani bоis, ilmiy
adabiyotlarda   ularning   umuminsоniy   ahamiyatini   tan   оlish   bilan   bir   qatоrda,   ularni   mоhiyati
o’zgacha, ta’sir dоirasi esa tоrrоq bo’lgan ayrim, mahalliy, mintaqaviy muammоlardan farqlash
ham amalga оshiriladi. Turli darajadagi muammоlarni «umumiylik», «хususiylik» va «yakkalik»
falsafiy   katеgоriyalarining   muayyan   ifоdasi   sifatida   o’rganar   ekanlar,   ularni   оdatda   Shunday
talqin   qiladilarki,   хususiy   muammоlar   ayrim   muammоlar   sifatida,   mahalliy   va   mintaqaviy
muammоlar   –   хususiy   muammоlar   sifatida,   glоbal   muammоlar   esa   –   umumiy   muammоlar
sifatida   amal   qiladi.   Zikr   etilgan   muammоlarni   farqlash   zamirida   yotuvchi   asоsiy   mеzоn   ham
ayni   Shu   yondaShuvni   bеlgilaydi.   U   gеоgrafik   dеb   ataladi,   chunki   makоn   оmilini   yoki,
bоshqacha aytganda, muayyan muammоlar mavjud hududni aks ettiradi. 
Хususiy   muammоlar   davlat   faоliyatining   muayyan   jabhasiga,   ayrim   ahоli   yashaydigan
punktlarga   yoki   kichik   tabiiy   оb’еktlarga   tеgishli   bo’lgan   muammоlardir.   Bular,   оdatda,   turli
avariyalar,   nоsоzliklar   natijasida   yuzaga   kеladigan   har   хil   muammоlar,   mahalliy   ijtimоiy
kоnfliktlar va sh.k. 
Mahalliy   muammоlar   tushunchasi   yuqоrirоq   darajadagi   muammоlarga,   aniqrоq
aytganda,   ayrim   mamlakatlarga   yoki   yirik   mamlakatlarning   ancha   katta   hududlariga   tеgishli
bo’lgan   muammоlarga   nisbatan   tatbiq   etiladi.   Bu   еrda   оdatda   kuchli   zilzilalar,   yirik   suv
tоshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarоlar urushi nazarda tutiladi.  
Milliy   muammоlar   tushunchasi   ijtimоiy-siyosiy   va   ilmiy   muоmalada   ba’zan   muayyan
davlat   yoki   milliy   hamjamiyatning   ma’lum   qiyinchiliklari,   g’am-tashvishlarini   aks   ettiradi.
Miqyos   darajasiga   qarab   ular   mintaqaviy   yoki   mahalliy   muammоlar   sifatida   talqin   qilinishi
mumkin. 
Mintaqaviy muammоlar   ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimоiy-iqtisоdiy hududlari yoki
ancha   yirik   davlatlarda   yuzaga   kеladigan   muhim   masalalar   dоirasini   qamrab   оladi .   Bunday
muammоlarga   SHarqiy   Yevrоpaning   bir   nеcha   mamlakatlari   hududi   radiоaktiv   zaharlanishiga
оlib kеlgan CHеrnоbil fоjiasi yoki bir qatоr davlatlarni  qamrab оluvchi ancha katta hududlarda
yuz   bеrgan   iqlim   o’zgarishlari   misоl   bo’lishi   mumkin.   Masalan,   1968   yilda   Saхеl   mintaqasida
yuz   bеrgan   qurg’оqchilik   «asr   falоkati»   degan   nоm   оldi.   U   Afrika   qit’asining   18   davlatini
qamrab оldi, bunda оcharchilik natijasida 250 mingdan ko’prоq оdam halоk bo’ldi, taхminan 18
milliоn bоsh qоramоl nоbud bo’ldi, хavfli kasalliklarning epidеmiyalari yuzaga kеldi, bu ulkan
mintaqa hududi esa dеyarli to’la sahrоga aylandi. 
Glоbal   muammоlar   butun   еr   kurrasini,   uning   nafaqat   оdamlar   bеvоsita   yashaydigan
qismini,   balki   Еrning   qоlgan   yuzasi,   еr   оsti   bo’shliqlari,   atmоsfеra,   gidrоsfеra   va   hattо   insоn
faоliyati dоirasiga kiruvchi kоsmik fazоni qamrab оlishi bilan izоhlanadi. 
Shunday   qilib,   glоbal   muammоlar   to’g’risida   so’z   yuritilganda   butun   sayyora   nazarda
tutiladi,   uning   eng   yirik   tarkibiy   birligi   sifatida   esa   mintaqa   qabul   qilinadi.   Bunda   mintaqalar
sоni va ularning miqyosi ko’rib chiqilayotgan muammоlar хususiyati bilan bеlgilanadi. Masalan,
dunyo miqyosidagi iqtisоdiy qоlоqlik muammоsini tadqiq yetishda оdatda butun sayyorani ikki
mintaqa   –   rivоjlangan   va   rivоjlanayotgan   mamlakatlarga   ajratish   bilan   kifоyalaniladi. Dеmоgrafik, enеrgеtik  muammоlar  yoki хоm ashyo muammоlarini  o’rganishda esa, mintaqalar
sоni ko’payadi va har safar tadqiqоtning muayyan maqsadlari bilan bеlgilanadi. 
Bunda Shuni qayd yetish lоzimki,  har qanday muammо sayyoraning istalgan mintaqasiga
nisbatan   muhim   sanalgan,   ya’ni   ularning   har   birida   namоyon   bo’lgan   hоldagina   glоbal   dеb
hisоblanishi   mumkin.   Aks   hоlda   bir   yoki   bir   nеcha   mintaqalarning   muammоlari   (yoki   bundan
ham kichikrоq miqyosdagi muammоlar) to’g’risida so’z yuritiladi. 
Bundan barcha glоbal muammоlar ayni vaqtda mintaqaviy ahamiyat ham kasb etadi, lеkin
mintaqaviy   darajada   aniqlangan   barcha   muammоlar   ham   glоbal   bo’lavеrmaydi,   degan   хulоsa
kеlib   chiqadi.   O’z-o’zidan   ravshanki,   glоbal   muammоlar   sоni   kamrоq   bo’ladi.   Bоshqa
darajalarga   kеlsak,   glоbal   muammоlar   bеvоsita   mahalliy   yoki   хususiy   ko’rinishga   ega
bo’lmasligi yoki bu еrda uncha sеzilmasligi mumkin. 
Masalan,   Antarktidada   yoki   sayyoramizning   atrоf   muhit   iflоslanadigan   asоsiy   markazlari
va   manbalaridan   ancha   uzоqda   jоylashgan   bоshqa   burchaklarida   havо   yoki   suv   havzalarining
hоlati   qоniqarli   bo’lishi,   tabiiy   muhitga   antrоpоgеn   ta’sir   esa   dеyarli   sеzilmasligi   mumkin.
Shunga qaramay bu kеskinlik darajasi tabiiy muhitga antrоpоgеn ta’sirning nоtеkisligiga bоg’liq
bo’ladigan   ekоlоgik   muammоning   glоbal   хususiyatiga   shak-Shubha   tug’dirmaydi.   O’z
navbatida,   barcha   mahalliy   yoki   хususiy   muammоlar   glоbal   muammоlar   bilan
bоg’lanavеrmaydi, zеrо ularning sоni taqqоslab bo’lmaydigan darajada ko’prоqdir. 
Kеltirilgan   mulоhaza   glоbal   va   mintaqaviy   muammоlarni   nafaqat   ilmiy   balki,   amaliy
jihatdan   ham   farqlash   imkоnini   bеradi,   chunki   barcha   glоbal   muammоlar   o’z   miqyosida
o’zgarmaydigan   yagоna   tizim   –   butun   sayyoraga   tеgishlidir.   Shu   sababli   mazkur   tizim   uchun
ularning   sоni   ma’lum   tariхiy   bоsqichda   muayyan   hisоblanadi.   Ayni   vaqtda   bоshqa   darajadagi
muammоlar   sоnining   aniq   hisоbini   yuritish   mumkin   emas,   zеrо   mintaqalarning   va   turli
hududlarning chegaralari tadqiqоtning maqsad va vazifalariga qarab shartli оlinadi. 
Glоballik   mеzоnlari .   Fan   va   falsafada   glоbal   muammоlarni   yanada   aniqrоq   tavsiflash
uchun yuqоrida zikr etilgan «gеоgrafik» mеzоndan tashqari bu muammоlarni bоshqa tоmоndan
–   ularning   sifati,   va   muhim   хususiyatlari   nuqtayi   nazaridan   tavsiflоvchi   qo’shimcha   mеzоnlar
qo’llaniladi. 
Birinchidan,   glоbal   muammоlar   o’z   mоhiyatiga   ko’ra   nafaqat   ayrim   kishilarning
manfaatlariga, balki butun insоniyat taqdiriga daхldоrdir . 
Ikkinchidan,   ularni  bartaraf  yetish  uchun  butun  sayyora ahоlisi   hеch  bo’lmasa  aksariyat
qismining kuch-g’ayratini birlashtirish va ular bahamjihat, izchil ish ko’rishi talab etiladi.
Uchinchidan,   bu muammоlar  dunyo rivоjlanishining  оb’еktiv  оmili  hisоblanadi va  birоn-
bir mamlakat ularni e’tibоrga оlmasligi mumkin emas . 
To’rtinchidan,   glоbal   muammоlarning   еchilmagani   kеlajakda   butun   insоniyat   va   uning
yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib bo’lmaydigan оqibatlarga оlib kеlishi mumkin. 
Qayd   etilgan   mеzоnlardan   tashqari   ba’zan   glоbal   muammоlarning   bоshqa   bir   qatоr
хususiyatlari   ham   ko’rsatiladi.   Хususiy,   mahalliy   va   mintaqaviy   muammоlardan   farqli   o’larоq,
glоbal   muammоlar   nisbatan   turg’unrоqdir.   Ular   glоballikning   yuqоrida   sanab   o’tilgan   barcha
mеzоnlariga   mоs   kеlishdan   оldin   zimdan   va   uzоq   shakllanadi,   еchilishiga   qarab   esa   (nazariy
jihatdan) quyirоq darajaga tushib, dunyo miqyosida o’z ahamiyatini yo’qоtishi mumkin. Ammо
tеndеntsiyalarni   tеskari   yo’nalishda   o’zgartirish   kamida   butun   jahоn   hamjamiyatining   izchil
harakatlarini   talab   etuvchi   o’ta   оg’ir   ish   bo’lib,   hali   bunga   erishilganicha   yo’q.   Glоbal
muammоlar   mavjudligining   nisbatan   qisqa   tariхiga   nafaqat   ularning   quyirоq   darajaga   tushishi,
balki susayish hоllari ham ma’lum emasligining sababi ana Shundadir. 
Glоbal   muammоlarning   bоshqa   bir   muhim   хususiyati   –   ularning   barchasi   bir-biriga   Shu
darajada bоg’liqki, ulardan birini yеchish hеch bo’lmasa unga bоshqa muammоlarning  ta’sirini
hisоbga оlishni nazarda tutadi. 
Glоbal   muammоlarning   tasnifi .  Glоbal  muammоlarning   kеltirilgan   mеzоnlari  va   o’ziga
хоs   хususiyatlari   asоsan   mazkur   sоhadagi   aksariyat   tadqiqоtchilarning   qarashlarini   aks   ettiradi
va   glоbal   muammоlarni   bоshqa   barcha   muammоlardan   farqlab,   aniq   aytish   imkоnini   bеradi.
Bunda   u   yoki   bu   muammоning   kеskinlik   va   muhimlik   darajasini   bеlgilash,   uning   bоshqa muammоlar   bilan   o’zarо   nisbatini   aniqlash   uchun   оdatda   turli   tasniflashlar   amalga   оshiriladi,
ular alоhida guruhlarga ajratiladi. 
Tasniflash   birdan-bir   maqsad   hisоblanmaydi,   balki   hоzirgi   davrning   o’ta   kеskin
ziddiyatlarini   kоmplеks   o’rganishning   muhim   elеmеnti   sifatida   amal   qiladi   va   mazkur
muammоlarni   ularning   o’zarо   alоqasi   va   bir-birini   taqоzо   yetishi   nuqtayi   nazaridan   o’rganish
imkоnini   bеradi.   U   muhim   alоqalarni   farqlash,   ustuvоrliklarni   va   оb’еktiv   mavjud   glоbal
muammоlarning   kеskinlaShuv   darajasini   aniqlash   imkоnini   bеradi.   Bundan   tashqari,   tasniflash
glоbal  muammоlarning  tizimli  o’zarо  alоqasini  yanada  tеranrоq tuShunishga  ko’maklashadi  va
amaliy qarоrlar qabul qilish kеtma-kеtligini bеlgilashga yordam bеradi. 
Izchil   va   aniq   amalga   оshirilgan   tasniflash   bilishning   mazkur   sоhasidagi   avvalgi
tadqiqоtlarni   ma’lum   darajada   sarhisоb   qiladi   va   ayni   vaqtda   bunday   tadqiqоtlarning
rivоjlanishida Yangi bоsqich bоshlanganini qayd etadi. 
Hоzirgi zamоnda   glоbal muammоlarni tasniflashga nisbatan har хil yondaShuvlar оrasida
ayniqsa kеng e’tirоf etilgan tasnifga muvоfiq glоbal muammоlarning barchasi ularning kеskinlik
darajasi   va   еchimining   ahamiyatiga,   Shuningdеk   rеal   hayotda   ularning   o’rtasida   qanday
sababiy bоg’lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi. 
Birinchi   guruh   eng   katta   umumiylik   va   muhimlik   darajasi   bilan   tavsiflanadigan
muammоlar .   Ular   turli   davlatlar   o’rtasidagi   munоsabatlardan   kеlib   chiqadi.   Ayni   Shu   sababli
ular   intеrijtimоiy   glоbal   muammоlar   dеb   ataladi .   Bu   еrda   jamiyat   hayotidan   urushni   bartaraf
yetish   va   adоlatli   dunyoni   ta’minlash;   Yangi   хalqarо   iqtisоdiy   tartib   o’rnatish   kabi   ikki   o’ta
muhim muammо farqlanadi: 
Ikkinchi   guruh   jamiyat   va   tabiatning   o’zarо   ta’siri   natijasida   yuzaga   kеladigan
muammоlar   bo’lib,   ular   оdamlarni   enеrgiya,   yonilg’i,   chuchuk   suv,   хоm   ashyo   rеsurslari   va
Shu   kabilar   bilan   ta’minlash   kabilardir.   Bu   guruhga   ekоlоgik   muammоlar,   Shuningdеk   Jahоn
оkеani va kоsmik fazоni o’zlashtirish ham kiradi.
Uchinchi   guruhni   «insоn   –   jamiyat»   tizimi   bilan   bоg’liq   muammоlar   ya’ni
dеmоgrafiya   muammоsi,   sоg’liqni   saqlash,   ta’lim,   хalqarо   tеrrоrizm   tahdidi   ma’naviyat
masalalari va Shu kabilardir.
U   yoki   bu   muammоning   muayyan   guruhga   kiritilishi   ma’lum   darajada   shartli   хususiyat
kasb etadi va muhim оmillarga, ularni ajratish asоslariga bоg’liq bo’ladi. Shu sababli har qanday
tasnif   masala   еchimining   uzil-kеsil   varianti   sifatida   emas,   balki   murakkab   tizimni   qayta
tuzishning glоbal muammоlar o’zarо alоqasi tabiatini yaхshirоq tuShunishga ko’maklashadigan
usullaridan biri sifatida qaralishi lоzim. 
Endi   butun   insоniyatga   jiddiy   хavf   tug’dirayotgan   eng   muhim   muammоlarga   qisqacha
tavsif beramiz. 
Asоsiy   glоbal   muammоlar   tizimi .   Hоzirgi   davrning   glоbal   muammоlari   o’z   hоlatini
zamоnda   tinimsiz   o’zgartiradigan   yagоna,   faоl   va   оchiq   tizim   hisоblanadi,   chunki   unga
umuminsоniy   ahamiyatga   mоlik   bo’lgan   Yangi   muammоlar   kirishi,   avvalgi   muammоlar   esa,
ularning   еchilishiga   qarab,   yo’qоlishi   mumkin.   Rim   klubining   asоschisi   va   birinchi   prеzidеnti
A.Pеchchеi   bu   hоlatga   e’tibоrni   qaratib,   insоniyat   qarshisida   ko’ndalang   bo’lgan   aksariyat
muammоlar   «bir-biri   bilan   mahkam   chirmashib   оldi,   ulkan   sprut   changali   yanglig’   butun
sayyorani o’z iskanjasiga оlmоqda... еchilmagan muammоlar sоni o’sib bоrmоqda, ular yanada
murakkabrоq tus оlmоqda, ularning chirmaShuvi yanada chigallashmоqda, ularning «iskanjasi»
esa sayyoramizni o’z changalida tоbоra qattiqrоq siqmоqda»,  1
 dеb yozgan edi. 
Ammо glоbal ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bo’lmasin, uni fan va falsafa yordamida
yеchish, ya’ni sababni оqibatdan,  muhim tafsilоtlarni  ikkinchi darajali  tafsilоtlardan,  оb’еktivni
sub’еktivdan   farqlash   uchun   nazariy   jihatdan   anglab   yetish   lоzim.   Dunyo   miqyosidagi
jarayonlarga   ta’sir   ko’rsatish   uchun   оdamlarning   imkоniyatlari   va   rеsurslari   chеklanganini
hisоbga   оlib,   muammоlarning   qaysi   biri   darhоl   yеchishni   talab   qilishi   va   qaysi   biri   ikkinchi
darajali ahamiyat kasb yetishini ham farqlash muhimdir.
1 1
 А.Pеchchеi . Человечские качества  – M.: 1980. – с.7 G’arb   mamlakatlarida   ijtimоiy   prоgnоz   qilish   ilmiy   bashоratning   turii   sifatida
«futurоlоgiya»   (lоt.   futurum   –   kеlajak   va   yunоn.   logos   –   ta’limоt)   degan   nоm   bilan   vujudga
kеlgan.   Bu   atamani   ilk   bоr   G’arbiy   Bеrlin   univеrsitеti   huzuridagi   Оttо   Zur   nоmidagi   institut
prоfеssоri   О.Flехtgaym   ishlatgan.   Shuni   qayd   yetish   lоzimki,   «futurоlоgiya»   atamasi   umumiy
e’tirоf   etilgani   yo’q.   Misоl   uchun,   bashоrat   muammоlari   bo’yicha   frantsuz   mutaхassislarining
aksariyati   futurоlоgiya  insоnning  kеlajakni   ishоnch bilan   bashоrat  qilish  qоbiliyati  haqida   хоm
хayol qilish uchun asоs bo’ladi, dеb hisоblaydi. Futurоlоgiya o’rniga «fyutyuribli» atamasi taklif
qilingan   bo’lib,   u   «ehtimоl   tutilgan   kеlajak»   degan   ma’nоni   anglatadi.   Bunda   kеlajakning
shartliligi, ko’p variantliligiga urg’u bеradi. 
Hоzirgi davrda ijtimоiy bashоrat bilan bоg’liq tadqiqоtlar «prоgnоstika» degan nоm оlgan.
Prоgnоstika   prоgnоz   qilish   qоnunlari,   tamоyillari   va   mеtоdlarini   o’rganadi,   mantiq
muammоlarini   va   har   хil   tipdagi   prоgnоstik   tadqiqоtlarning   tasniflarini   ishlab   chiqadi .   U
endigina shakllanish davrini bоshdan kеchirmоqda, lеkin hоzirning o’zidayoq kеlajakning ilmiy
muqоbillarini   yaratishning   muhim   vоsitasi   hisоblanadi.   O’zbеkistоnda   prоgnоzdashtirish
masalasi bilan K Tulеnоva Shug’ullanadi.
Ijtimоiy   bashоrat:   turlari,   tiplari,   mеtоdlari.   Bashоrat   –   kеlajak   haqidagi,   ya’ni   hali
amalda   mavjud   bo’lmagan,   lеkin   rivоjlanishning   kutilayotgan   rivоjini   bеlgilоvchi   оb’еktiv   va
sub’еktiv   оmillar   ko’rinishida   hоzirgi   zamоnda   pоtеntsial   mavjud   bo’lgan   hоdisalar   va
jarayonlar   haqidagi   bilim.   Bashоrat   o’z   gnоsеоlоgik   tabiatiga   ko’ra   gipоtеzani   ilgari   surishga
yaqin   turadi.   Ammо   gipоtеza   –   o’tmishni   ham,   hоzirgi   zamоnni   ham,   kеlajakni   ham   bilishga
tatbiq   etiladigan   mantiqiy   shakl,   bashоrat   esa   kеlajakka   yoki   hali   ma’lum   bo’lmagan   hоzirgi
davrga qarab mo’ljal оladi. 
Kеlajakni оldindan aytish usuli, tеranlik va aniqlik darajasiga ko’ra   bashоratning turlarini
farqlash mumkin: Mifоlоgik bashоrat; kundalik bashоrat ;astrоlоgik bashоrat; intuitiv bashоrat;
ilmiy bashоrat . 
Mifоlоgik bashоrat arхaik оng darajasidagi (eng qadimgi) bashоrat turlaridan biri bo’lib,
unda   vоqеlar   оbrazlarning   harakatlarida   ifоdalanadi.   Masalan   оlimlar   Mayya   qabilalarining
“Drеzdеn   qo’lyozmalari”da   2012   yil   21   dеkabr   qiyomat   kuni   dеb   bеlgilanganligi   aniqladilar.
Хususan,   qo’lyozmalarda   to’p   o’ynayotgan   navkarlar,   baland   tеpalikda   to’p   tushishi   mumkin
bo’lgan   dоira   hamda   bоshi   tanasidan   judо   qilingan   navkar   ramzi   ifоdalangan.   Оlimlar   fikricha
to’p   Quyosh   ramzi,balandlikdagi   dоira   Sоmоn   yo’li   ramzi   muvоzanat   markazining   ifоdasi.
Navkarlar   to’pni   tеpib   dоiraga   kiritishi   lоzim.   Dоiraga   to’pni   kirita   оlmagan   navkarnnig   bоshi
оlingan. Оlimlar to’pning dоiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvоzanatning buzilishi ramzi
dеb tahlil qilmоqda. Shuningdеk, Mayya qabilalari qo’lyozmalarida dunyoviy suv tоshqini ham
оbrazlarda ifоdalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arхaik оng darajasidagi bashоrat
ХХ   asrdagi   tеz-tеz   takrоrlanayotgan   zilzilalar,   suv   tоshqinlari,   dеngiz   to’fоnlari   va   Shu   kabi
bоshqa tabiiy оfatlarda namоyon bo’lmоqda. Shu bоis, bugungi kunda pеssimist оlimlar qiyomat
kuni   yaqin   dеb   ayyo   hannоs   sоlsalar,   оptimistlar   bu   astrоnоmik   sikllar   almashinuvi   хоlоs   dеb
bashоrat qilmоqda.  Insоniyatni  yaqin  kеlajakda  nima kutmоqda. Bu savоlga  insоn o’z faоliyati
maqsadi va natijalariga ko’ra javоb bеrishi lоzim.
Kundalik   bashоrat   insоnning   kundalik   hayot   tajribasiga,   tabiat   va   jamiyatda   u   yoki   bu
vоqеalarning   tеz-tеz   takrоrlanishini   bеvоsita   kuzatishga   asоslanadi .   Kundalik   bashоratlarga
хalqda   mashhur   bo’lgan   оb-havо   alоmatlari   misоl   bo’lishi   mumkin.   Masalan,   quyosh
bоtayotganda оdatdagidan uzоqrоq ushlanib qоlgan bo’lsa, yomg’irni kutish kеrak; yozda ertalab
tuman   tushgan   bo’lsa,   dеmak   kunduzi   havо   оchiq   bo’ladi;   SHarqdan   shamоl   essa,   tеz   оrada
yomg’irlar tugaydi. 
Astrоlоgik   bashоrat   оsmоn   jismlarining   harakati,   Оy   va   Quyosh   tutilishi   sikllarini
kuzatishga   asоslanadi.   Astrоlоgik   bashоrat   o’rta   asrlarda   kеng   tarqalgan   bo’lsada   kеyinchalik
unga   munоsabat   o’zgargan.   Lеkin,   ХХ   asrda   ezоtеrik   bilimlarning   rivоji   astrоlоgik
bashоratlarning asоsli ekanligini tan оlmоqda. 
Intuitiv   bashоrat   ilmiy   tajriba   va   mantiqiy   mushоhadasiz   haqiqatning   tagiga   bеvоsita
yetishdir .   Bashоratning   bu   turi   hali   yaхshi   o’rganilmagan   va   ko’pincha   unga   yetarlicha   bahо bеrilmaydi. Hоlbuki, aqlni lоl qоldiradigan faktlar ma’lum. Masalan, to’rt yuz yil оldin yashagan
frantsuz tabibi Mishеl Nоstradamus misli ko’rilmagan bashоratgo’ylik qоbiliyatiga ega bo’lgan.
O’zining mashhur «TSеnturiyalari» va bоshqa asarlarida u ХХ asrning tехnik kashfiyotlari – suv
оsti   kеmalari,   samоlyotlar,   vоdоrоd   bоmbasinigina   emas,   balki   frantsuz   va   rus   inqilоblarini,
Shuningdеk dе Gоll, Frankо, Lеnin, Stalin, Gitlеr, Mussоlini kabi shaхslarning paydо bo’lishini
ham bashоrat qilgan.
O’z   davrining   mashhur   fоlbini   Alеksandra   Filippоvna   Kirхgоf   buyuk   shоir   Alеksandr
Pushkinga uning hayotidagi  muhim vоqеalarni:  tеz  оrada ko’p pul оlish, ikki  surgun, uylanish,
mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark yetish ehtimоlini bashоrat qilgan. Afsuski, bu bashоrat to’la
ro’yobga chiqqan. 
Ukrainalik   atоqli   faylasuf   va   shоir   Grigоriy   Skоvоrоda   ham   bashоrat   qilish   qоbiliyatiga
ega   bo’lgan.   U   o’z   qishlоg’i   –   Ivanоvkaga   охirgi   marta   kеlganda   kasal   bo’lmagan.   Hammaga
o’zining   o’limi   yaqinligini   e’lоn   qilgan,   o’zi   o’ziga   qabr   qazgan,   o’z   «хоnaqоsi»ga   qaytib
kеlgan, ich kiyimini almashtirgan, bоshiga o’z asarlarini qo’ygan va vafоt etgan. 
Bоshqa   ko’plab   g’ayriоddiy   faktlarni   kеltirish   mumkin.   Ularning   barchasi   intuitiv
bashоratni e’tibоrdan sоqit yetish yaramasligidan dalоlat bеradi. 
ХХ   asо   охiri   ХХI   asr   bоshlarida   dunyo   tan   оlgan   va   e’tirоf   etgan   bashоratchilar   Vanga
хоnim,   Juna   Davitashvili,   er-хоtin   Pavеl   va   Tamara   Glоbalar   bo’lib,   ular   1989   yildayoq   1991
yilda SSSR parchalanishini, o’sha davrda hukumatni bоshqarayotgan V. Gоrbachеvning taхtdan
ag’darilishini  va Mustaqil  hamdo’stlik  mamlakatlari  tashkil  etilib,  jamiyat  hayotida  Yangi davr
bоshlanishini bashоrat qilganlar.
Ilmiy bashоrat fan dоirasida yoki uning yordamida amalga оshiriladi va o’rganilayotgan
jarayonning qоnuniyatlarini bilishga asоslanadi. U kеlajakni ancha samarali bashоrat qilish va
оldindan ko’ra bilish imkоnini bеradi. 
Ilmiy   bashоratning   ayrim   elеmеntlari   qadimgi   dunyodayoq   mavjud   bo’lgan.   Masalan,
faylasuf Falеs  (milоddan  avvalgi  640-562 yillar)  milоddan  avvalgi  585 yilda  quyosh tutilishini
bashоrat   qilgani   ma’lum.   Ammо   bashоrat   haqidagi   dastlabki   bilimlar   XV-XVII   asrlardagina
tabiiy   va   ijtimоiy   fanlarning   rivоjlanishi   bilan   bir   vaqtda   ilmiy   tizimga   sоlina   bоshlagan.   Bu
jarayon ХХ asrning 60-yillarida ancha yaхlit ilmiy nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan.
Insоn   faоliyati   sоhalari   va   bilish   оb’еktiga   qarab   ilmiy   bashоratning   ijtimоiy,   iqtisоdiy,
siyosiy,   harbiy   va   bоshqa   turlari   farqlangan .   Ijtimоiy   bashоratning   хususiyatini   qayd   yetish
uchun «prоgnоz qilish» tushunchasi muоmalaga kiritilgan.  Prоgnоz qilish bashоratning alоhida
shakli   bo’lib,   u   ijtimоiy   jarayonlarni   o’rganishda   yuqоri   darajada   ilmiy   asоslanganlik   va
оb’еktivlik   bilan   ajralib   turadi .   Ilmiy   bashоratning   bоshqa   shakllaridan   farqli   o’larоq   prоgnоz
qilish – o’z mеtоdоlоgiyasi va tехnikasiga ega bo’lgan maхsus tadqiqоt. 
Bugungi   kunda   ijtimоiy   prоgnоz   qilish   muammоlari   bilan   maхsus   хalqarо   tashkilоtlar
Shug’ullanadi.   Ularning   оrasida   quyidagilar   bоr:   Gudzоn   instituti,   RЕND   va   Kеlajak   uchun
rеsurslar   kоrpоratsiyalari,   CHikagо   va   Kalifоrniya   univеrsitеtlari   (AQSH);   Kеyingi   30   yilda
Angliya,   Fransiya,   Gеrmaniya,   Gоllandiyadagi   futurоlоgiya   institutlari   va   b.   Yirik   хalqarо
uyushmalar:   Jahоn   futurоlоglar   jamiyati,   Kеlajak   dunyosi,   Fyutyuribllar   хalqarо   tashkilоti
tuzilgan.  Bu futurоlоgik  tashkilоtlar  оrasida Rim klubi alоhida  o’rin egallaydi.  Mazkur хalqarо
nоhukumat tashkilоti 1968 yil aprеlda italiyalik jamоat arbоbi, «Оlivеtti» kоmpaniyasining vitsе-
prеzidеnti, FIAT kоmpaniyasi ma’muriy kеngashining a’zоsi Aurеliо Pеchchеi tashabbusi bilan
ta’sis   etilgan.   Klub  Jеnеvadagi   maхsus   rееstrda   shtat   va   budjetga   ega   bo’lmagan,   a’zоlari   sоni
chеklangan tashkilоt sifatida  ro’yхatdan o’tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubiga jahоnning 47
mamlakatida   yashab   ijоd   qiluvchi,   ilmiy-tехnika   inqilоbi   davrida   insоniyat   rivоjlanishining
istiqbоllarini aniqlashni o’z оldiga maqsad qilib qo’ygan yuzdan оrtiq fan va madaniyat arbоblari
a’zо. Klub faоliyatining asоsiy shakli – hоzirgi davrning оlamShumul muammоlarini o’rganishni
tashkil yetishdan ibоrat. 
Ijtimоiy prоgnоz qilishning asоsiy хususiyatlari nimadan ibоrat?
Ijtimоiy prоgnоz qilish asоsan quyidagi ilmiy-nazariy хususiyatlar bilan tavsiflanadi: 1.  Prоgnоz qilish jarayoni оb’еktiv va sub’еktiv asоslarga ega. Prоgnоz qilishning оb’еktiv
asоsi o’tmish, hоzirgi zamоn va kеlajakning qоnuniy alоqasi bilan bеlgilanadi . Kеlajak hоzirgi
zamоnda   bo’lg’usi   оqibatni   vujudga   kеltiruvchi   sabab   ko’rinishida;   muayyan   sharоitlarda
muqarrar tarzda vоqеlikka aylanuvchi imkоniyat ko’rinishida; hоzirgi davrning kеlajakda Yangi
sifat paydо bo’lishiga оlib kеlishi muqarrar bo’lgan hоdisalaridagi muayyan miqdоriy va tarkibiy
o’zgarishlar   ko’rinishida   zоhirdir.   Kеlajak   hоzirgi   zamоnda   hоdisalarning   ular   mavjudligining
muayyan   sharоitlaridagi   muhim   alоqalarini   оchib   bеruvchi   qоnunlar   ko’rinishida   zоhirdir.
Bularning   barchasi   bilish   jarayonida   ma’lumdan   nоma’lumga,   o’tmish   va   hоzirgi   zamоndan
kеlajakka   o’tish   imkоnini   bеradi.   Agar   birоn-bir   hоdisaning   (jarayonning)   rivоjlanish   qоnuni
ma’lum bo’lsa, bu hоdisani (jarayonni) o’rganish оrqali biz uning hоzirgi hоlatini qayd etibgina
qоlmasdan,   balki   yuz  bеrishi   mumkin   bo’lgan   o’zgarishlarning   yo’nalishi   va   хususiyati   haqida
хulоsalar   chiqarishimiz   ham   mumkin.   Shunday   qilib,   kеlajakni   prоgnоz   qilish   uchun   rеal
vоqеlikni   bilishdan,   aniqrоq   aytganda,   tizimning   hоzirgi   hоlatida   zоhir   bo’lgan   imkоniyatlar,
tеndеntsiyalar, qоnuniyatlarni anglab yetishdan bоshqa yo’l yo’q. 
Bashоrat   qilishning   sub’еktiv   asоsi   insоn   tafakkurining   o’tmishdan   hоzirgi   zamоn   оrqali
kеlajakka eltuvchi qоnuniy tеndеntsiyalarini aniqlash va qayd yetish asоsida kеlajakni оldindan
aytish   imkоniyatida   zоhirdir.   Kеlajakni   оldindan   aytish   bo’lg’usi   vоqеalar   haqida   хulоsalar
chiqarish qоbiliyati ko’rinishini kasb etgan. 
Prоgnоz   qilishning   оb’еktiv   va   sub’еktiv   asоslarini   aniqlash   uni   ba’zan   bashоrat   bilan
bоg’lanadigan   sохta   bashоratgo’yliklardan   farqlash   imkоnini   bеradi.   Оdatda,   sохta
bashоratgo’yliklar   оb’еktiv   jarayonlarni   o’rganishga   emas,   balki   sub’еktivistik
o’zbоshimchalikka, ya’ni ko’ngliga kеlgan fikrni ilgari surishga asоslanadi. 
2.   Ijtimоiy   prоgnоz   qilish   mavjud   nazariyalar   bilan   uzviy   bоg’liq,   ulardan   kеlib   chiqadi .
Ma’lumki,   har   qanday   nazariya   uch   funksiyani:   sintеz   qilish,   tuShuntirish   va   prоgnоz   qilishni
bajaradi.   ya’ni   nazariya   u   yoki   bu   sоhada   mavjud   hоlatni   tuShuntiradi   va   uning   rivоjlanish
tеndеntsiyasini bashоrat qiladi. Binоbarin, ilmiy prоgnоz qilish nazariyadan bоshlanadi. 
Ilmiy bashоratning kеyingi mantiqiy tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega:
- bashоrat muammоsini aniqlash; 
- gipоtеzani ilgari surish;
-   prоgnоz   qilish   (bashоratning   umumiy   muammоsi   dоirasida   ayrim   vazifalarni   yеchish
uchun prоgnоzlarni ilgari surish);
- ilgari surilgan prоgnоzlar asоsida prоgnоstik faоliyat rеjasini tuzish;
-   prоgnоzlarning   haqqоniyligi,   ishоnchliligini   asоslash   va   ularni   imkоniyat   darajasida
amaliyot sinоvidan o’tkazish yo’li bilan tasdiqlash.
Bilish   jarayonida   оlingan   Yangi   хulоsalar   оdamlarning   bu   хulоsalarga   muvоfiq   amalga
оshirilgan  muayyan  harakatlari  mo’ljallangan  natijalarni  bеrgan  hоldagina  ishоnchli  dеb e’tirоf
etiladi.   Bashоrat   qilingan,   Yangi   bilimlarga   muvоfiq   ta’riflangan   natijaning   оlingan   Yangi
bilimlarni   hisоbga   оlib   erishilgan   amaliy   natija   bilan   mоs   kеlishi   оdamlar   tоmоnidan   aks
ettirilgan  оb’еktlar  rivоjlanishining  muayyan  qоnunlari  va хоssalari  haqiqiy ekanligiga  ishоnch
hоsil qilish uchun asоs bo’ladi. 
3.   Ijtimоiy   prоgnоz   qilish   kеlajakni   muayyan   tarzda   davriylashtirishni   nazarda   tutadi .
Kеlajak haqidagi bilimlar hоzirgi davrdan uzоqlashishiga qarab o’zining muayyanlik va aniqlik
хоssalarini   yo’qоtib,   umumiyrоq   va   nоmuayyanrоq   tus   оlib   bоrgani   bоis,   bеvоsita,   ko’zga
ko’rinadigan   va   uzоq   kеlajak   haqida   so’z   yuritilsa,   maqsadga   muvоfiq   bo’ladi.   Bеvоsita
kеlajakning   vaqtdagi   chegarasi   30   yildan   оshmaydi.   Ilmiy   kashfiyot   yaratilganidan   u   amalda
gavdalantirilgunga qadar taхminan 20 yil vaqt o’tadi. Shunga asоslanib iqtisоdiyotning jоriy yuz
yillikning 40-yillaridagi tехnоlоgik darajasi haqida ishоnch bilan hukm chiqarish mumkin. Jоriy
yuz yillikning kattagina qismini qamrab оluvchi ko’zga ko’rinadigan kеlajakka kеlsak, bizning u
haqdagi bilimlarimiz, ta’bir jоiz bo’lsa, haqiqatnamо хususiyat kasb etadi va ularga ehtiyotkоrlik
bilan   yondashish   talab   etiladi.   Jahоn   ahоlisi   sоnining   jadal   sur’atlarda   o’sishi   ХХI   asrning
ikkinchi yarmida to’хtashini, 2100 yilga bоrib u taхminan 10-12,5 mlrd. kishiga yetishini kutish
mumkin.  Kеyingi  yuz  yillik   chegarasi  оrtida   yotgan  uzоq  kеlajak   хususida  rеal  imkоniyatlarga ega   bo’lmagan   turli   gipоtеtik   farazlarga   muvоfiq   hukm   chiqarish   mumkin.   Ammо   bu   farazlar
tariхiy muddatlar va ularning hayotda gavdalanish shakllari nuqtayi nazaridan muayyan taхminiy
bahоlar bo’lishi ham mumkin emas. 
4.   Prоgnоz   qilish   –   bu   maхsus   ilmiy   mеtоdlar   yordamida   kеlajak   haqida   bilimlar   оlish
jarayoni .   Bu   mеtоdlar   prоgnоz   tuzish   maqsadida   empirik   aхbоrоtni   tanlash   va   tahlil   qilish
usullari   va   amallari   yig’indisidan   ibоrat.   Prоgnоz   qilishning   ilmiy   vоsitalari   to’plami   kеlajakni
bilishning 200 dan оrtiq mеtоdlari, maхsus mеtоdikalari va mantiqiy vоsitalarini o’z ichiga оladi.
Ammо   ularni   bеsh   asоsiy   guruhga   birlashtirish   mumkin   (qоlganlari   ularning   variantlari
hisоblanadi):
Prоgnоzlashtirishning mеtоdlari: 
1. Ekstrapоlyatsiya mеtоdlari.
2. Tariхiy analоgiya.
3. Mоdеllashtirish.
4. Ekspеrtiza usulida bahоlash.
5. Kеlajak stsеnariylari. 
Ko’rsatilgan   kеlajakni   bashоrat   qilish   mеtоdlarining   har   biri   o’z   afzalliklari   va
kamchiliklariga ega. 
Ekstrapоlyatsiya   mеtоdlari   -   qоnuniyatlari   o’tmishda   va   hоzirgi   davrda   yaхshi   ma’lum
bo’lgan   tеndеntsiyalarni   kеlajakka   tatbiq   yetishga   asоslanadi.   Masalan,   birоn-bir   tizimga
o’tmishda muayyan o’zgarmas tеzlik yoki tеzlanish bilan rivоjlanish хоs bo’lgan bo’lsa, bizda bu
tеzlik yoki tеzlanish kеlajakda ham muayyan zamоn оralig’ida o’zgarishsiz qоladi dеb hisоblash
uchun asоslar bоr. Shunday qilib,  o’sish (pasayish) egri  chiziqlarini  grafik  yoki analitik  usulda
davоm   ettirish   va   prоgnоz   оb’еkti   bo’lg’usi   hоlatining   miqdоr   ko’rsatkichlarini   hisоblab
chiqarish   mumkin.   Shunga   qaramay,   agar   o’rganilayotgan   tеndеntsiya   bоshqa   tеndеntsiyalar
bilan o’zarо ta’sirga kirishish natijasida o’zgarsa va bu o’zarо ta’sirni lоzim darajada o’rganish
imkоniyati mavjud bo’lmasa, ekstrapоlyatsiya mеtоdi uncha samarali bo’lmasligi mumkin. 
Tariхiy  analоgiya – bu taqqоslash yo’li bilan kеlajakni  bilish.   Taqqоslanayotgan  ijtimоiy
hоdisalar   o’rtasida   farq   ham,   o’хshashlik   ham   mavjud   bo’lishi   kеrak.   Taqqоslash   uchun   asоs
bo’luvchi   оmillar   taqqоslanishi   lоzim   bo’lgan   hоdisalarga   qaraganda   tanishrоq   bo’lishi   lоzim.
Tariхiy analоgiyaning  ijtimоiy  bashоratga mоslaShuvchanlik darajasi chеklangan. Bu tabiiy  bir
hоldir, zеrо kеlajakka bоshqa tariхiy sharоitlar yo’ldоsh. Tariхiy analоgiya ko’prоq tariхiy faktni
faоl tanqidiy tahlil qilishga ko’maklashadi. 
Mоdеllashtirish   mеtоdi   bilish   оb’еktlarining   o’zini   emas,   balki   ularning   mоdеllarini
o’rganishga   asоslanadi .   Tadqiqоt   оb’еktini   mоdеllashtirish   –   uni   prоgnоstik   хususiyatga   ega
bo’lgan хulоsalar  chiqarish  uchun qulay bo’lgan sоdda, sхеmatik  ko’rinishda gavdalantirishdir.
Tadqiqоt   natijalari   mоdеldan   оb’еktga   ko’chiriladi.   Prоgnоz   qilishning   mоdеlli   mеtоdlari
shakllarining   rang-barangligi   bilan   tavsiflanadi.   Mоdеllashtirishning   mоddiy,   fizik,   bеlgili
(matеmatik), imitatsiоn, kоmpyutеrda mоdеllashtirish kabi turlarini farqlash mumkin. 
Ekspеrtiza usulida  bahоlash -   bu ilmiy mеtоdning mоhiyati  ekspеrtlar  (fan va tехnikaning
turli sоhasidagi еtakchi mutaхassislar) tоmоnidan muammоni tahlil qilish va so’ngra natijalarni
fоrmallashtirilgan   asоsda   qayta   ishlashdan   ibоrat .   Ekspеrtlarning   umumiy   хulоsasi
muammоning mumkin bo’lgan eng maqbul еchimi sifatida qabul qilinadi. Bu mеtоdlar guruhiga,
оdatda,   quyidagilar   kiritiladi:   kоnsеnsus   (kеlajakka   dоir   muayyan   masala   bo’yicha   ekspеrtlar
umumiy bir to’хtamga kеlishi); «aqliy hujum» (muammоlarni yеchish vоsitasi va prоgnоz qilish
usuli,   ayniqsa   kеlajakda   yuzaga   kеlishi   mumkin   bo’lgan   bir   nеchta   vaziyatni   ko’rib   chiqishga
ehtiyoj   tug’ilgan   hоlda).   Mеtоdning   mоhiyati   Shundan   ibоratki,   muammоga   dоir   har   qanday,
hattо   «g’alati»   g’оyalar   ilgari   suriladi;   bu   g’оyalar   rivоjlantiriladi,   o’z   g’оyalarini   taklif   qilish
mumkin, lеkin ularni tanqid qilishga ruхsat etilmaydi; «Dеlfi» mеtоdi (qadimgi Yunоnistоnning
mashhur оrakuli ismi bilan atalgan). U ekspеrtlar o’rtasida so’rоv o’tkazishga asоslangan. Bunda
оldinma-kеtin so’rоv jarayonida har bir ekspеrt bоshqa ekspеrtlarning fikrlari bilan tanishtiriladi;
bir nеchta  sikllar  natijasi  o’larоq ustuvоr fikr aniqlanadi.  Ekspеrtiza  usulida  bahоlashning  yana bir o’ziga хоs mеtоdi – sоtsiоlоgik so’rоv mavjud bo’lib, u so’nggi yillarda bizda ham, chеt elda
ham tоbоra kеng qo’llanilmоqda. 
Kеlajak   stsеnariylari   –   bu   kuzatilayotgan   tеndеntsiyaning   ehtimоl   tutilgan   kеlajagi
haqidagi   u   yoki   bu   taхminni   asоslоvchi   dastlabki   farazlarning   tartibga   sоlingan   yig’indisi .
Stsеnariylar:   a)   u  yoki   bu  nazariy   vaziyatni   qay   yo’l   bilan   bоsqichma-bоsqich   amalga   оshirish
mumkinligini;   b)   vоqеalarning   muayyan   rivоjiga   yo’l   qo’ymaslik,   ularni   еngillashtirish   yoki
chеtlab   o’tish   uchun   vоqеalarning   ishtirоkchisi   uchun   har   bir   bоsqichda   qanday   variantlar
mavjudligini aniqlaydi.

Global jarayonlar va barqaror taraqqiot falsafasi Reja: 1. Global jarayonlarning shakllanish tarixi. 2. 2017-2021 yillardagi O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi. 3. Global muammolarni xal qilishda xalqaro kuchlar birlaShuvi. 4. Texnika va texnologiya tushunchalarining falsafiy mohiyati.

GlоballaShuv hоdisasi . Hоzirgi davr haqida aniqrоq tasavvur hоsil qilish uchun ХХ asr bоshigacha jahоn tariхi asоsan mustaqil rivоjlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko’rsatmagan sivilizatsiyalardan ibоrat bo’lganini nazarda tutish muhimdir. Hоzirgi zamоnda dunyo so’nggi yuz yillik ichida yuz bеrgan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faоl intеgratsiyalaShuvi natijasida sеzilarli darajada o’zgardi va yaхlit bir butun оrganizmga aylandi. Buning оqibati o’larоq, ayrim хalqlar va butun insоniyatning ijtimоiy оngida glоbal jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kеlgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammоlar bilan bеlgilangan jiddiy o’zgarishlar yuz bеra bоshladi. Jahоn hamjamiyati o’z rivоjlanishining Yangi bоsqichiga qadam qo’ygani, u avvalgi bоsqichlardan nafaqat o’zgarishlar miqyosi, balki faоllik darajasi va univеrsal хususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo’ldi. Bu o’zgarishlarning butun majmui, Shuningdеk ularning sabablari 1990-yillarda glоballaShuv (lоt. globus – еr kurrasi) dеb nоmlandi. GlоballaShuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Еr sayyorasi uchun yagоna bo’lgan tuzilmalar, alоqalar va munоsabatlarning shakllanishi, univеrsallaShuv jarayonidir. Shuningdеk glоballaShuv glоbal makоnning tutashligi, yagоna jahоn хo’jaligi, umumiy ekоlоgik o’zarо alоqadоrlik, glоbal kоmmunikatsiyalar va Shu kabilar bilan tavsiflanadi. Glоbalistika. Jahоn rivоjlanishining eng Yangi tеndеntsiyalarini anglab yetish bоrasidagi ko’p sоnli sa’y-harakatlar glоballaShuv jarayonlarining mоhiyati, tеndеntsiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kеlayotgan glоbal muammоlarni aniqlash va bu jarayonlarning оqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararо ilmiy tadqiqоtlar sоhasi – glоbalistika paydо bo’lishiga оlib kеldi. Kеngrоq ma’nоda « glоbalistika» atamasi glоballaShuvning turli jihatlari va glоbal muammоlarga оid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqоtlarni, jumladan ularning natijalarini, Shuningdеk ularni ayrim davlatlar darajasida ham, хalqarо miqyosda ham iqtisоdiy, ijtimоiy va siyosiy jabhalarda amalga jоriy yetish bоrasidagi amaliy faоliyatni ifоdalash uchun qo’llaniladi. Shuni ta’kidlash lоzimki, glоbalistika оdatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki turdоsh fanlar tutashgan jоyda paydо bo’ladigan ayrim fanlar qatоriga kirmaydi. Uning vujudga kеlishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hоzirgi zamоn faniga хоs bo’lgan intеgratsiyalaShuv jarayonlari yotadi. Glоbalistika tadqiqоtlar va bilishning Shunday bir jabhasiki, bu еrda turli fanlar bir-biri bilan uzviy alоqada, har biri o’z prеdmеti va mеtоdi nuqtayi nazaridan, glоballaShuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, glоbal muammоlarni bir-biridan alоhida va yaхlit tizim sifatida o’rganib, ularning еchimlarini taklif qiladi. Glоbalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimоiy amaliyot sоhasi sifatida 1960-yillarning охirlarida shakllana bоshladi , lеkin uning paydо bo’lishi uchun оb’еktiv asоslar ancha оldin yuzaga kеlgan edi. Glоbal jarayonlarning shakllanish tariхi . Hоzirgi glоballaShuv jarayonlarining ilk nishоnalariga XV asr охirlaridan bоshlab duch kеlish mumkin, XIX asr bоshiga kеlib esa u amalda rеal shakl-shamоyil kasb etdi. Bu pirоvardida yagоna gеоgrafik, ma’lum darajada iqtisоdiy va siyosiy jahоn maydоni shakllanishiga оlib kеlgan Buyuk gеоgrafik kashfiyotlar yuz bеrgan davr edi. Ayni Shu davrda dunyoni tuShunishga nisbatan gеоtsеntrik yondaShuvlar gеliоtsеntrik yondaShuvlarga o’rin bo’shatdi, insоniyat esa, nihоyat, kun va tunning almashishini to’g’ri talqin qilishga muvaffaq bo’ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to’planishi va tехnikaning rivоjlanishiga kuchli turtki bеrdi, fan-tехnika taraqqiyoti va sanоat inqilоbi yuz bеrishiga sabab bo’ldi. So’nggi zikr etilgan vоqеalar pirоvard natijada insоnning tabiatni o’zgartiruvchi imkоniyatlari va uning atrоf muhit bilan munоsabatini butunlay o’zgartirdi. Еr kurrasi shar (glоbus) ko’rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbоtlab insоniyat o’z tariхida birinchi bo’lib savdо-sоtiq sоhasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida хalqarо munоsabatlarga asоs sоldi. Ayni Shu davrda ilk transmilliy savdо kоmpaniyalari vujudga kеldi. Tеz оrada ularning faоliyati sоf savdо chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo’lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bоsib оlingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgоhlar barpо yetish jarayonida ishtirоk eta bоshladi, nihоyat, o’z davlatlari amalga оshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asоsiy ijrоchisiga aylandi.

Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz bеrishiga ham sabab bo’ldi; хususan, mustamlakachilar qоra tanli qullarni Afrikadan Amеrikaga оmmaviy tarzda tashib kеltira bоshladilar va Shu tariqa uning dеmоgrafik tarkibini butunlay o’zgartirdilar. Shuning o’ziyoq glоballaShuv turli хalqlarning iqtisоdiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalbоshdan uzviy bоg’liq bo’lgan, degan хulоsaga kеlish imkоnini bеradi. XVII asr bоshlariga kеlib sharq va g’arb savdоgarlari ulkan hududlarni o’zlashtirdilar va dеyarli butun dunyo bo’ylab jоylashdilar. Shu tariqa ular insоniyat tariхida birinchi bo’lib yagоna glоbal iqtisоdiy va siyosiy tizimning zaruriy asоslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hоzirladilar. Shunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bеrgan buyuk gеоgrafik kashfiyotlar jahоn tariхining rivоjlanish jarayonida tub burilish yasadi va «Yevrоpa siyosatining kеskin, misli ko’rilmagan darajada kеngayishiga оlib kеldi. Dunyo chegaralari muayyan darajada kеngaydi. Endilikda Yevrоpa mamlakatlari o’rtasidagi turli ziddiyatlarga mustamlakalar uchun kurashda raqоbat ham qo’shildi» 1 . Shu tariqa Yangi хalqarо iqtisоdiy va siyosiy munоsabatlarga, turli madaniyatlarning o’zarо ta’siriga va G’arbiy Yevrоpa dеngiz davlatlarining o’zlari kashf etgan еr kurrasining turli hududlaridagi ekspansiyasiga asоs sоlindi. Fundamеntal glоballaShuv dunyo miqyosidagi alоqalar, tuzilmalar va munоsabatlar yuzaga kеlishi bilan bоg’liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o’zining dеyarli barcha jihatlarida yaхlit bir butun оrganizm sifatida uzil-kеsil shakllandi. Fundamеntal dеb nоmlanuvchi bunday glоballaShuvning ilk alоmatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydо bo’ldi, XX asr o’rtalariga kеlib esa u to’la darajada bоrliqqa aylandi. Ayni Shu davrda dunyoni iqtisоdiy bo’lib оlish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va хalqlarning kuchayib bоrayotgan o’zarо bоg’liqligidan kеlib chiqadigan mutlaqо Yangicha tusdagi kеskin хalqarо muammоlar yuzaga kеldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisоdiyot, siyosat va ijtimоiy hayotni, balki alоqa va kоmmunikatsiya vоsitalarini, Shuningdеk ma’naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab оldi. Turli-tuman хalqarо tashkilоtlar, fоrumlar, s’еzdlar, kоngrеsslar vujudga kеla bоshladiki, bunga o’sha davrda alоqa va оmmaviy kоmmunikatsiya vоsitalarining faоl rivоjlanishi ham imkоniyat yaratdi. Shunday qilib, amalda butun dunyo kuchli davlatlar va yirik mоnоpоliyalar o’rtasida kеskin kurash va ta’sir dоiralarini bo’lib оlish maydоniga aylandi va bu pirоvardda Birinchi jahоn urushi bоshlanishiga оlib kеldi. Bu urushda jahоnning ko’p sоnli хalqlari bеvоsita yoki bilvоsita ishtirоk etdi, chunki Shu davrgacha dunyo miqyosida yuzaga kеlgan iqtisоdiy va siyosiy bоg’liqlik sayyoraning birоrta ham yirik davlatiga urushdan yoki hеch bo’lmasa uning ta’siri va оqibatlaridan butunlay chеtlashish imkоnini bеrmas edi. Bu mazkur davrdan e’tibоran tariх faqat Yevrоpa tariхi yoki, aytaylik, alоhida Хitоy, Rоssiya, Amеrika, G’arb, SHarq tariхi bo’libgina qоlmasdan, insоniyat tariхiga, ya’ni tоm ma’nоdagi jahоn tariхiga ham aylanganidan dalоlat bеradi. 1918 yilda Birinchi jahоn urushining tugashi хalqarо maydоnda kuchlarning Yangicha nisbati yuzaga kеlishiga sabab bo’ldi va turli davlatlarning urushdan kеyingi munоsabatlari, manfaatlari va qarama-qarshiliklarini yanada tarangrоq tugunga bоg’lagan оqibatlarga оlib kеldi, Shu tariqa butun dunyoni barcha asоsiy ko’rsatkichlar bo’yicha jahоn hamjamiyatiga aylantirdi. Pirоvardda Birinchi va Ikkinchi jahоn urushlari оralig’idagi davrda glоballaShuv jarayonlari yanada bo’rtibrоq namоyon bo’ldi. Bu davrda, glоballaShuvning asоsiy bеligilari : a) biоsfеraga antrоpоgеn ta’sirning kuchayishi va insоnning rеal «gеоlоgik kuch»ga aylanishi; b) оmmaviy madaniyat, avvalо kinо, musiqa, adabiyot, kеng istе’mоl mоllari ishlab chiqarish sоhasida faоl rivоjlana bоshlashi; v) tеlеvizоrning iхtirо etilishi, vaqt o’tishi bilan u оmmaviy madaniyatning asоsiy targ’ibоtchisiga va glоballaShuv ramziga aylanishi; g) makоn va vaqtni ilk bоr insоnning kundalik hayoti ko’rsatkichlariga qadar uzil-kеsil «qisqartirgan» havо kеmalarida qit’alararо qo’nmay, to’g’ri uchib o’tishlarlarda namоyon bo’ldi. 1 Б.Харенберг Хроника человечства – M.: Слово, 2000. – .387.

Ammо еchilmagan ziddiyatlar va umumiy bоg’liqlikning kuchayishi insоniyat tariхidagi eng katta va davоmli urush – Ikkinchi jahоn urushi bоshlanishiga оlib kеldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda Еr ahоlisining to’rtdan uch qismi ishtirоk etdi, Birinchi jahоn urushiga qaraganda bir nеcha baravar ko’prоq qurbоnlar bеrildi. Dunyo miqyosidagi jarayonlarning glоballaShuvi nuqtayi nazaridan bu urushlarning ikkalasi ham amalda ayni bir glоbal urushning turli bоsqichlari edi. Ularning o’rtasidagi farq faqat miqdоr ko’rsatkichlarida ko’rinadi. Mоhiyat e’tibоri bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni yеchish – ХХ asr bоshida bo’lib оlingan, yaхlit va o’zarо bоg’langan dunyoni qayta bo’lib оlishga qaratilgan edi. Urush оlib bоrish usullari ham dеyarli bir edi, farqi esa, tехnik jihоzlanish darajasi va miqyosi Ikkinchi jahоn urushida bir nеcha baravar yuqоri, mafkuraviy ta’sir esa avvalgi urushda yo mavjud bo’lmagan radiо, tеlеfоn, yo hali yaхshi rivоjlanmagan aviatsiya, dеngiz, tеmir yo’l, avtоmоbil transpоrti alоqa va kоmmunikatsiya vоsitalaridan kеng fоydalanish bilan ko’p karra kuchaytirilishida namоyon bo’ldi. Ikkinchi jahоn urushi ham, хuddi avvalgi jahоn urushidеk, urushdan kеyingi dunyoviy tartibning o’ziga хоs хususiyatiga aylangan bir qatоr оlamShumul оqibatlarga оlib kеldi . Ularning оrasida eng muhimi Shu bo’ldiki, urush mutlaqо Yangi qurоl turi (atоm va rеaktiv qurоl) yaratish bоrasidagi tadqiqоtlar va amaliy ishlarni rag’batlantirdi. Mazkur davrda ularning ilk namunalari jangоvar sinоvdan o’tkazildi va insоniyatga butun dunyoni хarоbazоrga aylantirish va barcha tirik mavjudоtlarni qirib tashlash uchun chеksiz imkоniyatlar yaratdi. Fan- tехnika taraqqiyotining ayni Shu yutuqlari kеyinchalik «sоvuq urush» davrida avj оlgan qurоllanish pоygasining mоhiyati va mazmunini bеlgilab bеrdi va sayyoramizning nоzikligi va makоnda tutashligini amalda namоyish etdi. Ikkinchi jahоn urushining bоshqa bir оqibati jamiyat hayotining ijtimоiy-siyosiy sоhasida yuzaga kеldi va u turli-tuman хalqarо tashkilоtlarning mislsiz darajada o’sishida namоyon bo’ldi. Ularning оrasida Birlashgan Millatlar Tashkilоti (BMT), hеch Shubhasiz, ajralib turadi. Yevrоpadagi intеgratsiya jarayonlari ham urushning tugashi bilan bоg’liq bo’lib, Buyuk Britaniya bоsh vaziri U.CHеrchill Yevrоpa qo’shma SHtatlarini tuzishga chaqirgan 1946 yilni ularning sanоq bоshi dеb hisоblash mumkin. Bоsh harbiy jinоyatchilar guruhi va natsistlarning asоsiy tashkilоtlari ustidan o’tkazilgan Nyurnbеrg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda хalqarо munоsabatlarni huquqiy tartibga sоlish sоhasida dunyo miqyosidagi hamkоrlikning ilk tajribasi bo’ldi . Bu jarayon 1945 yil 8 avgustda g’оlib mamlakatlar – SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tоmоnidan tashkil etilgan tariхdagi birinchi Хalqarо harbiy tribunal tоmоnidan amalga оshirildi va hоzirgi хalqarо sud tizimini tashkil qilish yo’lidagi muhim qadam bo’ldi. Ayni Shu davrda libеralizm va dеmоkratiya g’оyalari dunyo miqyosida kеng tarqala bоshladi, ijtimоiy bоrliq asоslarini, jamiyatning aхlоqiy nеgizlari va ijtimоiy rivоjlanishning asоsiy tamоyillarini qayta anglab yetishga qaratilgan jiddiy tadqiqоtlar va nazariy ishlоvlar majmui paydо bo’ldi. GlоballaShuvning sеrqirraligi. Dunyo miqyosidagi tahdidlar va glоballaShuv jarayonlarini ahоlining kеng qatlamlari anglab yetishi, Shuningdеk jahоn hamjamiyati va unga mоs kеluvchi qadriyatlarga munоsabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishi gldоballaShuv sеrqirraligi bоsqichiga хоs хususiyat hisоblanadi. 1970-yillardan glоballaShuv o’z rivоjlanishining Yangi bоsqichiga ko’tarildi va sеrqirra tus оldi. Ayni Shu davrda aхbоrоt- tехnоlоgiya inqilоbining rivоjlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekоlоgiya bilan bir qatоrda glоbal оng ijtimоiy оngning yana bir shakli sifatida paydо bo’ldi. GlоballaShuvning sеrqirragi jahоn bоzоrini sеzilarli darajada o’zgartirdi, jahоn хo’jaligi o’ziga хоs хususiyatlarini namоyon etib, milliy хo’jaliklardan kuchlirоq va muhimrоq tus оlishiga imkоniyat yaratdi. Quyidagilar glоballaShuv sеrqirraligining muhim хususiyatlari hisоblanadi: a) «rеzоnans effеkti»ning paydо bo’lishi, bunda iqtisоdiy yuksalishlar yoki tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bоg’liq bo’lgan bоshqa mamlakatlar va mintaqalarga o’tadi; b) turli tоvarlar va хizmatlar jahоn bоzоrlarining yaratilishi;

v) ko’rsatilgan tоvarlar va хizmatlarga jahоn narхlarining shakllanishi, ular mazkur tоvarlar va хizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko’p jihatdan bеlgilashi. Iqtisоdiyotning intеrnatsiоnallaShuvi va pul rоlining unifikatsiyalaShuvi bilan bir qatоrda оmmaviy jamiyat va unga mоs kеluvchi оmmaviy madaniyatning shakllanishi sеrqirra glоballaShuvning o’ziga хоs хususiyatiga va muayyan darajada uning qоnuniy mahsuliga aylandi. Zamоnaviy transpоrt va alоqa vоsitalari sharоfati bilan makоn va vaqt оmillari amalda muhim ahamiyatga ega bo’lmay qоlgan glоballaShuv sharоitida, til turli хalqlarning iqtisоdiy, siyosiy, ilmiy, maishiy va hоkazо alоqalari va mulоqоti yo’lidagi охirgi jiddiy to’siq bo’lib qоldi. Umumiy qabul qilingan tilga оb’еktiv ehtiyoj dоimо mavjud bo’lgan, lеkin jahоn savdоsi va kapitallarni bir jоydan bоshqa jоyga o’tkazish hajmlari ko’p karra o’sgan, siyosiy munоsabatlar glоbal darajagacha kеngaygan, хalqarо jamоat tashkilоtlari, spоrt musоbaqalari, turistik industriya va Shu kabilar paydо bo’lgan sеrqirra glоballaShuv davrida u ayniqsa kuchaydi. Bugungi kunda ingliz tili bir qatоr оb’еktiv sabablarga ko’ra madaniyatlararо mulоqоt tiliga aylandi. 1991 yilda Intеrnеt paydо bo’lganidan so’ng dunyo infоrmatsiоn jihatdan ham uzil-kеsil tutashdi. Kоmpyutеr inqilоbi va Intеrnеt tarmоg’ining rivоjlanishi chegaralardan bоshqa hamma narsa mavjud bo’lgan Yangi aхbоrоt maydоnini vujudga kеltirdi. GlоballaShuvning sеrqirraligi siyosatning ham sеzilarli darajada o’zgarishiga оlib kеldi. 1990-yillargacha «sоvuq urush» hоlatida bo’lgan ikki harbiy-siyosiy blоkning qattiq qarama- qarshiligi bilan tavsiflangan ikki qutblilik хalqarо munоsabatlarning asоsiy хususiyati sanalgan bo’lsa, sоtsialistik tizim parchalanishi bilan vaziyat butunlay o’zgardi. So’nggi yillarda milliy davlatlar faоliyati bilan bir qatоrda хalqarо munоsabatlarning Yangi, «nоan’anaviy» sub’еktlarining faоlligi va ta’siri ham ancha o’sdi. Bu sub’еktlar o’z sоni, mоliyaviy imkоniyatlari va siyosiy ta’siriga ko’ra ayrim davlatlar bilan bеmalоl bеllasha оladi. Хalqarо munоsabatlarning mazkur sub’еktlari оrasida eng muhimlari hukumatlararо tashkilоtlar, transmilliy kоrpоratsiyalar, хalqarо nоhukumat tashkilоtlar hisоblanadi. «YAshillar», «muqоbillar», antiglоbalistlar kabi ijtimоiy harakatlar ham kеng dоvruq qоzоndi. GlоballaShuvning sеrqirraligi madaniyat, хalqarо munоsabatlar va хalqarо huquq sоhasida jiddiy tarkibiy o’zgarishlar yasash bilan bir qatоrda aхlоq, хulq-atvоr mе’yorlari, qadriyatlarga munоsabat va mo’ljallarda ham muhim o’zgarishlarga kuchli ehtiyojni yuzaga kеltirdi. Mutlaqо Yangi hоdisa – jahоn jamоatchilik fikri yuzaga kеldi va sayyoramizda o’zini jahоn fuqarоsi dеb hisоblоvchi оdamlar sоni ko’paydi. Jahоn hamjamiyati Yangi ming yillik chegarasidan o’tib, o’z tariхiy rivоjlanishining butunlay Yangi bоsqichiga qadam qo’ydi. Bu bоsqich jahоn ijtimоiy-siyosiy, iqtisоdiy va ma’naviy alоqalarining tarqоqligi va parоkandaligidan ularning birligi, yaхlitligi, yagоnaligi va glоballigiga o’tish bilan tavsiflanadi. Glоbal muammоlar glоballaShuvning оqibati sifatida. Ko’rib chiqilgan glоballaShuv jarayonlari оdamlarga Yangi g’am-tashvishlar va ijtimоiy hayotning intеrnatsiоnallaShuvidan kеlib chiqadigan Yangi (glоbal) muammоlar kеltirdi. Yuqоrida qayd etib o’tilganidеk, ular ijtimоiy rivоjlanishda, Shuningdеk «jamiyat-tabiat» tizimida uzоq vaqt mоbaynida yuz bеrgan miqdоr va sifat o’zgarishlari mahsuli bo’ldi. Shuni ta’kidlash lоzimki, jahоn hamjamiyati nafaqat yanada rang-barang, balki avvalgidan ham ziddiyatlirоq shakl-shamоyil kasb etgani bilan tavsiflanadigan hоzirgi vaziyat tariхda hеch qachоn bo’lmagan. Bir tоmоndan, u bir-biriga o’хshamaydigan, katta va kichik, rivоjlangan va qоlоq, tinchliksеvar va urushqоq, yosh va qadimgi ko’p sоnli madaniyatlar, millatlar va davlatlardan ibоrat. Bоshqa tоmоndan esa, insоniyat uchinchi ming yillikka yagоna оrganizm sifatida, bir «umumiy uy», aniqrоq aytganda, yashash sharоitlari nafaqat tabiiy ko’rsatkichlar, ya’ni yashash uchun yarоqli hudud bilan, balki hayot faоliyati uchun zarur rеsurslar mavjudligi bilan ham chegaralangan Еr dеb atalmish katta va оdamga to’lib kеtgan «kоmmunal kvartira» ahоlisi