logo

Hadislarning ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

41 KB
Hadislarning  ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyati
Reja:
1.  Hadislarning yaratilishi, mazmuni, yo’nalishlari. 
2.  Hadislarning ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyati . 
3. Markaziy Osiyolik muhaddis- olimlar.  Hadislarning yaratilishi, mazmuni, yo’nalishlari
Islom   dini   ta’minotida   «Qur’on»   dan   keyin   hadislar   asosiy   manbadir.   VIII
asrning ikkinchi yarmidan boshlab hadis ilmi bilan shug’ullana boshlangan. 
Hadislar dastlab yozib borilmagan VIII-IX asrlar hadis ilmi uchun «oltin davr»
hisoblanadi. 
Islom   dunyosida   eng   nufuzli   manbalar   deb   sanalgan   oltita   ishonchli   to’plam
(as-sahih as-sitta) ni yaratgan vatandoshlarimiz bo’lib hadis ilmini rivojlantirishga
ulkan hissa qo’shdilar. 
Bular:  1. Imom Ismoil al-Buxoriy 810-870. 
2. Imom al-Hajjoj 819-874. 
3. Imom at-Termiziy 824-892. 
4. Imom Sulaymon Sijjistoniy 817-880. 
5. Imom an Nasoniy 830-915. 
6. Imom ibn Yazid ibn Mojja 824-886. 
1. Imom Buxoriy «As-Sahih» 
2. Imom al Hajjoj «As-Sahih» 
3. Imom Mojja «Sunnan» 
4. Imom Sijjistoniy «Sunnan» 
5. At-Termiziy «Aj-jami al-kabir» 
6. An-Nasoniy «Sunnan» kabi kitoblar yozilgan.
Hadis uch yo’nalishda yaratilgan.
1.   «Musnad»-bunda   turli   mavzudagi   hadislar   bir   joyga   to’plangan   va   alifbo
tartibida joylashtirilgan.
2. «Sahih» (ishonchli) hadislar. Bunga Buxoriy asos solgan.
3. «Sunnan» yo’nalishi. Bunda to’g’ri va «zaif» hadislar ham kiritilgan. 
Imom Buxoriy hadis ilmida «Amir ul-mo’minin» «Imom al-muhaddisiy» kabi
nomga sazovor bo’lgan.
Buxoriy   810   yil   13   mayda   Buxoroda   tug’ilgan.   Yoshligidan   otasidan   etim
qolgan.   10   yoshida   arab   tilini   va   kitoblarni   yod   ola   boshlagan.   U   hadis   ilmini
qiziqish bilan o’rgana boshlaydi. Buxoriy   825   yilda   onasi   va   akasi   bilan   Hajga   boradi.   Safar   chog’ida   Balx,
Basra,   Kufa,   Bog’dod,   Xume,   Damashq,   Misr,   Makka   va   Madinada   bo’ladi   va
mashhur olimlardan hadis o’qigan hamda faqih ilmini o’rgangan.
Olimlarning   fikricha,   Imom   Buxoriy   boy   meros   qoldirgan.   Uning   «Ishonchli
to’plam»,   «Katta   tarix»,   «Kichik   tarix»,   «Imom   ortida   turib   o’qish»,   «Nomozda
ikki qo’lni ko’tarish» kabi asarlari mavjud. 
4   tomlik   «Sahih   al-Buxoriy»   asarida   payg’ambarimiz   hadislaridan   tashqari,
islom   huquqshunosligi,   islom   marosimlari,   axloq-odob,   ta’lim-tarbiya,   tarix   va
etnografiyaga   oid   ma’lumotlar   ham   berilgan.   Unga   600   ming   hadisdan   7275   ta
«Sahih» (ishonchli)hadislari kiritilgan bo’lib, shundan 4000 tasi takrorlanmaydigan
hadisdir. 
Olim   islom   olami   odob-axloqi  va   tarbiyasiga   bag’ishlab  «Al-adab  al-mufrat»
(«Adab durdonalari») nomli hadis to’plami yaratgan 1322 ta hadisni tashkil qiladi. 
Mashhur   muqaddas   at-Termiziy   824   yilda   Termiz   yaqinidagi   Bud   (hozirgi
Sherobod tumanida) qishlog’ida tug’ilgan.
U 850 yilda safarga chiqadi, Makka va Madinada bo’ladi. Iroq va Xurosonda
hadis   ilmi,   fiqx,   ilmi   al-qiroat,   bayon,   tarix   va   boshqa   ilmlarni   o’rganadi.   U   863
yilda o’z vataniga qaytadi.
At-Termiziy   10   dan   ortiq   kitoblar   yaratgan.   Bular:   «Ishonchli   to’plam»,
«Payg’ambarning   alohida   fazilatlari»,   «Hadislardagi   illatlar   va   oqimlar   haqida»
kabi asarlari mashhurdir.
Asarlarda   insonni   halollik,   adolat,   e’tiqod,   diyonat,   poklik,   mehnatsevarlik,
muruvvatlilik,   mehr-shavqat,   kattalarga   ota-ona   va   qarindoshlarga   hurmat   ruhida
tarbiyalashga katta ahamiyatga ega. 
Islom   aqidasiga   ko’ra   har   bir   musulmon   iymonli   bo’lishi   kerak.   Iymon
daraxtga   qiyoslanadi,   uning   60   dan   ortiq   shoxlari   bor.   «Qo’li   va   tili   bilan
o’zgalarga   ozor   bermagan   musulmondir»   deyiladi.   Uchta   xislatni   o’zida
mujassamlashtirgan kishi iymoni butun kishidir. 
1. Insofli va adolatli bo’lmoq,
2. Barchaga salom bermoq, 3. Kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq,
To’rt illat kimda bo’lsa, munofiq sanalgan bo’lar:
1. Omonatga xiyonat qilmoq,
2. So’zlasa yomon so’zlagan,
3. Urushib qolsa kek saqlaganlar.
Islomda 2 xil ilm haqida fikr yuritiladi:
1. Huquqiy (fiqx), diniy yo’l-yo’riqlar ilmi,
2. Dunyoviy ilmlar.
«Ilmning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoe qilishdir»,-
deb ta’kidlangan.
Hadislar   mazmunan   har   bir   kishining   ishonchini,   e’tiqodini   mustahkamlaydi
va insonni ma’naviy kamolotga yo’llaydi.  Adabiyotlar:
1. Karimov I.A.  Olloh- qalbimizda va yuragimizda.  T .: «O‘zbekiston» 1998 
2.  Barkamol avlod orzusi. Sh. Karimov va b. tah. ost. T.: «Sharq» 1999     
3.  Barkamol avlod- O‘zbekiston tarqqiyotining poydevori. T. : O‘zbekiston»1997 
4.  Hoshimov K.,.Inomova M.   Pedagogika tarixi. T.: «O‘qituvchi»,  1996 . 
5. Hasanboev J va b. Pedagogika tarixi. T.: «O‘qituvchi»,  1996
6. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. Toshkent, 1995.
7. Qur‘on.  T .: «Meros», 1990 . 
8. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab al- mufrad. T.: «Meros», 1991
9. Iso at- Termiziy. Ash-Shamoyili an-Nabaviya. T.: «Meros» 1993
10. Mahkamov U. Axloq-odob hadislari. T.: «O‘qituvchi»1994

Hadislarning ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyati Reja: 1. Hadislarning yaratilishi, mazmuni, yo’nalishlari. 2. Hadislarning ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyati . 3. Markaziy Osiyolik muhaddis- olimlar.

Hadislarning yaratilishi, mazmuni, yo’nalishlari Islom dini ta’minotida «Qur’on» dan keyin hadislar asosiy manbadir. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab hadis ilmi bilan shug’ullana boshlangan. Hadislar dastlab yozib borilmagan VIII-IX asrlar hadis ilmi uchun «oltin davr» hisoblanadi. Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to’plam (as-sahih as-sitta) ni yaratgan vatandoshlarimiz bo’lib hadis ilmini rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdilar. Bular: 1. Imom Ismoil al-Buxoriy 810-870. 2. Imom al-Hajjoj 819-874. 3. Imom at-Termiziy 824-892. 4. Imom Sulaymon Sijjistoniy 817-880. 5. Imom an Nasoniy 830-915. 6. Imom ibn Yazid ibn Mojja 824-886. 1. Imom Buxoriy «As-Sahih» 2. Imom al Hajjoj «As-Sahih» 3. Imom Mojja «Sunnan» 4. Imom Sijjistoniy «Sunnan» 5. At-Termiziy «Aj-jami al-kabir» 6. An-Nasoniy «Sunnan» kabi kitoblar yozilgan. Hadis uch yo’nalishda yaratilgan. 1. «Musnad»-bunda turli mavzudagi hadislar bir joyga to’plangan va alifbo tartibida joylashtirilgan. 2. «Sahih» (ishonchli) hadislar. Bunga Buxoriy asos solgan. 3. «Sunnan» yo’nalishi. Bunda to’g’ri va «zaif» hadislar ham kiritilgan. Imom Buxoriy hadis ilmida «Amir ul-mo’minin» «Imom al-muhaddisiy» kabi nomga sazovor bo’lgan. Buxoriy 810 yil 13 mayda Buxoroda tug’ilgan. Yoshligidan otasidan etim qolgan. 10 yoshida arab tilini va kitoblarni yod ola boshlagan. U hadis ilmini qiziqish bilan o’rgana boshlaydi.

Buxoriy 825 yilda onasi va akasi bilan Hajga boradi. Safar chog’ida Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madinada bo’ladi va mashhur olimlardan hadis o’qigan hamda faqih ilmini o’rgangan. Olimlarning fikricha, Imom Buxoriy boy meros qoldirgan. Uning «Ishonchli to’plam», «Katta tarix», «Kichik tarix», «Imom ortida turib o’qish», «Nomozda ikki qo’lni ko’tarish» kabi asarlari mavjud. 4 tomlik «Sahih al-Buxoriy» asarida payg’ambarimiz hadislaridan tashqari, islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma’lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta «Sahih» (ishonchli)hadislari kiritilgan bo’lib, shundan 4000 tasi takrorlanmaydigan hadisdir. Olim islom olami odob-axloqi va tarbiyasiga bag’ishlab «Al-adab al-mufrat» («Adab durdonalari») nomli hadis to’plami yaratgan 1322 ta hadisni tashkil qiladi. Mashhur muqaddas at-Termiziy 824 yilda Termiz yaqinidagi Bud (hozirgi Sherobod tumanida) qishlog’ida tug’ilgan. U 850 yilda safarga chiqadi, Makka va Madinada bo’ladi. Iroq va Xurosonda hadis ilmi, fiqx, ilmi al-qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni o’rganadi. U 863 yilda o’z vataniga qaytadi. At-Termiziy 10 dan ortiq kitoblar yaratgan. Bular: «Ishonchli to’plam», «Payg’ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi illatlar va oqimlar haqida» kabi asarlari mashhurdir. Asarlarda insonni halollik, adolat, e’tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, muruvvatlilik, mehr-shavqat, kattalarga ota-ona va qarindoshlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta ahamiyatga ega. Islom aqidasiga ko’ra har bir musulmon iymonli bo’lishi kerak. Iymon daraxtga qiyoslanadi, uning 60 dan ortiq shoxlari bor. «Qo’li va tili bilan o’zgalarga ozor bermagan musulmondir» deyiladi. Uchta xislatni o’zida mujassamlashtirgan kishi iymoni butun kishidir. 1. Insofli va adolatli bo’lmoq, 2. Barchaga salom bermoq,

3. Kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq, To’rt illat kimda bo’lsa, munofiq sanalgan bo’lar: 1. Omonatga xiyonat qilmoq, 2. So’zlasa yomon so’zlagan, 3. Urushib qolsa kek saqlaganlar. Islomda 2 xil ilm haqida fikr yuritiladi: 1. Huquqiy (fiqx), diniy yo’l-yo’riqlar ilmi, 2. Dunyoviy ilmlar. «Ilmning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoe qilishdir»,- deb ta’kidlangan. Hadislar mazmunan har bir kishining ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va insonni ma’naviy kamolotga yo’llaydi.

Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Olloh- qalbimizda va yuragimizda. T .: «O‘zbekiston» 1998 2. Barkamol avlod orzusi. Sh. Karimov va b. tah. ost. T.: «Sharq» 1999 3. Barkamol avlod- O‘zbekiston tarqqiyotining poydevori. T. : O‘zbekiston»1997 4. Hoshimov K.,.Inomova M. Pedagogika tarixi. T.: «O‘qituvchi», 1996 . 5. Hasanboev J va b. Pedagogika tarixi. T.: «O‘qituvchi», 1996 6. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. Toshkent, 1995. 7. Qur‘on. T .: «Meros», 1990 . 8. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab al- mufrad. T.: «Meros», 1991 9. Iso at- Termiziy. Ash-Shamoyili an-Nabaviya. T.: «Meros» 1993 10. Mahkamov U. Axloq-odob hadislari. T.: «O‘qituvchi»1994