HADYA SHARTNOMASI.
HADYA SHARTNOMASI. Reja: 1. Hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti 2. S h artnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va burchlari 3. Xayr-ehson
Hadya shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti Hadya deb shunday shartnomaga aytiladiki, unga ko’ra bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi) ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o’ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabini) beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud uni o’zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoyinki ozod qilish majburiyatini oladi (FKning 502-moddasi). Uning mohiyati shundaki, bunda mulk tekin topshiriladi, ya’ni hadya qiluvchining tasarrufida bo’lgan ashyo hadya oluvchiga mol-mulk qilib o’tkaziladi. Bozor munosabatlari tobora chuqurlashib borgani sari shart-nomalarning mazmuni, doirasi, ko’lami ham kengayib bormoqda. CHunonchi, 1963 yilgi fuqarolik qonunchiligida hadya shartnomasi deganda, bir taraf (hadya qiluvchi) mulkni ikkinchi tarafning (hadya oluvchining) egaligiga tekinga topshirishi normalangan edi. Amaldagi FKda esa, bu holat sezilarli takomillashtirildi. Buning natijasida yuqoridagi hadya predmeti doirasi kengaytirilib, u o’z ichiga quyidagilarni olishi mumkin bo’ldi: birinchidan, bir taraf boshqa tarafga tekinga mol-mulk qilib beriladigan ashyolarni; ikkinchidan, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi) ga o’ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradigan yo berish majburiyatini olgan hollarda mulkiy huquqni; uchinchidan, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi) ni o’zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladigan yoxud ozod qilish majburiyatini olgan hollarda ham mulkiy huquqni. Ko’rinib turibdiki, har bir holatda ham mustaqil ikki tushuncha qo’llanilgan ashyoni topshiradi yoki topshirish majburiyatini oladi, mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoki ozod qilish majburiyatini oladi. Bu mazkur shartnomagagina xos bo’lgan xususiyatdir. SHartnoma real bo’lsa-da, ayni paytda hadya qiluvchi hadya oluvchiga kelgusida hadya qilish majburiyatini oladi. Ammo hamma hollarda ham hadya shartnomasi vujudga kelavermaydi. Aytaylik, ashyo yoki huquq muqobil
berilganida yo bo’lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo’lganida shartnoma hadya deb tan olinmaydi (FK, 502-modda, 2-qismi). Bunday shartnomalarga FKning 250- moddasi, 124-moddaning ikkinchi qismi qoidalari qo’llaniladi. SHuningdek, yuqoridagi uchta holatga to’rtinchi mustaqil holatni ham kiritish mumkin. Ya’ni, biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berish yoki biron-bir shaxsni majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo’lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko’rinib turgan bo’lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi (FK, 502-modda, 3-qismi). Hadya bir tomonlama, real, tekinga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. SHubhasiz, hadya bir tomonlama bitim bo’lib, taraflarning o’zaro kelishuviga asoslanadi. U hadya oluvchining taklif qilingan mulkiy huquqni qabul qilishga rozilik berishida ifodalanadi, aynan shu belgisi bilan hadya qarz shartnomasidan farq qiladi. Fuqarolik qonunchiligida hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirilishini nazarda tutuvchi shartnoma tan olinmaydi. Bunday hadyaga nisbatan vasiyatnoma to’g’risidagi qoidalar qo’llaniladi. Hadyaning vasiyatnomadan farqi shundaki, mulk hadya qiluvchining tirikligida topshiriladi, bu uning mulki kamayishiga olib keladi, vasiyatnoma esa insonning hayotligida uning mulkiy huquqlarida aks etmaydi. Vasiyatnoma bekor qilinishi, o’zgartirilishi mumkin, hadya esa qoida tariqasida ortga qaytmaydi. Hadyani shartnoma deyish mumkin, vasiyatnoma esa odatda, bir tomonlama bitim bo’lib ko’riladi. Hadya shartnomasining predmeti fuqarolik muomalasidagi ob’ektlar: ashyolar, mulkiy huquqlar, ko’char va ko’chmas mol-mulklar bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda shartnoma hadya qiluvchining o’zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qilish yoki ozod qilish majburiyatini olish orqali amalga oshiriladi. Bunday holda shartnomaning tuzilish vaqti mulk huquqining o’tish davri bilan mos kelmasligi mumkin. Bunda majburiyat huquqiy munosabatlari vujudga keladi, uning mazmunida hadya qiluvchining o’z mulkini
kamaytirish hisobidan hadya oluvchini boyitish yotadi. SHartnomada hadya predmeti aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Noma’lum ashyoni hadya qilishga yo’l qo’yilmaydi, binobarin, ular hech qanday huquqiy ahamiyatga ega emas. Hadya oluvchini qarzdan ozod qilish haqida qilingan va’dada ham ushbu qarz summasini aniq ko’rsatish lozim bo’ladi. Hadya shartnomasining shakli uning mazmunidan kelib chiqadi. Umumiy holda hadya qilish, ya’ni hadyani hadya oluvchiga topshirish og’zaki tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ko’pincha, hadyani topshirish, uni taqdim qilish ramziy topshirish (masalan, yangi kvartirani yoki avtomobil ь kalitini topshirish) yoki mulkiy huquqni guvohlantiruvchi biron-bir hujjatni taqdim etish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ko’char mulklar bo’yicha quyidagi hollarda hadya shartnomasi yozma shaklda tuziladi: hadya qiluvchi yuridik shaxs bo’lganida; fuqarolar o’rtasida eng kam ish haqining o’n baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganida; shartnoma bo’yicha kelajakda hadya qilish va’da qilingan hollarda. Ko’chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. SHuningdek, FKning 504-moddasining 2001 yil 7 dekabrdagi tahririda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim bo’lgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo’lishi kerakligi belgilandi. Hadya shartnomasi odatdagi shartnomalardan ba’zi huquqiy belgilariga ko’ra farq qiladi. Aytaylik, buni mazkur turdagi shartnomaning haqiqiy sanalmasligi hollarida ham ko’rish mumkin. Bitimlarning haqiqiy sanalishi uchun odatdagi qo’yiladigan shartlardan tashqari, hadyada, birinchidan, ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklidagi hadya ashyosini (predmetini) aniq ko’rsatish kerak; ikkinchidan, hadya predmeti hadya oluvchiga hadya qiluvchining tirikligida topshirilishi kerak. SHuningdek, yuqoridagi uchta holat bo’yicha
tuzilgan shartnomalar, albatga, oddiy yozma shaklda tuzilishi, ko’chmas mulklarni hadya qilish esa, ayni paytda, notarial tasdiqlanishi va davlat ro’yxatidan o’tkazilishi ham kerak. Haqiqiy sanalmaslik holati hadya oluvchining nomi va narsasi ko’rsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshiriluvchi ishonchnomalarga ham taalluqli. Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va burchlari Shartnomada qatnashuvchi taraflar hadya qiluvchi va hadya oluvchi deb atalib, o’z navbatida ular fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat bo’lishi mumkin. Hadya fuqarolik-huquqiy xarakteridagi shartnoma bo’lganligi bois, hadya qiluvchi va hadya oluvchi muomala layoqatiga ega bo’lishi lozim. Ba’zan muomala layoqatiga ega bo’lmagan shaxslar nomidan shartnomalarni ularyaing qonuniy vakillari tuzadilar. Ayni paytda qonunchilikda istisno holat ham mavjud bo’lib, ya’ni FKning 29-moddasi, ikkinchi qism, ikkinchi bandiga asosan olti yoshdan o’n to’rt yoshgacha bo’lgan kichik yoshdagi bolalar tekin manfaat ko’rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro’yxatidan o’tkazishni talab qilmaydigan bitimlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar. O’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar o’zlari mustaqil ravishda hadya