logo

Ikki daryo oralig‘i (Mesopotamiya)ning qadimgi sivilizatsiyasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

22.51171875 KB
Ikki daryo oralig‘i (Mesopotamiya)ning qadimgi sivilizatsiyasi
1. Qadimgi Mesopotamiya aholisi.
2. Mesopotamiyaning siyosiy ahvoli, ijtimoiy-iqtisodiy institutlar.
3. Qadimgi ikki daryo oralig‘ining madaniyati. Arxeologik   ma’lumotlar   Mesopotamiyada   bundan   100-90   ming   yillardan
boshlab   aholi   yashab   kelayotganini   ko‘rsatadi.   Qazishlar   davrida   qadimiy
Mesopotamiya aholisi ushbu o‘lkani yarim oy shaklida o‘rab turgan Zagros, Tavr,
Livan   tog‘laridan   tushib   kelgani   aniqlangan.   Ilk   o‘troq   madaniyat   belgilari   10-8-
ming   yilliklarda   ishlab   chiqaruvchi   xo‘jalik   (chorvachilik,   dehqonchilik)
tarmoqlarining   paydo   bo‘lishi   bilan   shakllana   bordi.   Mesopotamiya   hududida
mil.avv.7500-6000   yilliklarga   xos   Zagros,   Ali   Qosh,   An-Natuf,   El-Ubayd
madaniyati   yodgorliklari   asosan   Zagros   tog‘lari   Mesopotamiya   tekisligiga
dehqonchilik   madaniyatining   kirib   kelganligini   ko‘rsatadi.     Bu   yodgorliklarda
uylar xom g‘ishtdan qilingan, arpa va bug‘doyning yarim madaniylashtirilgan turi
ekilgan. Tabiiy jihatdan Mesopotamiya ikki qismga bo‘lingan:
1. Yuqori   Mesopotamiya   (bu   hudud   tog‘li   hududlar   bo‘lib,   keyinchalik
Akkad deb nomlangan).
2. Quyi   Mesopotamiya   (bu   hudud   tekislik   bo‘lib,   keyinchalik   Shumer
deb atala boshlangan).
Mil.avv.IV-III   ming   yilliklarda   Mesopotamiyaga   ikki   qabila   shimoliy-
sharqdan Zagros tog‘lari orqali shumer janubi-g‘arbdan semit qabilalari kirib kelib
o‘rnashganlar.   Shumerlar   va   ularning   qaysi   xalqlardan   kelib   chiqishi   hozirgacha
fanda   ko‘plab   munozaralarga   sabab   bo‘lmoqda.   Ularning   antropologik   belgilari
shu   hududda   yashovchi   boshqa   xalqlarga   o‘xshamaydi.   Shumerliklar   past   bo‘yli,
soqoli   kam,   yuzlari   yapasqi,   ko‘zlari   katta,   boshlari   dumaloqligi   bilan   boshqa
xalqlardan   ajralib   turganlar.   Ularning   kelib   chiqishlari   haqida   hali   bir   to‘xtamga
kelingani yo‘q. Semit  qabilalari esa, Semit-Xurrit  qabilalariga mansub bir  tarmoq
bo‘lib, o‘zlarini Akkadlar deb ataganlar. Akkadlar uzun bo‘yli, sersoqol, uzunqoch
bosh,   qirra   burun,   ko‘zlari   katta   va   chiroyli   bo‘lganligi   bilan   shumerlardan   farq
qilganlar.
Keyinchalik,   Mesopotamiyaga   Arabiston   yarim   oroli,   shimoliy   Afrikada
keng   tarqalgan   Semit-Xurrit   qabilalarining   ayrimlari,   Zagros   tog‘lari   orqali   esa
vohaga   Gutey,   Kassit,   Ossur,   Lulubey,   janubdan   Xaldey,   g‘arbdan   Arameylar   va boshqa   bir   qator   jangovar   qabilalar   bostirib   kirganlar.   Mil.avv.IV-III   ming
yilliklardayoq   Eronning   janubiy-g‘arbida   yashovchi   elam   qabilalari
Mesopotamiyaga   bostirib   kirib,   Mesopotamiyaning     janubiy-sharqida   mahalliy
aholi bilan qo‘shilib yashay boshlaganlar. Kishilik taraqqiyotining mil.avv.I ming
yilliklarida   esa   Mesopotamiyaga   eronliklar,   yunon-makedon,   rimliklar   kelib
o‘rnashib, mahalliy aholi bilan qo‘shilib hozirgi Mesopotamiya aholisining yuzaga
kelishiga sabab bo‘ldilar.
Mil.avv. III ming yillik boshlaridayoq Mesopotamiyada sinfiy munosabatlar
chuqurlashib,   davlat   vujudga   keladi.   Ilk   davlatlar   shahar   davlatlar   sifatida   tashkil
topib, doimo bir-birlari bilan raqobatlashib turganlar. Shumerda Eridu, Ur, Umma,
Larsa, Uruk, Lagash, Shurupak, Nipur, Isin, Kish ulardan shimolda Ashshur, Mari,
Nineviya   va   boshqa   shaharlar   bor   edi.   Mil.avv.XVII-XVII   asrlarda   Kish   shahri
kuchaygan. Mil.avv.XVII asrda esa, Uruk shahri kuchaygan. Mil.avv.XXVI-XXIV
asrlarda Ur shahri Mesopotamiyadagi yetakchilikni Urukdan tortib oladi. Shundan
so‘ng,   Lagash   podshosi   Eanattum   butun   Shumerni   Lagashda   bo‘ysundiradi.
Tinimsiz   urush   va   og‘ir   soliqlar   natijasida   Lagashda   davlat   to‘ntarishi   bo‘lib,
hokimiyat   tepasiga   Uruinimgin   keladi.   Mil.avv.   2318-2312   yillarda   bir   qadar
islohot o‘tkazilsada, Lagash Umma shahri hokimi Lugalzagissi tomonidan tor-mor
qilinadi.
Mesopotamiyaning markaziy va yuqori qismlarida yashagan Semit qabilalari
mil.avv.III   ming   yillik   oxirlarida   Akkad   davlatini   tuzadilar.   Podsho   Sargon   I
(2316-2261 yy.) bu davlat asoschisi edi. Sargon I (Sargon-haqiqiy podsho degani)
Akadda   mustahkamlanib   olgach,   Shumerga   bostirib   kirgan   Elam   podshosi,
Lugalzagissi   va   uni   qo‘llab-quvvatlagan   50   podshoni   tor-mor   qilgan.   U   Fors
qo‘ltig‘i  hududigacha  kirib  borgan. Sargon vafotidan  so‘ng taxtga  uning Rimush,
Manushtush,   Karamsin   nomli   o‘g‘illari   birin-ketin   o‘tirganlar.   Lekin   ular
mustaqillik uchun qo‘zg‘olon ko‘targan shaharlar va saroy a’yonlari bilan tinimsiz
kurash   olib   borishlariga   to‘g‘ri   keladi.   Podsho   Sharkalisharri   davrida   Akkad
davlatida   isyonlar   kuchayib,   shimoliy   g‘arbdan   amoriylar,   janubiy-sharqdan elamliklarning hujumi kuchaygan. Sharkalishshari ular ustidan g‘alaba qozonsada,
Zagros tog‘laridan kirib kelgan guteylardan mag‘lub bo‘lgan.
Guteylar   bilan   deyarli   bir   vaqtda   mil.avv.II   ming   yillikda   kirib   kelgan
Amoriylar   Ashur,   Eshnunna,   Bobil,   Mori,   Larsa,   Isin   kabi   shaharlarni   bosib
olganlar.   O‘zaro   kurashlarda   g‘olib   chiqqan   Bobil   podshosi   Sumiabbum   1894-
1595 yillarda hukmronlik qilgan Bobil podsholigiga asos solgan. Bobil podsholigi
ayniqsa,   Xamurappi   (1792-1750   yy.)   davrida   kuchayib,   Elam   podshosi   Rimsin,
Mari podshosi Zimrilimlarni ham mag‘lub etgan.
Amoriylar   sulolasi   davrida   Mesopotamiyada   dehqonchilik,   chorvachilik,
hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Ulkan qurilish ishlari amalga oshirildi.
Xamurappi qonunlari mamlakatda bir qadar tartib intizom o‘rnatdi. Ammo, Bobil
podsholigi   so‘nggida   janubiy   sharqdan   elamliklar,   sharqdan   kassitlar,   shimoli-
g‘arbdan   xettlarning   hujumlari   kuchayadi.   1595   yil   kassitlar   zarbasi   natijasida
Bobil davlati qulaydi. Ossuriya davlati hududiy jihatdan Dajla daryosining yuqori
oqimi,   quyi   va   yuqori   Zab   daryolari   havzasini   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   yerda   ilk
davlatlar   mil.avv.   III-II   ming   yilliklarda   paydo   bo‘lgan.   Xamurappi   davrida
Ossuriya   Mitanniga   qaram   bo‘lgan   bo‘lsa,   mil.avv.   XVI-XV   asrlarda   Mitanni
davlati   Ashshur   qo‘shinini   tor-mor   etib,   oltin   va   kumushdan   qilingan   shahar
darvozasini   Mariga   olib   ketgan.   Bu   darvoza   100   yil   o‘tgandan   so‘ng,   Ashshurga
qaytarilgan XV-XIV asrlarda Ossuriya davlati kuchayib istilochilik yurishlari olib
borgan. Salmanasar I davrida esa Mitanni davlati bosib olingan. XIII asrda Bobil,
Elam   davlatlariga   harbiy   yurishlar   qilib   turilgan.   Tiglatpalasar   I   davrida   Qora   va
O‘rta   yer   dengizi   havzalarida   ham   qo‘shin   tortgan.   Lekin   mil.avv.   XII   asrda
Misrning   Yaqin   Sharqda   ta’sirining   kuchayishi   natijasida   Ossuriya   inqirozga
uchraydi.
Mil.avv.   X   asrda   Ossuriya   yana   o‘zini   o‘nglab,   qo‘shni   davlatlarga   tahdid
sola boshlagan. Salmanasar III davrida O‘rta yer dengizi sharqiy sohilidagi shahar
qishloqlar   talangan.   VIII   asr   boshlaridagi   Urartu   bilan   raqobatda   Urartu   vayron
etilgan. Tiglatpalasar   III   boshlab   bergan   yangi   sulola   mil.avv.   VIII   asrda
Ossuriyaning so‘nggi bor kuchayishiga va istilochilik yurishlariga boshchilik qildi.
Salmanasar   V,   Sargon   II,   Sinaxerib,   Asarxatdon,   Ashshurbanipallar   sharqda
Zagros   tog‘lari,   Elam,   g‘arbda   old   Osiyo   janubda   Misrgacha   harbiy   yurishlar
qiladilar. Biroq, VII asr oxirida Ossuriya uchun Midiya va yangida tuzilgan Bobil
podsholigi (mil.avv.628 y.) tug‘iladi. Ushbu ittifoq Ossuriyaga qarshi harbiy yurish
qilib,   612   yil   Ashshurni   ishg‘ol   qiladilar.   Mil.avv.   605   yili   Misr   Ossur   qo‘shini
Karxemish   yonida   Midiya   Bobil   qo‘shinidan   mag‘lub   bo‘ladi.   Ossuriya   davlati
shundan so‘ng butunlay tugaydi. Bobil yaqin sharqdagi eng yirik davlatlardan biri
bo‘lib qoldi. Ammo yangi tashkil topgan Eron davlati Bobil podsholigini tez orada
(mil.avv. 539 y.) istilo qiladi.
Mesopotamiya   iqtisodiy-xo‘jalik   hayotida   dehqonchilik,   chorvachilik,
hunarmandchilik,   savdo-sotiq   keng   taraqqiy   etgan.   Davlat   kuchaygan   davrlarda
kanallar   qazilib,   suvsiz   yerlar   obod   etilgan.   Bunda   esa   asosan   qullardan
foydalanilgan.   Qullar   qarzdorlik   va   harbiy   asirlar   evaziga   ko‘paya   borgan.
Mesopotamiyada   jamoachilik   (qishloq   jamoasi)   jamiyatinng   o‘zagini   tashkil
qilgan.   Davlatning   vujudga   kelishi   bilan   boshqaruv   organlari   ham   paydo   bo‘la
boshlagan.   Shahar   davlatlar   boshliqlar   dastlab   en   (ensi)   podsho   va   bosh   kohin
unvonini   olganlar.   Mesopotamiya   shahar   davlatlarida   qo‘shin   va   armiyaning
ahamiyati katta bo‘lib, askarlar reddum va bairum, boshqaruv zobitlari libuttum va
dekkum   deb   ataluvchi   darajalarga   bo‘lingan.   Hunarmandchilik   rivojlanishi   bilan
savdo-sotiq   ham   taraqqiy   qilgan.   Savdogarlar   tamqarlar,   erkin   jamoachilar   esa
Alakkum deb atalgan.
Mesopotamiyada yozuv IV ming yillikda shakllanib, mixxat yozuvi deb nom
olgan.   Yozishda   sopol   taxtachalarga   mixsimon   ierogliflar   o‘yib   yozilgani   uchun
shu   nomni   olgan.   Yozuvning   paydo   bo‘lishi   bilan   ilk   adabiyot   namunalari   ham
shakllana  boshlagan. Mesopotamiyada  “Xo‘jayinning qul  bilan suhbati”,  “Simbot
haqida   afsona”,   “Gilgamesh”,   “Butun   dunyo   to‘foni”,   “Enmerkar   va   Aratta
podshosi”, “Enki va Ninxursag” va boshqa ko‘plab asarlar yaratildiki, ular sayohat, sarguzasht,   o‘sha   davr   hayotini   o‘rganishda   katta   ahamiyatga   egadir.   “Tilmun
savdosi”   nomli   afsonada   Mesopotamiya   xalqlarining   savdo-sotig‘i   haqida   hikoya
qilinsa, Gilgamesh afsonasida xudolarga qarshi borib bo‘lmasligi, dunyo to‘fonida
esa   xudolar   g‘azabidan   qo‘rqish   lozimligi,   Enmerkar   va   Aratta   podshosida   uzoq
sayohatlar va sarguzashtlar, “Avliyo Agastiya” va “Xo‘jayinning qul bilan suhbati”
afsonalarida Mesopotamiyaning ijtimoiy tuzumi aks etgani bilan ajralib turadi. 
Qadimgi   Mesopotamiyada   ilk   bora   maktablar   tashkil   etilib   o‘qitish   ishlari
yo‘lga   qo‘yilgan.   Maktablarda   asosan   o‘ziga   to‘q   oila   bolalari   o‘qigan.
Mesopotamiya o‘sha davr maktablarining ahvolining o‘rganishda mil.avv. 2800 yil
oldin yozilgan maktab o‘quvchisining kundaligi katta ahamiyatga ega. Unga ko‘ra,
o‘qituvchi   maktab   otasi,   xalifa   esa   otaning   katta   o‘g‘li   deb   nomlanganini   bilish
mumkin.
Qadimgi Mesopotamiyada uzoq davr mobaynida to‘plangan bilimlar va boy
tajribalar   sopol   taxtachalar   va   boshqa   ashyolarga   yozilib,   kutubxonalarda
saqlangan.   Odatda   ibodatxonalar   kutubxona   vazifasini   o‘tagan.   Bundan   tashqari
podsholar,   amaldorlar   va   zodagonlarning   o‘z   kutubxonalari   bo‘lgan.   Ossuriya
poytaxti   Nineviya   shahrini   qazish   vaqtida   Ossur   podshosi   Ashshurbanapal
kutubxonasi   topilgan   bo‘lib,   bu   kutubxona   qadimgi   dunyoning   o‘z   davridagi   eng
qimmatli   asarlari   saqlanishi   bilan   bog‘liq.   Shuningdek,   Ashshurbanapal
kutubxonasi   kitoblariga   maxsus   muhr   bosilgan   bo‘lib,   unda   “Ey,   ushbu   kitobni
o‘quvchi,   agar   sen   bu   kitobni   o‘g‘irlasang   senga   Ashshur   va   Adadning   lanati
bo‘lsin” mazmunidagi so‘zlar yozilgan.
Qadimgi   Shumerlar   dastlab   hisoblashda   qo‘l   panjalaridan   foydalanganlar,
keyinchalik ko‘paytirish, bo‘lish va birmuncha murakkabroq formulalar yordamida
misollar   yechish   ham   ma’lum   bo‘lgan.   Xo‘jalikning   rivojlanishi   matematika   va
astronomiya   fanlarining   taraqqiyotiga   bog‘liq   bo‘lib   qoldi.   Vaqtni   hisoblashdagi
astronomik   ma’lumotlar   Shumer-Akkad   davridayoq   taraqqiy   qilgan.   Bu   davrdagi
saqlanib   qolingan   ma’lumotlarga   ko‘ra,   to‘rt   iqlim,   kalendar   sistemasining
mavjudligidan dalolat beradi.   Bu kalendar ibodatxona (Shumercha-zikurat)lardan turib,   oy   fazalarini   doimiy   kuzatib   borish   natijalariga   asoslangan.   Shumerliklarda
yil 354 kundan iborat bo‘lgan.
Qadimgi   Mesopotamiyada   tibbiyot   sohasi,   tarix,   adabiyot   va   boshqa   bir
qator   fanlar   bilan birga  davlat  siyosati,   davlat  ishlarini   yuritishda  ham   o‘ziga  xos
yutuqlarga erishilgan edi. Podsho har qancha mustabid bo‘lmasin uning faoliyatini
nazorat   qilib   turadigan   maslahat   kengashi   bo‘lgan.   Gilgamesh   bilan   bog‘liq
afsonalarni tahlil qilar ekan, ingliz olimi S.N. Kramer Shumer davlatlarida podsho
hokimiyatini   cheklab   turadigan   oqsoqollar   kengashi   mavjud   bo‘lganini   aytadi.
Afsonada   Uruk   podshosi   Gilgamesh   qudratli   Kish   davlati   zulmidan   ozod   bo‘lish
uchun kurash boshlamoqchi bo‘lganida oqsoqollarning qarshilik qilishi, Gilgamesh
esa   oddiy   xalqqa   tayanib   oqsoqollarga   qarshi   chiqqani   hikoya   qilinadi.   Ossur
podshosi   Sargon   II   taxtga   da’vo   qilmasligi   uchun   dastlab   uni   ruhoniy   bo‘lishga
majbur   qilinishi   ham   qudratli   Ossuriyada   yuqoridagi   fikrlarning   amal   qilganini
ko‘rsatadi.   Podsho   ayni   vaqtda  xudoning   o‘g‘li,  yerdagi   soyasi,   kichik   xudo  kabi
sifatlarni   ham   olganligi   turli   davrlarda   podsho   hokimiyati   turli   darajada
bo‘lganligini   ko‘rsatadi.   Ya’ni,   dastlabki   davlatlarda   urug‘chilik,   harbiy
demokratik tamoyillar ustunlik qilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan podsho hokimiyati
despotik ko‘rinish olgan.
Davlatni   tutib   turish   uchun   eng   avval   harbiy   qo‘shin   qadimgi   dunyo
davlatlarida   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lgan.   Askarlar   og‘ir   va   yengil   qurollangan
bo‘linmalardan   iborat   bo‘lib,   mil.avv.   IV-III   ming   yilliklarda   ular   faqat   piyoda
jangchilar   bo‘lgan.   Mil.avv.   II   ming   yillikdan   boshlab   otliq   askarlar   ham   paydo
bo‘lgan.   “Kalxatlar   lavhasi”   yodgorligi   qadimgi   Mesopotamiyadagi   harbiy   ish
haqida xulosalar chiqarishda katta yordam beradi.
Dunyodagi   dastlabki   qonunlar   Shumer   davrida   ur-Nammu   nomi   bilan
bog‘liq.   Ammo   u   yaratgan   qonunlarning   bizgacha   juda   kam   qismi   yetib   qelgan.
Podsho   Xamurappi   qonunlari   esa,   to‘liqroq   yetib   kelgan   va   o‘sha   davr   ijtimoiy-
siyosiy, huquqiy, xo‘jalik sohalarini o‘rganishda uning ahamiyati  beqiyosdir.  Qadimgi   Mesopotamiya   dinida   ibtidoiy   diniy   e’tiqod   va   tasavvurlar   kuchli
edi.   Har   bir   sohaning   o‘z   homiy   xudolari   mavjud   deb   tasavvur   qilganlar.
Yaratilgan   afsonalarga   ko‘ra,   Mesopotamiya   xudolari   Anunaklar   va   igiglarga
bo‘linadilar. Ya’ni, Anunaklar osmonda yashovchi  oliy xudolar, igiglar esa yerda
yashovchi   kichik   xudolar.   Ularinng   soni   600   dan   ortiqroq   bo‘lgan.   Shuningdek,
yarim   xudolar,   Gilgamesh,   Xumbobo,   Enkidu,   Enki,   Ninxursag,   Enmerkar   va
boshqalar haqida ko‘plab afsona va rivoyatlar yaratilgan. 
Ikki   daryo   oralig‘ida   arxitektura   san’ati   saroylar   va   zikkuratlar
(ibodatxonalar)   qurishda   ayniqsa   rivojlandi.  Shuningdek,   haykaltaroshlik,   tasviriy
san’at, raqs, musiqa san’atlarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Boynazarov   F.A.   Qadimgi   dunyo   tarixi.   O‘quv   qo‘llanma.   T.:“A.Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashriyoti”, 2004 y.
2.   Mualliflar   guruhi.     Jahon   tarixi.   Qadimgi   va   o‘rta   asrlar   davri.   Darslik.   T.:
TDPU., 2013.
3.   Rajabov   R.   Qadimgi   dunyo   tarixi.   O‘quv   qo‘llanma.   T.:“Fan   va   texnika
nashriyoti”, 2009 .
4.   Nuriddinov   E.,   Lafasov   M.,   Kichilov   X.   Eng   yangi   tarix   (1918-1945).
Darslik.  T., Nasaf, 2010
5.   Mirziyoyev  SH.M.   Buyuk  kelajagimizni  mard   va   olijanob   xalqimiz  bilan
birga quramiz. - Toshkent, О‘zbekiston, 2017.  - 488 b.
6.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   О‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, О‘zbekiston, 2016.  - 56 b.
7.   Mirziyoyev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash-
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   faravonligining   garovi.   -Toshkent,   О‘zbekiston,
2017.- 48 b.
8.   Mirziyoyev   SH.M.   Tanqidiy   taxlil,   qat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy
javobgarlik   -   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bо‘lishi   kerak.   -
Toshkent, О‘zbekiston, 2017. - 104 b.
9.   2017-2021   yillarda   О‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi. О‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
10.  Gulyamov X.G., Tatiboеv A.S. «O‘rta Osiyo va jahon tarixi» 
      T., 1993. 
11. Jo‘raеv U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., “Sharq”, 1998.
12. Малявин В. «Конфуции» М., 1994.

Ikki daryo oralig‘i (Mesopotamiya)ning qadimgi sivilizatsiyasi 1. Qadimgi Mesopotamiya aholisi. 2. Mesopotamiyaning siyosiy ahvoli, ijtimoiy-iqtisodiy institutlar. 3. Qadimgi ikki daryo oralig‘ining madaniyati.

Arxeologik ma’lumotlar Mesopotamiyada bundan 100-90 ming yillardan boshlab aholi yashab kelayotganini ko‘rsatadi. Qazishlar davrida qadimiy Mesopotamiya aholisi ushbu o‘lkani yarim oy shaklida o‘rab turgan Zagros, Tavr, Livan tog‘laridan tushib kelgani aniqlangan. Ilk o‘troq madaniyat belgilari 10-8- ming yilliklarda ishlab chiqaruvchi xo‘jalik (chorvachilik, dehqonchilik) tarmoqlarining paydo bo‘lishi bilan shakllana bordi. Mesopotamiya hududida mil.avv.7500-6000 yilliklarga xos Zagros, Ali Qosh, An-Natuf, El-Ubayd madaniyati yodgorliklari asosan Zagros tog‘lari Mesopotamiya tekisligiga dehqonchilik madaniyatining kirib kelganligini ko‘rsatadi. Bu yodgorliklarda uylar xom g‘ishtdan qilingan, arpa va bug‘doyning yarim madaniylashtirilgan turi ekilgan. Tabiiy jihatdan Mesopotamiya ikki qismga bo‘lingan: 1. Yuqori Mesopotamiya (bu hudud tog‘li hududlar bo‘lib, keyinchalik Akkad deb nomlangan). 2. Quyi Mesopotamiya (bu hudud tekislik bo‘lib, keyinchalik Shumer deb atala boshlangan). Mil.avv.IV-III ming yilliklarda Mesopotamiyaga ikki qabila shimoliy- sharqdan Zagros tog‘lari orqali shumer janubi-g‘arbdan semit qabilalari kirib kelib o‘rnashganlar. Shumerlar va ularning qaysi xalqlardan kelib chiqishi hozirgacha fanda ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ularning antropologik belgilari shu hududda yashovchi boshqa xalqlarga o‘xshamaydi. Shumerliklar past bo‘yli, soqoli kam, yuzlari yapasqi, ko‘zlari katta, boshlari dumaloqligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turganlar. Ularning kelib chiqishlari haqida hali bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Semit qabilalari esa, Semit-Xurrit qabilalariga mansub bir tarmoq bo‘lib, o‘zlarini Akkadlar deb ataganlar. Akkadlar uzun bo‘yli, sersoqol, uzunqoch bosh, qirra burun, ko‘zlari katta va chiroyli bo‘lganligi bilan shumerlardan farq qilganlar. Keyinchalik, Mesopotamiyaga Arabiston yarim oroli, shimoliy Afrikada keng tarqalgan Semit-Xurrit qabilalarining ayrimlari, Zagros tog‘lari orqali esa vohaga Gutey, Kassit, Ossur, Lulubey, janubdan Xaldey, g‘arbdan Arameylar va

boshqa bir qator jangovar qabilalar bostirib kirganlar. Mil.avv.IV-III ming yilliklardayoq Eronning janubiy-g‘arbida yashovchi elam qabilalari Mesopotamiyaga bostirib kirib, Mesopotamiyaning janubiy-sharqida mahalliy aholi bilan qo‘shilib yashay boshlaganlar. Kishilik taraqqiyotining mil.avv.I ming yilliklarida esa Mesopotamiyaga eronliklar, yunon-makedon, rimliklar kelib o‘rnashib, mahalliy aholi bilan qo‘shilib hozirgi Mesopotamiya aholisining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldilar. Mil.avv. III ming yillik boshlaridayoq Mesopotamiyada sinfiy munosabatlar chuqurlashib, davlat vujudga keladi. Ilk davlatlar shahar davlatlar sifatida tashkil topib, doimo bir-birlari bilan raqobatlashib turganlar. Shumerda Eridu, Ur, Umma, Larsa, Uruk, Lagash, Shurupak, Nipur, Isin, Kish ulardan shimolda Ashshur, Mari, Nineviya va boshqa shaharlar bor edi. Mil.avv.XVII-XVII asrlarda Kish shahri kuchaygan. Mil.avv.XVII asrda esa, Uruk shahri kuchaygan. Mil.avv.XXVI-XXIV asrlarda Ur shahri Mesopotamiyadagi yetakchilikni Urukdan tortib oladi. Shundan so‘ng, Lagash podshosi Eanattum butun Shumerni Lagashda bo‘ysundiradi. Tinimsiz urush va og‘ir soliqlar natijasida Lagashda davlat to‘ntarishi bo‘lib, hokimiyat tepasiga Uruinimgin keladi. Mil.avv. 2318-2312 yillarda bir qadar islohot o‘tkazilsada, Lagash Umma shahri hokimi Lugalzagissi tomonidan tor-mor qilinadi. Mesopotamiyaning markaziy va yuqori qismlarida yashagan Semit qabilalari mil.avv.III ming yillik oxirlarida Akkad davlatini tuzadilar. Podsho Sargon I (2316-2261 yy.) bu davlat asoschisi edi. Sargon I (Sargon-haqiqiy podsho degani) Akadda mustahkamlanib olgach, Shumerga bostirib kirgan Elam podshosi, Lugalzagissi va uni qo‘llab-quvvatlagan 50 podshoni tor-mor qilgan. U Fors qo‘ltig‘i hududigacha kirib borgan. Sargon vafotidan so‘ng taxtga uning Rimush, Manushtush, Karamsin nomli o‘g‘illari birin-ketin o‘tirganlar. Lekin ular mustaqillik uchun qo‘zg‘olon ko‘targan shaharlar va saroy a’yonlari bilan tinimsiz kurash olib borishlariga to‘g‘ri keladi. Podsho Sharkalisharri davrida Akkad davlatida isyonlar kuchayib, shimoliy g‘arbdan amoriylar, janubiy-sharqdan

elamliklarning hujumi kuchaygan. Sharkalishshari ular ustidan g‘alaba qozonsada, Zagros tog‘laridan kirib kelgan guteylardan mag‘lub bo‘lgan. Guteylar bilan deyarli bir vaqtda mil.avv.II ming yillikda kirib kelgan Amoriylar Ashur, Eshnunna, Bobil, Mori, Larsa, Isin kabi shaharlarni bosib olganlar. O‘zaro kurashlarda g‘olib chiqqan Bobil podshosi Sumiabbum 1894- 1595 yillarda hukmronlik qilgan Bobil podsholigiga asos solgan. Bobil podsholigi ayniqsa, Xamurappi (1792-1750 yy.) davrida kuchayib, Elam podshosi Rimsin, Mari podshosi Zimrilimlarni ham mag‘lub etgan. Amoriylar sulolasi davrida Mesopotamiyada dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Ulkan qurilish ishlari amalga oshirildi. Xamurappi qonunlari mamlakatda bir qadar tartib intizom o‘rnatdi. Ammo, Bobil podsholigi so‘nggida janubiy sharqdan elamliklar, sharqdan kassitlar, shimoli- g‘arbdan xettlarning hujumlari kuchayadi. 1595 yil kassitlar zarbasi natijasida Bobil davlati qulaydi. Ossuriya davlati hududiy jihatdan Dajla daryosining yuqori oqimi, quyi va yuqori Zab daryolari havzasini o‘z ichiga oladi. Bu yerda ilk davlatlar mil.avv. III-II ming yilliklarda paydo bo‘lgan. Xamurappi davrida Ossuriya Mitanniga qaram bo‘lgan bo‘lsa, mil.avv. XVI-XV asrlarda Mitanni davlati Ashshur qo‘shinini tor-mor etib, oltin va kumushdan qilingan shahar darvozasini Mariga olib ketgan. Bu darvoza 100 yil o‘tgandan so‘ng, Ashshurga qaytarilgan XV-XIV asrlarda Ossuriya davlati kuchayib istilochilik yurishlari olib borgan. Salmanasar I davrida esa Mitanni davlati bosib olingan. XIII asrda Bobil, Elam davlatlariga harbiy yurishlar qilib turilgan. Tiglatpalasar I davrida Qora va O‘rta yer dengizi havzalarida ham qo‘shin tortgan. Lekin mil.avv. XII asrda Misrning Yaqin Sharqda ta’sirining kuchayishi natijasida Ossuriya inqirozga uchraydi. Mil.avv. X asrda Ossuriya yana o‘zini o‘nglab, qo‘shni davlatlarga tahdid sola boshlagan. Salmanasar III davrida O‘rta yer dengizi sharqiy sohilidagi shahar qishloqlar talangan. VIII asr boshlaridagi Urartu bilan raqobatda Urartu vayron etilgan.

Tiglatpalasar III boshlab bergan yangi sulola mil.avv. VIII asrda Ossuriyaning so‘nggi bor kuchayishiga va istilochilik yurishlariga boshchilik qildi. Salmanasar V, Sargon II, Sinaxerib, Asarxatdon, Ashshurbanipallar sharqda Zagros tog‘lari, Elam, g‘arbda old Osiyo janubda Misrgacha harbiy yurishlar qiladilar. Biroq, VII asr oxirida Ossuriya uchun Midiya va yangida tuzilgan Bobil podsholigi (mil.avv.628 y.) tug‘iladi. Ushbu ittifoq Ossuriyaga qarshi harbiy yurish qilib, 612 yil Ashshurni ishg‘ol qiladilar. Mil.avv. 605 yili Misr Ossur qo‘shini Karxemish yonida Midiya Bobil qo‘shinidan mag‘lub bo‘ladi. Ossuriya davlati shundan so‘ng butunlay tugaydi. Bobil yaqin sharqdagi eng yirik davlatlardan biri bo‘lib qoldi. Ammo yangi tashkil topgan Eron davlati Bobil podsholigini tez orada (mil.avv. 539 y.) istilo qiladi. Mesopotamiya iqtisodiy-xo‘jalik hayotida dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq keng taraqqiy etgan. Davlat kuchaygan davrlarda kanallar qazilib, suvsiz yerlar obod etilgan. Bunda esa asosan qullardan foydalanilgan. Qullar qarzdorlik va harbiy asirlar evaziga ko‘paya borgan. Mesopotamiyada jamoachilik (qishloq jamoasi) jamiyatinng o‘zagini tashkil qilgan. Davlatning vujudga kelishi bilan boshqaruv organlari ham paydo bo‘la boshlagan. Shahar davlatlar boshliqlar dastlab en (ensi) podsho va bosh kohin unvonini olganlar. Mesopotamiya shahar davlatlarida qo‘shin va armiyaning ahamiyati katta bo‘lib, askarlar reddum va bairum, boshqaruv zobitlari libuttum va dekkum deb ataluvchi darajalarga bo‘lingan. Hunarmandchilik rivojlanishi bilan savdo-sotiq ham taraqqiy qilgan. Savdogarlar tamqarlar, erkin jamoachilar esa Alakkum deb atalgan. Mesopotamiyada yozuv IV ming yillikda shakllanib, mixxat yozuvi deb nom olgan. Yozishda sopol taxtachalarga mixsimon ierogliflar o‘yib yozilgani uchun shu nomni olgan. Yozuvning paydo bo‘lishi bilan ilk adabiyot namunalari ham shakllana boshlagan. Mesopotamiyada “Xo‘jayinning qul bilan suhbati”, “Simbot haqida afsona”, “Gilgamesh”, “Butun dunyo to‘foni”, “Enmerkar va Aratta podshosi”, “Enki va Ninxursag” va boshqa ko‘plab asarlar yaratildiki, ular sayohat,