logo

“Ilk qadam” MTMgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturining mazmun -mohiyati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29.0849609375 KB
“Ilk qadam” MTMgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturining
mazmun -mohiyati  
Reja:
1 . Dasturning maqsad va vazifalari.
2. Musiqaning madaniy hayotimizda tutgan o‘rin.
3.  Bolalar ta’lim- tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari .
4.   Ijtimoiy- hissiy rivojlanish .   MTMda davlat o’quv dasturini qo’llash
            Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch
hujjat   hisoblanadi.   Ta’lim   muassasalari   MTMgacha   ta’lim   vazirligi   tomonidan
tasdiqlangan variativ o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. 
          Ta’lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv
dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o’quv dasturi
muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi
qonunchilik tartibida tasdiqlanadi 1
. 
1.2. MTMning maqsad va vazifalari
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
 bolaning   individual   ehtiyojlarini   hisobga   olgan   holda   ilk   va   MTMgacha
yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat
o’quv   dasturiga   muvofiq   uning   har   tomonlama   va   barkamol   rivojlanishi
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
 MTMgacha   yoshdagi   bolalarning   o’quv-tarbiyaviy   faoliyatini   tashkil   qilish
va amalga oshirish;  
 bolalarning   ilk   rivojlanishi   masalalarida   ota-onalar   va   jamiyatga   tegishli
bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
 bolalarning   ilk   rivojlanishi   masalalarida   oila   va   jamiyat   bilan   o’zaro
hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. 
  O’quv-tarbiyaviy   jarayonning   maqsadi   bolalarda   umumiy   kompetensiyalar
va   rivojlanish   sohalari   kompetensiyalarini   shakllantirish   uchun   tegishli
sharoitlar yaratishdan iboratdir. 
MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat: 
- bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
-  ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi; 
1
 Дастурга 1-илова -   bola   salomatligini   asrash   va   mustahkamlash,   uning   ehtiyojlari,   shu   jumladan,
uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
-  bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash;
-  o’yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; 
-  bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; 
-  bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash ;
-  MTMning oila, mahalla va MTM bilan hamkorligi; 
-   milliy   madaniy   an’analar   qadriyatini   oshirish   va   boshqa   millatlar   madaniyatiga
hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; 
Bolaning   MTMgacha   ta’lim   muassasasidagi   rivojlanishini   qo’llab-
quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun MTMgacha
ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. 
Qo’shimcha ta’lim xizmatlari MTMgacha ta’lim muassasasi tomonidan 
imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda 
tashkil etiladi. 
Qo’shimcha   ta’lim   xizmatlari   fakultativ   hisoblanadi   va   ularni   tashkil
qilishda ko’ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin. 
MTMgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni 
qo’llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun 
MTMgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi.   
Zarurat   tug’ilganda,   pedagoglar   tarkibi   va   MTMgacha   ta’lim   muassasasi
rahbariyati,   tor   ixtisosdagi   mutaxassislarni   jalb   etgan   holda,   bola   (uning
rivojlanishi) uchun o’quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun MTMgacha 
ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o’zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini 
tashkil qilishi mumkin: 
- ota-onalarning   MTMgacha   ta’lim   muassasasi   borasidagi   fikrlarini   hisobga
olish;   - ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; 
- ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
- ota-onalarning   muassasa   hayotida   ishtirok   etish   borasidagi   tashabbuslarini
qo’llab-quvvatlash. 
MTMgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv
o’sib   borayotgan   bola   shaxsini   hayotga   tayyorlash,   unda   hayotiy   muhim
masalalarni   hal   qilish   uchun   zarur   bo’lgan,   axloqiy   me’yor   va   qadriyatlarni
o’zlashtirish,   boshqa   insonlar   bilan   muloqot   qilish,   «Men»   obrazini   qurish   bilan
bog’liq bo’lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko’zda tutadi.  
Boshlang’ich   muhim   kompetensiyalar   bolaning   faoliyat   va   axloq   subyekti
sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetensiya   bolaning bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Boshlang’ich   kompetensiyalar,   rivojlanish   sohasidan   qat’i   nazar,     bola   shaxsi
shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Kommunikativ   kompetensiya   –   muloqot   vositalaridan   turli   vaziyatlarda
foydalana bilish ko’nikmasi .
O’yin   kompetensiya si   –   bolaning   o’yin   jarayoni   va   uni   tashkil   qilishda
tajriba,   bilim   va   ko’nikmalardan   ijodiy   foydalanishi .   O’quv-tarbiyaviy   faoliyat
uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya   – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda   axloq   qoidalari   va   me’yorlariga   rioya   qilgan   holda   o’zini   tutish
mahorati.
Bilish   kompetensiyasi   –   atrofdagi   olamni   ongli   ravishda   idrok   qilish   va
olingan bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlardan o’quv va amaliy vazifalarni hal
qilish uchun foydalanish.
Bolaning  kompetensi yalari  bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
- jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi;
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
- nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari; - bilish jarayonining rivojlanishi;
-     ijodiy rivojlanish.
«Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi
o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
- o’z   imkoniyatlari   va   yoshi   bilan   bog’liq   jismoniy   rivojlanish   me’yorlariga
mos ravishda jismoniy faollik ko’rsatadi; 
- turli harakatchanlik faolligini uyg’un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
- turli   hayotiy   va   o’quv   vaziyatlarida   mayda   motorika   ko’nikmalaridan
foydalanadi; 
- o’z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi; 
- shaxsiy gigiyena malakalarini qo’llaydi ;
- sog’lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi; 
-     xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi. 
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Ijtimoiy-emosional rivojlanish» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga
yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
- o’z   «Men»i   va   boshqa   insonlarning   hayotiy   faoliyat   muhitidagi   roli
to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi; 
- o’z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi; 
- o’zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi; 
- kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi; 
-     murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo’llarini topadi. 
. «Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari
«Nutq,   muloqot,   o’qish   va   yozish   malakalari»   sohasidagi   o’quv-tarbiyaviy
faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
- nutqni eshitadi va tushunadi; 
- o’z   nutqida   to’g’ri   talaffuz,   qulay   grammatik   shakllar   va   xilma-xil   gap
konstruksiyalaridan foydalanadi;   - ikkinchi tilni o’rganishga qiziqish namoyon qiladi; 
- ikkinchi tilni egallash bo’yicha dastlabki bilimlarini ko’rsatadi; 
- badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; 
- so’zning   lug’aviy,   bo’g’inli   va   fonetik   tuzilishi   to’g’risida   tasavvurga   ega
bo’ladi; 
- turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so’zlab berishni biladi; 
-     yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. 
Bilish   jarayonining   rivojlanishi   sohasidagi   o’quv-tarbiyaviy   faoliyat   yakuniga
yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
- bili m olish ga faol qiziqishni namoyon etadi; 
- o’quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan
foyd a lanadi; 
- predmetlar, voqyealar va ko’rinishlar o’rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi
va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi; 
- raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo’llaydi; 
- makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi; 
- elementar matemati k   hisoblashlarni amalga oshiradi; 
- atrof-muhitdagi   voqyea-hodisalar   va   ko’rinishlarni   kuzatadi   hamda   tadqiq
qiladi; 
-   atrof-muhitga   nisbatan   ehtiyotkorona   va   g’amxo’r   munosabatni   namoyon
etadi. 
. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari  
« Ijodkorlik »  sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-
7 yoshli bola: 
- san’at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi; 
- milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi  sifatida
idrok etadi; 
- san’atning muayyan turini afzal ko’rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;    - olingan   bilim   va   ko’nikmalardan   turli   hayotiy   vaziyatlarda   o’z   ijodiy
rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi; 
- insonning dunyoni o’zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi. 
O’quv-tarbiyaviy   faoliyat   «O’zbekiston   Respublikasining   ilk   va   MTM
yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. 
MTMgacha   ta’lim   muassasasi   o’quv   va   tarbiyaviy   faoliyatni   o’quv   yillari
bo’yicha tashkil qiladi. 
O’quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.
                       1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog’lomlashtirish davri tashkil
etiladi. 
          O’quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda
pedagog   tomonidan   rejalashtirilgan   kundalik   harakatlar,   bolalar   o’yinlari,   bo’sh
vaqt va o’quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi 2
.        
O’quv-tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish
va   xavfsizlik)ni   qondirish   maqsadida   bolaning   yoshi   va   individual   rivojiga
asoslanuvchi  o’quv rejasiga  muvofiq olib boriladi. O’quv-tarbiyaviy faoliyat bola
hayoti   va   uning   atrofidagi   muhitdan   kelib   chiquvchi   yagona   bir   butun   mavzuga
birlashtiriladi 3
.
O’quv-tarbiyaviy   faoliyatni   rejalashtirish   ta’lim   sharoitlariga   bog’liq   holda
integrasiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi. 
O’quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:
- yillik mavzuviy ;
- haftalik .
Rejalashtirishda   faoliyatning   maqsadlari,   mavzusi,   mazmuni   va   turlari
ifodalanadi.   Faoliyat   turini   tanlashda   nafaqat   o’quv-tarbiyaviy   faoliyatning
umumiy   maqsadlari,   balki   rivojlanish   sohalari   bo’yicha   maqsadlar,   faoliyat
mazmuni va turlarini integrasiyalash ham hisobga olinadi. 
2
  Дастурга 2-илова
3
  Дастурга 3-илова Rejalashtirishda   kun   tartibini   hisobga   olish   zarur.   Kun   tartibi   ish   sur’atini
belgilaydi   va   bolaga   bir   faoliyatdan   boshqasiga   oson   o’tishda   yordam   berishi
lozim.   Shuni   yodda   tutish   joizki,   o’yin   MTMgacha   yoshdagi   bolalarning   asosiy
faoliyati   hisoblanadi.   Kun   tartibini   tuzishda   kunduzgi   uyqu,   dam   olish   vaqti   va
sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.
     
Yillik   mavzuviy   rejada   har   bir   yosh   guruhi   uchun   oy   mavzulari   va   hafta
mavzulari   aks   ettiriladi.   MTMgacha   ta’lim   muassasasi   hudud   yoki   boshqa
xususiyatlarni hisobga olgan holda o’zining yillik mavzuviy rejasini tuzishga haqli.
Mazkur mavzuviy reja MTMgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashida
tasdiqlanadi 4
.
Haftalik reja
                      Haftalik   reja   yillik   mavzuviy   rejaga   asoslanadi   va   haftaning   kichik
mavzulari,   shuningdek,   mazkur   mavzu   bo’yicha   o’tkaziladigan   tadbirlarni   o’z
ichiga oladi.            Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo’yicha maqsadlarni
belgilash,   tegishli   markazlarni   tayyorlash,   mashg’ulotlarni   hafta   mavzusiga   mos
ravishda   taqsimlashga   yo’naltirilgan.   Hafta   mavzusi   barcha   erkin   faoliyat
markazlari   orqali   o’tishi   lozim.   Haftalik   rejada   guruhdagi   va   sayr   vaqtidagi
didaktik   va   harakatli   o’yinlar   rejalashtiriladi 5
.   Bolalar   bilan   olib   boriladigan
ishning   mazmuni   va   izchilligi   faoliyat   turi   (faol   faoliyat   /   passiv   faoliyat;
individual   faoliyat   kichik   guruhda,   katta   guruhda;   tarbiyachi   rahbarligi   ostida
o’tadigan   faoliyat   bola   rahbarligi   ostida   o’tadigan   faoliyat)   va   uni   o’tkazish   joyi
(xona ichidagi faoliyat ko’chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi
kerak.Haftalik   reja   xilma-xil   va   moslashuvchan   bo’lishi   lozim.   Boshqacha
aytganda,   ob-havo   o’zgarishi   va   bolaning   qiziquvchanligini   hisobga   olgan   holda,
rejalashtirilayotgan   faoliyat   boshqasiga   almashtirilishi   yoki   faollik   vaqti   biroz
ko’proq   yoxud   kamroq   vaqtga   mo’ljallanishi   mumkin.   Masalan,   agar   tarbiyachi
bahorgi gullagan bog’ga borishni rejalashtirgan bo’lsa-yu, ob-havo juda yomg’irli
4 4
  Дастурга 3-илова
5
  Дастурга 4-илова bo’lsa,   bu   tadbirni   xonada   o’tkazishning   imkoni   bo’lgan   boshqa   tadbirga
almashtirishi mumkin. 
Haftalik reja – bu tarbiyachining ish jurnali va mashg’ulotlar konspekti. 
Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:
- titul varag’i;
- guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi; 
- ertalabki badantarbiya kompleksi;
- guruhda   sentyabrdan   avgustgacha   bo’lgan   ta’lim   jarayonini   rejalashtirish
tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi kiradi;
- haftalik ish tahlili;
- ilovalar.
Mashg’ulotlar konspektlarida maqsadlar, faoliyatning qisqacha ta’rifi, zaruriy
jihozlar   ifodalanadi.   Mazkur   konspektlar   tavsiyaviy   xarakterga   ega   va
tarbiyachi tomonidan ijodiy o’zgartirilishi mumkin. 
Mazkur   dastur   bola   rivojiga   individual   yondashuv,   uning   shaxsini   hurmat
qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy
qulaylik   borasida   g’amxo’rlik   qilish,   erkin   ijodiy   o’z-o’zini   ko’rsatishi   uchun
sharoitlar   yaratishga   intilishni   ko’zda   tutadi.   Shu   sababli,   rejalashtirish   bilan   bir
qatorda,   bola   rivojlanishini   kuzatib   borish   pedagog   faoliyatida   muhim   ahamiyat
kasb   etadi.   Pedagog   bolani   va   uning   o’zini   tutishi   sabablarini   yaxshiroq
tushunish,   bola   rivojini,   uning   ichki   dunyosini   ko’rish,   qo’llab-quvvatlash,
rivojlanish   yo’llarini   belgilash,   ehtiyoj   va   manfaatlarini   aniqlash   uchun   bola
hayotini   sistematik   kuzatib   boradi.   Pedagogik   kuzatuvlar   asosida   ta’lim
faoliyatini   rejalashtirish   ishlab   chiqiladi   va   takomillashtirib   boriladi.   Bolaning
individual   rivojlanishini   kuzatish   uchun   O’zbekiston   Respublikasining   ilk   va
MTM yoshidagi bolalar rivojlanishiga oid Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar
va soha ostilari hamda kutilayotgan natijalar olingan (malaka va ko’nikmalar). Bolaning   rivojlanish   xaritasi   3   dan   7   yoshgacha   bo’lgan   davrni   o’z   ichiga
oladi,   har   bir   bola   uchun   individual   tarzda   yiliga   uch   marta   to’ldiriladi 6
.  
MTMgacha   ta’lim   muassasasidan   chiqishda   6-7   yoshdagi   bolaning   MTMga
tayyorlik xaaritasi to’ldiriladi  (faqat MTMgacha muassasa bitiruvchilari uchun 6
).
MTMga   tayyorlik   deganda   bolada   umumiy   kompetensiyalarni   va   rivojlanish
sohalari  kompetensiyalarining shakllanganligi  tushuniladi. Bu  xarita MTMgacha
ta’lim   muassasasining   har   bir   bitiruvchisi   uchun   to’ldiriladi.   Unda   Davlat
dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) bo’yicha
kutilayotgan natijalar ifodalanadi. 
Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif
etiladi.   Rivojlanishning   beshta   sohasi   (bola   kompetensiyalari)   umumlashtiriladi
va tavsiya hamda takliflar ko’rinishida ota-onalarga e’tiboriga havola etiladi.    
MTMgacha   ta’lim   muassasasida   rivojlantiruvchi   muhitni   tashkil   etishda
bolalarning   o’ziga   xos   belgilarga   ega   bo’lgan   yoshga   doir   xususiyatlari   va
ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.  
MTMgacha   ta’lim   muassasasining   ko’rgazmali-rivojlantiruvchi   muhiti
mazmuni   madaniy-tarixiy   qadriyatlar:   milliy   va   mintaqaviy   an’analar;   tabiat,
iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo’lishi lozim; 
muhit   mazmuni   birlamchi   dunyoqarash   asoslarini   shakllantirish,   bolaning
muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.
6
Дастурга 6-илова
7
 Дастурга 7-илова Adabiyotlar:
1. G.SHaripova, Sh. Yakubova. MTMgacha ta’lim  muassasalarda musiqa o`qitish 
metodikasi.Toshkent. 2007
2.D.Soipova “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi”
3..B.Boltayev “MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash’gulotlari”
4. .“Bolajon” tayanch dasturi :Toshkent.-2016
1. A.   Zimina   Osnova   muzыkalnogo   vospitaniya   i   razvitiya   ditey   mladщego
vozrosta. M., 2000 g.
2. M.S.Osenneva”Teoriya   i   metodika   muzikalnogo   vospitaniya”:”Akademiya”
Moskva. 2012 . 
3. Gogoberidze   A.G.   “Teoriya   i   metodika   muzыkalnogo   vospitaniya   detey
doshkolnogo vozrasta”: 
4. И. Ю.  Дьяченко.   “ Теория и методика музыкального вос питания”
5. RadыnovaO. Nastroyeniya, chustva v muzыke. M;2009

“Ilk qadam” MTMgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturining mazmun -mohiyati Reja: 1 . Dasturning maqsad va vazifalari. 2. Musiqaning madaniy hayotimizda tutgan o‘rin. 3. Bolalar ta’lim- tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari . 4. Ijtimoiy- hissiy rivojlanish .

MTMda davlat o’quv dasturini qo’llash Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari MTMgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o’quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi 1 . 1.2. MTMning maqsad va vazifalari MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:  bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va MTMgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;  MTMgacha yoshdagi bolalarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;  bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;  bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o’zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. O’quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat: - bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish; - ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi; 1 Дастурга 1-илова

- bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; - bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash; - o’yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; - bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; - bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash ; - MTMning oila, mahalla va MTM bilan hamkorligi; - milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; Bolaning MTMgacha ta’lim muassasasidagi rivojlanishini qo’llab- quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun MTMgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. Qo’shimcha ta’lim xizmatlari MTMgacha ta’lim muassasasi tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi. Qo’shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko’ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin. MTMgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni qo’llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun MTMgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. Zarurat tug’ilganda, pedagoglar tarkibi va MTMgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o’quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun MTMgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o’zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: - ota-onalarning MTMgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;

- ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; - ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; - ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash. MTMgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o’sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo’lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko’zda tutadi. Boshlang’ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang’ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko’nikmasi . O’yin kompetensiya si – bolaning o’yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko’nikmalardan ijodiy foydalanishi . O’quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o’zini tutish mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlardan o’quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. Bolaning kompetensi yalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: - jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi; - ijtimoiy-hissiy rivojlanish; - nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari;

- bilish jarayonining rivojlanishi; - ijodiy rivojlanish. «Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so’ng 6-7 yoshli bola: - o’z imkoniyatlari va yoshi bilan bog’liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko’rsatadi; - turli harakatchanlik faolligini uyg’un ravishda va maqsadli bajarishni biladi; - turli hayotiy va o’quv vaziyatlarida mayda motorika ko’nikmalaridan foydalanadi; - o’z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi; - shaxsiy gigiyena malakalarini qo’llaydi ; - sog’lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi; - xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari «Ijtimoiy-emosional rivojlanish» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: - o’z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi; - o’z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi; - o’zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi; - kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi; - murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo’llarini topadi. . «Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari «Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: - nutqni eshitadi va tushunadi; - o’z nutqida to’g’ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;