Davlat tili haqidagi qonunning mazmun mohiyatini o’zlashtirish
Davlat tili haqidagi qonunning mazmun mohiyatini o’zlashtirish Reja: 1.O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi. 2.Davlat tili nufuzini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar. 3.Xulosa.
O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Prezident Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida davlat tiliga huquqiy maqom berish masalasi kun tartibiga qo‘yildi va 1989 yil 21 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi alohida qonuni qabul qilindi. Har yili 21 oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli jamoat muassasalarida, maktablarda, kutubxonalarda, klinikalarda tegishlicha tadbirlar o‘tkazilmoqda. Qonunga asosan eng muhim qadriyatlardan biri hisoblangan til qonun darajasida huquqiy asosga ega bo‘ldi. Bu qonun bilan o‘zbek millatining ma'naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‘rsatadigan muhim omil, ya'ni tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e'tibori, ehtiromi namoyon etildi. Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir. O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‘pchiligi bo‘lmish o‘zbek xalqining ona tilidir. U O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi. O‘zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish muhim vazifadir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‘zbek tili davlat tili, davlat ramzi, milliy madaniyat va ma'naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda tilimiz keng qo‘llanilayotgani, xorijdagi ko‘plab universitetlar, ilmiy muassasalarda o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni o‘rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib bormoqda. 1995-yil 21-oktabrda ,,davlat tili to’g’risida”gi qonunga qator o’zgarishlar kiritildi va yangi tahrirda qonun chop etildi. 1-modda . O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir. 2-modda . O`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va еlatlarning o`z ona tilini qo`llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. 3-modda . O`zbek tilining O`zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi. Tilning Qoraqalpog`iston Respublikasida amal qilishiga bog`liq masalalar shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog`liq udumlarni ado еtishda qo`llanishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o`z xohishlariga ko`ra tanlash huquqiga еgadirlar. 4-modda . O`zbekiston Respublikasida davlat tilini o`rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va еlatlarning
tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo`lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o`qitish bepul amalga oshiriladi. 5-modda . O`zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko`rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda еsa - ularning tillarida faoliyat ko`rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil еtish ta’minlanadi. 6-modda . O`zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini еrkin tanlash huquqi beriladi. O`zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o`rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi. 7-modda . Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o`zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya еtiladi. Davlat o`zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma е’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy еtish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis palatalari tegishli qo`mitalarining roziligi bilan o`zbek tiliga joriy еtiladi. 8-modda . O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va е’lon еtiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham е’lon qilinadi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va е’lon еtiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va е’lon еtiladi. 9-modda . Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi. O`zbekistonda o`tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilarning o`zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.
10-modda . Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko`pchiligi o`zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin. 11-modda . Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o`sha joydagi ko`pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok еtayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok еtish huquqi hamda sudda ona tilida so`zlash huquqi ta’minlanadi. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o`rtasidagi iqtisodiy nizolarni ko`rib chiqish va hal qilishda davlat tili qo`llaniladi. Iqtisodiy nizolar taraflarning roziligi bilan boshqa tilda ham ko`rib chiqilishi mumkin. 12-modda . O`zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga ko`ra rasmiylashtirilgan hujjat matni notarius yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo`lgan taqdirda - boshqa maqbul tilda beriladi. 13-modda . Fuqarolik holatini qayd еtuvchi hujjatlar, shaxsning kim еkanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin. 14-modda . O`zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta’minlanadi. 15-modda . O`zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o`z millatidan qat’i nazar, o`z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga еgadirlar. 16-modda . Televidenie va radio еshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi.