MTMgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiyada ota-onalar bilan hamkorlik
MTMgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiyada ota-onalar bilan hamkorlik 1. MTMda ota-onalar bilan hamkorlik faoliyati. 2. Oilada va bolalar bog‘chasida olib boriladigan musiqaviy faoliyatni tashkil etish vazifalari 3. Bayram ertaliklarini tashkil etish.
Bolalar musiqasi ularning dunyoviy his-tuyg‘usidir. Dunyo eshigini ochish uchun uning iste ’ dodini rivojlantirish kerak. Buning uchun: 1. Birinchi navbatda musiqaviy nutqini o‘stirish. 2. Hissiyotini o‘stirish lozim. «Aks holda, musiqa tarbiyaviy vazifani bajarmaydi» N.A.Vetlugina. Musiqiy tarbiya kattalar va bolalar o‘rtasidagi eng chiroyli, yoqimli, qulay muloqotdir. Har bir inson ham bolalar dunyosi bilan doimo hamnafas yashay olmaydi, bu imkoniyat faqat tarbiyachilardagina mavjuddir. Tarbiyachilar bolalar bilan birga orzu qilib, ertaklar olamiga, musiqa dunyosiga kirib boradilar, ular bilan birgalikda o‘ynab, rasm chizib, ijod qiladilar. Bolalar o‘z tarbiyachisiga ishonib, ularni do‘st ko‘rib, ularga orzulari, his tuyg‘ulari, sirlari haqida gapirib berishadi. Bolalar bog‘chasida musiqaviy faoliyatni amalga oshirshda barcha tarbiya o‘zaro bog‘lab olib boriladi. Bolalar yoshiga xos musiqa asarlari kichkintoylarga unutilmas ta’surot qoldiradi. Musiqaviy faoliyat bilan o‘yinlarni qo‘shib olib borilsa bolalarning obrazli fikrlashi va obrazli xotirlash harakat, malaka ko‘nikmalarini yaxshi rivojlantiradi. Bu har ikkala psixologik-parallel rivojlanish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning o‘yin dunyosi xilma-xildir. O‘yin bobida ular ijodkordir. Ammo musiqaviy faoliyatning o‘yin bilan birga bog‘lab olib borish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Bunda tarbiyachi dasturga tayangan bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ish ko‘rishi lozim. Bola musiqa va o‘yin jarayonida o‘zining ehtiyoj va qiziqishlarini aks ettiradi.Oilada va bolalar bog‘chasida olib boriladigan musiqaviy faoliyatni tashkil etish vazifalari quydagilardan iborat: 1. Boalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga orgatish. 2. Musiqa asarlari bilan tanishtirish jarayonida bolalarda e motsional his-tuyg‘ular hosil qilish yoli bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurini boyitib borish.
3. Bolalarni oddiy musiqa tushunchalari bilan tanishtirish, tinglash, ashula aytish, musiqa bilan harakat qilish, raqsga tushish va bolalarda oddiy musiqa asboblarida kuy chalish ko‘nikmalarini hosil qilish va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirib borish. Bolalarning yoshi va xususiyatlarini hisobga olgan holda, oila tarbiyachisi xonani jihozlar bilan to‘g‘ri ta’minlashi lozim. Albatta xonada musiqaviy asboblar, turli xildagi musiqaviy adabiyotlar bo‘lishi kerak, chunki bola har bir musiqa asbobining tarixi, uning kelib chiqishi hamda adabiyotdagi tovushlarning yo‘nalishlarini bilishi kerak. Oilada musiqaviy faoliyatni tashkil etishda musiqaviy repertuarlar tanlashi, xalq o‘yinlaridan o‘rinli foydalanish katta ahamiyatga ega. Xaql o‘yinlari oila hayotida eng muhum va tarkibiy qismiga aylangan bo‘lib, tantanavorlik, xursandlik va shodlik holatini vujudga keltiradi. Bolalarni badiiy didini tarbiyalaydi. Oilada tashkil etilgan bayram ertaklari umumxalq bayramlarining bir parchasi bo‘lishi kerak. Bunda bolalarning yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda xalq o‘yinlaridan foydalanamiz Musiqaning inson ruhiyatiga ta’sir qilishining tugallanmas imkoniyatlari haqida qadimdan musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o‘ziga tortgan. Faylasuflar, psixologlar, pedagoglar va jamoat arboblari san’atlar ichida musiqa san’atining insonni shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir qiladigan xususiyatlari haqida aniqlashga uringanlar. Qadim zamonlardan musiqaning, ayniqsa, uning komponentlari – ritm va kuyning inson kayfiyatiga ta’siri, uning ichki dunyosini o‘zgartirishi haqida fikrlar mavjud bo‘lgan. Musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim omili sifatida shaxs shakllanishiga kuchli ta’sir etadi. Oilada, bog‘chada, MTMda musiqa mashg‘ulotlarini maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va san’atni to‘g‘ri tushunishdagi samarali yo‘ldir. Musiqa inson his-tuyg‘ularini, orzu-umidlarini, xohish-istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishining his-tuyg‘ulariga faol ta’sir
etadi. Musiqa ham fan, ham san’atdir. U fizika va matematikaga asoslanadi, bu fanlar musiqani fanga aylantiradi. Lekin musiqa asariga shu fanning turg‘un tushunchasi sifatida qarab bo‘lmaydi. Chunki musiqa har doim rivojlanib turuvchi jonli san’atdir. Musiqa san’ati inson hayotining ilk yillaridanoq uning hamrohiga aylanib, umumiy madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi. Musiqa inson umrining doimiy yo‘ldoshi. Stendalning aytishiga ko‘ra, musiqa san’at turlari ichida insonning yuragiga chuqur kirib, uning ichki kechinmalarini aks ettirishga qodirdir. «Musiqa san’atning ifodali turi tizimiga kiradi. Musiqa ham voqea- hodisalarni ifodali aks ettiradi. Ammo u me’morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo o‘lchovlari bilan belgilanmaydi. Musiqa ko‘rish orqali emas, balki eshitish vositasida idrok qilinadi. Musiqa mavzui o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarni qamrab ololmaganligi uchun, eng avvalo, inson ichki ma’naviy dunyosini, uning tuyg‘u va kayfiyatini ifodalaydi... musiqa voqelikning his-tuyg‘uli qiyofasini yaratadi.»
GURUHLARDA HAMKORLIKDA ISHLASHNI TASHKILLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI Texnologik ishlar 1. Guruhlarda hamkorlikda ishlashni tashkillashtirish tayyorgarligini o'zi baholashi, tahlil қilishi Ta ’ lim beruvchi faoliyati 2. Ma q sad belgilash Quyidagi savollarga javob izlaydi: Nima uchun men tahlim oluvchilar guruhlarda ishlashlarini hohlayman? Men bunga o’zim tayyormanmi? Men buni qanday amalga oshirishni bilamanmi? Ta ’ lim oluvchilarni o’zlari bunga tayyormilar? Ular guruhli shakl sharoitida tahlim olish qoidalarini биладиларми? Tahlimiy ma q sadni belgilaydi va natijalarni rejalashtiradi. Guruhlar uchun quyidagilarni tayyorlaydi: yozma yo’riqnomalar: topshiriqni guru h tushunishi va uni bajarish yo’li bularga bog’liq; faqat yo’riqnomani tushunishi ichki guruhlar ishini natijasini ta ’ minlaydi.7. O'q uv materiallari va y o’ ri q nomalarni tayyorlash Mavjud o' quv rejasiga muvofiq, belgilangan maqsad va ko’zlanayotgan natijalarga erishishni amalga oshirish uchun muhim bo’lgan vaqt bo’lagi vaqtga nisbatan bo g’ lanishda. Guru h li ishni o' tkazish mumkinligi to’ g’ risida xulosa chi q aradi. 4. O’ q uv mash g’ ulotining odelini tanlash3. Guru hli ishga ajratilgan zarur bo’lgan vaqt bo’lagi va o’quv rejasidagi o’zaro nisbat Eng yaxshi model: 1) o’quv topshirig’ini barcha o’quv guruhlariga tushuntirdi, 2) kichik guruhlarda, avval alohida,so’ngra birgalikda ishni tashkillashtirish, 3) guruhli ish taqdimoti va uni jamoaviy yakunlash . Ta ’ limiy maqsadga mos keluvchi bir xil/tabaqalashgan topshiriqlarni tanlaydi. Uni tahlim oluvchilarning qobiliyatlari, BMK darajasi va xususiyatlaridan kelib chiqib ifodalaydi. Bu esa barcha guruh ahzolarini topshiriqni bajarishda birgalikda ishtirok etishini tahminlash imkonini beradi.Auditoriya shunday bo’lishi kerakki, bunda guruhlar bir-birlariga halaqit bermasdan, bir necha guruh ishlashi zarur. 6. Topshiri q ni tanlash va uni ifodalash5. Gur h lar ish joyini tanlash Tashk iliy bos qich