logo

Ilmiy bilishning usullari va shakllari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33.01171875 KB
Il miy bilishning usullari va shakllari
   
Reja :
1. Ilmiy bilish va uning usullari
2. Empirik bilishning vositalari va usullari
3. Nazariy bilishning vositalari va usullari
4. Mushohadaga eksperiment va nazariy modellashtirish Ilmiy bilish va uning usullari
Ilmiy   bilish   insonning   ma’naviy   faoliyatini   bir   ko’rinishi   bo’lib,   u
orqali ilmiy, nazariy, uslubiy qadriyatlar yaratiladi, kishilarni gnoseologik va
ijtimoiy ehtiyojlari qondiriladi.
Ilmiy   bilish   fan   deb   atalgan   ijtimoiy   institutni,   o’z-o’zini   tashkil
qiluvchi   ma’naviy   tashkiliy   tizimni   ijodiy,   haraktlantiruvchi   qismidir.   Ilmiy
bilishni   hayotga,   amaliyotga   tatbiq   filish   ikkinchi   sun’iy   muhitni   -   texno,
shajar, madaniy - sferalarni (jabhalarni) yaratilishiga olib keladi.
Aqliy mehnat sohasidagi mehnat taqsimoti ilmiy bilishni ixtisoslashgan
faoliyatiga   aylantiradi.   Bu   ixtisoslashgan   faoliyat   ma’lum   qurollar,   vositalar
va usullar orqali amalga oshiriladi.
Ilmiy   bilishda   ishlatiladigan   qurollar   va   vositalar   orqali   mehnatni
oqilona   jarayonga,   samarali   natija   beradigan   faoliyatga   aylantiradi.,   ular
insonni aqliy faoliyatga kuch beradilar, hissiy va aqliy bilish imkoniyatlarini
kuchaytiradilar. Olim ilmiy tadqiqot qurollari va vositalari o’zi va vositalarini
o’zi   va   obyektni   o’rtasiga   qo’yadi,   obyektni   sun’iy   sharoitga   qo’yadi,
obyektni izlanayotgan xossalarini aniqlash uchun unga ta’sir o’tkazadi.
Ilmiy   bilishda   muhim   rolni   tadqiqot   usullari   o’ynaydi.   Usul   ma’lum
qoida,   talab   va   tamoyillar   tizimi   bo’lib,   uni   qo’llash   tadqiqot   faoliyati
yo’nalishidagi   va   natijasini   oqilona   va   kutilgan   natijaga   olib   keladi,   ilmiy
bilish samarali bo’ladi.
Usulni   ishlab   chiqish   va   qo’llash,   bilish,   nazorat   qilish   imkoniyatini
beradi, tasodif hatti-harakatlarni minimal eng oz darajaga yetkazadi, maqsad
qilib qo’yilgan natijaga erishish vaqtini qisqartiradi.
Tatbiq   qilinadigan   usulni   ishlab   chiqish   va   taraqqiyot   darajasi,   ishlab
chiqarish   va   texnologiyani   holati,   davlat   tomonidan   fan   va   ilmiy   tadqiqotni
qo’llab-quvvatlashi va boshqalar kiradi. Subyektiv   omilga   olimlarni   ijoliy   faoliyati,   ilmiy   maktablar   an’anasi,
ilmiy yo’nalishi nazariy darajasi, tushunchalar va atamalar boyligi kiradi.
Tabiiy usullar rivojlanishi lozim.
Tadqiqot usuli taraqqiy etmasa, fan rivojlanmaydi.
2.Empirik bilishning vositalari va usullari
Ilmiy tadqiqotlar qaysi darajada amalga oshmasin, nazariy yoki amaliy
fanlar sohasida, ular empirik bilishga asoslanadilar.
Empirik   bilish   -   bu   obyektni   hissiy   idrok   qilish,   tajriba   va   texnik
vositalar   yordamida   kuzatish,   o’rganish   jarayondir,   birlamchi   ma’lumot
to’plash   va   tavsiflash   faoliyatidir.   Empirik   bilish   o’rganilayotgan   obyektlar
to’g’risida   birlamchi   faktik   ma’lumotlarni,   shuuriy   tavsif   va   tasniflashni
beradi.
Empirik bilish har qanday bilishni, masalan, nazariy, ilmiy, falsafiy va
hokazo   bilishni,   fanlarni   ixtisoslashgan   bilim   tarmog’i   sifatida   paydo
bo’lishni birlamchi, tarixiy asosdir.
Bilish  va  fan  taraqqiyoti jarayonida  empirik  bilish tarkibiy qism, strukturasi
va   qo’llanilayotgan   vositalar   jihatidan   murakkablashgan,   taraqqiy   qilib
borgan.   Empirik   bilish   nazariy   tafakkurga   “jonli"   material   beradi,   uni
xulosalarini tasdiqlaydi yoki tasdiqlamaydi.
Empirik   bilishni   murakkablashishi   unda   ishlatiladigan   qurol   va
vositalarni   xilma-xil   bo’lishi,   texnikalashtirilishi,   komp’yuterlashishi   bilan
belgilanadi.
Empirik bilishni amalga oshiriladigan tabiiy substraktni (tabiiy tanani)
va vositalarni farqlash lozim. Empirik bilishni tabiiy substrakti bu insonni his
etish   a’zolari   va   hissiyotidir.   Hissiyot   orqali   inson   birlamchi   empirik
ma’lumotlarni   qabul   qiladi.   Ijtimoiy   ishlab-chiqarish   va   mehnat   taqsimoti ta’sirida   insonni   hissiyoti,   idrok   qilish   qobiliyati   takomillashadi.   Aytaylik,
parfyumeriya   korxonasida   eksport   sifqatida   ishlaydigan   hidlovchi   xodim
atirlarni bir necha o’n xilini hid bilish orqali farqlay oladi.
Lekin inson tobora murakkab tarkibga ega bo’lgan obyektlarni tadqiqot
qilishga   o’tar   ekan,   endi   bilishni   tabiiy   substraktini   imkoniyatlarini   yetarli
bo’lmay qoldi.
Subyektlar   juda   kichkina   yoki   nihoyatda   ulkan,   uzoqda,   ko’z   ilg’ab
ololmaydigan ko’p parametrli jarayon bo’lishi mumkin.
Bilimga   bo’lgan   gnoseologik   va   ijtimoiy   ehtiyoj   mazkur   ziddiyatni
oraliq   sun’iy   vositalarni   yaratish   va   ulardn   foydalanish   yo’li   bilan   bartaraf
etishga  olib   keldi.   Bu  vositalar  tadqiqotchi   va   obyekt   o’rtasida   qo’yiladigan
sun’iy uslubiy va texnik qurollardan iborat bo’ladi.
Empirik bilishni tabiiy substraktiga hissiyot va til (fan tili) kiradi.
Vositalarga ega inson ishlab chiqilgan, subyekt bilan obyekt oralig’ida
turadigan moddiy, texnik va modelli (belgilar tizimi) qurollardir.
Bir   xil   vositalar   ham   amaliy,   ham   nazariy   bilish   qurollarini   tashkil
qiladilar.   Matematika,   modellashitrish,   formalashtirish   shunday   vositalar
qatoriga kiradi.
Astrolyabiya,   quyosh   soati,   mikroskop,   reaktivlar,   fotografiya   va
boshqalar empirik bilishni texnik vositalaridir.
Bilish vositalari ilmiy bilish usullarini zaminida turadi, yangi usullarini
ishlab chiqishga xizmat qiladilar.
Usul bu nazariy va amaliy natijaga olib keladigan va tadqiqotda tatbiq
qilinadigan   qoidalar,   talabalar   va   tamoyillar   tizimidir.   Usul   tadqiqotchi
tomonda ishlab  chiqiladi.  Eksperiment modellashtirish, matematikalashtirish
ma’lum maqsadda ishlab chiqilgan usullardir.
Usullarni tabiiy - tarixiy shakllangan va faol jihatga ega bo’lgan turlari
bo’lishi mumkin. Tabiiy   -   tarixiy   shakllangan   usullarga   kuzatish,   taqqoslash,   tavsiflash
va boshqalar kiradi.
Kuzatishni   o’zini   passiv   va   faol   ko’rinishi   bo’lishi   mumkin.   Passiv
kuzatish   bu   mushohadali   idrok   etishdir.   Mazkur   usulni   samaradorligi
tadqiqotchini tajribasiga, kuzatuvchanligiga bog’liqdir.
Kuzatishni   faol   turi   har   xil   vositalari   ishlab   chiqish   va   tatbiq   qilishni
taqozo etadi.   Kuzatish trubasi, mikroskop, foto asboblar, o’lchagich elektron
uskunalar va boshqalar.
Empirik bilishni muhim usullaridan biri ilmiy eksperimentdir. Bu usul
orqali   o’rganilayotgan   obyekt   sun’iy   sharoitga   qo’yiladi,   obyektga   ta’sir
ko’rsatiladi.   Obyektni   xossalarini   o’rganish   maqsadida   u   tushgan   sharoitni
o’zgartirish mumkin.
Eksperiment   sifatida   usul   amaliy   faoliyat   va   nazariy   tafakkur   birligini
tashkil qiladi.
Eksperimental   usul   ko’plab   vositalarni   taqozo   etadi.   Fan   texnika
taraqqiyoti   yutuqlaridan   foydalanish   jarayonida   eksperimental   bilish
vositalari ko’payadi, murakkablashadi.
Masalan,   tabiiy   -   ilmiy   eksperimentda   quyidagi   bevosita   va   bilvosita
asbob-uskunalar, vositalar ishga solinadi:
1.   Eksperimentni   tayyorlash     vositalari     (yorug’lik   manbalari,
zarrachalarni chiqaruvchi texnik manbalar, generatorlar);
2.   Sharoit       yaratuvchi,       saqlovchi,       himoya       qiluvchi       vositalar
(to’siqlar vakuum nasoslar, himoya ekranlari va boshqalar)
3.   Obyektga   bevosita   ta’sir   ko’rsatuvchi   tuzilmalar   (zarrachalar   to’pi,
magnit maydoni, energiya beruvchi uskunalar);
4.   Kuchaytirish       va       o’zgartirish       vositalari       (mikroskoplar,
zarrachalarni tezlatkichi, sinxrofazatron);
5. Aniqlovchi va o’lchaydigan uskunalar (galvonometr, schetchiklar); 6.   Natijalarni   belgilovchi     texnik       va     simvolik     vositalar
(ma’lumotlarni yozib oluvchi texnik uskunalar, vositalar, moddalar),
7. Modellar   (ko’rsatuvchi,   obyektni   xislatini   qaytaruvchi-tiklovchi
obyektni o’rnini bosadigan modelli vositalar)
Yana   bir   eksperiment   bilish   usuli   o’lchash.   Bu   usul   ham   turli
ko’rinishdagi vositalarga egadir.
Tadqiqot   obyektni   murakkablasha   -   borgan   sari   bilish   vositalarini   roli
ortib   borgan.   Eksperimentni   bajarish   jarayonida   obyektga   turli   ta’sirlar
o’tkazishadi.
Insonni   bilishi  va  amaliyoti  bilan   bog’langan  eksperiment ijtimoiy
eksperimentdir.   Bunda   obyekt sifatida turli ijtimoiy uyushmalar va hududlar
olinadi, ular ma’lum boshqariladigan sharoitta qo’yiladi   va   kuzatish   olib
boriladi.      Ijtimoiy      eksperiment      ikki  funksiyani  bir  vaqtni  o’zida  amalga
oshiradi. 1) tadqiqotni olib birish; 2) boshqarish.
Fanda ijtimoiy eksperiment ** asrni 20-yillaridan boshlab tatbiq qilina
boshladi. Masalan, guruh yoki jamoa ruhiyatini o’rganish, mehnatni ijtimoiy
va   iqtisodiy   jihatlarini,   boshqarish   mexanizmlarini   tadqiqot   qilish   amalga
oshirildi.
Sosiologiya   fanida   empirik   sosilogiya   yo’nalishi   shakllandi.   Bu
yo’nalish doirasida kuzatish, so’roq qilish (vopros), statistik modellashtirish,
graflar   yondashuvi,   matematik   vositalar,   usullar   keng   tatbiq   boshlandi.
Ayniqsa,   saylovlar   o’tkazish   davomida   sosiologlarga   ko’p   buyurtmalar
beriladi.
3.Nazariy bilishning vositalari va uskunalari
Nazariy bilish empirik bilishga qaraganda sifat jihatdan farq qiladigan
tadqiqot   sohasidir.   Nazariy   bilish   ko’p   qatlamli   va   ko’p   unsurli   jarayon   va
hosiladir. Uni yadrosini nazariya tashkil qiladi. Nazariya esa empirik zamin,
asosiy   tushuncha   va   qonunlar,   mantiqiy   asoslash   qoidalari   va   bog’lanish, hukm   va   xulosalardan   iborat.   Nazariyani   murakkab   strukturaviy   tuzilishi
obyektini   chuqur,   har   tomonlama   va   mohiyatini   aks   ettirish   imkoniyatini
beradi.
Nazariy bilishni empirik bilishdan asosiy farqlari: 
1)   Nazariy   bilishdagi   ilmiy   bilish   ilmiy   standart   va   mantiqiy   ketma-
ketlik   qoidalariga   rioya   qilingani   uchun   empirik   bilishda   loingan   bilimga
qaraganda ishonchli va asosli bo’ladi.
2)   Nazariy   bilish   o’rganilayotgan   obyekt   haqida   umumlashtirilgan
tavsif va ilmiy qonun beradi, aniqrog’i   qonun   va   qonunitlarni   kashf   etish
imkoniyatini beradi. Bu esa tizimlarni harakati va taraqqiyoti haqida. Chuqur
bilimga   ega   bo’lish,   ularni   keyingi   holatlarini   bashorat   qilish,   harakat
qiladigan   va   murakkab   funksiyalarni   bajaradigan   texnologiyalar   va
mexanizmlarni yaratish imkoniyatini beradi.
3)   Nazariyani   tarkibida   xulosa   va   isbotlash   yo’li   bilan   olingan   asosni
tashkil qiladigan dastlabki hukmlar va xulosalar mavjud bo’lib, ular nazariya
doirasida   qabul   qilingan,   ishlab   chiqilgan   mantiqiy   va qonuniyatlarga
bo’ysunadi.
Bu   esa   nazariy   bilshida   hissiy   tajribaga   murojat   qilmasdan   bir
turkumdagi   hukmdan   ikkinchisiga   mantiqiy   tafakkur   vositasi   bilan   o’tish
imkoniyatini beradi.
Nazariy   bilish   darajasida   muammolar   qo’yiladi,   tavsiflanadi,
gipotezalar   olg’a   suriladi,   tahlil   va   umumlashtirish   bajariladi,   qonun   va
qonuniyatlar kashf etiladi, nazariya ishlab chiqiladi. Bunday ko’p qatlamli va
ko’p   funksiyali   bilish   jarayoni   tegishli   vositalar   va   uskunalarga   tayanadi.
Nazariy bilishni vositalari: tavsiflash, empirik materiallarni yig’ish, birlamchi
qayta   ishlash,   tartiblashtirish,   obyektning   modelini   yaratish,   mushohadali
eksperiment va boshqalar. Nazariy   bilish   usullariga   tahlil,   umumlashtirish,   aksiomatik   usul,
formallashtirish, nazariya tuzish kiradi.
4.Mushohadali eksperiment va nazariy modellashtirish
Mushohadali   eksperimentda   tekshirilayotgan   xossa   yoki   holatni   aqliy
modeli   tuziladi.   Fikran   modelga   "ta’sir"   ko’rsatiladi,   harakatga   keltiriladi.
Aqliy   model   biron   bir   predmetni   obrazi,   belgi   va   chiziqlar   tizimi   shaklida
namoyon bo’lishi mumkin.
1. Eynshteyn tezlik, harakatni nisbiyligi, ikki predmetda vaqt o’tishini
tushuntirish   uchun   fikran   koinotni   ikki   nuqtasiga   soatlarni   (obrazlarini)
joylashtirgan, ulardan klgan signallarni belgilagan.
Forobiy insonlarni faqat fozil shaharda barkamol bo’lib shakllanishi va
baxtga   erishishi   mumkinligi   g’oyasini   mushohadali   eksperiment   usulini
qo’llab asoslashga harakat qildi.
Mushohadali   ekperimentda   real   va   xossalar   fikran   birlashtiriladi,
birlamchi   aksiomalar,   qoidalar   va   konstantlarga   asoslanib   imkon   bo’lgan
vaziyat yoki model tasavvur qilinadi.
Komp’yuterda   mushohadali   eksperiment   virtual   paydo   bo’ladi.
Modelda   ifodalanan   virtual   reallik   obyektiv   reallikni   (obyektni)   biron
tomonini qayta tiklaydi, tasvirlaydi.
O’rganilayotgan   obyektni   modeli   oldindan   tadqiqotchi   tomonidan
belgilangan vaziyatga qo’yiladi, u bilan virtual operasiyalar bajariladi.
1.  Ilmiy bilishni asosiy shakllari.  
Ilmiy g’oya va muammo
2. Gipoteza, uning mohiyati va funksiyalari.
3. Nazariya, uning strukturasi va funksiyalari.
4. Ilmiy bashorat. 1 . Ilmiy bilishni asosiy shakllari
Ilmiy   bilish   usullaridan   tashqari   shakllarga   ega.   Ilmiy   bilishni   ko’p
xilligi uning shakllarni turlicha bo’lishiga asoslangan. Ilmiy bilishni shakllari
tadqiqotni turli jarayonlarini ifodalaydilar, ko’p xil gnoseologik funksiyalarga
egadirlar.
Faylasuflar   tafakkur   shakllari   va   ilmiy   bilish   shakllarini   farqlaydilar.
Tafakkur   shakliga   tushuncha,   hukm   va   xulosa   kiradi.   Mazkur   mavhum
abstrausiyalar vositasi bilan kishi fikrlaydi, tahlil va umumlashtirishni amalga
oshiradi.
Ixtisoslashgan   ilmiy   faoliyat   ilmiy   bilishni   o’ziga   xos   shakllarini
keltirib chiqaradi. Bular asosan, ilmiy muammo, gipoteza, nazariya va ilmiy
bashoratdir.   Bu   ilmiy   bilish   shakllarini   amal   qilishi   o’z   navbatida   tafakkur
shakllariga va usullariga asoslanadilar.
•   Ilmiy   tadqiqot   muammoni   qo’yishdan   boshlanadi.   Muammo
bilishni       taraqqiyoti       jarayonida       obyektiv       va       subyektiv
ehtiyojlar     asosida   paydo     bo’ladigan,     nazariya     va   amaliy
ahamiyatga ega bo’lgan masala yoki masalalar majmuasidir. 
Insoniyatni   bilish   faoliyati   taraqqiyotini,   fanni   rivojlanishi   bir   turdagi
muammolarni   qo’yish,   ularni   hal   qilish   va   boshqalariga  o’tish   beb   belgilasa
bo’ladi.   Hayot   dialektikasi   shundan   dalolat   beradiki,   ayrim   hollarda,
subyektiv   ehtiyoj   yoki   tadqiqot   usullari   rivojlanmagan,   fan
mafkuralashtirilgan   hollarda   soxta   muammolar   ham   paydo   bo’ladi.   Io’k
joydan   ahamiyati   dolzarb   blmagan   masalalarni   sun’iy   ravishda   shishtirib
"katta muammolarni" keltirib chiqarish hollari ham uchrab turadi.
Ayrim   paytlarda   muammoni   hal   qilish   shakli   uchun   hal   kilib
bo’lmasligini   isbotlashdir.   Masalan,   mangu   ishlaydigan   dvigatelni   yasash
mumkin   emasligini   isboti   energiyani   aylanish   va   saqlanish   qonunini   kashf
etish va ushuntirishdan kelib chiqdi. Ilmiy   bilishni   taraqqiyoti   jarayonida   muammolar   ko’p   hollarda
aporiyalar   va   paradokslar   shaklida   paydo   bo’lgan   (Anoriya   ishlatilayotgan
tushunchalarda   ziddiyatlar   bo’lganligi   sababli   masalani   hal   qilishni   iloji
yo’qligi.
Paradoks:   1)   ko’pchilik   tan   olgan   fikrdan   keskin   farq   qiluvchi   g’oya
yoki tasavvur.
2) Odatiy tasavvurlarga mos kelmaydigan g’aroyib hodisa;
3)   Mantiqan   to’g’ri   fikrlash   jarayonida   paydo   bo’ladigan   formalmantiq
ziddiyat.)
Muammoni   hal   bo’lmasligini   bo’rttirish   skepsitizm   va   redyativizmga
olib keladi.
Shunday   qilib   muammo   ilmiy   bilishni   muhim   tomoni   bo’lib,   uni   hal
qilish   tushunish,   yangi   xossalar   va   qonuniyatlarni   kashf   etishga   olib   keladi.
Muammo   bu   shunchaki   savol   emas,   baki   noma’lum   obyekt   haqidagi
bilishdir, bilish shaklidir.
Muammo bilinmagan narsa haqida bilimdir.
Muammo fan paradigmasini muhim unsuridir.
Ilmiy muammo bilishni, fanni eng o’zgaruvchan, haakatchan qismidir.
Ilmiy   muammoni   o’zgaruvchanligi,   almashinish   sikllari   fanni,   ilmiy
maktabni salohiyatli va xususiyatga bog’liq.
An’anaviylik hukm surgan joyda muammolarni yangilash jarayoni juda
sekin boradi.
Ilmiy   g’oya*.   G’oya   borlikni   inson   ongida   fikrlash   orqali   bilish
shaklidir.   G’oya   ilmiy   muammoni,   tadqiqot   usullari   va   maqsadni   o’zini
mazmunida birlashtiradi. G’oya ilmiy muammoni hal qilish yo’nalishi, asosiy
mazmunini ifodalaydi.
G’oyani   mohiyati   xususida   2   xil   fikr   bor.   Mantiqshunos   N.I.
Kondakovni   fikricha,   g’oya   tushunchani   taraqqiyotini   oliy   bosqichi   bo’lib unda   insonlarni   voqyelikka   bo’lgan   munosabati   ifodalanadi.   Ijtimoiy
amaliyotni vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida g’oyalar paydo bo’ladi,
mazmunan murakkablashib boradi.
Ukrainalik faylasuf P. Kopninni aytishicha g’oya tashqi olamni in’ikos
etish shakli bo’lib, u bilish maqsadni va istiqbolini o’zida mujassamlantiradi.
Mazmuni   va   yetuklik   darajasiga   qarab   g’oya   tasavvur,   tushuncha,   nazariya
ko’rinishida ifodalanishi mumkin. Lekin bu ko’rinishlardan farqliroq g’oyada
bilish va amaliyotni istiqboli va yo’nalish anglanadi.
Ilmiy   g’oya   bilish   predmetini   asosiy   tomonini,   mohiyatini   bildiradi,
tadqiqotni yo’nalishini belgilaydi. Ilmiy g’oya to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishi
mumkin, lekin tadqiqot paradigmasini asosiy unsuri sifatida mavjud bo’ladi.
Ilmiy   g’oyada   shu   jumladan   nazariy   va   amaliy   hoyada   mavjud   va
mavjud   bo’lmagan   xsilatlar   haqidagi   tasavvurlar   birlashadi,   ijodiy   jarayon
sodir bo’ladi.
Ilmiy   g’oya   faktlarni   to’planishi,   ayrim   juz’iy   qonuniyatlar   ochilishi
jarayonida pishadi.
G’oya   rahbar   tasavvur   funksiyasini   bajarganda   tamoyilga   aylanadi.
Tavsifda,   nazarida,   ta’limotda   ilmiy   g’oya   konkretlashadi,   mohiyatni   ochib
beradi.   Ilmiy   g’oya   g’oyalarni   bir   ko’rinishidir.   Etik   g’oya   estetik   g’oya,
yuridik   g’oya   va   boshqa   xildagi   g’oyalar   mavjud   bo’lib,   ular   tegishli
muammoni eng muhim tomoniga javob beradilar.
G’oyalar   turli   taraqqiyot   pog’onasida   turadilar.   Ayrim   g’oyalar   asosli
bo’ladilar,   boshqalari   gipoteza   bosqichida   turadilar,   uchinchilari   yetuk
nazariyaini   yaratishga   zamin   bo’lib   xizmat   qiladilar.   Bizdagi   ijtimoiy
gumanitar fanlarda istiqlol g’oyasi va tamoyil funksiyasini bajaradi.
Ijtimoiy   taraqqiyotni   to’xtatishga   qaratilgan   reaksion   g’oyalar   ham
bo’lishi mumkin. Masalan: Islom davlati qurish g’oyasi. Bunday g’oya uchun jiddiy   ijtimoiy   siyosiy   zamin   yo’q,   lekin   ayrim   kishilarni   yo’lida   siyosiy
kurash olib borish vositasiga aylanishi mumkin.
2.Gipoteza, uning mohiyati va funksiyalari
Falsafada fan metodologiyasida gipoteza bir nechta ma’noda ishlatiladi.
1)   Bevosita     idrok     qilib       bo’lmaydigan,       kuzatish     mumkin
bo’lmagan   hodisalar   o’rtasidagi         aloqadorliklar         yoki         shu
hodisalarni   tug’diradigan   sabablar   haqida   maxsus   taxminiy
mulohazalar;
2)   Ma’lum   taxminni   olg’a   surishga   olib   keladigan   maxsus   xulosa
chiqarish turi.
3)   Taxminiy   mulohazani   olg’a   surish   va   uni   keyingi   isbotlanishi   va
ichiga oladigan murakkab qoida, usul.
In’ikos   etish   darajasiga   qarab   gipoteza   tavsiflovchi   va   tushuntiruvchi
bo’ishi mumkin.
Ilmiy   gipotezani   yana   bir   xislati   uni   qat’iyan   tekshirib   ko’rish
imkoniyatiga   ega   bo’lishi.   Agar   tajribada   tekshirib   bo’lmaydigan
mulohazalar chiqib qolsa, u gipotezani xomligidan darak beradi.
-   maxsus   xulosa   chiqarish   yo’li   bilan   gipotezani   olg’a   surish   ilmiy
taxminni shakllanishini birinchi tashkil qiladi.
Keyingi bosqichlari:
-   Gipotezani             deduktiv          xulosa          chiqarish            yo’li            bilan
takomillashtirish;
-  Gipotezani tekshirish va tajribada tasdiqlatish. 
Tasdiqdash qanday sodir bo’ladi?
Gipotezadan   kelib   chiqadigan   nazariy   oqibatlar   tajribada   olingan
faktlar bilan  taqqoslanadi. Isbotlangan   gipoteza   aniqlangan   tasavvurlarga,   ilmiy   g’oyaga   va
nazariyaga aylanishi mumkin.
Fan har doim gipotezalardan keng foydalangan.
3.Nazariya, uning strukturasi va funksiyalari
Nazariya ilmiy bilishni yuqori darajada tashkillashtirilgan shakli bo’lib,
obyekt   haqida   bir   butun   tasavvur   beradi,   xossa   va   qonuniyatlarni,   ularni
mavjud bo’lish sabablarini tavsiflaydi, tushuntiradi.
Ijtimoiy   -   gumanitar   fanlarda   ishlab   chiqilgan   nazariyalar   ta’limot   va
mafkurani tarkibiy qismiga aylanishi mumkin.
Ilmiy bilish boshidan nazariy xarakterga ega. Ilmiy muammo, gipoteza
hal qilish va tasdiqlash jarayonida yangi tushunchalar tamoyillar va  qonunlar
hosil   bo’ladi   va   keyinchalik   yaratiladigan   nazariyani   tarkibiy   qismlariga
aylanadilar.
Nazariya tajribaviy bilimni qarama-qarshisidir. Tajribaviy bilish yakka
tasavvurlardan,   tushunchalardan   hosil   bo’ladi.   Nazariya   o’rganilayotgan
obyektni bir butun obrazini, mohiyatini beradi, tahlil qiladi.
Nazariya  bilish unsurlarini  birlashtiradi, turli  darajadagi  muammolarni
hal qilish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Nazariyani strukturasi
Nazariyani asosiy tarkibiy qismlari quyidagicha:
1)  Aniqlangan tavsif va tushuntirishga muhtoj empirik faktlar;
2)  Turli postulat, aksioma, qonunlarni o’z ichiga olgan nazariy asos.
3)   Nazariy   mantig’i   nazariyaga     zid       kelmagan       mantiq     qoidalari
xulosalari va isbotlari;
4)  Nazariya keltirib chiqargan, nazariy bilish.
Nazariyani   konseptual   asosini   ideallashtirgan   obyekt   nazariy   model
tashkil   qiladi.   Gipotezasi   bor   nazariyalar   tavsiflovchi   nazariyalar tushuntiruvchi   nazariyalar.   Bashorat   qilish   funksiyasi   bor   nazariyalar.
Nazariyalarni yetuklik darajasiga qarab turli funksiyalar mavjuddir.
4.Ilmiy bashorat
Ilmiy bashorat - bu nazariy xulosalardan kelib, ma’lum bo’lmagan yoki
mavjud bo’lmagan voqyealar haqidagi bilimdir.
Ilmiy bilish paydo bo’lgandan boshlab ilmiy bashorat qilish xarakterlari
paydo   bo’ldi.   Fales   6   asrni   boshlarida   (miloddan   oldin)   quyosh   tutilishini
oldindan aytgan.
Ilmiy bashoratni zaminida obyektiv va subyektiv omil yotadi.
Obyektiv   omil:   Olamdagi   jarayonlar   ikkiga   bo’lingan.   Oldindan   aytib
bo’ladigan   va   oldindan   aytib   bo’lmaydigan   jarayonlar,   sikllar   mavjud,
subyektiv   omil:   ijodiy   qobiliyat   oldindan   in’ikos   etish   mexanizmi.   Rusiya
olimi Anoxin bashorat qilishni fiziologik mmexanizmini kashf etdi. Bashorat
2 xil bo’ladi:
1.  Mavjud      lekin     tajriba      va      bilishda     ifodalanmagan     bashorat,
Mendeleyev   tomonidan   ayrim   kimyoviy   elementlarni   mavjudligini   bashorat
qildi.
2. Kelajak haqida bashorat.
Predmetlarni   taraqqiyot   istiqbolini   ilmiy   uslubda   belgilash
prognozlashtirishni keltirib chiqaradi.
Demak,   ilmiy   bilish   muammo   va   dastlabki   g’oyadan   boshlanib,
bashorat bilan yakunlanadigan tadqiqot qilish faoliyati ekan.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR  RO‘YXATI :
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi.   –   Toshkent:
O‘zbekiston NMIU, 2017. – B. 74. 2. 2017 – 2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi .2017.   yil   7   fevral
(PF4947) .
3. To‘raev B.O. Tabiatshunoslik falsafasi.-T.:Tafakkur, 2010
4. T o‘ raev B.O. Abu Rayhon Beruniy. – T.: Tafakkur, 2010. – B. 96
5. To‘raev B.O. Ontologiya, gnoseologiya, logika va fan falsafasi 
muammolari. Tanlangan asarlar: I jild. O‘zMK nashriyoti, 2015. –B. 376.
6. To‘raev   B.   Hozirgi   zamon   tabiatshunoslik   konsepsiyasi.   –   T.:
Tafakkur. 2009. –B. 208
7. Turaev   B.O.   Sinergetika:   mohiyati,   qonuniyatlari   va   amaliyotda
namoyon bo‘lishi. Jamoaviy monografiya. – T.: Navro‘z, 2017. –B. 36 4 .
8. Qo‘shoqov Sh. Tabiatshunoslik falsafasi. S.:Samarqand; 2004.
9. Qo‘shoqov Sh.S. Tabiiy, texnik va ijtimoiy – gumanitar fanlarning
falsafiy muammolari.S.:SamDU, 2000.
10. Shermuxamedova  N.  Falsafa va  fan metodologiyasi.-T.: 
Universitet,  2005.
11.   Shermuxamedova   N.   Falsafa   va   fan   metodologiyasi    –   T.:   
Axborot texnologiyalari, 2008.
12. Shermuxamedova  N.A. Gnoseologiya –  bilish falsafasi. -
T.:“Noshir”,   2011.

Il miy bilishning usullari va shakllari Reja : 1. Ilmiy bilish va uning usullari 2. Empirik bilishning vositalari va usullari 3. Nazariy bilishning vositalari va usullari 4. Mushohadaga eksperiment va nazariy modellashtirish

Ilmiy bilish va uning usullari Ilmiy bilish insonning ma’naviy faoliyatini bir ko’rinishi bo’lib, u orqali ilmiy, nazariy, uslubiy qadriyatlar yaratiladi, kishilarni gnoseologik va ijtimoiy ehtiyojlari qondiriladi. Ilmiy bilish fan deb atalgan ijtimoiy institutni, o’z-o’zini tashkil qiluvchi ma’naviy tashkiliy tizimni ijodiy, haraktlantiruvchi qismidir. Ilmiy bilishni hayotga, amaliyotga tatbiq filish ikkinchi sun’iy muhitni - texno, shajar, madaniy - sferalarni (jabhalarni) yaratilishiga olib keladi. Aqliy mehnat sohasidagi mehnat taqsimoti ilmiy bilishni ixtisoslashgan faoliyatiga aylantiradi. Bu ixtisoslashgan faoliyat ma’lum qurollar, vositalar va usullar orqali amalga oshiriladi. Ilmiy bilishda ishlatiladigan qurollar va vositalar orqali mehnatni oqilona jarayonga, samarali natija beradigan faoliyatga aylantiradi., ular insonni aqliy faoliyatga kuch beradilar, hissiy va aqliy bilish imkoniyatlarini kuchaytiradilar. Olim ilmiy tadqiqot qurollari va vositalari o’zi va vositalarini o’zi va obyektni o’rtasiga qo’yadi, obyektni sun’iy sharoitga qo’yadi, obyektni izlanayotgan xossalarini aniqlash uchun unga ta’sir o’tkazadi. Ilmiy bilishda muhim rolni tadqiqot usullari o’ynaydi. Usul ma’lum qoida, talab va tamoyillar tizimi bo’lib, uni qo’llash tadqiqot faoliyati yo’nalishidagi va natijasini oqilona va kutilgan natijaga olib keladi, ilmiy bilish samarali bo’ladi. Usulni ishlab chiqish va qo’llash, bilish, nazorat qilish imkoniyatini beradi, tasodif hatti-harakatlarni minimal eng oz darajaga yetkazadi, maqsad qilib qo’yilgan natijaga erishish vaqtini qisqartiradi. Tatbiq qilinadigan usulni ishlab chiqish va taraqqiyot darajasi, ishlab chiqarish va texnologiyani holati, davlat tomonidan fan va ilmiy tadqiqotni qo’llab-quvvatlashi va boshqalar kiradi.

Subyektiv omilga olimlarni ijoliy faoliyati, ilmiy maktablar an’anasi, ilmiy yo’nalishi nazariy darajasi, tushunchalar va atamalar boyligi kiradi. Tabiiy usullar rivojlanishi lozim. Tadqiqot usuli taraqqiy etmasa, fan rivojlanmaydi. 2.Empirik bilishning vositalari va usullari Ilmiy tadqiqotlar qaysi darajada amalga oshmasin, nazariy yoki amaliy fanlar sohasida, ular empirik bilishga asoslanadilar. Empirik bilish - bu obyektni hissiy idrok qilish, tajriba va texnik vositalar yordamida kuzatish, o’rganish jarayondir, birlamchi ma’lumot to’plash va tavsiflash faoliyatidir. Empirik bilish o’rganilayotgan obyektlar to’g’risida birlamchi faktik ma’lumotlarni, shuuriy tavsif va tasniflashni beradi. Empirik bilish har qanday bilishni, masalan, nazariy, ilmiy, falsafiy va hokazo bilishni, fanlarni ixtisoslashgan bilim tarmog’i sifatida paydo bo’lishni birlamchi, tarixiy asosdir. Bilish va fan taraqqiyoti jarayonida empirik bilish tarkibiy qism, strukturasi va qo’llanilayotgan vositalar jihatidan murakkablashgan, taraqqiy qilib borgan. Empirik bilish nazariy tafakkurga “jonli" material beradi, uni xulosalarini tasdiqlaydi yoki tasdiqlamaydi. Empirik bilishni murakkablashishi unda ishlatiladigan qurol va vositalarni xilma-xil bo’lishi, texnikalashtirilishi, komp’yuterlashishi bilan belgilanadi. Empirik bilishni amalga oshiriladigan tabiiy substraktni (tabiiy tanani) va vositalarni farqlash lozim. Empirik bilishni tabiiy substrakti bu insonni his etish a’zolari va hissiyotidir. Hissiyot orqali inson birlamchi empirik ma’lumotlarni qabul qiladi. Ijtimoiy ishlab-chiqarish va mehnat taqsimoti

ta’sirida insonni hissiyoti, idrok qilish qobiliyati takomillashadi. Aytaylik, parfyumeriya korxonasida eksport sifqatida ishlaydigan hidlovchi xodim atirlarni bir necha o’n xilini hid bilish orqali farqlay oladi. Lekin inson tobora murakkab tarkibga ega bo’lgan obyektlarni tadqiqot qilishga o’tar ekan, endi bilishni tabiiy substraktini imkoniyatlarini yetarli bo’lmay qoldi. Subyektlar juda kichkina yoki nihoyatda ulkan, uzoqda, ko’z ilg’ab ololmaydigan ko’p parametrli jarayon bo’lishi mumkin. Bilimga bo’lgan gnoseologik va ijtimoiy ehtiyoj mazkur ziddiyatni oraliq sun’iy vositalarni yaratish va ulardn foydalanish yo’li bilan bartaraf etishga olib keldi. Bu vositalar tadqiqotchi va obyekt o’rtasida qo’yiladigan sun’iy uslubiy va texnik qurollardan iborat bo’ladi. Empirik bilishni tabiiy substraktiga hissiyot va til (fan tili) kiradi. Vositalarga ega inson ishlab chiqilgan, subyekt bilan obyekt oralig’ida turadigan moddiy, texnik va modelli (belgilar tizimi) qurollardir. Bir xil vositalar ham amaliy, ham nazariy bilish qurollarini tashkil qiladilar. Matematika, modellashitrish, formalashtirish shunday vositalar qatoriga kiradi. Astrolyabiya, quyosh soati, mikroskop, reaktivlar, fotografiya va boshqalar empirik bilishni texnik vositalaridir. Bilish vositalari ilmiy bilish usullarini zaminida turadi, yangi usullarini ishlab chiqishga xizmat qiladilar. Usul bu nazariy va amaliy natijaga olib keladigan va tadqiqotda tatbiq qilinadigan qoidalar, talabalar va tamoyillar tizimidir. Usul tadqiqotchi tomonda ishlab chiqiladi. Eksperiment modellashtirish, matematikalashtirish ma’lum maqsadda ishlab chiqilgan usullardir. Usullarni tabiiy - tarixiy shakllangan va faol jihatga ega bo’lgan turlari bo’lishi mumkin.

Tabiiy - tarixiy shakllangan usullarga kuzatish, taqqoslash, tavsiflash va boshqalar kiradi. Kuzatishni o’zini passiv va faol ko’rinishi bo’lishi mumkin. Passiv kuzatish bu mushohadali idrok etishdir. Mazkur usulni samaradorligi tadqiqotchini tajribasiga, kuzatuvchanligiga bog’liqdir. Kuzatishni faol turi har xil vositalari ishlab chiqish va tatbiq qilishni taqozo etadi. Kuzatish trubasi, mikroskop, foto asboblar, o’lchagich elektron uskunalar va boshqalar. Empirik bilishni muhim usullaridan biri ilmiy eksperimentdir. Bu usul orqali o’rganilayotgan obyekt sun’iy sharoitga qo’yiladi, obyektga ta’sir ko’rsatiladi. Obyektni xossalarini o’rganish maqsadida u tushgan sharoitni o’zgartirish mumkin. Eksperiment sifatida usul amaliy faoliyat va nazariy tafakkur birligini tashkil qiladi. Eksperimental usul ko’plab vositalarni taqozo etadi. Fan texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish jarayonida eksperimental bilish vositalari ko’payadi, murakkablashadi. Masalan, tabiiy - ilmiy eksperimentda quyidagi bevosita va bilvosita asbob-uskunalar, vositalar ishga solinadi: 1. Eksperimentni tayyorlash vositalari (yorug’lik manbalari, zarrachalarni chiqaruvchi texnik manbalar, generatorlar); 2. Sharoit yaratuvchi, saqlovchi, himoya qiluvchi vositalar (to’siqlar vakuum nasoslar, himoya ekranlari va boshqalar) 3. Obyektga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi tuzilmalar (zarrachalar to’pi, magnit maydoni, energiya beruvchi uskunalar); 4. Kuchaytirish va o’zgartirish vositalari (mikroskoplar, zarrachalarni tezlatkichi, sinxrofazatron); 5. Aniqlovchi va o’lchaydigan uskunalar (galvonometr, schetchiklar);