logo

Ilmiy bilishning xususiyatlari va ko’p xilligi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

22.2490234375 KB
Ilmiy bilishning xususiyatlari va ko’p xilligi
Reja
1. Ilmiy bilishning ko’p xilligi
2. Fanning empirik va nazariy bilish shakllari 1. Ilmiy bilishning ko’p xilligi
Ko’p   xillik   borlikning   tub   xislatlaridan   biridir.   Ko’p   xillik   orqali
cheklik chekchizlikka o’tadi.
Tabiat,   jamiyat   va   ma’naviyatni   mavjudlik   va   taraqqiyot   qonunlari,
ulardagi   jarayonlar,   namoyon   bo’lish   shakllari   ko’p   xillik   xususiyatiga   ega.
Bilish va ilmiy bilish bundan istisno emas.
Bilish   morfologik,   diniy,   g’ayriilmiy,   badiiy,   texnik,   ilmiy,   etik
ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin.
Ayni   paytda   ilmiy   bilishni   o’zi   ham   ko’p   shaklli   va   ko’p   xil   bo’lishi
mumkin.
Ilmiy   bilish   nazariy   bilishni   bir   turidir.   Nazariy   bilishni   boshqa   xili
falsafiy bilishdir.
To’g’ri   falsafiy   bilishni   o’zi   ilmiy,   ilohiyotli,   badiiy   obrazli
ko’rinishlarida mavjud bo’lishi mumkin.
Platon,   Plotin,   Al-G’azzoliy,   Kant,   Shopengauerni   falsafiy   qarashlari
bunga yaqqol misol bo’ladi.
Bilishni   ko’p   xilligi   adabiyotda   bilishni   polimorfik   xarakteri
tushunchasi orqali ifodalangan.
Polimorflik   bu   ko’p   shaklli,   ko’p   xillik   degan   ma’noga   ega.   Rusiya
faylasufi   N.F.   Ovchinnikovni   fikricha   epistemologik   (gnoseologik)
polemorflik   -   bu   ilmiy   bilish   shakllari,   darajalari   va   strukturalarini   ko’p
xilligidir, ko’pligidir.
V.P. Filatov bilishni ko’p xilligi haqida fikr yuritar ekan, tahlilni bilish
obyektlarini katta turkumlarga bo’lishdan boshlaydi.
Bular:   1. Tabiat va undagi jarayonlar
   2.  Madaniyat va tarix olami
   3. Insonni ichki, ma’naviy olami Bu   sohalarni   bilish,   ulardan   bilishda   qo’llaniladigan   usullar   o’zaro
aloqada   bo’lsa   ham,   har   xolda   ularni   o’rganishga   qaratilgan   bilish   shakllari
o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Bular: 1. Tushuntirish
   2. Tushunish
   3. Refleksiya
Bir   vaqtlar   fanni,   ilmiy   rasionallik   tamoyillarini,   ilmiy   aqlni   kuchini
haddan   tashqari   bo’rttirib   yubordilar,   borlik   va   ma’navtiyatni   barcha,   hatto
eng nozik, insonni shaxsiyatli tomonlarini o’rganishga tatbiq qilishga harakat
qiladilar.
Tushunish   va   murokaba   ko’proq   natija   berishi   mumkin   sohalarini
tabiatshunoslikda   qabul   qilingan   ilmiy   rasionallik   normalari   vositasi   bilan
o’rganishga harakat qilindi.
Vaziyat shu darajaga yetdiki, asrimizni birinchi yarmida neopozitivizm
vakillari   biologiya,   psixologiya,   sosiologiya,   tilshunosliklarni   obyektlarni
fizika   va   matematika   tili   bilan   tavsiflash   kerak,   bu   tadqiqotni   aniqligini,
samaradorligini kuchaytiradi degan uslubiy xulosalarga kelishi.
Faylasuf   I.T.   Kasavin   inson   aqliga   xos   bo’lgan   bilishni   ko’p   xilligi
haqida   fikr   yuritib   ilmiy   va   noilmiy   bilishlar,   ularni   nisbati   masalasida
qimmatli mulohazalar keltiradi.
Ilmiy   bilishni   tamoyillari   va   talablari   haqiqatni   beruvchi   birdan   bir,
oxirgi bilish shakli emas.
Ilmiy   aql   tamoyillarini   olimlar   ishlab   chiqadi,   ular   haqida   faylasuflar
mulohaza   yuritadilar.   Lekin,   ular   bilish,   fan   tarixi   shundan   dalolat   beradi,
o’tkinchi, chegaralangan, nisbiy mazmun va tatbiq qilish miqyosiga ega.
I.T. Kasavin inson bilimini 3 turga bo’ladi: amaliy; ma’naviy amaliy va
nazariy bilimlar. Amaliy   bilim   turli   ishlab   chiqarish,   siyosiy,   turmush   amaliyoti
zaminida   paydo   bo’ladi,   ma’lum   ehtiyojlarni   qondiradi.   Ijtimoiy   bilishni
to’plash,   qayta   ishlash   va   tarqatish   amaliyotda   ishlatiladigan   mehnat
qurollari,   kasb-hunarmandchilikni   maxsus   asbob   uskunalari,   ya’ni   nazariy,
aqliy usul bo’lmagan vositalar orqali amalga oshiriladi.
Bu yerda (obyektni in’ikos qilish) va ong) (ijtimoiy munosabatlarni aks
etish   shakli)   o’rtasida   farq   deyarli   yo’q,   chunki   bilim   nazariy   va   refleksif
xarakterga ega emas.
Ishlab   chiqarishni   ayrim   sohalari   ayrim   chuqur   amaliy   bilimni   talab
qiladi. Ko’p holda ixtisoslashgan amaliy bilimni sir saqlashdan, ko’p hollarda
sivilizasiya   va   madaniyatni   o’zgarishi   bilan   yo’qolib   ketgan.   Masalan,
Hindistonda   juda   qadim   zamonda   yasalgan   po’lat   ustun   bor.   Uni   hozirgi
texnologiya vositasi bilan yasash murakkab ishdir. Qadimgi hind temirsozlari
bunday texnologiyani bilishgan.
1.   Amaliy   faoliyat   bag’rida   tug’ilgan   amaliy   bilish   juz’iy   amaliyotga
asoslanadi,   konkret   amaliy   yoki   ma’naviy   madaniy   ehtiyojni   qondiradi,
shaxsiy   muloqotda   bir   kishidan   ikkinchi   kishiga   o’tadi,   nazariy   qoida   va
andazalar   yordamida   emas,   balki   aqliy   ko’nikma,   malaka   tizimida
mustahkamlanadi.
Amaliy bilim har doim bo’lgan, miqyosi va roli katta bo’lgan. Ijtimoiy
amaliyot   va   hayotni   ko’p   xil   bo’lib   borishi   davomida   amaliy   bilimni   turli
ko’rinishlari ko’payib boraveradi, u fan tomonidan to’la qisib chiqarilmaydi.
Demak bilish shaklini ko’p xilligi ortib boraveradi.
2.   Ma’naviy   -   amaliy   bilim   turiga   muloqot,   marosim,   ma’naviyat,
badiiy faoliyatlar xususidagi bilimlar kiradi.
Ma’naviy   -   amaliy   bilim   insonlarni   ijtimoiy   va   madaniy   tajribalarini
umumlashtiradi.   U   ishlab   chiqarishdan   tashqarida   shakllanadi,   turli   -   tuman
siymolarda ifodalanadi. Obrazli   tavsiflash,   ijtimoiy   va   shaxsiy   tajribaga   andaza   berish,   ezgu
niyatlarni ifodalash - ma’naviy bilimni asosiy vazifasiga kiradi.
3.   Nazariy   bilim   tadqiqot   deb   ifodalansa   bo’ladigan   faoliyatdan   kelib
chiqadi.   Bu   bilim   to’g’ri   mafkura,   falsafa,   ilohiyot,   fan   sohalarda   paydo
bo’ladi, shakllanadi.
Nazariy   bilim   voqyelikni   chuqur   in’ikosini   beradi,   mohiyatini   ochib
beradi,   shu   bois   tanqidiy,   tanqid   qilish   xislati   kiradi.   Tajriba   va   hissiyot
bergan   ma’lumotlarga   ko’r-ko’rona   ishonmaydi.,   hodisani   mohiyatdan   farq
qilishni   anglaydi.   Nazariy   bilim   ongni   o’ziga   tanqidiy   ko’z   bilan   qarab,
murokaba* darajasida tahlil qiladi.
2.Fanning empirik va nazariy bilim shakllari
Bilish   obyektiga   aylangan   predmetlarni   qaysi   tomonlarini   bilish,
o’rganishga qarab, predmetni mohiyatini uni belgilari va xususiyatlarini idrok
qilib,   tavsiflab   berish   orqali   bilish   mumkinligini   hisobga   olib,   2   xil   bilish
darajasi va shakllarini ajratadilar: empirik bilish, nazariy bilish.
Empirik   (tajribaviy)   tadqiqot   bevosita   obyektga   qaratilgan   bo’lib,
kuzatish   va   eksperiment   jarayonida   olingan   ma’lumotlar   bilan   ish   ko’radi
(yig’adi, tartibga soladi va hokazo).
Nazariy   tadqiqot   o’rganilayotgan   obyektni   qonuniyatlarini,
aloqadorliklarini, sifatiy va miqdoriy qonuniyatlar va bog’lanishlarni ochadi,
tushuntiradi, oyuyektni bir butun tasvirini berishga harakat qiladi.
Empirik tadqiqot bir tomondan nazariy tadqiqot xulosalarini tasdiqlaydi
yoki   tasdiqlamaydi,   ikkinchi   tomondan   mavjud   nazariya   tomonidan
tushuntirishni iloji bo’lmagan yangi faktlarni yetkazib ham berishi mumkin.
Bu yangi faktlarni nazariy tahlil qilish asosida yangi ilmiy nazariya vujudga
kelishi mumkin. Bundan   ko’rinib   turibdiki,   empirik   va   nazariy   bilish   shakllari   bir-biri
bilan bog’langan.
Empirik bilishni shakllari: faktik jumlalar, kuzatishga doir ma’lumotlar,
statistik   ma’lumotlar,   hissiy   obrazlar,   komp’yuterdagi   virtual   tasvirlar   va
hokazolar.
Nazariy   bilish   shakllari:   gipoteza,   tushunchalar,   aksiomalar,   ilmiy
muammo, nazariy, bashoratlar.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR  RO‘YXATI :
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi.   –   Toshkent:
O‘zbekiston NMIU, 2017. – B. 74.
2. 2017 – 2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi .2017.   yil   7   fevral
(PF4947) .
3. To‘raev B.O. Tabiatshunoslik falsafasi.-T.:Tafakkur, 2010
4. T o‘ raev B.O. Abu Rayhon Beruniy. – T.: Tafakkur, 2010. – B. 96
5. To‘raev B.O. Ontologiya, gnoseologiya, logika va fan falsafasi 
muammolari. Tanlangan asarlar: I jild. O‘zMK nashriyoti, 2015. –B. 376.
6. To‘raev   B.   Hozirgi   zamon   tabiatshunoslik   konsepsiyasi.   –   T.:
Tafakkur. 2009. –B. 208
7. Turaev   B.O.   Sinergetika:   mohiyati,   qonuniyatlari   va   amaliyotda
namoyon bo‘lishi. Jamoaviy monografiya. – T.: Navro‘z, 2017. –B. 36 4 .
8. Qo‘shoqov Sh. Tabiatshunoslik falsafasi. S.:Samarqand; 2004.
9. Qo‘shoqov Sh.S. Tabiiy, texnik va ijtimoiy – gumanitar fanlarning
falsafiy muammolari.S.:SamDU, 2000.
10. Shermuxamedova  N.  Falsafa va  fan metodologiyasi.-T.: 
Universitet,  2005.
11.   Shermuxamedova   N.   Falsafa   va   fan   metodologiyasi    –   T.:   
Axborot texnologiyalari, 2008. 12. Shermuxamedova  N.A. Gnoseologiya –  bilish falsafasi. -
T.:“Noshir”,   2011.

Ilmiy bilishning xususiyatlari va ko’p xilligi Reja 1. Ilmiy bilishning ko’p xilligi 2. Fanning empirik va nazariy bilish shakllari

1. Ilmiy bilishning ko’p xilligi Ko’p xillik borlikning tub xislatlaridan biridir. Ko’p xillik orqali cheklik chekchizlikka o’tadi. Tabiat, jamiyat va ma’naviyatni mavjudlik va taraqqiyot qonunlari, ulardagi jarayonlar, namoyon bo’lish shakllari ko’p xillik xususiyatiga ega. Bilish va ilmiy bilish bundan istisno emas. Bilish morfologik, diniy, g’ayriilmiy, badiiy, texnik, ilmiy, etik ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin. Ayni paytda ilmiy bilishni o’zi ham ko’p shaklli va ko’p xil bo’lishi mumkin. Ilmiy bilish nazariy bilishni bir turidir. Nazariy bilishni boshqa xili falsafiy bilishdir. To’g’ri falsafiy bilishni o’zi ilmiy, ilohiyotli, badiiy obrazli ko’rinishlarida mavjud bo’lishi mumkin. Platon, Plotin, Al-G’azzoliy, Kant, Shopengauerni falsafiy qarashlari bunga yaqqol misol bo’ladi. Bilishni ko’p xilligi adabiyotda bilishni polimorfik xarakteri tushunchasi orqali ifodalangan. Polimorflik bu ko’p shaklli, ko’p xillik degan ma’noga ega. Rusiya faylasufi N.F. Ovchinnikovni fikricha epistemologik (gnoseologik) polemorflik - bu ilmiy bilish shakllari, darajalari va strukturalarini ko’p xilligidir, ko’pligidir. V.P. Filatov bilishni ko’p xilligi haqida fikr yuritar ekan, tahlilni bilish obyektlarini katta turkumlarga bo’lishdan boshlaydi. Bular: 1. Tabiat va undagi jarayonlar 2. Madaniyat va tarix olami 3. Insonni ichki, ma’naviy olami

Bu sohalarni bilish, ulardan bilishda qo’llaniladigan usullar o’zaro aloqada bo’lsa ham, har xolda ularni o’rganishga qaratilgan bilish shakllari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bular: 1. Tushuntirish 2. Tushunish 3. Refleksiya Bir vaqtlar fanni, ilmiy rasionallik tamoyillarini, ilmiy aqlni kuchini haddan tashqari bo’rttirib yubordilar, borlik va ma’navtiyatni barcha, hatto eng nozik, insonni shaxsiyatli tomonlarini o’rganishga tatbiq qilishga harakat qiladilar. Tushunish va murokaba ko’proq natija berishi mumkin sohalarini tabiatshunoslikda qabul qilingan ilmiy rasionallik normalari vositasi bilan o’rganishga harakat qilindi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, asrimizni birinchi yarmida neopozitivizm vakillari biologiya, psixologiya, sosiologiya, tilshunosliklarni obyektlarni fizika va matematika tili bilan tavsiflash kerak, bu tadqiqotni aniqligini, samaradorligini kuchaytiradi degan uslubiy xulosalarga kelishi. Faylasuf I.T. Kasavin inson aqliga xos bo’lgan bilishni ko’p xilligi haqida fikr yuritib ilmiy va noilmiy bilishlar, ularni nisbati masalasida qimmatli mulohazalar keltiradi. Ilmiy bilishni tamoyillari va talablari haqiqatni beruvchi birdan bir, oxirgi bilish shakli emas. Ilmiy aql tamoyillarini olimlar ishlab chiqadi, ular haqida faylasuflar mulohaza yuritadilar. Lekin, ular bilish, fan tarixi shundan dalolat beradi, o’tkinchi, chegaralangan, nisbiy mazmun va tatbiq qilish miqyosiga ega. I.T. Kasavin inson bilimini 3 turga bo’ladi: amaliy; ma’naviy amaliy va nazariy bilimlar.

Amaliy bilim turli ishlab chiqarish, siyosiy, turmush amaliyoti zaminida paydo bo’ladi, ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Ijtimoiy bilishni to’plash, qayta ishlash va tarqatish amaliyotda ishlatiladigan mehnat qurollari, kasb-hunarmandchilikni maxsus asbob uskunalari, ya’ni nazariy, aqliy usul bo’lmagan vositalar orqali amalga oshiriladi. Bu yerda (obyektni in’ikos qilish) va ong) (ijtimoiy munosabatlarni aks etish shakli) o’rtasida farq deyarli yo’q, chunki bilim nazariy va refleksif xarakterga ega emas. Ishlab chiqarishni ayrim sohalari ayrim chuqur amaliy bilimni talab qiladi. Ko’p holda ixtisoslashgan amaliy bilimni sir saqlashdan, ko’p hollarda sivilizasiya va madaniyatni o’zgarishi bilan yo’qolib ketgan. Masalan, Hindistonda juda qadim zamonda yasalgan po’lat ustun bor. Uni hozirgi texnologiya vositasi bilan yasash murakkab ishdir. Qadimgi hind temirsozlari bunday texnologiyani bilishgan. 1. Amaliy faoliyat bag’rida tug’ilgan amaliy bilish juz’iy amaliyotga asoslanadi, konkret amaliy yoki ma’naviy madaniy ehtiyojni qondiradi, shaxsiy muloqotda bir kishidan ikkinchi kishiga o’tadi, nazariy qoida va andazalar yordamida emas, balki aqliy ko’nikma, malaka tizimida mustahkamlanadi. Amaliy bilim har doim bo’lgan, miqyosi va roli katta bo’lgan. Ijtimoiy amaliyot va hayotni ko’p xil bo’lib borishi davomida amaliy bilimni turli ko’rinishlari ko’payib boraveradi, u fan tomonidan to’la qisib chiqarilmaydi. Demak bilish shaklini ko’p xilligi ortib boraveradi. 2. Ma’naviy - amaliy bilim turiga muloqot, marosim, ma’naviyat, badiiy faoliyatlar xususidagi bilimlar kiradi. Ma’naviy - amaliy bilim insonlarni ijtimoiy va madaniy tajribalarini umumlashtiradi. U ishlab chiqarishdan tashqarida shakllanadi, turli - tuman siymolarda ifodalanadi.

Obrazli tavsiflash, ijtimoiy va shaxsiy tajribaga andaza berish, ezgu niyatlarni ifodalash - ma’naviy bilimni asosiy vazifasiga kiradi. 3. Nazariy bilim tadqiqot deb ifodalansa bo’ladigan faoliyatdan kelib chiqadi. Bu bilim to’g’ri mafkura, falsafa, ilohiyot, fan sohalarda paydo bo’ladi, shakllanadi. Nazariy bilim voqyelikni chuqur in’ikosini beradi, mohiyatini ochib beradi, shu bois tanqidiy, tanqid qilish xislati kiradi. Tajriba va hissiyot bergan ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ishonmaydi., hodisani mohiyatdan farq qilishni anglaydi. Nazariy bilim ongni o’ziga tanqidiy ko’z bilan qarab, murokaba* darajasida tahlil qiladi. 2.Fanning empirik va nazariy bilim shakllari Bilish obyektiga aylangan predmetlarni qaysi tomonlarini bilish, o’rganishga qarab, predmetni mohiyatini uni belgilari va xususiyatlarini idrok qilib, tavsiflab berish orqali bilish mumkinligini hisobga olib, 2 xil bilish darajasi va shakllarini ajratadilar: empirik bilish, nazariy bilish. Empirik (tajribaviy) tadqiqot bevosita obyektga qaratilgan bo’lib, kuzatish va eksperiment jarayonida olingan ma’lumotlar bilan ish ko’radi (yig’adi, tartibga soladi va hokazo). Nazariy tadqiqot o’rganilayotgan obyektni qonuniyatlarini, aloqadorliklarini, sifatiy va miqdoriy qonuniyatlar va bog’lanishlarni ochadi, tushuntiradi, oyuyektni bir butun tasvirini berishga harakat qiladi. Empirik tadqiqot bir tomondan nazariy tadqiqot xulosalarini tasdiqlaydi yoki tasdiqlamaydi, ikkinchi tomondan mavjud nazariya tomonidan tushuntirishni iloji bo’lmagan yangi faktlarni yetkazib ham berishi mumkin. Bu yangi faktlarni nazariy tahlil qilish asosida yangi ilmiy nazariya vujudga kelishi mumkin.