logo

Ko’p qutbli, multisivilizasiyaviy dunyo

Загружено в:

16.11.2024

Скачано:

0

Размер:

595.9169921875 KB
Ko’p   qutbli,   multisivilizasiyaviy   dunyo .
Reja:
1.  Sovuq urush mobaynida global siyosat
2.  Jahon   sivilizasiyalari:   1990-yillardan   keyin
So’nggi   Sovuq   urushda,   tarixda   ilk   marotaba   global   siyosat   ko’p   qutbli   va
multisivilizasiyaviy   bo’ldi.   Insoniyat   mavjudligida   ko’pincha   munosabatlar
vaqtinchalik   yoki   umuman   bo’lmagan   edi.   Keyinchalik,   zamonaviy   eraning
boshlarida   (taxminan   milodiy   1500   yil)   global   siyosat   ikki   tomonga   bo’lingandek
qaraldi.   To’rt   yuz   yillar   mobaynida   G’arbning   milliy   mamlakatlari   –   Britaniya,
Fransiya, Ispaniya, Avstriya, Prussiya, Germaniya, Qo’shma Shtatlar va boshqalar –
g’arbiy sivilizasiya bilan ko’p qutbli xalqaro tuzumni tashkillashtirishdi, shuningdek,
o’zaro   munosabat   o’rnatishdi,   musobaqalashishdi,   hattoki   bir-biri   bilan   urushlarda
kurashishdi.   Shu   bilan   bir   vaqtda   g’arbiy   millatlar   kengayishdi,   zabt   etib,
koloniyalashtirishdi   yoki   boshqa   sivilizasiyalarga   ayyorona   ta’sir   o’tkazishdi. Sovuq
urush   mobaynida   global   siyosat   ikki   qutbli   edi,   jahon   esa   uch   qismga   bo’linib
olgandi.   AQSh   tomonidan   boshqariladigan   demokratik   va   juda   boy   mamlakatlar
Sovet   Ittifoqi   tomonidan   boshqariladigan   va   qo’llab-   quvvatlanadigan,   ma’lum
ma’noda   kambag’alroq   kommunist   jamiyatlar   bilan   keng   yoyilgan   mafkuraviy,
siyosiy,   iqtisodiy,   va  shuningdek,   harbiy   musobaqaga   kirishib  ish   yuritishar   edi.   Bu
nizolarning   ko’p   qismi   shu   ikki   lagerning   tashqarisidagi   Uchinchi   dunyoda   sodir
bo’lib,   kambag’al,   siyosiy   turg’unligi   kuchsiz,   endigina   mustaqil   bo’lgan,
shuningdek, teng bo’lmagan deya e’tirof etilgan davlatlarni qamrab oldi.
1980   yillar   oxirida   kommunist   dunyosi   quladi,   Sovuq   urush   esa   tarixda   xalqaro
tizim   sifatida   muhrlandi.   Sovuq   urushning   so’nggi   yillarida   xalqlarning   eng   asosiy
farqlari   mafkuraviy,   siyosiy   yoki   iqtisodiy   emas   edi.   Eng asosiy farq madaniylikda edi.
Insonlar   va   millatlar   insoniyat   uchraydigan   eng   asosiy   savolga   javob   berishga   harakat
qilishyapti: Biz kimmiz? Bunga insonlar insoniyat javob berib kelgan odatdagi usulda,
ya’ni   din,   til,   tarix,   qadriyatlar,   odatlar   va   rasm-rusumlarga   ishora   qilgancha   javob
berishmoqda. Ular o’zlarini qabilalar, urug’lar, etnik guruhlar, diniy jamoalar, millatlar va keng
ma’noda   –   sivilizasiyalar   bilan   tanitishadi.   Insonlar   siyosatdan   faqatgina   qiziqishlarini
oshirib   borish   uchun   emas,   balki   o’zliklarini   izohlashda   ham   foydalanishadi.   Biz
qachonki   kim   emasligimizni   bilsak   hamda   kimga   qarshi   ekanligimizni   anglab
yetsakkina kim ekanligimizni bilishimiz  mumkin.
Milliy   davlatlar   jahon   hamjamiyatida   asosiy   aktyorlar   hisoblanishadi.   Ularning
fe’l-atvori o’tgan zamonlardagi boylik va qudrat ta’qibiga ko’ra, shuningdek, madaniy
afzalliklar, umumiyliklar va farqliklarga ko’ra shakllangan.   Davlatlarning   eng   muhim
guruhlashtirishlari   endi   Sovuq   urushning   uchta   blokiga   emas,   balki   jahonning
kattagina   yetti  yoki  sakkizta   sivilizasiyasiga  bog’liq bo’lib qoldi  (1.3-xarita). G’arbiy
bo’lmagan   mamlakatlar,   asosan,   Sharqiy   Osiyo,   o’zlarining   iqtisodiy   boyliklarini
oshirib borib, siyosiy ta’sir va mahoratli   harbiy   qudrat   uchun   asos   yaratmoqdalar.   O’z
kuch-qudrati   va   o’ziga   ishonchi   oshib   borar   ekan,   g’arbiy   bo’lmagan   mamlakatlar
madaniy   qadriyatlarini   muttasil   tasdiqlab,   g’arb   tomonidan   singdirilayotgan
“majburlash”larni   rad   etib   kelmoqdalar.   “XXI   asrning   xalqaro   tizimi”,   –   deya   so’z
ochadi   Genri   Kissinjer,   —   “o’z   ichiga   oltita   kuchli   davlatlarni:   Qo’shma   Shtatlar,
Yevropa,   Xitoy,   Yaponiya,   Rossiya   va   ehtimollik   bilan   Hindiston,   shuningdek,
o’rtacha   va   kichik   davlatlar   ko’pligini   qamrab   oladi.   Kissinjerning   buyuk   oltiligi
beshta   turli   xil   sivilizasiyaga   tegishli   bo’lsa-da,   bunda   strategik   joylashuvi,   aholi
ko’pligi   hamda   yoqilg’i   boyliklariga   ega   islomiy   mamlakatlarning   ham   jahon
hamjamiyatiga ta’siri bor. Hozirgi kunda jahonda mahalliy siyosat – bu etnik siyosat,
global siyosat esa sivilizasiyalar siyosati  hisoblanadi. Superkuchlar raqobatining o’rni
esa sivilizasiyalar to’qnashuvi bilan almashdi. G’arb   va   boshqalar:   1920 Sovuq   urush:   1960- yillar
Erkin   davlatlar
Kommunist   blok
Betaraf   xalqlar Jahon   sivilizasiyalari:   1990- yillardan   keyingi   holat.
G’arb   tomonidan   boshqarilgan
G’arbning   mustaqil   va   nominal   davlatlari Hozirgi   kunda   keng   tarqalgan,   muhim   va   xavfli   nizolar   ijtimoiy   tabaqalar,
boylar  va kambag’allar  yoki boshqa iqtisodiy izohlanuvchi  guruhlar o’rtasida emas,
balki   turli   xil   madaniy   birlashmalarga   tegishli   insonlar   o’rtasida   kelib   chiqmoqda.
Qabilaviy   va   etnik   nizolar   sivilizasiyalarning   ichida   ro’y   beradi.   Turli
sivilizasiyalarga   tegishli   davlatlar   va   guruhlar   o’rtasidagi   nizolar   boshqa
sivilizasiyaga tegishli davlatlar va guruhlarning qardosh o’lkalarga ko’magini oshirib
borgani   kabi   o’zlarining   rivojlanish   ehtimoliga   sabab   bo’ladi.   Somalidagi   urug’
qabilalarining   qonli   to’qnashuvi   katta   nizo   keltirib   chiqarmaydi.   Ruandadagi
qabilalarning qonli to’qnashuvi Uganda, Zair va Burundi uchun ahamiyat kasb etsa-
da,   bu   uzoq   davom   etmaydi.   Ammo   Bosniya,   Kavkaz,   Markaziy   Osiyo   yoki
Kashmirdagi   sivilizasiyalar   to’qnashuvi   kattagina   urushga   aylanib   ketishi   mumkin.
Yugoslaviya   nizosida   Rossiya   Serbiyaga   diplomatik   yordam   ko’rsatgan   bo’lsa,
Saudiya   Arabistoni,   Turkiya,   Eron   va   Liviyaning   mablag’   va   qurollar   tomonidan
Bosniyaga yordam ko’rsatishi   g’oyaviy   yoki   kuch   siyosati   yoxud   iqtisodiy   qiziqishlar
sababidan   emas, balki madaniy qarindoshlik tufayli ekanligidan dalolatdir. “Madaniy
nizolar”,   -   deya   kuzatadi   Vaklav   Xevl,   -   “tarixga   nisbatan   olib   qarasak,   hozirgi kunda
yanada  oshib,  xavfli   tusga  kirib  bormoqda”.  Bu  fikrga  Jekus  Delors  qo’shilar   ekan:
“kelajakdagi   nizolar   iqtisodiy   yoki   g’oyaviy   omillarga   nisbatan,   madaniy   omillar
orqali   ko’proq   uchqun   oladi”,   -   deydi.   Eng   xavfli   madaniy   nizolar   esa
sivilizasiyalarning o’rtasidagi bo’linish chizig’ida yotadi.
Sovuq   urushdan   keyingi   yillarda   madaniyat   bo’luvchi   va   birlashtiruvchi
kuchga aylana bordi. Insonlar g’oyaviy bo’lingan bo’lsalar-da, ular madaniy birlasha
olardilar,   buni   Germaniya   amalga   oshirgani,   shuningdek,   ikki   Koreya   hamda   bir
nechta   xitoyliklarning   birlashish   arafasida   turgani   misolida   ko’rishimiz   mumkin.
Jamiyatlar   g’oyaviy   yoki   tarixiy   holatlarda   birlashishi   mumkin,   ammo
sivilizasiyalarga ko’ra yo Sovet Ittifoqi, Yugoslaviya va Bosniya kabi bo’linib ketadi,
yoki   Ukraina,   Nigeriya,   Sudan,   Hindiston,   Shri-Lanka   va   boshqa   mamlakatlar   kabi
kuchli   zo’riqishga   uchraydi.   Madaniy   yaqinlikka   ega   mamlakatlar   iqtisodiy   va
siyosiy   hamkorlik   qilishadi.   Madaniy   umumiylikka ega    davlatlarga	    asoslangan
xalqaro	
  tashkilotlar,	  misol	  uchun	  Yevropa Ittifoqi,   haddan   ortiq   madaniyatlashayotganlarga   nisbatan   ancha   muvaffaqiyatga
erishmoqda.   Qirq   besh   yil   mobaynida   Temir   parda   chizig’i   Yevropaning   markaziy
ajratuvchi   chizig’i   bo’ldi.   Bu   chiziq   sharqqa   qarab   bir   necha   yuzlab   milyagacha
cho’zilgandi.   Hozirgi   kunda   esa   bu   chegara   G’arb   xristianligini   muslim   va   boshqa
e’tiqodli insonlardan ajratib turuvchi chiziqqa aylandi.
Qadriyatlar,   ijtimoiy   munosabatlar,   odatlar   va   hayotga   nisbatan   qarashlar
asosida   yotuvchi   falsafiy   farazlar   sivilizasiyalar   orasida   katta   farqqa   ega.   Dinning
dunyoning   ko’pgina   qismida   jonlantirilishi   madaniy   farqlarni   mustahkamlab
boryapti.   Madaniyatlar   o’zgarishi   mumkin,   xuddi   shunday,   ularning   siyosat   va
iqtisodiyotga   nisbatan   ta’sir   tabiati   ham   bir   davrdan   boshqa   davrga   nisbatan   farq
qiladi.   Biroq   sivilizasiyalar   ichra   iqtisodiy   va   siyosiy   rivojlanishlardagi   katta
o’zgarishlar   ularning   turli   xil   madaniyatlariga   borib   taqaladi.   Sharqiy   Osiyoning
iqtisodiy   muvaffaqiyati   asosi   Sharqiy   Osiyo   madaniyatida   yotadi,   chunki   Sharqiy
Osiyo   jamiyatlari   ko’rgan   qiyinchiliklari   orqali   demokratik   siyosiy   tizim
muvozanatiga   erishdi.   Islom madaniyati esa muslim dunyosida demokratiyaning ro’y
berish ehtimolligini yo’qqa chiqarishda eng katta sababdir. Sharqiy Yevropa va sobiq
Sovet Ittifoqining postkommunist jamiyatlarining taraqqiyoti ularning sivilizasiyaviy
ayniyatlariga   asosan   shakllandi.   G’arbiy   xristian   madaniy   merosiga   ega   bo’lganlar
iqtisodiy   taraqqiyot   va   demokratik   siyosatga   nisbatan   jadal   rivojlanishda   bo’lsa,
pravoslav   mamlakatlarning   iqtisodiy   va   siyosiy   taraqqiyoti   mavhum,   muslim
mamlakatlarining istiqboli esa mudhish ahvolda  qolmoqda.
G’arb   hozirda   va   kelayotgan   bir   necha   yillarda   eng   kuchli   sivilizasiya   bo’lib
qoladi.  Ammo   uning  boshqa   sivilizasiyalarga   nisbatan   qudrati   zaiflashib   bormoqda.
G’arb   mamlakatlari   o’z   qadriyatlarini   tasdiqlash   va   manfaatlarini   himoya   qilishga
urinishsa,   g’arbiy   bo’lmagan   mamlakatlar   tanlovga   qarshi   bo’lishadi.   Ayrimlari
G’arb   bilan   musobaqalashishadi,   hamkorlik   qilishadi   yoki   jaydari   qilib   aytganda,
“aravasiga   osilib   oladi”.   Konfusiy   va   islomiy   jamiyatlar   esa   G’arbga   nisbatan
“muvozanatlashish”   va   qarshi   turish   uchun   o’zlarining   iqtisodiy   va   harbiy
kuchlarini   kengaytirishga   urinishmoqda. Sovuq   urushdan   keyingi   yillar   siyosatining   markaziy   o’qi   G’arb   qudrati   va
madaniyati   g’arbiy   bo’lmagan   mamlakatlar   sivilizasiyasining   madaniyati   va
qudrati bilan o’zaro aloqaga kirishuvidadir.
Xulosa   qilsak,   Sovuq   urushdan   keyingi   yillardagi   dunyo   yetti   yoki
sakkizta   sivilizasiya   dunyosidir.   Madaniy   umumiyliklar   va   farqlar   manfaatlar,
antagonizmlar va davlatlar hamkorligini shakllantiradi. Jahonda juda ahamiyatli
mamlakatlar   katta   ehtimol   bilan   turli   xil   sivilizasiyalardan   kelib   chiqadi.
Mahalliy   nizolarning   katta   urushlardek   alanga   olib   ketishi,   asosan,   turli
sivilizasiyalarga   tegishli   guruhlar   va   mamlakatlar   o’rtasida   yuz   beradi.   Siyosiy
va iqtisodiy rivojlanishlarning ustunlik namunalari sivilizasiyadan sivilizasiyaga
o’zgarib   boradi.   Xalqaro   kun   tartibidagi   asosiy   muammolar   sivilizasiyalar
orasidagi   farqlarni   qamrab   oladi.   Qudrat   uzoq   vaqtlik   g’arbdan   g’arbiy
bo’lmagan   mamlakatlarga   ko’chib   o’tmoqda.   Global   siyosat   ko’p   qutbli   va
multisivilizasiyaviy siyosatga aylandi.

Ko’p qutbli, multisivilizasiyaviy dunyo . Reja: 1. Sovuq urush mobaynida global siyosat 2. Jahon sivilizasiyalari: 1990-yillardan keyin So’nggi Sovuq urushda, tarixda ilk marotaba global siyosat ko’p qutbli va multisivilizasiyaviy bo’ldi. Insoniyat mavjudligida ko’pincha munosabatlar vaqtinchalik yoki umuman bo’lmagan edi. Keyinchalik, zamonaviy eraning boshlarida (taxminan milodiy 1500 yil) global siyosat ikki tomonga bo’lingandek qaraldi. To’rt yuz yillar mobaynida G’arbning milliy mamlakatlari – Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Avstriya, Prussiya, Germaniya, Qo’shma Shtatlar va boshqalar – g’arbiy sivilizasiya bilan ko’p qutbli xalqaro tuzumni tashkillashtirishdi, shuningdek, o’zaro munosabat o’rnatishdi, musobaqalashishdi, hattoki bir-biri bilan urushlarda kurashishdi. Shu bilan bir vaqtda g’arbiy millatlar kengayishdi, zabt etib, koloniyalashtirishdi yoki boshqa sivilizasiyalarga ayyorona ta’sir o’tkazishdi. Sovuq urush mobaynida global siyosat ikki qutbli edi, jahon esa uch qismga bo’linib olgandi. AQSh tomonidan boshqariladigan demokratik va juda boy mamlakatlar Sovet Ittifoqi tomonidan boshqariladigan va qo’llab- quvvatlanadigan, ma’lum ma’noda kambag’alroq kommunist jamiyatlar bilan keng yoyilgan mafkuraviy, siyosiy, iqtisodiy, va shuningdek, harbiy musobaqaga kirishib ish yuritishar edi. Bu nizolarning ko’p qismi shu ikki lagerning tashqarisidagi Uchinchi dunyoda sodir bo’lib, kambag’al, siyosiy turg’unligi kuchsiz, endigina mustaqil bo’lgan, shuningdek, teng bo’lmagan deya e’tirof etilgan davlatlarni qamrab oldi. 1980 yillar oxirida kommunist dunyosi quladi, Sovuq urush esa tarixda xalqaro tizim sifatida muhrlandi. Sovuq urushning so’nggi yillarida xalqlarning eng asosiy farqlari mafkuraviy, siyosiy yoki iqtisodiy emas edi. Eng asosiy farq madaniylikda edi. Insonlar va millatlar insoniyat uchraydigan eng asosiy savolga javob berishga harakat qilishyapti: Biz kimmiz? Bunga insonlar insoniyat javob berib kelgan odatdagi usulda, ya’ni din, til, tarix, qadriyatlar, odatlar va rasm-rusumlarga ishora qilgancha javob berishmoqda.

Ular o’zlarini qabilalar, urug’lar, etnik guruhlar, diniy jamoalar, millatlar va keng ma’noda – sivilizasiyalar bilan tanitishadi. Insonlar siyosatdan faqatgina qiziqishlarini oshirib borish uchun emas, balki o’zliklarini izohlashda ham foydalanishadi. Biz qachonki kim emasligimizni bilsak hamda kimga qarshi ekanligimizni anglab yetsakkina kim ekanligimizni bilishimiz mumkin. Milliy davlatlar jahon hamjamiyatida asosiy aktyorlar hisoblanishadi. Ularning fe’l-atvori o’tgan zamonlardagi boylik va qudrat ta’qibiga ko’ra, shuningdek, madaniy afzalliklar, umumiyliklar va farqliklarga ko’ra shakllangan. Davlatlarning eng muhim guruhlashtirishlari endi Sovuq urushning uchta blokiga emas, balki jahonning kattagina yetti yoki sakkizta sivilizasiyasiga bog’liq bo’lib qoldi (1.3-xarita). G’arbiy bo’lmagan mamlakatlar, asosan, Sharqiy Osiyo, o’zlarining iqtisodiy boyliklarini oshirib borib, siyosiy ta’sir va mahoratli harbiy qudrat uchun asos yaratmoqdalar. O’z kuch-qudrati va o’ziga ishonchi oshib borar ekan, g’arbiy bo’lmagan mamlakatlar madaniy qadriyatlarini muttasil tasdiqlab, g’arb tomonidan singdirilayotgan “majburlash”larni rad etib kelmoqdalar. “XXI asrning xalqaro tizimi”, – deya so’z ochadi Genri Kissinjer, — “o’z ichiga oltita kuchli davlatlarni: Qo’shma Shtatlar, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va ehtimollik bilan Hindiston, shuningdek, o’rtacha va kichik davlatlar ko’pligini qamrab oladi. Kissinjerning buyuk oltiligi beshta turli xil sivilizasiyaga tegishli bo’lsa-da, bunda strategik joylashuvi, aholi ko’pligi hamda yoqilg’i boyliklariga ega islomiy mamlakatlarning ham jahon hamjamiyatiga ta’siri bor. Hozirgi kunda jahonda mahalliy siyosat – bu etnik siyosat, global siyosat esa sivilizasiyalar siyosati hisoblanadi. Superkuchlar raqobatining o’rni esa sivilizasiyalar to’qnashuvi bilan almashdi.

G’arb va boshqalar: 1920

Sovuq urush: 1960- yillar Erkin davlatlar Kommunist blok Betaraf xalqlar

Jahon sivilizasiyalari: 1990- yillardan keyingi holat. G’arb tomonidan boshqarilgan G’arbning mustaqil va nominal davlatlari