logo

Insonning paydo bo’lishining ijtimoiy jihati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

79 KB
Insonning paydo bo’lishining ijtimoiy jihati
Reja:
1. Odamning paydo bo’lishi haqida ta’limotlar. 
2. "Fergantrop" odami muammosi. 
3. O’zbekiston xududida "ongli odam"ning paydo bo’lishi. 
  Odamzotning   paydo   bo’lishi   muammosi   birgina   biologiya   fanining
vazifasi   bo’lmay,   balki   bu   jumboq   ayni   vaqtda   arxeologiya   va     antropologiya
fanining ham vazifasidir. Bu muammoni ilmiy va ilohiy echimi mavjud. YAkka
xudolikni joriy etgan barcha jahon diniy ta’limotlarida odamzotning yaratilishi
ilohiyoti   bilan   bog’lanadi.   Masalan,   "Bibliya"   da   odamzot   xudo   tomonidan
bundan 7 ming yil burun "qizil loy" dan yaratildi deyiladi. 
Qur’oni Karimda esa odamning loydan yaratilganligi va Ollohning irodasi bilan
unga jon kiritilgani haqida ta’kidlanadi. Xatto zardushtiylik dinida xam shunga
o’xshash   rivoyat   hikoya   qilinadi.   Odamzotning   birinchi   vakillari   sifatida
"Bibliya"   da   Adam   va   Eva,   Qur’oni   Karimda   Odam   Ato   va   Momo   Havo,
zardushtiylik dinida esa Iyshi nomlari keltirilgan. 
Odamning   paydo   bo’lishi   haqida   olimlar   o’rtasida   har   xil   qarashlar
mavjud.   Masalan,   Ovro’palik   olimlardan   O.SHengler   odamzodning   eng
qadimgi ajdodlarini biz bilmaymiz, odam hamma vaqt Hozirgidek edi, deydi. U
bilan hamfikr Kneyshmid esa odamning ongi bo’lganini aytadi. Tibetliklarning
tasavvurida   tog’   alvastisining   maymunlar   bilan   jinsiy   aloqa   qilganliklari
natijasida tibetliklar paydo bo’lgan emish. Odamzodning paydo bo’lishi haqida
shunga   o’xshash   rivoyatlar   ayniqsa   insoniyat   tarixida   yakka   xudolikni   joriy
etish   dinlarning   paydo   bo’lishiga   qadar   ko’pincha   xalqlar   og’zaki   ijodiyotida
mavjud edi. 
Odamning paydo bo’lish masalasida fan olamining o’z yo’nalishlari bor.
Olimlar odamning paydo bo’lish muammosi bilan qadimdan shug’ullanishgan.
Masalan, yunon olimi Arastu tabiatni bir karvonga o’xshatib, odamzod quyidan
yuqoriga, oddiydan murakkabga, hayvonot  olamidan odamzot  dunyosiga o’sib
chikdi, degan fikrni olg’a surgan. U hayvonot bilan odam o’rtasida "maymun"
ni joylashtirdi. O’rta asrlarda bu masalada g’ayri diniy fikr bildirganlar olovga
tashlandi.   Masalan   faylasuf   Lyuchilo   Vaninining   (Italiya)   takdiri   shunday
tugagan   edi.   SHved   olimi   Karl   Linney   odamzodning   kelib   chiqishini   hayvon
bilan   bog’laydi,   ammo   u   insondagi   onglilik   Ollohning   karomati   edi,   deydi.
XVIII   asrning   oxirida   Jems   Manbodda   birinchi   bo’lib   odamning   eng   oliy tipdagi   odamsimon   "maymun"   dan   tarqadi,   degan   g’oyani   olg’a   suradi.
Manboddaning   zamondoshlari   oliy   tipdagi   "maymun"   sifatida   orangutangni
tushundilar.   "Maymun"   larning   odamga   aylanishida   mehnatning   roli   katta
ekanligi   ta’kidlandi.   Ammo   ular   orangutang   mehnat   qilsa   ham   undan   hech
qachon odam paydo bo’lmasligini tushunadilar. 
Odamzodning   eng   oliy   tipdagi   maymunsimon   ajdodlar   bilan   bog’likligi
haqida ilmiy g’oya CHarlz Darvinga nasib etdi. CH.Darvinning bunday xulosa
kelishiga qadar Ovrupada qator ilmiy kashfiyotlar qilingan edi. 
1848 yilda ispaniyalik ishchilar Gibraltar qoyasida portlatish vaqtida eng
qadimgi   odamning   pastki   jag’siz   kalta   suyagini   topdilar.   1956   yilda   esa
Germaniyaning   Neandertal   vodiysida   Feldgofer   g’orini   tozalash   vaqtida
Gibraltar   topilmasiga   zamondosh   odam   bosh   suyagining   qopqog’i   va   uning
boshqa suyaklari topildi. Olimlar ularning miya suyagining hajmini o’lchaganda
u   1400   kub,   santimetrga   yaqin   bo’lib,   ongli   odam   bosh   suyagiga   o’xshab
ketardi.   Bu   ikki   topilma   jahon   tarixiga   neandertal   odami   nomi   bilan   kiritildi.
Olimlar neandertap yashagan davrni 100-40 ming yil bilan belgilanadilar. 
1856   yilda   Frantsuz   paleontologi   Larte   Avstriyaning   YUqori   Granna
degan joyida er tarixining miotsen yotqiziqlaridan (bundan 5-12 mln yil burun)
eng   oliy   tipdagi   odamsimon   "maymun"ning   uchta   tishi   bilan   pastki   jag’ini
topdi. Unga olimlar driopitek (daraxtda yuruvchi "maymun") deb nom berishdi.
Hozirgi vaqtda dunyoning har xil joylaridan driopiteklarning 10 dan ortiq xillari
topildi.   Lekin   ular   Avstriya   driopitekidan   farqli   bo’lib,   ularning   ayrimlari
olimlar   xulosasiga   ko’ra   shimpanze,   gibbon,   orangutang,   gorilla   kabi   Hozirgi
zamon   maymunlarini   ajdodlari   edi.   Avstriya   topilmasi   CH.   Darvin   tomonidan
sinchiklab o’rganildi va uning tishlarida odamzod tishlariga xos belgilar borligi
isbotlandi.   CH.Darvin   bu   odamsimon   "maymun"   driopitekda   odamzodning
ajdodini   ko’ra   bildi.   U   yaratgan   ta’limotga   ko’ra   boshqa   driopiteklardan
odamzod   ajdodining   tarqalishi   mumkin   emas.   Darvin   driopiteki   allaqachon
o’lib   ketgan.   Undan   qolgan   iz   so’ngi   avlod   edi.   Boshqa   driopiteklardan odamzodning   ilk   ajdodlari   paydo   bo’lganidek,   Hozirgi   zamon   maymunlaridan
ham hech qanday odam tarqalmagan. 
Odamning   paydo   bo’lishi   haqidagi   evolyutsion   nazariyada   Avstriya
driopiteki   bilan   neandertal   odami   o’rtasida   albatta   ibtidoiy   ajdodlarimizning
oraliq   vakillar   bo’lishi   muqarrarligi   ta’kidlangan.   1926   yili   Gibraltar   qoyasi
rayonidagi  g’ordan  yana  ibtidoiy  odam  suyaklari  va  tosh  qurollari  bilan  ikkita
neandertal   odami   skeleti   1924   yili   Qrimdagi   Kiyikkabo   g’orida   topildi.   1938
yilda   shunga   o’xshash   topilma   O’zbekistonning   Teshiktosh   g’oridan   qazib
oldilar.   Hozirgi   kunda   bunday   topilmalar   dunyoning   50   dan   ortiq   nuqtalarida
uchratilgan.   Neandertal   tipidagi   bu   ajdodlarimiz   bosh   suyagining   hajmi   1300-
1400 kub santimetrdir. 
Odatda,   rosmana   odam   bosh   suyagining   hajmi   1400-2000   kub
santimetrdan   oshmaydi.   1890   yilning   noyabrida   gollandiyalik   olim   Evgeniy
Dyubua Indoneziyaga qarashli  YAva orolida Kedung-Brous daryosi  sohilidagi
qatlamdan odamning pastki jag’ini topdi. 
1891-1892   yillar   davomida   Yava   oroli   hududidan   yana   bir   necha   odam
suyaklari tosh qurollar topildi. Odam bosh suyagining hajmi 900 kub santimetr
ekan.  SHunday  qilib  driopitek  bilan  neandertal   oralig’idagi         birinchi  bo’g’in
topildi.   E.Dyubua   YAva   oroli   topilmalarini   sinchiklab   o’rgangandan   so’ng,
odamzodning bu ajdodi boldir suyaklarining tuzilishiga qaraganda ikki oyoqlab
yurgan   degan   xulosaga   keldi   va   unga   pitekantrop   (   ikki   oyoqlab   yuruvchi
"maymun" odam) deb nom berdi. 
Pitekantrop yashagan davr, olimlar xulosasiga ko’ra , bir million yil deb
belgilandi.   1924   yilda   Janubiy   Afrikada   Er   qa’rining   tiotsen   (bundan   3-4
million yil burun) yotqiziqlaridan odamzod ilk ajdodi yana bir vakilining suyak
qoldiqlari   topildi.   Olimlar   uni   avstralopitek   ("janub   maymun"   i)   deb   atadilar.
Uning   bosh   suyagining   hajmi   700   kub   santimetr   ekan.   Odatda   driopiteklarda
bio miya hajmi 600-680 kub santimetrdan oshmaydi. SHunday qilib, driopitek
bilan   pitekantrop   oralig’idagi   bo’g’in   ham   topildi.   Olimlarning   xulosasiga
ko’ra, avstralopitek odamzodning hayvonlar ("maymun" lar) olamidan odamlar dunyosiga   o’tish   davridagi   birinchi   qadam   edi.   Agar   bir   driopitekni   eng   oliy
tipidagi   odamsimon   "maymun"   desak,   astrolipitik   maymunsimon   ikkinchi
qadam,   ya’ni   maymunsimon   odam   lardan   uzoklashgan   ajdodimiz   vakilidir.
Uning   oldingi   "oyoqlari"   endi   mehnat   qiladi,   toshni-toshga   urib   mehnat
qurolarini yasay boshlaydi. 
1929   yilda   Xitoy   olimlari   Pekindan   60   km   janubi-g’arbda   joylashgan
CHjoukaunyan qishlog’i yaqinidagi g’orlardan ibtidoiy ajdodlarimizning suyak
qoldiqlarini   topdilar.   Unga   qadar,   1918   yili   SHved   olimi   Andersan   ham   bu
rayonda ish olib borgan va ko’pgina qadimgi hayvonlar suyaklarini topgan edi. 
Bu zonada dala qidiruv ishlari 1936 yilgacha davom etdi. Natijada 40 dan
ortiq   odam   suyaklari,   tosh   qurollar,   hayvon   suyaklari   va   olov   izlari   topildi.
Olimlar odamzodning bu ajdodiga sinantrop ( xitoy odami) deb nom berishdi va
uni   yashagan   davrini   500-600   ming   yil   bilan   belgilashdi.   Sinantrop   bosh
suyagining hajmi 1100-1200 kub santimetr edi. 
SHunday   qilib,   pitekantrop   bilan   neandertal   oralig’idagi   bo’g’in   ham
topildi.   CH.Darvinning   odamning   paydo   bo’lishi   haqidagi   evolyutsion
nazariyasi   ilmiy   jihatdan   tasdiqlandi.   Jamiyatshunos   olimlar
(L.G.Morgan,K.Marks,F.Engels)   taklif   etgan   ibtidoiy   to’da   davrida   ana   shu
pitekantroplar,   sinantroplar   va   neandertallar   yashadilar.   Hozirgi   kunda   fan
neandertal   odamning   6   xilini   biladi.   Ular   miloddan   avval   100-   40   ming   yillar
oralig’ida yashagan. Jismoniy tuzilishi jihatidan Hozirgi zamon oralig’iga juda
yaqin   bo’lgan   neandertal   odamlarning   jag’   tishlari   pitekantropniki   singari
bo’rtib chiqmagan, ammo ularning kalta -kalta qo’llari qo’pol bo’lib, peshonasi
ham bo’rtib chiqmagan. 
1868   yili   Frantsiyaning   Durdoni   viloyatidagi   Kromanon   g’orida   5   ta
odam ko’milgan mozor  ochildi. Kromanon odamlarning bo’yi baland (180 sm
gacha), bosh suyagini hajmi 1590 kubsantimetr, yuzlari keng, qosh osti bo’rtib
chiqqan,   peshonasi   rosmana   Hozirgi   zamon   odamlarnikiga   o’xshaydi.
Umuman,   ular   skeletining   tuzilishi   Hozirgi   zamon   odamlariga   o’xshaydi.
Umuman, ular skeletining tuzilishi Hozirgi odamlardan farq qilmaydi. G’ordan ko’plab   tosh   qurollar   ham   topiildi.   Olimlar   bu   topilmani   g’or   nomi   bilan
kromanon   odami   "aqlli   odam"   deb   atadilar.   Hozirgi   kunda   kromanon   tipidagi
odam qoldiqlari er kurrasining 100 dan ortiq nuqtalaridan topib o’rganilgan. 
1959 yilda amerikalik olimlar SHarqiy Afrikaning Olduvey darasida eng
qadimgi ajdodlarimizning suyak qoldiqlarini topdilar. 
Bu erda odam bosh suyagi bilan birga mayda hayvon suyaklari, to’ng’iz
va antilopa suyaklari va tosh qurollari topildi. Olimlar bu mavjudotga  zinjantrop
deb   nom   berishdi   va   uni   yashagan   davrini   avstrolipitek   bilan   pitekantropni
oralig’i   deb   nomlashdi.   Zinjantropning   suyak   tuzilishi   va   bosh   suyagi   ko’p
jihatdan   pitekantropga   yaqinlashadi.   Ammo   zinjantrop   topilgan   geologik
qatlamning   sanasi   1,5-2   mln   yil   bilan   belgilanmokda,   Bu   esa   odamzotning
mehnat qila boshlagan ilk ajdodi pitekantropga qadar zinjantrop bo’lgan degan
xulosaga olib keladi. 
YUqorida   bayon   etilgan   materiallardan   kelib   chiqqan   holda   uyidagi
xulosaga kelish mumkin: 
1. Odamzod   tabiatining   ajralmas   bir   bo’lagi   sifatida,   er   tarixining
ma’lum   bir   bosqichida   (miotsen   bosqichidan   hayvonot   olamidan
ajralib chiqdi. u jonivor fanda eng oliy tipdagi odamsimon "maymun"
(driopitek)   deb   atalmokda.   Driopiteklarning   10   ga   yaqin   turlari
mavjud bo’lib, ammo ularning hammsi odamlarni ajdodi bo’lmagan.
Inson faqat Avstriyadan topilgan Darvsh driopiteklaridan tarqalgan. 
2. Ajdodlarimizning   hayvonot   olamidan   odamzod   dunyosini   birinchi
qadami avstralopiteklar davrida sodir bo’ldi. 
3. Odamzodning  ilk   ajdodlari   zinjantrop   va   pitekantroplar   toshni
-toshga   urib   mehnat   qila   boshladilar.   Mehnat   odamzodni   hayvonot
olamidan ajratdi. 
4. Odamzodning   o’zini   ajdodi-sinantroplar   davrida   olovning   kashf   etdi
va   shu   tufayli   ajdodlarimiz   go’shtni   olovda   chala   pishirgan   holda
iste’mol   qila   boshladilar.   Pishirilgan   go’shtni   iste’mol   qilish
natijasida   ularning   fikrlarida   o’zgarish   sezildi   va   odamning biologik,   jismoniy   tuzilishida   Hozirgi   zamon   odami   tomon   ijobiy
o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. 
5. Kromanon   odami   zamonasiga   kelib   ilk   ajdodlarimizning   biologik,
jismoniy   tuzilishi   Hozirgi   zamon   odamidan   farq   qilmaydigan
holatga kirdi. Kromanonlar davri urug’chilik jamoasining boshlanishi
birinchi   jamoachilik   kurtagining   tug’ilishidir.   Bu   o’zgarishning
barchasi o’z mehnati tufayli erishdi. 
O’rta   Osiyoda,   jumladan   O’zbekiston   hududida   zinjantropga   zamondosh
ajdodlarimiz   yashagan.   Undan   keyin   yashagan   odamzod   ajdodi
pitekantroplar   bo’lib,   ular   bundan   1   mln   yil   burun   yashagan.   Uning
zamondoshi   ham   O’rta   Osiyo   hududida   hozircha   uchragani   yo’q.
Pitekantroplardan keyin, ya’ni bundan 500-600 ming yillar burun yashagan
odamzodining   ilk   izlari   Xitoydan   topilib,   ularni   olimlar   sinantroplar   deb
atashdi.   Sinantrop   topilgan   makonda   (ular   g’orlarda   yashagan)   toshdan
ishlangan   mehnat   qurollari   bilan   birgalikda   qalin   kul   qatlami   ham   topildi.
SHuningdek qalin madaniy qatlam va u qatlam ichida hayvon suyaklari ham
uchragan.   Bu   qoldiqlar   sinantroplarning   g’orda   uzoq   vaqt   (bir   necha   yuz
ming   yilliklar)   yashaganligidan   guvohlik   beradi.   Sinantroplar   davridan
boshlab   odamzod   birinchi   bo’lib   olov   bilan   tanishdi   va   undan   o’z   hayot
faoliyatida   foydalanildi.   Ana   shu   sinantroplarga   zamondosh   ibtidoiy   odam
ajdodining   izlari   O’rta   Osiyoning   bir   necha   joylarida   uchraydi.   Bu   davr
ajdodlari hali to’da-to’da bo’lib yashaganlar. 
Ular   tabiat   iqlimini   sovib   ayrim   rayonlarga   muzliklar   qoplagan,   ayrim
rayonlarda esa to’xtovsiz yomg’irlar yog’a boshlagan zamonda yashaganlar.
Bu davr ibtidoiy to’da davrining o’rta bosqichi-ashel davriga to’g’ri keladi. 
Sinantroplar   davrida   ibtidoiy   ajdodlarimiz   asosan   g’orlarda   yashaganlar.
Ularning   kundalik   tirikchiligi   yovvoyi   daraxtlarning   mevalari,   ayrim
o’simliklarning ildizlari edi. Ular birgalashib yirik hayvonlarni ov qilganlar.
Biroq ov o’ljasi hisobiga kun kechirish sinantrop zamondoshlar uchun juda og’ir kechgan. SHuning uchun bo’lsa kerak, ular  qurt-qumursqa va mayda
kemiruvchi jonivorlarni ham iste’mol qilishga majbur bo’lganlar. 
Bu   davr   odamlarining   mehnat   qurollari   asosan   toshdan,   yirik   ov
hayvonlarning   suyak   va   shoxlaridan   hamda   qattiq   daraxt   shoxlaridan
yasalgan.   Afsuski,   zamonning   zayli   bilan   bizgacha   u   qurollardan   faqat
toshdan   yasalgani   etib   kelgan.   Bu   tosh   o’rganilgan   va   ular   birinchi   bor
topilgan   makon   nomi   bilan   ashel   qurollari   deb   atalgan.   Ashel   tipidagi
qurollar dastlab Frantsiyada topildi. Ular yassi tuxumsimon qilib ishlangan,
uchli,   nayzasimon,   qarama-qarshi   tomonlari   esa   yo’g’onroq   tuxumsimon
bo’lib,   olimlar   bu   qurolga   qo’l   boltasi   yoki   qo’l   cho’qmori   deb   nom
berishdi. Ana shu qurol yordamida ibtidoiy ajdodlarimiz yirik hayvonlarga
qarshi   ov   qilganlar,   o’simlik   ildizlarini   kovlab   eyish   uchun   biror   narsa
tayyorlaganlar,   o’lja   hayvon   go’shtini   maydalagan   va   terini   shilishganlar,
daraxt shoxlarini kesib, ulardan qurollar yasaganlar. 
Arxeolog va geologlarning hisobiga ko’ra ashel  davri bir million yil burun
boshlab,   miloddan   av.   200-100   ming   yillargacha   davom   etgan.   Bu   davr
tabiiy-gegorafik   muhiti   O’rta   Osiyo   sharoitida,   geologlarning   hisobiga
ko’ra,   tabiatning   yozi   issiq   va   quruq,   qishi   sovuq,   yog’ingarchilik   kam
bo’lgan   davrga   to’g’ri   keladi.   Ana   shu   sharoitda   O’rta   Osiyoning   hozirgi
cho’l   va   dashtlari   landshafti   rasmiylashdi   hamda   shu   landshaftga   xos
hayvonot   olami   va   o’simliklar   dunyosi   shakllandi.   Ashel   davrining   oxirgi
bosqichiga kelib, havo keskin soviydi. Ovro’paning shimoliy mintaqalarini
muzliklar   qoplaydi.   O’rta   Osiyo   esa,   asosan   uning   tog’li   zonalarida
muzliklar   hosil   bo’lib,   daryolar   oqimiga   o’zgarishlar   yuz   beradi   va   yangi-
yangi   daryolarni   shakllanishiga   olib   keladi.   O’rta   Osiyo   muzliklari
vohalarni   qoplagan   bo’lib,   ular   asosan   tog’li   viloyatlar   darasida   tarkib
topadi.   O’rta   Osiyo   pasttekisliklari   esa   yomg’irlar   uzluksiz   yog’ib   havoni
goh   sovish,   goh   ilishi   kuzatiladi   va   ular   bilan   bog’lik   holda   o’simliklar
dunyosi   oilasida   ham     o’zgarishlar   mintaqaning   bu   qismida   yuz   beradi.
Qalin   o’rmonlar   o’rnini   cho’l   mintaqasiga   xos   o’simliklar   egallaydi.   O’rta Osiyo sharoitida ro’y bergan bu o’zgarishlar mintaqaning ayrim rayonlarida
ilk   ajdodlarimizning   manzilgohlari   Farg’ona   vodiysining   So’x   rayonidagi
Selung’ur   g’oridan   va   Toshkent   viloyatining   Angren   shahri   yaqinidagi
Ko’lbuloq makonida topib o’rganildi. 
Selung’ur   g’ori   1958   yili   akademik   A.P.Okladnikov   tomonidan   topib
o’rganilgan.   Olim   u   erda   arxeologik   qazilmalar   o’tkazib,   topilgan   tosh
qurollarga qarab, g’or yuqori paleolit davrida, ya’ni bundan 40-30 ming yil
burun   ibtidoiy   odamlar   tomonidan   o’zlashtirgan   degan   xulosaga   keladi.
Ammo   1980   yildan   boshlab   A.P.Okladnikovning   shogirdi,   o’zbek
arxeologi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi  U. Ismoilov
g’orni   qayta   o’rgana   boshladi.   U.Ismoilov   g’orning   bir   necha   joyida
qazilmalar o’tkazib, toshdan ishlangan juda boy mehnat qurollari va hayvon
suyaklarini   topdi.   Olim   Selung’urda   yashagan   ajdodlarimizni   g’orning
qadimgi   tosh   davrining   yuqori   paleolit   bosqichida   emas,   balki   ashel
davrining   bosqichida   o’zlashtirganliklarini   isbotladi.Seleng’ur   g’ori
tariximiz uchun benihoyat muhim yodgorlik. Bu makonda ajdodlarimizning
suyak   qoldiqlari   ham   topildi.   Antropolog   olimlar   Seleng’ur   suyak
qoldiqlarining   sinantroplarga   zamondosh   ekanligini   aytmokdalar.
Seleng’urning   asosiy   tadqiqotchisi   U.Ismoilov   esa   g’or   materiallarini
qaytadan o’rganib, ularning yoshi yaqin bir mln yil atrofida bo’lishi kerak,
degan   xulosaga   keldi.   Seleng’ur   odamning   qoldiqlari   Farg’ona   vodiysidan
topilgani   uchun   unga   "Fergantrop"   ya’ni   "Farg’ona   odami"   degan   shartli
nom   berish   taklif   qilinmoqda.   Seleng’urdagi   ilmiy   izlanishlar   va   u   erdan
topilgan er yuzida odamning paydo bo’lishi muammosi echimiga qo’shilgan
ulkan hissa   bo’lib,  endilikda O’rta Osiyo  hududida  odamzot   ilk  bor   paydo
bo’lgan mintaqalar qatoriga kirdi. 
Ashel   davrining   so’nggi   bosqichida   ,taxminan   bundan   200   ming   yillar
burun   qadimgi   ajdodlarimiz   Ko’lbuloq   yaqinida   o’zlariga   qarorgoh
topganlar Ko’lbuloq qarorgohi Angren shaxridan 10-12 km g’arbda bo’lib,
shu   nom   bilan   atalgan   buloq   suvi   yoqasida   joylashgan.   YOdgorlikda   bir necha   yuz   ming   yillar   davomida   ibtidoiy   ajdodlarimiz   yashaganlar.
Ko’lbuloq   manzilgohi   1862   yilda   topildi   va   1963   yildan   boshlab   bu   erda
o’zbek   arxeologi   M.R.Qosimov   izlanishlar   olib   bordi.   YOdgorlikni   qazish
jarayonida uning qadimgi tosh davrining deyarli barcha bosqchlariga (ashel,
muste,   yuqori   paleolit)   tegishli   ekanligi   isbotlandi.   Ko’lbuloqda   odam
qoldiqlari topilmagan, ammo tosh qurollar va hayvon   suyaklari     behisob.
M.R.Qosimiovning   fikriga   ko’ra   Ko’lbuloqning   quyi   qatlami   ashel
davrining   so’nggi   bosqichiga   tegishlidir.   Ushbu   yodgorlik   butun   O’rta
Osiyo   qadimgi   tosh   (paleolit)   davri   yodgorliklari   uchun   arxeologik   davriy
tizim   berdi.   YUqorida   bayon   etilgan   dalillarga   asoslangan   holda   quyidagi
xulosaga kelish mumkin. 
O’rta Osiyo, jumladan Farg’ona vodiysi o’zining tabiiy-iqlim sharoitida va
ekologik imkoniyatlariga ko’ra ibtidoiy to’da davrining o’rta bosqichiashel
davridan boshlab eng qadimgi ajdodlarimizning e’tiborini o’ziga tortgan va
bu   mintaqadagi   Seleng’ur   g’orida   sinantroplarning   zamondoshlari   ilk   bor
makon topgan. Bu makondan odam suyak qoldiqlari topildi.Bu voqea O’rta
Osiyoni   odamning   paydo   bo’lish   mintaqalari   tuzumiga   kiritdi.   Seleng’ur
topilmasi   juda   yomon   saqlangan.   Ammo   akademik   V.P.Alekseev   va
professor   T.K.Xo’jayovlar   fikriga   ko’ra,   bu   erdan   topilgan   odam   bosh
suyagi   qopqog’ining   morfologik   tuzilishi   uning   juda   qadimiy   va   g’ordan
topilgan   boshqa   kimiyoviy   dalillar   bilan   zamondosh   ekanligini   inkor
etmaydi.   Ushbu   topilma   o’z   ahamiyati   bilan   O’rta   Osiyo   hamda   O’rta
SHarq   mintaqasida   tengsiz   kashfiyot   hisoblanadi.   SHuning   uchun   o’zbek
arxeologlari   va   antropologlari   uni   "fergantroplar"   ,   ya’ni   "Farg’ona
odamlari"   deb   atamoqdalar.   U   odamning   paydo   bo’lishi   shajarasida
pitekantrop bilan neandertal odamning oralig’idagi bo’g’inni to’ldiradi.
Ibtidoiy   to’da   davrining   so’nggi   bosqichi   arxeologiya   fani   davriy   tizimida
muste   davriga   to’g’ri   keladi.   Bu   davrda   yashagan   ajdodlarimiz         esa
odamning   paydo   bo’lishi   shajarasida   neandertal   odami   nomi   bilan   fanga
kirgan.  Neandertallar   davrida   ibtidoiy   ajdodlarimiz   er   yuzining   qator   mintaqalarni
o’zlashtiradilar.   Neandertallar   yashagan   zamonni   arxeolog   va   geolog
olimlar bundan 100-40 ming yillar bilan belgilaydilar. Ana shu 60 ming yil
davomida   neandertallarning   biologik-jismoniy   tuzilishida   keskin
o’zgarishlar   yuz   berdi.   Agar   bundan   100   ming   yil   burungi   neandertallarni
tasavvur etadigan bo’lsak, ular hali past bo’yli, peshona pastki jag’i deyarli
yo’q, ikki oziq tishi bo’rtib chiqqan, qo’l panjalari kalta va yo’g’on , boldir
suyaklari bir oz egri bo’lganligi uchun rosa tik turib yura olmagan. Bundan
40 ming yil burun yashagan neandertallar esa ko’p jihatdan deyarli Hozirgi
zamon odamlariga yaqin bo’lgan. 
Ularning   orasida   bo’ylilari   uchraydi.   Peshonalari   va   pastki   jag’i
shakllangan.   Ikki   oziq   tishlari   boshqa   tishlardan   ajralib   tursada   tashqariga
bo’rtib   chiqamagan.   Oyoqlari   tik   va   beli   to’g’ri.   Neondaertallarning
biologik   tuzilishidan   bu   keskin   o’zgarishlar,   albatta   ularning   pishirilgan
go’shtni ko’proq iste’mol qilishga o’tganligi natijasidir. 
O’rta   Osiyo   neandertallar   davriga   oid   birinchi   yodgorlik   1938       yilda
A.P.Okladnikov     tomonidan     Boysun   tog’ining   Teshiktosh   deb   atalgan
g’oridan   topib   o’rganildi.   Hozirgi   kunda   neandertal   zamondoshlari
yashagan   makonlar   O’rta   Osiyoda   50dan   ortiq   joyda   topilgan.
O’zbekistonda   ular   Toshkent   viloyatining   Obirahmat,   Xo’jakent,   Paltov
nomli   ungur   v   g’orlarida,   Ko’lbuloq   deb   atalgan   qadimgi   buloq   yoqasida
Samarqand   viloyatining   Qo’tirbuloq,   Zirabuloq,   Xo’jamazg’in   deb
nomlangan   buloq   yoqasida,   Buxoro   viloyatidagi   Qizil   Nurota
Samarqanddan   Kitobga   olib   boruvchi   Taxttokaracha   dovonida   joylashgan
Omonqo’ton  g’orida   Navoiy  viloyatidagi   Uchtutda  topib  o’rganildi.  Muste
davri     yodgorliklari   qo’shni   Tojikistonda   (Qorabura,   Jarqo’ton)   va
Qirg’izistonda ham ko’plab topilgan. 
Bu   yodgorliklarda   o’tkazilgan   arxeologik   qazilmalar   vaqtida   o’sha   zamon
odamlarining toshdan ishlangan mehnat qurollari (qo’l-cho’qmor,     hayvon
terisini   shilishda   ishlatiladigan   tosh   "pichoqlar",   tosh   uchuruq   va   tosh o’zaklar   nukleos)   ko’plab   topilgan.   Qazilma   jarayonida   har-xil
hayvonlarning suyak parchalari va shoxlari  ham  uchragan Olimlar ana shu
topilmalarni   o’rganib,   neandertalga   zamondosh   ajdodlarimizni   ovchilik
bilan   birinchi   galda   yirik   hayvonlar   ovi   bilan   shug’ullanganlari   haqida
xulosaga   kelganlar.   Neandertallarning   kundalik   hayoti   juda   ojiz   bo’lib,
kundalik   hayoti   kechirish   yo’lida   yirtqich   hayvonlar   bilan,.   tabiatnning
izg’irin   sovuq   iqlimi   bilan   doimo   kurash   olib   borishga   to’g’ri   kelgan.
Ajdodlarimiz   hali   yovvoyi   hayvonlardek   gala-gala   bo’lib   yashaganlar,
jamoatchilik   kurtagi   bu   davrda   shakllanmagan.   Nikoh   tizimida
tartibsizliklar   hukmron   bo’lgan,   yirik   hayvonlarni   ov   qilish   har   doim   ham
muvaffaqiyatli bo’lavermagan. 
Neandertallar   ham   tez   yuguruvchi   kichik   hayvonlarning   ov   qilishga
odatlanmaganlar.   CHunki   bu   zamonda   uzoqdagi   tezkor   hayvonlarning
nishonga   oluvchi   (hayvonlar)   qurollar   kashf   etilmagan.   Hatto   dara   va
ko’llardagi baliqlarni tutish uchun zarur tosh nayza va tosh qarmoqlar ham
yo’q   edi.   Ana   shunday   og’ir   hayot   kechirgan   ajdodlarimiz   oldida   yashash
uchun   yagona   chora   yirik   hayvonlarni   ov   qilish   va   yovvoyi   daraxtlarning
mevalarini   hamda   ayrim   o’simliklarning   ildizlarini   kovlab   iste’mol
qilishdan iborat edi. 
O’rta   Osiyo   jumladan,   O’zbekistonda   topilgan   muste   davri   yodgorliklari
orasida Teshiktosh g’ori alohida ahamiyat kasb etadi. 
Teshiktoshda o’tkazilgan arxeologik qazilmalar vaqtida ko’pgina arxeologik
ashyoviy dalillar bilan birgalikda g’or devorining 9 yashar bolaning mozori
topildi.   Bola   skeleti   chuqurcha   qazilib   unga   chalqanchasiga   yotqizilgan.
Bola   mozorini   atrofi   hayvon   shoxlari   bilan   o’ralgan.   SHoxlarning   deyarli
hammasi   o’sha   zamonda   Boysun   tog’i   daralarida   yashagan   tog’   qo’chqori
va buxoro bug’usi shoxlari bo’lib chiqdi. G’orda qalin kul qatlami bor.  Kul
qatlami orasida  va g’ordagi  madaniy qatlamdan turli  hayvon suyaklarining
parchalari uchraydi.  YUqorida   esa   eslab   o’tilganidek,   neandertal   odamlarning   asosiy
mashug’loti   hayvon   ovi   bo’lgan.   Ov   teshiktoshliklar   hayotida   muhim   rol
o’ynagan.   SHuning   uchun   bo’lsa   kerak,   teshiktoshliklar   o’z   bolalarini
mozorlarini o’zlari uchun muqaddas bo’lgan ( odatda, qadimgi ajdodlarimiz
hayot   manbai   bo’lib   xizmat   qilgan   hayvonlarni   muqaddas   hisoblab,   ularga
e’tiqod   qilganlar,   keyinroq   urug’   jamoalari   totemlari   shakllanishining
asosida ham ana shu e’tiqod qilgan hayvonlar turgan) hayvon shoxlari bilan
o’rab "narigi"dunyoga kuzatganlar. Bu faqat neandertallar zamonasida asta-
sekin   diniy   tasavvurlarning   qandaydir   elementlari   paydo   bo’layotganidan
dalolat beradi. 
A.P.Okladnikov   Teshiktosh   g’oridan   topilgan   materiallarni   har   tomonlama
chuqur   o’rganish   asosida   ushbu   yodgorlikning   yoshini   aniqladi   va   uning
muste davrining ilk bosqichiga tegishli ekanligini isbotladi. 
Teshiktosh   g’oridan   topilgan   9   yashar   neandertal   bolaning   mozori   jahon
tarixi   va   bilogiya   fanlarida   buyuk   kashfiyot   bo’ldi.   CHunki   jahon   olimlari
orasida   yaqin   kunlarga   qadar   odamning   paydo   bo’lishi   ilmiy   nazariyasi
atrofida   tortishuvlar   davom   etib   kelinardi.   Ayniqsa,   odamzodning   oliy   va
past   irqlarga   bo’lib,   oliy   irq   vakillari   ustidan   doimo   hukmron   bo’lmoqlari
kerak, bu tarix taqozosi degan reaktsion irqchilik g’oyasini olg’a surgan edi.
Aslida kishilik tarixida 3 ta irq bor - ovro’pa, negr va mo’g’ul irqlari. Ular
er   kurrasining   har   xil   mintaqalarda   bir   vaqtda   paydo   bo’lgan.   Ularning
birontasi ham o’zining oliy irqqa mansubligini isbotlay olmaydi. Bu -tarixiy
haqiqat. 
1938   yilda   A.P.Okladnikovning   Teshiktoshda   qilgan   kashfiyoti   fashist
mafkurachilarining   bu   da’vosini   chipakka   chiqaradi.   Barcha   millat   va
elatlarning o’z boshidan qachonlardir odamzodning neandertallar bosqichini
bosib o’tganligi yana bir bor isbotlandi. Foydalanilgan   adabiyotlar
1. Першитс   А.И.,   Монгайт   А.М.,   Алексеэв   В.П.   История
первобмтного   обвшества. - М.:Наука, 1967. 
2. Алексеэв   В.П.   Становлениэ   человечества.   -   М.:   Висшая   школа,
1984. 
3. История   первобггного   обшества.   Эпоха   первобитной   родовой
обвдини –  М.:Наука, 1988. 
4. Ibtidoiy   jamoa   tarixini   o ’ rganishda   sotsiologik - etnografik   nazariya
namoyandalari   va   ular   ta ’ limotlari . 
5. Ibtidoiy jamoa to’g’risida neoevolyutsion nazariya mohiyati. 
6. Asqarov   A.   O’zbekiston   tarixi.   -   T.O’qituvchi.     1994.   O’zbekiston
tarixi. - T. Universitet. 1997. 
7. Теголко Л.И, Соливон И.И. Основим современной антропологии.
Минск. 1989.

Insonning paydo bo’lishining ijtimoiy jihati Reja: 1. Odamning paydo bo’lishi haqida ta’limotlar. 2. "Fergantrop" odami muammosi. 3. O’zbekiston xududida "ongli odam"ning paydo bo’lishi.

Odamzotning paydo bo’lishi muammosi birgina biologiya fanining vazifasi bo’lmay, balki bu jumboq ayni vaqtda arxeologiya va antropologiya fanining ham vazifasidir. Bu muammoni ilmiy va ilohiy echimi mavjud. YAkka xudolikni joriy etgan barcha jahon diniy ta’limotlarida odamzotning yaratilishi ilohiyoti bilan bog’lanadi. Masalan, "Bibliya" da odamzot xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun "qizil loy" dan yaratildi deyiladi. Qur’oni Karimda esa odamning loydan yaratilganligi va Ollohning irodasi bilan unga jon kiritilgani haqida ta’kidlanadi. Xatto zardushtiylik dinida xam shunga o’xshash rivoyat hikoya qilinadi. Odamzotning birinchi vakillari sifatida "Bibliya" da Adam va Eva, Qur’oni Karimda Odam Ato va Momo Havo, zardushtiylik dinida esa Iyshi nomlari keltirilgan. Odamning paydo bo’lishi haqida olimlar o’rtasida har xil qarashlar mavjud. Masalan, Ovro’palik olimlardan O.SHengler odamzodning eng qadimgi ajdodlarini biz bilmaymiz, odam hamma vaqt Hozirgidek edi, deydi. U bilan hamfikr Kneyshmid esa odamning ongi bo’lganini aytadi. Tibetliklarning tasavvurida tog’ alvastisining maymunlar bilan jinsiy aloqa qilganliklari natijasida tibetliklar paydo bo’lgan emish. Odamzodning paydo bo’lishi haqida shunga o’xshash rivoyatlar ayniqsa insoniyat tarixida yakka xudolikni joriy etish dinlarning paydo bo’lishiga qadar ko’pincha xalqlar og’zaki ijodiyotida mavjud edi. Odamning paydo bo’lish masalasida fan olamining o’z yo’nalishlari bor. Olimlar odamning paydo bo’lish muammosi bilan qadimdan shug’ullanishgan. Masalan, yunon olimi Arastu tabiatni bir karvonga o’xshatib, odamzod quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga, hayvonot olamidan odamzot dunyosiga o’sib chikdi, degan fikrni olg’a surgan. U hayvonot bilan odam o’rtasida "maymun" ni joylashtirdi. O’rta asrlarda bu masalada g’ayri diniy fikr bildirganlar olovga tashlandi. Masalan faylasuf Lyuchilo Vaninining (Italiya) takdiri shunday tugagan edi. SHved olimi Karl Linney odamzodning kelib chiqishini hayvon bilan bog’laydi, ammo u insondagi onglilik Ollohning karomati edi, deydi. XVIII asrning oxirida Jems Manbodda birinchi bo’lib odamning eng oliy

tipdagi odamsimon "maymun" dan tarqadi, degan g’oyani olg’a suradi. Manboddaning zamondoshlari oliy tipdagi "maymun" sifatida orangutangni tushundilar. "Maymun" larning odamga aylanishida mehnatning roli katta ekanligi ta’kidlandi. Ammo ular orangutang mehnat qilsa ham undan hech qachon odam paydo bo’lmasligini tushunadilar. Odamzodning eng oliy tipdagi maymunsimon ajdodlar bilan bog’likligi haqida ilmiy g’oya CHarlz Darvinga nasib etdi. CH.Darvinning bunday xulosa kelishiga qadar Ovrupada qator ilmiy kashfiyotlar qilingan edi. 1848 yilda ispaniyalik ishchilar Gibraltar qoyasida portlatish vaqtida eng qadimgi odamning pastki jag’siz kalta suyagini topdilar. 1956 yilda esa Germaniyaning Neandertal vodiysida Feldgofer g’orini tozalash vaqtida Gibraltar topilmasiga zamondosh odam bosh suyagining qopqog’i va uning boshqa suyaklari topildi. Olimlar ularning miya suyagining hajmini o’lchaganda u 1400 kub, santimetrga yaqin bo’lib, ongli odam bosh suyagiga o’xshab ketardi. Bu ikki topilma jahon tarixiga neandertal odami nomi bilan kiritildi. Olimlar neandertap yashagan davrni 100-40 ming yil bilan belgilanadilar. 1856 yilda Frantsuz paleontologi Larte Avstriyaning YUqori Granna degan joyida er tarixining miotsen yotqiziqlaridan (bundan 5-12 mln yil burun) eng oliy tipdagi odamsimon "maymun"ning uchta tishi bilan pastki jag’ini topdi. Unga olimlar driopitek (daraxtda yuruvchi "maymun") deb nom berishdi. Hozirgi vaqtda dunyoning har xil joylaridan driopiteklarning 10 dan ortiq xillari topildi. Lekin ular Avstriya driopitekidan farqli bo’lib, ularning ayrimlari olimlar xulosasiga ko’ra shimpanze, gibbon, orangutang, gorilla kabi Hozirgi zamon maymunlarini ajdodlari edi. Avstriya topilmasi CH. Darvin tomonidan sinchiklab o’rganildi va uning tishlarida odamzod tishlariga xos belgilar borligi isbotlandi. CH.Darvin bu odamsimon "maymun" driopitekda odamzodning ajdodini ko’ra bildi. U yaratgan ta’limotga ko’ra boshqa driopiteklardan odamzod ajdodining tarqalishi mumkin emas. Darvin driopiteki allaqachon o’lib ketgan. Undan qolgan iz so’ngi avlod edi. Boshqa driopiteklardan

odamzodning ilk ajdodlari paydo bo’lganidek, Hozirgi zamon maymunlaridan ham hech qanday odam tarqalmagan. Odamning paydo bo’lishi haqidagi evolyutsion nazariyada Avstriya driopiteki bilan neandertal odami o’rtasida albatta ibtidoiy ajdodlarimizning oraliq vakillar bo’lishi muqarrarligi ta’kidlangan. 1926 yili Gibraltar qoyasi rayonidagi g’ordan yana ibtidoiy odam suyaklari va tosh qurollari bilan ikkita neandertal odami skeleti 1924 yili Qrimdagi Kiyikkabo g’orida topildi. 1938 yilda shunga o’xshash topilma O’zbekistonning Teshiktosh g’oridan qazib oldilar. Hozirgi kunda bunday topilmalar dunyoning 50 dan ortiq nuqtalarida uchratilgan. Neandertal tipidagi bu ajdodlarimiz bosh suyagining hajmi 1300- 1400 kub santimetrdir. Odatda, rosmana odam bosh suyagining hajmi 1400-2000 kub santimetrdan oshmaydi. 1890 yilning noyabrida gollandiyalik olim Evgeniy Dyubua Indoneziyaga qarashli YAva orolida Kedung-Brous daryosi sohilidagi qatlamdan odamning pastki jag’ini topdi. 1891-1892 yillar davomida Yava oroli hududidan yana bir necha odam suyaklari tosh qurollar topildi. Odam bosh suyagining hajmi 900 kub santimetr ekan. SHunday qilib driopitek bilan neandertal oralig’idagi birinchi bo’g’in topildi. E.Dyubua YAva oroli topilmalarini sinchiklab o’rgangandan so’ng, odamzodning bu ajdodi boldir suyaklarining tuzilishiga qaraganda ikki oyoqlab yurgan degan xulosaga keldi va unga pitekantrop ( ikki oyoqlab yuruvchi "maymun" odam) deb nom berdi. Pitekantrop yashagan davr, olimlar xulosasiga ko’ra , bir million yil deb belgilandi. 1924 yilda Janubiy Afrikada Er qa’rining tiotsen (bundan 3-4 million yil burun) yotqiziqlaridan odamzod ilk ajdodi yana bir vakilining suyak qoldiqlari topildi. Olimlar uni avstralopitek ("janub maymun" i) deb atadilar. Uning bosh suyagining hajmi 700 kub santimetr ekan. Odatda driopiteklarda bio miya hajmi 600-680 kub santimetrdan oshmaydi. SHunday qilib, driopitek bilan pitekantrop oralig’idagi bo’g’in ham topildi. Olimlarning xulosasiga ko’ra, avstralopitek odamzodning hayvonlar ("maymun" lar) olamidan odamlar

dunyosiga o’tish davridagi birinchi qadam edi. Agar bir driopitekni eng oliy tipidagi odamsimon "maymun" desak, astrolipitik maymunsimon ikkinchi qadam, ya’ni maymunsimon odam lardan uzoklashgan ajdodimiz vakilidir. Uning oldingi "oyoqlari" endi mehnat qiladi, toshni-toshga urib mehnat qurolarini yasay boshlaydi. 1929 yilda Xitoy olimlari Pekindan 60 km janubi-g’arbda joylashgan CHjoukaunyan qishlog’i yaqinidagi g’orlardan ibtidoiy ajdodlarimizning suyak qoldiqlarini topdilar. Unga qadar, 1918 yili SHved olimi Andersan ham bu rayonda ish olib borgan va ko’pgina qadimgi hayvonlar suyaklarini topgan edi. Bu zonada dala qidiruv ishlari 1936 yilgacha davom etdi. Natijada 40 dan ortiq odam suyaklari, tosh qurollar, hayvon suyaklari va olov izlari topildi. Olimlar odamzodning bu ajdodiga sinantrop ( xitoy odami) deb nom berishdi va uni yashagan davrini 500-600 ming yil bilan belgilashdi. Sinantrop bosh suyagining hajmi 1100-1200 kub santimetr edi. SHunday qilib, pitekantrop bilan neandertal oralig’idagi bo’g’in ham topildi. CH.Darvinning odamning paydo bo’lishi haqidagi evolyutsion nazariyasi ilmiy jihatdan tasdiqlandi. Jamiyatshunos olimlar (L.G.Morgan,K.Marks,F.Engels) taklif etgan ibtidoiy to’da davrida ana shu pitekantroplar, sinantroplar va neandertallar yashadilar. Hozirgi kunda fan neandertal odamning 6 xilini biladi. Ular miloddan avval 100- 40 ming yillar oralig’ida yashagan. Jismoniy tuzilishi jihatidan Hozirgi zamon oralig’iga juda yaqin bo’lgan neandertal odamlarning jag’ tishlari pitekantropniki singari bo’rtib chiqmagan, ammo ularning kalta -kalta qo’llari qo’pol bo’lib, peshonasi ham bo’rtib chiqmagan. 1868 yili Frantsiyaning Durdoni viloyatidagi Kromanon g’orida 5 ta odam ko’milgan mozor ochildi. Kromanon odamlarning bo’yi baland (180 sm gacha), bosh suyagini hajmi 1590 kubsantimetr, yuzlari keng, qosh osti bo’rtib chiqqan, peshonasi rosmana Hozirgi zamon odamlarnikiga o’xshaydi. Umuman, ular skeletining tuzilishi Hozirgi zamon odamlariga o’xshaydi. Umuman, ular skeletining tuzilishi Hozirgi odamlardan farq qilmaydi. G’ordan